06.03.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati, bundan keyin alohida “Tomon”, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga, jumladan, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlar hamda hamkorlikning rivojlanishiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlarning suvereniteti, tengligi va hududiy yaxlitligini, oʻzaro hurmat prinsiplarini qayta taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro terrorizm davlatlarning hududiy yaxlitligi hamda xavfsizligi, shuningdek siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga tahdid solishini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro terrorizm ushbu Bitimda qanday belgilangan boʻlsa, ularning maqsadidan qatʼi nazar, har qanday sharoitlarda ham oqlanishi mumkin emasligi, xalqaro terrorizmni sodir etgan aybdor shaxslar esa javobgarlikka tortilishi lozim ekanligiga ishonib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi qoʻshilgan xalqaro terrorizmning har qanday koʻrinishlarining oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikka doir xalqaro konvensiyalarni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro terrorizm, noqonuniy migratsiya va odamlar savdosini qoʻllab-quvvatlovchi harakatlarning oldini olish sohasida hamkorlikdan manfaatdor boʻlib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning ushbu Bitim qoidalari doirasida birgalikdagi saʼy-harakatlari terrorizmga qarshi kurashning samarali shakllaridan hisoblanishiga amin boʻlib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Asosiy prinsiplar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining tegishli qonun-qoidalari asosida ushbu Bitim doirasida hamkorlik qiladilar va oʻzaro koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlarida “terrorizm” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Bitimning Ilovasida sanab oʻtilgan xalqaro aktlardan birida jinoyat deb tan olingan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tinch aholining yoki qurolli mojaro davrida harbiy harakatlarda faol ishtirok etmayotgan har qanday shaxslarning oʻlimiga sabab boʻladigan yoki ogʻir tan jarohati yetkazadigan, yoki mol-mulkka katta zarar yetishiga olib keladigan oʻqotar qurollar, portlovchi moddalar yoki har qanday boshqa qurollardan foydalanish orqali amalga oshiriladigan harakatlar hamda oʻz xarakteri yoki koʻrinishiga koʻra tinch aholini xavf ostiga qoʻyadigan, unga zarar yetkazadigan, jamoat xavfsizligiga putur yetkazadigan yoki davlat muassasalarini maʼlum bir harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan va Tomonlar davlatlarining qonunlariga binoan jinoyat hisoblanadigan, harakatlarni tashkil etish, rejalashtirish, undash yoki tajovuz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning qoidalari unda belgilangan atamalarning boshqacha yoki kengroq taʼriflanishi boshqa xalqaro bitimlar qoidalari yoki milliy qonunlariga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar oʻzaro munosabatlarda ushbu moddada qayd etilgan harakatlarni jinoyatlar sifatida qaraydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitimni amalga oshirishda ekstraditsiya bilan bogʻliq masalalarda Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida ekstraditsiya toʻgʻrisida (Islomobod, 2001-yil 25-yanvar) Shartnoma qoidalariga muvofiq hamkorlikni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hamkorlik sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar milliy qonunlari va xalqaro huquq normalari doirasida oʻzlarining tegishli markaziy vakolatli organlari orqali ushbu Bitimning 2-moddasida sanab oʻtilgan jinoyatlarni sodir etishning oldini olish, aniqlash, bartaraf qilish va tergov olib borishda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Markaziy vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirishda quyidagilar Tomonlarning markaziy vakolatli organlari (markaziy organ yoki markaziy organlar) etib tayinlanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pokiston Islom Respublikasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻzlarining markaziy vakolatli organlari roʻyxatiga kiritilgan har qanday oʻzgartishlar toʻgʻrisida bir-birlarini imkon qadar tez xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy vakolatli organlar ushbu Bitim doirasida bevosita hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy vakolatli organlar uchrashuvlarni oʻtkazish va hamkorlikni kengaytirish qoidalarini ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Hamkorlik yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar 2-modda qoidalariga muvofiq xalqaro terrorizmga qarshi kurashda, shu jumladan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) terrorizmning jamoat xavfsizligiga tajovuz qiluvchi barcha koʻrinishlariga qarshi kurash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir Tomon davlati xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan terrorchilik tashkilotlar faoliyatini, terrorchilarni tayyorlash markazlari hamda shaxslarni aniqlash va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) terrorchilik tashkilotlarni oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, koʻp maqsadli harbiy uskuna, portlovchi, zaharlovchi, biologik va kimyoviy moddalar bilan taʼminlash yoʻllarini aniqlash hamda oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish maqsadida giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanmasi bilan shugʻullanuvchi terroristik tashkilotlar, guruhlar va shaxslarning faoliyatini oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) terrorizmni qoʻllab-quvvatlashda shubhalanayotgan terrorchilik tashkilotlar yoki shaxslarga moliyaviy aktivlarni va pul oʻtkazilishini amalga oshirishni oldini olish maqsadida saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) ularning davlatlari hududlarida terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida foydalanishni, taʼminot bazalari, oʻquv lagerlari va markazlarining yaratilishi, terrorchilik harakatlarini tayyorlash yoki tashkil etishni oldini olish boʻyicha choralarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tomonlar davlatlari fuqarolarini terrorchilik tashkilotlarga terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda yordam berish maqsadida yollanishini bartaraf etish boʻyicha choralarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) terrorchilik harakatlarining transportning barcha turlari, hayotni taʼminlash hamda aloqa obyektlariga, insonlar hayoti va salomatligi hamda atrof-muhit uchun xavf solinishiga qaratilgan har qanday shakli va koʻrinishlarini oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Tomonlar davlatlarida roʻyxatga olingan havo kemalarining xavfsizligini Tomonlar davlatlari ishtirok etgan fuqaro aviatsiyasiga taalluqli xalqaro konvensiyalarning qoidalariga muvofiq taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Tomonlar tashuvni amalga oshirishni oʻzaro kelishgan holda qimmatbaho va maxsus yuklarni tashishda xavfsizlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin boʻlgan harbiy aslahalar va ikki yoqlama maqsaddagi tovarlarni eksport qilishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) terrorchilik harakatlarining oldini olish, aniqlash, bartaraf qilish va tergov olib borish, shuningdek ularga daxldor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha oʻzaro kelishilgan choralarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim qoidalariga muvofiq Tomonlar xalqaro terrorizmga qarshi kurashda quyidagi shakllarda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) terrorchilik harakatlariga taalluqli jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va tergovni olib borishga koʻmak boʻla oladigan axborot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxslarni, tashkilotlarni, muassasalarni va firmalar faoliyatini tekshirish orqali terrorchilik harakatlarni aniqlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) terrorchilik tashkilotlari, guruhlar hamda shaxslarning faoliyatini nazorat qilish va bartaraf etishga qaratilgan oʻzaro kelishilgan choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zarur hollarda aksilterror operatsiyalarni oʻtkazishda texnik koʻmak koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xalqaro terrorizmni bartaraf etish masalalari boʻyicha qonunlar va sud qarorlariga oid axborot va hujjatlarni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) maxsus moslamalar va aloqa vositalaridan foydalanish orqali xalqaro terrorizmni bartaraf etish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy vakolatli organlar oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi masalalar boʻyicha axborot almashadilar, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan harakatlarni rejalashtirish va sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Bitimning 2-moddasida qayd etilgan Tomonlar davlatlarining davlat rahbarlari, hukumat rahbarlari, elchixonalar, konsullik muassasalari, shuningdek, ularning davlatlariga tashrif buyurayotgan shaxslarga nisbatan harakatlarni rejalashtirish va sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan harakatlarni rejalashtirishda va sodir etishda ishtirok etayotgan tashkilotlar, guruhlar va shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan harakatlarni sodir etish uchun kuchli taʼsir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, oʻqotar qurollar, portlatish uskunalari, qurollar, oʻq-dori, kimyoviy va biologik qurollarni noqonuniy tayyorlash, sotib olish, saqlash, yetkazib berish va foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan harakatlarni sodir etish shakli, usuli va vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) markaziy vakolatli organlar oʻzaro kelishib olishi mumkin boʻlgan boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrovnoma va uni bajarish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik bir markaziy vakolatli organning boshqa markaziy vakolatli organga yuborgan koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma soʻrayotgan markaziy vakolatli organ tegishli tartibda vakolat berilgan shaxsi tomonidan imzolanadi va rasmiy gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Soʻrovnoma soʻrayotgan markaziy vakolatli organ tomonidan soʻralayotgan markaziy vakolatli organga toʻgʻridan toʻgʻriyuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma yozma ravishda yuboriladi va qayd etilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma qayd etilgan muddatlarda bajarish imkoniyati yoʻq boʻlganda, soʻrayotgan markaziy vakolatli organ buning sabablari va soʻrovnomani bajarishga soʻralayotgan muddatlar toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinadi. Soʻrovnomaning mazmuni va mohiyati noaniq boʻlgan taqdirda soʻralayotgan markaziy vakolatli organ aniqlik kiritishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnomada inter-alia quyidagi axborot boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrovnomani imzolagan mansabdor shaxsning nomi va maqomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrovnoma mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ishga aloqador shaxslarning ismi va familiyasi, fuqaroligi, tugʻilgan sanasi va joyi hamda turar joyi, tashkilotning yuridik nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) soʻrayotgan markaziy vakolatli organ davlatining milliy qonunlariga muvofiq harakat yoki ishning tafsilotlari, jinoyatning huquqiy tavsifi va qoʻllaniladigan qonun matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) soʻrovnomaning maqsadi va sabablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) javob olish zarur boʻlgan muhim savollar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soʻrovnomani bajarish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) soʻrovnomani bajarishda foydali boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrayotgan markaziy vakolatli organ soʻralayotgan yordamni tez bajarish uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Agar soʻrovnomani bajarish markaziy vakolatli organning vakolatiga taalluqli boʻlmasa, ushbu organ soʻrovnomani tegishli organga taqdim qiladi va soʻrayotgan markaziy vakolatli organni bu haqda xabardor qiladi. Soʻralayotgan markaziy vakolatli organ soʻrovnomani bajarish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumot va muddatlarni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovnomani bajarishda soʻralayotgan markaziy vakolatli organ davlatining qonunlari qoʻllaniladi. Agar soʻrovnomaning bajarilishi soʻralayotgan markaziy vakolatli organning davlatida amalga oshirilayotgan tergovga xalal bersa, uning bajarilishi keyinga qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy vakolatli organlar oʻz vakolatlari doirasida bir-birlariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma bajarilishini rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma quyidagi hollarda qisman yoki butunlay rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar soʻrovnomani bajarish soʻralayotgan markaziy vakolatli organ davlatining suvereniteti, milliy xavfsizligi va boshqa manfaatlariga zarar yetkazishi yoki mamlakatning qonunlari yoxud xalqaro majburiyatlariga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnomada qayd etilgan holat va harakatlar soʻralayotgan markaziy vakolatli organ davlatining milliy qonunlariga muvofiq jinoyat deb hisoblanmasa. Agar koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma rad etilsa, soʻralayotgan markaziy vakolatli organ soʻrayotgan markaziy vakolatli organni rad etishning sabablari xususida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Axborotdan foydalanish va uning maxfiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitim doirasida bir-biridan olgan axborotning maxfiyligini taʼminlaydilar, agar Tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan boʻlsalar. Bir Tomon bunday axborotni uchinchi tomonga bunday axborotni bergan boshqa Tomonning yozma roziligisiz taqdim etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasida almashilgan axborotdan faqat koʻrsatilgan maqsadlarda foydalaniladi va vakolatli organlarga taqdim etiladi. Tomonlar bunday axborotdan oʻzga shaxslarning foydalanmasligi, ruxsatsiz oʻzgartirilishi, uning yoʻq qilinishi va oshkor etilishiga qarshi himoyani taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Hamkorlik tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik ingliz tilida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar oʻzgacha kelishib olinmagan boʻlsa, har bir Tomon ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar xalqaro terrorizmga qarshi kurashda zarurat yuzaga kelganda bir-birlariga zarur vositalar, uskuna va lozim boʻlgan materiallarni ushbu Bitim doirasida bepul taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Boshqa ahdlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy vakolatli organlar ushbu Bitimni bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa ahdlashuvlarni tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Maslahatlashuvlar va muzokaralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida markaziy vakolatli organlarning vakillari amaliy uchrashuvlar, maslahatlashuvlar va muzokaralarni oʻzaro kelishgan holda oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Boshqa xalqaro bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan barcha nizolar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga qoʻshimcha bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar istalgan vaqtda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Bitimning kuchga kirishi, amal qilishi va amal qilishining toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashingan kundan kuchga kiradi. U bekor qilinmagunga qadar nomuayyan muddat amal qiladi. Har bir Tomon istalgan vaqtda olti oy ilgari ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish istagi toʻgʻrisida xabarnomani boshqa Tomonga yuborish orqali amal qilishini toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Tomonlar oʻzgacha ahdlashib olmagan boʻlsalar, ushbu Bitim amal qilishining toʻxtatilgan kuni bajarilmagan yoki amalga oshirilmay qolgan ushbu Bitim qoidalariga muvofiq boshlangan harakatlar va yuborilgan soʻrovnomaga nisbatan ushbu Bitim qoidalarining amal qilishi davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim kuchga kirishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida 1996-yil 19-oktabrda imzolangan Bitim amal qilishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2005-yil 6-martda ikki asl nusxada oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda ikkala matn bir xilda autentikdir. Matnda yoki talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2006-y., 1-2-son)