Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “LOYIHA-TADQIQOT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 29 APRELDAGI PQ-847-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-iyun,
120-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-iyundagi 120-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda):
a) 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi) “Bosh ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish va qidiruv tashkilotlari 26” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ustav fondidagi davlat ulushi kamida 51 foiz miqdorida boʻlgan yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari:
1. “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti
2. “OʻzLITI” YoAJ
3. “OʻzshaharsozlikLITI” OAJ
4. “Oʻzpoʻlatqurilmaloyiha” YoAJ
5. “Oʻzogʻirsanoatloyiha” OAJ
6. “Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” MChJ
7. “K.M.Jumayev nomidagi ZPLITI” YoAJ
8. “GIIIGGK” davlat unitar korxonasi
9. “Oʻzlitineftgaz” OAJ
10. “Gidroloyiha” OAJ
11. “Oʻrtaosiyotarmoqloyiha” OAJ
12. “Qishloqenergoloyiha” OAJ
13. “Issiqlikelektroloyiha” OAJ
14. “Oʻzkimyosanoatloyiha” OAJ
15. GeotexLITI
16. “Oʻzrangmetloyiha” OAJ
17. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining loyiha ishlari boshqarmasi
18. “Oʻzengsanloyiha” MChJ
19. “Oʻzkommunalloyihaqurilish” MChJ
20. “Oʻzgazloyiha” MChJ
21. “Toshtemiryoʻlloyiha” OAJ
22. “Boshtransloyiha” OAJ
23. “Yoʻl-loyiha byurosi” MChJ
24. “Toshkentboshplanliti” davlat unitar korxonasi
25. “Toshuyjoyloyiha” OAJ
26. “Aloqaloyiha” davlat unitar korxonasi
27. “Oʻzqishloqloyiha” MChJ
28. “OʻzGIP” MChJ
29. “Oʻzsuvloyiha” OAJ
30. “Suvsanoatfuqaroli” MChJ
31. “Oʻzmevasabzavotuzum-sanoatloyiha” MChJ
32. “Donloyiha” MChJ
33. “Tibloyiha” MChJ
34. Harbiy loyiha
35. “Chegaraloyiha” YoAJ
36. “Toshgiproshahar” OAJ;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandiga (4-ilova) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi-oʻn beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarining loyiha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarining buyurtmachisi vazifasini bajaradi, ularning natijalarini qurilish normalari, qoidalari va standartlariga kiritadi, loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratadi”;
oʻn toʻrtinchi—yigirma yettinchi xatboshi tegishli ravishda oʻn oltinchi—yigirma toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 223-modda; 2017-y., 31-son, 781-modda)