Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.1996 15.02.1991 yildagi 206-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston respublikasi oliy kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25-apreldagi 217-I-son qaroriga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilinishi bilanoq kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikada yagona pul-kredit siyosatini yuritish, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholiga hisob-kitob xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, shuningdek banklar faoliyatini tartibga solishni ta’minlash maqsadida SSSR Davlat bankining O‘zbekiston respublika banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankiga aylantirilsin, u respublikaning Markaziy banki deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekiston” aksionerlik-tijorat banki tugatilsin, uning shu’balari esa respublika aksionerlik-tijorat banklariga: shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi sanoat-qurilish bankiga, rayonlarda esa O‘zbekiston Respublikasi agrar-sanoat bankiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika hududida ishlayotgan va yangi tuzilayotgan barcha banklar boshqa ittifoqdosh respublikalarning va SSR Ittifoqining banki tarkibiga kirmasligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shartligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki 1991-yilning 1-iyuniga qadar respublika aksiyali-tijorat banklari va ularning muassasalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni nihoyasiga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki 1991-yilning 1-iyuliga qadar auditor tashkilotlarning tuzilishini ta’minlasin. Bu tashkilotlar tuzilgunga qadar ularning vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bankining taftish xizmati bajarishi belgilab qo‘yilsin. Shu munosabat bilan Sanoat-qurilish banki, Agrar-sanoat banki, “O‘zbekiston” tijorat bankidagi taftish xizmatlari tugatiladi va ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki ixtiyoriga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishini va bekor qilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi M. IBROHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 85-modda, 11-son, 273-modda)