Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori, 29.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1818
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika taʼminoti va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 YILDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA FOIZSIZ BUDJET SSUDALARINI AJRATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-mayda 1818-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 26-dekabrdagi 184, 28-2017-sonli “2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1818-2, 06.01.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutlarni qoplash uchun oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy koʻmak berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutlarni qoplash uchun 2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Foizsiz budjet ssudalarini (bundan keyingi oʻrinlarda budjet ssudalari deb yuritiladi) ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan faqat ish haqi, yagona ijtimoiy toʻlov va stipendiyalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalariga budjet ssudalari oʻz tizimida boʻlgan tegishli vazirlik va idoraning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan yozma talabnomalariga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Budjet ssudalarining manbai boʻlib respublika budjeti daromadlarining belgilangan rejaga nisbatan orttirib bajarilgan qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Budjet ssudalarini ajratish uchun talabnomalarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjet ssudalarini ajratish uchun talabnomalar bilan murojaat qilish uchun asos boʻlib mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni qoplash uchun oliy taʼlim muassasalarining ular tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari mablagʻlarining yetishmasligi yoki mavjud emasligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet ssudasini ajratish uchun talabnoma mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjet ssudasi ajratish toʻgʻrisidagi yozma talabnomaga tegishli oliy taʼlim muassasasining rahbari, bosh buxgalteri va moliya-reja boʻlimi boshligʻining imzolari bilan tasdiqlangan budjet ssudasiga boʻlgan ehtiyojning asoslantirilgan hisob-kitoblari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet ssudasiga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitoblari mazkur Nizomning 2-ilovasidagi keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Budjet ssudalarini ajratish toʻgʻrisidagi talabnomalarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet ssudasini ajratish uchun zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab yetti ish kuni ichida amalga oshiriladi. Murojaatlarni koʻrib chiqishda oliy taʼlim muassasasi boʻyicha 2008-yilda kutilayotgan budjetdan tashqari mablagʻlarning kamomadi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zarurat tugʻilganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun qoʻshimcha maʼlumot va hisob-kitoblar soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Budjet ssudasi ajratilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq xulosa rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada ajratilishi taklif etilayotgan budjet ssudasining miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada budjet ssudasi ajratilmasligining aniq sabablari va asoslari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Budjet ssudasi ajratilishi rad etilganligi haqida oliy taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan salbiy xulosa rasmiylashtirilgandan soʻng rad etilishning aniq sabablari va asoslari koʻrsatilgan yozma xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Budjet ssudasini ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijobiy xulosa mavjudligida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladigan oliy taʼlim muassasasiga budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Budjet ssudasi ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng mutasaddi moliya vaziri oʻrinbosari va tarkibida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan tegishli vazirlik yoki idoraning rahbari oʻrinbosari hamda oliy taʼlim muassasasining rahbari imzolari bilan tasdiqlanadigan budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari ssuda qaytarilishining 2011-yildan boshlanishini nazarda tutadigan va budjet ssudasi ajratilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning ilovasi hisoblanadigan qaytarish jadvaliga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ajratilgan budjet ssudasi summasi oliy taʼlim muassasasi hisobiga tegishli vazirlik va idoralarning budjet ssudasi mablagʻlarini ajratish talablariga muvofiq har oy qismlarga boʻlib oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ajratilgan budjet ssudasi mablagʻlari oliy taʼlim muassasalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochiladigan talab qilib olinguncha maxsus depozit hisob raqamiga budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Budjet ssudasining qaytarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Budjet ssudasini qaytarish qatʼiy ravishda budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomaning ilovasida keltiriladigan qaytarish jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan budjet ssudalari oʻz vaqtida qaytarilmaganda qarzdorlikni undirish oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari buzilganda har bir kechiktirilgan kun uchun oʻz vaqtida qaytarilmagan budjet ssudasi summasining 0,05 foizi miqdorida jarima solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Budjet ssudalarini qaytarish muddatini uzaytirish oliy taʼlim muassasasida ssudani qaytarish imkoniyatini inkor etuvchi moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rahbariyati tomonidan koʻrib chiqiladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish haqidagi bildirgi oliy taʼlim muassasasi tomonidan beriladi va mazkur Nizomning II-boʻlimida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Koʻrsatilgan bildirgi budjet ssudasini qaytarish muddati boshlangunga qadar kamida ikki hafta oldin kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish mazkur Nizomda budjet ssudasini ajratish uchun belgilangan tartib va shartlar asosida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Budjet ssudasini qaytarish muddati uzaytirilganda qaytarish muddati uzaytirilgan budjet ssudasidan foydalanish uchun foiz toʻlanishi nazarda tutilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Budjet ssudasi oluvchilarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet ssudasini ajratish uchun kiritiladigan talabnomalarning toʻgʻriligi va asoslantirilganligi, shuningdek ajratilgan budjet ssudasini maqsadli sarflanishi va oʻz vaqtida qaytarilishiga oliy taʼlim muassasalari hamda tarkibida ushbu muassasalar boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsiy javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ajratilgan budjet ssudalaridan maqsadsiz foydalanilganlik faktlari aniqlanganda tegishli oliy taʼlim muassasalari, shuningdek tarkibida ushbu muassasalar boʻlgan vazirlik va idoralar rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Maqsadsiz foydalanilgan budjet ssudasi mablagʻi muddatidan oldin undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar va oliy taʼlim muassasalari budjet ssudasini ajratish davrida hamda uning qaytarilishi muddati mobaynida belgilangan tartibda har chorakda kamida bir marotaba ajratilayotgan budjet ssudalari boʻyicha qarzdorlikning solishtirma dalolatnomalarini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan budjet ssudasi mablagʻlarini oʻzlashtirilishini monitoring qilish zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti Bosh boshqarmasiga budjet ssudalari mablagʻlarini ajratish muddatlari va miqdorlarini aniqlashtirish boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ajratilgan budjet ssudalaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi tomonidan tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KELIShILDI Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Vazir _______________________
TASDIQLAYMAN (yuqori turuvchi vazirlik (idora) Vazir _______________________
vazirligi tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarining ish haqi, yagona ijtimoiy toʻlov va stipendiya xarajatlarini qoplashga budjet ssudalarini ajratish uchun TALABNOMA
ming. soʻm
№
Oliy taʼlim muassasas� nomi
01.01.08 y.dan 30.09.08 y.gacha boʻlgan davrda jami mablagʻ taqchilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi, yagona ijtimoiy toʻlov va stipendiya xarajatlarini qoplash uchun budjet ssudasiga talab boʻyicha HISOB-KITOB ___________________________________________________________
(oliy taʼlim muassasasi nomi)
ming. soʻm
№
Koʻrsatkichlar
Muassasa tomonidan hisoblangan
I.
DAROMADLAR, jami
1.1.
01.01.08 y.ga oʻtgan qoldiq
1.2.
2008-yil 1-mart holatiga tushum (2007/2008 oʻquv yili uchun)*
2008-yil 31-may holatida hisob-raqamdagi mablagʻ qoldigʻi**
x
x
x
x
x
2008-yil 31-may holatida mablagʻlarning yetishmovchiligi (–), ortiqchaligi (+) ***
x
x
x
x
x
x
Rektor
___________________________________
(F.I.O.)
OTM bosh hisobchisi
___________________________________
(F.I.O.)
OTM moliya-reja boʻlimi boshligʻi
___________________________________
Muhr oʻrni
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Daromadlarga talabalar tomonidan 2007/2008-yilda oʻqitishning toʻliq qiymatini oʻz vaqtida toʻlamaganlik yuzasidan tushishi kutilayotgan mablagʻlar, shuningdek boshqa tushumlar ham kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Jami daromad (ayiruv) jami kassa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Jami daromad (ayiruv) jami haqiqiy xarajatlar (ayiruv) 2008-yil 1-yanvar holatiga kreditor qarzdorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Kassa (ayiruv) haqiqiy xarajatlar (ayiruv) 2008-yil 1-yanvar holatiga kreditor qarzdorlik.