1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ VA ISh TOPIShDA QIYNALAYOTGAN ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh UChUN ISh OʻRINLARINI BAND QILIB QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish — ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun oʻz mablagʻlari hisobiga tashkil etilgan ish oʻrinlarini tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari — ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilot xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soniga nisbatan foizlar hisobidagi ish oʻrinlarining eng kam soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadi (band qilib qoʻyiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifaga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar;
(3-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bozorida vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazi tavsiyasiga koʻra ish oʻrinlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning boshqa toifalari uchun ham, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun ham band qilib qoʻyilishi mumkin.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish shartlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilganlar uchun band qilib qoʻyilayotgan ish oʻrinlari soni ish topishda qiynalayotganlar sonining oʻzgarishiga qarab qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan tashkilotlar uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida 3 foizi miqdorida ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadi va band qilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Band qilib qoʻyilayotgan ish oʻrinlarining jami miqdori mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq tashkilot xodimlari roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonining 7 foizidan ortiq miqdorda belgilanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflar tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan shakllantiriladi va tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar boʻyicha alohida tegishli qaror qabul qilish uchun mahalliy davlat hokimiyati organiga kiritiladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq tashkilot uchun ish oʻrinlarini band qilish boʻyicha takliflar kiritishda bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari tomonidan tashkilotdagi ishlarning kasb boʻyicha tarkibi va tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari majburiy tartibda hisobga olinishi kerak.
(5-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun ish oʻrinlarini band qilish miqdorini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritishda nogironlarni reabilitatsiya qilish dasturlari parametrlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari boshchilik qiladigan maxsus komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yili boshlangungacha uch oydan kechikmay tashkilotlarga yetkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorida (ushbu Nizomga 1-ilova) ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarni, ishga joylashtirish uchun ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ushbu hududda joylashgan tashkilotlar boʻyicha alohida band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari soni, band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlariga talablar, taqdirlash chora-tadbirlari, mahalliy davlat hokimiyati organining ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlari bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan sanksiyalar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar uchun shaxslarning mazkur toifalariga, shu jumladan quyidagilar uchun qoʻyiladigan xarakterli talablarga muvofiq boʻlgan mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan ish oʻrni tashkil etilgan ish oʻrni hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
(6-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar ishga joylashtirib boʻlingan ish oʻrinlari keyingi davr uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonini belgilashda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazi yoʻllanmasi boʻyicha yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga nogironlar jamoatchilik birlashmalari, jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish markazlari, koʻrsatib oʻtilgan shaxslar manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlar ham ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirishni taʼminlaydigan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlariga yuborish yoʻli bilan koʻmaklashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan tashkilotlar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markaziga aniq tashkilotlarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida takliflar kiritish, shuningdek bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlaridan har bir tashkilot boʻyicha tashkil etilgan, shuningdek band qilib qoʻyilgan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari soni va xarakteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahalliy davlat organi tomonidan belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soniga muvofiq tashkil etilgan (band qilib qoʻyilgan yoki ajratilgan) eng kam ish oʻrinlari sonini qisqartirishga yoki tugatishga mahalliy davlat hokimiyati organi qarori asosida amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Texnologiyani, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar sonining oʻzgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirilgan shaxslarda ish oʻrinlari, agar ushbu shaxslar soni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilangan miqdordan oshmasa, ustuvor tartibda saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrni ilgari ushbu ish oʻrnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasining toʻxtatilishi munosabati bilan boʻshab qolgan taqdirda tashkilot oʻn kun muddatda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazini yangidan ochilgan boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida maʼlum qilishi shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilot ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot tomonidan, mazkur shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan toifaga mansub boʻlsa, mehnat organlari yoʻllanmasi boʻyicha band qilib qoʻyilgan ish oʻrniga ishga joylashtirishni rad qilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashkilot yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlaydi, bu toʻgʻrida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markaziga yil boshlangungacha axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlanadi, bu toʻgʻrida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markaziga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar har chorakda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markaziga ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotning tashkilot tomonidan taqdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organi mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qaraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan tashkilotga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun undirilgan jarimalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda asosan aholining ushbu toifasi uchun yangi ish oʻrinlari yaratishga, shu jumladan nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etishga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorining bajarilishini nazorat qilish mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari tuman (shahar) ishchi komissiyalariga:
(18-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarining band qilib qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ish oʻrinlariga mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organining ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan tashkilotlarga jarimalar solish toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotni yuborishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nogironlar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan koʻrsatkichdan ortiqcha, shu jumladan ish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun turar joy boʻlmagan binolarni birinchi navbatda ajratish yoʻli bilan band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar uchun imtiyozlar belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman (shahar) hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga egadir.
(21-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan tashkilot (ish beruvchi)ning ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini belgilanganidan koʻp miqdorda tashkil etishga xarajatlarining bir qismini qoplashga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_____________ tumani (shahri) hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida QARORI 20__ yil “___” _________ ____-son
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun _____________tumani (shahri) hokimi _________________________________ ______________________________________________________________ uchun:
(tashkilot nomi)
xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan ___ kishini tashkil etadigan ___ foiz miqdorida, shu jumladan: oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun __ foiz (__ kishi); taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun __ foiz (__ kishi); muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun __ foiz (__ kishi); nogironlar uchun __ foiz (__ kishi); bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun __ foiz (________ kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun __ foiz (_______ kishi); ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun__ foiz (______ kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi. 2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
(ish oʻrinlariga nisbatan aniq talablar sanab oʻtiladi)
3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar: ______________________________________________________________________________________________________________________________________
(kasblar va lavozimlar sanab oʻtiladi)
4. Tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar. 5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq ja�ima solinadi. 6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi: ___________________________________________________________________
(imtiyozlar mazmuni koʻrsatiladi)
7. Aholi bandligiga koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandda koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
___________________________tumani (shahri) hokimi _________________
(imzo)
M.Oʻ.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot nomi: _________________________________ _________________________________ Yuridik manzili: _________________________________ _________________________________
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markaziga taqdim etiladi Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar
20__ yilning _____choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj
va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun
ish oʻrinlarini band qilibqoʻyish toʻgʻrisida
AXBOROT
1. Hisobot yilida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari soni ___ ish oʻrni, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun ___ ish oʻrni.
2. Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilganlar soni:
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari
Hisobot davrining yakuniy holatiga koʻra ishlayotganlar
(kishi)
Shundan ishga joylashtirilganlar
hisobot chorakda
yil boshidan
Jami:
shu jumladan:
Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar
Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar
Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
Nogironlar
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar
Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotganyoki sud qaroriga koʻratibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari
3. Hisobot davri oxirida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari soni: ___ ish oʻrni
Tashkilot rahbari
______________________
(imzo)
Kadrlar boʻlimi (inspektori)boshligʻi
______________________
(imzo)
M.Oʻ.
20__ yil “___” ____________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni va Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima solish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 26-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi banligini oshirish hamda mehnat va aholini ijimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш