OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
SERTIFIKATLAShTIRISh QOIDALARI BUZILGANLIGI VA ISTEʼMOLChILARGA ZARAR YETKAZILGANLIGI UChUN JARIMALAR UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 1-mayda 111-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 235-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi Bosh direktorining 1994-yil 27-oktabrdagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan Sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi va isteʼmolchilarga zarar yetkazilganligi uchun jarimalar undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi (1994-yil 10-noyabr, roʻyxat raqami 111) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-aprel,
157-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 153-modda)