1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy Qonuni)ga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining, Qoraqalpogʻiston ASSR davlat budjetining hamda mahalliy budjetlarning soliqlar tarzidagi daromadlar manbalarini belgilab beradi, bu soliqlarni joriy etishdan koʻzlangan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini taʼminlashdan, huquqiy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishni va atrof muhitni muhofaza etishni ragʻbatlantirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari, soliqlarni toʻlash tartibi, soliq solish yuzasidan beriladigan imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar toʻlash munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilanadi. Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning faoliyatini soliq yoʻli bilan tartibga solish quyidagi umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— manbalaridan qatʼi nazar, barcha daromadlardan soliq toʻlanishi majburiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— barcha hududiy-maʼmuriy pogʻonalar uchun yagona boʻlgan umumdavlat soliq siyosatini mahalliy hokimiyat idoralarining umumdavlat soliq siyosati doirasida soliqlarga oid qonun chiqarish faoliyatidagi mustaqilligi bilan uygʻun holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻz faoliyati bilan eng muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga koʻmaklashayotgan samarali ishlovchi korxonalarga imtiyoz berish, shuningdek xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllarini ragʻbatlantirish sistemasi orqali soliq mezonlarining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— deklaratsiyalar hamda tanlab oʻtkaziladigan tekshirish va taftishlar uyushtirish asosida barcha subyektlarning soliq toʻlovlari yuzasidan olgan majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat qilish, qonunlarni buzuvchilarga nisbatan iqtisodiy choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunga binoan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati va daromad keltiruvchi boshqa faoliyat bilan shugʻullanuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar quyidagi soliqlarni toʻlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— foydadan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oborot soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mahsulot sotish soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— eksport-import soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jumhuriyat tashqarisiga olib chiqib ketiladigan xomashyo resurslariga solinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— kolxozchilarning mehnat haqi fondidan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— isteʼmolga ishlatiladigan mablagʻning koʻpaygan qismidan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— daromad soligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq summalari va boshqa hamma turdagi toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. Soliq summalarini jumhuriyat va Ittifoq budjetlari oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi va SSR Ittifoqi Oliy Kengashlari oʻrtasidagi yoki boshqa vakolatli idoralar oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi Oʻzbekiston qonun hujjatlariga binoan oʻz hududida korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq va soliq siyosatining umumiy yoʻnalishiga asoslangan holda oʻz hududlarida olinadigan mahalliy soliqlarni belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqning aniq turini belgilangan hokimiyat idorasi yoki u vakil qilgan boshqa idora:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq toʻlovchini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq solinadigan obyektni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq stavkalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq solish boʻyicha imtiyozlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliqning amal qilish muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. FOYDADAN OLINADIGAN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Foydadan olinadigan soliqni quyidagilar toʻlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, mustaqil balansga ega boʻlib, huquqiy shaxs hisoblangan, xoʻjalik hisobi prinsiplarida ishlab chiqarish,tijorat va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar,birlashmalar va tashkilotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilib, xoʻjalik faoliyati yuritayotgan qoʻshma korxonalar, xalqaro birlashmalar hamda sovet huquqiy shaxslari va fuqarolari ishtirokida boshqa davlatlarning hududida tashkil etilgan qoʻshma korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xoʻjalik hisobida boʻlmagan, lekin xoʻjalik faoliyatidan va boshqa tijorat faoliyatidan daromad oladigan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xoʻjalik va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro nohukumat tashkilotlar (birlashmalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan foydadan soliq toʻlovchilar bundan buyon “korxonalar” deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi, Grajdan aviatsiyasi Oʻzbekiston boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining asosiy faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar markazlashtirilgan tartibda amalga oshirilib, keyinchalik toʻlovlar jumhuriyat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarni qazib olish, qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korxonalarning budjet bilan hisob-kitob qilish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ajnabiy huquqiy shaxslar oladigan foydaga soliq solish tartibi va miqdorlari ushbu Qonunning II bobida belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahsulotlarni sotishdan (ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan), boshqa moddiy boyliklardan tushgan foyda summasi va sotish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalardan keladigan daromadlarning ana shu operatsiyalarga ketgan xarajatlar hajmiga kamaytirilgan miqdoridan iborat balans foydasiga asoslanib hisoblab chiqariladigan foyda soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahsulotni sotishdan (ishlarni bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan) olinadigan foyda mahsulotni (ishlar, xizmatlarni) oborot soligʻisiz amaldagi narxlarda sotishdan keladigan tushum hamda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan, mahsulotning (ishlar, xizmatlarning) tannarxiga qoʻshiladigan xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida belgilanadi. Sotish bilan bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar (qilinadigan xarajatlar) tarkibiga quyidagilar kiritiladi: qoʻshma korxonalarda ulush qoʻshib ishtirok etishdan olinadigan daromadlar, mol-mulki ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, korxonaga qarashli boʻlgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlar, shuningdek mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan ishlardan olinadigan boshqa daromadlar (qilinadigan xarajatlar), shu jumladan iqtisodiy jazo choralari hamda zararning oʻrnini qoplash tarzida olingan va choralari hamda zararning oʻrnini qoplash tarzida olingan va toʻlangan summalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona ixtiyorida qoladigan foydadan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq belgilangan jazo choralari tarzida budjetiga kiritilgan toʻlovlar soliq solish chogʻida sotish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga qilingan xarajatlar tarkibidan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarish uchun yalpi foyda korxona asosiy faoliyatida mashgʻul boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlashga qilingan, sotilgan mahsulotning (ishlar, xizmatlarning) tannarxi tarkibiga kiradigan xarajatlarning ushbu Qonunning 3-moddasida koʻzda tutilgan tartibda normalashtirilgan miqdoridan ortgan (kamaygan) summasiga koʻpaytiriladi (kamaytiriladi). Soliq solinadigan foydani hisoblab chiqish chogʻida xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro nohukumat tashkilotlari (birlashmalari) xalqaro birlashmalar, ajnabiy huquqiy shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet va ajnabiy huquqiy shaxslari hamda fuqarolari ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar va ularning filiallari boʻyicha (agar ajnabiy ishtirokchining ustav jamgʻarmasidagi ulushi kamida 30 foiz boʻlsa), yuqorida koʻrsatib oʻtilgan yalpi foyda koʻpaytirilmaydi (kamaytirilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Balans foydasi renta toʻlovlari (belgilangan tartibda foydadan toʻlanadigan) hajmi miqdoriga, korxonaga qarashli aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha olingan dividendlar hajmi miqdoriga, qoʻshma korxonalarda ulush qoʻshib ishtirok etishdan olingan daromad hajmi miqdoriga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat bankining, ixtisoslashtirilgan banklarning, tijorat banklarning, shu jumladan kooperativ banklarning, sugʻurta tashkilotlarning, ajnabiy huquqiy shaxslarning, sovet va ajnabiy huquqiy shaxslari hamda fuqarolari ishtirokida tuzilgan qoʻshma korxonalarning balans foydasini ana shu korxonalarning rezerv yoki shunga oʻxshash yoʻnalishdagi jamgʻarmalarga ajratmalari hajmiga qisqartirilgan, biroq bu qisqartirish ustav fondining 20 foizidan va bu jamgʻarmalarning miqdoriga yetguniga qadar 25 foizdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Budjet tashkilotlaridan tashqari, xoʻjalik hisobida boʻlmagan va xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatidan daromadlar oladigan tashkilotlardan soliq ana shu faoliyatdan olinadigan daromadlarning xarajatlardan ortiq qismidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxonaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek jumhuriyatdan tashqarida olgan foydasiga ham (daromadlarning xarajatlardan ortgan qismiga) ushbu bobda koʻzda tutilgan tartibda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) ga qilinadigan hamda mahsulot tannarxiga qoʻshiladigan xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Foydani aniqlash chogʻida mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻla tiklashga qilingan amortizatsiya ajratmalari (jadallashtirilgan amortizatsiya), mehnatga haq toʻlashga sugʻurtasiga ajratmalar, majburiy tibbiy sugʻurtaga ajratmalar, mol-mulkni majburiy sugʻurta qilish toʻlovlari, yer soligʻi, (muddati oʻtib ketgan va uzaytirilgan ssudalar, oʻz oborot mablagʻining kamomadini toʻldirish uchun olingan ssudalar boʻyicha foizidan tashqari), shuningdek mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qilinadigan boshqa chiqimlar, shu jumladan asosiy ishlab chiqarish vositalarini taʼmirlashning barcha turlari boʻyicha qilinadigan xarajatlar kiritiladi. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq taʼmirlash jamgʻarmasini tashkil etgan chogʻda xarajatlar tarkibiga ana shu jamgʻarmalarga qilingan ajratmalar ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moddiy xarajatlar jumlasiga xomashyo va asosiy materiallarga qilinadigan xarajatlar (qaytarib topshiriladigan chiqindilar qiymati chegirib tashlanganidan tashqari), sotib olinadigan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, yordamchi materiallarga, yoqilgʻi, energiyaga qilinadigan xarajatlar, tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar (foydali qazilmalarni izlovchi geologiya-tekshiruv va geologiya-qidiruv ishlariga qilingan xarajatlari, kesib olishga beriladigan daraxtlar uchun olinadigan haq, shuningdek sanoat korxonalari suv xoʻjaligi tarmoqlaridan belgilab qoʻyilgan limitlar doirasida oladigan suv haqi), suv berish xarajatlari, oʻzga korxonalar, tashkilotlar bajargan ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar va xizmatlar haqini toʻlash uchun qilingan xarajatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Asosiy ishlab chiqarish vositalarini butunlay tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari, shu jumladan ularning faol qismini jadal amortizatsiyalash uchun ajratmalar amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet va ajnabiy shaxslari hamda fuqarolari ishtirokida yaratilgan qoʻshma korxonalar butunlay tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini sovet korxonalari uchun belgilab qoʻyilgan doira va tartiblar boʻyicha amalga oshiradilar, agar qoʻshma korxonaning taʼsis hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnatga haq toʻlashga qilingan xarajatlar tarkibiga korxonalar qoʻllanilayotgan mehnatga haq toʻlashning shartlaridan hisoblab chiqarilgan ish haqi toʻlovchilari kiritiladi, sovxozlar, jamoa xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari esa belgilangan tartibda bir yillik ish yakunlari boʻyicha aniqlanadigan toʻlovlar ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning asosiy faoliyatida band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash uchun norma tarzidagi xarajatlarning (soliq solinadigan foydani hisoblab chiqish uchun qabul qilinadigan) miqdorini aniqlash tartibi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana narxlar oshirilishi munosabati bilan korxonalar tomonidan oʻz xodimlariga beriladigan kompensatsiya toʻlovlari mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qoʻshiladi”;
(3-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni asosida uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga pul va natura shaklidagi quyidagi toʻlovlar kiritilmaydi: moddiy yordam, bir yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlar, xodimlarga, shu jumladan bola tarbiyalayotgan ayollarga mehnat jamoasining qaroriga muvofiq qoʻshimcha (qonunda belgilanganidan koʻproq) beriladigan otpuskalar uchun toʻlanadigan haq, pensiyalarga ustama haqlar, pensiyaga chiqayotgan mehnat veteranlariga bir yoʻla beriladigan nafaqalar, mehnat jamoasining aksiyalari va mehnat jamoasi aʼzolarining korxona mulkiga qoʻshgan ulushlari boʻyicha toʻlanadigan daromadlar (dividendlar, foydalar), shuningdek korxona ixtiyorida qoladigan foyda va maxsus manbalar hisobidan beriladigan boshqa toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq mahalliy avtomobil yoʻllari solish, ularni taʼmirlash va saqlashga korxonalar ajratadigan mablagʻlar ham tannarxga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq xoʻjaligining ayrim tarmoqlarida mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qoʻshiladigan xarajatlarning oʻziga xos tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti koʻzda tutadigan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Foydadan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi joriy etadigan tartibda alohida tarmoqlar boʻyicha belgilanadigan rentabellik darajasi miqyosida 35 foiz miqdorida soliq olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mehnat resurslari uchun haq olinmaydi.
(4-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlariga oʻtkaziladigan soliq miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jumhuriyat budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda mahalliy budjetlariga oʻtkaziladigan foydadan olinadigan soliqlar miqdori, shuningdek tabiat resurslari uchun toʻlovlarning umumiy hajmi (yer soligʻidan, 3-moddaning 1 va 2-bandlariga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qoʻshiladigan toʻlovlar hajmidan tashqari) ayrim tarmoqlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi belgilaydigan tartibda aniqlangan rentabellik darajasi miqyosidagi soliq olinadigan foydaning 45 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Rentabellik belgilangan darajada oshib ketgan hollarda ana shu oshib ketgan darajaga muvofiq keladigan foydadan quyidagi stavkalar boʻyicha soliq olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yuqori darajadan 10 bandgacha va 10 band miqdorda oshib ketgan hollarda — 80 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yuqori darajadan 10 banddan ortiq miqdorda oshib ketgan hollarda — 90 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ana shu stavkalar boʻyicha hisoblangan soliq yigʻindisi Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan miqdorda va tartibda jumhuriyat budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun soliq miqdorlari va soliqni budjetga oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun foydadan toʻlanadigan soliqning quyidagi stavkalari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) foydaning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki uchun rezerv sistemasi vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan qismi boʻyicha, ixtisoslashtirilgan banklar, tijorat banklari, ularning shuʼbalari, vakolatxonalari, shu jumladan kooperativ banklari uchun, sugʻurta tashkilotlari uchun — 55 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sovxozlar, jamoa xoʻjaliklari hamda ijaraga olingan qishloq xoʻjalik korxonalari uchun, shuningdek qurilish tashkilotlari uchun (agar ular bajarayotgan qurilish-montaj ishlari umumiy hajmining 50 va undan ortiq foizi jamoa xoʻjalik va sovxozlar uchun bajarilayotgan boʻlsa, mablagʻ bilan taʼminlash manbaidan qatʼi nazar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabellik 5 foizdan 30 foizgacha boʻlsa — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydaning rentabellik darajasi 30 foizdan oshib ketgan qismiga toʻgʻri keladigan summasidan — 50 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaliklari, sovxozlar va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishning boshqa korxonalari rentabellik 5 foizdan kam boʻlgan taqdirda soliq toʻlashdan ozod qilinadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sovet hamda ajnabiy yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash (uzum hamda meva va rezavor meva vinolari, oʻtkir ichimliklar bunga kirmaydi); xalq isteʼmoli mollari va binokorlik mahsulotlari ishlab chiqarish; ikkilamchi xomashyo va uy-roʻzgʻor chiqitlarini toʻplash hamda ishlash bilan; yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanuvchi korxonalar, uchun — 15 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tibbiyotda foydalaniladigan asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoatida foydalaniladigan mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun — 20 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hisoblash texnikasi va aloqa vositalari ishlab chiqarish va komplektlash; kommunal va sotsial-maishiy yoʻnalishdagi obyektlar qurilishi va taʼmirlash; murakkab maishiy va hisoblash texnikasi ishlab chiqarish, ularni tuzatish hamda ularga servis xizmati koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun — 25 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— sayyohlik ishlari va mehmonxona xizmati koʻrsatish; bank va sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun — 30 foiz;
(5-modda 1-bandi “v” kichik bandining oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida uqtirib oʻtilgan soliq stavkalari ajnabiy qatnashchisining ustav fondidagi ulushi kamida 30 foizni va ishlab chiqarayotgan mahsulotining (bajarayotgan ishining, koʻrsatayotgan xizmatining) 50 foizidan koʻpi Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinayotgan qoʻshma korxonalar uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa qoʻshma korxonalar 35 foiz stavka boʻyicha daromad soligʻi toʻlaydilar.
(5-modda 1-bandi “v” kichik bandining sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovet va ajnabiy yuridik shaxslari hamda fuqarolari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida barpo etilgan qoʻshma korxonalar, boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlar va mamlakatlar hududida joylashgan bu korxonalarning shuʼbalari bir necha faoliyat bilan shugʻullanayotgan (koʻptarmoqli) boʻlsa, ular asosan qaysi faoliyat turi bilan shugʻullansalar shu faoliyat turi uchun belgilangan stavkalar (mahsuloti, ishi va xizmatini realizatsiya qilishdan olgan tushum) boʻyicha soliq toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma korxona tugatilgan taqdirda unga qarashli rezerv fondining foydalanilmagan summasiga ana shu korxona uchun belgilangan stavka boʻyicha soliq solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) binokorlik materiallari sanoati, qurilish industriyasi va qurilish tashkilotlari (montaj va ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlaridan tashqari) uchun — 35 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) matlubot jamiyatlari, ularning uyushmalari, matlubot kooperatsiyasining korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari uchun — 35 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, partiya, komsomol va boshqa tashkilotlar), ularning korxonalari, birlashmalari, xalqaro nohukumat tashkilotlari, shuningdek diniy tashkilotlarning korxonalari uchun — 35 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash (kasaba uyushmalari tashkilotlariga qarashli sanatoriylar va profilaktoriylar ham shunga kiradi), madaniyat, fan, fizkultura va sport hamda televideniye va radioeshittirish davlat sistemasining xoʻjalik tashkilotlari uchun, shuningdek diniy tashkilotlar uchun — 25 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ishlab chiqarish kooperativlari (shirkatlari) va kichik korxonalar (qonunga muvofiq ana shunday korxonalar jumlasiga kiritilgan korxonalar), ularning ittifoqlari va birlashmalari uchun, agar ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qishloq xoʻjalik mahsulotini tayyorlash va qayta ishlash bilan (uzum, meva-rezavor vinolari, oʻtkir ichimliklardan tashqari); ikkilamchi xomashyoni va roʻzgʻor chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash bilan; aholiga xizmatlar koʻrsatish bilan; xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish bilan; tibbiyot asbob-uskunalari, qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashina va uskunalar (shuningdek ularga komplekslovchi boʻlaklar) ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan boʻlsa — 25 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— binokorlik materiallari ishlab chiqarish; taʼmirlash-qurilish, shuningdek qurilish ishlari bilan shugʻullanayotgan boʻlsa — 35 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tabiatni muhofaza qilish texnikasini ishlab chiqarish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish bilan shugʻullanayotgan boʻlsa —30 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hisoblash texnikasi va aloqa vositalarini ishlab chiqarish va komplektlash bilan, murakkab maishiy va hisoblash texnikasini, sanoat uskunalarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va ularga servis xizmati koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan boʻlsa — 35 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— faoliyatning boshqa turlari bilan shugʻullanayotgan ishlab chiqarish kooperativlari (shirkatlari) va kichik korxonalar, ularning ittifoqlari va birlashmalari 35 foiz miqdorida foydadan soliq toʻlaydilar.
(5-modda 1-bandining “z” kichik bandining oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar savdo va savdo-xarid kooperativlari (shirkatlari), kichik korxonalar bajarayotgan ishlarning va koʻrsatayotgan xizmatlarning 30 foizdan koʻprogʻi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida realizatsiya qilingan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari qarorlariga muvofiq ular uchun foydadan olinadigan soliq stavkasi 60 foizgacha oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha faoliyat turini amalga oshirayotgan (koʻp tarmoqli) kooperativlar (shirkatlar) va kichik korxonalar, ular asosan qaysi faoliyat turi bilan shugʻullansalar shu faoliyat turi uchun belgilangan stavkalar boʻyicha (mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan tushgan pulga qarab) foydadan soliq toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyatini xususiy mulkchilik negizida amalga oshiradigan korxonalarning daromadlari ular egalarining shaxsiy daromadlari deb hisoblanadi va bu daromadlarga “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq soliq solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga transport xizmati koʻrsatadigan kooperativlar hamda boshqa korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (ixtisoslashtirilgan davlat avtotransport korxonalaridan tashkilotlarda ishlayotgan har bir kishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitalari tomonidan yakka tartibda aholiga transport xizmati koʻrsatadigan shaxslar uchun tasdiqlangan patent haqiga teng miqdorda soliq toʻlaydilar.
(5-modda 1-bandi “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni asosida toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Kommunal mulkka qarashli boʻlib, mahalliy xoʻjalik tarkibiga kiradigan korxonalar uchun soliq miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va xalq deputatlari mahalliy Sovetlari tomonidan belgilanadi, biroq uning miqdori 35 foizdan koʻp boʻlmasligi kerak”;
(5-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni asosida “i” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda 1-bandi “a”, “v”, “g”, “e” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilardan olinadigan soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan normativ boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda 1-bandining “b”, “d”, “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilardan olinadigan soliq summasi mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish kooperativlari (shirkatlari), kichik korxonalar, ularning ittifoqlari, birlashmalari toʻlaydigan soliq summasi ular roʻyxatga olingan nohiya yoki shahar budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1-bandida sanab oʻtilgan korxonalar boʻyicha soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi aniqlaydigan tartibda ayrim tarmoqlar uchun belgilanadigan rentabellik darajasining yoʻl qoʻyiladigan doirasida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rentabellik yoʻl qoʻyiladigan darajadan yuqori boʻlgan taqdirda ana shu yuqori miqdorga tegishli foydaga mazkur Qonun 3-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Soliq boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qonunning 2-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan foydaga solinadigan soliq quyidagicha qisqartiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korxona oʻz ixtiyorida qolgan foyda hisobidan amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish, yangi ilgʻor texnologiyalar va mahsulot turlarini (erkin konversiya qilinadigan valyuta eksportga yetkazib beriladigan mashinasozlik mahsulotlari ham shunga kiradi) tayyorlash hamda oʻzlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash uchun ketgan (kapital mablagʻlardan tashqari) xarajatlarning 30 foizi miqdoridagi summaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan foyda hisobiga qoplanmaydigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlarni (kredit shartnomasida koʻzda tutilgan muddatlarga) pul bilan taʼminlash uchun berilgan kreditni qoplashga sarflanadigan foyda summasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu imtiyoz aloqa sohasi korxonalari boʻyicha ham ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish uchun kapital mablagʻ solishni pul bilan taʼminlash yuzasidan 1990-yil 1-avgustgacha rasmiylashtirilgan kredit bitimlariga nisbatan, yengil sanoat, savdo korxonalari va oʻz oborot mablagʻlari normativining oʻsishini taʼminlashga nisbatan kredit bitimlarida koʻzda tutilgan muddatga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) korxona ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza etish tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 30 foizi miqdoridagi summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish va aholiga pulli xizmat koʻrsatish asosiy (ixtisoslashgan) faoliyat boʻlmasa, koʻrsatishdan tushgan korxona foydasi oʻsishining 20 foizi miqdoridagi summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan aloqa xizmatining yangi turlarini joriy etishdan hosil boʻladigan foyda summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) korxonalarning balanslaridagi sogʻliqni saqlash va dam olish obyektlarini, qariyalar va nogironlar uylarini, madaniyat va sport obyektlarini saqlab turish uchun xalq deputatlari mahalliy Sovetlari tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar normativlariga muvofiq oʻz ixtiyorlarida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiradigan xarajatlari summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xayriya, ekologiya, madaniyat va sogʻlomlashtirish jamgʻarmalari, uyushmalari va tashkilotlariga; koʻngilli fizkultura va sport jamiyatlariga; Qizil Krest va Qizil Yarimoy uyushmasiga va jamiyatlariga oʻtkazilgan foyda summasiga, biroq mazkur Qonunning 2-moddasiga muvofiq belgilanadigan soliq solinuvchi foydaning 5 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot, fizkultura va sport korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga, mahallalardagi jamoatchilik qoʻmitalariga oʻtkazilgan foyda summasiga, biroq bu mazkur Qonunning 2-moddasiga muvofiq belgilanadigan soliq solinuvchi foydaning 5 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) korxonalar (qishloq xoʻjalik korxonalari va matlubot kooperatsiyalaridan tashqari) foyda hisobidan fundamental tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy muassasalarga, shuningdek qishloq joylarda obyektlar qurish va ular uchun asbob-uskunalar sotib olishda qishloq xoʻjalik korxonalariga yordam koʻrsatishga sarflayotgan xarajatlar summasiga, biroq bu mazkur Qonunning 2-moddasiga muvofiq belgilanadigan soliq solinuvchi foydaning (ushbu modda 1-bandining “d” kichik bandida koʻzda tutilgan summa bunga kirmaydi) 1 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qarilik va nogironlik pensiyasi olayotganlarning mehnati qoʻllanilayotgan korxonalar foydasining 30 foizi miqdoridagi summasiga, basharti, ular asosiy ishlab chiqarishda ishlovchilar umumiy sonining kamida 50 foizini tashkil etsa yoki qariligi boʻyicha pensionerlar va nogironlar asosiy ishlab chiqarishda ishlovchilar umumiy sonining 30 foizidan 50 foizgachasini tashkil etsa, korxona foydasining 20 foizi miqdoridagi summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) mahalliy ahamiyatga molik va bolalarga moʻljallangan nashrlar, darsliklar, kam nusxali (2000 ta nusxagacha), ilmiy adabiyot va texnik adabiyot chiqarish, kam sonli xalqlar tilida adabiyotlar chiqarishdan hamda sensor nuqsoniga ega shaxslar uchun nashrlar chiqarishdan tushgan foydaning 50 foizi miqdoridagi summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash hisobiga davlat buyurtmalari boʻyicha ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan tushgan ilmiy-tadqiqot muassasalari foydasi summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) ijtimoiy jihatdan past narxlariga tovar ishlab chiqarish va ularni sotishdan olingan foyda summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolar mudofaasi tashkilotining avariyalar, falokatlar va tabiiy ofatlar yuz berganida qutqarish ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan avariya-qutqaruv boʻlinmalarini tayyorlash, ularning moddiy-texnika bazalarini jihozlash uchun yoʻnaltiriladigan foydaning 30 foizi miqdoridagi summasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar soliq toʻlashdan ozod qilinadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korxonalar va ularning yordamchi pudratchilari tarix va madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishdan olgan foyda boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻquvchilarning korxonalari va oʻquvchilarning kooperativlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqaruvchi, nogironlarga yasama aʼzolar tayyorlab beruvchi korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining rezerv sistemasi vazifalarini bajarishi natijasida hosil boʻladigan jamlovchi foydasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishga yangi tushirilgan korxonalar, mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, ishga tushirilgan birinchi yili belgilangan soliq stavkasining 25 foizini, ikkinchi yili 50 foizini toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Matlubot kooperatsiyasi boʻyicha quyidagilar soliq toʻlashdan ozod qilinadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yangi tashkil etilgan boʻlib, mahalliy xomashyodan va chiqindilardan (shu jumladan xarid narxlari boʻyicha tayyorlangan qishloq xoʻjalik xomashyosidan) xalq isteʼmoli mollari (vino, aroq mahsulotlari, tamaki, tamaki mahsulotlari, tarkibida spirt boʻlgan pardoz-andoz buyumlaridan tashqari) ishlab chiqaradigan korxonalar (sexlar) ning foydasi, agar mollarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan sifatli materiallarning qiymati xomashyo va materiallar umumiy qiymatining 25 foizidan oshmasa, ana shu korxonalar (sexlar) ishga tushirilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korxonalarning qishloq joylarda, shahar posyolkalarida va nohiya markazlarida oʻz moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga sarflanadigan foydasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻzi ovlangan baliqni sotishdan olingan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kolxoz bozorlarining oʻz moddiy-texnika bazasini qurish va kengaytirishga, oʻziga qarashli mehmonxona xoʻjaligini rivojlantirishga, obodonchilikka hamda kolxoz bozorlarini ishlatish uchun qilinadigan xarajatlarni qoplashga sarflangan foydasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamoat tashkilotlari boʻyicha quyidagilar soliq toʻlashdan ozod qilinadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nogironlarning jamoat tashkilotlari, ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Orol” jamgʻarmasi, V.I. Lenin nomidagi Sovet madaniyat jamgʻarmasi, Sovet mehr-muruvvat va salomatlik jamgʻarmasi, L.I.Vigtskiy nomidagi rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarga yordam jamgʻarmasi, Butunittifoq “Nogironlarning salomatligini tiklash” uyushmasining boʻlimlari, Ulugʻbek, Navoiy, Oybek, Qodiriy nomidagi jamgʻarmalar, Xalq diplomatiyasi jamgʻarmasining bosh vakolatxonasi, Oʻzbekiston madaniyat uyushmasi, ana shu jamgʻarmalar va uyushmalarning boʻlinmalari, shuningdek ularning korxonalari va tashkilotlari ana shu jamgʻarmalar va uyushmalarga, ularning ustavda belgilab qoʻyilgan faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan foydalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sogʻliqni saqlash obyektlari qurish boʻyicha “VIDIM” aksiyali konserni, Qizil Krest Yarimoy jamiyatlari, shuningdek ularning korxonalari va tashkilotlari uyushmaga va jamiyatga ularning ustavda belgilab qoʻyilgan faoliyatini amalga oshirishlari uchun ajratadigan foydasi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ijodiy uyushmalarning xoʻjalik hisobidagi korxonalari oladigan, mazkur uyushmalarga ularning ustavda belgilab qoʻyilgan faoliyatini amalga oshirishi uchun beradigan foydasi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) butunittifoq ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati, shuningdek uning tashkilotlari jamiyatga uning ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan foydasi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari oliy oʻquv yurtlari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, oʻrta va hunar-texnika bilim yurtlari qoshida tashkil etgan korxonalarning talabalar va oʻquvchilar ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga sarflaydigan foydasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet hamda ajnabiy huquqiy shaxslari va fuqarolari ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar va ularning filiallari boʻyicha, agar ajnabiy ishtirokchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻshma korxonalar roʻyxatga olingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida foydadan soliq toʻlashdan ozod qilinadilar, foydali qazilmalarni qazib olish va baliq ovlash bilan shugʻullanuvchi korxonalar bundan mustasnodir. Qoʻshma korxona uch yillik muddat tamom boʻlgunga qadar tugatilgan taqdirda soliq summasi uning faoliyatining butun davri uchun toʻla miqdorda hisoblab chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliq solinadigan foyda ishlab chiqarishni rivojlantirishga, uzoq muddatli bank kreditlari boʻyicha foizlar toʻlashga (muddati oʻtgan va muddati uzaytirilgan kreditlar boʻyicha toʻlanadigan foizlardan tashqari), shuningdek ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazishga sarflangan foyda summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamoa xoʻjaliklaridan tashqari ishlab chiqarish kooperativlari (shirkatlari), shuningdek kichik korxonalar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soliq solinadigan foyda uzoq muddatli bank kreditlari boʻyicha foizlar toʻlashga (muddati oʻtgan va muddati uzaytirilgan kreditlar boʻyicha foizlardan tashqari), shuningdek ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga sarflangan foyda summasini kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) urush va mehnat veteranlari kengashlari qoshida tashkil etilgan hamda ishlovchilarining kamida 50 foizi pensiya yoshiga yetgan kishilar (pensionerlar) boʻlgan urush, mehnat va SSSR Qurolli Kuchlari veteranlarining kooperativlari (kooperativlarning uyushmalari) va kichik korxonalari soliq toʻlashdan batamom ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperativlar (shirkatlar) va kichik korxonalar (tomoshaxonalar, vositachi va savdo-xarid korxonalaridan tashqari) tashkil etilgan (roʻyxatga olingan) idan keyingi birinchi yili tegishli faoliyat turi uchun tasdiqlangan soliq stavkasining 25 foizi, ikkinchi yili esa 50 foizi miqdorida foydadan soliq toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch yillik muddat tugamay kooperativning (shirkatning) va kichik korxonaning faoliyati toʻxtatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun ana shu (korxonalar) uchun belgilangan miqdorda toʻlaligicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlarining qarori bilan ishlab chiqarish kooperativlari (shirkatlari) va kichik korxonalarning turlariga, ularning aholi ehtiyojlarini qondirishga qoʻshayotgan ulushiga, moddiy-texnika taʼminoti va mahsulotni realizatsiya qilish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) sharoitlariga hamda bu korxonalarda qoʻllanayotgan narx belgilash tartibiga qarab qoʻshimcha imtiyozlar ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxonalar va ularning tarmoq boʻlinmalari bazasida tashkil etilgan ijara korxonalari ushbu Qonunining 4 va 5-moddalari boʻyicha hisoblanadigan soliq summasini ijara haqi tarkibiga kiruvchi amortizatsiya ajratmalarini chegirib tashlangan holda ijara haqi miqdorida kamaytiradilar. Davlat korxonasi ijaraga oʻtgan hollarda, qonunlarga muvofiq hisoblanadigan ijara haqining jami tegishli budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlarida foydadan soliq toʻlash boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar berish tartibi belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari foydadan olinadigan soliq boʻyicha oʻz hududlarida joylashgan soliq toʻlovchilardan olinib, mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan soliq summalari doirasida qoʻshimcha imtiyozlar berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Foydadan olinadigan soliq boʻyicha stavkalar miqdorini va imtiyozlarni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda koʻzda tutilgan foydadan olinadigan soliq stavkalarining miqdori, shuningdek foydaga soliq solish boʻyicha beriladigan imtiyozlarining tarkibi va ularni berish tartibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan kelasi yil budjetini tasdiqlash chogʻida aniqlik kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Soliqni hisoblab chiqish tartibi va toʻlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq summasini soliq toʻlovchilarning oʻzlari soliq solinadigan foyda miqdoriga asoslanib, beriladigan imtiyozlar va soliq stavkalarini hisobga olgan holda mustaqil belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yil choragi mobaynida barcha soliq toʻlovchilar (ushbu moddaning 3 va 4-bandlarida sanab oʻtilgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) budjetga oldingi yilning tegishli davrida haqiqatda oʻtkazilgan soliq summasi miqdorida soliqning avans ulushlarini toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga soliqning avans ulushlari kechi bilan har oyning 10 va 25 kunigacha foydadan toʻlanadigan soliq uch oylik summasining 1/6 qismi miqdorida teng boʻlib toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydadan unchalik koʻp boʻlmagan miqdorda soliq toʻlaydigan shaxsning iltimosiga koʻra u turgan joydagi soliq idorasi oylik soliq summasining 1/3 qismi miqdorida budjetga toʻlovning bitta muddatini belgilab qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi chorak, yarim yil, 9 oy va yil tugagach, soliq toʻlovchi oʻzi olgan va soliq solinishi kerak boʻlgan amaldagi foydaga qarab, yil boshidan beri soliq summasini oʻsib boruvchi yakun boʻyicha hisoblab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Matlubot jamiyatlari, ularning uyushmalari va korxonalari, matlubot kooperatsiyasi korxonalari va tashkilotlari, jamoa xoʻjaliklari, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari yilning oldingi choraklari uchun hisoblab chiqarilgan soliq summalarini hisobga olib, yilning har choragi soligʻini yil boshidan beri oʻsib boruvchi yakuni boʻyicha belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet yuridik shaxslari, fuqarolari hamda ajnabiy yuridik shaxslar, fuqarolar ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar yil davomida yilning har choragida budjetiga foydadan olinadigan soliqning avans ulashlarini yillik toʻlov hajmining 1/4 qismi miqdorida har bir chorakning oxirgi oyidagi 15-kundan kechiktirmay toʻlaydilar. Joriy yil uchun foydadan olinadigan soliqning avans summasi korxona tomonidan joriy yilning moliyaviy rejasini hisobga olib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan kalendar yil davomida olingan foydadan toʻlanadigan soliqni korxona hisobot yilidan keyingi yilning 15-martidan kechiktirmasdan buxgalterlik hisoboti (balansi) asosida hisoblab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq yil choragi hisob-kitoblari boʻyicha buxgalterlik hisobotlarini (balanslarini) taqdim etish uchun belgilab qoʻyilgan kundan boshlab 5 kun muddat, yillik hisob-kitoblar boʻyicha esa bir yillik buxgalterlik hisobotlarini (balanslarini) taqdim etish uchun belgilab qoʻyilgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida toʻlanadi. Budjetga foydadan toʻlanadigan soliqni oʻtkazish uchun toʻlov tavsiyanomalari soliq toʻlovchilar tomonidan bank muassasiga toʻlov muddati boshlanguncha topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovet yuridik shaxslari, fuqarolari hamda ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar foydaga solinadigan soliqni naqd pulsiz soʻm hisobida yoki belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan sotib olinadigan chet el valyutasida toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ortiqcha toʻlangan soliqlar navbatdagi toʻlovlar hisobiga oʻtkazib qoʻyiladi yoki toʻlovchining yozma arizasi qabul qilingan kundan boshlab besh kun muddat ichida soliq toʻlovchilarga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq toʻlovchilar oʻzlari joylashgan erdagi soliq idoralariga buxgalterlik hisobotlari (deklaratsiyalari) va balanslarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va muddatlarda, foydadan toʻlanadigan soliq summasining hisob-kitoblarini esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida tasdiqlangan namunalar boʻyicha topshiradilar. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet yuridik shaxslari, fuqarolari hamda ajnabiy yuridik shaxslar, fuqarolar ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar yillik buxgalterlik hisobotlarini va balanslarini hisobot yilidan keyingi yilning 15-martigacha topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. AJNABIY YuRIDIK ShAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI FAOLIYATDAN OLGAN FOYDALARIGA SOLINADIGAN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi doimiy turgan mamlakatning qonunlariga muvofiq yuridik shaxslar deb eʼtirof etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy zonasida doimiy vakolatxona orqali xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradigan kompaniyalar, birlashmalar, shuningdek boshqa har qanday tashkilotlar ajnabiy yuridik shaxslar foydasidan soliq toʻlovchilar deb hisoblanadilar. Soliq solish maqsadlarida ajnabiy yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy vakolatxonasi deganda byuro, agentlik, faoliyat yuritiladigan har qanday boshqa joy (tabiiy resurslarni qazib chiqarish bilan, bitimlarda nazarda tutilgan qurilish, uskunalarni oʻrnatish, montaj qilish, yigʻish, sozlash, xizmat koʻrsatish va boshqa shunga oʻxshash ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan joy), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida ajnabiy shaxslarning vakili boʻlgan tashkilotlar va fuqarolar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajnabiy yuridik shaxs doimiy vakolatxona joylashgan erdagi soliq idorasi roʻyxatdan oʻtishi sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasidagi xoʻjalik faoliyatini doimiy vakolatxona orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy vakolatxona orqali faoliyatni amalga oshirayotgan ajnabiy yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtmasligi soliq solinishi kerak boʻlgan daromadni yashirish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ajnabiy yuridik shaxs faoliyatining boshlanishi yoki tamom boʻlishini roʻyxatdan oʻtkazish faoliyat boshlanganidan keyin bir oy ichida yoki faoliyat toʻxtatilishidan bir oy oldin oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy vakolatxona orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududida va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy zonasida faoliyatni amalga oshiruvchi ajnabiy yuridik shaxs solgan foyda soliq obyekti boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydaning shakllanishi xususiyatlari va uni hisoblab chiqishda nazarga olinadigan xarajatlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti belgilaydigan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajnabiy yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatdan olgan foydasini toʻgʻridan toʻgʻri aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda hududida doimiy vakolatxona joylashgan soliq idorasi bilan kelishib turib, foydani daromad yoki qilingan xarajatlar asosida rentabellik darajasi 15 foiz boʻlishidan kelib chiqqan holda aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy vakolatxona orqali amalga oshiradigan faoliyat evaziga mahsulot yoki mulk tarzida haq oladigan ajnabiy yuridik shaxslar foydadan soliq toʻlaydilar, bu foydaning miqdorini aniqlash uchun kelishilgan (shartnoma) narxlardan, mahsulot eksport qiluvchi asosiy sovet tashkilotlarning narxlaridan yoki shunday, yo boʻlmasa shunga oʻxshash mahsulot yoxud mol-mulk uchun jahon bozori narxlari negizida hisoblab chiqilgan narxlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Soliq miqdori va uni budjetga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajnabiy yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatdan olgan foydasidan mazkur Qonun 5-moddasining 1-bandi “v” kichik bandida koʻzda tutilgan stavkalarda soliq olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq summasi respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ushbu Qonun 5-moddasining 2-bandida koʻzda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan soliqlar summasi, shuningdek tabiiy resurslar uchun toʻlovlarning umumiy miqdori mahsulotning (ishlar, xizmatlarning) tannarxiga ajratiladigan qismidan tashqari) mazkur Qonun 5-moddasining 1-bandi “v” kichik bandida koʻzda tutilgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqiladigan foydadan undiriladigan eng koʻp miqdordan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Soliq imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirayotgan ajnabiy yuridik shaxslar roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida (olis qishloq va togʻ rayonlarida hamda aholisi 2000 kishidan kam boʻlgan aholi punktlarida tashkil etilganlari esa dastlabki uch yil davomida) foydadan soliq toʻlashdan ozod qilinadi. Ajnabiy yuridik shaxslar roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab uch yil oʻtgunga qadar tugatilgani taqdirda ularning butun faoliyati davri uchun toʻliq miqdorda foydadan soliq toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirayotgan ajnabiy yuridik shaxslar mazkur Qonunning 6-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan sovet va ajnabiy yuridik shaxslari hamda fuqarolari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan qoʻshma korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlaridan foydalaniladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi va toʻlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq miqdori foydaning soliq solinadigan miqdoriga qarab, ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq beriladigan imtiyozlarni hamda soliq stavkasini hisobga olib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajnabiy yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq har yili doimiy vakolatxona joylashgan erdagi soliq idorasi tomonidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi ajnabiy yuridik shaxslar hisobot yilidan keyingi yilning 15-aprelidan kechiktirmasdan soliq idorasiga Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan namuna boʻyicha daromadlari toʻgʻrisida maʼlumot topshiradi. Joriy yil tamom boʻlgunga qadar faoliyati toʻxtatilgan taqdirda mazkur hujjatlar faoliyat toʻxtatilgan kundan boshlab bir oy mobaynida taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi ajnabiy yuridik shaxslarning daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya xoʻjalik hisobida ishlaydigan auditor tashkilot tomonidan haq evaziga har yili tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hisoblab chiqilgan soliq hajmida toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan nusxada toʻlov xabarnomasi topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan muddatlarda korxonalar va fuqarolar tomonidan naqd pulsiz soʻmlar bilan yoki belgilangan tartibda SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi banklari, korxonalari va fuqarolari sotib oladigan chet el valyutasi bilan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. OBOROT SOLIGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oborot soligʻi toʻlovchilar oborot soligʻi solinadigan tovarlarni (mahsulotni) ishlab chiqaradigan va sotadigan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan (shu jumladan, ishlab chiqarish shirkatlari, shuningdek sovet yuridik shaxslari hamda ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalardan va ularning boʻlimlaridan) iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Soliq stavkalari va soliqni budjetga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oborot soligʻi miqdorlari soliq solinadigan oborotga nisbatan foizlar hisobida yoki tovar (mahsulot) birligidan olinadigan qatʼiy miqdorlar hisobidan belgilab qoʻyiladi, mazkur oborot esa savdo va ulgurji-savdo chegirmalarini (transport chiqimlarini) chiqarib tashlab davlat chakana narxlari asosida yoki tartibga solinadigan va erkin chakana narxlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana narxlar (sanoatning ulgurji narxlari) va korxonalarning ulgurji narxlari belgilab qoʻyilgan tovarlar (mahsulotlar) boʻyicha soliq mazkur narxlar oʻrtasidagi tafovut tarzida savdo va ulgurji-savdo chegirmalarini (transport xarajatlarini) hisobga olib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oborot soligʻini joriy etish shartlari va miqdorlarining darajali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti aniqlaydigan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar uchun davlatning chakana narxlarida, tartibga solinadigan va erkin chakana narxlarda sotiladigan tovarlarga oborotdan olinadigan soliq miqdorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi narx belgilash idoralari, shuningdek vazirliklar (idoralar) oʻzlariga berilgan huquqqa muvofiq chakana narxlarini tasdiqlab beradigan mollarning turlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) viloyat ijroiya komitetlari, shahar ijroiya komitetlari (jumhuriyatga boʻysunadigan shaharlarning ijroiya komitetlari) chakana narxlarini tasdiqlab beradigan mollarning turlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli davlat soliq inspeksiyalari tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan oborot soligʻining stavkalari narx-navo va tariflar markazlashtirilgan tartibda oʻzgartirilgan taqdirda qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oborot soligʻi tarzida tushgan summa respublika budjetiga oʻtkaziladi, uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydigan normativlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga beriladigan qismi bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Soliq sohasidagi imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar oborot soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishga tushgan kundan boshlab ikki yil mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyodan va chiqindilardan tovarlar (araq, vino-araq mahsulotlari, pivo, tamaki, tamaki mahsulotlari, plastmassa tovarlar hamda tarkibida spirt boʻlgan pardoz-andoz buyumlaridan tashqari) ishlab chiqaradigan korxonalar, basharti, tovarlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan toʻla qimmatli materiallar va xomashyoning qiymati xomashyo va materiallar umumiy qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq badiiy hunarmandchilik korxonalari oʻzlari tayyorlagan badiiy buyumlarni sotish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻrlar va karlar jamiyatlariga qarashli, shuningdek koʻrlar va karlarga moʻljallangan oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari, agar mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar Ushbu korxonalar xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizini tashkil etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) togʻli va olis yerlarda joylashgan targʻibot kooperatsiyasining mahsulotlar (uzum vinosi, meva-rezavorlar vinosi, oʻtkir ichimliklar va pivodan tashqari) sotuvchi korxonalari oborot soligʻi hajmining 50 foizgacha miqdorda, nohiyaga boʻysunuvchi shaharlarda, shahar posyolkalarida va qishloq joylarda joylashgan korxonalar esa 25 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jamoa xoʻjaliklari, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari mahalliy xomashyodan va oʻzlari ishlab chiqargan xomashyodan tayyorlangan mahsulotni sotish boʻyicha, plastmassa mahsulotlar, oshlangan moʻynali terilar, moʻyna va zargarlik buyumlari, shuningdek spirt ishlatib tayyorlangan vino-araq mahsulotlaridan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) V.I.Lenin nomidagi Sovet bolalar jamgʻarmasining, Sovet tinchlik jamgʻarmasining, Sovet madaniyat jamgʻarmasining, Sovet mehr-muruvvat va salomatlik jamgʻarmasining, Qizil Krest va Qizil Yarimoy jamiyatlari uyushmasining, “Orol” jamgʻarmasining, Ulugʻbek, Navoiy, Qodiriy, Oybek nomidagi jamgʻarmasining, Butun ittifoq “Nogironlarning salomatligini tiklash” uyushmasining, xalq diplomatiyasi bosh vakolatxonasi fondining korxonalari va xoʻjalik tashkilotlari oʻz faoliyatlari yoʻnalishiga muvofiq ishlab chiqaradigan tovarlar va mahsulot boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ijodiy uyushmalarning korxonalari va xoʻjalik tashkilotlari ushbu uyushmalarga ularning ustavlardagi faoliyatini amalga oshirish uchun beradigan oborot soligʻi summasi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) urush va mehnat veteranlari kengashlari qoshidagi ishlovchilarning kamida 50 foizi pensiya yoshiga yetgan shaxslardan (pensionerlardan) iborat boʻlgan, mahalliy xomashyo va chiqindilardan tovarlar ishlab chiqaradigan urush, mehnat va Qurolli Kuchlar veteranlarining kooperativlari (kooperativlar uyushmalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) oʻquvchilar korxonalari va oʻquvchilar kooperativlari oʻzlari ishlab chiqaradigan tovarlarni sotish boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq isteʼmoli mollari tayyorlaydigan korxonalar tovarlar ishlab chiqarish hajmining oldingi davrga nisbatan oʻsishidan olingan oborot soligʻining 30 foizgacha qismini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti belgilaydigan tartibda oʻz ixtiyorida qoldirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma fondi mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda korxonalar xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ularning sifatini oshirish va turlarini koʻpaytirishga berilgan bank kreditini toʻlash uchun kredit bilan taʼminlangan tadbirlarni amalga oshirish natijasida qoʻshimcha ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan olgan oborot soligʻi hajmining 50 foizgacha qismini sarflashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oborot soligʻi boʻyicha ayrim soliq toʻlovchilar uchun qoʻshimcha imtiyozlar, soliq toʻlash qoidalari va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti aniqlab qoʻyadigan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. MAHSULOT SOTGANLIK UChUN TOʻLANADIGAN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar soliq toʻlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida ishlab chiqarish, tijorat va boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, mustaqil balansga ega boʻlgan va yuridik shaxs boʻlgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar, xoʻjalik faoliyati yuritayotgan xalqaro birlashmalar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sovet yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlar hamda mamlakatlar hududlarida tashkil etilgan qoʻshma korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahsulot hamda tovarlar ishlab chiqaruvchi va ularni sotuvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi xalqaro birlashmalar va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar (birlashmalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xoʻjalik hisobida boʻlmagan, biroq mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi va ularni sotuvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar, shu jumladan budjetdan taʼminlanadigan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ularni sotuvchi, ishlar bajaruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi ajnabiy yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Soliq solish obyekti va soliq stavkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq stavkasi ishlab chiqarish-texnika mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari sotishning, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan pulli xizmatlarning hajmiga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti koʻrsatib bergan miqdorlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Soliq summalarini budjetga oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq summalarini respublika budjeti va mahalliy budjetlar oʻrtasida taqsimlash tartibi respublika qonunlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. EKSPORT VA IMPORT SOLIGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport va import soligʻini ushbu Qonunning 1-moddasida sanab oʻtilgan hamda tashqi savdo aloqalarini amalga oshiradigan barcha tashkilotlar toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport va import soligʻi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki uning hududidan chetga chiqariladigan ayrim turdagi tovarlarning tashqi savdo narxlari (SSR Davlat banki kursi boʻyicha sovet pullariga aylantirib hisoblangan) bilan SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi ichki narxlari darajasi oʻrtasidagi farqlar natijasida hosil boʻladigan sof daromadni davlat daromadiga oʻtkazish shaklida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport va import soligʻi sovet soʻmlarida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi va SSSR chegarasi orqali oʻtkazish chogʻida soliq solinishi kerak boʻlgan tovarlarning egasi (tasarruf qiluvchi) bojxona deklaratsiyada koʻrsatgan tovarlarning tashqi savdo (shartnoma) qiymatiga (SSSR Davlat banki kursi boʻyicha sovet soʻmlariga aylantirib hisoblangan qiymatiga) nisbatan foiz hisobidagi bojlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksport yoki import qilinayotgan umumdavlat ahamiyatiga molik tovarlar ayrim turlarining tashqi savdo narxlari (SSSR Davlat banki kursi boʻyicha sovet soʻmlariga aylantirib hisoblangan) bilan Oʻzbekiston Respublikasining ichki narxlari oʻrtasida boʻladigan, tashqi savdo bitimini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni chiqarib tashlangandan keyin qoladigan farq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tovarlarning roʻyxati, xarajatlarning tarkibi, eksport va import soligʻining miqdorlari, ularni toʻlash tartibi va muddatlari, shuningdek soliq boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti tomonidan aniqlanadigan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Soliqni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport va import soligʻi Oʻzbekiston budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB. JUMHURIYAT TAShQARISIGA ChIQARILADIGAN XOM AShYo RESURSLARIGA SOLINADIGAN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti qoshidagi xomashyo va yengil sanoat mahsulotlari taʼminoti hamda ularni sotish bosh boshqarmasi, shuningdek xomashyo resurslarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarisiga sotadigan korxonalar soliq toʻlovchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tashqarisiga sotilayotgan xomashyo resurslariga solinadigan soliq Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi belgilab qoʻyilgan narxlari bilan shartnoma (tijorat) narxlari darajasidagi farq natijasida vujudga keladigan sof daromadning bir qismini budjetga olishdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Soliqni toʻlash va budjetga oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqariga olib chiqib ketilayotgani uchun soliq undiriladigan xomashyo resurslarining roʻyxati, qoʻshimcha xarajatlar tarkibi, shuningdek soliq stavkasi, uni toʻlash, budjetga oʻtkazish va taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB. JAMOA XOʻJALIGI AʼZOLARINING MEHNAT HAQI FONDIDAN OLINADIGAN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaliklari xoʻjalik aʼzolarining mehnat haqi fondidan undiriladigan soliqni toʻlovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondining jamoa xoʻjaligida ishlaydigan har bir aʼzoga bir oyda 16 soʻm hisobidagi soliq solinmaydigan miqdordan ortiq qismiga soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaligi aʼzolarining mehnat haqi fondidan soliq solinadigan qismini hisoblab chiqarish chogʻida jamoa xoʻjaligi aʼzolariga toʻlanishi kerak boʻlgan hamma haqlar, shu jumladan qoʻshimcha haqlar, mukofotlarning barcha turlari, shuningdek natura tarzidagi toʻlovlar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat haqi evaziga beriladigan mahsulot uning tannarxi boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Soliq stavkasi va uni budjetga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqni barcha jamoa xoʻjaliklari aʼzolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismidan 8 foiz miqdorida toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq summalari mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi va uni toʻlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi xoʻjalikning barcha tarmoqlarida hisoblab yozilgan jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi umumiy fondi asosida, shu jumladan jamoa xoʻjaligi aʼzolarining mehnat haqi hisobiga xarid narxlari bahosida beriladigan natura holidagi mahsulot qiymati ham qoʻshib hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi uchun hisoblab yozilgan pul summasi, shu jumladan natura holidagi mahsulot qiymati (xarid narxlari bahosida) bilan mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi oʻrtasidagi farq tarzida aniqlanadi, soliq solinmaydigan qismi jamoa xoʻjaligida ishlovchi har bir aʼzo hisobiga 160 soʻm miqdorida belgilab qoʻyilgan soliq solinmaydigan oʻrtacha eng oz oylik maosh tarzida hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yilning I, II va III choraklari uchun toʻlanadigan soliq miqdorlari mehnat haqi boʻyicha yil boshidan buyon jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnatiga toʻlash uchun foiz tarzida hisoblangan haqning umumiy fondi miqdoridan jamoa xoʻjaligi aʼzolari bilan qilingan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisob va hisoboti maʼlumotlari asosida hisoblab chiqariladi. Mazkur foiz jamoa xoʻjaligi aʼzolarining oʻtgan yilgi mehnat haqi fondi soliq solinadigan qismidan olinadigan daromad soligʻi summasining oʻsha davrdagi umumiy fond summasiga nisbati tarzida belgilanadi. Bunda joriy yilning oʻtgan davrida hisoblab chiqarilgan soliq summasi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaligi aʼzolarining yilning IV choragida toʻlanishi lozim boʻlgan mehnat haqi fondiga solinadigan soliq summasi yil uchun kutilayotgan jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondidan I, II va III choraklaridagi soliqni hisoblab chiqarish uchun belgilangan foiz boʻyicha avvalgi choraklardagi toʻlovlarni eʼtiborga olib hisoblab chiqariladi. Jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondining soliq solinadigan qismi boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob jamoa xoʻjaligining yillik hisoboti maʼlumotlari boʻyicha yil davomida jamoa xoʻjaligi aʼzolariga amalda hisoblangan mehnat haqi fondi hamda jamoa xoʻjaligida ishlagan jamoa xoʻjaligi aʼzolarining yillik oʻrtacha soni asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaligi aʼzolarining mehnat haqi fondidan daromad soligʻini jamoa xoʻjaliklari yil choragi tugagandan keyingi har oyning 25-kunigacha, jamoa xoʻjaligi aʼzolari mehnat haqi fondidan tegishli chorak hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan miqdorda toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOB. ISTEʼMOLGA AJRATILADIGAN MABLAGʻLARNING SARFLANIShINI TARTIBGA SOLUVChI SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Soliq toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaliklari, xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi ajnabiy yuridik shaxslar, hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlar (birlashmalar), xalqaro birlashmalar va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet hamda ajnabiy yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida tuzilgan qoʻshma korxonalardan tashqari (agar ajnabiy ishtirokchining ustav fondidagi ulushi kamida 30 foiz boʻlsa) barcha korxona, birlashma va tashkilotlar soliq toʻlovchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning soliq solinmaydigan miqdordan ortiq summasi soliq solish obyekti boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlar tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korxonaning barcha ishlovchilari mehnatiga haq toʻlash uchun qilinadigan xarajatlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pul toʻlovlari, shu jumladan yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlar, mehnat uchun pul va natura shakllarida ragʻbatlantirishning boshqa turlariga, moddiy yordamga, mehnat sohasidagi va ijtimoiy sohadagi imtiyozlarni belgilashga ajratiladigan mablagʻlar hamda yakka tarzdagi boshqa toʻlovlar (mualliflik haqi hamda kashfiyotlar, ratsionalizatorlik uchun toʻlanadigan mukofotlar bu hisobga kirmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mehnat jamoasining aksiyalari hamda mehnat jamoasi korxona mulkiga qoʻshgan ulushlar boʻyicha toʻlanadigan daromadlar (dividendlar, foydalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning soliq solinmaydigan miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning soliq solinmaydigan miqdori ushbu Qonun 34-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy davrning xoʻjalik daromadi miqdorini ana shu mablagʻlarni avvalgi yilning tegishli davrida xoʻjalik olgan daromaddagi ulushiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Hosil qilingan miqdorga xoʻjalik hisobi daromadining isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarga nisbatan ildamroq oʻsishini taʼminlaydigan koeffitsiyent bilan tuzatish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koeffitsiyentning miqdori 0,98 darajada belgilab qoʻyiladi. Zarur hollarda bu koeffitsiyent ayrim tarmoqlardagi ishlab chiqarishning xususiyatlariga bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining qaroriga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga ajratilgan mablagʻlarning avvalgi yilning tegishli davrida olingan xoʻjalik hisobi daromadidagi ulushini aniqlash chogʻida bu mablagʻlarning miqdori shu davrda daromadlarning soliq solinmaydigan miqdoriga nisbatan qancha oshib ketishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, shuncha miqdorda kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil yakunlari yuzasidan isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning soliq solinmaydigan mablagʻlar miqdoriga nisbatan oshib ketishiga yoʻl qoʻygan va soliq toʻlagan korxonalar mazkur toʻlovlarni (soliqni ham qoʻshib hisoblanganda) navbatdagi yilda isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning soliq solinmaydigan miqdoriga nisbatan tejab qolingan summasi ehtiyot fondiga qoʻyilishi va undan korxona keyingi davrlarda isteʼmol uchun foydalanishi mumkin, undan tartibga soluvchi soliq olinmaydi. Bunda tejab qolingan mazkur mablagʻ joriy davrda isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning xoʻjalik daromadidagi ulushini aniqlash chogʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarni tartibga solish uchun asos qilib olinadigan xoʻjalik hisobi daromadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarini tartibga solish uchun asos qilib olinadigan xoʻjalik hisobi daromadi sotilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) tannarxi tarkibidagi mehnatga haq toʻlash xarajatlari hamda korxona ixtiyorida qoladigan foydaning yigʻindisi tarzida hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik daromadi avvalgi yil bilan taqqoslanadigan narxlar va shartlar bilan belgilanadi. Davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarish va mahsulot yetkazib berish taqozosi bilan ishlab chiqarish ichki tuzilishining oʻzgartirilishi uning miqdori tegishli tarzda oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Soliq stavkalari va soliqni budjetga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan kelgusi yilgi respublika budjetini tasdiqlash chogʻida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq yilning har choragida Ittifoqqa, respublikaga boʻysunadigan korxonalar (xoʻjaliklar) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga, boshqa korxonalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Soliq boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga soliq solinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yangi ishga tushirilayotgan korxonalarda (obyektlarda) loyihadagi texnika-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oʻzlashtirishning normativ muddatlari hamda ana shu muddat tamom boʻlgandan keyingi birinchi ish yili mobaynida isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning oʻsishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqning turmush darajasini koʻtarish yuzasidan markazlashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi, shu jumladan mehnatga haq toʻlashning yangi shartlari joriy qilinishi va favqulodda vaziyatlarning oqibatlari tugatilishi munosabati bilan isteʼmolga ajratiladigan mablagʻlarning oʻsishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan shaxslarning mehnati qoʻllaniladigan korxonalarda mehnatga haq toʻlash uchun sarflanadigan mablagʻlarga, agar bunday shaxslarning soni korxonada band boʻlgan kishilar umumiy sonining 50 foizidan ortiq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxonada halok boʻlgan kishilarning oilalariga yordam berish uchun toʻlovlar, ishlab chiqarishda shikastlangan yoki kasb kasalligiga uchragan kishilarga belgilab qoʻyilgan pensiyalar va toʻlovlardan tashqari beriladigan tovon pullariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti korxonalar qoʻshimcha suratda xalq isteʼmoli mollari yetkazib berganligiga hamda suratda xalq isteʼmoli mollari yetkazib berganligiga hamda aholiga pullik xizmatlar koʻrsatilganligiga qarab, shuningdek xalq xoʻjaligi ayrim tarmoqlariga qarashli korxonalar faoliyatining kon-geologiya, gidrologiya va boshqa sharoitlari oʻzgarishi munosabati bilan soliq boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX BOB. DAROMADDAN OLINADIGAN SOLIQLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning oʻzlariga qarashli aksiyalar, obligatsiyalardan va boshqa qimmatli qogʻozlardan hamda qoʻshma korxonalarda ulush qoʻshib ishtirok etishdan olgan daromadlariga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qonunning 38-moddasida koʻzda tutilganlardan tashqari korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar oʻzlariga qarashli aksiyalardan, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlardan oladigan daromadlarga, shuningdek sovet ishtirokchisining qoʻshma korxonalarda ulush qoʻshib ishtirok etishdan olgan daromadlariga 15 foizdan iborat stavka boʻyicha soliq solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ajnabiy ishtirokchilarning qoʻshma (chet el) korxonalar foydasini taqsimlash natijasida hosil boʻladigan daromadlariga, agar SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining soliqlar masalasidagi xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, bu daromadlar chet elga oʻtkazilayotgan paytda 15 foiz miqdorida soliq solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlarni chet elga oʻtkazish chogʻida soliq summasi daromadlar qaysi valyuta bilan oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻsha valyuta bilan toʻlanadi, agar korxona, birlashma va tashkilotning taʼsis hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar daromad manbaidan undirib olinadi. Soliqlarni ushlab qolish va budjetga oʻtkazish uchun daromadni toʻlayotgan korxona, shuningdek qoʻshma korxonaning ajnabiy ishtirokchisi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirayotgan ajnabiy yuridik shaxs masʼuliyatli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha olinadigan dividendlar soliq solishdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet yuridik shaxslari, fuqarolari hamda ajnabiy yuridik shaxslar, fuqarolar ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonaning SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq foydani taqsimlash tartibida daromadga soliq solishdan butunlay yoki qisman ozod boʻlish huquqiga ega boʻlgan ajnabiy ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab qoʻygan tartibda soliqni kamaytirish yoki bekor qilish haqida ariza beradi. Ariza daromadlar chet elga oʻtkazilganidan keyin berilgan taqdirda daromad oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil davomida taqdim etilishi kerak. Bir yil oʻtganidan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan daromadga ham, undan tashqarida olingan daromadga ham ushbu moddada koʻzda tutilgan tartibda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan toʻlovchilardan olinadigan soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ajnabiy yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga solinadigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan holda daromad oluvchi ajnabiy yuridik shaxslar manbalari Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan va doimiy vakolatxona orqali Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borish bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlardan, dividendlardan, foizlardan, mualliflik huquqlaridan va litsenziyalardan, kemalarni ijaraga berishdan, ijara toʻlovlaridan, agar SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining soliq masalalaridagi xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ushbu moddaning 2-bandida belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kemalarni ijaraga berishdan keladigan daromadlardan tashqari yuqorida koʻrsatilgan daromadlardan soliq miqdori 20 foiz qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro koʻlamda tashishni amalga oshirish munosabati bilan ajnabiy yuridik shaxslarga kemalarni ijaraga berganlik uchun toʻlangan daromad summasiga 6 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankiga yoki SSSR Tashqi iqtisodiy faoliyat banki Oʻzbekiston respublika bankiga berilgan kreditlar uchun foiz tarzida olinadigan daromadlar daromad soligʻi solishdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solishdan batamom yoki qisman ozod boʻlish huquqiga ega boʻlgan ajnabiy yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab qoʻygan tartibda soliqni kamaytirish yoki bekor qilish haqida ariza beradi. Ariza daromadlar chet elga oʻtkazilgandan keyin berilgani taqdirda, u daromad oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil davomida taqdim etilishi kerak. Bir yil oʻtgandan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ajnabiy yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlariga solingan soliq ajnabiy yuridik shaxsga daromad toʻlaydigan korxona, tashkilot tomonidan toʻlovni har bir toʻlash chogʻida daromadning toʻliq miqdoridan u qaysi valyutada toʻlanayotgan boʻlsa, shu valyutada ushlab qolinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga (agar daromad soligʻi toʻlayotgan korxona Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida boʻlsa, avtonom respublika budjetiga) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Kazinolar, video salonlar (video koʻrsatuvlar) tashkil etishdan, oʻyin avtomatlarini ishlatishdan, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishdan olinadigan daromadga solinadigan soliq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kazinolar, video salonlar (video koʻrsatuvlar), yutugʻi pul bilan toʻlanadigan oʻyin avtomatlarini ishlatishni uyushtirish, davlatga qarashli boʻlmagan idoralar oʻtkazadigan lotereya oʻyinlaridan olingan daromadga 60 foizdan iborat stavka boʻyicha soliq solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq maydonlarda, stadionlarda, sport saroylarida, oʻrinlar soni 2 mingdan ortiq boʻlgan boshqa binolarda ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishdan olingan daromadlarga 60 foizdan iborat stavka boʻyicha soliq solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadlarida olingan tushumdan ana shu daromadni olish bilan bogʻliq moddiy xarajatlar chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jami soliq summasidan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga, qolgan 50 foizi mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Ajnabiy yuridik shaxslarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagi qoidalardan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoidalari xalqaro huquqning umumiy normalarida hamda SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan maxsus bitimlarida belgilab qoʻyilgan soliq sohasidagi imtiyozlarga tegishli boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ajnabiy yuridik shaxslarning daromadlaridan soliq olish tegishli chet davlatda xuddi shunday yoki shunga oʻxshash soliqlar yuzasidan sovet yuridik shaxslariga nisbatan aynan shunday chora-tadbirlar amalga oshirish belgilangan hollarda oʻzaro kelishuv asosida toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin, bu hol ushbu davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ajnabiy firmalar bilan tijorat bitimlarini tuzish chogʻida daromad toʻlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot ajnabiy yuridik shaxslarning foydasidan (daromadidan) soliq toʻlash borasidagi xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlarini shartnomaga qoʻshishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Ikki tomonlama soliq solinishini bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda olingan foyda yoki daromad summasi Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinishi kerak boʻlgan foyda yoki daromadning umumiy summasiga kiritiladi hamda soliq miqdorini belgilash chogʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan foyda yoki daromaddan chet mamlakatlar qonunlariga muvofiq chet eldagi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar toʻlagan soliq summasi ular Oʻzbekiston Respublikasida foydadan yoki daromaddan soliq toʻlayotgan paytlarida hisobga olinadi. Bunda hisobga olinadigan mablagʻlarning miqdori chet elda olingan foyda (daromad) ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi kerak boʻlgan foyda (daromad) ga solingan soliq hajmidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Soliq toʻlovchilarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qonunda koʻzda tutilgan soliqlarni toʻlovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida belgilab qoʻyilgan tartibda buxgalterlik hisobini va hisobotlarini yuritishlari hamda moliya idoralariga buxgalterlik hisobotlari va balanslarini, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa zarur hujjatlar va maʼlumotlarni berishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliqlar sohasida imtiyozlarga ega boʻlish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarni koʻrsatishlari, tegishli hollarda esa topshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻlanishi kerak boʻlgan soliq summalarini oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis toʻlab turishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) moliya idoralarining mansabdor shaxslariga foyda (daromadlar) olish bilan yoki soliq solinadigan obyektlarni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan binolarni tekshirib chiqish uchun, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash masalalari yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish uchun imkoniyat yaratib berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va tegishli mansabdor shaxslari soliq idorasi oʻtkazgan tekshirish haqidagi hujjatni imzolashlari, hujjatda bayon etilgan faktlarga rozi boʻlmaganlari taqdirda esa rozi boʻlmaslik sabablari haqida yozma tushuntirish taqdim etishlari shart. Ular soliq idorasining soliqlar toʻgʻrisidagi qonunlar borasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarishga ham majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida soliqlarga oid buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini, soliqlarga oid hisob-kitoblarni yoki daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni soliq idoralariga taqdim etish majburiyati belgilab qoʻyilgan soliq toʻlovchilar ularni moliyaviy faoliyatni tekshiruv xoʻjalik hisobidagi tashkilot tekshirgach hisobot yilidan keyingi bir yil davomida soliq idorasiga tekshirish oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlarni taqdim etmagan soliq toʻlovchilarga ushbu Qonunning 43-moddasida koʻzda tutilgan choralar qoʻllaniladi. Basharti, tekshirish soliq toʻlovchi aybdor boʻlmagan holda belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan boʻlsa, mazkur choralar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish, ularni budjetga oʻz vaqtida toʻlash va soliq solish toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilish uchun masʼuliyat soliq toʻlovchilarga va ularning mansabdor shaxslariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qonunda koʻzda tutilgan, soliq toʻlash uchun belgilab qoʻyilgan muddatda buxgalterlik hisobotlari va balanslariga, tegishli hisobot davri uchun oborot soligʻi boʻyicha belgilab qoʻyilgan nusxada hisob-kitoblarga ega boʻlmagan soliq toʻlovchilar oldingi hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliqning 110 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar. Mazkur hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalda olingan foydaga, soliq solinadigan oborotga va boshqa soliq solinadigan obyektlarga asoslangan holda soliq qaytadan hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq toʻlovchilar olingan foyda (daromad) hisobga olib borilmaganligi yoki hisob belgilangan tartibni buzib olib borilganligi uchun, shuningdek soliq idoralariga hisobotlarni, hisob-kitoblarni hamda soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun kerakli boshqa zarur hujjatlarni umuman yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganliklari uchun budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliq miqdorlarining 10 foizi miqdorida jarima toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Foyda (daromad) yashirib qolingan (kamaytirib koʻrsatilgan) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlar yashirilgan hollarda soliq toʻlovchilardan budjet daromadiga yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) foyda (daromad) ning toʻliq summasi yoki soliq solinadigan yashirilgan obyekt uchun soliq summasi, shuningdek oʻsha summa miqdorida jarima, tartib takror buzilgan hollarda esa — ikki baravar miqdorda jarima undirib olinadi. Yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) foyda (daromad) ning summalari, shuningdek soliq solinadigan boshqa obyektni yashirganlik uchun qoladigan foyda (daromad) hisobidan budjetga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Erkin almashtiriladigan valyuta bilan olingan daromadni yashirib qolish, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, daromadlar summasini SSSR Davlat bankining maxsus kursi boʻyicha qayta hisoblashga sabab boʻladi. Yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) foyda (daromad), oborot soligʻi summasi, shuningdek, jarima soliq toʻlovchilar tomonidan soliq idoralarining mansabdor shaxslari tartibni buzish aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzganlaridan keyin 10 kun muddat ichida budjetga toʻlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushub Qonunga muvofiq soliq toʻlovchi korxonalar boʻyicha yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) foyda (daromad) hamda jarima summasi budjet daromadiga Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston ASSR qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Foyda (daromad) ni yashirishda (kamaytirib koʻrsatishda) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirishda, shuningdek buxgaterlik hisobi yuritilmasligida yo boʻlmasa uning belgilab qoʻyilgan tartibni buzgan holda yurilishida va buxgalterlik hisobotlarining buzilishida, buxgalterlik hisobotlari, balanslar, hisob-kitoblar hamda budjetga soliqlarni va boshqa toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga soliq idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda maʼmuriy jarima solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foyda (daromad) ni ataylab yashirish (kamaytirib koʻrsatish) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni ataylab yashirish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Notoʻgʻri toʻlangan soliqlarni budjetga undirib olish va budjetdan qaytarib berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlarning summalari, shuningdek yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) foyda (daromad) va oborot soligʻi summalari yoki soliq solinadigan boshqa yashirilgan obyekt uchun soliq summasi hamda foyda (daromad)ni yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) va soliq solinadigan obyektni yashirganlik uchun jarima soliqlar toʻlashdan bosh tortib yurilgan butun davr uchun soliq idoralarining koʻrsatmasiga muvofiq qatʼiy tarzda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz vaqtida toʻlanmagan soliq summasi kechiktirilgan har bir kun (toʻlangan kunni ham qoʻshib hisoblanganda) uchun toʻlanmagan qarz summasiga 0,5 foiz miqdorida penya qoʻshib hisoblab, budjetdan qarzdor boʻlingan butun davr uchun undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qonunning 37 va 38-moddalarida koʻrsatib oʻtilgan ajnabiy yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq summasi daromadlarni toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan budjetga oʻtkazilmagan taqdirda ajnabiy daromad oluvchiga qaysi davr uchun daromad toʻlaganligidan qatʼi nazar, budjet bilan hisob-kitob qilingandan keyin ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan qatʼiy tarzda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliqlar notoʻgʻri hisoblab chiqilishi yoki undirib olish sohasida belgilab qoʻyilgan tartib buzilishi natijasida ortiqcha tushgan soliqlar boʻyicha toʻlovlar summasi qaytarib berilishi yoki, ular tushgan kundan boshlab bir yil muddat oʻtmagan boʻlsa, soliq toʻlovchidan olinishi kerak boʻlgan boshqa toʻlovlar oʻrniga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha tushgan summani qaytarib berish haqida ariza topshirish mazkur muddat oʻtishini toʻxtatib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notoʻgʻri toʻlangan soliqlarni budjetdan qaytarib berish notoʻgʻri toʻlov aniqlangandan avvalgi koʻpi bilan 1 yil uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Soliq idoralarining nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni soliq idoralari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari soliq idoralari hamda ularning oʻz xizmat burchlarini bajarib turgan mansabdor shaxslarning ushbu Qonundan kelib chiqadigan talablari, koʻrsatmalari va farmoyishlarini bajarmasligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining soliqlarni undirish chogʻidagi xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar ana shu shaxslar bevosita boʻysunadigan idoraga beriladi. Shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab kechi bilan 30 kun muddat ichida koʻrib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlar yuzasidan chiqarilgan qarorlar xususida bir oy muddat ichida yuqori soliq idorasiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining maʼmuriy jazo berish borasidagi xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shikoyat berilishi soliqlarning undirib olinishini toʻxtatib qoʻymaydi. Shikoyatni koʻrayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar soliqning tegishli summasini undirib olishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga oid yoʻriqnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunni qoʻllashga oid yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan chiqariladi.