27.03.2008 yildagi PQ-824-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.03.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON-XITOY” GAZ QUVURINI QURISH VA FOYDALANISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida erishilgan ahdlashuvlarga muvofiq “Oʻzbekiston — Xitoy” gaz quvurini qurish loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2007-yil 30-aprelda tuzilgan “Oʻzbekiston — Xitoy” gaz quvurini qurish va foydalanish prinsiplari toʻgʻrisida”gi Bitim tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK bilan Xitoy Milliy Neftgaz Korporatsiyasi oʻrtasida “Oʻzbekiston — Xitoy” gaz quvurini qurish va foydalanish prinsiplari toʻgʻrisida Bitim imzolandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — Xitoy” gaz quvurini loyihalashtirish, qurish va foydalanish uchun “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan Xitoy Milliy Neftgaz Korporatsiyasi oʻrtasida tomonlarning 50 foizdan teng ulushda ishtirok etishi asosida “Asia Trans Gas” MChJ qoʻshma korxonasi tashkil etildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihaning TIAsini ishlab chiqish ekologik va qurilish meʼyorlari hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek, loyihani moliyalashtirishni tashkil qilish va qarz mablagʻlarini jalb etish uchun zarur boʻlgan xalqaro standartlarga muvofiq olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asia Trans Gas” MChJ qoʻshma korxonasi ushbu loyihani qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi va moliyalashtiruvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining vakil etib tayinlangan organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston — Xitoy” gaz quvurini qurish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish jadvali, uni 2010-yilda foydalanishga topshirishni nazarda tutgan holda, ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha hujjatlari ekspertiza qilinishi hamda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Asia Trans Gas” MChJ qoʻshma korxonasi talabnomalariga koʻra xorijiy pudratchilar va ularning subpudratchilariga tegishli asbob-uskunalar, avtotransport vositalari, ularning ehtiyot qismlari va butlovchi detallarini, jumladan, zarur hollarda, “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi avval ishlatilgan avtotransport vositalarini vaqtincha olib kelish rejimida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur asbob-uskunalar va avtotransport vositalari loyihani amalga oshirish davrida faqat gaz quvurini loyihalashtirish va qurish ishlarini oʻtkazish maqsadidagina foydalanish sharti bilan olib kelinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi “Asia Trans Gas” MChJ qoʻshma korxonasi, uning pudratchilari va subpudratchilari murojaatnomalari boʻyicha loyihani amalga oshirish doirasida radioelektron aloqa vositalari va yuqori chastotali moslamalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsatnoma bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi loyihani amalga oshirish doirasidagi ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus tovarlarni import qilishga belgilangan tartibda litsenziyalar oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Sanoatkontexnazorat” va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyalari “Asia Trans Gaz” MChJ qoʻshma korxonasiga ishlab chiqarish xavfsizligi nuqtai nazaridan qoʻllaniladigan texnologiya boʻyicha belgilangan tartibda xulosalarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil etib tayinlangan vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda gaz quvuri yer usti hamda yer osti kommunikatsiyalari va inshootlarini kesib oʻtishi, shuningdek, togʻ hududlarida maxsus qurilish va burgʻulash-portlatish ishlarini oʻtkazish uchun loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq tegishli ruxsatnomalar, kelishuvlar va maʼqullashlar taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari “Oʻzbekneftgaz” MXK zarur materiallarni taqdim etgandan soʻng bir oy muddatda gaz quvurlarini yotqizish va tegishli muhandislik inshootlarini barpo etish uchun loyihani amalga oshirish doirasida obyektlar qurishga yer uchastkalarini ajratib bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK tasdiqlagan, “Asia Trans Gaz” MChJ qoʻshma korxonasi talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga vizalar, shu jumladan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlab tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK tasdiqlagan, “Asia Trans Gaz” MChJ qoʻshma korxonasi talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlab tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kelishilgan holda, “Asia Trans Gaz” MChJ qoʻshma korxonasiga, xorijiy pudratchilar va ularning subpudratchilariga mazkur loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassislarni, birinchi navbatda loyihalashtiruvchi, qidiruvchi, menejerlar, yuqori malakali muhandis-texnik xodimlarni jalb etish uchun ruxsatnomalar berilishini taʼminlab tursin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-824-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-son, 168-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)