Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2012 18.10.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 — 2012 YILLARGA MOʻLJALLANGAN IQTISODIY HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
2007-yil 18-oktabr, Ashxobod
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston, bundan keyin “Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 19-noyabrdagi (Sandjar) Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Shartnomaga, 1996-yil 16-yanvardagi (Turkmenbashi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy aloqalarning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimga, shuningdek Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirokchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalarga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlatning iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatidan samarali foydalanish va ular xalqlarining turmush farovonligini oshirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy va ishlab chiqarish munosabatlarini oʻzaro manfaatli, uzoq muddatli va barqarorlik asosda yanada rivojlantirish, hamda mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalari va prinsiplariga, hamda ikkala davlatning milliy qonunchiligiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaning tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2008 — 2012-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik Dasturini (bundan keyin — “Dastur”) qabul qiladilar, hamda uni amalga oshirish uchun har tomonlama koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning iqtisodiy hamkorligi davlatlarining suveren tengligiga, teng huquqliligiga, strategik sheriklikka, oʻzaro manfaatdorlik prinsiplariga asoslanadi va umum eʼtirof etilgan xalqaro huquq normalari va ikki davlat hududida amal qiluvchi milliy qonunlarga rioya etgan holda mulk shaklidan va boʻysunishdan qatʼi nazar, tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlar oʻrtasida bevosita kelishuv va toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Tomonning manfaatlariga ziyon yetkazadigan xatti-harakatlardan oʻzlarini tiyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagilarga koʻmaklashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, ijtimoiy va tabiatni muhofaza qilishdagi hamkorliklarning muhim yoʻnalishlari boʻyicha loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, milliy va xorijiy investorlarni ikki davlat hududlarida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan va faoliyat doirasidan qatʼi nazar, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikki davlat hududida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun qulay sharoitlarni barpo etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro manfaatli xalqaro loyihalar doirasida, fundamental va ilmiy amaliy tadqiqotlar oʻtkazishga, shu jumladan oʻzaro manfaatlarni aks etuvchi muammolar boʻyicha ilmiy ishlar va tadqiqotlarni tashkillashtirishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan ilmiy tadqiqotlarda suv va yer osti resurslarini boshqarishda ilmiy asoslangan prinsiplarini ishlab chiqish, suv tejash texnologiyalari, suvsizlanishga va shoʻrlanishga qarshi kurashish, bioxilma-xillikni saqlab qolish, Orolboʻyi hududida salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish, seysmik, geologik va geoekologik ilmiy tadqiqotlar, ekologik muhim xoʻjalik qarorlarni qabul qilishda maʼlumot almashish sohalariga muhim oʻrin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar neft va gaz quvurlari qurilishi loyihalarida oʻzaro koʻmaklashadilar va energiya tashuvchilar transportirovkasi uchun qulay sharoitlarni barpo etadilar, shuningdek oʻz davlatlari hududidan ularni hech qanday toʻsiqlarsiz va kafolatli tranzit oʻtishini alohida shartnomalar va bitimlar asosida taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar transport va aloqa sohasida hamkorlikni jadallashtiradilar. Oʻz hududlaridan aloqaning barcha turlari orqali yoʻlovchilar va yuklarni tranzit oʻtishiga, hamda turistik qatnovni tashkil etish uchun qulay sharoitlarni barpo etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikkinchi Oliy Ahdlashuvchi Tomon hududidagi suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish, joriy va kapital remont, shuningdek texnik rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun normal sharoitni taʼminlashda zarur choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Dastur bajarilishini muvofiqlashtirish, uni amalga oshirish va zaruriyat boʻlganda, unga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish uchun takliflarni ishlab chiqish jarayoni ustidan nazoratni (1996-yil 27-noyabrdagi (Sandjar) ikki tomonlama Bayonnoma asosida tuzilgan) oʻzlarining hukumatlariga, Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman hukumatlararo qoʻshma komissiyaga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni bajarish jarayoni qoʻshma komissiya yigʻilishlarida yilida kamida bir marta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma qoidalarini talqin qilish va qoʻllash yuzasidan bahslar va kelishmovchiliklar maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra, mazkur Shartnomaning tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadigan, imzolangan sanadan kuchga kiradigan, alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtirilgan oʻzgartish, hamda toʻldirishlar mazkur Shartnomaga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi xabarnoma olingan sanadan 30 kun keyin kuchga kiradi va 2012-yilning 31-dekabriga (Bitaraplik) qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Oliy Ahdlashuvchi Tomon boshqa Oliy Ahdlashuvchi Tomonga yozma xabarnoma yuborish bilan mazkur Shartnomaning amal qilishini tugatishi mumkin. Bu holda Shartnoma shunday xabarnoma olingan sanadan olti oy oʻtgach amal qilishini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar boshqacha kelishib olmasalar, mazkur Shartnoma amal qilishining toʻxtatilishi uning doirasida boshlangan dastur va loyihalarning toʻliq amalga oshirilishiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashxobod shahrida, 2007-yil 18-oktabrda (Garashsizlik) ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma qoidalarini talqin qilish uchun rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2008 — 2012-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda samarali hamkorlik olib bormoqdalar va anʼanaviy iqtisodiy hamkorlar boʻlib kelmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 19-noyabrda (Sandjar) imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida Shartnoma va 1996-yil 16-yanvarda (Turkmenbashi) imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy aloqalarning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida Bitim yaqin iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 19-noyabrdagi (Sandjar) Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Shartnoma va 1996-yil 16-yanvardagi (Turkmenbashi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy aloqalarning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimning nizomlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2008 — 2012-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik Dasturi ishlab chiqildi (bundan keyin — “Dastur”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Dasturning asosiy vazifasi va maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston (bundan keyin — “Tomonlar”) tomonidan uzoq muddatli ikki davlat va ularning maʼmuriy hududiy birliklari va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy munosabatlarni, hamda iqtisodiyotning yetakchi sohalaridagi hamkorlikni va shu asosda oʻzaro tashqi savdo aylanmasini oshirishni taʼminlash, shu qatorda xalqlarning farovonligi va maʼnaviy-madaniy ehtiyojini qondirishga davlat qoʻllab-quvvatlashi boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, ijtimoiy va tabiatni muhofaza qilishdagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlari boʻyicha loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, milliy va xorijiy investorlarni ikki davlat hududlarida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish faoliyatida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga teng imkoniyatlar va kafolatlarni taʼminlash uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonalar, savdo uylari va vakolatxonalar va boshqa turdagi va koʻrinishdagi qoʻshma strukturalarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro manfaatlarni aks ettiruvchi, savdo-iqtisodiy, hamda ilmiy-texnikaviy xarakterdagi ochiq axborotlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda oʻzaro aloqalarni, hamda gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi transport koridorlarini yaratish va amaldagi transport koridorlarining samaradorligini oshirish, xalqaro transport kommunikatsiyalari va aloqalarini rivojlantirish va oʻzaro manfaatli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining eksport va import yuklarini tranzit olib oʻtishda oʻzaro manfaatli sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya sohasida hamkorlikni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalarini rivojlantirishda oʻzaro hamkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hududlarida joylashgan elektro-energetika va suv xoʻjaligi obyektlarini joriy va kapital taʼmirlash, rekonstruksiya hamda foydalanish uchun keng qamrovli yordam koʻrsatish va moʻtadil sharoitlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hududlarida joylashgan elektro-energetika va suv xoʻjaligi obyektlariga avtotransport va mexanizmlarni, hamda ishchi mehnat va taʼmirlov personallarining Davlat chegaralaridan oʻtish tartibini soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik va sanitar epidemiologik holatini yaxshilash uchun suv manbalarini tejash va ekologik holati yomon hududga (Orolboʻyi va Orol dengizi) yetkazish boʻyicha tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik almashuv sohasida uchinchi davlat va Tomonlar tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati subyektlari uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya tashuvlar tranziti va transport vositalarida tashuv masalalari boʻyicha va neft va gaz sohalarida hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur oʻzaro manfaatli hamkorlikni va iqtisodiy integratsiyani yanada rivojlantirish boʻyicha choralarni amalga oshirishni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarda rivojlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat subyektlari oʻrtasida amaliy aloqalarni oʻrnatish va axborot almashinuvi boʻyicha tadbirlar va konferensiyalar, seminarlar, yarmarka, hamda xalqaro va milliy koʻrgazmalarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport koridorlari orqali yuk tashuvlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz quvurlari va sanoat obyektlari, avtomobil va temir yoʻllari qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan dasturlar asosida malakali kadrlarni tajribasini oshirish va tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi savdo aloqalarining rivojlanishi savdo-texnikaviy toʻsiqlarning bosqichma-bosqich bartaraf etilishi, davlatlarning suveren tengligi tamoyiliga rioya etilgan holda xalqaro huquq normalari va boshqa umum eʼtirof etilgan tamoyillar, oʻzaro manfaatlar asosida erkin savdo rejimiga asta-sekin oʻtish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi savdo aloqalarining tashkil etilishi va amalga oshirilishi zaruriy statistik axborotlar almashinuvini taqozo etadi. Statistik nashrlar va bosmalar, metodologik tarqatmalar va qoʻllanmalar, dasturlar, hamda statistik kuzatuvlar, roʻyxatga olishlar, tekshiruvlar, tashqi savdo statistikasining shakllanishi tamoyillarini kelishishdagi tajribalar almashinuvi nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki davlat maʼmuriy-hududiy birliklari oʻrtasidagi hamkorlikning keyingi rivojlanishi Tomonlar tashqi iqtisodiy faoliyati subyektlari oʻrtasidagi tashqi savdo aloqalarini rivojlanishi uchun moʻtadil sharoitlarni taʼminlashga muhim yoʻnalish boʻlib qolishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelgusidagi iqtisodini rivojlantirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, davlatlar bozorlarida tovarlarning samarali aylanmasini taʼminlash maqsadida Tomonlar investitsion siyosatni oʻtkazish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moʻljallangan Dasturni amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Tomonlar hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning tegishli komponentlarida ishtirok etish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarni, korxona va tashkilotlarni, hamda tadbirkorlik tuzilmalarini jalb etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida investitsion uchrashuv va forumlar oʻtkazishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bojxona ishi sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohadagi hamkorlikka quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ishi masalalari boʻyicha imzolangan hukumatlararo bitimni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning bojxona qonunchiligini buzishga qarshi kurash boʻyicha xalqaro shartnomalar asosida noqonuniy olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni ushlash va oʻz mamlakatiga qaytarish, hamda aksiz osti tovarlarni yetkazishni oʻzaro nazorat qilish va bojxona hujjatlarini oʻzaro tan olish boʻyicha hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona jarayonlarini uygʻunlashtirish va soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan bojxona siyosatini olib borish, transport vositalari va tovarlar harakati uchun qulay sharoitlar yaratish, ikki tomonlama bitimlar asosida bojxona organlarining oʻzaro aloqalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro tashqi tovarlar savdosi toʻgʻrisidagi statistik axborotlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi davlat chegaralari orqali olib oʻtilayotgan transport vositalari va tovarlar toʻgʻrisidagi dastlabki axborotlar almashinuvi boʻyicha avtomatlashgan tizimni tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Transport kommunikatsiyalari va transport sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur bilan Tomonlar oʻrtasidagi transport tizimining oʻzaro aloqalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ulardan oʻzaro yuklar tashuvida samarali foydalanish, transport chiqimlarini kamaytirish va mavjud transport tizimlarini qayta taʼmirlash va rivojlantirish boʻyicha hamjihatlik siyosatini olib borish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu maqsadlarda, havo, avtomobil, daryo, havo transporti kommunikatsiyalari va temir yoʻl transporti sohalaridagi mavjud va yangi ikki tomonlama bitimlarni amalga oshirish asosida shartnoma-huquqiy bazani takomillashtirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar milliy qonunchiligi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga muvofiq, yirik gabaritli va ogʻir yuklar tashishga, transport vositalari ogʻirliklari va gabaritlariga, transport kommunikatsiyalariga yagona texnik talablarni oʻrnatish, davlatlar oʻrtasida yuklar tashuvida qoʻllaniladigan transport vositalari parki va quvurlaridan oqilona foydalanish, transport infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha kelishilgan dasturlar ishlab chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ijtimoiy sohada hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish davomida sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni muvofiqlashtirish, dori vositalari, tibbiy texnikalarni ishlab chiqarish, madaniyat va sanʼat, jismoniy tarbiya, sport, sanitariya-kurort ishlari, turizm va mehnat muhofazasi, shuningdek turli tarmoqlar uchun malakali kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar, oʻquvchilar, aspirantlar va studentlar almashinuvi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish davomida ekologik toza va tejamkor texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etish, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, atrof muhitda taʼsirni baholash, atrof muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni normativ-huquqiy boshqaruvi, ekologik qonunchilikni uygʻunlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish qamrab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tabiatni muhofaza qiluvchi manfaatdor tashkilotlarining, jumladan Orolni qutqarish xalqaro fondi va jamoatchilik va boshqalarning ekologik muammolarni hal qilishda ishtirokiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik BMT, Jahon banki va Global ekologik fond kabi boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi xalqaro loyihalar doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ochiq tajribalar va axborotlar almashinuvini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Suv manbalaridan foydalanish va boshqarish sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv manbalaridan foydalanish va boshqarish sohasida Tomonlar davlatlari hududida joylashgan tashkilotlarda va obyektlarda foydalaniladigan mexanizmlar va avtotransportlar, ekspluatatsion personallarning kelishi va ketishi sharoitlarini tartibga soluvchi oʻzaro harakatlarini muvofiqlashtirishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Favqulodda holatlarni bartaraf etish va ogohlantirish sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatlarni bartaraf etish va ogohlantirish sohasida Tomonlar quyidagilarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy hodisalar, xavfli texnogen va ekologik jarayonlarning qoʻshma monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek favqulodda hodisalarni oldindan aniqlash va ularning oqibatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma mashgʻulotlar, oʻqishlar, ishchi yigʻilishlar, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlarni bartaraf etishda oʻzaro yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Dasturni amalga oshirish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish Tomonlar subyektlari va davlat organlari tomonidan Dasturda belgilab qoʻyilgan faoliyatlarning bajarilishi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Dasturni amalga oshirilishini nazorat qilish (1996-yil 27-noyabrdagi (Sandjar) ikki tomonlama Bayonnoma asosida tuzilgan) savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman hukumatlararo qoʻshma komissiyasi zimmasiga yuklatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 1-2-son)