Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 18.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1829
Кучга кириш санаси
18.07.2008
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 21.08.2024 sanasi holatiga | Joriy versiya |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING |
QARORI | QARORI |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT QIMMATLI QOGʻOZLARI BILAN REPO BITIMLARINI TUZISH VA IJRO ETISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT QIMMATLI QOGʻOZLARI BILAN REPO BITIMLARINI TUZISH VA IJRO ETISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1829-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1829-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi] |
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: |
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan keyin kuchga kiritilsin. | 2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan keyin kuchga kiritilsin. |
3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: | 3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: |
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1998-yil 22-avgustdagi 14/8-sonli qaror (1998-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 502); | “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1998-yil 22-avgustdagi 14/8-sonli qaror (1998-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 502); |
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 20-noyabrdagi 21/11-sonli qaror (2000-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 502-1). | “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 20-noyabrdagi 21/11-sonli qaror (2000-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 502-1). |
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV | Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2008-yil 15-mart, | 2008-yil 15-mart, |
8/8-son | 8/8-son |
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 15-martdagi 8/8-son qarori bilan TASDIQLANGAN | Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 15-martdagi 8/8-son qarori bilan TASDIQLANGAN |
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida | Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida |
NIZOM | NIZOM |
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibini belgilaydi. | Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibini belgilaydi. |
I. Umumiy qoidalar | I. Umumiy qoidalar |
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlari faqat Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi oʻrinlarda matnda OʻzRVB deb yuritiladi) Savdo tizimi orqali tuziladi va ijro etiladi. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlari faqat Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi oʻrinlarda matnda OʻzRVB deb yuritiladi) Savdo tizimi orqali tuziladi va ijro etiladi. |
2. REPO bitimlari boʻyicha tomonlar sifatida oʻz nomi va oʻz hisobidan hamda investorlarning hisobi va topshirigʻiga koʻra qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat yuritish huquqini olgan investitsiya vositachisi va OʻzRVB aʼzosi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlar bozorining dilerlari (keyingi oʻrinlarda matnda dilerlar deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin. | 2. REPO bitimlari boʻyicha tomonlar sifatida oʻz nomi va oʻz hisobidan hamda investorlarning hisobi va topshirigʻiga koʻra qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat yuritish huquqini olgan investitsiya vositachisi va OʻzRVB aʼzosi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlar bozorining dilerlari (keyingi oʻrinlarda matnda dilerlar deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin. |
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | 3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
davlat qimmatli qogʻozlari (keyingi oʻrinlarda — DQQ) — Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat gʻaznachilik obligatsiyalari, xalqaro obligatsiyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) obligatsiyalari; | davlat qimmatli qogʻozlari (keyingi oʻrinlarda — DQQ) — Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat gʻaznachilik obligatsiyalari, xalqaro obligatsiyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) obligatsiyalari; |
REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda DQQni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) boʻyicha ikki tomonlama bitim; | REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda DQQni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) boʻyicha ikki tomonlama bitim; |
dastlabki sotuvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotuvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi; | dastlabki sotuvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotuvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi; |
dastlabki sotib oluvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi; | dastlabki sotib oluvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi; |
kontragent — REPO bitimining tomonlaridan biri; | kontragent — REPO bitimining tomonlaridan biri; |
tizim doirasidagi (avtomatik) REPO bitimlari — kontragent aniq koʻrsatilmagan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida, OʻzRVBning Savdo tizimida amalga oshiriladigan savdolar natijasida avtomatik tarzda tuzilgan REPO bitimlari; | tizim doirasidagi (avtomatik) REPO bitimlari — kontragent aniq koʻrsatilmagan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida, OʻzRVBning Savdo tizimida amalga oshiriladigan savdolar natijasida avtomatik tarzda tuzilgan REPO bitimlari; |
tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari — kontragent aniq koʻrsatilgan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida tuzilgan REPO bitimlari; | tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari — kontragent aniq koʻrsatilgan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida tuzilgan REPO bitimlari; |
amaldagi REPO bitimi — birinchi qismi ijro etilgan, lekin ikkinchi qismining ijro etish muddati yetib kelmagan REPO bitimi; | amaldagi REPO bitimi — birinchi qismi ijro etilgan, lekin ikkinchi qismining ijro etish muddati yetib kelmagan REPO bitimi; |
taʼminot — REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi predmeti boʻlgan DQQ; | taʼminot — REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi predmeti boʻlgan DQQ; |
taʼminotni blokirovka qilish — REPO bitimini tuzishda tomonlar oʻrnatishi mumkin boʻlgan, dastlabki sotib oluvchining REPO bitimi taʼminotiga oid huquqlarini chegaralab qoʻyishni nazarda tutuvchi REPO bitimining sharti; taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlari — taʼminotini blokirovka qilishni nazarda tutuvchi REPO bitimlari; toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari — tijorat banki bitimning birinchi qismi boʻyicha DQQ sotuvchisi va ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, Markaziy bank bitimning birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib oluvchi va ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi boʻlgan, taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlari; taʼminot qiymati — taʼminotdagi DQQning sonini bir dona DQQning, birja maʼlumotlariga muvofiq bozor narxidan kelib chiqib, REPO bitimining tomonlari kelishuvi asosida diskontni inobatga olgan holda aniqlangan narxiga koʻpaytirishdan hosil boʻlgan kattalik; | taʼminot qiymati — taʼminotdagi DQQning sonini bir dona DQQning birja maʼlumotlariga muvofiq bozor narxiga koʻpaytirishdan hosil boʻlgan kattalik; |
sotib olish qiymati — REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchi DQQni sotib olishi uchun dastlabki sotuvchiga toʻlashi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi; | sotib olish qiymati — REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchi DQQni sotib olishi uchun dastlabki sotuvchiga toʻlashi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi; |
REPO stavkasi — REPO bitimi tuzilayotganda oʻrnatiladigan va REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan pul mablagʻlari uchun belgilangan yillik foiz stavkasi; | REPO stavkasi — REPO bitimi tuzilayotganda oʻrnatiladigan va REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan pul mablagʻlari uchun belgilangan yillik foiz stavkasi; |
REPO summasi — REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan (berilgan) pul mablagʻlarining joriy sana holatidagi summasini aks ettiruvchi kattalik; | REPO summasi — REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan (berilgan) pul mablagʻlarining joriy sana holatidagi summasini aks ettiruvchi kattalik; |
REPO muddati — REPO bitimining birinchi va ikkinchi qismlarini ijro etish sanalari oʻrtasidagi kalendar kunlarida ifodalangan vaqt oraligʻi. | REPO muddati — REPO bitimining birinchi va ikkinchi qismlarini ijro etish sanalari oʻrtasidagi kalendar kunlarida ifodalangan vaqt oraligʻi. |
REPO muddati REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan sananing ertasidan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan kungacha (ikkinchi qism ijro kuni inobatga olinadi) hisoblanadi. | REPO muddati REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan sananing ertasidan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan kungacha (ikkinchi qism ijro kuni inobatga olinadi) hisoblanadi. |
Birinchi va ikkinchi qismi bir kunda ijro etiladigan REPO bitimlari uchun (keyingi oʻrinda matnda kunlik REPO deb yuritiladi) REPO muddati bir kunga teng, deb qabul qilinadi; | Birinchi va ikkinchi qismi bir kunda ijro etiladigan REPO bitimlari uchun (keyingi oʻrinda matnda kunlik REPO deb yuritiladi) REPO muddati bir kunga teng, deb qabul qilinadi; |
majburiyatlar summasi — joriy sanaga REPO bitimi boʻyicha hisoblangan foizlar bilan REPO summasining yigʻindisiga teng boʻlgan kattalik; | majburiyatlar summasi — joriy sanaga REPO bitimi boʻyicha hisoblangan foizlar bilan REPO summasining yigʻindisiga teng boʻlgan kattalik; |
diskont — REPO bitimi tuzilayotganda, bitimning sharti sifatida tomonlar oʻrtasida oʻrnatilishi mumkin boʻlgan, sotib olish qiymati bilan taʼminot qiymati orasidagi farqni foizda ifodalovchi kattalik; | diskont — REPO bitimi tuzilayotganda, bitimning sharti sifatida tomonlar oʻrtasida oʻrnatilishi mumkin boʻlgan, sotib olish qiymati bilan taʼminot qiymati orasidagi farqni foizda ifodalovchi kattalik; |
qayta sotib olish qiymati — dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha DQQ uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi; | qayta sotib olish qiymati — dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha DQQ uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi; |
REPO bitimi boʻyicha olingan daromad — qayta sotib olish qiymati bilan sotib olish qiymati orasidagi farq; | REPO bitimi boʻyicha olingan daromad — qayta sotib olish qiymati bilan sotib olish qiymati orasidagi farq; |
qaytarish summasi — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish kunida dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi, yaʼni majburiyatlar summasi; | qaytarish summasi — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish kunida dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi, yaʼni majburiyatlar summasi; |
qoldiq majburiyatlar — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmasligi yoki mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻliq ijro etilmasligi natijasida vujudga keladigan REPO bitimi tomonlarining majburiyatlari; | qoldiq majburiyatlar — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmasligi yoki mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻliq ijro etilmasligi natijasida vujudga keladigan REPO bitimi tomonlarining majburiyatlari; |
hisob-kitoblarning T_0 kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshirilishini bildiruvchi belgi; | hisob-kitoblarning T_0 kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshirilishini bildiruvchi belgi; |
hisob-kitoblarning T_n kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kunida amalga oshirilishini bildiruvchi belgi; | hisob-kitoblarning T_n kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kunida amalga oshirilishini bildiruvchi belgi; |
Savdo tizimi — REPO bitimi boʻyicha elektron savdolar amalga oshiriladigan, uning asosida buyurtmalarni roʻyxatga olish, DQQ va pul mablagʻlaridagi pozitsiyalar hisobini yuritish, bitimlarni avtomatik tarzda tuzish, savdo ishtirokchilari tomonidan joriy axborotni bevosita ish oʻrinlarida tezkor koʻrishlarini taʼminlovchi OʻzRVBning avtomatlashtirilgan elektron tizimi. | Savdo tizimi — REPO bitimi boʻyicha elektron savdolar amalga oshiriladigan, uning asosida buyurtmalarni roʻyxatga olish, DQQ va pul mablagʻlaridagi pozitsiyalar hisobini yuritish, bitimlarni avtomatik tarzda tuzish, savdo ishtirokchilari tomonidan joriy axborotni bevosita ish oʻrinlarida tezkor koʻrishlarini taʼminlovchi OʻzRVBning avtomatlashtirilgan elektron tizimi; Milliy kliring markazi – DQQlar boʻyicha kliring, markazlashgan kliringni amalga oshiruvchi va markaziy kontragent sifatida faoliyat yurituvchi tashkilot; Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) — depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi tashkilot. |
4. REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi qilinayotgan DQQga boʻlgan mulk huquqi: | 4. REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi qilinayotgan DQQga boʻlgan mulk huquqi: |
REPO bitimining birinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotuvchidan dastlabki sotib oluvchiga; | REPO bitimining birinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotuvchidan dastlabki sotib oluvchiga; |
REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotib oluvchidan dastlabki sotuvchiga oʻtadi. | REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi natijasida dastlabki sotib oluvchidan dastlabki sotuvchiga oʻtadi. |
5. REPO bitimining taʼminotiga quyidagi talablarga javob beradigan DQQ kiritilishi mumkin: | 5. REPO bitimining taʼminotiga quyidagi talablarga javob beradigan DQQ kiritilishi mumkin: |
a) dilerga yoki uning investoriga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan va ularning boshqa majburiyatlaridan holi boʻlgan DQQ; | a) dilerga yoki uning investoriga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan va ularning boshqa majburiyatlaridan holi boʻlgan DQQ; |
b) soʻndirish muddati REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish muddatidan kamida 5 kalendar kuni keyin keladigan DQQ. | b) soʻndirish muddati REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish muddatidan keyin keladigan DQQ. |
Taʼminotga turli chiqarilishdagi DQQlarni DQQ savati orqali kiritish mumkin. | Taʼminotga turli chiqarilishdagi DQQlarni DQQ savati orqali kiritish mumkin. |
DQQ savati REPO bitimi tarkibiga kiritilishi mumkin boʻlgan har xil chiqarilishlardagi DQQ toʻplamidan iborat roʻyxat boʻlib, uning tarkibidagi DQQ chiqarilishlari REPO bitimining ikkinchi qismini bajarish sanasiga qadar DQQning boshqa chiqarilishlari bilan REPO bitimi tomonlarining kelishuviga asosan ayirboshlanishi mumkin. Bunda, DQQning har bir ayirboshlanishi natijasida vujudga kelgan taʼminot qiymati REPO bitimining avvalgi shartlari bilan belgilangan taʼminot qiymatidan kam boʻlmasligi lozim. | DQQ savati REPO bitimi tarkibiga kiritilishi mumkin boʻlgan har xil chiqarilishlardagi DQQ toʻplamidan iborat roʻyxat boʻlib, uning tarkibidagi DQQ chiqarilishlari REPO bitimining ikkinchi qismini bajarish sanasiga qadar DQQning boshqa chiqarilishlari bilan REPO bitimi tomonlarining kelishuviga asosan ayirboshlanishi mumkin. Bunda, DQQning har bir ayirboshlanishi natijasida vujudga kelgan taʼminot qiymati REPO bitimining avvalgi shartlari bilan belgilangan taʼminot qiymatidan kam boʻlmasligi lozim. |
6. Markaziy bank diskont kattaligiga chegara oʻrnatishi mumkin. | 6. Markaziy bank diskont kattaligiga chegara oʻrnatishi mumkin. |
7. Dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchidan taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib olgan DQQning hisobi, dastlabki sotib oluvchining “depo” hisobvaragʻida ochiladigan — “REPO bitimi boʻyicha blokirovka qilingan” boʻlimida yuritiladi. REPO bitimi taʼminotidagi “REPO bitimi boʻyicha blokirovka qilingan” boʻlimida hisobi yuritiladigan DQQ, REPO bitimida belgilangan shartlardan farqli shartlarda sotilishi, garovga qoʻyilishi, boshqa turdagi majburiyatlar bilan yuklatilishi yoki egasi oʻzgartirilishi mumkin emas. | |
II. REPO summasi va uning oʻzgarishi | II. REPO summasi va uning oʻzgarishi |
8. REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganda REPO summasi sotib olish qiymatiga teng boʻladi. | 8. REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganda REPO summasi sotib olish qiymatiga teng boʻladi. |
REPO muddati davomida taʼminot tarkibidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha kupon (foiz) daromadlari emitent tomonidan dastlabki sotib oluvchiga toʻlab beriladi. Bunda, REPO summasi toʻlov amalga oshirilgan kunda ushbu toʻlangan kupon (foiz) daromadi miqdoriga kamaytiriladi. | REPO muddati davomida taʼminot tarkibidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha kupon (foiz) daromadlari emitent tomonidan dastlabki sotib oluvchiga toʻlab beriladi. Bunda, REPO summasi toʻlov amalga oshirilgan kunda ushbu toʻlangan kupon (foiz) daromadi miqdoriga kamaytiriladi. |
III. REPO bitimini tuzish shartlari | III. REPO bitimini tuzish shartlari |
9. REPO bitimini tuzish uchun dilerlar Savdo tizimiga REPO bitimni tuzish boʻyicha buyurtmani (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb yuritiladi) kiritadi. | 9. REPO bitimini tuzish uchun dilerlar Savdo tizimiga REPO bitimni tuzish boʻyicha buyurtmani (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb yuritiladi) kiritadi. |
REPO bitimlari markaziy kontragent ishtirokida yoki markaziy kontragent ishtirokisiz tuzilishi mumkin. | |
10. REPO bitimlari ularning birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) yoki birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin, bu yerda n — ish kunining sonini bildiruvchi raqam. | 10. REPO bitimlari ularning birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) yoki birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin, bu yerda n — ish kunining sonini bildiruvchi raqam. |
11. Tizim doirasidagi REPO bitimlari faqat birinchi qismi REPO bitimi tuzilgan vaqtda amalga oshiriladigan shart bilan tuziladi. Tizim doirasidagi REPO bitimlarini tuzishda savdo qatnashchilari tomonidan Savdo tizimiga raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritiladi. Dilerning oʻzi tomonidan REPO stavkasi koʻrsatiladigan raqobatli buyurtmalardan farqli ravishda, raqobatsiz buyurtmalar Savdo tizimiga buyurtma berilgan vaqtda birja qoidalariga muvofiq avtomatik hisoblanadigan REPO stavkasi boʻyicha kiritiladi. | 11. Tizim doirasidagi REPO bitimlarini tuzishda savdo qatnashchilari tomonidan Savdo tizimiga raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritiladi. Dilerning oʻzi tomonidan REPO stavkasi koʻrsatiladigan raqobatli buyurtmalardan farqli ravishda, raqobatsiz buyurtmalar Savdo tizimiga buyurtma berilgan vaqtda birja qoidalariga muvofiq avtomatik hisoblanadigan REPO stavkasi boʻyicha kiritiladi. |
12. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim: | 12. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim: |
a) REPO stavkasi; | a) REPO stavkasi; |
b) REPO muddati; | b) REPO muddati; |
v) buyurtma bergan diler (investor)ning nomi va taʼminotdagi DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodi; | v) buyurtma bergan diler (investor)ning nomi; |
g) buyurtmaning yoʻnalishi (DQQni sotish yoki DQQni sotib olish); | g) buyurtmaning yoʻnalishi (DQQni sotish yoki DQQni sotib olish); |
d) REPO summasi (soʻmda); | d) REPO summasi (soʻmda); |
e) REPO bitimlari uchun hisob-kitoblarning kodi (T_0 yoki T_n, bunda n > 1) koʻrsatiladi; | e) REPO bitimlari uchun hisob-kitoblarning kodi (T_0 yoki T_n, bunda n ≥ 1) koʻrsatiladi; |
j) taʼminot tarkibidagi DQQning chiqarilish raqami; | j) taʼminot tarkibidagi DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodi; |
z) taʼminot tarkibidagi DQQning donalarda ifodalangan miqdori; | z) taʼminot tarkibidagi DQQning donalarda ifodalangan miqdori; |
Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlarini tuzish uchun diler oʻz buyurtmasida, REPO bitimining majburiy shartlariga qoʻshimcha ravishda, ushbu bitimni tuzish boʻyicha taklifni qabul qiluvchi dilerning nomi va taʼminotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi nomativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodini koʻrsatishi lozim. 13. Buyurtmalar REPO bitimining quyidagi qoʻshimcha shartlarini oʻz ichiga olishi mumkin: a) diskontning qiymati; b) taʼminotni blokirovka qilishga koʻrsatma. Buyurtmaning standart shakli OʻzRVB tomonidan belgilanadi. | i) diskontning qiymati. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlarini tuzish uchun diler oʻz buyurtmasida, REPO bitimining majburiy shartlariga qoʻshimcha ravishda, ushbu bitimni tuzish boʻyicha taklifni qabul qiluvchi dilerning nomini koʻrsatishi lozim. DQQ savati bilan tuziladigan REPO bitimlari boʻyicha dastlabki sotib oluvchi tomonidan kiritiladigan buyurtmalarda DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodini koʻrsatish talab etilmaydi. |
14. DQQni sotib olishga berilgan buyurtma DQQni sotishga berilgan buyurtmaga muqobil hisoblanadi va aksincha. | 14. DQQni sotib olishga berilgan buyurtma DQQni sotishga berilgan buyurtmaga muqobil hisoblanadi va aksincha. |
15. Savdo tizimida REPO bitimi tuzilishi uchun mazkur Nizomning 12-bandi “a”, “b”, “d”, “e”, “j”, “z” va “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan REPO bitimlarining shartlari ikkita muqobil buyurtmalarda mos kelishi shart. | |
16. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimi dastlabki sotuvchining (dastlabki sotib oluvchining) Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtmasiga javoban dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi) tomonidan taqdim etilgan REPO buyurtmasi Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan paytda tuzilgan hisoblanadi. | 16. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimi dastlabki sotuvchining (dastlabki sotib oluvchining) Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtmasiga javoban dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi) tomonidan taqdim etilgan REPO buyurtmasi Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan paytda tuzilgan hisoblanadi. |
17. Tizim doirasidagi REPO bitimining Savdo tizimiga kiritilgan buyurtmasiga mos muqobil buyurtmani aniqlash uchun uning shartlari uzluksiz ravishda boshqa buyurtmalar shartlari bilan solishtirish jarayonidan oʻtadi. Shartlari bir-biriga mos muqobil buyurtmalar mavjud boʻlganda, mazkur buyurtmalarni bergan dilerlarning qoʻshimcha roziligini yoki tasdigʻini talab qilmaydigan tizim doirasidagi REPO bitimi tuziladi. | 17. Tizim doirasidagi REPO bitimining Savdo tizimiga kiritilgan buyurtmasiga mos muqobil buyurtmani aniqlash uchun uning shartlari uzluksiz ravishda boshqa buyurtmalar shartlari bilan solishtirish jarayonidan oʻtadi. Shartlari bir-biriga mos muqobil buyurtmalar mavjud boʻlganda, mazkur buyurtmalarni bergan dilerlarning qoʻshimcha roziligini yoki tasdigʻini talab qilmaydigan tizim doirasidagi REPO bitimi tuziladi. |
19. REPO bitimlari taʼminoti blokirovka qilingan yoki taʼminoti blokirovka qilinmagan holda tuzilishi mumkin. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimi buyurtmada tegishli shart koʻrsatilgan taqdirdagina tuziladi. OʻzRVBning birja guvohnomasi REPO bitimining tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib, uning standart shakli birja qoidalariga muvofiq tasdiqlanadi. 20. Savdo tizimining har bir REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchidan oladigan vositachilik haqi birja qoidalariga muvofiq undiriladi. 21. REPO bitimlari boʻyicha dilerning majburiyatlari ijrosini taʼminlash OʻzRVB tomonidan uning Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaragʻidan akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi. | 19. OʻzRVBning birja bitimlari reyestridan koʻchirma REPO bitimining tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib, uning standart shakli birja qoidalariga muvofiq tasdiqlanadi. 20. OʻzRVB, Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazining har bir REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchidan oladigan vositachilik haqi (bundan buyon matnda vositachilik haqi deb yuritiladi) ularning tegishli qoidalariga muvofiq undiriladi. 21. REPO bitimlari boʻyicha dilerning majburiyatlari ijrosini taʼminlash Markaziy depozitariy yoki Milliy kliring markazi tomonidan taraflar oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan uning Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaragʻidan (investitsiya vositachisining bank hisobvaragʻidan) akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi. |
24. Har bir REPO bitimi tuzilgan paytda unga Savdo tizimi tomonidan takrorlanmas roʻyxat raqami beriladi (keyingi oʻrinlarda matnda REPO bitimi raqami deb yuritiladi). | 24. Har bir REPO bitimi tuzilgan paytda unga Savdo tizimi tomonidan takrorlanmas roʻyxat raqami beriladi (keyingi oʻrinlarda matnda REPO bitimi raqami deb yuritiladi). |
25. Tizim doirasidagi REPO bitimi boʻyicha buyurtma, u qondirilgunga qadar, uni bergan diler tomonidan bekor qilinishi mumkin. | 25. Tizim doirasidagi REPO bitimi boʻyicha buyurtma, u qondirilgunga qadar, uni bergan diler tomonidan bekor qilinishi mumkin. |
26. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari boʻyicha berilgan buyurtmani bekor qilinishi uni bergan diler tomonidan, ushbu buyurtmaga javoban berilgan muqobil buyurtma Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar, amalga oshirilishi mumkin. | 26. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari boʻyicha berilgan buyurtmani bekor qilinishi uni bergan diler tomonidan, ushbu buyurtmaga javoban berilgan muqobil buyurtma Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar, amalga oshirilishi mumkin. |
IV. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi | IV. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi |
28. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosini amalga oshirish uchun quyidagi yetarlilik shartlari bajarilishi lozim: | 28. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosini amalga oshirish uchun quyidagi yetarlilik shartlari bajarilishi lozim: |
a) dastlabki sotuvchining Savdo tizimidagi “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQning yetarliligi; | a) dastlabki sotuvchining Savdo tizimidagi “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQning yetarliligi; |
b) dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib olish va OʻzRVBning vositachilik haqini toʻlash uchun pul mablagʻlarining yetarliligi. | b) dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib olish va vositachilik haqini toʻlash uchun pul mablagʻlarining yetarliligi. |
Bunda Savdo tizimi: | Bunda Savdo tizimi Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan: |
unga kiritilgan buyurtmalarda yetarlilik shartlarini bajarilishini tekshiradi va yetarlilik sharti bajarilmagan dilerning buyurtmasini rad etadi; | unga kiritilgan buyurtmalarda yetarlilik shartlarini bajarilishini tekshiradi va yetarlilik sharti bajarilmagan dilerning buyurtmasini rad etadi; |
dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtmalarida mos ravishda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtmalarni roʻyxatga oladi; | dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtmalarida mos ravishda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtmalarni roʻyxatga oladi; |
dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasini REPO summasiga va Savdo tizimining vositachilik haqi miqdoriga kamaytiradi; | dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasini REPO summasiga va vositachilik haqi miqdoriga kamaytiradi; |
Dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilayotgan DQQlarning miqdoriga kamaytiradi. | Dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilayotgan DQQlarning miqdoriga kamaytiradi. |
29. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimini tuzish uchun Savdo tizimi: | 29. Savdo tizimi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi roʻyxatga olingandan soʻng: |
dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi; | dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi; |
Dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasi bilan Savdo tizimining vositachilik haqi orasidagi farqqa oshiradi. | dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasi bilan vositachilik haqi orasidagi farqqa oshiradi. |
30. Mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan operatsiyalarning Savdo tizimi tomonidan toʻliq ijro etilishi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi. | 30. Mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan operatsiyalarning Savdo tizimi tomonidan Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan toʻliq ijro etilishi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi. |
31. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi. | 31. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan Savdo tizimi REPO bitimi tomonlariga elektron maʼlumotni taqdim etadi. |
32. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotuvchining buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi bekor qilingan buyurtmaga muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi. | 32. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotuvchining buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi bekor qilingan buyurtmaga muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi. |
33. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini toʻlash uchun kerak boʻlgan mablagʻni qoʻshgan holda) oshiradi. | 33. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasiga (vositachilik haqini toʻlash uchun kerak boʻlgan mablagʻni qoʻshgan holda) oshiradi. |
V. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi | V. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi |
35. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlarining birinchi qismi ijrosi belgilangan kuni dilerlar bitimning raqami va sanasini, shuningdek bitim tuzilayotgan kunda belgilangan ushbu bitimning barcha majburiy va qoʻshimcha shartlari koʻrsatilgan buyurtma-topshiriqni Savdo tizimiga kiritadilar. 36. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun quyidagi moslik va yetarlilik shartlari bajarilishi shart: a) buyurtma-topshiriq shartlarining tuzilgan REPO bitimi shartlariga mosligi; b) dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun pul mablagʻlarining yetarliligi; v) dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun DQQning yetarliligi. Bunda Savdo tizimi: moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilmagan dilerning buyurtma-topshirigʻini rad etadi; dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshiriqlarida mos ravishda moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtma-topshiriqlarni roʻyxatga oladi hamda: dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga kamaytiradi; dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga kamaytiradi. 37. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimini tuzish uchun Savdo tizimi: | 36. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun REPO bitimlarining birinchi qismi ijrosi belgilangan kuni dilerlar tomonidan quyidagi yetarlilik shartlari bajarilishi shart: a) dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun pul mablagʻlarining yetarliligi; b) dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun DQQning yetarliligi. Bunda Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan Savdo tizimi dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchi tomonidan yetarlilik shartlari bajarilgandan soʻng: dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga kamaytiradi; dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga kamaytiradi. 37. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosini taʼminlash uchun Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan Savdo tizimi: |
dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi; | dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi; |
dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga oshiradi. | dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga oshiradi. |
Ushbu bandda koʻrsatilgan operatsiyalarning toʻliq amalga oshirilishi hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi. | Ushbu bandda koʻrsatilgan operatsiyalarning toʻliq amalga oshirilishi hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi. |
38. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi. 39. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun roʻyxatdan oʻtgan buyurtma-topshirigʻining bekor qilinishi unga mos muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. 40. Dastlabki sotuvchining buyurtma-topshirigʻi bekor qilinganda, Savdo tizimi bekor qilingan buyurma-topshiriqqa muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi. 41. Dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtma-topshirigʻi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini inobatga olgan holda) oshiradi. 42. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar Savdo tizimiga buyurtma-topshirigʻini kiritmagan tomon javobgar hisoblanadi. Agar REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar ushbu bitim boʻyicha ikkala tomon ham buyurtma-topshirigʻini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa, hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi. Savdo tizimida yuzaga kelgan texnik nosozliklar va boshqa sabablarga koʻra OʻzRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning roʻyxatga olinmaslik holatlari bundan mustasno. | 38. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan Savdo tizimi REPO bitimi tomonlariga elektron maʼlumotni taqdim etadi. 42. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada yetarlilik shartini bajarmagan tomon javobgar hisoblanadi. Agar REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar ushbu bitim boʻyicha ikkala tomon ham yetarlilik shartlarini bajarmagan boʻlsa, hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi. Savdo tizimida hamda Markaziy depozitariy va Milliy kliring markazining tizimlarida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli yetarlilik shartlarining bajarilmaslik holatlari bundan mustasno. |
43. Savdo tizimi har bir savdo kunining natijalariga koʻra dilerlarga, ular tomonidan ushbu savdo kuni REPO bitimlarining ijro etilmagan birinchi qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi. | 43. Savdo tizimi har bir savdo kunining natijalariga koʻra dilerlarga, ular tomonidan ushbu savdo kuni REPO bitimlarining ijro etilmagan birinchi qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi. |
45. Savdo tizimida roʻyxatga olingan, lekin bajarilmagan REPO bitimlari boʻyicha buyurtma-topshiriqlar savdolar yakunida avtomatik tarzda bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi mazkur Nizom shartlariga muvofiq dilerlarning pozitsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. | |
46. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi qisman bajarilishiga yoki REPO bitimining birinchi qismini uning shartlarida belgilangan sanadan boshqa sanada bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | 46. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi qisman bajarilishiga yoki REPO bitimining birinchi qismini uning shartlarida belgilangan sanadan boshqa sanada bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
VI. REPO bitimining shartlariga oʻzgartirishlar kiritish | VI. REPO bitimining shartlariga oʻzgartirishlar kiritish |
47. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish dastlabki sotib oluvchi tomonidan REPO bitimi taʼminotiga kiruvchi qimmatli qogʻozlardan kupon (foiz) daromadi olinganda yoki tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi. | 47. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish dastlabki sotib oluvchi tomonidan REPO bitimi taʼminotiga kiruvchi qimmatli qogʻozlardan kupon (foiz) daromadi olinganda yoki tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi. |
48. Dastlabki sotib oluvchi REPO bitimi taʼminotiga kiruvchi qimmatli qogʻozlar boʻyicha kupon (foiz) daromadi olganda Savdo tizimi ushbu REPO bitimi boʻyicha REPO summasini, qaytarish summasini, majburiyatlar summasini va qayta sotib olish qiymatini avtomatik ravishda qayta hisoblaydi hamda REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga oladi. | 48. Dastlabki sotib oluvchi REPO bitimi taʼminotiga kiruvchi qimmatli qogʻozlar boʻyicha kupon (foiz) daromadi olganda Markaziy depozitariy va (yoki) Kliring markazi maʼlumotlariga asosan Savdo tizimi ushbu REPO bitimi boʻyicha REPO summasini, qaytarish summasini, majburiyatlar summasini va qayta sotib olish qiymatini avtomatik ravishda qayta hisoblaydi hamda REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga oladi va bu toʻgʻrisida REPO bitimi tomonlariga elektron maʼlumot taqdim etadi. |
49. Amaldagi REPO bitimini tuzgan tomonlarning kelishuvi bilan bitimning quyidagi shartlariga oʻzgartirish kiritish mumkin: | 49. Amaldagi REPO bitimini tuzgan tomonlarning kelishuvi bilan bitimning quyidagi shartlariga oʻzgartirish kiritish mumkin: |
REPO muddati; | REPO muddati; |
REPO stavkasi; | REPO stavkasi; |
taʼminotdagi DQQ chiqarishlari va/yoki DQQning miqdori; | taʼminotdagi DQQ chiqarishlari va/yoki DQQning miqdori; |
qayta sotib olish qiymati; | qayta sotib olish qiymati; |
Diskont qiymati. | Diskont qiymati. |
50. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish bitimni tuzgan dilerlar tomonidan Savdo tizimiga REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | 50. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish bitimni tuzgan dilerlar tomonidan Savdo tizimiga REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
51. Amaldagi REPO bitimining shartlarini ushbu REPO bitimini tuzgan dilerlarning oʻzgartirish boʻyicha shartlari bir-biriga muvofiq buyurtma-topshiriqlari Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab REPO bitimi oʻzgartirilgan hisoblanadi. | 51. Amaldagi REPO bitimining shartlarini ushbu REPO bitimini tuzgan dilerlarning oʻzgartirish boʻyicha shartlari bir-biriga muvofiq buyurtma-topshiriqlari Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab REPO bitimi oʻzgartirilgan hisoblanadi. |
52. Amaldagi REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar, mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda, REPO bitimining tuzilgan sanasi va raqami, REPO bitimining amaldagi va kiritilayotgan shartlarini oʻz ichiga olishi lozim. | 52. Amaldagi REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar, mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda, REPO bitimining tuzilgan sanasi va raqami, REPO bitimining amaldagi va kiritilayotgan shartlarini oʻz ichiga olishi lozim. |
53. REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtma-topshiriq diler tomonidan muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar bekor qilinishi mumkin. | 53. REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtma-topshiriq diler tomonidan muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar bekor qilinishi mumkin. |
54. Savdo tizimi REPO bitimiga oʻzgartirishlarni roʻyxatga olganda: | 54. Savdo tizimi REPO bitimiga oʻzgartirishlarni roʻyxatga olganda: |
REPO bitimining tomonlariga ushbu bitimga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxatga olinganligi va REPO bitimiga oʻzgartirishlar kiritilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma joʻnatadi; | REPO bitimining tomonlariga ushbu bitimga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxatga olinganligi va REPO bitimiga oʻzgartirishlar kiritilganligi toʻgʻrisida elektron maʼlumot joʻnatadi; |
REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar REPO bitimining ijrosi bilan bogʻliq xabarnomalar joʻnatilgan boʻlsa, ushbu xabarnomalarni bekor qiladi; | REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar REPO bitimining ijrosi bilan bogʻliq xabarnomalar joʻnatilgan boʻlsa, ushbu xabarnomalarni bekor qiladi; |
REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan, lekin ijro etilmagan REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga doir buyurtma-topshiriqlarni bekor qiladi; | |
REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlardan kelib chiqib, joriy kun davomida REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga zaruriyat mavjudligini tekshiradi hamda ushbu tekshiruv natijasiga koʻra, zaruriyat tugʻilganda REPO bitimi boʻyicha tomonlarga, mazkur Nizomning VII-boʻlimi talablariga javob beruvchi xabarnomani yuboradi. | REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlardan kelib chiqib, joriy kun davomida REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga zaruriyat mavjudligini tekshiradi hamda ushbu tekshiruv natijasiga koʻra, zaruriyat tugʻilganda REPO bitimi boʻyicha tomonlarga, mazkur Nizomning VII-boʻlimi talablariga javob beruvchi xabarnomani yuboradi. |
VII. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi | VII. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi |
55. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha REPO bitimi tomonlarining majburiyati tomonlarning REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha majburiyatlari toʻliq bajarilgandan soʻng yuzaga keladi. | 55. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha REPO bitimi tomonlarining majburiyati tomonlarning REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha majburiyatlari toʻliq bajarilgandan soʻng yuzaga keladi. |
56. Savdo tizimi amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan bir kun oldin ushbu bitim tomonlariga amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi. | 56. Savdo tizimi amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan bir kun oldin ushbu bitim tomonlariga amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi. |
57. Savdo tizimi kunlik REPO bitimining birinchi qismi ijro etilishida REPO bitimi tomonlari nomidan ishtirok etayotgan dilerlarga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi. | 57. Savdo tizimi kunlik REPO bitimining birinchi qismi ijro etilishida REPO bitimi tomonlari nomidan ishtirok etayotgan dilerlarga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi. |
58. Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi: | 58. Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi: |
Savdo tizimi tomonidan beriladigan xabarnomaning roʻyxat raqami; | Savdo tizimi tomonidan beriladigan xabarnomaning roʻyxat raqami; |
REPO bitimining raqami; | REPO bitimining raqami; |
REPO bitimi tuzilgan sana; | REPO bitimi tuzilgan sana; |
REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi; | REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi; |
REPO bitimini tuzgan dilerlarning nomi va taʼminotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodi; | REPO bitimini tuzgan dilerlarning nomi; |
toʻlovning yoʻnalishi (DQQni sotib olish va sotish); | toʻlovning yoʻnalishi (DQQni sotib olish va sotish); |
qaytarish summasi (soʻmda); | qaytarish summasi (soʻmda); |
taʼminot tarkibidagi DQQning chiqarilish raqami; | taʼminot tarkibidagi DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodi; |
taʼminot tarkibidagi DQQning donada ifodalangan miqdori; | taʼminot tarkibidagi DQQning donada ifodalangan miqdori; |
Dilerlarning pul va “depo” pozitsiyasi. | Dilerlarning pul va “depo” pozitsiyasi. |
Xabarnomaning standart shakli OʻzRVBning hujjatlari bilan belgilanadi. | Xabarnomaning standart shakli OʻzRVBning hujjatlari bilan belgilanadi. |
Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi Savdo tizimida avtomatik ravishda shakllanadigan va xabarnomadagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buyurtma-topshiriqlarni dilerlar tomonidan tasdiqlanishi orqali ijro etiladi. 59. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshirigʻi Savdo tizimi tomonidan kiritiladi. | |
60. Kunlik REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan savdo kuni tugagunga qadar amalga oshiriladi. | 60. Kunlik REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan savdo kuni tugagunga qadar amalga oshiriladi. |
61. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi nosavdo kuniga toʻgʻri kelsa, REPO bitimining ikkinchi qismi belgilangan sanadan keyingi birinchi savdo kunida amalga oshiriladi. Bunda qaytarish summasi REPO bitimi shartlarida belgilangan uning ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan kelib chiqib hisoblanadi. | 61. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi nosavdo kuniga toʻgʻri kelsa, REPO bitimining ikkinchi qismi belgilangan sanadan keyingi birinchi savdo kunida amalga oshiriladi. Bunda qaytarish summasi REPO bitimi shartlarida belgilangan uning ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan kelib chiqib hisoblanadi. |
62. Savdo tizimi dastlabki sotuvchining REPO bitimining ikkinchi qismini ijrosi boʻyicha buyurtma-topshirigʻini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ borligini tekshiradi. | 62. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ borligini tekshiradi. |
Tekshirish natijalariga koʻra, buyurtma-topshiriq shartlari REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ boʻlgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni roʻyxatga oladi va dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga kamaytiradi. | Tekshirish natijalariga koʻra, dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ boʻlgan holda, dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga kamaytiradi. |
63. Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha buyurtma-topshirigʻini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ borligini tekshiradi. | 63. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ borligini tekshiradi. |
Tekshirish natijalariga koʻra, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ mavjud boʻlgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni roʻyxatga oladi va dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimi boʻyicha taʼminot tarkibidagi DQQ miqdoriga kamaytiradi. | Tekshirish natijalariga koʻra, dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ mavjud boʻlgan holda, dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimi boʻyicha taʼminot tarkibidagi DQQ miqdoriga kamaytiradi. |
64. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish uchun, dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga, dastlabki sotuvchi “depo” pozitsiyasini REPO bitimi ikkinchi qismining toʻliq ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga oshiradi. Ushbu holatda REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilgan hisoblanadi. | 64. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish uchun, dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga, dastlabki sotuvchi “depo” pozitsiyasini REPO bitimi ikkinchi qismining toʻliq ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga oshiradi. Ushbu holatda REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilgan hisoblanadi. |
65. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan buyurtma-topshiriq uni kiritgan diler tomonidan ushbu REPO bitimi boʻyicha ikkala buyurtma-topshiriq roʻyxatga olingunga qadar bekor qilinishi mumkin. 66. REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmaganda, REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha buyurtma-topshirigʻini Savdo tizimiga kiritmagan tomon oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar hisoblanadi. Agar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha bitimdagi ikkala tomon ham buyurtma-topshiriqlarini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa, u holda REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi. Savdo tizimida yuzaga kelgan texnik nosozliklar va boshqa sabablarga koʻra OʻzRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning roʻyxatga olinmaslik hollari bundan mustasno. 68. REPO bitimining ikkinchi qismi bajarilmagan holda, Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan REPO bitimi tomonlarining buyurtma-topshiriqlari savdo tugash vaqtida bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi REPO bitimi tomonlarining pul va “depo” pozitsiyalariga bekor qilingan buyurtma-topshiriqlarga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. | 66. REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmaganda, REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada mazkur Nizomning 62 yoki 63-bandida belgilangan yetarlilik shartini bajarmagan tomon oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar hisoblanadi. Agar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada bitimdagi ikkala tomon ham mazkur Nizomning 62 va 63-bandlarida belgilangan yetarlilik shartini bajarmagan boʻlsa, u holda REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi. Savdo tizimida hamda Markaziy depozitariy va Milliy kliring markazining tizimlarida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli yetarlilik shartlarining bajarilmaslik holatlari bundan mustasno. |
69. REPO bitimining ikkinchi qismini qisman bajarilishiga, shuningdek REPO bitimi shartida belgilangan sanadan boshqa sanada REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur Nizomda keltirilgan holatlar bundan mustasno. | 69. REPO bitimining ikkinchi qismini qisman bajarilishiga, shuningdek REPO bitimi shartida belgilangan sanadan boshqa sanada REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur Nizomda keltirilgan holatlar bundan mustasno. |
VIII. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlarida REPO bitimining ikkinchi qismini majburiy tartibda ijro etilishi 70. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu bitim shartlarida belgilangan sanada ijro etilmasa, Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha taʼminotdagi DQQlarni dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun sotadi. 71. Taʼminotning sotilishi tegishli REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish sanasida yoki ijro etish sanasidan keyingi savdo kunidan boshlab Savdo tizimi tomonidan oʻtkaziladigan kunlik auksionlar shaklida amalga oshiriladi. DQQning auksiondagi sotilish narxi birja qoidalariga muvofiq belgilanadi. 72. OʻzRVB DQQ bozori dilerlariga auksionni oʻtkazish, auksionda sotiladigan DQQning tarkibi, sotishdan kutilayotgan tushum hajmi va auksionda sotishning minimal narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni auksion oʻtkaziladigan sanadan avvalgi savdo kuni maʼlum qiladi. 73. Auksion natijalari boʻyicha qayta hisoblangan REPO bitimining qaytarish summasi nolga teng boʻlmay, taʼminot esa toʻla hajmda sotilmay qolgan taqdirda navbatdagi auksion oʻtkazilishi eʼlon qilinadi. 74. Savdo tizimi tegishli REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun taʼminotdagi qimmatli qogʻozlarni yetarli hajmda sotadi. | VIII. REPO bitimlarida REPO bitimining ikkinchi qismini majburiy tartibda ijro etilishi 70. REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu bitim shartlarida belgilangan vaqtda ijro etilmasa, Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun DQQlarni sotish yoki dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun DQQlarni sotib olish boʻyicha auksion tashkil qiladi. Markaziy kontragent ishtirokida tuzilgan REPO bitimlarining ijrosi Milliy kliring markazi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 71. Taʼminotning sotilishi yoki sotib olinishi tegishli REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish sanasida yoki ijro etish sanasidan keyingi savdo kunida amalga oshiriladi. DQQning auksiondagi sotilish yoki sotib olinish narxi birja qoidalariga muvofiq belgilanadi. 72. OʻzRVB DQQ bozori dilerlariga auksionni oʻtkazish, auksionda sotiladigan (sotib olinadigan) DQQning tarkibi, sotishdan kutilayotgan tushum hajmi va auksionda sotishning (sotib olishning) minimal (maksimal) narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni auksion oʻtkaziladigan sanadan avvalgi savdo kuni maʼlum qiladi. 73. Auksion natijalari boʻyicha qayta hisoblangan REPO bitimining qaytarish summasi nolga teng boʻlmay, DQQ esa toʻla hajmda sotilmay yoki sotib olinmay qolgan taqdirda navbatdagi auksion oʻtkazilishi eʼlon qilinadi. Bunda, DQQning auksiondagi sotish yoki sotib olish narxiga birja qoidalariga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. 74. Savdo tizimi tegishli REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun taʼminotdagi qimmatli qogʻozlarni yetarli hajmda sotadi yoki sotib oladi. |
75. Dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyati soʻndirilganidan soʻng taʼminot tarkibidagi sotilmay qolgan DQQ va taʼminot tarkibidagi DQQni sotishdan tushgan tushumning qoldigʻi dastlabki sotuvchiga qaytariladi. | 75. Dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyati soʻndirilganidan soʻng taʼminot tarkibidagi sotilmay qolgan DQQ va taʼminot tarkibidagi DQQni sotishdan tushgan tushumning qoldigʻi dastlabki sotuvchiga qaytariladi. |
Dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyati soʻndirilganidan soʻng DQQni sotib olishdan ortib qolgan pul mablagʻlarining qoldigʻi dastlabki sotib oluvchiga qaytariladi. | |
76. Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakunlangandan soʻng REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻgʻrisida dilerlarga xabarnoma joʻnatadi. | 76. Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakunlangandan soʻng REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻgʻrisida dilerlarga xabarnoma joʻnatadi. |
77. Savdo tizimining REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi tomonlarning REPO bitimi boʻyicha oʻz majburiyatlarini ijro etganliklari dalili hisoblanadi. | 77. Savdo tizimining REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi tomonlarning REPO bitimi boʻyicha oʻz majburiyatlarini ijro etganliklari dalili hisoblanadi. |
78. Taʼminotni sotish davrida taʼminot tarkibidagi qimmatli qogʻozlar soʻndirilgan boʻlsa, va/yoki ular boʻyicha kupon toʻlovi boʻlgan boʻlsa, REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash maqsadida, soʻndirish va/yoki kupon toʻlovidan tushgan mablagʻlar taʼminotni sotishdan tushgan tushum sifatida qabul qilinadi. | 78. Taʼminotni sotish davrida taʼminot tarkibidagi qimmatli qogʻozlar soʻndirilgan boʻlsa, va/yoki ular boʻyicha kupon toʻlovi boʻlgan boʻlsa, REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash maqsadida, soʻndirish va/yoki kupon toʻlovidan tushgan mablagʻlar taʼminotni sotishdan tushgan tushum sifatida qabul qilinadi. |
79. Taʼminotni toʻliq hajmda sotishdan tushgan pul mablagʻlari REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun yetarli boʻlmasa, Savdo tizimi REPO bitimining tomonlari hisoblangan dilerlarga dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi bajarilmagan majburiyati toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. | 79. Taʼminotni toʻliq hajmda sotishdan tushgan pul mablagʻlari yoki sotib olingan DQQ REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun yetarli boʻlmasa, Savdo tizimi REPO bitimining tomonlari hisoblangan dilerlarga dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi bajarilmagan majburiyati toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. |
80. Savdo tizimining bajarilmagan majburiyati miqdori toʻgʻrisidagi xabarnomasi dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyatining ijrosi toʻgʻrisidagi, shuningdek REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchiga boʻlgan talablarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Qoldiq majburiyatlar ijro etilmagunga qadar REPO bitimi ijro etilmagan hisoblanadi. | 80. Xabarnoma olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida xabarnomada koʻrsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, ushbu majburiyatlar summasi taraflar oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan majburiyatlarni bajarmagan dilerning Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaragʻidan (investitsiya vositachisining bank hisobvaragʻidan) akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi. |
IX. Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qogʻozlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi | IX. Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi |
81. Markaziy bank tijorat banklari bilan (keyingi oʻrinlarda banklar deb yuritiladi) ularning likvidligini tartibga solish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlarini amalga oshiradi. | 81. Markaziy bank tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) bilan ularning likvidliligini tartibga solish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va davlat boshqaruvi organlarining fiskal agenti vazifasini bajarish maqsadida REPO bitimlarini amalga oshiradi. |
82. Markaziy bank tomonidan REPO bitimlari mazkur Nizomga hamda bank bilan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi boʻyicha Bosh bitimga muvofiq amalga oshiriladi. | 82. Markaziy bank tomonidan REPO bitimlari mazkur Nizomga hamda bank bilan tuziladigan REPO bitimi boʻyicha Bosh bitimga muvofiq amalga oshiriladi. |
83. Markaziy bank va banklar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari overnayt REPO va REPO auksionlari shaklida oʻtkaziladi. Bunda, REPO bitimlarini oʻtkazish tartibi va shartlari birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. | 83. Markaziy bank va banklar oʻrtasida REPO bitimlari overnayt REPO va REPO auksionlari shaklida oʻtkaziladi. Bunda, REPO bitimlarini oʻtkazish tartibi va shartlari Markaziy bank boshqaruvining qarori va birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. |
84. Toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan umumiy limit doirasida amalga oshiriladi. | 84. REPO bitimlari Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan umumiy limit doirasida amalga oshiriladi. |
85. Buyurtma berish vaqtida quyidagi talablarga javob beradigan bank Markaziy bank bilan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimini amalga oshirish huquqiga ega: | 85. Buyurtma berish vaqtida quyidagi talablarga javob beradigan bank Markaziy bank bilan REPO bitimini amalga oshirish huquqiga ega: |
a) davlat qimmatli qogʻozlar bozori dileri maqomiga ega boʻlgan bank; | a) davlat qimmatli qogʻozlar bozori dileri maqomiga ega boʻlgan bank; |
b) Markaziy bank bilan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi boʻyicha Bosh bitimni tuzgan bank; | b) Markaziy bank bilan REPO bitimi boʻyicha Bosh bitimni tuzgan bank; |
v) Markaziy bankning majburiy zaxira talablarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ijro etayotgan bank; | v) Markaziy bankning majburiy zaxira talablarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ijro etayotgan bank; |
g) Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar va ularga doir foiz toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi boʻlmagan bank; | g) Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar va ularga doir foiz toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi boʻlmagan bank; |
d) soʻnggi 3 oy davomida REPO bitimlarining ikkinchi qismini oʻz vaqtida ijro etgan bank. | d) soʻnggi 3 oy davomida REPO bitimlarining ikkinchi qismini oʻz vaqtida ijro etgan bank. |
86. Markaziy bank banklarga toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi shartlari aniq koʻrsatilgan xabarnomani OʻzRVB orqali yetkazadi. | 86. Markaziy bank banklarga REPO bitimi shartlari aniq koʻrsatilgan xabarnomani OʻzRVB orqali yetkazadi. |
87. REPO buyurtmasi mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan REPO bitimining barcha majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim. | 87. REPO buyurtmasi mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan REPO bitimining barcha majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim. |
88. Bank buyurtmada, REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi Bosh bitimning amal qilish muddatidan oʻtib ketmaydigan REPO muddatini koʻrsatishi lozim. | 88. Bank buyurtmada, REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi Bosh bitimning amal qilish muddatidan oʻtib ketmaydigan REPO muddatini koʻrsatishi lozim. |
93. Bank va Markaziy bank REPO bitimining birinchi qismi tuzilgan vaqtdan boshlab, oʻz zimmalariga REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish majburiyatlarini oladi. | 93. Bank va Markaziy bank REPO bitimining birinchi qismi tuzilgan vaqtdan boshlab, oʻz zimmalariga REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish majburiyatlarini oladi. |
95. Bank REPO bitimining ikkinchi qismini muddatidan avval ijro etish huquqiga ega. Ushbu holda bank Markaziy bankka buyurtma beradi. | 95. Bank REPO bitimining ikkinchi qismini muddatidan avval ijro etish huquqiga ega. Ushbu holda bank Markaziy bankka buyurtma beradi. |
96. Bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilgan holda, Markaziy bank bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega. Bunda DQQ Markaziy bank tasarrufida, pul mablagʻlari esa bankda qoladi. Bunday hollarda Markaziy bank zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega. | 96. Bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilgan holda, Markaziy bank bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega. Bunda, Markaziy bank tomonidan likvidlilikni taqdim etish maqsadida tuzilgan REPO bitimi boʻyicha sotib olingan DQQ Markaziy bank tasarrufida, pul mablagʻlari esa bankda qoladi. Markaziy bank tomonidan likvidlilikni olib qoʻyish maqsadida tuzilgan REPO bitimi boʻyicha sotilgan DQQ bank tasarrufida, pul mablagʻlari esa Markaziy bankda qoladi. Yuqoridagi hollarda Markaziy bank zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega. |
97. Markaziy bank, bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilganidan soʻng, bitimning birinchi qismi boʻyicha sotib olingan DQQni ikkilamchi bozorda sotishi mumkin. | 97. Markaziy bank, bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilganidan soʻng, bitimning birinchi qismi boʻyicha sotib olingan DQQni ikkilamchi bozorda sotishi mumkin. |
X. Yakuniy qoidalar | X. Yakuniy qoidalar |
99. Dilerlar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasi amal qilish muddatidan oʻtadigan REPO bitimlarini tuza olmaydi. | 99. Dilerlar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasi amal qilish muddatidan oʻtadigan REPO bitimlarini tuza olmaydi. |
100. Dilerlar amaldagi REPO bitimining shartlariga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasining amal qilish muddatidan oʻtadigan holda oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin emas. | 100. Dilerlar amaldagi REPO bitimining shartlariga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasining amal qilish muddatidan oʻtadigan holda oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin emas. |
101. Markaziy bank bilan dilerlik funksiyalarini bajarish boʻyicha shartnoma bekor qilinganda: | 101. Markaziy bank bilan dilerlik funksiyalarini bajarish boʻyicha shartnoma bekor qilinganda: |
ushbu toʻgʻrisida Savdo tizimi Markaziy bankdan tegishli xabarnoma olgan kundan keyin oʻtkaziladigan birinchi savdo kuni amaldagi REPO bitimlarining ikkinchi qismi bajarilishi shart hisoblanadi. | ushbu toʻgʻrisida Savdo tizimi Markaziy bankdan tegishli xabarnoma olgan kundan keyin oʻtkaziladigan birinchi savdo kuni amaldagi REPO bitimlarining ikkinchi qismi bajarilishi shart hisoblanadi. |
Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari, agar ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagan boʻlsa, bekor qilinadi. | Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari, agar ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagan boʻlsa, bekor qilinadi. |
102. REPO bitimini tuzish va ijro etish hamda REPO bitimi boʻyicha qoldiq majburiyatlarni tartibga solish bilan bogʻliq nizolar belgilangan tartibda hal qilinadi. | 102. REPO bitimini tuzish va ijro etish hamda REPO bitimi boʻyicha qoldiq majburiyatlarni tartibga solish bilan bogʻliq nizolar belgilangan tartibda hal qilinadi. |
103. Markaziy bank dilerlarga va Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish va ijro etish bilan bogʻliq qoʻshimcha kiritilgan shartlar va cheklashlarni, ularning amal qilinishidan 7 kun avval joʻnatadi. | 103. Markaziy bank dilerlarga va Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish va ijro etish bilan bogʻliq qoʻshimcha kiritilgan shartlar va cheklashlarni, ularning amal qilinishidan 7 kun avval joʻnatadi. |
104. Markaziy bank qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaziy bank REPO bitimi qatnashchilari roʻyxatiga cheklashlar kiritishi hamda ayrim dilerlarni REPO bitimi tuzishda ishtirok etishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin. | 104. Markaziy bank qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaziy bank REPO bitimi qatnashchilari roʻyxatiga cheklashlar kiritishi hamda ayrim dilerlarni REPO bitimi tuzishda ishtirok etishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin. |
105. Tuzilgan REPO bitimlarining birinchi va ikkinchi qismi ijro natijasida pul mablagʻlari va DQQga oid vujudga kelgan dilerlarning majburiyatlari DQQni oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha savdo ishtirokchilarining yakuniy netto-majburiyatlari hisob-kitobiga kiritiladi. | 105. Tuzilgan REPO bitimlarining birinchi va ikkinchi qismi ijro natijasida pul mablagʻlari va DQQga oid vujudga kelgan dilerlarning majburiyatlari DQQni oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha savdo ishtirokchilarining yakuniy netto-majburiyatlari hisob-kitobiga kiritiladi. |
106. REPO bitimi tomonlarining kelishuviga muvofiq taʼminotga kiritilgan DQQning bozor narxi oʻzgarishi munosabati bilan REPO bitimining tomonlari DQQ bilan yoki pul shaklida oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin. | 106. REPO bitimi tomonlarining kelishuviga muvofiq taʼminotga kiritilgan DQQning bozor narxi oʻzgarishi munosabati bilan REPO bitimining tomonlari DQQ bilan yoki pul shaklida oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin. |
107. Savdo tizimi tomonidan dilerlarga REPO bitimi tuzilganligi, ijro etilganligi, REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, REPO bitimi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar tugatilganligi, taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlari boʻyicha qoldiq majburiyatlarning bajarilishi (bajarilmasligi) toʻgʻrisida beriladigan tegishli hisobot hujjatlari ularning bajarilganligining tasdigʻi hisoblanadi. | 107. Savdo tizimi tomonidan dilerlarga REPO bitimi tuzilganligi, ijro etilganligi, REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, REPO bitimi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar tugatilganligi, REPO bitimlari boʻyicha qoldiq majburiyatlarning bajarilishi (bajarilmasligi) toʻgʻrisida beriladigan tegishli hisobot hujjatlari ularning bajarilganligining tasdigʻi hisoblanadi. |
108. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 108. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. |
Moliya vaziri R. AZIMOV | Moliya vaziri R. AZIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2008-yil 16-may | 2008-yil 16-may |