Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “YIRIK SANOAT KORXONALARI BILAN KASANAChILIKNI RIVOJLANTIRISh ASOSIDAGI IShLAB ChIQARISh VA XIZMATLAR OʻRTASIDA KOOPERATSIYANI KENGAYTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 5 YaNVARDAGI PF-3706-SON FARMONINI AMALGA OShIRISh HAQIDA” 2006 YIL 11 YaNVARDAGI 4-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “KASANAChILIKNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VA XOʻJALIK BOShQARUVI ORGANLARI RAHBARLARINING UNI RIVOJLANTIRISh PARAMETRLARI BAJARILIShI YuZASIDAN JAVOBGARLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 1 IYuLDAGI 146-SON QARORI)
Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 3-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-avgust,
181-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 181-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilansinki, kasanachilik bilan shugʻullanadigan shaxslar kommunal xizmatlarga aholi uchun qoʻllaniladigan tariflar boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlaydilar”.
2. 6-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yangi kasanachilik ish oʻrinlari, shu jumladan kasanachilik turlaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga yangi ish oʻrinlari barpo etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlash va ishga solishda korxonalarga koʻmaklashish”;
quyidagi mazmundagi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan korxonalar boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi monitoringini olib borish;
ish beruvchi korxonalar tomonidan kasanachilarning huquqlari buzilgan taqdirda ularga koʻrsatib oʻtilgan huquqlar himoya qilinishida koʻmaklashish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda band boʻlmagan aholi sonini va malakasini aniqlash, shuningdek aholining koʻrsatib oʻtilgan toifasiga keyinchalik ularni ishga joylashtirishda koʻmaklashish”.
3. 1-ilovada (Kasanachilik toʻgʻrisidagi Nizomda):
a) muqaddimadagi “asbob-uskunalar, jihozlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) III boʻlim nomidagi “asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 6-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Kasanachilik sharoitlarida foydalanish mumkin boʻlmagan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va mahsulotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
g) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Ish beruvchi kasanachiga mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun tegishli sifatga ega boʻlgan xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar taqdim etadi (beradi).
Korxonalar buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar, jihozlar va inventar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi”;
e) 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Kasanachining ishlab chiqarish topshirigʻini oʻz uyida yoki oʻziga tegishli boshqa xonalarda bajarish bilan bogʻliq xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 318-modda)