03.10.2006 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan Qirgʻiz Respublikasining sanoat, savdo va turizm vazirligi oʻrtasida Bitim, 03.10.2006 yildagi 11-son
Кучга кириш санаси
03.10.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan Qirgʻiz Respublikasining sanoat, savdo va turizm vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

TURIZM SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi va Qirgʻiz Respublikasining sanoat, savdo va turizm vazirligi (quyida “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada rivojlantirish maqsadida, hamda 1996-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiz Respublikasi oʻrtasida abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi Shartnoma bandlariga asoslangan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan ikkala mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hamda Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy va turistik hudud yaratishda turizmning muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xalqlari oʻrtasidagi anʼanaviy aloqalarning, koʻp asrlik madaniy meroslarining yaqin ekanligini inobatga olgan holda, hamda turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillariga asoslangan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro turistik hamjamiyatda oʻz mamlakatlarini tanitish maqsadida, hamda oʻz fuqarolarining ikki mamlakat va xorijiy mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy yutuqlari, tabiati va yodgorliklari, tarixiy obidalari va Markaziy Osiyo xalqlarining urf-odatlari bilan tanishuvi yoʻlida turizm sohasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, oʻz mamlakatlarining milliy qonunchiligiga amal qilgan holda, xalqaro turizmni rivojlantirish sohasida faoliyat olib boradigan oʻzbek va qirgʻiz tashkilotlari, birlashmalar va kompaniyalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari quyidagi jarayonlar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sayyohlarga xizmat koʻrsatishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikdagi tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshma investitsion loyihalarning tatbiq etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzaro mutaxassislar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turistik yarmarka va koʻrgazmalar tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ikki mamlakatning birida (Tomonlar kelishuviga koʻra) qoʻshma majlislar va muzokaralar oʻtkazilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida, ikki mamlakat sayyohlik tartiblariga asoslangan holda oʻzaro sayyohlar almashinuvi jarayonini yaxshilash uchun turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida reklama materiallarini nashr qiladilar, Tomonlar oʻrtasida turistik maʼlumotlar, boshqa mamlakatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni boshqarib turadigan huquqiy hujjatlar, filmlar almashinuvini oʻzaro ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki mamlakatning turizm sohasidagi kadrlarini oʻqitish va tayyorlashda bir-birlariga koʻmak koʻrsatadilar, turizm tashkilotlarining mutaxassislari bilan oʻzaro almashadilar. Turizm sohasiga oid investitsion dasturlarning bajarilishi borasida oʻzaro hamkorlik ishlarini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turizmga sarmoyalar jalb qilish sohasida hamkorlik qiladilar, shu maqsadda mutaxassislar almashadilar, qoʻshma muzokaralar oʻtkazadilar, turizm sohasiga oid boʻlgan idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar oʻrtasida qoʻshma korxonalar tashkil qilish va boshqa loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini ragʻbatlantiradilar. Bundan tashqari, Tomonlar ushbu Bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalarni muhokama qilish maqsadida qoʻshma ishchi guruhlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro turistik aloqalarning holatini aniqlash va hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadida turistik tashkilotlar va birlashmalar vakillaridan iborat boʻlgan qoʻshma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va Bitimning 10-moddasida koʻrsatilgan tartibga asosan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va uch (3) yil davomida amal qiladi. Agar Tomonlarning biri Bitim muddati tugashidan uch (3) oy oldin uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etmasa, ushbu Bitimning muddati oʻz-oʻzidan keyingi uch (3) yillik muddatlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim Toshkent shahrida 2006-yil 3-oktabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2006-y., 3-4-son)