Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MELIORATSIYA VA BOShQA SUV XOʻJALIGI IShLARINI BAJARIShGA IXTISOSLAShTIRILGAN DAVLAT UNITAR KORXONALARINI TAShKIL ETISh HAMDA ULARNING FAOLIYATINI YOʻLGA QOʻYISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanish, melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining mintaqalarda 1-ilovaga muvofiq melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Davlat unitar korxonasining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan, melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining asosiy mezonlari etib belgilansin:
ustav fondining eng kam miqdori — 450,0 mln soʻm;
moliyaviy barqarorlik va kamida 200,0 mln. soʻm miqdorida boʻsh aylanma mablagʻlarning mavjud boʻlishi;
bajariladigan ishlar tannarxini zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish hisobiga kamaytirish;
melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi tadbirlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish;
soha boʻyicha oliy maʼlumotga va meliorativ obyektlarni qurish hamda ulardan foydalanishda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan rahbarlik (shu jumladan rahbar) va muhandislik-texnik xodimlar, bosh mutaxassislarga ega boʻlish. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xodimlar korxonadagi muhandislik-texnik xodimlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak;
zarur miqdordagi meliorativ texnika, mashinalar, mexanizmlar va transportga ega boʻlgan texnika parkining mavjud boʻlishi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
yangidan tashkil etilayotgan melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining ustav fondi 2008-yil oxirigacha shakllantirilishi kerak;
asosiy xoʻjalik faoliyatidan olingan sof foyda belgilangan tartibda korxonaning ustav fondini toʻldirishga va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonasi tuzilgan kontraktda nazarda tutilgan ishlar hajmining kamida 60 foizini oʻz kuchi bilan bajarishi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi davlat unitar korxonalariga ularning muassislari tomonidan 3-ilovadagi* roʻyxatga muvofiq meliorativ texnika, mashina va mexanizmlar hamda boshqa asosiy fondlarning belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
6. Quyidagilar:
2008-yilda “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan va lizing asosida davlat unitar korxonalariga beriladigan meliorativ texnika, mashina-mexanizmlar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
2008-yilda Xitoy Xalq Respublikasining kredit mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy Fargʻonaning haydaladigan yerlari meliorativ tarmoqlarini yaxshilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 14-fevraldagi PQ-794-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-martdagi 155-f-son farmoyishiga binoan davlat unitar korxonalariga beriladigan meliorativ texnika roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4 va 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari lizing kompaniyalari hamda tijorat banklari bilan birgalikda melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun 6-ilovaga* muvofiq meliorativ texnikaning lizing asosida qoʻshimcha ravishda sotib olinishini taʼminlasinlar.
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarini binolar va zarur ishlab chiqarish bazalari bilan taʼminlasin;
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlasin;
yangidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalarining melioratsiya tadbirlari boʻyicha tanlov (tender) savdolarida qatnashishi yuzasidan doimiy nazorat va monitoringni taʼminlasin;
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yangidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
92-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 92-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yangidan tashkil etilayotgan, melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r | Davlat unitar korxonasi (DUK)ning nomi | Davlat unitar korxonasining muassisi | Joylashadigan manzili |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |||
| 1. | “Ellikqalʼadavsuvmaxsuspudrat” DUK | “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi | Ellikqalʼa tumani |
| 2. | “Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK | Amudaryo tumani | |
| 3. | “Xoʻjaylidavsuvmaxsuspudrat” DUK | Xoʻjayli shahri | |
| 4. | “Kegaylidavsuvmaxsuspudrat” DUK | Kegayli tumani | |
| Andijon viloyati | |||
| 5. | “Andijondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Norin — Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Andijon shahri |
| 6. | “Jalaquduqdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Jalaquduq tumani | |
| 7. | “Ulugʻnordavsuvmaxsuspudrat” DUK | Ulugʻnor tumani | |
| Buxoro viloyati | |||
| 8. | “Qorakoʻldavsuvmaxsuspudrat” DUK | Amu — Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Qorakoʻl tumani |
| 9. | “Romitandavsuvmaxsuspudrat” DUK | Romitan tumani | |
| 10. | “Shofirkondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Shofirkon tumani | |
| 11. | “Buxorodavsuvmaxsuspudrat” DUK | Buxoro shahri | |
| Jizzax viloyati | |||
| 12. | “Jizzaxdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Jizzax shahri |
| 13. | “Paxtakordavsuvmaxsuspudrat” DUK | Paxtakor tumani | |
| 14. | “Mirzachoʻldavsuvmaxsuspudrat” DUK | Mirzachoʻl tumani | |
| 15. | “Uchtepadavsuvmaxsuspudrat” DUK | Jizzax tumani | |
| Qashqadaryo viloyati | |||
| 16. | “Kosondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Amu — Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Koson tumani |
| 17. | “Yakkabogʻdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Yakkabogʻ tumani | |
| 18. | “Kasbidavsuvmaxsuspudrat” DUK | Kasbi tumani | |
| 19. | “Nishondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Nishon tumani | |
| Navoiy viloyati | |||
| 20. | “Navoiydavsuvmaxsuspudrat” DUK | Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Navoiy shahri |
| 21. | “Karmanadavsuvmaxsuspudrat” DUK | Karmana tumani | |
| Namangan viloyati | |||
| 22. | “Namangandavsuvmaxsuspudrat” DUK | Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Namangan shahri |
| 23. | “Mingbuloqdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Mingbuloq tumani | |
| 24. | “Norindavsuvmaxsuspudrat” DUK | Norin tumani | |
| 25. | “Popdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Pop tumani | |
| Samarqand viloyati | |||
| 26. | “Samarqanddavsuvmaxsuspudrat” DUK | Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Samarqand shahri |
| 27. | “Bulungʻurdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Bulungʻur tumani | |
| 28. | “Oqdaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK | Oqdaryo tumani | |
| 29. | “Narpaydavsuvmaxsuspudrat” DUK | Narpay tumani | |
| Surxondaryo viloyati | |||
| 30. | “Termizdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Amu — Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Termiz shahri |
| 31. | “Sheroboddavsuvmaxsuspudrat” DUK | Sherobod tumani | |
| 32. | “Qiziriqdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Qiziriq tumani | |
| 33. | “Uzundavsuvmaxsuspudrat” DUK | Uzun tumani | |
| Sirdaryo viloyati | |||
| 34. | “Boyovutdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Boyovut tumani |
| 35. | “Oqoltindavsuvmaxsuspudrat” DUK | Oqoltin tumani | |
| 36. | “Gulistondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Guliston shahri | |
| Toshkent viloyati | |||
| 37. | “Yangiyoʻldavsuvmaxsuspudrat” DUK | Chirchiq — Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Yangiyoʻl tumani |
| 38. | “Yuqorichirchiqdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Yuqori Chirchiq tumani | |
| 39. | “Boʻkadavsuvmaxsuspudrat” DUK | Boʻka tumani | |
| 40. | “Bektemirdavsuvmaxsuspudrat” DUK | “Oʻzsuvenergo” ixtisoslashtirilgan birlashmasi | Bektemir tumani |
| Fargʻona viloyati | |||
| 41. | “Fargʻonadavsuvmaxsuspudrat” DUK | Sirdaryo — Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Fargʻona shahri |
| 42. | “Bogʻdoddavsuvmaxsuspudrat” DUK | Bogʻdod tumani | |
| 43. | “Dangʻaradavsuvmaxsuspudrat” DUK | Dangʻara tumani | |
| 44. | “Yaypandavsuvmaxsuspudrat” DUK | Beshariq tumani | |
| Xorazm viloyati | |||
| 45. | “Bogʻotdavsuvmaxsuspudrat” DUK | “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi | Bogʻot tumani |
| 46. | “Xazoraspdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Xazorasp tumani | |
| 47. | “Urganchdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Urganch shahri | |
| 48. | “Yangibozordavsuvmaxsuspudrat” DUK | Yangibozor tumani | |
| 49. | “Qoʻshkoʻpirdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Qoʻshkoʻpir tumani | |
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 92-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Davlat unitar korxonasi boshqaruv apparatining tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 162-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)