15.07.2008 yildagi PQ-916-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.10.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INNOVATSION LOYIHALAR VA TEXNOLOGIYALARNI ISHLAB CHIQARISHGA TATBIQ ETISHNI RAGʻBATLANTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini taʼminlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari oʻrtasida uzviy hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda innovatsion gʻoyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining ahamiyatini hisobga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi har yili oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining har yili oʻtkazilishini tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻrta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini yuqori saviyada oʻtkazish va tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Amaliy ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishini taʼminlash uchun vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning amortizatsion ajratmalari va sof foydasi, shuningdek buyurtmachilarning maqsadli tushumlari shakllantirish manbalaridan iborat boʻlgan modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamgʻarmalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va korxonani innovatsion rivojlantirishga javobgar boʻlgan tarkibiy boʻlinmalar, zarur hollarda esa — loyiha-konstruktorlik byurolarini tashkil etishda xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda korxonalarga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni innovatsion rivojlantirish tarkibiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini oʻrganish, shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va oʻrta muddatli dasturlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini korxona faoliyati amaliyotiga tatbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga tatbiq etilgan loyihalar va ishlanmalar soni, shuningdek ulardan olingan iqtisodiy samaraga qarab baho berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Xoʻjalik boshqaruvi organlari va korxonalarning modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ilmiy amaliy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2013-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda oʻquv va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish qismida daromad soligʻi, yagona soliq toʻlovi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini qayta jihozlash va qoʻshimcha jihozlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha modernizatsiya qilish doirasida olib kelinadigan uskunalar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009—2012-yillar mobaynida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilishga mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2009-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlarining maqsadli grant mablagʻlarini jalb etish masalalarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-916-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Innovatsion faoliyatni axboriy taʼminlash hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijalarini transfer qilish

1.

Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi, yarmarkani oʻtkazish

Har yili aprel oyida

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari

2.

Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning amalga oshirilishini monitoring qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Monitoring olib borish toʻgʻrisida nizom

2008-yil 1-oktabr

Fan va texnologiya agentligi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi

3.

“Innovatsion gʻoyalar va loyihalar katologi”ni doimiy ravishda nashr qilish.

Katalog

Yarmarka oʻtkazilishidan bir oy oldin (yilda bir marotaba)

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi

4.

Bajarishga tayyorlanayotgan, bajarilayotgan va yakuniga yetgan innovatsion loyihalar, biznes tomonidan innovatsion yechimlar topish boʻyicha soʻrovlar haqidagi barcha axborotlarni hamda boshqa maʼlumotlarni jamlagan Internet portalini qoʻllab-quvvatlash va yangilash.

Veb-sayt

Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi

Oʻquv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarini qoʻllab-quvvatlash va yangilash.

Veb-sayt

2008-yil 1-avgustdan boshlab doimiy

Fanlar akademiyasining ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralar, oliy taʼlim muassasalari OʻzAAA bilan hamkorlikda

5.

Amaldagi patent berish tartibini patent berish tartib-taomillarini soddalashtirish, tezlashtirish va arzonlashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2009-yil 1-yanvar

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Patent idorasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Mahalliy oʻquv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari hamda boshqa subyektlarga ITTKI natijalarini xalqaro va mintaqaviy bazalarda roʻyxatdan oʻtkazish imkonini berish hamda intellektual mulk huquqlarini respublikadan tashqarida yanada samarali himoya qilish maqsadida dunyo ilmiy hamjamiyati va xalqaro patent idoralari bilan aloqalarni rivojlantirish.

Hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar

2009-yil 1-yanvar

Fanlar akademiyasi, TIV, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Patent idorasi, Monopoliyadan chiqarish davlat qoʻmitasi

6.

Intellektual mulkni baholashning milliy standartlarini xalqaro talab va meʼyorlardan kelib chiqib rivojlantirish.

Intellektual mulkni baholashning milliy standartlari

2009-yil 1-mart

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Patent idorasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi

7.

Oʻquv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari boshqaruv xodimlari uchun ITTKIni tijoratlashtirish boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil qilish.

Malaka oshirish kurslari

2008-yil 1-noyabr

Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida ITTKIni boshqarish boʻyicha yangi yoʻnalishlar va fanlar, shu jumladan “Innovatsion menejment”, “Innovatsiya jarayonlarini boshqarish” va boshqa mutaxassisliklarni ochish.

Fanlar va oʻquv dasturlari

2009/2010 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

8.

Ilmiy faoliyatni ommalashtirish maqsadida yurtimiz ilm-fani yutuqlari toʻgʻrisida muntazam haftalik telekoʻrsatuvlarni tashkil qilish.

Telekoʻrsatuv

2008-yil sentabrdan boshlab

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi

II. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ni ragʻbatlantirish

9.

Innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish boʻyicha loyiha

2008-yil 1-sentabrgacha

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

10.

Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma, jadvalli materiallar

2008-yil 1-sentabr

Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Xatlov natijalari boʻyicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalari bilan qayta jihozlash va qoʻshimcha jihozlash boʻyicha takliflar kiritish.

Hukumat qarori loyihasi

2008-yil 1-oktabr

11.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Adliya vazirligidan 2007-yil 11-iyunda 1688-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) oʻzgartirishlar kiritish.

Nizomga oʻzgartirish kiritish boʻyicha loyiha

2008-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi

12.

Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish hamda ITTKIni joriy qilishga toʻsqinlik qiluvchi ziddiyatlarni va kamchiliklarni aniqlash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

2009-yil 1-yanvar

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

13.

Texnologiyalar transferi agentligini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boʻysunuviga oʻtkazish hamda yuqori texnologiyalarni oʻrganish, mustaqil ekspertizadan oʻtkazish, mahalliy amaliyotga moslashtirish va joriy etishni uning asosiy vazifalari etib belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Hukumat qarori loyihasi

2008-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi

14.

Quyidagilar boʻyicha takliflarni kiritish:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida faoliyat yuritayotgan Fan va texnika markazlarini Innovatsion faoliyat, mahalliy va xorijiy texnologiyalar transferi hududiy markazlari etib qaytadan tashkil etish;

Hududiy markazlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom

2008-yil 1-oktabr

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzurida, shuningdek, tasarrufida oʻquv, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari mavjud boshqa vazirlik va idoralar huzurida texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash va transfer qilish xizmatlarini tashkil etish.

Texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash va transfer qilish xizmatlari toʻgʻrisida namunaviy nizom

2008-yil 1-oktabr

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

15.

Har bir oliy taʼlim muassasasida talabalarning ITTKIda ishtirok etishi, kelgusida ushbu tajribadan diplom va dissertatsiya ishlarini tayyorlashda foydalanishini nazarda tutuvchi tizim yaratish.

Talabalarni ITTKIga jalb qilish va ularni ragʻbatlantirish boʻyicha namunaviy tartib

2008-yil 1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy taʼlim muassasalari

III. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga talabni ragʻbatlantirish

16.

Davlat ulushi boʻlgan har bir xoʻjalik birlashmasi va yirik korxonalarda quyidagilarni tashkil etish:

tarmoqni innovatsion rivojlantirishga javob beruvchi boʻlinma, zarur hollarda — loyiha-konstruktorlik byurosini ham;

Namunaviy nizom

2009-yil 1-yanvargacha

Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va korxonalar

modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamgʻarmasi.

Namunaviy nizom

17.

Tarmoq vazirliklar va idoralarida ichki tizim (tarmoq), shu jumladan innovatsion texnologiyalar va ITTKIni joriy etish boʻyicha texnologik siyosatni ishlab chiqish, tasdiqlash va ijro uchun qabul qilish.

Idoraviy hujjat

2008-yil 1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va korxonalar

Tarmoq korxonalaridagi ishlab chiqarish bilan bogʻliq texnologik muammolarning innovatsion yechimlariga boʻlgan ehtiyojni yigʻish va tahlil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

18.

Tarmoq vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi mezonlarining tarmoq tizimlarini shakllantirish, bunda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarishda resurs sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, fondlar samaradorligi boʻyicha faoliyatni baholash mezonlarini tizimga kiritish.

Mezonlar tizimi, korxonalarning innovatsion faoliyat koʻrsatkichlarining statistik hisobini yuritishni tashkil qilish

2009-yil 1-yanvar

Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

19.

Mahalliy xom ashyodan foydalangan holda ishlab chiqarishga joriy qilinayotgan innovatsion loyihalarni oʻrnatilgan tartibda Mahalliylashtirish dasturiga kiritish.

Mahalliylashtirish dasturiga taklif

Arizalar kelib tushishiga qarab

Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni venchur moliyalashtirishni rivojlantirish

20.

Venchur kompaniyalar, fondlar, venchur fondlarni boshqaruvchi kompaniyalar, innovatsion korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

Hukumat qarori loyihasi

2008-yil 1-oktabr

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Venchur fondlar va kompaniyalar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash.

Oʻquv kurslari

2008-yil va keyingi yillar

Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bank-moliya akademiyasi

22.

Venchur loyihalarni sugʻurtalash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Venchur loyihalarni sugʻurtalash tartibi

2009-yil 1-yanvar

Moliya vazirligi, Sugʻurta kompaniyalari assotsiatsiyasi, “Oʻzsugʻurta” SK, “Oʻzagrosugʻurta” MSK, sugʻurta kompaniyalari, TIAISV

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda; 2010-y.,1-2-son,2-modda; 2011-y., 36-son, 366-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)