OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 4-sentabrda 1850-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/19-sonli ““Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1850-3, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-726-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 445-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-iyul,
16/2-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 19-iyuldagi 16/2-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova), “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 54-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 45-son, 454-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 9-son, 94-modda) muvofiq, yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi oʻrinlarda — yakka tartibdagi tadbirkorlar) tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanilgan holda tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yakka tartibdagi tadbirkorning milliy valyutadagi bank kartasi (keyingi oʻrinlarda — yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasi) — yakka tartibdagi tadbirkorga bank tomonidan beriladigan, yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasini saqlovchisiga karta hisobvaragʻida hisobda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etgan holda tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish uchun milliy valyutada naqd pulsiz shaklda toʻlovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi toʻlov kartasi;
yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasining saqlovchisi — emitent bilan shartnoma asosida bank kartasidan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor oʻzidan boshqa shaxsga bank kartasi saqlovchisi vakolatini berishi mumkin emas;
Keyingi tahrirga qarang.
karta hisobvaragʻi — yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasi vositasida undagi pul mablagʻlarini tasarruf etish mumkin boʻlgan bank hisobvaragʻi;
savdo va xizmat koʻrsatish korxonasi — ekvayer bank bilan tuzilgan bitimga muvofiq tovar (ish yoki xizmat)lar uchun yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan toʻlovlarni qabul qilish majburiyatini oluvchi mahsulot sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
2. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalarining emissiyasi Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2004-yil 30-aprel, roʻyxat raqami 1344 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 17-son, 203-modda) muvofiq olib boriladi. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasining old tomonida bank kartasining majburiy rekvizitlari sifatida “yakka tartibdagi tadbirkor” soʻzlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi sharifi koʻrsatilishi lozim.
3. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan foydalanilgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun moʻljallangan pul mablagʻlarining hisobi Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 32-son, 369-modda) muvofiq 22619 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank plastik kartalari boʻyicha majburiyatlari” balans hisobvaragʻida yuritiladi.
II. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan operatsiyalar
4. Karta hisobvaragʻini pul mablagʻlari bilan toʻldirish karta hisobvaragʻini ochgan yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlov topshiriqnomasiga asosan uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalari orqali hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1850-1, 09.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 6-son, 69-modda)
6. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan faqat uning bevosita ishlab chiqarish, savdo, xizmat koʻrsatish va ishlarni bajarish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi xarajatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin:
a) xomashyo va materiallar (shu jumladan qurilish materiallar), yarim fabrikatlar, furnitura, asbob-uskunalar sotib olish;
b) kommunal toʻlovlar (isitish, issiq suv, ichimlik suv, oqova, elektr energiyasi, gaz va chiqindi uchun toʻlovlar);
v) ijara toʻlovlar;
g) soliq va boshqa majburiy toʻlovlar;
d) chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholiga naqd pulga sotish maqsadida xarid qilingan tovarlar uchun;
e) joriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlash uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar bank kartasi orqali naqd pulsiz amalga oshirilganda uning STIRi (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami) koʻrsatilishi lozim.
8. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda toʻlash uchun sarf qilinayotgan pul mablagʻlari qatʼiy tarzda belgilangan maqsadlarga ishlatiladigan mablagʻlar boʻlib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasi vositasida ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirganida terminallar kvitansiyalarining asl nusxalari, unga ilova qilingan, tegishli toʻlovni terminal orqali qabul qilgan xizmatchining imzosi va “toʻlandi” muhri qoʻyilgan schyotlar va kvitansiyalar, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar hisobot hujjatlari boʻlib xizmat qiladi.
Bunda tomonlar, yaʼni sotuvchi va bank kartasining egasi oʻrtasida tegishli shartnoma tuzilgan boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Karta hisobvaragʻidagi mablagʻlarni asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qaytarish toʻlov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatilganda uning karta hisobvaragʻidagi sarflanmay qolgan mablagʻlar asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
11. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasi orqali naqd pul mablagʻlari berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik
12. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisobvaragʻini ochgan yakka tartibdagi tadbirkor zimmasida boʻladi.
IV. Yakuniy qoidalar
13. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-iyul
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori S. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 359-modda; 2015-y., 6-son, 69-modda; 2017-y., 16-son, 279-modda)