Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KOʻRSATKIChLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 12 DEKABRDAGI PQ-744-SONLI QARORIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
2008-yilning 1-aprelidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan Tovar nomenklaturasini harakatga kiritilishi munosabati bilan (2007-yilgi versiya):
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan aksizga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (2007-yilgi versiya) yangi oʻntalik kodlari boʻyicha ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarorida:
a) 3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarga aksiz soligʻi roʻyxat boʻyicha 12-1-sonli ilovaga muvofiq”;
b) 12-2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-may,
PQ-876-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 196-modda)