O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“BUXOROTEKS” OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH VA TEXNIK QAYTA JIHOZLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
“Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida:
1. “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyati kreditorlari yig‘ilishining “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasining Buxoro shahridagi “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyati kompleksi qolgan mulkiy qismini, 1-ilovaga muvofiq, uning negizida paxta tolasini kompleks qayta ishlash bo‘yicha xorijiy korxona barpo etish bilan “SAYILGAN HOLDING” A.S. (Turkiya) Xolding kompaniyasining shu’ba korxonasiga sotish to‘g‘risidagi qaroriga rozilik berilsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “SAYILGAN HOLDING” A.S. Xolding kompaniyasi o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oldi:
“Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mazkur mulkiy kompleksini 10 yil mobaynida umumiy hajmi 16,2 mlrd. so‘m miqdorida 2-ilovadagi jadvalga muvofiq sotib olinishini ta’minlash;
6 yil mobaynida, 3-ilovadagi jadvalga muvofiq, mazkur mulk kompleksi negizida, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan, yiliga ishlab chiqarish quvvati 32 ming tonna paxta tolasi, 26 ming tonna yigirilgan ip, 12 mln.p.m tayyor mato va 1,2 mln. dona tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonani barpo etish orqali 141 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni kiritish;
ishlab chiqarilgan mahsulotning 90 foizidan kam bo‘lmaganini eksportga yetkazib berishni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish boshqaruvchisiga “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulk kompleksining qolgan qismini sotishda, xorijiy investorning majburiyatlari va ularni bajarish jadvalini aniq ko‘rsatadigan shartnomani tuzishda ko‘maklashsin;
xorijiy investor tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy majburiyatlarni tegishli ravishda bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-fevraldagi PQ-798-sonli Qaroriga muvofiq “DEU Interneyshnl” (Koreya Respublikasi) kompaniyasiga hamda “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasi — “SAYILGAN HOLDING” A.S. (Turkiya) Xolding kompaniyasining shu’ba korxonasiga sotishdan tushgan mablag‘lar “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining kreditorlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda navbatdagi o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus alohida hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
6. “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasi tomonidan “Buxoroteks” OAJ mulkiy kompleksining qolgan qismi negizida tashkil etiladigan yangi xorijiy korxonaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3594-sonli Farmoni 1-bandidagi birinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
7. “Buxoroteks” OAJ mulkiy kompleksining qolgan qismi negizida yangitdan tashkil etilayotgan xorijiy korxona o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun keltiradigan texnologik uskuna, ehtiyot qismlar, texnik jihoz, butlovchi buyumlar, materiallar, jumladan qurilish va boshqa moddiy resurslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-may,
PQ-870-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-maydagi PQ-870-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Buxoroteks” OAJning “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasi — “SAYILGAN NOLDING” A.S. (Turkiya) Xolding kompaniyasining shu’ba korxonasiga sotiladigan mulkiy kompleks obyektlari
RO‘YXATI
|
T/r |
Obyektlar nomi |
Umumiy maydon (ga) |
shu jumladan, sanoat maydoni (ga) |
|
1. |
2-son to‘quv-yigiruv fabrikasi |
24,8 |
13,36 |
|
2. |
Bo‘yash-pardozlash fabrikasi |
18,26 |
8.44 |
|
3. |
Yigirilgan ipni bo‘yash fabrikasi |
4,7 |
1,7 |
|
4. |
Mexanika zavodi |
1,65 |
0,67 |
|
5. |
Tijorat markazi |
0,86 |
0,33 |
|
6. |
Avtokorxona |
1,4 |
0,23 |
|
Jami |
51,67 |
24,73 | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-maydagi PQ-870-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“SAYILGAN NOLDING” A.S. Xolding kompaniyasi (Turkiya) tomonidan “Buxoroteks” OAJning mulkiy kompleksi uchun to‘lovlarni amalga oshirish
JADVALI
|
|
mlrd. so‘m. | |
|
T/r |
To‘lovni amalga oshirish yili |
To‘lov summasi |
|
1. |
2008-yil |
1,0 |
|
2. |
2009-yil |
1,0 |
|
3. |
2010-yil |
1,0 |
|
4. |
2011-yil |
1,886 |
|
5. |
2012-yil |
1,886 |
|
6. |
2013-yil |
1,886 |
|
7. |
2014-yil |
1,886 |
|
8. |
2015-yil |
1,886 |
|
9. |
2016-yil |
1,885 |
|
10. |
2017-yil |
1,885 |
|
Jami: |
16,2 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-maydagi PQ-870-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“SAYILGAN NOLDING” A.S. Xolding kompaniyasi (Turkiya) tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirish
JADVALI
|
|
mln. dollar | |
|
T/r |
Investitsiya kiritish yili |
Investitsiya summasi |
|
1. |
2008-yil |
35,0 |
|
2. |
2009-yil |
40,0 |
|
3. |
2010-yil |
25,0 |
|
4. |
2011-yil |
10,0 |
|
5. |
2012-yil |
15,0 |
|
6. |
2013-yil |
16,0 |
|
Jami: |
141,0 |
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 270-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 36-son, 477-modda)