O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MELIORATSIYA VA BOShQA SUV XO‘JALIGI IShLARINI BAJARIShGA IXTISOSLAShTIRILGAN DAVLAT UNITAR KORXONALARINI TAShKIL ETISh HAMDA ULARNING FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish, melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining mintaqalarda 1-ilovaga muvofiq melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Davlat unitar korxonasining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan, melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining asosiy mezonlari etib belgilansin:
ustav fondining eng kam miqdori — 450,0 mln so‘m;
moliyaviy barqarorlik va kamida 200,0 mln. so‘m miqdorida bo‘sh aylanma mablag‘larning mavjud bo‘lishi;
bajariladigan ishlar tannarxini zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish hisobiga kamaytirish;
melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi tadbirlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish;
soha bo‘yicha oliy ma’lumotga va meliorativ obyektlarni qurish hamda ulardan foydalanishda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbarlik (shu jumladan rahbar) va muhandislik-texnik xodimlar, bosh mutaxassislarga ega bo‘lish. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlar korxonadagi muhandislik-texnik xodimlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak;
zarur miqdordagi meliorativ texnika, mashinalar, mexanizmlar va transportga ega bo‘lgan texnika parkining mavjud bo‘lishi.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
yangidan tashkil etilayotgan melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining ustav fondi 2008-yil oxirigacha shakllantirilishi kerak;
asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan sof foyda belgilangan tartibda korxonaning ustav fondini to‘ldirishga va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga hamda tuzilgan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishga yo‘naltiriladi;
(4-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonasi tuzilgan kontraktda nazarda tutilgan ishlar hajmining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarishi kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi davlat unitar korxonalariga ularning muassislari tomonidan 3-ilovadagi* ro‘yxatga muvofiq meliorativ texnika, mashina va mexanizmlar hamda boshqa asosiy fondlarning belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
6. Quyidagilar:
2008-yilda “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan va lizing asosida davlat unitar korxonalariga beriladigan meliorativ texnika, mashina-mexanizmlar ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;
2008-yilda Xitoy Xalq Respublikasining kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy Farg‘onaning haydaladigan yerlari meliorativ tarmoqlarini yaxshilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 14-fevraldagi PQ-794-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-martdagi 155-f-son farmoyishiga binoan davlat unitar korxonalariga beriladigan meliorativ texnika ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4 va 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari lizing kompaniyalari hamda tijorat banklari bilan birgalikda melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun 6-ilovaga* muvofiq meliorativ texnikaning lizing asosida qo‘shimcha ravishda sotib olinishini ta’minlasinlar.
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarini binolar va zarur ishlab chiqarish bazalari bilan ta’minlasin;
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlasin;
yangidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalarining melioratsiya tadbirlari bo‘yicha tanlov (tender) savdolarida qatnashishi yuzasidan doimiy nazorat va monitoringni ta’minlasin;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yangidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
92-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 92-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yangidan tashkil etilayotgan, melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalari ro‘yxati
| T/r | Davlat unitar korxonasi (DUK)ning nomi | Davlat unitar korxonasining muassisi | Joylashadigan manzili |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | |||
| 1. | “Ellikqal’adavsuvmaxsuspudrat” DUK | “O‘zsuvqurilishta’minot” respublika birlashmasi | Ellikqal’a tumani |
| 2. | “Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK | Amudaryo tumani | |
| 3. | “Xo‘jaylidavsuvmaxsuspudrat” DUK | Xo‘jayli shahri | |
| 4. | “Kegaylidavsuvmaxsuspudrat” DUK | Kegayli tumani | |
| Andijon viloyati | |||
| 5. | “Andijondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Norin — Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Andijon shahri |
| 6. | “Jalaquduqdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Jalaquduq tumani | |
| 7. | “Ulug‘nordavsuvmaxsuspudrat” DUK | Ulug‘nor tumani | |
| Buxoro viloyati | |||
| 8. | “Qorako‘ldavsuvmaxsuspudrat” DUK | Amu — Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Qorako‘l tumani |
| 9. | “Romitandavsuvmaxsuspudrat” DUK | Romitan tumani | |
| 10. | “Shofirkondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Shofirkon tumani | |
| 11. | “Buxorodavsuvmaxsuspudrat” DUK | Buxoro shahri | |
| Jizzax viloyati | |||
| 12. | “Jizzaxdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Jizzax shahri |
| 13. | “Paxtakordavsuvmaxsuspudrat” DUK | Paxtakor tumani | |
| 14. | “Mirzacho‘ldavsuvmaxsuspudrat” DUK | Mirzacho‘l tumani | |
| 15. | “Uchtepadavsuvmaxsuspudrat” DUK | Jizzax tumani | |
| Qashqadaryo viloyati | |||
| 16. | “Kosondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Amu — Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Koson tumani |
| 17. | “Yakkabog‘davsuvmaxsuspudrat” DUK | Yakkabog‘ tumani | |
| 18. | “Kasbidavsuvmaxsuspudrat” DUK | Kasbi tumani | |
| 19. | “Nishondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Nishon tumani | |
| Navoiy viloyati | |||
| 20. | “Navoiydavsuvmaxsuspudrat” DUK | Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Navoiy shahri |
| 21. | “Karmanadavsuvmaxsuspudrat” DUK | Karmana tumani | |
| Namangan viloyati | |||
| 22. | “Namangandavsuvmaxsuspudrat” DUK | Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Namangan shahri |
| 23. | “Mingbuloqdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Mingbuloq tumani | |
| 24. | “Norindavsuvmaxsuspudrat” DUK | Norin tumani | |
| 25. | “Popdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Pop tumani | |
| Samarqand viloyati | |||
| 26. | “Samarqanddavsuvmaxsuspudrat” DUK | Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Samarqand shahri |
| 27. | “Bulung‘urdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Bulung‘ur tumani | |
| 28. | “Oqdaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK | Oqdaryo tumani | |
| 29. | “Narpaydavsuvmaxsuspudrat” DUK | Narpay tumani | |
| Surxondaryo viloyati | |||
| 30. | “Termizdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Amu — Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Termiz shahri |
| 31. | “Sheroboddavsuvmaxsuspudrat” DUK | Sherobod tumani | |
| 32. | “Qiziriqdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Qiziriq tumani | |
| 33. | “Uzundavsuvmaxsuspudrat” DUK | Uzun tumani | |
| Sirdaryo viloyati | |||
| 34. | “Boyovutdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Boyovut tumani |
| 35. | “Oqoltindavsuvmaxsuspudrat” DUK | Oqoltin tumani | |
| 36. | “Gulistondavsuvmaxsuspudrat” DUK | Guliston shahri | |
| Toshkent viloyati | |||
| 37. | “Yangiyo‘ldavsuvmaxsuspudrat” DUK | Chirchiq — Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Yangiyo‘l tumani |
| 38. | “Yuqorichirchiqdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Yuqori Chirchiq tumani | |
| 39. | “Bo‘kadavsuvmaxsuspudrat” DUK | Bo‘ka tumani | |
| 40. | “Bektemirdavsuvmaxsuspudrat” DUK | “O‘zsuvenergo” ixtisoslashtirilgan birlashmasi | Bektemir tumani |
| Farg‘ona viloyati | |||
| 41. | “Farg‘onadavsuvmaxsuspudrat” DUK | Sirdaryo — So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Farg‘ona shahri |
| 42. | “Bog‘doddavsuvmaxsuspudrat” DUK | Bog‘dod tumani | |
| 43. | “Dang‘aradavsuvmaxsuspudrat” DUK | Dang‘ara tumani | |
| 44. | “Yaypandavsuvmaxsuspudrat” DUK | Beshariq tumani | |
| Xorazm viloyati | |||
| 45. | “Bog‘otdavsuvmaxsuspudrat” DUK | “O‘zsuvqurilishta’minot” respublika birlashmasi | Bog‘ot tumani |
| 46. | “Xazoraspdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Xazorasp tumani | |
| 47. | “Urganchdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Urganch shahri | |
| 48. | “Yangibozordavsuvmaxsuspudrat” DUK | Yangibozor tumani | |
| 49. | “Qo‘shko‘pirdavsuvmaxsuspudrat” DUK | Qo‘shko‘pir tumani | |
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 92-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Davlat unitar korxonasi boshqaruv apparatining tuzilmasi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 19-son, 162-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)