21.07.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1721-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 21.07.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1721-1
Кучга кириш санаси
31.07.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “XAVFLI YuKLARNI HAVO TRANSPORTIDA TAShISh QOIDALARI” (OʻZR AQ-198)NI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUQQA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-iyulda 1721-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 24-avgustdagi 131-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari” (OʻzR AQ-198)ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (2007-yil 25-sentabr, roʻyxat raqami 1721 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 407-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. OʻLJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 18-iyundagi 118-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari” (OʻzR AQ-198)ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buyruqning ruscha matni nomi va 1-bandidagi “vozdushnoy perevozki opasnix gruzov” degan soʻzlari “perevozki opasnix gruzov vozdushnim transportom” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Muqaddimaning birinchi xatboshidagi “18-ilovasiga (keyingi oʻrinlarda matnda Konvensiya deb yuritiladi)” degan soʻzlaridan keyin “va “Xavfli yuklarni havoda xavfsizlik bilan tashish boʻyicha texnik yoʻriqnoma”ga (IKAO, DOC 9284/AN905) (bundan keyingi oʻrinlarda Texnik yoʻriqnoma deb yuritiladi)” degan soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Tuzilmasi, tizimi yoki hajmida belgilangan tartibda xavfli yuklarga kiritilgan moddalar mavjud boʻlgan texnik moslamalar, mahsulotlar va buyumlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 34-modda) va 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 219-modda) qarorlari va mazkur qoidalarga muvofiq tashilishi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Ekspluatantlar, tashuvchilar, yuk joʻnatuvchilar va xavfli yuklarni havo transportida tashishga aloqasi boʻlgan boshqa tashkilotlar oʻz xodimlariga xavfli yuklarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarini bajarishga hamda xavfli yuklarni tashish vaqtida avariya va noxush hodisa yuz berganda, bu toʻgʻrisida avariya xizmatlari va vakolatli organlarga xabar berish jarayonida ular bajarishi zarur boʻlgan harakatlar boʻyicha koʻrsatmalar berish imkonini beradigan maʼlumotlarni taqdim etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Ekspluatantlar, yuk joʻnatuvchilar, ekspluatant nomidan ish yurituvchi, yuklarga erda ishlov beruvchi agentliklar, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yoʻlovchilarni, ularning bagajlarini va/yoki yuklarini, pochtani yoki bortga olib kiriluvchi isteʼmol qilish, sotish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish anjomlari, shu jumladan, yonilgʻi-moy materiallarini tekshirish ishlarini bajaruvchi yuk ekspeditorlari va agentliklar xavfli yuklarni tashishda ishtirok etuvchi xodimlarini dastlabki va davriy tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspluatant havoda xavfli yuklarni tashishga ruxsat berilishigacha boʻlgan davrda erda xizmat koʻrsatish xodimlari va uchuvchilarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishga va ushbu dasturlarni talab qilingan darajada tutishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni xavfli yuklarni tashishga tayyorlashga doir dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklarni tashishga tayyorlash va bu ishlarni bajarish jarayonlari boʻyicha dasturlar Parvoz ishlarini bajarish qoʻllanmasiga yoki parvozlar xavfsizligi boʻyicha hujjatlarning bir qismi boʻlgan alohida hujjatlar tarkibiga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspluatant, tashuvchi va yuk joʻnatuvchining havo kemalarida xavfli yuklarni tashishni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi xodimlari xavfli yuklarni tashishga tayyorlash maqsadlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan muassasalarda “Xodimlarni xavfli yuklarni tashishga tayyorlash dasturi” (IKAO, DOC 9375/AN913) boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari va bunday tayyorgarlikdan oʻtganliklari toʻgʻrisida tegishli hujjatga ega boʻlishlari lozim. Xodimlarning bilimlari joriy talablarga muvofiq boʻlishini taʼminlash maqsadida, ular oxirgi tayyorgarlikdan oʻtganlaridan keyin davriy tayyorgarlik 24 oydan kechiktirilmagan holda oʻtkazilishi zarur”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 231-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“231. Tashuvchi oʻzining xavfli yuklarni qabul qilishga taalluqli boʻlgan vazifalarining bajarilishini taʼminlash maqsadida, yukni tashishga qabul qiluvchi tashuvchi yoki uning vakolatlangan agentining xodimi tomonidan toʻldiriladigan mazkur Qoidalarning 5 va 6-ilovalarida keltirilgan maxsus nazorat varagʻidan (bundan keyin matnda nazorat varagʻi deb yuritiladi) foydalanishi kerak. Nazorat varagʻi Texnik yoʻriqnoma va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 258-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“258. Bir-biriga taʼsir koʻrsatish xavfi boʻlgan moddalar yonma-yon qoʻyilishi va idish ichidan moddalar oqib chiqsa, ular oʻzaro taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatda joylashtirilishi mumkin emas. Turli xildagi xavfli xususiyatlarga ega boʻlgan xavfli yuklar qoʻyilgan joylar orasidagi xavfsiz masofaning boʻlishini taʼminlash maqsadida mazkur Qoidalarning 7-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan yuklarni joylashtirish talablariga rioya qilinishi shart. Yukning sinfi yoki toifasi asosiy yoki qoʻshimcha xavfli boʻlishidan qatʼi nazar, bunday tartib qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 285-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“285. Bortida xavfli yuklar tashilayotgan havo kemasi uchib ketishidan oldin tashuvchi havo kemasi komandiriga namuna (mazkur Qoidalarning 9-ilovasi) boʻyicha qoʻlda yoki mashinada yozilgan, yuk sifatida tashiladigan xavfli yuklar toʻgʻrisidagi aniq va qulay oʻqiladigan maxsus yuklar toʻgʻrisidagi axborot (NOTOC)ni berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi yoki uning vakolatlangan agentining xodimi xavfli yuklar toʻgʻrisidagi axborot (NOTOC)ning nusxasini erda saqlashi shart. Uchib ketish va qoʻnish rejalashtirilgan aeroportlari bu hujjatning nusxasini yoki unda yozilgan maʼlumotlarni bu yukni tashishga taalluqli boʻlgan parvoz tugaguniga qadar hech qanday qiyinchiliklarsiz olish imkoniyatiga ega boʻlishi zarur. Tashuvchi xavfli yuk partiyasini tashishga taalluqli boʻlgan hujjatning hech boʻlmaganda bir nusxasi xavfli yuk partiyasi tashilgan qatnov tugatilganidan keyin kamida uch oy saqlanishini taʼminlashi zarur. Eng kamida qabul qilish nazorat varagʻi va havo kemasi komandiriga yozma ravishda berilgan maʼlumot bayon etilgan hujjatlar saqlanishi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 286-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“286. Havo kemasi komandiri maxsus yuklar toʻgʻrisidagi axborot (NOTOC) nusxasini olganligini shaxsiy imzosi bilan tasdiqlashi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 322-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Parvoz vaqtida umumiy avariya holati yuz bersa, havo kemasi komandiri aeroport maʼmuriyatiga havo kemasi bortidagi barcha xavfli yuklar toʻgʻrisida xabar yetkazish maqsadida, sharoitga qarab, imkoni boricha bu toʻgʻrida havo harakatini boshqarish boʻyicha tegishli organga xabar berishi zarur. Keyin esa Parvozlarni bajarish yoʻriqnomasi boʻyicha harakat qilishi kerak. Ekipajning xavfli yuklar bilan bogʻliq boʻlgan avariya holatlarida harakat qilishi boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi materiallar “Havo kemasida xavfli yuklarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan avariya holatlarida harakat qilish tartibi boʻyicha yoʻriqnoma”da (IKAO, DOC 9481/AN/928) keltirilgan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu oʻzgartishlar va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 15-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 15-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 292-modda)