1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.03 Bir palatali parlament (OM, OS)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 5-maydagi 49-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
LexUZ sharhi
Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning vakolat muddati — besh yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolat muddati tugagach, Oliy Majlis yangi chaqiriq Oliy Majlis ish boshlaguniga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning faoliyati masalalarni jamoa boʻlib, erkin muhokama qilish va hal etishga, oshkoralikka, Oliy Majlis tuzadigan organlar, u saylaydigan va tayinlaydigan mansabdor shaxslar Oliy Majlis oldida masʼul boʻlishi va unga hisob berib turishiga, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis faoliyatining doimiy va samarali boʻlishi uning sessiyalari, Oliy Majlis Kengashi, Oliy Majlis qoʻmitalari va komissiyalari hamda deputatlarning ishi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatlariga ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunda, “Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunda, ushbu Reglamentda hamda boshqa qonunlarda belgilangan huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishlari uchun shart-sharoit yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. OLIY MAJLIS IShINING TAShKILIY ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oliy Majlis ishining tashkiliy shakli sessiya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis sessiyasi uning majlislarida ochiladi va yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis sessiyasi uning majlislaridan, shuningdek Oliy Majlis qoʻmitalari va komissiyalarining, boshqa organlarining sessiya majlislari oraligʻidagi davrda oʻtkaziladigan majlislaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis sessiyalari Oliy Majlis Raisi tomonidan zaruratga qarab, bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Raisi “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 13-moddasiga muvofiq sessiyani chaqirish toʻgʻrisidagi masalani Oliy Majlis Kengashi muhokamasiga kiritishga haqlidir. Bunday hollarda sessiya Oliy Majlis Kengashi tomonidan chaqirilib, shu xususda qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyani chaqirish toʻgʻrisidagi qaror hamda uning muhokamasiga kiritiladigan masalalar haqidagi axborot Oliy Majlis deputatlariga va aholiga oldindan maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlarning loyihalari deputatlarga oldindan, qoida tariqasida, sessiya ochilishidan kamida oʻn kun oldin taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish uchun ishchi guruhi tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning sessiyasi qayerda va qachon oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi, shuningdek sessiyaga kelayotgan deputatlar qayerda va qachon roʻyxatga olinishi haqidagi xabar sessiya ochilishidan kamida uch kun oldin respublika va viloyat gazetalarida eʼlon qilinadi, televideniye va radio orqali oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyaga kelish imkoni boʻlmagan taqdirda deputat bu haqda Oliy Majlisning rahbarlaridan biriga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning navbatdan tashqari sessiyalari Oliy Majlisning Raisi tomonidan uning tashabbusi bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining yoxud Oliy Majlis deputatlari kamida uchdan bir qismining taklifi bilan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish zarurligi asoslab berilgan takliflar Oliy Majlisning Raisi nomiga yozma ravishda yuborilib, unda qanday masalalarni muhokama qilish uchun Oliy Majlisni chaqirish taklif etilayotganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning navbatdan tashqari sessiyasi ishi boshlanishidan oldin deputatlarga unda koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan hujjatlarning loyihalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatlari har bir majlis oldidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning majlisi uning ishida jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning saylovdan keyingi birinchi sessiyasining birinchi majlisini Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Oliy Majlisning Raisi saylangunga qadar uni olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis sessiyasida raislik qiluvchi uning majlislarini ochadi va yopadi, maʼruzalar qilish va nutqlar uchun soʻz beradi, qonunlar, qarorlar va boshqa qonun hujjatlarining loyihalarini, deputatlarning koʻrilayotgan masalalarga doir takliflarini ovozga qoʻyadi hamda ovoz berish natijalarini maʼlum qiladi, Oliy Majlis sessiyasining Kotibiyatiga deputatlardan tushgan soʻrovlar, savollar, maʼlumotlar, xabarlar, arizalar va takliflarni oʻqib eshittiradi, majlislar zalida tartibni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda raislik qiluvchi kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda Oliy Majlisning ishi davomida yuzaga keladigan boshqa masalalarni hal qilish maqsadida fraksiyalarning, bloklarning va boshqa deputatlar guruhlarining rahbarlari bilan maslahatlashib olishni tashkil etadi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Raisining oʻrinbosarlari Raisga uning vakolatlarini bajarishida koʻmaklashadilar, uning topshirigʻiga binoan Oliy Majlisning majlislarida raislik qiladilar, Rais yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmaganda esa uning vazifalarini bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis har bir sessiyasining majlislari davriga birinchi majlisda sessiya Kotibiyati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat ochiq ovoz berish yoʻli bilan Oliy Majlis deputatlari orasidan rahbar va aʼzolardan iborat tarkibda saylanadi. Kotibiyatning shaxsiy tarkibiga doir taklif sessiyada raislik qiluvchi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya Kotibiyatini tuzish toʻgʻrisida Oliy Majlis qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya Kotibiyati ishida qatnashish uchun mutaxassislar va maslahatchilar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya Kotibiyati Oliy Majlis majlislarining stenogrammasi yuritilishini tashkil etadi, soʻzga chiqish istagini bildirganlarni yozib boradi, deputat soʻrovlari, savollar, maʼlumotlar, xabarlar, arizalar, takliflarni hamda deputatlarning boshqa materiallarini roʻyxatga oladi, fuqarolardan Oliy Majlis nomiga kelayotgan murojaatlar va boshqa hujjatlar bilan ishlashni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi sessiyada Oliy Majlis deputatlari orasidan ovoz berish elektron tarmogʻining ishini nazorat qiluvchi guruh tuzilib, u rahbar va guruhning toʻrt aʼzosidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat guruhini saylash toʻgʻrisida Oliy Majlis qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatlari sessiyaning kun tartibini muhokama etadilar va qabul qiladilar. Kun tartibiga doir takliflar Oliy Majlis Kengashi tomonidan dastlabki tarzda qarab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kun tartibiga doir taklif hamda mulohazalarni deputatlar yozma ravishda sessiya Kotibiyatiga yoki majlisda raislik qiluvchiga topshiradilar yoxud Oliy Majlis majlisidagi nutqlarida bayon qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushgan takliflarni sessiya kun tartibiga kiritish masalasi har bir taklif boʻyicha ochiq ovoz berish orqali jami deputatlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan hal qilinadi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning majlislari ochiq oʻtkaziladi. Oliy Majlisning qaroriga muvofiq yopiq majlis oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiruvchi shaxslar, Konstitutsiyaviy sud raisi, Oliy sud raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi, Bosh prokuror, Markaziy bank boshqaruvining raisi Oliy Majlisning istalgan (ochiq va yopiq) majlisida hozir boʻlish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis majlislarida Oliy Majlisning Kengashi tomonidan taklif etilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, ilmiy muassasalar, matbuot, televideniye, radio vakillari hamda boshqa shaxslar hozir boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif qilingan shaxslar Oliy Majlisning ishiga aralashish huquqiga ega emaslar, maʼqullayotganliklari yoki maʼqullamayotganliklarini bildirishdan oʻzlarini tiyib turishlari, tartibga rioya qilishlari hamda raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunishlari shart. Ular tartibni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq majlislar zalidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlislar Oliy Majlisning qaroriga muvofiq aholi uchun qulay vaqtda televideniye orqali koʻrsatilishi va radio orqali eshittirilishi mumkin. Majlislar toʻgʻrisidagi axborot respublika va viloyat gazetalarida bosib chiqariladi, shuningdek boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyalar oʻtayotgan vaqtda Oliy Majlis deputatlari majlislar zalida hududlar boʻyicha joylashadilar. Oliy Majlis sessiyasiga taklif qilingan shaxslar uchun maxsus joylar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va zarurat boʻlganda boshqa tillarda hamohang tarjimasi taʼminlanadi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning ertalabki majlislari, qoida tariqasida, soat 10 dan 13 gacha, kechqurungi majlislari esa soat 15 dan 18 gacha oʻtkaziladi, har ikki soat ishlanganidan keyin 20 minutlik tanaffus eʼlon qilinadi. Oliy Majlisning qarori bilan majlislarni boshlash, tanaffus qilish va tugallashning boshqa vaqti belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning majlislarida maʼruzalar uchun, qoida tariqasida, bir soatgacha, qoʻshimcha maʼruzalar uchun 20 minutgacha vaqt beriladi. Muzokaralarda soʻzga chiquvchilarga 10 minutgacha, qonunlarning loyihalarini moddama-modda muhokama qilish chogʻida soʻzga chiqish uchun 3 minutgacha, nomzodlar toʻgʻrisida, majlislarni olib borish tartibi haqida, ovoz berish sabablari boʻyicha soʻzga chiqish uchun, bayonotlar uchun, soʻrovlar, takliflar kiritish, savollar berish, xabarlar va maʼlumotlar uchun 2 minutgacha vaqt ajratiladi. Koʻpchilik deputatlarning roziligi bilan majlisda raislik qiluvchi soʻzga chiqish vaqtini uzaytirishi mumkin. Nutqlar minbardan yoki oʻtirgan joyidagi mikrofondan foydalangan holda soʻzlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchining taklifiga muvofiq Oliy Majlis kun tartibidagi har bir masalani muhokama qilishga ajratiladigan vaqtni oldindan belgilab qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarda soʻz berish haqidagi arizalar majlis boshlangunga qadar Oliy Majlis Kengashiga yuboriladi, Oliy Majlisning majlisi davomida esa yozma ravishda sessiya Kotibiyatiga yoki oʻtirgan joyidan elektron tarmoq orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis majlisida raislik qiluvchi arizalarning tushish navbati boʻyicha muzokaralarda qatnashish uchun soʻz beradi. Raislik qiluvchi zarur hollarda navbatni oʻzgartirishi va oʻzi qabul qilgan qarorning sabablarini eʼlon qilishi mumkin. Deputat soʻzga raislik qiluvchi unga soʻz berganidan keyingina chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputati sessiyada aynan bir masala boʻyicha ikki martadan ortiq soʻzlashi mumkin emas. Soʻzga chiqish huquqini boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Soʻzga chiqqan deputatning zarur hollarda maʼlumot, tushuntirish berish, savolga javob qaytarish huquqi saqlanib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning majlisini olib borish tartibi boʻyicha, maʼlumot berish uchun, savolga javob qaytarish hamda tushuntirish berish uchun raislik qiluvchi tomonidan navbatdan tashqari soʻz berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachilarga savollar yozma ravishda yuboriladi yoki oʻtirgan joyidan xos mikrofon orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisning Raisi va Raisning oʻrinbosarlari istagan vaqtda soʻz olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis sessiyasida soʻzlayotgan notiq muhokama qilinayotgan masaladan chetga chiqmasligi, qoʻpol va odobsiz iboralarni ishlatmasligi, qonunsiz va zoʻrlik ishlatiladigan harakatlarga daʼvat etmasligi kerak. Shunday boʻlgan hollarda raislik qiluvchi ogohlantirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi ogohlantirishdan keyin notiq soʻzdan mahrum qilinadi. Bunda raislik qiluvchi mikrofonni oʻchirib qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarni toʻxtatish sessiyada hozir boʻlgan jami deputatlarning koʻpchiligi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadigan Oliy Majlisning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar toʻxtatilganidan keyin maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruza qilgan shaxs yakunlovchi nutq bilan soʻzga chiqishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti muzokaralar toʻxtatilganligi munosabati bilan deputat soʻzga chiqish imkoniga ega boʻlmasa, uning iltimosiga muvofiq nutqning matni majlis stenogrammasiga kiritilishi mumkin. Nutq matni deputat tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning majlislarida qarab chiqilayotgan masalalarga doir qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, boshqa qonunlarda, ushbu Reglamentda nazarda tutilgan hollarda yoki Oliy Majlisning qaroriga muvofiq yashirin ovoz berish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Oliy Majlis boshqacha qaror qabul qilmasa, ochiq va yashirin ovoz berish ovozlarni sanovchi elektron tarmoq yordamida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir masala yuzasidan ovoz berish oʻtkazilayotganida har qaysi deputat bitta ovozga ega boʻladi hamda taklifni yoqlab yoki unga qarshi ovoz beradi yoxud ovoz berishda betaraf qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanovchi elektron tarmoqdan foydalanmay ochiq ovoz berishni oʻtkazish deputatlar guruhiga topshiriladi. Uning tarkibini Oliy Majlis belgilaydi. Ovoz berish, basharti birorta ham deputat oʻzgacha tartibni talab qilmasa, ovozlarni sanab chiqmasdan aniq koʻpchilik ekanligini inobatga olib yoki ovozlarni sanab chiqish yoʻli bilan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanab chiqish tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berishni byulletenlar yordamida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qilingan taqdirda Oliy Majlis deputatlar orasidan 5 — 7 kishidan iborat sanoq komissiyasi saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylanayotgan organlar tarkibiga yoki mansabdor shaxslar lavozimiga nomzodlari koʻrsatilgan deputatlar sanoq komissiyasiga kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasi oʻz orasidan komissiya raisi va komissiya kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenlar sanoq komissiyasining nazoratida, u belgilagan shaklda va miqdorda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish vaqti va joyi, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenlar yordamida yashirin ovoz berish oʻtkazilayotganda sanoq komissiyasi guvohnoma koʻrsatgan har bir deputatga bitta byulleten beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenni toʻldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish xonasida yoki buning uchun maxsus ajratilgan xonada byulletendagi oʻzi qarshi ovoz berayotgan nomzodning familiyasini, qaror (qaror varianti) loyihasiga doir byulletenda esa taklif qilinayotgan qarorlar variantlari yonidagi “yoqlayman” yoki “qarshiman” degan soʻzni oʻchirib tashlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan nusxadagi byulletenlar, mansabdor shaxslarni saylash vaqtida esa bir lavozimga ikki va undan ortiq nomzod qoldirilgan byulletenlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Byulletenlarga qoʻshimcha yozib qoʻyilgan familiyalar ovozlarni hisoblab chiqish chogʻida eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlash tartibiga doir masalalar yuzasidan yashirin ovoz berish oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida sanoq komissiyasi bayon tuzadi, bu bayon sanoq komissiyasining hamma aʼzolari tomonidan imzolanadi. Sanoq komissiyasining maʼruzasi yuzasidan Oliy Majlis yashirin ovoz berish natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning kamida beshdan bir qismi talabiga muvofiq sessiyada elektron tarmoqdan foydalangan holda yoxud deputatlarning nomlari yozilgan byulletenlarni topshirish yoʻli bilan nomma-nom ovoz berish oʻtkaziladi. Byulletenda “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan soʻzlar boʻladi. Deputat byulletendagi shu soʻzlardan birini qoldirib, qolganlarini oʻchirib tashlashi shart. Ovozlarni hisoblab chiqish paytida, yuqorida koʻrsatilgan soʻzlarning bittadan ortigʻi qoldirilgan yoki har uchala soʻz oʻchirib tashlangan yoki koʻzda tutilmagan qaror varianti yozib qoʻyilgan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlash tartibiga doir masalalar yuzasidan nomma-nom ovoz berish oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputati oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishni oʻtkazish tartibi va texnikasida xatoga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan taqdirda Oliy Majlisning qaroriga muvofiq takror ovoz berish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. FRAKSIYALAR, BLOKLAR VA BOShQA DEPUTUTLAR GURUHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatlari qonun hujjatlariga muvofiq fraksiyalar, bloklar va boshqa deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir deputatlar guruhi Oliy Majlis koʻrib chiqishi uchun kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda muhokama qilishga va ular yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputati faqat bitta fraksiyada yoki blokda boʻlishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyalar, bloklar oʻz faoliyatlarini Oliy Majlis tomonidan roʻyxatga olinganlaridan keyin amalga oshiradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyalar, bloklar Oliy Majlis Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari bilan uzviy aloqada ishlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyaning, blokning faoliyati qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlib yuborish) yoki tugatish yoʻli bilan toʻxtatilishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiya, blok tuzish uchun quyidagilar zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tashabbuskor guruh tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) fraksiya, blok tuzish niyatini eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) fraksiya yoki blokning taʼsis yigʻilishini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) fraksiya yoki blok rahbarini saylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) fraksiya yoki blok tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis bayonnomasini qabul qilish hamda uni Oliy Majlisga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiya, blok rahbari (vakili) fraksiyani, blokni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan ariza bilan Oliy Majlisga murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga taʼsis yigʻilishining bayonnomasi ilova qilinadi, bayonnomada fraksiyaning, blokning miqdor va shaxsiy tarkibi, shuningdek fraksiya, blok rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va saylov okrugining tartib raqami koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalarni Oliy Majlis sessiyasida qarab chiqish chogʻida fraksiyalarning, bloklarning rahbarlari tuzilgan fraksiyaning, blokning maqsad va vazifalari toʻgʻrisidagi axborot bilan soʻzga chiqishi, boshqa maʼlumotlarni aytishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis fraksiyalarni, bloklarni roʻyxatga olish masalasi yuzasidan qaror qabul qiladi.
(III-bob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. OLIY MAJLISNING RAISI VA RAIS OʻRINBOSARLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Raisi va uning oʻrinbosarlari Oliy Majlis deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Raisi va uning oʻrinbosarlari Oliy Majlis vakolati muddatiga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod yashirin ovoz berish natijasida Oliy Majlis deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpining ovozini olgan boʻlsa, Oliy Majlisning Raisi lavozimiga saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Raisi yashirin ovoz berish yoʻli bilan Oliy Majlis tomonidan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Oliy Majlis deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpi Oliy Majlis Raisini chaqirib olish toʻgʻrisidagi bu taklifni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, bu masala Oliy Majlis sessiyasi kun tartibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqirib olish masalasi qarab chiqilayotgan vaqtda Oliy Majlisning Raisiga soʻz berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Raisini chaqirib olishni yoqlab Oliy Majlis deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻi ovoz bergan boʻlsa, u chaqirib olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Raisining vakolatlari Oliy Majlisning Raisi betob boʻlib qolgan taqdirda yoki oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishiga imkon bermaydigan boshqa vaziyatlar munosabati bilan Raisning oʻz iltimosiga koʻra Oliy Majlis tomonidan muddatidan oldin toʻxtalishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Raisining oʻrinbosarlarini saylash, ularni chaqirib olish va vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Raisini va uning oʻrinbosarlarini saylash, ularni chaqirib olish va vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisida Oliy Majlisning qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Raisi lavozimiga yoki uning oʻrinbosari vazifasiga nomzod Oliy Majlis deputatlarining koʻpchiligi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan taqdirda tavsiya qilingan boshqa nomzod boʻyicha ovoz berish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Raisi lavozimiga yoki uning oʻrinbosari vazifasiga ikki nafardan ortiq nomzod koʻrsatilgan va ularning birortasi ham saylanish uchun talab qilinadigan ovozlar sonini ololmagan taqdirda, koʻproq ovoz olgan ikki nomzod boʻyicha takror ovoz berish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ikki nomzod koʻrsatilgan va ulardan hech biri deputatlar umumiy soni yarmidan koʻpining ovozini ololmagan boʻlsa, yangidan nomzodlar koʻrsatilib, qayta saylov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. OLIY MAJLISNING KENGAShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis ishini tashkil etish hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish uchun birinchi sessiyada Oliy Majlisning Kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashining tarkibiga Oliy Majlis Raisi, Oliy Majlis Raisining oʻrinbosarlari, qoʻmitalari, komissiyalarning (muvaqqatlaridan tashqari) raislari Oliy Majlis deputatlari fraksiyalari, bloklarining rahbarlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashiga Oliy Majlis Raisi boshchilik qiladi.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashining majlislari zaruratga qarab chaqiriladi va Kengash umumiy tarkibining yarmidan ortigʻi hozir boʻlgan taqdirdagina vakolatli boʻladi. Oliy Majlis Kengashining majlislarini Oliy Majlisning Raisi, u boʻlmagan paytda esa Oliy Majlis Raisining oʻrinbosarlaridan biri chaqiradi va olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashining qarorlari uning majlislarida hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorlar shuningdek Oliy Majlis Kengashi tarkibining aʼzolaridan bittama-bitta soʻrab chiqish yoʻli bilan ham qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Raisining taklifiga muvofiq Kengash majlislarida Oliy Majlis deputatlari, shuningdek davlat organlari, jamoat birlashmalarining vakillari, olimlar va mutaxassislar ham qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Kengashi tarkibiga kiruvchi shaxslarga, shuningdek uning majlislarida qatnashuvchi boshqa shaxslarga majlisda koʻrib chiqish moʻljallanayotgan masalalar toʻgʻrisida oldindan xabar qilinadi va zarur materiallar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashi majlislarining bayonlari va stenogrammasi yuritiladi. Oliy Majlisning Kengashi tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilgan qarorlar haqida ommaviy axborot vositalarida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashining vakolatlari “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Kengashi oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar tayyorlash uchun zarur hollarda oʻz safidan, Oliy Majlis deputatlari, mutaxassislar, shuningdek davlat organlari, jamoat birlashmalari va ilmiy muassasalar vakillari orasidan ishchi komissiyalari yoki guruhlarini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB. OLIY MAJLISNING QOʻMITALARI VA KOMISSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasiga muvofiq Oliy Majlis qonun loyihalari tayyorlash ishlarini olib borish, Oliy Majlis muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, qonunlarning va Oliy Majlis boshqa qarorlarining ijrosini nazorat qilib turish uchun deputatlar orasidan qoʻmitalar va komissiyalar saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar va komissiyalarning vakolatlari, ularni tuzish va faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun, ushbu Reglament hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar va komissiyalar Oliy Majlis tomonidan uning vakolat muddati davriga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar va komissiyalarning roʻyxati va miqdor tarkibi Oliy Majlis tomonidan belgilanadi. Ushbu masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Oliy Majlis yangi qoʻmitalar va komissiyalar tuzishi, ilgari tuzilganlarini tugatishi hamda qaytadan tashkil etishi, qoʻmitalar va komissiyalar tarkibiga oʻzgartishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar va komissiyalar ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Ovoz berish qoʻmita, komissiya raisining nomzodi boʻyicha alohida, soʻngra esa Oliy Majlisning qaroriga muvofiq qoʻmitaning, komissiyaning butun tarkibi boʻyicha yoki har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputati, qoida tariqasida, faqat bitta qoʻmita yoki komissiyaning aʼzosi etib saylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar va komissiyalarning barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita, komissiya tarkibiga saylanmagan Oliy Majlis deputati ular ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar yoki komissiyalar tarkibiga Oliy Majlisning Raisi va uning oʻrinbosarlari saylanishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar va komissiyalar Oliy Majlis oldida masʼul va unga hisobdordirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis va uning Kengashi muayyan topshiriqlarni bajarish uchun deputatlar orasidan muvaqqat komissiyalar tuzishi, ularning vazifalari va faoliyat yuritish tartibini belgilab berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiyalarning majlislari, agar komissiyalar boshqacha tartibni belgilab qoʻymasa, ochiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar muvaqqat komissiyalarga ish uchun zarur hujjatlar va materiallarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiyalarning faoliyatiga toʻsqinlik qiluvchi mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiya faoliyat natijalari boʻyicha oʻzining tuzilishiga sabab boʻlgan masalaning mohiyati yuzasidan maʼruza taqdim etadi. Oliy Majlis yoki uning Kengashi komissiyaning maʼruzasi yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat komissiyalar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarib boʻlganlaridan keyin faoliyatni toʻxtatadi. Oliy Majlis yoki uning Kengashining qaroriga binoan muvaqqat komissiyalarning faoliyati muddatidan oldin toʻxtalishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONLARINI TASDIQLASh. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY SUDINI, OLIY SUDINI, OLIY XOʻJALIK SUDINI SAYLASh. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING RAISINI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASINING RAISINI TAYINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oliy Majlis Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh vazir, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini, Bosh prokuror va uning oʻrinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining organlarini tuzish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Farmonlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlarini tasdiqlash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 10-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi. Mazkur nomzodlar lavozimga tayinlanishi yoki saylanishidan avval Oliy Majlisning yoki Oliy Majlis Kengashining topshirigʻiga binoan tegishli qoʻmitalarda, komissiyalarda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va saylash toʻgʻrisida Oliy Majlis qaror qabul qiladi.
(62-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan nomzodlarni tegishli lavozimlarga tayinlash yoki saylash ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qarorlar deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti lavozimga koʻrsatilgan nomzod Oliy Majlis tomonidan qoʻllab-quvvatlanmasa, mazkur masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining boshqa taklifi muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga koʻrsatilayotgan nomzodlar haqidagi qarori har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida yoki barcha nomzodlar boʻyicha bir yoʻla (Konstitutsiyaviy sud tarkibi bundan mustasno) yoxud Oliy Majlis belgilaydigan boshqacha tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOB. OLIY MAJLISNING HUJJATLARI. OLIY MAJLISDA VA UNING ORGANLARIDA QONUN LOYIHALARINI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 9-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni, qonunlarni, qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik tashabbusi huquqi yangi qonunlar loyihalarini, amaldagi qonunlarga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalarini, yangi qonunlarni qabul qilish yoki amaldagi qonunlarga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni (qonun chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarni) kiritish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oliy Majlisning deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuror egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning loyihalari va qonun chiqarish haqidagi takliflar ularni ishlab chiqish zarurligi asoslangan holda, boʻlajak qonunlarning maqsadlari, vazifalari va asosiy qoidalari hamda ular amaldagi qonunlar tizimida tutadigan oʻrnining, shuningdek ularni qoʻllashdan kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarning batafsil taʼrifi bilan birga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Shu bilan birga qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan jamoalar va shaxslar koʻrsatiladi. Amalga oshirish uchun qoʻshimcha moddiy va boshqa xarajatlar talab qilinadigan loyiha taqdim etilayotganda unga moliyaviy-iqtisodiy dalillar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini va qonun chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarni rasmiylashtirish chogʻida qonunlarning loyihalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar ham hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis qarab chiqishi kerak boʻlgan qonunlarning loyihalari va qonun chiqarish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlis Raisiga yoki Oliy Majlis Kengashiga taqdim etiladi va Oliy Majlisning Kotibiyatida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan qonun loyihasi yoki qonun chiqarish toʻgʻrisidagi taklif ushbu Reglamentning va qonun loyihalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga javob bermasa, bunday loyiha yoki takliflar Oliy Majlis Raisi yoki Oliy Majlis Kengashi tomonidan qaytarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olingan qonun loyihasi yoki qonun chiqarish toʻgʻrisidagi takliflar dastlabki tarzda qarab chiqish va bundan buyon uning ustida ish olib borish tartibi xususida taklif tayyorlash uchun, qoida tariqasida, Oliy Majlis Raisi yoki Oliy Majlis Kengashi tomonidan Oliy Majlisning tegishli qoʻmitalari, komissiyalariga hamda ayni bir vaqtda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga yuboriladi. Bunda xulosa tayyorlash uchun bosh qoʻmita (komissiya) belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis yoki uning Kengashi qonunning loyihasini tayyorlash yoki dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun maxsus komissiya tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalari Oliy Majlis deputatlariga barvaqt tarqatiladi. Deputatlarning mulohazalari va takliflari qonun loyihasi ustida olib boriladigan keyingi ishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar va komissiyalarda qonun loyihalarini dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda qonunlarning loyihalari boʻyicha xulosalar tayyorlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashi qoʻmitalar, komissiyalarning xulosalarini hisobga olgan holda qonun loyihasini ushbu sessiya kun tartibiga kiritishni taklif qiladi yoki qonun loyihasi (qonun chiqarish toʻgʻrisidagi taklif) ustida ishlashni davom ettirish yoxud uni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlar qonun loyihasi sessiya kun tartibiga kiritilishini qatʼiy talab qilsalar, Oliy Majlis Kengashi bu taklifni rad etishga haqli emas. Oliy Majlis Kengashi mazkur masala yuzasidan oʻz xulosasini sessiya muhokamasiga kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisga kiritilgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish bir necha oʻqishda amalga oshirilishi mumkin, ulardan alohida ahamiyatga moliklari esa, bir necha oʻqishda amalga oshirilishi shart, shuningdek ular fraksiya, blok va boshqa deputatlar guruhlarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
(74-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasining birinchi oʻqilishida Oliy Majlis, qoida tariqasida, qonun loyihasi tashabbuskorining maʼruzasini va bosh qoʻmita yoki komissiyaning qoʻshimcha maʼruzasini tinglaydi, qonun loyihasining asosiy qoidalarini muhokama qiladi hamda tuzatishlar shaklida taklif va mulohazalar bildiradi, qonun loyihasini keng muhokama etish uchun eʼlon qilish zarurligi haqidagi masalani qarab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama yakunlari boʻyicha Oliy Majlis qonunni qabul qiladi yoki qonun loyihasining asosiy qoidalarini birinchi oʻqishda maʼqullaydi yoxud uni rad etadi. Qonun loyihasi maʼqullangan taqdirda Oliy Majlis uni ikkinchi oʻqishda taqdim etish muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan qonun loyihasiga doir toʻxtam, agar Oliy Majlis deputatlari umumiy sonining koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday toʻxtam Oliy Majlisning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasiga va uning ayrim moddalariga tuzatishlar, qoida tariqasida, deputatlar tomonidan yozma ravishda Oliy Majlis Kengashiga yoki bosh qoʻmitaga, komissiyaga yoxud qonun loyihasini maromiga yetkazish topshirilgan organga qonun loyihasining ikkinchi oʻqishdagi muhokamasi boshlanishidan kamida uch kun oldin topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini maromiga yetkazish topshirilgan bosh qoʻmita, komissiya yoki boshqa organlar qonun loyihasiga kiritilgan tuzatishlarni qarab chiqadi va uni ikkinchi oʻqishdagi muhokamaga tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maromiga yetkazilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Kengashining qaroriga muvofiq ikkinchi oʻqishdagi muhokamaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotganida moddama-modda, boʻlimlar boʻyicha yoki toʻlaligicha muhokama qilinadi. Muhokama chogʻida qonun loyihasi kamchiliklarini toʻldirish uchun tegishli qoʻmitalar, komissiyalar yoki uni kiritgan organlarga (mansabdor shaxslarga)qaytarilishi mumkin.
(79-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqish natijasiga qarab, Oliy Majlis qonunni qabul qiladi yoki rad etadi yoxud maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning har bir moddasi, boʻlimi yoki bobi alohida-alohida, soʻngra esa loyiha toʻlaligicha ovozga qoʻyiladi. Oliy Majlis butun qonun loyihasini biratoʻla ovozga qoʻyish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif etilgan har bir tuzatish alohida muhokama qilinadi. Bunda raislik qiluvchi tuzatishlar boʻyicha tegishli qoʻmita, komissiya xulosalar tayyorlashi uchun tanaffus eʼlon qilishi mumkin. Agar deputat qoʻmitaning, komissiyaning xulosasiga rozi boʻlmasa, unga oʻz taklifini asoslash uchun soʻz beriladi. Bu holda tuzatishlar boʻyicha muzokara ochilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning qaroriga binoan eng muhim qonunlarning loyihalari xalq ovoziga (referendumga) qoʻyilishi mumkin. Referendum qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlarni jami deputatlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Konstitutsiyani oʻzgartiruvchi va toʻldiruvchi qonunlar, shuningdek boshqa konstitutsiyaviy qonunlar Oliy Majlis jami deputatlarining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Konstitutsiyaga oʻzgartishlar hamda tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy davomida, keng muhokamani hisobga olgan holda qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi taklifni rad etsa, taklif kamida bir yil oʻtgandan keyin qayta kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti imzolaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 14-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunga oʻz eʼtirozini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agar Oliy Majlis ilgari oʻzi qabul qilgan qarorni ovozlarning uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi bilan tasdiqlasa, Prezident qonunni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan matni Oliy Majlisga saqlash va eʼlon qilish uchun yuboriladi. Qonun loyihalarini eʼlon qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning hamda Oliy Majlis Kengashining qarorlarini Oliy Majlisning Raisi imzolaydi, u boʻlmagan hollarda esa bunday hujjatlarni Oliy Majlis Raisining oʻrinbosarlaridan biri imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX BOB. OLIY MAJLIS VA UNING ORGANLARI TOMONIDAN BOShQA QARORLAR QABUL QILINIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, uning Kengashi murojaatnomalar, deklaratsiyalar, bayonotlar qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis tomonidan deklaratsiyalar, murojaatnomalar va bayonotlar qabul qilish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlardan chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda deklaratsiyalar, murojaatnomalar va bayonotlarning loyihalari Oliy Majlis yoki uning Kengashining qaroriga koʻra Oliy Majlisning qoʻmitalari va komissiyalariga dastlabki tarzda qarab chiqish uchun topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning ishlash tartibiga doir masalalar yuzasidan qarorlar majlisda hozir boʻlgan deputatlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bunday qaror rasmiylashtiriladi va majlislarning stenogrammasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Kengashi oʻz vakolatlarini amalga oshirish maqsadida qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning qoʻmitalari va komissiyalari oʻzlari muhokama qilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladilar hamda Oliy Majlis, uning Raisi yoki Oliy Majlis Kengashi ularga yuborgan qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradilar. Qoʻmita, komissiyaning qarorlari va xulosalari qoʻmita, komissiyaning raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETINI VA DAVLAT STRATEGIK DASTURLARINI QABUL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, davlat strategik dasturlarining loyihalari, shuningdek ularni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonunlarning loyihalari Oliy Majlisga Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat strategik dasturlarining loyihalari toʻgʻrisidagi materiallar Oliy Majlis deputatlariga oldindan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti boshqacha qaror qabul qilinmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun Oliy Majlis Davlat budjeti daromadlarining umumiy summasini va xarajatlarining umumiy summasini tasdiqlaganidan soʻng ovozga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat strategik dasturlarini, Davlat budjetining ijrosi haqidagi va dasturlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash xususida Oliy Majlis qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI BOB. TAShQI SIYOSAT MASALALARINI QARAB ChIQISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyati tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Oliy Majlis Raisi yoki Oliy Majlis Kengashi xorijiy mamlakatlarga yuboriladigan rasmiy parlament delegatsiyalarining tarkibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII BOB. OLIY MAJLISNING NAZORAT QILISh SOHASIDAGI VAKOLATLARNI AMALGA OShIRIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis davlat organlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va Oliy Majlis qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis oʻzi saylaydigan, tayinlaydigan va tasdiqlaydigan mansabdor shaxslarning umuman ishi toʻgʻrisidagi yoki faoliyatining ayrim masalalari yuzasidan hisobotini yoki axborotini tinglashi mumkin. Hisobot, axborot boʻyicha Oliy Majlisning sessiyasida muzokaralar oʻtkazilishi mumkin. Muhokama yakuni boʻyicha Oliy Majlis qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning bitta yoki bir guruh deputati, qoʻmitasi, komissiyasi, fraksiyasi yoki bloki mansabdor shaxslarga, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlariga respublikaning davlat, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirishlar berish yoki oʻz munosabatini bayon etishni talab qilib soʻrov bilan murojaat etishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrov Oliy Majlisning sessiyasida ogʻzaki yoki yozma ravishda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisda raislik qiluvchi soʻrovni, u qaysi organ yoki mansabdor shaxsga qaratilgan boʻlsa, ana shu organ yoki mansabdor shaxs eʼtiboriga yetkazadi. Soʻrov qaratilgan organ yoki mansabdor shaxs soʻrovga Oliy Majlis belgilagan muddat va tartibda javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrov kiritgan bitta yoki bir guruh deputat, qoʻmita, komissiya, fraksiya, blok soʻrovga javob bergan organ yoki mansabdor shaxsga qoʻshimcha tushuntirishlar berishni soʻrab murojaat qilishlari, soʻz qoʻshishlari, bayonot bilan soʻzga chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovning javobi tinglab boʻlingach, muhokamaga qoʻyilishi mumkin. Soʻrovga berilgan javob yuzasidan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sudning raisi, Oliy xoʻjalik sudining raisi, Bosh prokuror, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga kiritilgan deputat soʻrovi ular yuritayotgan aniq ishlar va materiallarga oid boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning sessiyasida bildirilgan yoki majlisda raislik qiluvchiga yozma ravishda taqdim etilgan taklif va mulohazalar Oliy Majlis tomonidan qarab chiqiladi yoki qarab chiqish uchun tegishli davlat organlari yoxud jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslar Oliy Majlisga va uning organlariga berilgan maʼlumotlarning toʻgʻri-notoʻgʻriligi uchun yoki ularni atayin yashirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar boʻladilar.
(100-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasida oʻz vakolati muddatiga Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili Oliy Majlis deputatlari orasidan saylanadi.
(101-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qaroriga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, uning organlari va deputatlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar smetasi Oliy Majlisning Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, uning organlari va deputatlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqacha xizmat koʻrsatish Oliy Majlisning Kotibiyati tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Kotibiyati toʻgʻrisidagi Nizom, Kotibiyatning tuzilishi va shtatlari Oliy Majlisning Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarni roʻyxatga olish, soʻzga chiqishga yozilish, soʻrovlar, takliflar va tuzatishlar kiritish, ovozlarni sanash va ovoz berish natijalarini aniqlash, shuningdek majlislarning borishi haqida maʼlumotnoma va statistika axborotlarini jamlash hamda tezkorlik bilan berish, roʻyxatlar va boshqa hujjatlarni tuzish, bosib chiqarish, Oliy Majlis ishidan voqif qilib turish uchun elektron tarmoqdan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tarmoq ishini nazorat qiluvchi guruh tarkibiga kirgan deputatlar bu tarmoqni nazorat qilish uchun zarur boʻlgan barcha axborotlarni moneliksiz olish huquqiga egadirlar. Ushbu guruhning oʻz tasarrufidagi masalalarga oid qarorlari elektron tarmoqning ishlashini taʼminlab turgan barcha mutaxassislar va xizmatlar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi guruh yashirin ovoz berish boshlanishidan avval elektron tarmoqning ishlashini tekshirib koʻrishga haqlidir, bu xususda maxsus bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi guruh deputatlarning nomma-nom ovoz berish natijalari koʻrsatilgan roʻyxatlardagi xatoliklarga doir arzlarini qarab chiqadi va ularning qanchalik asosliligini tekshiradi, oʻz ishiga mutaxassis-ekspertlarni jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish natijalari, soʻzga chiqishga yozilish, deputatlarning soʻrovlari, ovoz berish natijalari hamda majlisning borishiga oid boshqa maʼlumotlar elektron tarmoq kompyuterining xotirasida, shuningdek Oliy Majlisning arxivida magnit tasmasi yozuvlarida saqlanadi.
(101, 102, 103 va 104-moddalarning raqamlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 83-II-sonli Qaroriga muvofiq oʻzgartirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 97-modda; 2000-y., 5-6-son, 154-modda)