Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
YoLGʻIZ KEKSALAR, PENSIONERLAR VA NOGIRONLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI TIZIMIDAGI RESPUBLIKA URUSh VA MEHNAT FAXRIYLARI PANSIONATI, “SAXOVAT” VA “MURUVVAT” UYLARIGA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI QOIDALARNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-avgustda 1848-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 24-noyabrdagi 74-B-sonli “Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruq va unga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1848-2, 15.12.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 6-apreldagi PQ-616 sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda) asosan buyuraman:
1. Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-iyul,
27-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 30-iyuldagi 27-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
QOIDALAR
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda) muvofiq yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan pensiya yoshiga yetgan, alohida uyda, xonadonda, yotoqxonada yashayotgan va farzandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) boʻlmagan hamda qonun hujjatlariga muvofiq homiylik belgilanmagan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va I yoki II-guruh nogironlari hamda yoshidan qatʼi nazar, uzluksiz davom etuvchi ruhiy xastaligi oqibatida mehnatga layoqatsiz, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan I yoki II-guruh nogironlari farzandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) boʻlishi, qonun hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki homiylik belgilanishidan qatʼi nazar, mazkur Qoidalarning 3-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (bundan keyingi oʻrinlarda vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga (bundan keyingi oʻrinlarda tibbiy-ijtimoiy muassasa deb yuritiladi) joylashtirilishi mumkin.
2. Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmatlar koʻrsatiladi.
II. Yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish va joylashtirish tartibi
3. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarga quyidagi toifadagi yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar joylashtiriladi:
Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatiga:
urush qatnashchisi, urush nogironlari va ularga tenglashtirilganlar;
halok boʻlgan jangchilarning yolgʻiz oila aʼzolari;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar hamda I va II-guruh nogironlari;
Chernobil AES halokatini bartaraf etish qatnashchisi va nogironlari;
terrorizmga qarshi kurashda halok boʻlgan fuqarolarning yolgʻiz oila aʼzolari;
mehnat faxriylari;
davlat va jamiyat oldida alohida xizmatlari evaziga davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan fuqarolar.
“Saxovat” uylariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan yolgʻiz keksalar, pensioner va oʻzgalar yordamiga muhtoj 18 yosh va undan yuqori boʻlgan I va II-guruh nogironlari;
“Muruvvat” uylariga uzluksiz davom etuvchi ruhiy kasallikka duchor boʻlgan, mehnatga layoqatsiz, oʻzgalar parvarishiga va tibbiy nazoratga muhtoj boʻlgan, 18 yoshdan oshgan I va II-guruh nogironlari;
Bolalar “Muruvvat” uylariga aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, ruhiy kasal, taʼlim olish va mehnat qilishga, kasb oʻrganishga layoqatsiz 4 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalikdan nogiron bolalar joylashtiriladi.
4. Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish uchun vazirlik huzurida Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish boʻyicha Maxsus komissiya tashkil etiladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy bosh boshqarmalar deb yuritiladi) huzurida yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish uchun Maxsus komissiyaga hujjatlarni taqdim qilish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Maxsus komissiya hududiy bosh boshqarmalarning yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
6. Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish va joylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar hududiy bosh boshqarmalarga kelib tushgandan keyin ishchi guruhlar hujjatlarni 10 kun muddatdan kechiktirmasdan Maxsus komissiyaga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Maxsus komissiya taqdim etilgan hujjatlarni yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning istagini, shuningdek tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi boʻsh oʻrinlar mavjudligini inobatga olgan holda oʻrganib chiqadi va ularni ushbu muassasalarga joylashtirish haqida qaror (bundan buyon matnda Maxsus komissiya qarori deb yuritiladi) qabul qilib, hujjatlarni rasmiylashtiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Rasmiylashtirilgan hujjatlar, Maxsus komissiya qarori tegishli hududiy bosh boshqarmalarga Maxsus komissiya tomonidan yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Hududiy bosh boshqarma rasmiylashtirilgan hujjatlar va Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqarib, taalluqliligi boʻyicha tibbiy-ijtimoiy muassasaga yuboradi.
Bunda tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirilayotgan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar bir oy muddatda doimiy qayd etilgan yashash joyidan roʻyxatdan chiqarilganligi toʻgʻrisida hujjat asosida tibbiy-ijtimoiy muassasaga joylashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ishchi guruhlar har bir Maxsus komissiya qarorining ijrosi yuzasidan Maxsus komissiyaga muntazam ravishda axborot taqdim etib boradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
11. Maxsus komissiya tomonidan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish uchun rasmiylashtirilgan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar roʻyxati “Vazirlik tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirilgan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki”ga (keyingi oʻrinlarda maʼlumotlar banki deb yuritiladi) kiritiladi va taqdim etilgan hujjatlar nusxasi Maxsus komissiyada saqlanadi.
12. Hududiy bosh boshqarmalardagi maʼlumotlar banki tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirilgan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning roʻyxatlari boʻyicha maʼlumotlar bilan muntazam ravishda toʻldirib boriladi.
III. Yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Maxsus komissiya tomonidan har yilning I-choragida bolalar “Muruvvat” uylari va ayollar “Muruvvat” uylarining bolalar boʻlimida tarbiyalanib, voyaga yetgan nogironlarning roʻyxatlari tuziladi. Voyaga yetgan nogironlar Maxsus komissiya qarori bilan tasdiqlangan reja-jadval asosida kattalar “Muruvvat” uylariga oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Voyaga yetgan nogironlar Maxsus komissiya qarorida qayd etilgan sanadan boshlab bir oy muddat ichida ular tarbiyalangan “Muruvvat” uylari hisobidan transport va tibbiy xodim bilan taʼminlanib, kattalar “Muruvvat” uylariga oʻtkaziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni vazirlik tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning biridan boshqasiga oʻtkazish uchun asosli sabablar (u istiqomat qilayotgan hududning ob-havosi yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir qilishi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa yoki ularning qarindoshlari bir hududdan boshqa hududga koʻchib oʻtishi va boshqalar) mavjud boʻlgan taqdirda Maxsus komissiya qarori asosida amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish toʻgʻrisida Maxsus komissiya qarori chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar avval istiqomat qilgan tibbiy-ijtimoiy muassasa hisobidan transport va tibbiy xodim bilan taʼminlanib, tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga oʻtkaziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
17. Bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazilgan yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlar tibbiy-ijtimoiy muassasa manzilidan roʻyxatdan chiqarilgan pasporti (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat), tibbiy-ijtimoiy muassasaga joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tegishli hujjatlari hamda shaxsiy kiyim-kechagi bilan oʻtkaziladi.
IV. Yakuniy qoidalar
18. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-iyul
Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalarga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga rasmiylashtirish boʻyicha talab qilinadigan hujjatlarning roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Saxovat” uyiga rasmiylashtiriladigan yolgʻiz keksa, pensioner va I va II-guruh nogironining oʻzining turar manzilidagi tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori nomiga uni “Saxovat” uyiga rasmiylashtirishni soʻrab yozgan arizasi;
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
“Muruvvat” uylariga rasmiylashtiriladigan 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar uchun ota-onalari tomonidan farzandini bolalar “Muruvvat” uyiga rasmiylashtirishni soʻrab yozgan arizasi;
Oldingi tahrirga qarang.
14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan ruhiy kasallikdan nogironlar uchun davlatning vakolatli idorasi (vasiylik yoki homiylik tayinlovchi organ) tomonidan tayinlangan homiy yoki vasiy tomonidan yozilgan ariza;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
18 yoshdan yuqori boʻlgan ruhiy kasallikdan I va II-guruh nogironlari uchun davlatning vakolatli idorasi (sud qarori bilan) tomonidan tayinlangan homiy yoki vasiy tomonidan yozilgan ariza, nogiron tomonidan yozilgan ariza.
2. Homiylik yoki vasiylik toʻgʻrisidagi hujjat;
3. Yolgʻiz keksa, pensioner va nogironning pasporti (asli va pasportning fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etilgan va uni roʻyxatga qoʻyilganligi qayd etilgan varagʻi nusxasi), 16 yoshgacha bolalar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi asli va nusxasi, nogiron bolalar ota va onasi pasportining fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etilgan va uni roʻyxatga qoʻyilganligi qayd etilgan varagʻi nusxasi, pensiya guvohnomasi.
4. Nogironlik haqida Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi maʼlumotnomasi (nogiron uchun), 16 yoshgacha bolalar uchun Tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi.
5. Ambulator kartasidan yoki kasallik tarixidan koʻchirma (albatta qon va siydik tahlili, qonning Vasserman reaksiyasi va Avstraliya antigeniga tahlili, koʻkrak qafasi flyurografiyasi, bolalar uchun ogʻiz-burun boʻshligʻining bakteriologik tahlili (Lyoffler surtmasi).
6. Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri Tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi.
7. Sil kasalliklari dispanseri xulosasi.
8. Onkologik dispanser xulosasi.
9. Teri-tanosil kasalliklari dispanseri xulosasi.
10. Yolgʻiz keksa, pensioner va nogironning 2 ta fotosurati (6 x 4 hajmda).
11. Turar joyidan maʼlumotnoma.
12. Texnik inventirizatsiyalash byurosi (BTI) tomonidan yolgʻiz keksa, pensioner va nogironning uy-joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar bundan mustasno).
13. Yolgʻiz keksa, pensioner va nogironning pensiyasi (nafaqasi) toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
15. “Saxovat” uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolgʻizligini tasdiqlovchi turar manzilidagi mahalla fuqarolar yigʻini komissiyasi dalolatnomasi.
16. “Saxovat” uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolgʻizligini tasdiqlovchi turar manzilidagi mahalla fuqarolar yigʻini komissiyasi yigʻilishi dalolatnomasi asosida tuman (shahar) xokimi tavsiya xati yoki yolgʻiz keksa, pensioner va nogironning yolgʻizlar roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi qarori.
17. Hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ishchi guruhi dalolatnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-apreldagi 22-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1848-1, 03.05.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 186-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 353-modda; 2011-y., 18-son, 186-modda; 50-son, 538-modda)