OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI, ChET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI TAʼMINLAShGA TAALLUQLI IJTIMOIY-HUQUQIY HUJJATLARNI TALAB QILIB OLISh BOʻYIChA XORIJDAN KELIB TUShGAN SOʻROVNOMALARNI IJRO QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-mayda 373-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2020-yil 18-dekabrdagi 255-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish boʻyicha xorijdan kelib tushgan soʻrovnomalarni ijro qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 373-2, 22.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish boʻyicha xorijdan kelib tushgan soʻrovnomalarni ijro qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (1997-yil 5-noyabr, roʻyxat raqami 373) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-aprel,
10-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 206-modda)