Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2020 22.05.2008 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2020
Hujjat 22.05.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OTA-ONASINING QAROVISIZ QOLGAN VA TOʻLIQ DAVLAT TAʼMINOTIDA BOʻLGAN BOLALAR UChUN BOLALAR ShAHARChALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalashning shakl va metodlarini takomillashtirish, oila sharoitlarida tarbiyalash uchun ularga shart-sharoitlar yaratish, bolalar tarbiya muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Bolalar shaharchasi” tarbiya muassasalari (keyingi oʻrinlarda Bolalar shaharchasi deb ataladi)ni tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarni oilada tarbiyalashning zamonaviy shakllarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalarini tashkil etish bosqichma-bosqich, ularning bolalarni qabul qilish va tarbiyalash uchun tayyorligiga koʻra amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalari “Mehribonlik” uylarini Bolalar shaharchalariga aylantirish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat Bolalar shaharchalari bilan bir qatorda nodavlat Bolalar shaharchalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatayotgan “SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining tarbiya muassasalari maqomiga koʻra Bolalar shaharchalariga tenglashtirilishi hamda koʻrsatib oʻtilgan Nizomning ularga nisbatan “SOS — Kinderdorf Interneyshnl” xalqaro jamgʻarmasi va “SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining tegishli hujjatlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining “SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarini davlat tarbiya muassasalari uchun belgilangan tartibga va normalarga muvofiq qisman budjetdan moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida “SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasining Bolalar mahallalari taʼminotiga qisman moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 22-maydagi 104-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari (keyingi oʻrinlarda Bolalar shaharchasi deb ataladi) maqomini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, ushbu muassasalar xodimlarining hamda bunday muassasalarga tarbiyalash uchun berilgan bolalarning (tarbiyalanuvchilarning) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bolalar shaharchasi tarbiya muassasasi hisoblanadi, uning doirasida ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar kichik guruhlar shaklida oiladagiga yaqinlashtirilgan sharoitlarda tarbiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalari ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun tarbiya muassasalarining yanada mukammallashgan turlari sifatida, shu jumladan “Mehribonlik” bolalar uylarini Bolalar shaharchalariga bosqichma-bosqich aylantirish shartlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bolalar shaharchasi ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarning yashashga va oilada tarbiyalashga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ijtimoiy moslashish va jamiyatga integratsiyalash uchun ularni maʼnaviy-axloqiy, mehnat tarbiyasi va taʼlim olishini har tomonlama taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Bolalar shaharchasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi oilaviy muhitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilishni va sogʻligʻini mustahkamlashni taʼminlash, shuningdek profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy muhofaza qilishni, psixologik va tibbiy-pedagogik reabilitatsiya qilishni va ularni jamiyatga moslashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni milliy anʼanalar va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarda mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, ularga kasb tanlashi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bolalar shaharchasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bolalar shaharchasi yuridik shaxs hisoblanadi va muassasa shaklida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi davlat va nodavlat shaklida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bolalar shaharchasini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bolalar shaharchasi muassisning qarori asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat Bolalar shaharchasining muassisi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar nodavlat Bolalar shaharchasining muassisi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat Bolalar shaharchasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat Bolalar shaharchasini tashkil etishda muassis tomonidan uni kamida 3 yil mobaynida oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirishning aniq manbalari kafolatlari va tasdiqnomasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bolalar shaharchasi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi. Bolalar shaharchasining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasining ustavi uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi. Nodavlat Bolalar shaharchasi ustavi ularning hududiy joylashishiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bolalar shaharchasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bolalar shaharchalarida tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bolalar shaharchasida tarbiya jarayoni oilaviy tipga koʻra tashkil etiladi. Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalar tarbiyachi boshchiligida guruhlarga boʻlinadi, guruhlar oilalar deb ataladi. Har qaysi oilada turli yoshdagi 6 nafardan 8 nafargacha bolalar tarbiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bolalar shaharchasining har qaysi oilasi alohida uylarga yoki alohida turar joylarga (kvartiralarga) joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bolalar shaharchasida kamida 12 ta oila tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchi bolalarning umumiy soni 140 nafardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun beriladigan bolalarning yoshi, qoidaga koʻra, 3 yoshdan boshlab ularning umumtaʼlim muassasasini tugatish yoshigacha boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tarbiyachilar bolalarni tarbiyalash usullarini belgilashda vasiylik va homiylik organining tavsiyanomalariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tarbiyachi tarbiyalanuvchining taʼlim muassasasini va oʻqitish shaklini tanlashda bolalarning xohishlarini hisobga olishi va bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tarbiyachilar oʻz vakolatlarini amalga oshirishda bolalarning jismoniy va ruhiy holatiga, ularning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazishga haqli emas. Tarbiyalash usullari bolalarning qadr-qimmatini tahqirlovchi mensimaslik, shafqatsizlik, qoʻpollik munosabatlaridan holi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bolalar shaharchasi xodimlari tarbiyalanuvchilarning aka-ukalari va opa-singillarini, boshqa qarindoshlarini qidirib topishga hamda ularning munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishlari shart, tarbiyalanuvchilarning manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoli hollarda tarbiyalanuvchi bilan uning ota-onalari, qarindoshlari oʻrtasidagi munosabatlar tartibi vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bolalar shaharchasining rahbarlari va pedagog xodimlari tarbiyalanuvchilarni oilaga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bolalar shaharchasi tarbiyachilari Bolalar shaharchasi oilalari bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida birkitilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bolalar shaharchasi maʼmuriyati tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashuviga va ularning ota-onalik huquqlari tiklangan taqdirda ular bilan birlashishiga hamda bolaning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda qarshilik koʻrsatmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tarbiyalanuvchilarni ilgarigi oilasiga qaytarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tarbiyalanuvchilarni Bolalar shaharchasiga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarni Bolalar shaharchasi oilasiga berish qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasiga ota-onasining qarovisiz qolgan yangidan aniqlangan bolalar ham, ixtisoslashtirilgan bolalar taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchilari ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bolalarni Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berishda vasiylik va homiylik organlari bolalarning manfaatlarini hisobga olishi kerak. Oʻn yoshga toʻlgan bolalar Bolalar shaharchasi oilasiga faqat ularning roziligi bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tarbiyalanuvchilarni oilaga qabul qilish va tanlash maʼmuriyat vakillari tomonidan, xalq taʼlimi boʻlimi yoʻllanmasi asosida, Bolalar shaharchasining tarbiyachilari, psixologi va ijtimoiy xodimining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bolalarni oilaga berishda Bolalar shaharchasi maʼmuriyati, birinchi navbatda, bolalarning manfaatlariga amal qilishi, ularning etnik jihatdan kelib chiqishini, muayyan dinga va madaniyatga mansubligini hisobga olishi, ona tilida muomala qilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi, tarbiyalash va taʼlim berishda izchillikni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aka-ukalar va opa-singillar bitta oilaga berilishi kerak, tibbiy yoxud boshqa sabablarga koʻra ular birgalikda tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan holatlar bundan mustasno. Bolalarning birgalikda tarbiyalanishiga monelik qiladigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bolalar shaharchasiga beriladigan har bir bolaga vasiylik va homiylik organlari tarbiyachilarga quyidagi hujjatlarni beradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma va ambulatoriya kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi toʻgʻrisidagi hujjatlar (oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusxasi, kasalligi, ota-onasining qidirilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va ota-onasining yoʻqligini yoki ular oʻz bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aka-uka va opa-singillarining mavjudligi hamda ularning turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaga tegishli mol-mulkning roʻyxati va mol-mulkning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari egallab turilgan turar joyni voyaga yetmaganlarga biriktirish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning aliment undirish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi, shuningdek nafaqa, pensiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning nomiga ochilgan bank hisob raqami mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tarbiyalash uchun Bolalar shaharchasiga berilishi mumkin boʻlgan bolalar soni va ularni berish navbati Bolalar shaharchasi oilasining maʼmuriyati, pedagog-psixologi va tarbiyachisi bilan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni tanlash maqsadida, davlat Bolalar shaharchasi maʼmuriyatining yozma ruxsatnomasi boʻyicha “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini dam olish, bayram va taʼtil kunlari taklif qilishlari mumkin. “Mehribonlik” uylari maʼmuriyati tarbiyachilarni ushbu tarbiyalanuvchilarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari bilan tanishtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vasiylik va homiylik organlari bolalarni Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun tanlashda ularga meros, hadya tartibida yoki boshqa qonuniy asoslarda oʻtgan mol-mulk mavjudligini aniqlashi hamda bolalarning mulkiy huquqlari muhofaza qilinishi va ushbu mol-mulk saqlanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrishlari shart (qonun boʻyicha bolalar meros qilib olishi kerak boʻlgan mol-mulkni aniqlash, saqlash va boshqarish, mol-mulkni noqonuniy egallab olgan shaxslardan uni talab qilish, qarzdorlardan pul va boshqa mablagʻlarni undirish hamda hokazolar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalarda boshqa joyda turgan mol-mulk mavjud boʻlsa, u holda ushbu mol-mulkni muhofaza qilish mol-mulk turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi va zaruriyat boʻlganda ular tomonidan mol-mulkka vasiy tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tarbiyalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari qonun hujjatlariga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq huquq va majburiyatlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tarbiyalanuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlari Bolalar shaharchasi maʼmuriyati, vasiylik va homiylik organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlar tomonidan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchisi Bolalar shaharchasi maʼmuriyati, shuningdek tarbiyachi tomonidan suiisteʼmollar sodir etilishidan himoyalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tarbiyalanuvchi Bolalar shaharchasida boʻlgan butun davrda meros yoki hadya tartibida, shuningdek boshqa qonuniy asoslarga koʻra ota-onalar, qarindoshlar yoki boshqa shaxslardan unga oʻtgan mol-mulkka, turar joyga mulk huquqini saqlab qoladi. Turar joy tarbiyalanuvchi Bolalar uyida boʻlgan butun davr mobaynida unda saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tarbiyalanuvchi unga berilishi kerak boʻlgan alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, pensiyaga boʻlgan huquqni (boquvchisini yoʻqotganda, nogiron boʻlib qolganda) hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga huquqni oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar uyidagi tarbiyalanuvchining taʼminoti uchun ota-onadan undiriladigan mablagʻlar, unga tayinlangan nafaqa va boshqa toʻlovlar tarbiyalanuvchining nomiga ochilgan bank hisob raqamlariga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tarbiyalanuvchi oʻziga tegishli boʻlgan uy-joy ijaraga berilishidan olingan daromadlarga, ijodiy, kasbiy, mehnat faoliyatidan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlarga huquqni saqlab qoladi. Bitimlardan olingan daromadlar maʼmuriyat tomonidan faqat tarbiyalanuvchining manfaatlarini koʻzlab hamda vasiylik va homiylik organining roziligi bilan sarflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tarbiyalanuvchi oilaga qaytganda (farzandlikka olinganda) yoki Bolalar shaharchasidan tarbiyalab chiqarilgandan keyin tarbiyalanuvchining mol-mulki va hujjatlari notarial tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ota-onasiga yoki tarbiyalanuvchining oʻziga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish Bolalar shaharchasi vrachi, shuningdek Bolalar shaharchasi joylashgan joydagi davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi maʼmuriyati tibbiyot xodimi uchun alohida xona va tibbiy asbob-uskunalar ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari maktabgacha tarbiya va umumtaʼlim muassasalarida umumiy asoslarda tarbiyalanadi va oʻqitiladi, bunda bolalar davlat maktabgacha tarbiya muassasalarida boʻlgan vaqt uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilar uchun qoʻshimcha taʼlim (toʻgaraklar, studiyalar, sport seksiyalari va hokazolar) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar mavjud boʻlgan maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan bolalarning rivojlanishida aniqlangan nuqsonlarga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni psixofizik rivojlanish xususiyatlariga ega boʻlgan tarbiyalash va oʻqitish dasturlari boʻyicha taʼlim tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bolalar shaharchasi maʼmuriyati tarbiyalanuvchilarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga kirishi yuzasidan javob beradi va unga zarur yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilariga oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yoʻllanma berishda qonun hujjatlariga muvofiq yoʻl haqi va yoʻldagi vaqtda ovqatlanish xarajatlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari maʼmuriyat bilan kelishgan holda ular oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaguniga qadar, mazkur muassasada yotoqxona mavjud boʻlmagan taqdirda, Bolalar shaharchasida toʻliq davlat taʼminotida yashashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyatning ruxsati bilan Bolalar shaharchasida bitiruvchilarning yashashi uchun bitta tegishli uy ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bolalar shaharchasining oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan sobiq tarbiyalanuvchilari oʻzlari taʼlim olayotgan taʼlim muassasalari maʼmuriyati bilan kelishgan holda taʼtil davrida, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek kasallik davrida yashaganlik uchun haq toʻlamasdan Bolalar shaharchasida turishlari mumkin. Vaqtincha yashaydigan oʻquvchilar va talabalar Bolalar shaharchasi uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash sharti bilan ovqat bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Vasiylik va homiylik organlari tarbiyalanuvchilarning farovonligi, sogʻligʻi (sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda) va kamol topishi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ustidan oylik nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Bolalar shaharchasini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bolalar shaharchasiga bevosita rahbarlik muassasa maʼmuriyatiga boshchilik qiladigan hamda mazkur Nizomga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda Bolalar shaharchasi muassisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi direktorini lavozimiga tayinlash tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bolalar shaharchasi direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi nomidan ish koʻradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida Bolalar shaharchasi mol-mulkini tasarruf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalarida hisob raqamlari va boshqa bank hisob raqamlari ochadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni ishga qabul qiladi va joy-joyiga qoʻyadi, Bolalar shaharchasi xodimlarini ragʻbatlantiradi, ularga intizomiy jazolar beradi va ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni toʻxtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilarning hayoti muhofaza qilinishi va sogʻligʻi mustahkamlanishi, oʻquv-tarbiya jarayonining holati, moliya-xoʻjalik faoliyati, buxgalteriya hisobi va hisoboti, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bolalar shaharchasi direktorining ikki nafar: tarbiyaviy ishlar va maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Bolalar shaharchasi direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Direktor va uning oʻrinbosarlari lavozimlarining malaka tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Bolalar shaharchasi direktori va uning oʻrinbosarlari bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Bolalar shaharchasi direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyatiga baho berish mezonlarini ishlab chiqadi, ushbu mezonlar asosida ularning faoliyati baholanadi va keyingi yil uchun mehnat shartnomasini uzaytirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bolalar shaharchasi maʼmuriyati har yili Bolalar shaharchasi joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻi, ularni tarbiyalash ishlari toʻgʻrisida, shuningdek tarbiyalanuvchilarning mol-mulkini boshqarish boʻyicha hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Bolalar shaharchasi xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Bolalar shaharchasi direktori jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan qonuniy vakil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor, agar vasiylik va homiylik organi tomonidan maʼmuriyat va bolalarning manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik mavjudligi aniqlansa, bolalarning manfaatlarini ifodalashga haqli emas. Ular oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlgan taqdirda vasiylik va homiylik organi boshqa vakilni tayinlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Bolalar shaharchasi oilalarida tarbiyachilar Oʻzbekiston Respublikasining 30 yoshga toʻlgan, biroq 55 yoshdan katta boʻlmagan fuqarolari — yolgʻiz ayollar yoki farzandsiz er-xotinlar boʻlishi mumkin. Tegishli maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga ustunlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tarbiyachi Bolalar shaharchasi oilasi boshligʻi hisoblanadi. U Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Xalq taʼlimi vazirligi tarbiyachilarning malaka tavsiflarini ishlab chiqadi va belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlashda oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik, shuningdek psixologik yoki tibbiy maʼlumotli, ijtimoiy ish koʻnikmasiga ega boʻlgan shaxslarga ustunlik huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shaxslar tarbiyachilar boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan oʻziga yuklangan majburiyatlar zarur tarzda ijro etilmaganligi uchun vasiy (homiy) majburiyatlaridan chetlatilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar farzandlikka olish ularning aybi bilan sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa, sobiq farzandlikka olganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻiga koʻra bola tarbiyasi boʻyicha majburiyatlarni bajarishga qodir boʻlmagan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning tarbiyachi boʻlishiga monelik qiladigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tarbiyachi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni tarbiyalash, ularning sogʻligʻi, jismoniy, psixik, axloqiy-maʼnaviy kamol topishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilada axloqiy-maʼnaviy va uy muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz majburiyatlarini tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazgan holda bajarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola uchun oʻziga berilgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har olti oyda tibbiy dispanser koʻrigidan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida qoʻshimcha oʻqitishning ikki haftalik kursidan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tarbiyachi ota-onalar (ularning oʻrnini bosadigan shaxslar) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi, aliment toʻlash majburiyati bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda, shuningdek bolalar ota-onalariga qaytarilgan (farzandlikka olingan) taqdirda toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tarbiyachilar Bolalar shaharchasida mehnat shartnomasining butun amal qilish muddati mobaynida yashaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Bolalar shaharchasidagi tarbiyalanuvchilar manfaatlarini yanada toʻliq taʼminlash uchun tarbiyachilarga Bolalar shaharchasi hududida yashaydigan tarbiyachi yordamchilari yordam beradilar hamda ular boʻlmaganda va ularning taʼtili davrida ularning vazifasini bajarib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Bolalar shaharchasining mukammal faoliyat yuritishi uchun Bolalar shaharchasi xodimlari soni va zarur lavozimlar roʻyxati ilovaga muvofiq uning tuzilmasiga kiradigan oilalar soniga bogʻliq holda namunaviy shtatlarga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Bolalar shaharchasi xodimlari bir yil muddatga tanlov asosida ishga qabul qilinadi, ushbu muddat yillik ish natijalariga koʻra keyingi yilga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Pedagoglar, ijtimoiy xodimlar va psixologlar qonun hujjatlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ruhiy va ijtimoiy pedagogik yordam koʻrsatadilar, ular Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarining ruhiy, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish ishlarini tashkil qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Bolalar shaharchasining tibbiyot xodimlari tarbiyalanuvchilarning chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrigini tashkil etish, ularning oʻz vaqtida ixtisoslashtirilgan davolanishga yoʻnaltirilishi, tarbiyalanuvchilarning reabilitatsiya tadbirlariga kiritilishi, Bolalar shaharchasida sanitariya va epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya qilinishi, tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlanishi, ularning jismoniy va aqliy yuklamalari meʼyorlari, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq Bolalar shaharchasi hayot faoliyatining tashkil etilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Bolalar shaharchalari taʼminoti va ularni moddiy-texnik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Davlat Bolalar shaharchalari taʼminoti va ularni moddiy-texnik taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari muassislar taʼminotida boʻladi. Bunda mablagʻ bilan taʼminlash ushbu Nizomda davlat Bolalar shaharchalari uchun belgilangan miqdorlar va normativlardan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qisman mablagʻ bilan taʼminlanadi, yaʼni “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Bolalar mahallalari taʼminoti uchun xarajatlar, xususan — ovqatlanish, kommunal xizmatlar, tarbiyalanuvchilar uchun kiyim-kechaklar, poyabzallar va yumshoq mebellar sotib olish xarajatlari qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Bolalar shaharchalari, qoidaga koʻra, tumanlar markazlarida va yirik shaharlarning shahar atrofi hududlarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi hududi, binolari va inshootlariga nisbatan eng kam talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasining moddiy-texnik jihozlanishiga nisbatan eng kam talablar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi binolari texnika xavfsizligi qoidalariga, shuningdek sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Bolalar shaharchasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin hududiy moliya organlari taqdim qilingan Bolalar shaharchasi xarajatlar smetasini va uning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasining xarajatlar smetasi shaharchaning oʻz taʼminoti sifatida aks ettiriladigan xarajatlar boʻyicha, jumladan barcha xodimlarning ish haqi, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar va boshqa joriy xarajatlar, binolar va inshootlar saqlanishi, ularni taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish va boshqalar uchun xarajatlar hamda xarajatlar smetasida alohida hisob-kitobda har bir alohida oilaga ajratiladigan, budjet tarkibiga kiradigan va naqd pul shaklida toʻlanadigan xarajatlar boʻyicha tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat Bolalar shaharchalari tarmoqlar, shtatlar jadvali va kontingent boʻyicha moliya organlariga hisobot topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Binolar saqlanishi uchun xarajatlar va Bolalar shaharchalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa joriy xarajatlar bilan birgalikda kommunal xizmatlar boʻyicha xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash naqd pulsiz toʻlovlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Davlat Bolalar shaharchalaridagi oilaviy budjet xarajatlarini qoplash uchun har bir tarbiyachiga “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun tasdiqlangan normativlarga muvofiq hisoblangan tarbiyalanuvchilar taʼminotiga oylik pul mablagʻlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir alohida oila budjetiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, poyabzallar, choyshablar va sochiqlar, kundalik xoʻjalik va shaxsiy gigiyena buyumlari, oʻyinlar, oʻyinchoqlar, kitoblar, boshqa mayda xoʻjalik buyumlari sotib olish va transport xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlomlashtirish, taʼlim berish va madaniy-ommaviy tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Tarbiyachilar tomonidan oila budjeti mablagʻlaridan tejab qolingan pullar oila bayramlari va oilaning boshqa maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Davlat Bolalar shaharchalarini moliyalashtirish, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga xarajatlar ajratish “Mehribonlik” uylari uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Davlat Bolalar shaharchalaridagi bitta tarbiyalanuvchining oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va yumshoq mebel bilan taʼminlash meʼyori “Mehribonlik” uylari uchun tasdiqlangan meʼyorlarga oʻxshash holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Bolalar shaharchasida moliyaviy boshqarish tizimi Bolalar shaharchasining har bir oilasida moliyaviy javobgarlik va hisobot berishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy-boshqaruv mexanizmlari Bolalar shaharchasi rahbariyati tomonidan har bir oilaning tabiiy jarayonlariga aralashishini kamaytirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Davlat Bolalar shaharchalarida qonunchilikda nazarda tutilgan tarbiyachilar, maʼmuriy-xoʻjalik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ish haqi va ularni moddiy ragʻbatlantirish davlat budjeti hisobiga “Mehribonlik” uylari uchun qoʻllanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasining barcha rahbar, pedagog va boshqa xodimlariga yetim bolalar bilan ishlashning maxsus sharoitlari uchun ish haqi stavkasiga 50 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachilar va tarbiyachining yordamchilariga bolalar bilan kecha-kunduz, shu jumladan tungi vaqtda ishlaganligi uchun ish haqi stavkasiga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Budjetning gʻaznachilik ijrosiga oʻtmagan mintaqalarda davlat Bolalar shaharchasi taʼminoti uchun ajratiladigan pul mablagʻlari har oyda uning bankdagi hisob raqamiga belgilangan muddatlarda va tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Budjetning gʻaznachilik ijrosiga oʻtgan mintaqalarda davlat Bolalar shaharchasi xarajatlarini davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliya organlarida, shuningdek gʻaznachilik boʻlinmalarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari asosida toʻlash uchun gʻaznachilik hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Bolalar shaharchasini moddiy qoʻllab-quvvatlash, tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayot va mehnatga tayyorlash maqsadida Bolalar shaharchasi maʼmuriyati vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni tashkil etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi maʼmuriyati budjetdan tashqari mablagʻlarni oʻtkazish uchun alohida bank hisob raqamini ochish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Bolalar shaharchasiga berilgan bolalarning taʼminoti uchun mablagʻlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha meʼyorlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda toʻliq hajmda toʻlanishi lozim. Ayrim sabablarga koʻra oʻtgan moliya yilida toʻlanmagan pul mablagʻlari keyingi moliya yilida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Yil davomida foydalanilmagan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi, ular Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va keyingi yilda ulardan ushbu maqsadlar va bolalar ehtiyoji uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Bolalar shaharchasining barcha moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobini Bolalar shaharchasi buxgalteri amalga oshiradi, u tegishli xalq taʼlimini moliyalashtirish boʻlimlariga har oyda va har chorakda hisobot topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Bolalar shaharchasi buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Barcha tarbiyachilar moddiy javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarining ovqatlanishini tashkil etish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida bir marta (tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida ikki marta) sotib olish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni ularning yoshiga muvofiq ravishda balanslangan ovqatlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyachi ovqat pishirish uchun zarur boʻlgan mahsulotlardan sarflangan mahsulotlarni keyinchalik taomnoma boʻyicha hisobdan chiqarmasdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oiladagi bolalarning sifatli va toʻlaqonli ovqatlanishining tashkil etilganligi bolalarni doimiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, umumiy rivojlanishi, oʻsishi, vazni, shuningdek vrach va Bolalar shaharchasi maʼmuriyatining tanlab nazorat qilish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Mahsulotlar chakana savdo tashkilotlaridan xarid qilganda toʻlov cheklari saqlab qoʻyiladi, oziq-ovqat bozoridan naqd pulga xarid qilingan mahsulotlar uchun esa dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa tovarlarni hisobdan chiqarish tarbiyachilar tomonidan taqdim etilgan cheklar va dalolatnomalar asosida, doimiy ishlaydigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Doimiy ishlaydigan komissiya tarkibi Bolalar shaharchasi direktori tomonidan bir yilga belgilanadi va uning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Bolalar shaharchasidan uzoq masofada joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan tarbiyalanuvchilarga, yirik xaridlardan tashqari, Bolalar shaharchasidagi tushlik pul qiymatidan oshmaydigan miqdorda tushlikka naqd pul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Tushlik uchun naqd pullar normativlari summalarni tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab taqsimlagan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi 33-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar, yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun, shuningdek Bolalar shaharchasiga tarbiyalashga berilgan bolalar uchun ham joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Bolalar shaharchasi vrachi tarbiyachiga oziq-ovqat mahsulotlari tanlashda maslahat yordami beradi va ovqatlanishni tashkil etish va uning sifatini tanlab nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi vrachi buxgalteriya va tarbiyachilarning dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun ishlatgan mablagʻlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha hisob-kitob yozishmalarini toʻsqinliksiz olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Bolalar shaharchasining moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni moliya organlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Bolalar shaharchasining moddiy-texnika bazasi binolar, inshootlar, yer uchastkalari, kommunikatsiyalar, inventarlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Bolalar shaharchasi maqomi oxirgi tarbiyalanuvchi balogʻat yoshiga yetgunga qadar va ishga joylashgunga qadar saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Bolalar shaharchasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Bolalar shaharchasi tugatilganda uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash toʻlovlarini chegirgan holda qonun hujjatlariga va uning ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalarining namunaviy shtatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Lavozimlar nomi‎‏ Oilalar soniga koʻra shtat birliklari soni ‎‎
12 oila‎ 16 oila‎ 18 va undan koʻp oila‎
1.‎ Direktor ‎ 1‎ 1‎ 1‎
2.‎ Direktorning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari‎ 1‎ 1‎ 1‎
3.‎ Direktorning maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari‎ 1‎ 1‎ 1‎
4.‎ Yuridik maslahatchi ‎ 0,5‎ 0,5‎ 0,5‎
5.‎ Tarbiyachi ‎ 12‎ 16‎ 18 va undan ortiq‎
6.‎ Tarbiyachining yordamchisi‎ 6‎ 8‎ 9 va undan ortiq‎
7.‎ Ijtimoiy xodim‎ 1‎ 1,5‎ 2‎
8.‎ Psixolog ‎ 1‎ 1,5‎ 2‎
9.‎ Bosh buxgalter‎ 1‎ 1‎ 1‎
10.‎ Buxgalter ‎ 1‎ 1‎ 1‎
11.‎ Kassir ‎ 1‎ 1‎ 1‎
12.‎ Vrach ‎ 1‎ 1‎ 1‎
13.‎ Ish yurituvchi kotiba‎ 1‎ 1‎ 1‎
14.‎ Musiqa rahbari‎ 1‎ 1‎ 1‎
15.‎ Tibbiy hamshira‎ 1‎ 1‎ 1‎
16.‎ Jismoniy tarbiya instruktori‎ 1‎ 1‎ 1‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlovchilar soni 200 nafargacha boʻlgan Bolalar shaharchalariga bir necha lavozimda ishlash shartlarida ish haqi toʻlagan holda 0,5 shtat birligidan iborat boʻlgan fuqaro mudofaasi boʻyicha mutaxassis lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil, avtobus, mikroavtobus yoki yuk transporti mavjud boʻlgan Bolalar shaharchalarida haydovchi lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorovul lavozimi dam olish kunlari, bayram kunlari va taʼtil davrida oʻrniga oʻzganing ishlashini hisobga olgan holda 2,5-3 shtat birligi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalarida maʼmuriy binolar hududini supurish-yigʻishtirish uchun xizmatchi lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mevali bogʻ yoki manzarali oʻsimliklardan iborat boʻlgan kamida 1,5 ga yer uchastkasi mavjud boʻlgan Bolalar shaharchalarida bogʻbon lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitish mavsumida (kochegarlar), binolar, inshootlar va asbob-uskunalarga kompleks xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishchilar yoki quyidagi hisob-kitoblar boʻyicha oʻt yoquvchilar lavozimlari joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy isitish tarmogʻi mavjud boʻlganda — har bir bugʻqozonga bir smena uchun 1 birlik kochegar lavozimi, isitish yuzasi 75 kv. metrdan ortiq boʻlgan, yoqilgʻining qattiq turlari (torf, toshkoʻmir) qoʻllanadigan bugʻqozonlarga — har bir bugʻqozon uchun bir smenada 2 birlik kochegar lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz bilan isitishda — bir smena uchun 1 birlik kochegar lavozimi, xavfsizlik avtomatikasi mavjud boʻlmagan bugʻqozonxonalarda esa bir smena uchun 2 birlik kochegar lavozimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishchilar lavozimi quyidagi hisob-kitob boʻyicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har 500 yoritish nuqtasi uchun 1 birlik elektromontyor lavozimi, biroq u Bolalar shaharchasi uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv quvuri va kanalizatsiya bilan taʼminlangan har 2000 kv. metr foydali maydon uchun 1 birlik chilangar-santexnik lavozimi, biroq u Bolalar shaharchasi uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchasi uchun 1 birlik duradgor lavozimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar shaharchalari taʼminoti uchun xarajatlar smetalarida maktab yoshidagi bolalar va aralash tipdagi bolalar uylari uchun Bolalar shaharchasiga 1 stavka miqdorida — toʻgaraklar rahbarlari ish haqiga mablagʻlar ajratish nazarda tutiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 199-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2011-y., 52-son, 565-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)