18.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1829
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT QIMMATLI QOGʻOZLARI BILAN REPO BITIMLARINI TUZISH VA IJRO ETISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1829-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/1-sonli (roʻyxat raqami 1829-1, 16.01.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 18-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1998-yil 22-avgustdagi 14/8-sonli qaror (1998-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 502);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 20-noyabrdagi 21/11-sonli qaror (2000-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 502-1).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8/8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 15-martdagi 8/8-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlari faqat Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi oʻrinlarda matnda OʻzRVB deb yuritiladi) Savdo tizimi orqali tuziladi va ijro etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-2, 21.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 546-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. REPO bitimlari boʻyicha tomonlar sifatida oʻz nomi va oʻz hisobidan hamda investorlarning hisobi va topshirigʻiga koʻra qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat yuritish huquqini olgan investitsiya vositachisi va OʻzRVB aʼzosi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlar bozorining dilerlari (keyingi oʻrinlarda matnda dilerlar deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlari (keyingi oʻrinlarda — DQQ) — Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat gʻaznachilik obligatsiyalari, xalqaro obligatsiyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) obligatsiyalari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda DQQni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) boʻyicha ikki tomonlama bitim;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotuvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotuvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotib oluvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontragent — REPO bitimining tomonlaridan biri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim doirasidagi (avtomatik) REPO bitimlari — kontragent aniq koʻrsatilmagan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida, OʻzRVBning Savdo tizimida amalga oshiriladigan savdolar natijasida avtomatik tarzda tuzilgan REPO bitimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari — kontragent aniq koʻrsatilgan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida tuzilgan REPO bitimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi REPO bitimi — birinchi qismi ijro etilgan, lekin ikkinchi qismining ijro etish muddati yetib kelmagan REPO bitimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminot — REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi predmeti boʻlgan DQQ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminotni blokirovka qilish — REPO bitimini tuzishda tomonlar oʻrnatishi mumkin boʻlgan, dastlabki sotib oluvchining REPO bitimi taʼminotiga oid huquqlarini chegaralab qoʻyishni nazarda tutuvchi REPO bitimining sharti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlari — taʼminotini blokirovka qilishni nazarda tutuvchi REPO bitimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari — tijorat banki bitimning birinchi qismi boʻyicha DQQ sotuvchisi va ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, Markaziy bank bitimning birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib oluvchi va ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi boʻlgan, taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminot qiymati — taʼminotdagi DQQning sonini bir dona DQQning, birja maʼlumotlariga muvofiq bozor narxidan kelib chiqib, REPO bitimining tomonlari kelishuvi asosida diskontni inobatga olgan holda aniqlangan narxiga koʻpaytirishdan hosil boʻlgan kattalik;
(3-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olish qiymati — REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchi DQQni sotib olishi uchun dastlabki sotuvchiga toʻlashi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO stavkasi — REPO bitimi tuzilayotganda oʻrnatiladigan va REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan pul mablagʻlari uchun belgilangan yillik foiz stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO summasi — REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan (berilgan) pul mablagʻlarining joriy sana holatidagi summasini aks ettiruvchi kattalik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO muddati — REPO bitimining birinchi va ikkinchi qismlarini ijro etish sanalari oʻrtasidagi kalendar kunlarida ifodalangan vaqt oraligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO muddati REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan sananing ertasidan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan kungacha (ikkinchi qism ijro kuni inobatga olinadi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi va ikkinchi qismi bir kunda ijro etiladigan REPO bitimlari uchun (keyingi oʻrinda matnda kunlik REPO deb yuritiladi) REPO muddati bir kunga teng, deb qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlar summasi — joriy sanaga REPO bitimi boʻyicha hisoblangan foizlar bilan REPO summasining yigʻindisiga teng boʻlgan kattalik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diskont — REPO bitimi tuzilayotganda, bitimning sharti sifatida tomonlar oʻrtasida oʻrnatilishi mumkin boʻlgan, sotib olish qiymati bilan taʼminot qiymati orasidagi farqni foizda ifodalovchi kattalik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sotib olish qiymati — dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha DQQ uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimi boʻyicha olingan daromad — qayta sotib olish qiymati bilan sotib olish qiymati orasidagi farq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytarish summasi — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish kunida dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi, yaʼni majburiyatlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiq majburiyatlar — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmasligi yoki mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻliq ijro etilmasligi natijasida vujudga keladigan REPO bitimi tomonlarining majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblarning T_0 kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshirilishini bildiruvchi belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblarning T_n kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kunida amalga oshirilishini bildiruvchi belgi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tizimi — REPO bitimi boʻyicha elektron savdolar amalga oshiriladigan, uning asosida buyurtmalarni roʻyxatga olish, DQQ va pul mablagʻlaridagi pozitsiyalar hisobini yuritish, bitimlarni avtomatik tarzda tuzish, savdo ishtirokchilari tomonidan joriy axborotni bevosita ish oʻrinlarida tezkor koʻrishlarini taʼminlovchi OʻzRVBning avtomatlashtirilgan elektron tizimi.
(3-bandning yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi qilinayotgan DQQga boʻlgan mulk huquqi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimining birinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotuvchidan dastlabki sotib oluvchiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotib oluvchidan dastlabki sotuvchiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. REPO bitimining taʼminotiga quyidagi talablarga javob beradigan DQQ kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dilerga yoki uning investoriga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan va ularning boshqa majburiyatlaridan holi boʻlgan DQQ;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻndirish muddati REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish muddatidan kamida 5 kalendar kuni keyin keladigan DQQ.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼminotga turli chiqarilishdagi DQQlarni DQQ savati orqali kiritish mumkin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DQQ savati REPO bitimi tarkibiga kiritilishi mumkin boʻlgan har xil chiqarilishlardagi DQQ toʻplamidan iborat roʻyxat boʻlib, uning tarkibidagi DQQ chiqarilishlari REPO bitimining ikkinchi qismini bajarish sanasiga qadar DQQning boshqa chiqarilishlari bilan REPO bitimi tomonlarining kelishuviga asosan ayirboshlanishi mumkin. Bunda, DQQning har bir ayirboshlanishi natijasida vujudga kelgan taʼminot qiymati REPO bitimining avvalgi shartlari bilan belgilangan taʼminot qiymatidan kam boʻlmasligi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaziy bank diskont kattaligiga chegara oʻrnatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchidan taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib olgan DQQning hisobi, dastlabki sotib oluvchining “depo” hisobvaragʻida ochiladigan — “REPO bitimi boʻyicha blokirovka qilingan” boʻlimida yuritiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimi taʼminotidagi “REPO bitimi boʻyicha blokirovka qilingan” boʻlimida hisobi yuritiladigan DQQ, REPO bitimida belgilangan shartlardan farqli shartlarda sotilishi, garovga qoʻyilishi, boshqa turdagi majburiyatlar bilan yuklatilishi yoki egasi oʻzgartirilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. REPO summasi va uning oʻzgarishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganda REPO summasi sotib olish qiymatiga teng boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO muddati davomida taʼminot tarkibidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha kupon (foiz) daromadlari emitent tomonidan dastlabki sotib oluvchiga toʻlab beriladi. Bunda, REPO summasi toʻlov amalga oshirilgan kunda ushbu toʻlangan kupon (foiz) daromadi miqdoriga kamaytiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. REPO bitimini tuzish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. REPO bitimini tuzish uchun dilerlar Savdo tizimiga REPO bitimni tuzish boʻyicha buyurtmani (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb yuritiladi) kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. REPO bitimlari ularning birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) yoki birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin, bu yerda n — ish kunining sonini bildiruvchi raqam.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tizim doirasidagi REPO bitimlari faqat birinchi qismi REPO bitimi tuzilgan vaqtda amalga oshiriladigan shart bilan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim doirasidagi REPO bitimlarini tuzishda savdo qatnashchilari tomonidan Savdo tizimiga raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dilerning oʻzi tomonidan REPO stavkasi koʻrsatiladigan raqobatli buyurtmalardan farqli ravishda, raqobatsiz buyurtmalar Savdo tizimiga buyurtma berilgan vaqtda birja qoidalariga muvofiq avtomatik hisoblanadigan REPO stavkasi boʻyicha kiritiladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) REPO stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) REPO muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) buyurtma bergan diler (investor)ning nomi va taʼminotdagi DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodi;
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) buyurtmaning yoʻnalishi (DQQni sotish yoki DQQni sotib olish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) REPO summasi (soʻmda);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) REPO bitimlari uchun hisob-kitoblarning kodi (T_0 yoki T_n, bunda n > 1) koʻrsatiladi;
(12-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) taʼminot tarkibidagi DQQning chiqarilish raqami;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) taʼminot tarkibidagi DQQning donalarda ifodalangan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlarini tuzish uchun diler oʻz buyurtmasida, REPO bitimining majburiy shartlariga qoʻshimcha ravishda, ushbu bitimni tuzish boʻyicha taklifni qabul qiluvchi dilerning nomi va taʼminotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi nomativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodini koʻrsatishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi qoʻshimcha shartlarini oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) diskontning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taʼminotni blokirovka qilishga koʻrsatma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmaning standart shakli OʻzRVB tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. DQQni sotib olishga berilgan buyurtma DQQni sotishga berilgan buyurtmaga muqobil hisoblanadi va aksincha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Savdo tizimida REPO bitimi tuzilishi uchun mazkur Nizomning 12-bandi “a”, “b”, “d”, “e”, “j”, “z” kichik bandlarida va 13-bandi “a”, “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan REPO bitimlarining shartlari ikkita muqobil buyurtmalarda mos kelishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimi dastlabki sotuvchining (dastlabki sotib oluvchining) Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtmasiga javoban dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi) tomonidan taqdim etilgan REPO buyurtmasi Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan paytda tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tizim doirasidagi REPO bitimining Savdo tizimiga kiritilgan buyurtmasiga mos muqobil buyurtmani aniqlash uchun uning shartlari uzluksiz ravishda boshqa buyurtmalar shartlari bilan solishtirish jarayonidan oʻtadi. Shartlari bir-biriga mos muqobil buyurtmalar mavjud boʻlganda, mazkur buyurtmalarni bergan dilerlarning qoʻshimcha roziligini yoki tasdigʻini talab qilmaydigan tizim doirasidagi REPO bitimi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. REPO bitimlari taʼminoti blokirovka qilingan yoki taʼminoti blokirovka qilinmagan holda tuzilishi mumkin. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimi buyurtmada tegishli shart koʻrsatilgan taqdirdagina tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzRVBning birja guvohnomasi REPO bitimining tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib, uning standart shakli birja qoidalariga muvofiq tasdiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Savdo tizimining har bir REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchidan oladigan vositachilik haqi birja qoidalariga muvofiq undiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. REPO bitimlari boʻyicha dilerning majburiyatlari ijrosini taʼminlash OʻzRVB tomonidan uning Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaragʻidan akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Har bir REPO bitimi tuzilgan paytda unga Savdo tizimi tomonidan takrorlanmas roʻyxat raqami beriladi (keyingi oʻrinlarda matnda REPO bitimi raqami deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tizim doirasidagi REPO bitimi boʻyicha buyurtma, u qondirilgunga qadar, uni bergan diler tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari boʻyicha berilgan buyurtmani bekor qilinishi uni bergan diler tomonidan, ushbu buyurtmaga javoban berilgan muqobil buyurtma Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar, amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosini amalga oshirish uchun quyidagi yetarlilik shartlari bajarilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dastlabki sotuvchining Savdo tizimidagi “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQning yetarliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib olish va OʻzRVBning vositachilik haqini toʻlash uchun pul mablagʻlarining yetarliligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Savdo tizimi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga kiritilgan buyurtmalarda yetarlilik shartlarini bajarilishini tekshiradi va yetarlilik sharti bajarilmagan dilerning buyurtmasini rad etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtmalarida mos ravishda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtmalarni roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasini REPO summasiga va Savdo tizimining vositachilik haqi miqdoriga kamaytiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilayotgan DQQlarning miqdoriga kamaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimini tuzish uchun Savdo tizimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasi bilan Savdo tizimining vositachilik haqi orasidagi farqqa oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan operatsiyalarning Savdo tizimi tomonidan toʻliq ijro etilishi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotuvchining buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi bekor qilingan buyurtmaga muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini toʻlash uchun kerak boʻlgan mablagʻni qoʻshgan holda) oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlarining birinchi qismi ijrosi belgilangan kuni dilerlar bitimning raqami va sanasini, shuningdek bitim tuzilayotgan kunda belgilangan ushbu bitimning barcha majburiy va qoʻshimcha shartlari koʻrsatilgan buyurtma-topshiriqni Savdo tizimiga kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun quyidagi moslik va yetarlilik shartlari bajarilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) buyurtma-topshiriq shartlarining tuzilgan REPO bitimi shartlariga mosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun pul mablagʻlarining yetarliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun DQQning yetarliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Savdo tizimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilmagan dilerning buyurtma-topshirigʻini rad etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshiriqlarida mos ravishda moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtma-topshiriqlarni roʻyxatga oladi hamda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga kamaytiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga kamaytiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimini tuzish uchun Savdo tizimi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan operatsiyalarning toʻliq amalga oshirilishi hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun roʻyxatdan oʻtgan buyurtma-topshirigʻining bekor qilinishi unga mos muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Dastlabki sotuvchining buyurtma-topshirigʻi bekor qilinganda, Savdo tizimi bekor qilingan buyurma-topshiriqqa muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtma-topshirigʻi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini inobatga olgan holda) oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar Savdo tizimiga buyurtma-topshirigʻini kiritmagan tomon javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar ushbu bitim boʻyicha ikkala tomon ham buyurtma-topshirigʻini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa, hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tizimida yuzaga kelgan texnik nosozliklar va boshqa sabablarga koʻra OʻzRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning roʻyxatga olinmaslik holatlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Savdo tizimi har bir savdo kunining natijalariga koʻra dilerlarga, ular tomonidan ushbu savdo kuni REPO bitimlarining ijro etilmagan birinchi qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-dekabrdagi 26/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-3, 10.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2020-y., 10/20/1829-3/1628-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Savdo tizimida roʻyxatga olingan, lekin bajarilmagan REPO bitimlari boʻyicha buyurtma-topshiriqlar savdolar yakunida avtomatik tarzda bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi mazkur Nizom shartlariga muvofiq dilerlarning pozitsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi qisman bajarilishiga yoki REPO bitimining birinchi qismini uning shartlarida belgilangan sanadan boshqa sanada bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. REPO bitimining shartlariga oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish dastlabki sotib oluvchi tomonidan REPO bitimi taʼminotiga kiruvchi qimmatli qogʻozlardan kupon (foiz) daromadi olinganda yoki tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Dastlabki sotib oluvchi REPO bitimi taʼminotiga kiruvchi qimmatli qogʻozlar boʻyicha kupon (foiz) daromadi olganda Savdo tizimi ushbu REPO bitimi boʻyicha REPO summasini, qaytarish summasini, majburiyatlar summasini va qayta sotib olish qiymatini avtomatik ravishda qayta hisoblaydi hamda REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Amaldagi REPO bitimini tuzgan tomonlarning kelishuvi bilan bitimning quyidagi shartlariga oʻzgartirish kiritish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO stavkasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminotdagi DQQ chiqarishlari va/yoki DQQning miqdori;
(49-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sotib olish qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diskont qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish bitimni tuzgan dilerlar tomonidan Savdo tizimiga REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Amaldagi REPO bitimining shartlarini ushbu REPO bitimini tuzgan dilerlarning oʻzgartirish boʻyicha shartlari bir-biriga muvofiq buyurtma-topshiriqlari Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab REPO bitimi oʻzgartirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Amaldagi REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar, mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda, REPO bitimining tuzilgan sanasi va raqami, REPO bitimining amaldagi va kiritilayotgan shartlarini oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtma-topshiriq diler tomonidan muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Savdo tizimi REPO bitimiga oʻzgartirishlarni roʻyxatga olganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimining tomonlariga ushbu bitimga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxatga olinganligi va REPO bitimiga oʻzgartirishlar kiritilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma joʻnatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar REPO bitimining ijrosi bilan bogʻliq xabarnomalar joʻnatilgan boʻlsa, ushbu xabarnomalarni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan, lekin ijro etilmagan REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga doir buyurtma-topshiriqlarni bekor qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlardan kelib chiqib, joriy kun davomida REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga zaruriyat mavjudligini tekshiradi hamda ushbu tekshiruv natijasiga koʻra, zaruriyat tugʻilganda REPO bitimi boʻyicha tomonlarga, mazkur Nizomning VII-boʻlimi talablariga javob beruvchi xabarnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha REPO bitimi tomonlarining majburiyati tomonlarning REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha majburiyatlari toʻliq bajarilgandan soʻng yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Savdo tizimi amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan bir kun oldin ushbu bitim tomonlariga amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Savdo tizimi kunlik REPO bitimining birinchi qismi ijro etilishida REPO bitimi tomonlari nomidan ishtirok etayotgan dilerlarga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tizimi tomonidan beriladigan xabarnomaning roʻyxat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimining raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimi tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REPO bitimini tuzgan dilerlarning nomi va taʼminotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovning yoʻnalishi (DQQni sotib olish va sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytarish summasi (soʻmda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminot tarkibidagi DQQning chiqarilish raqami;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminot tarkibidagi DQQning donada ifodalangan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dilerlarning pul va “depo” pozitsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomaning standart shakli OʻzRVBning hujjatlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi Savdo tizimida avtomatik ravishda shakllanadigan va xabarnomadagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buyurtma-topshiriqlarni dilerlar tomonidan tasdiqlanishi orqali ijro etiladi.
(58-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshirigʻi Savdo tizimi tomonidan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Kunlik REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan savdo kuni tugagunga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi nosavdo kuniga toʻgʻri kelsa, REPO bitimining ikkinchi qismi belgilangan sanadan keyingi birinchi savdo kunida amalga oshiriladi. Bunda qaytarish summasi REPO bitimi shartlarida belgilangan uning ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Savdo tizimi dastlabki sotuvchining REPO bitimining ikkinchi qismini ijrosi boʻyicha buyurtma-topshirigʻini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ borligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalariga koʻra, buyurtma-topshiriq shartlari REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ boʻlgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni roʻyxatga oladi va dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga kamaytiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha buyurtma-topshirigʻini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ borligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalariga koʻra, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ mavjud boʻlgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni roʻyxatga oladi va dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimi boʻyicha taʼminot tarkibidagi DQQ miqdoriga kamaytiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish uchun, dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga, dastlabki sotuvchi “depo” pozitsiyasini REPO bitimi ikkinchi qismining toʻliq ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga oshiradi. Ushbu holatda REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan buyurtma-topshiriq uni kiritgan diler tomonidan ushbu REPO bitimi boʻyicha ikkala buyurtma-topshiriq roʻyxatga olingunga qadar bekor qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmaganda, REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha buyurtma-topshirigʻini Savdo tizimiga kiritmagan tomon oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha bitimdagi ikkala tomon ham buyurtma-topshiriqlarini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa, u holda REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tizimida yuzaga kelgan texnik nosozliklar va boshqa sabablarga koʻra OʻzRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning roʻyxatga olinmaslik hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-dekabrdagi 26/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-3, 10.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2020-y., 10/20/1829-3/1628-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. REPO bitimining ikkinchi qismi bajarilmagan holda, Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan REPO bitimi tomonlarining buyurtma-topshiriqlari savdo tugash vaqtida bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi REPO bitimi tomonlarining pul va “depo” pozitsiyalariga bekor qilingan buyurtma-topshiriqlarga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. REPO bitimining ikkinchi qismini qisman bajarilishiga, shuningdek REPO bitimi shartida belgilangan sanadan boshqa sanada REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur Nizomda keltirilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlarida REPO bitimining ikkinchi qismini majburiy tartibda ijro etilishi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu bitim shartlarida belgilangan sanada ijro etilmasa, Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha taʼminotdagi DQQlarni dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun sotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Taʼminotning sotilishi tegishli REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish sanasida yoki ijro etish sanasidan keyingi savdo kunidan boshlab Savdo tizimi tomonidan oʻtkaziladigan kunlik auksionlar shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DQQning auksiondagi sotilish narxi birja qoidalariga muvofiq belgilanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. OʻzRVB DQQ bozori dilerlariga auksionni oʻtkazish, auksionda sotiladigan DQQning tarkibi, sotishdan kutilayotgan tushum hajmi va auksionda sotishning minimal narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni auksion oʻtkaziladigan sanadan avvalgi savdo kuni maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Auksion natijalari boʻyicha qayta hisoblangan REPO bitimining qaytarish summasi nolga teng boʻlmay, taʼminot esa toʻla hajmda sotilmay qolgan taqdirda navbatdagi auksion oʻtkazilishi eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Savdo tizimi tegishli REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun taʼminotdagi qimmatli qogʻozlarni yetarli hajmda sotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyati soʻndirilganidan soʻng taʼminot tarkibidagi sotilmay qolgan DQQ va taʼminot tarkibidagi DQQni sotishdan tushgan tushumning qoldigʻi dastlabki sotuvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakunlangandan soʻng REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻgʻrisida dilerlarga xabarnoma joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Savdo tizimining REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi tomonlarning REPO bitimi boʻyicha oʻz majburiyatlarini ijro etganliklari dalili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Taʼminotni sotish davrida taʼminot tarkibidagi qimmatli qogʻozlar soʻndirilgan boʻlsa, va/yoki ular boʻyicha kupon toʻlovi boʻlgan boʻlsa, REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash maqsadida, soʻndirish va/yoki kupon toʻlovidan tushgan mablagʻlar taʼminotni sotishdan tushgan tushum sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Taʼminotni toʻliq hajmda sotishdan tushgan pul mablagʻlari REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun yetarli boʻlmasa, Savdo tizimi REPO bitimining tomonlari hisoblangan dilerlarga dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi bajarilmagan majburiyati toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Savdo tizimining bajarilmagan majburiyati miqdori toʻgʻrisidagi xabarnomasi dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyatining ijrosi toʻgʻrisidagi, shuningdek REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchiga boʻlgan talablarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Qoldiq majburiyatlar ijro etilmagunga qadar REPO bitimi ijro etilmagan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qogʻozlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Markaziy bank tijorat banklari bilan (keyingi oʻrinlarda banklar deb yuritiladi) ularning likvidligini tartibga solish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlarini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Markaziy bank tomonidan REPO bitimlari mazkur Nizomga hamda bank bilan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi boʻyicha Bosh bitimga muvofiq amalga oshiriladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Markaziy bank va banklar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari overnayt REPO va REPO auksionlari shaklida oʻtkaziladi. Bunda, REPO bitimlarini oʻtkazish tartibi va shartlari birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan umumiy limit doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Buyurtma berish vaqtida quyidagi talablarga javob beradigan bank Markaziy bank bilan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimini amalga oshirish huquqiga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat qimmatli qogʻozlar bozori dileri maqomiga ega boʻlgan bank;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markaziy bank bilan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi boʻyicha Bosh bitimni tuzgan bank;
(85-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Markaziy bankning majburiy zaxira talablarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ijro etayotgan bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar va ularga doir foiz toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi boʻlmagan bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) soʻnggi 3 oy davomida REPO bitimlarining ikkinchi qismini oʻz vaqtida ijro etgan bank.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Markaziy bank banklarga toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi shartlari aniq koʻrsatilgan xabarnomani OʻzRVB orqali yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. REPO buyurtmasi mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan REPO bitimining barcha majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Bank buyurtmada, REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi Bosh bitimning amal qilish muddatidan oʻtib ketmaydigan REPO muddatini koʻrsatishi lozim.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Bank va Markaziy bank REPO bitimining birinchi qismi tuzilgan vaqtdan boshlab, oʻz zimmalariga REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish majburiyatlarini oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2024-yil 24-iyuldagi 23/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-4, 20.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Bank REPO bitimining ikkinchi qismini muddatidan avval ijro etish huquqiga ega. Ushbu holda bank Markaziy bankka buyurtma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilgan holda, Markaziy bank bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega. Bunda DQQ Markaziy bank tasarrufida, pul mablagʻlari esa bankda qoladi. Bunday hollarda Markaziy bank zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Markaziy bank, bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilganidan soʻng, bitimning birinchi qismi boʻyicha sotib olingan DQQni ikkilamchi bozorda sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-dekabrdagi 26/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1829-3, 10.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2020-y., 10/20/1829-3/1628-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Dilerlar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasi amal qilish muddatidan oʻtadigan REPO bitimlarini tuza olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Dilerlar amaldagi REPO bitimining shartlariga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasining amal qilish muddatidan oʻtadigan holda oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Markaziy bank bilan dilerlik funksiyalarini bajarish boʻyicha shartnoma bekor qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu toʻgʻrisida Savdo tizimi Markaziy bankdan tegishli xabarnoma olgan kundan keyin oʻtkaziladigan birinchi savdo kuni amaldagi REPO bitimlarining ikkinchi qismi bajarilishi shart hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari, agar ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagan boʻlsa, bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. REPO bitimini tuzish va ijro etish hamda REPO bitimi boʻyicha qoldiq majburiyatlarni tartibga solish bilan bogʻliq nizolar belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Markaziy bank dilerlarga va Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish va ijro etish bilan bogʻliq qoʻshimcha kiritilgan shartlar va cheklashlarni, ularning amal qilinishidan 7 kun avval joʻnatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Markaziy bank qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaziy bank REPO bitimi qatnashchilari roʻyxatiga cheklashlar kiritishi hamda ayrim dilerlarni REPO bitimi tuzishda ishtirok etishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Tuzilgan REPO bitimlarining birinchi va ikkinchi qismi ijro natijasida pul mablagʻlari va DQQga oid vujudga kelgan dilerlarning majburiyatlari DQQni oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha savdo ishtirokchilarining yakuniy netto-majburiyatlari hisob-kitobiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. REPO bitimi tomonlarining kelishuviga muvofiq taʼminotga kiritilgan DQQning bozor narxi oʻzgarishi munosabati bilan REPO bitimining tomonlari DQQ bilan yoki pul shaklida oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Savdo tizimi tomonidan dilerlarga REPO bitimi tuzilganligi, ijro etilganligi, REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, REPO bitimi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar tugatilganligi, taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlari boʻyicha qoldiq majburiyatlarning bajarilishi (bajarilmasligi) toʻgʻrisida beriladigan tegishli hisobot hujjatlari ularning bajarilganligining tasdigʻi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 16-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 247-modda; 2009-y., 3-son, 18-modda; 2015-y., 42-son, 546-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2020-y., 10/20/1829-3/1628-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.08.2024-y., 10/24/1829-4/0639-son; 26.01.2026-y., № 10/26/1829-5/0078)