30.07.2008 yildagi PQ-929-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI XODIMLARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH VA ULAR MEHNATIGA HAQ TOʻLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar rahbar hamda pedagog kadrlarining mehnatini moddiy ragʻbatlantirish va unga haq toʻlashning yuksak kasb mahoratini namoyon etgan va taʼlim-tarbiya jarayoniga shaxsan katta hissa qoʻshayotgan iqtidorli pedagoglarni ragʻbatlantirishni koʻzda tutuvchi sifat jihatdan yangi mexanizmini joriy etish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj sezilayotgan malakali mutaxassislar tayyorlashda ularning masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-sentabrdan boshlab pedagog va rahbar xodimlarning lavozimlari va malaka toifalari boʻyicha bazaviy tarif stavkalarini belgilashga, mehnatga haq toʻlashning obyektiv, ochiq-ravshan mexanizmini tatbiq etishga asoslangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va taʼlim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan muassasalar xodimlariga bir martalik mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish yoʻli bilan ularni ragʻbatlantirish uchun Direktor jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining Direktor jamgʻarmasi barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari — kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari har bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi huzurida tegishli muassasa rahbari boshchiligida hamda Vasiylik kengashi, pedagoglar va ota-onalar jamoatchiligi vakillari ishtirokida tashkil etiladigan, oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan tasarruf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlarining, oʻquv ishlari, kasbiy taʼlim va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari Yagona tarif tizimi boʻyicha amaldagi stavkalarga nisbatan oʻrta hisobda 1,4 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruh rahbarligi uchun — eng kam ish haqining 50 foizidan 100 foizigacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma ishlarni tekshirish uchun — eng kam ish haqining 30 foizidan 50 foizigacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va laboratoriya kabinetlariga mudirlik uchun — eng kam ish haqining 25 foizidan 50 foizigacha oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida yuqori kasb mahoratiga ega boʻlganligi va oʻquv-tarbiya jarayoniga shaxsan hissa qoʻshganligi, taʼlim berishdagi yuqori samaradorligi hamda sifati, oʻquvchilarning kasb-hunar koʻnikmalari va bilimlarini rivojlantirganligi, tarbiyaviy va darsdan tashqari ishlar olib borganligi uchun Direktor jamgʻarmasidan ularga bazaviy tarif stavkalarining 40 foizigacha miqdorida oylik ustama haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining Direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-929-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)