10.03.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.03.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOMONLARNING ChEGARABOʻYI HUDUDLARIDA JOYLAShGAN XOʻJALIK OBYEKTLARIDAN FOYDALANISh VA ULARDA TAʼMIRLASh-TIKLASh IShLARINI OʻTKAZISh SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida 2007-yil 18-oktabrda (Garashsizlik) imzolangan Shartnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida 1996-yil 16-yanvarda (Turkmenbashi) imzolangan Bitimga, va shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida chegaraboʻyi viloyatlari hududida joylashgan xoʻjalik obyektlarida xizmat qiluvchi shaxslar tomonidan oʻzbek-turkman chegarasini kesib oʻtishlari toʻgʻrisida 2004-yil 19-noyabrda (Sandjar) imzolangan Bitimga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish masalalarini tartibga solish ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamfikrlikni kuchaytirish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro foyda va manfaatlarni hurmat qilish zarurligini anglagan holda, oʻz vakolatlari va milliy davlat qonunchiliklari doirasida bir Tomonning boshqa Tomon davlatining chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlarida taʼmirlash-tiklash ishlarining bajarilishi boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomonning boshqa Tomon davlatining chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlarini ishlatish, taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish vaqtidan samarali foydalanish maqsadida Tomonlar Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlarining ish grafigiga rioya etilishi boʻyicha, va shuningdek yuboruvchi Tomon xizmat koʻrsatish personali xodimlarining ushbu punktlar orqali oʻtish tartibini imkoni boricha soddalashtirish boʻyicha zarur choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xizmat koʻrsatish personali xodimlari, shuningdek kelgusi yil mobaynida xoʻjalik obyektlaridan normal foydalanish uchun ekspluatatsiya rejimiga muvofiq zarur boʻlgan avtotransport, mexanizmlar, asbob-uskunalar va maxsus texnikaning sonini oldindan kelishib olish maqsadida har yilning oktyabr (Garashsizlik)-noyabr (Sandjar) oylarida Tomonlar vakolatli tashkilotlarining maslahatlashuvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli tashkilotlari xizmat koʻrsatish personali xodimlari, shuningdek avtotransport, mexanizmlar, asbob-uskunalar va maxsus texnikaning kelishib olingan roʻyxatlarini keyinchalik oʻz Tomonlarining vakolatli organlari bilan ularni Tomonlarning Davlat chegarasidan oʻtkazishga ruxsat berish masalasini kelishib olish maqsadida bevosita ayirboshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomonning boshqa Tomon davlati chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlarida avariya holatlari yuz bergan taqdirda Tomonlarning vakolatli organlari avariya holatlariga barham berish uchun zarur boʻlgan xizmat koʻrsatish personali xodimlari, avtotransport, mexanizmlar va maxsus texnikani favqulodda, shu jumladan tunda, Davlat chegarasidan oʻtkazishga ruxsat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli tashkilotlari xoʻjalik obyektlarining normal ishlashi uchun zarur boʻlgan va kapital taʼmirga muhtoj boʻlgan avtotransport, mexanizmlar, asbob-uskunalar va maxsus texnikani olib kirish va olib chiqish uchun zarur ruxsatnomalar olish bilan bogʻliq masalalarni bevosita hal etishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlatining boshqa Tomon xoʻjalik obyektlarida shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatish personali xodimlari sifatida ishlayotgan fuqarolariga ish haqi va ularga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni toʻlashga moʻljallangan milliy yoki xorijiy valyutani oʻzbek-turkman Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali olib kirish yoki olib chiqish hududiga mazkur valyutalar olib kirilayotgan Tomon davlatining milliy qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro moliya institutlarining investitsiyalari va moliyaviy mablagʻlarini (grantlar, kreditlar va qarzlar) jalb etish orqali suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari hududlarida investitsiyaviy loyihalar amalga oshiriladigan taqdirda, Tomonlar loyihalarning amalga oshirilishida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassis va ekspertlarning kirish vizalarini rasmiylashtirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar transchegaraviy suv oʻzanlaridagi suv xoʻjalik obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish shartlarini oʻz vaqtida maʼlum qiladilar va kelishib oladilar, bunda transchegaraviy suv oʻzanlaridan foydalanishda qoʻshni davlatlarga zarar yetkazmaslik prinsipiga amal qilishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning xizmat koʻrsatish personallari va boshqa mutaxassislari oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va hamfikrlikni yanada mustahkamlash maqsadida, Tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligi obyektlarini ishlatish sohasida tajriba va axborot ayirboshlash, shuningdek ikkala Tomonni oʻzaro qiziqtirishi mumkin boʻlgan suv xoʻjaligi hodisalariga nisbatan Tomonlarning munosabati va pozitsiyalarini birgalikda izhor qilish uchun muntazam ravishda ikkala Tomonning xizmat koʻrsatish personallari va boshqa mutaxassislari ishtirokida seminar va konferensiyalarni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini bajarish yoki qoʻllash davomida yuzaga keladigan har qanday kelishmovchilik yoxud bahsli masalalar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq ushbu Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan hamda ushbu Bitimning 11-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kuchga kiradigan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida hamkorlik har bir Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan har biri ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborib, uning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Bu holda ushbu Bitimning amal qilishi mazkur xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach amal qilishdan toʻxtaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 10-martda (Novruz) ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 1-2-son; 2013-y., 3-4-son)