Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChET EL INVESTITSIYaLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 5-maydagi 1053-XII-sonli “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 14-iyunda qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, 8-son, 184-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin.
1. Kirish qismida “iqtisodiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. 1-moddada:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chet elda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet ellik investorlar boʻlishlari mumkin”.
3. 3-moddada:
ikkinchi xatboshi “korxonalar” degan soʻzdan keyin “va” bogʻlovchisi oʻrniga “banklar, sugʻurta kompaniyalari va boshqa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mustaqil ravishda yoki yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida mulkiy huquqlarni, shu jumladan yerdan va tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek ijara asosida foydalanish huquqlarini sotib olish yoʻli bilan investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin”.
4. 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari davlat-huquqiy himoyasi bilan taʼminlanadilar. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi Oʻzbekiston Respublikasining shunga oʻxshash korxonalari, tashkilotlari va fuqarolari uchun belgilangan tegishli rejimga qaraganda noqulay boʻlishi mumkin emas.
Iqtisodiyotning nufuzli tarmoqlariga yoʻllanadigan chet el investitsiyalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qoʻshimcha imtiyozlar belgilashi mumkin”.
5. 6-moddada:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq litsenziya olish kerak boʻlgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish uchun chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan tartibda litsenziya olishi shart”.
6. 7-modda chiqarib tashlansin, moddalarning tartib raqami ham shunga muvofiq oʻzgartirilsin:
8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40 va 41-moddalar tegishincha 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39 va 40-modda deb hisoblansin.
7. 7-moddada:
birinchi qismdan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin;
toʻrtinchi qism chiqarib tashlansin.
8. 9-moddada:
ikkinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari chet ellik investorlarning huquqlarini kamsituvchi normativ hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan sud yoʻli bilan toʻlanadi”;
toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq holda amalga oshirayotgan xoʻjalik faoliyatiga aralashishga haqli emas”.
9. 10-moddada:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el investitsiyalari rekvizitsiya qilinmasligi kerak, tabiiy ofat, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar bundan mustasno. Rekvizitsiya qilish haqidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi. Shunaqa hollarda chet ellik investorga toʻlanadigan tovon puli boshqalarga toʻlanadigan tovon puli bilan bab-baravar boʻlishi lozim”.
10. 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Foydani va pulni chet el valyutasida oʻtkazilishining kafolatlari
Chet ellik investorlarga ularning qonuniy faoliyat natijasida olgan foydasi va boshqa pullarining chet elga oʻtkazilishi kafolatlanadi”.
11. 12-moddada:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasida olgan foydasi respublika hududida takror investitsiya qilinishi yoki mulk egasining ixtiyoriga koʻra oʻzgacha tarzda foydalanilishi mumkin. Chet ellik investorlar respublika banklarida istalgan valyutada yuritiladigan hisob raqamlariga hech qanday cheklashsiz ega boʻlishlari mumkin”.
12. 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Qoʻshma korxona tuzish
Qoʻshma korxonalar yangi yuridik shaxs tashkil etish yoʻli bilan yoki chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatib turgan korxonada ulush sotib olishi yoʻli bilan barpo etiladi.
Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni chet ellik investor va Oʻzbekiston Respublikasidagi korxona egasi qabul qiladilar”.
13. 14-moddada:
birinchi qismdagi “jahon bozori narxlarida, bunday narxlar boʻlmagan taqdirda esa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
14. 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15-modda. Chet el korxonasini ochish
Bir yoki bir nechta chet el investori Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el korxonasini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ochishi mumkin”.
15. 16-moddada:
birinchi qismdagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
16. 17-moddada:
birinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida chetel investorlari ishtirokidagi korxonalarni tuzish uchun belgilangan shartlarga rioya etgan holda” degan soʻzlar “ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida boʻlinmalari ochilishi mumkin”.
17. 18-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonalarning xoʻjalik uyushmalari”
18. 20-moddada:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda ichki bozorda realizatsiya qilish uchun mahsulot import qilishga haqlidir. Oʻzi ishlab chiqargan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni hamda oʻzining ehtiyojlari uchun korxona tomonidan import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tovar yaratilishining jahon amaliyotiga monand qoidalari asosida belgilab beradi”.
19. 23-moddada:
ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqlarga doir qonunlarda nazarda tutilgan imtiyozlardan tashqari ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi soliq sohasida qoʻshimcha imtiyozlar berishi mumkin”.
20. 24-moddaning nomidagi “tekshirish” degan soʻz “nazorat qilish” deb va shu modda birinchi qismidagi “tekshiradilar” degan soʻz “nazorat qiladilar” deb oʻzgartirilsin.
21. 27-moddada:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidagi chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar ixtirolarga patent olish hamda sanoat namunalarini joriy etishni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiradilar”.
22. 29-moddada:
ikkinchi qismdagi oxirgi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bu xodimlar oladigan ish haqlarini va qonuniy yoʻl bilan topilgan boshqa daromadlarini chet davlatlarga oʻtkazishlari mumkin”.
23. 30-moddada:
uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxona Oʻzbekiston Respublikasi xodimlarining va chet ellik xodimlarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha ajratmalarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi xodimlarining pensiya taʼminotiga ajratmalarni amaldagi qonunlarga muvofiq toʻlaydi”.
24. 31-moddada:
birinchi qismning uchinchi jumlasidagi “sovet” degan soʻz “rubl” degan soʻz bilan almashtirilsin.
25. 32-moddada:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi, toʻrtinchi qism esa uchinchi qism deb hisoblansin;
modda quyidagi mazmundagi yangi, toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda ishdan boʻshatilayotgan xodimlarning huquq va manfaatlariga qonunlarga muvofiq rioya etish kafolatlanadi”.
26. 33-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33-modda. Qoʻshma korxonadan chiqishda mol-mulkni taqsimlash
Chet ellik investor qoʻshma korxonadan butunlay chiqqanda yoki bu korxona tugatilgan taqdirda korxona mol-mulkidagi oʻz ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga ega boʻladi. Bunda boshqa qatnashchilarga qoʻshma korxonadan chiqayotgan ajnabiy qatnashchining ulushini sotib olish huquqi beriladi.
27. 34-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34-modda. Davlatning qimmatbaho qogʻozlarini sotib olish
Chet ellik investor davlatning qimmatbaho qogʻozlarini qonunlarda belgilab qoʻyilgan tartibda sotib oladi”.
28. 35-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35-modda. Yuridik shaxslarning qimmatbaho qogʻozlarini sotib olish
Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining aksiyalari va boshqa qimmatbaho qogʻozlarini sotib olishga haqlidirlar. Ularni sotib olish tartibi va shartlari qonunlar bilan belgilab qoʻyiladi”.
29. VII boʻlimning nomi oʻzgartirilib, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet ellik investorlarning yerdan foydalanish huquqlarini olishi, ijara va konsessiya shartnomalari”.
30. 36-moddada:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet ellik investorlarga va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatga yer ijaraga berilishi mumkin”.
31. 37-moddada:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet ellik investorlarga mol-mulkni ijaraga berish ijaraga beruvchi tomonidan shartnomalar asosida hamda qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi”;
ikkinchi qism chiqarib tashlansin.
32. 38-moddada:
birinchi qismdagi “tiklanadigan va tiklab boʻlmaydigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
33. VIII boʻlimning nomi oʻzgartirilib, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nizolarni qarab chiqish va xalqaro shartnomalar”
34. 39-moddada:
ikkinchi qismdagi “nizolar Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida” degan soʻzlar “nizolar Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
628-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 336-modda)