01.06.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PATENT HUQUQI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Qisqartirilgan iboralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma maqsadlari uchun, agar boshqa ma’no aniq ko‘zda tutilmaganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “idora” patentlarni berish yoki mazkur Shartnoma bilan tartibga solinadigan boshqa masalalar bilan shug‘ullanishga Ahdlashuvchi tomonning vakolatlangan organini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “talabnoma” 3-moddada ko‘rsatilganidek patent berish uchun talabnomani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “patent” 3-moddada ko‘rsatilganidek patentni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) “shaxs”ga havolalar jismoniy va yuridik shaxsni qamrab oluvchi deb tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “xabarnoma” idoraga topshirilgan har qanday talabnoma yoki mazkur Shartnoma bo‘yicha yoki uning doirasidan tashqarida bo‘lgan jarayon bilan bog‘liq talabnoma yoki patentga taalluqli har qanday iltimosnoma, ariza, hujjat, yozishma yoki boshqa ma’lumotlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) “idora materiallari” idoraga topshirilgan talabnomalarga taalluqli idora tomonidan saqlanayotgan ma’lumotlarning majmui, shu hisobda ushbu talabnomalarning o‘zlari, hamda ushbu idora yoki tegishli Ahdlashuvchi tomonga nisbatan amal qiluvchi boshqa organ tomonidan berilgan patentlar, shu hisobda ushbu patentlarning o‘zlarini anglatadi, bunday materiallar qanday ko‘rinishda saqlanayotganligiga bog‘liq emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) “yozuvlarni kiritish” idora materiallariga ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha har qanday harakatni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) “talabnoma beruvchi” idora materiallarida amaldagi qonunchilikka muvofiq patent berishni so‘rayotgan shaxsni yoki talabnomani topshirayotgan yoki u bo‘yicha ishlarni olib boruvchi shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ix) “egasi” idora materiallarida patent egasi sifatida ko‘rsatilgan shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(x) “vakil” amaldagi qonunchilikka muvofiq vakilni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xi) “imzo” identifikatsiya qilishning har qanday vositasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xii) “idorada qabul qilingan til” idoradagi tegishli jarayon uchun idora tomonidan qabul qilingan har qanday til;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xiii) “tarjima” idorada qabul qilingan tilga tarjima yoki tegishli hollarda alfavit yoki belgilar to‘lamidan foydalanilgan transliteratsiyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xiv) “idoradagi jarayon” talabnoma yoki patent bo‘yicha idoradagi ish yuritishning har qanday jarayonini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xv) birlik sondagi so‘zlar ko‘plik sondagi so‘zlarni qamrab oladi, va aksincha, matn ma’nosida boshqa ma’no mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xvi) “Parij konvensiyasi” qayta ko‘rishlar va o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda 1883 yil 20-martda imzolangan Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij konvensiyasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xvii) “Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma” qayta ko‘rishlar, to‘g‘rilashlar va o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda1970-yil 19-iyunda imzolangan Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomani (“RST”), unga Yo‘riqnoma va Ma’muriy yo‘riqnomani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xviii) “Ahdlashuvchi tomon” mazkur Shartnomaning tomoni bo‘lgan har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xix) “amaldagi qonunchilik” Ahdlashuvchi tomon davlat bo‘lganida ushbu davlat qonunchiligini anglatadi, Ahdlashuvchi tomon hukumatlararo tashkilot bo‘lganida ushbu hukumatlararo tashkilot faoliyat yurituvchi ma’muriy hujjatlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xx) “ratifikatsiya to‘g‘risidagi hujjat” qabul qilish yoki ma’qullash to‘g‘risidagi hujjatlar sifatida ko‘rib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xxi) “Tashkilot” Butunjahon intellektual mulk tashkilotini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xxii) “Xalqaro byuro” Tashkilotning Xalqaro byurosini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xxiii) “Bosh direktor” Tashkilotning Bosh direktorini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Yanada qulay sharoitlar] Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnomada ko‘zda tutilgan talabga nisbatan talabnoma beruvchilar va egalarning nuqtai nazaridan yanada qulay sharoitlarni ko‘zda tutish huquqiga ega, 5-modda bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Patent qonunchiligida moddiy me’yorlarni boshqarishning mavjud emasligi] mazkur Shartnomadagi yoki Yo‘riqnomadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi tomonning o‘z xohishiga ko‘ra patentlarga nisbatan moddiy huquqlarga talablarni belgilash bo‘yicha huquqlarni cheklash imkoniyati deb tushunilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Shartnoma qo‘llanadigan talabnoma va patentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Talabnomalar] (a) Mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalari Ahdlashuvchi tomonning idorasiga yoki idorasi uchun ixtiroga patent uchun milliy va hududiy talabnomalarga nisbatan qo‘llanadi, bunda talabnomalar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq xalqaro talabnoma sifatida topshirishga ruxsat berilgan talabnoma turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 4G(1) modda yoki (2) Parij konvensiyasida ko‘rsatilganidek ixtiroga patentlar yoki qo‘shimcha patetlarga alohida talabnomalar, (i) kichik bandda ko‘rsatilgan talabnomalar turlari qatoridan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini hisobga olgan holda mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalari ixtiroga patentga va qo‘shimcha patentga xalqaro talabnomalarga Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq qo‘llanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning 22 va 39(1) moddalariga muvofiq Ahdlashuvchi tomon idorasida qo‘llanadigan muddatlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) mazkur Shartnomaning 23 yoki 40 moddalari xalqaro talabnomaning ko‘rib chiqilishi yoki ekspertizasi boshlanishi mumkin bo‘lgan sanaga yoki ushbu sanadan keyingi har qanday jarayonga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Patentlar] Mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalari Ahdlashuvchi tomonda amal qiluvchi ixtiroga berilgan milliy va hududiy patentlarga va milliy va hududiy qo‘shimcha patentlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Xavfsizlikka nisbatan istisnolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomadagi hech bir narsa xavfsizlik maqsadidagi manfaatlarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan har qanday harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha Ahdlashuvchi tomonning huquqini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Topshirish sanasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Talabnoma elementlari] (a) Yo‘riqnomada buning aksi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, va (2) — (8) bandlar qoidalarini hisobga olgan holda talabnoma beruvchining istagiga ko‘ra qog‘ozda yoki topshirish maqsadlari uchun idora tomonidan yo‘l qo‘yiladigan boshqa usulga quyidagi barcha elementlar idora tomonidan olingan sana talabnomani topshirish sanasi ekanligini ko‘zda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) elementlar talabnoma bo‘lishligi yaqqol yoki ko‘zda tutilganligi ko‘rinib tursa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) talabnoma shaxsini aniqlash imkonini beradigan yoki idoraning talabnoma beruvchi bilan bog‘lanish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tashqi ko‘rinishi tavsifga o‘xshaydigan qism.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) topshirish sanasi maqsadlari uchun Ahdlashuvchi tomon chizmani (a)(iii) kichik bandda ko‘rsatilgan element sifatida qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Topshirish sanasi maqsadlari uchun Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchining shaxsini aniqlash imkonini beradigan hamda idoraga talabnoma beruvchi bilan bog‘lanish imkonini beradigan ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, yoki u (a)(iii) kichik bandda ko‘rsatilgan element sifatida talabnoma beruvchi bilan idoraning bog‘lanishi uchun talabnoma beruvchining shaxsini aniqlashtirish yoki talabnoma beruvchi bilan idoraning bog‘lanishiga imkon beruvchi dalillarni qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Til] (a) Ahdlashuvchi tomon (1)(a)(i) i (ii) bandlardagi ma’lumotlar idorada qabul qilingan tilda taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) topshirish sanasi maqsadlari uchun (1)(a)(iii) bandda nazarda tutilgan qism har qanday tilda taqdim qilishini mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Bildirishnoma] Ahdlashuvchi tomon (1) va (2) bandlarga binoan qo‘llaydigan talablarning bittasi yoki bir nechtasiga talabnoma javob bermaganda, idora talabnoma beruvchini iloji boricha tezroq xabardor qiladi, bunda Ahdlashuvchi tomon ushbu talabni bajarishga va Yo‘riqnomada belgilangan muddat ichida javob taqdim etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Talablarni keyinchalik bajarish] (a) Agar dastlabki topshirilgan talabnomada (1) va (2) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qo‘llaydigan bitta yoki bir nechta talablar bajarilmagan bo‘lsa, talabnoma topshirish sanasi (b) kichik bandi va (6) bandni hisobga olgan holda (1) va (2) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qo‘llaydigan barcha talablar bajarilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandda nazarda tutilgan bitta yoki bir nechta talablar Yo‘riqnomada belgilangan muddatda bajarilmaganda Ahdlashuvchi tomon talabnoma topshirilmagan deb hisoblanishini ko‘zda tutishi mumkin. Agar talabnoma topshirilmagan deb hisoblansa idora tegishli sabalar ko‘rsatilgan holda bu haqida talabnoma beruvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Tavsif yoki chizmaning yetishmayotgan qismiga taalluqli bildirishnoma] Agar topshirish sanasini belgilashda talabnomada tavsifning qismi mavjud bo‘lmaganda yoki talabnomada ilova qilinmagan chizmaga havola keltirilsa, idora bu haqida talabnoma beruvchini tezkorlik bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Tavsifning yetishmayotgan qismi yoki chizma taqdim etilgan hollarda topshirish sanasi] (a) Agar tavsifning yetishmayotgan qismi yoki yetishmayotgan chizma idoraga Yo‘riqnomada belgilangan muddatda taqdim etilsa tavsifning ushbu qismi yoki ushbu chizma (b) va (c) kichik bandlarni hisobga olgan holda talabnoma kiritiladi, bunda talabnomani topshirish sanasi tavsifning ushbu qismi yoki ushbu chizma idoraga topshirilgan sana yoki Ahdlashuvchi tomon (1) va (2) bandlarga binoan qo‘llaydigan barcha talablar bajarilgan sana, ularning qaysi biri keyingi ekanligiga bog‘liq holda, hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agar tavsifning yetishmayotgan qismi yoki yetishmayotgan chizma (a) kichik bandiga binoan talabnomada ular qoldirilib ketganligini to‘g‘rilash uchun taqdim etilsa, ushbu talabnomaga 1(a) bandda keltirilgan bitta yoki bir nechta element idora tomonidan birinchi bor olinganda, Yo‘riqnomada belgilangan muddatda va Yo‘riqnomada belgilangan talablarni hisobga olgan holda talabnoma beruvchining iltimosnomasi bo‘yicha oldingi talabnoma bo‘yicha ustuvorlik so‘ralganda talabnoma topshirilgan sana deb (1) va (2) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qo‘llaydigan barcha talablar bajarilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Agar (a) kichik bandiga binoan taqdim etilgan yetishmayotgan tavsif qismi yoki yetishmayotgan chizma Ahdlashuvchi tomonning belgilagan muddati davomida chiqarib tashlansa talabnoma topshirish sanasi deb (1) va (2) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qo‘llaydigan barcha talablar bajarilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) [Tavsif va chizmani oldin topshirilgan talabnomaga havola qilish bilan almashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Yo‘riqnomada belgilangan talablarni hisobga olgan holda talabnoma topshirish sanasi maqsadlari uchun idorada qabul qilingan tilda talabnoma topshirilganda oldin topshirilgan talabnomaga qilingan havola tavsif va har qanday chizmalar o‘rnini bosadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda talabnoma topshirilmagan deb hisoblanishi mumkin. Agar talabnoma topshirilmagan deb hisoblansa idora bu haqida talabnoma beruvchini tegishli sabalarni ko‘rsatib xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8) [Istisnolar] Ushbu moddadagi hech bir narsa quyidagilarni cheklamaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) talabnoma beruvchining Parij konvensiyasining 4G(1) yoki (2) moddalariga binoan ushbu moddada nazarda tutilgan alohida talabnomani topshirish sanasi sifatida ushbu moddada nazarda tutilgan dastlabki talabnomaning sanasini, va tegishli holatlarda ustuvorlik huquqining ustunligini saqlab qolish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ahdlashuvchi tomonning Yo‘riqnomada nazarda tutilgan har qanday turdagi talabnomaga nisbatan oldingi talabnoma topshirish sanasiga ustunlik berish uchun zarur bo‘lgan har qanday talablarni qo‘llash huquqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Talabnoma shakli va mazmuni] Agar boshqacha qoida mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan bo‘lsa, hech bir Ahdlashuvchi tomon quyidagilarga nisbatan farqli yoki qo‘shimcha bo‘lgan talabnoma shakli va mazmuniga aloqador hech bir talabni bajarishni talab qilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq xalqaro talabnomalarga nisbatan ko‘zda tutilgan shakli yoki mazmuniga nisbatan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning 23-moddasida nazarda tutilganidek xalqaro shartnomani ko‘rib chiqish yoki ekspertizasi boshlanishi bilan ushbu Shartnomaga muvofiq ushbu Shartnomaga har qanday ishtirokchi-davlatning idorasi, yoki ushbu davlat uchun amal qiluvchi idora talabiga muvofiq bajarilishi talab qilinishi mumkin bo‘lgan shakl va mazmunga aloqador talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan har qanday talablarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Ariza blankasi] (a) Talabnoma mazmuni Ahdlashuvchi tomon belgilagan ariza blankasida, u Patent hamkorligi to‘g‘risidagi Shartnomaga binoan xalqaro talabnoma arizasining mazmuniga mos kelishini Ahdlashuvchi tomon talab qilishi mumkin. Ahdlashuvchi tomon (1)(ii) bandagi yoki (1)(iii) bandga muvofiq Yo‘riqnomada nazarda tutilgan mazmunning boshqa har qanday elementlari ushbu ariza blankasida taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandi qoidalari va 8(1) moddani hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon (a) kichik bandida nazarda tutilgan mazmunni Yo‘riqnomada nazarda tutilgan ariza blankasida taqdim etilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Tarjima] Ahdlashuvchi tomon uning idorasida ko‘zda tutilgan tildan boshqa tilda tuzilgan talabnomaning har qanday qismining tarjimasini talab qilishi mumkin. Ahdlashuvchi tomon, Yo‘riqnomada belgilanganidek, uning idorasida belgilangan tilda tuzilgan talabnomaning har qanday qismining idora tomonidan yo‘l qo‘yilgan boshqa tillarga tarjimasini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Bojlar] Ahdlashuvchi tomon talabnomaga nisbatan bojlar to‘lanishini talab qilishi mumkin. Ahdlashuvchi tomon talabnomani topshirish uchun boj to‘lanishiga nisbatan Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning qoidalarini qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Ustuvorlik hujjati] Agar oldingi talabnoma ustuvorligi so‘ralsa, Ahdlashuvchi tomon oldingi talabnoma nusxasini va uning tarjimasini (agar oldingi talabnoma idorada belgilangan tildan boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa) Yo‘riqnomada belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Dalillar] Ahdlashuvchi tomon talabnoma bo‘yicha ish yuritishda (1) yoki (2) bandda aytib o‘tilgan har qanday materialga, (3) yoki (5) bandda aytib o‘tilgan har qanday tarjimaga yoki ustuvorlik to‘g‘risidagi arizaga nisbatan agar uning idorasida ushbu material haqiqiyligi va ushbu tarjima aniqligiga shubhalanishiga asos bo‘lganda idoraga dalillar taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) [Bildirishnoma] Ahdlashuvchi tomon (1) — (6) bandlarga binoan qo‘llaydigan bitta yoki bir nechta talab bajarilmaganda, yoki (6) bandga binoan dalil talab qilinganida idora talabnoma beruvchini xabardor qiladi va Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bunday talabni bajarish yoki izohlar taqdim etish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8) [Talablarni bajarmaslik] (a) Ahdlashuvchi tomon (1) — (6) bandlarga binoan qo‘llaydigan bitta yoki bir nechta talablar Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bajarilmaganda Ahdlashuvchi tomon (b) kichik bandi va 5 va 10 moddalarni hisobga olgan holda uning qonunchiligida ko‘zda tutilgan sanksiyalarni qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agar (1), (5) va (6) bandga binoan ustuvorlikka nisbatan Ahdlashuvchi tomon qo‘llaydigan biron talab Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bajarilmasa, (13) moddaga binoan v ustuvorlik talabi mavjud emas deb hisoblanishi mumkin. Hech bir sanksiya 5(7)(b) moddani hisobga olgan holda qo‘llanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Vakillik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Vakillar] (a) Idoradagi har qanday jarayon uchun tayinlangan vakilga nisbatan Ahdlashuvchi tomon quyidagilarni talab qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) amaldagi qonunchilik asosida idorada talabnomalar va patentlarga nisbatan ish yuritish huquqiga ega bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ahdlashuvchi tomon belgilagan hududdagi manzilni o‘z manzili sifatida taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (s) kichik bandini hisobga olgan holda idorada (a) kichik bandiga binoan Ahdlashuvchi tomon qo‘llaydigan talablarga rioya qiladigan vakil yoki vakilga nisbatan amalga oshiriladigan har qanday jarayon talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs yoki ushbu vakilni tayinlagan yuqorida sanab o‘tilgan shaxslarga nisbatan amalga oshiradigan harakat kuchiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Qasamyod qilish yoki rasmiy bayonot berish hollarida, yoki ishonchnoma bekor qilinganida vakilning imzosi ushbu vakilni tayinlagan talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs imzosining kuchiga ega emasligini Ahdlashuvchi tomon ko‘zda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Majburiy vakillik] (a) Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxsdan idoradagi har qanday jarayon uchun vakil tayinlashini talab qilishi mumkin, talabnoma vorisi, talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs quyidagi jarayonlarda mustaqil harakat qilishlari mumkin bo‘lgan quyidagi holatlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) topshirish sanasi maqsadlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) faqat boj to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Yo‘riqnomada belgilangan boshqa biron jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) (i) — (iii) kichik bandlarda nazarda tutilgan har qanday jarayonga nisbatan idora tomonidan tilxat yoki bildirnoma berilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kuchda saqlab turish uchun boj har qanday shaxs tomonidan to‘lanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Vakilni tayinlash] Vakil tayinlanganligi to‘g‘risida idoraga Yo‘riqnomada belgilangan usul orqali xabar berilishini Ahdlashuvchi tomon ko‘zda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Boshqa talablarga yo‘l qo‘ymaslik] Agar mazkur Shartnoma yoki Yo‘riqnomada ko‘zda tutilmagan bo‘lsa hech bir Ahdlashuvchi tomon (1) — (3) bandlar bilan tartibga solinadigan masalalarga nisbatan ushbu bandlarda aytib o‘tilgandan boshqa rasmiy talablar bajarilishini talab qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Bildirishnoma] (1) — (3) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qo‘llaydigan bitta yoki bir nechta talablar bajarilmaganda, idora talabnoma vorisini, talabnoma beruvchini, patent egasini yoki boshqa manfaatdor shaxsni xabardor qiladi va Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bunday talabni bajarish yoki izohlar taqdim etish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Talablarni bajarmaslik] Ahdlashuvchi tomon (1) — (3) bandlarga binoan qo‘llaydigan bitta yoki bir nechta talablar Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bajarilmaganda Ahdlashuvchi tomon uning qonunchiligida ko‘zda tutilgan sanksiyalarni qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Xabarlar; manzillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Xabarlarni yetkazish shakli va vositalari] (a) 5 (1) moddaga binoan talabnomani topshirish sanasini belgilashdan tashqari, (1) moddani hisobga olgan holda Yo‘riqnoma, (b) — (d) kichik bandlarni inobatga olib, Ahdlashuvchi tomon xabarlarni yetkazish shakllari va vositalariga nisbatan qo‘llashi mumkin bo‘lgan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hech bir Ahdlashuvchi tomon qog‘ozdan tashqari boshqa ko‘rinishda xabarlarni taqdim etilishiga yo‘l qo‘yishga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Hech bir Ahdlashuvchi tomon xabarlarni qog‘ozda taqdim etilishini istisno etishga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Ahdlashuvchi tomonlar muddatlarga rioya etilishi maqsadlari uchun xabarlarni qog‘ozda topshirishga yo‘l qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Xabarlar tili] Mazkur Shartnoma yoki Yo‘riqnomada boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa Ahdlashuvchi tomon xabar idorada qabul qilingan tilda topshirilishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Namunaviy xalqaro blankalar] (1) (a) bandi qoidalariga qaramasdan, (1)(b) band va 6(2)(b) moddani hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon Yo‘riqnomada nazarda tutilgan xabarga nisbatan xabarlarni Namunaviy xalqaro blankalarga mos blankada taqdim etilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin, agar Yo‘riqnoma buni nazarda tutgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Xabarlarni imzolash] (a) Agar Ahdlashuvchi tomon har qanday xabar uchun imzo talab qilsa, ushbu Ahdlashuvchi tomon Yo‘riqnomada belgilangan talablarga javob beruvchi har qanday imzoga yo‘l qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hech bir Ahdlashuvchi tomon har qanday imzoning tasdiqlanishi, notarial tasdiqlanishi, aslining tasdiqlanishi, legalizatsiyasini yoki boshqa tasdiqlanishini talab qilishi mumkin emas, har qanday kvazisud ko‘rib chiqishlar yoki Yo‘riqnomada belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Ahdlashuvchi tomon (b) kichik bandni hisobga olgan holda idorada har qanday imzoning haqiqiyligiga shubhalanishiga asos bo‘lganda idoraga dalillar taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Xabarlardagi ko‘rsatmalar] Ahdlashuvchi tomon har qanday xabar Yo‘riqnomada nazarda tutilgan bitta yoki bir nechta ko‘rsatmalardan iborat bo‘lishi kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Yozishmalar uchun manzil, huquqiy hujjatlarni berish uchun manzil va boshqa manzillar] Yo‘riqnomada belgilangan har qanday qoidani hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchidan, patent egasidan yoki boshqa manfaatdor shaxsdan har qanday xabarda quyidagilar ko‘rsatilishini talab qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yozishmal uchun manzil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yuridik hujjatlarni berish uchun manzil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Yo‘riqnomada belgilangan har qanday boshqa manzil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) [Bildirishnoma] (1) — (6) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qo‘llaydigan bitta yoki bir nechta talablar bajarilmaganda, idora talabnoma beruvchini, patent egasini yoki boshqa manfaatdor shaxsni xabardor qiladi va Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bunday talabni bajarish yoki izohlar taqdim etish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8) [Talablarni bajarmaslik] Ahdlashuvchi tomon (1) — (6) bandlarga binoan qo‘llaydigan bitta yoki bir nechta talablar Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bajarilmaganda Ahdlashuvchi tomon 5 va 10-moddalarni hisobga olgan holda uning qonunchiligida ko‘zda tutilgan sanksiyalarni qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Bildirishnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Etarli bildirishnoma] Mazkur Shartnoma yoki Yo‘riqnomaga muvofiq har qanday bildirishnoma idora tomonidan 8(6) moddaga muvofiq ko‘rsatilgan yozishmalar uchun manzil yoki yuridik hujjatlarni berish uchun manzil yoki ushbu qoida maqsadlari uchun va ushbu bildirishnomaga nisbatan qoidalarga mos keladigan Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan boshqa har qanday manzil mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma maqsadlari uchun yetarli bildirishnoma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Agar bog‘lanish uchun ma’lumotlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa] Mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomada hech bir narsa Ahdlashuvchi tomonni talabnoma beruvchiga, patent egasiga yoki boshqa manfaatdor shaxsga bildirishnoma yuborish majburiyatini yuklamaydi, agar idoraga talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs bilan bog‘lanish imkoniyatini beruvchi ma’lumotlar taqdim etilmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Xabardor qilmaslik] 10 (1) moddani hisobga olgan holda agar idora talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxsni mazkur Shartnoma yoki Yo‘riqnomaga muvofiq biron talabni bajarmaganligi to‘g‘risida xabardor qilmasa, bunday xabardor qilmaslik talabnoma beruvchi, patent egasi va boshqa manfaatdor shaxsni ushbu talabni bajarishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Patentning haqiqiyligi; bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Patentning haqiqiyligi, ayrim rasmiy talablarni bajarmaslikka bog‘liq bo‘lmagan holda] Talabnomaga nisbatan patentni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas yoki bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi, rasmiy talabni bajarmaslik maqsadli aldash natijasi bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Patentni haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish ehtimolida izohlar, o‘zgartirishlar yoki to‘g‘rilashlar kiritish imkoniyati] Patent to‘liq yoki qisman patent egasiga patentni haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish ehtimoli bilan izohlarni taqdim etish imkoniyatini bermasdan haqiqiy emas deb topilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas, bunda amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan muddatlarda o‘zgartirish va to‘g‘rilash kiritish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Maxsus jarayonlarga nisbatan majburiyatlarning yo‘qligi] (1) va (2) bandlar umumiy huquqni qo‘llash amaliyotidan boshqa bo‘lgan patent huquqlarini himoya qilish uchun sud jarayonlarini boshlash majburiyatini keltirib chiqarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Muddatlarga nisbatan yengilliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Muddatlarni uzaytirish] Ahdlashuvchi tomon talabnoma yoki patentga nisbatan idoradagi jarayon borishida harakatlarni amalga oshirish uchun idora tomonidan belgilangan muddatni Yo‘riqnomada belgilangan davrga uzaytirishni ko‘zda tutishi mumkin, agar bu to‘g‘risidagi iltimosnoma idoraga Yo‘riqnomada belgilangan talablarga muvofiq berilganda va Ahdlashuvchi tomonning tanlovi bo‘yicha bunday iltimosnoma quyidagi muddatlarda topshirilgan bo‘lsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) belgilangan muddat tugashidan oldin; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) belgilangan muddat tugagandan so‘ng, lekin Yo‘riqnomada belgilangan muddat ichida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Ish yuritishni davom ettirish] Ahdlashuvchi tomon idorasi talabnoma yoki patentga nisbatan idoradagi jarayon borishida harakatlarni amalga oshirish uchun belgilagan muddatga talabnoma beruvchi yoki patent egasi rioya qilmagan holatda, va agar Ahdlashuvchi tomon (1)(ii) bandga binoan muddatni uzaytirishni ko‘zda tutmagan bo‘lsa, u talabnoma yoki patent bo‘yicha ish yuritishni davom ettirishni ko‘zda tutadi va, agar zarur bo‘lsa, ushbu talabnoma yoki patentga nisbatan talabnoma beruvchi yoki patent egasining huquqlarini tiklaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) bu to‘g‘risidagi iltimosnoma idoraga Yo‘riqnomada belgilangan talablarga muvofiq berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) iltimosnoma berilganda, va tegishli harakatni amalga oshirish uchun muddat qo‘llanadigan talablar Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bajarilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Istisnolar] Hech bir Ahdlashuvchi tomondan (1) yoki (2) bandlarda belgilangan, Yo‘riqnomada belgilangan istisnolarga nisbatan yengilliklarni ko‘zda tutishi kerakligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Bojlar] Ahdlashuvchi tomon (1) yoki (2) bandlarga binoan iltimosnomaga nisbatan boj to‘lanishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Boshqa talablarni taqiqlash] Hech bir Ahdlashuvchi tomon (1) yoki (2) bandga ko‘zda tutilgan yengillikka nisbatan (1) — (4) bandlarda aytib o‘tilgandan boshqa talablarning bajarilishini talab qilishi mumkin emas, agar boshqa qoida mazkur Shartnoma yoki Yo‘riqnomadan belgilanmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Rad etish ehtimolida izoh berish imkoniyati] (1) yoki (2) bandga binoan iltimosnoma rad etish ehtimoli munosabati bilan belgilangan muddatda talabnoma beruvchi yoki patent egasiga izoh berish imkonisiz rad etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Tegishli choralarni qabul qilishdan yoki bexosdanlik holatlarini idora aniqlaganidan so‘ng huquqlarni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Iltimosnoma] Ahdlashuvchi tomon idorasi talabnoma yoki patentga nisbatan idoradagi jarayon borishida harakatlarni amalga oshirish uchun belgilagan muddatga talabnoma beruvchi yoki patent egasi rioya qilmagan holatda, va bunday rioya qilmaslik talabnomaga yoki patentga nisbatan huquqlarni yo‘qotishga bevosita olib kelsa idora talabnoma yoki patentga nisbatan talabnoma beruvchining yoki patent egasining huquqlarini tiklaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) iltimosnoma idoraga Yo‘riqnomada belgilangan talablarga muvofiq topshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) iltimosnoma berilganda, va tegishli harakatni amalga oshirish uchun muddat qo‘llanadigan talablar Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida bajarilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) iltimosnomada muddatlarga rioya qilinmaganlik sabablari ko‘rsatilganda, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) idoraning fikricha muddatlarga rioya qilmaslik tegishli holatlarda kerakli choralar ko‘rilganiga qaramasdan vujudga kelganda yoki, Ahdlashuvchi tomonning tanlovi bo‘yicha, har qanday kechikish bexosdan bo‘lganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Istisnolar] Hech bir Ahdlashuvchi tomondan (1) bandda belgilangan, Yo‘riqnomada belgilangan istisnolarga nisbatan huquqlarni tiklashni ko‘zda tutishi kerakligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Bojlar] Ahdlashuvchi tomon (1) bandga binoan iltimosnomaga nisbatan boj to‘lanishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Dalillar] Ahdlashuvchi tomon (1)(iii) bandda ko‘rsatilgan sabablarni tasdiqlovchi ariza yoki boshqa dalillarni idora tomonidan belgilangan muddatda idoraga taqdim qilinishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Rad etish ehtimolida izoh berish imkoniyati] (1) bandga binoan iltimosnoma rad etish ehtimoli munosabati bilan belgilangan muddatda talabnoma beruvchi yoki patent egasiga izoh berish imkonisiz to‘liq yoki qisman rad etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ustuvorlik talabini to‘g‘rilash yoki to‘ldirish; ustuvorlik huquqini tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Ustuvorlik talabini to‘g‘rilash va to‘ldirish] Yo‘riqnomada boshqacha qoida ko‘zda tutilmaganda Ahdlashuvchi tomon talabnomaga (“keyingi talabnoma”) nisbatan ustuvorlik talabini to‘g‘rilash yoki to‘ldirish imkoniyatini ko‘zda tutadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) bu haqidagi iltimosnoma idoraga Yo‘riqnomada belgilangan talablarga muvofiq topshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) iltimosnoma Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida topshirilsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) keyingi talabnomani topshirish sanasi asosida ustuvorlik so‘ralayotgan oldingi talabnomani topshirish sanasidan hisoblanadigan ustuvorlik muddati tugaydigan sanadan keyin bo‘lmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Keyingi talabnomani kechiktirib topshirish] 15-moddani hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon, agar talabnomaning (“keyingi talabnoma”), oldingi talabnoma bo‘yicha ustuvorlik so‘ralganda yoki so‘ralishi mumkin bo‘lganida, topshirish sanasi ustuvorlik muddati so‘ralishi mumkin bo‘lgan sanadan keyin bo‘lsa, lekin Yo‘riqnomada belgilangan muddatda bo‘lsa idora ustuvorlik huquqini tiklaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) bu haqidagi iltimosnoma idoraga Yo‘riqnomada belgilangan talablarga muvofiq topshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) iltimosnoma Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida topshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) iltimosnomada ustuvorlik muddatiga rioya qilmaslik sabablari ko‘rsatilsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) idoraning fikricha keyingi talabnomani topshirmaslik tegishli holatlarda kerakli choralar ko‘rilganiga qaramasdan vujudga kelganda yoki, Ahdlashuvchi tomonning tanlovi bo‘yicha, har qanday kechikish bexosdan bo‘lganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Oldingi talabnomaning nusxasini taqdim etmaslik] 6(5)-moddaga muvofiq talab qilinadigan oldingi talabnoma nusxasi Yo‘riqnomaning 6-moddasiga binoan belgilangan muddatda idoraga taqdim etilmaganda idora ustuvorlik huquqini tiklashini Ahdlashuvchi tomon ko‘zda tutadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) bu haqidagi iltimosnoma idoraga Yo‘riqnomada belgilangan talablarga muvofiq topshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) iltimosnoma 6(5)-moddaga binoan Yo‘riqnomada belgilangan oldingi talabnoma nusxasini topshirish uchun muddat davomida topshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) idoraning fikricha nusxani taqdim etish to‘g‘risidagi iltimosnoma oldingi talabnoma topshirilgan idoraga Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida topshirilsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) oldingi talabnoma nusxasi Yo‘riqnomada belgilangan muddat davomida taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Bojlar] Ahdlashuvchi tomon (1) — (3) bandlarga binoan iltimosnomaga nisbatan boj to‘lanishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Dalillar] Ahdlashuvchi tomon (2)(iii) bandda ko‘rsatilgan sabablarni tasdiqlovchi ariza yoki boshqa dalillarni idora tomonidan belgilangan muddatda idoraga taqdim qilinishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Rad etish ehtimolida izoh berish imkoniyati] (1) — (3) bandlarga binoan iltimosnoma rad etish ehtimoli munosabati bilan belgilangan muddatda talabnoma beruvchi yoki patent egasiga izoh berish imkonisiz to‘liq yoki qisman rad etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Yo‘riqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Mazmuni] (a) Mazkur Shartnomaga ilova qilinadigan Yo‘riqnoma quyidagilarga taalluqli qoidalardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mazkur Shartnomada Yo‘riqnomada belgilanganligi ko‘zda tutilgan masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) mazkur Shartnoma qoidalarini bajarishda foydali bo‘lgan batafsilliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ma’muriy talablar, masalalar yoki jarayonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yo‘riqnomada Ahdlashuvchi tomon iltimosnomalarga nisbatan qo‘llashi mumkin bo‘lgan rasmiy talablarga taalluqli qoidalar ko‘zda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) nomi yoki manzilini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) talabnoma beruvchi yoki patent egasi o‘zgarishi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritishi to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) litsenziya yoki garov to‘g‘risidagi yozuvni kiritish to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) xatolarni to‘g‘rilash to‘g‘risidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Yo‘riqnomada Xalqaro byuro ko‘magida Assambleya tomonidan Namunaviy xalqaro blankalarni qabul qilish, hamda 6(2)(b)-modda maqsadlari uchun ariza blankasini qabul qilishni ko‘zda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Yo‘riqnomaga to‘g‘rilashlarni kiritish] (3) bandni hisobga olgan holda Yo‘riqnomaga har qanday to‘g‘rilashlarni kiritish ovozlarning to‘rtdan uch qismiga teng ko‘pchilikni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Bir ovozlik talabi] (a) Yo‘riqnoma Yo‘riqnomaga kiritilishi mumkin bo‘lgan tuzatishlar faqat bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan kiritilishi mumkin bo‘lgan qoidalarni aniqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yo‘riqnomada belgilangan qoidalarga biron qoidani qo‘shish yoki chiqarib tashlashga olib keladigan Yo‘riqnomaga to‘g‘rilashlar (a) kichik bandga binoan bir ovozdan qabul qilingan qarorni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Bir ovozga erishganlikni aniqlashda ovoz berishda berilgan haqiqiy ovozlar hisobga olinadi. Betaraflar ovozlari hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Shartnoma va Yo‘riqnoma o‘rtasidagi kelishmovchiliklar] Mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar yuzaga kelganda Shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Parij konvensiyasi bilan aloqadorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Parij konvensiyasiga rioya qilish majburiyati] Har bir Ahdlashuvchi tomon patentlarga nisbatan Parij konvensiyasining qoidalariga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Parij konvensiyasiga muvofiq majburiyatlar va huquqlar] (a) Mazkur Shartnomadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi tomonlarning Parij konvensiyasiga muvofiq bir biriga nisbatan olgan majburiyatlarini bekor qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Mazkur Shartnomadagi hech bir narsa talabnoma beruvchilar va patent egalarining Parij konvensiyasiga muvofiq foydalanadigan huquqlarini kamsitmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning qayta ko‘rilishi, to‘g‘rilanishi va o‘zgartirishining amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning qayta ko‘rilishi, to‘g‘rilanishi va o‘zgartirishining qo‘llanishi] (2) bandni hisobga olgan holda Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma 2000-yil 2-iyundan keyin qilingan va mazkur Shartnoma moddalariga mos keladigan qayta ko‘rilish, to‘g‘rilanish va o‘zgartirishlar mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma maqsadlari uchun Assambleya har bir holat uchun alohida ovozlarning to‘rtdan uch qismiga teng ko‘pchiligi bilan tegishli qaror qabul qilganda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning o‘tish qoidalarining qo‘llanmasligi] Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning har qanday qoidasi va shu sababdan mazkur Shartnomaning to‘g‘rilangan va o‘zgartirilgan qoidasi mazkur Shartnomaning ishtirokchi-davlatiga nisbatan, yoki bunday davlat idorasiga nisbatan yoki bunday davlat nomidan ish yurituvchi idoraga nisbatan davlat yoki idora qonunchiligi qo‘llaydigan qonunchilikka zid bo‘lgan davrda mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma maqsadlarida qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Assambleya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Tarkib] (a) Ahdlashuvchi tomonlar Assambleyaga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Har bir Ahdlashuvchi tomon Assambleyada bitta vakilga ega, u o‘rinbosarlarga, maslahatchilarga va ekspertlarga ega bo‘lishi mumkin. Har bir vakil bitta Ahdlashuvchi tomonning vakili bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Vazifalar] Assambleya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mazkur Shartnomani saqlash va rivojlantirish va uni qo‘llashga taalluqli masalalarni qo‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Xalqaro byuro ko‘magida 14(1)(c)-moddada ko‘zda tutilgan Namunaviy xalqaro blankalar va ariza blankasini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Yo‘riqnomaga to‘g‘rilashlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) (ii) ko‘zda tutilgan va (iii) ko‘zda tutilgan har bir to‘g‘rilash uchun har bir Namunaviy xalqaro blank va ariza blankasini qo‘llash sanasi uchun shartlarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 16(1)-moddaga muvofiq Patent hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomani har qanday qayta ko‘rib chiqish, uni to‘g‘rilash va o‘zgartirish mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma maqsadlari uchun qo‘llanishini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) mazkur Shartnomadan kelib chiquvchi barcha boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Kvorum] (a) Davlat bo‘lgan Assambleya a’zolarining yarmi kvorumni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandining qoidalariga qaramasdan, agar biron-bir sessiyada Assambleya a’zolarining soni yarmidan kam bo‘lsa, lekin davlat bo‘lgan Assambleya a’zolarining uchdan biriga teng yoki undan ortiq bo‘lsa Assambleya qaror qabul qilishi mumkin, ammo Assambleyaning barcha qarorlari, uning o‘z jarayoni qoidalari taalluqli qarorlar bundan mustasno, quyidagi shartlar bajarilganda majburiy bo‘ladi. Ushbu qarorlarni Xalqaro byuro vakili ishtirok etmagan davlat bo‘lgan Assambleya a’zolariga yuboradi va qaror jo‘natilgan sanadan o‘n oy ichida yozma ravishda ushbu qarorlarga ovoz berishi, qarshi bo‘lishi yoki betaraf bo‘lishi to‘g‘risida xabar berishini taklif qiladi. Agar ushbu muddat o‘tgandan so‘ng bunday tarzda ovoz bergan yoki betaraf bo‘lgan a’zolarning soni sessiyadagi kvorum uchun yetmayotgan songa yetganida bunday qarorlar zarur bo‘lgan ko‘pchilik saqlanib qolganda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Assambleyada qarorlarni qabul qilish] (a) Assambleya o‘z qarorlarini konsensus asosida qabul qilishga intiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Konsensus asosida qaror qabul qilish imkoniyati bo‘lmagan holatda muhokamadagi masala bo‘yicha qaror ovoz berish orqali qabul qilinadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) davlat bo‘lgan har bir Ahdlashuvchi tomon bitta ovozga ega va faqat o‘z nomidan ovoz beradi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) hukumatlararo tashkilot bo‘lgan har qanday Ahdlashuvchi tomon o‘z a’zo-davlatlari uchun ovoz berishda qatnashishi mumkin, bunda ovozlar soni mazkur Shartnomaning ishtirokchisi bo‘lgan unga a’zo-davlatlar soniga teng bo‘lishi kerak. Bunday hukumatlararo tashkilotning hech biri agar unga a’zo-davlatlarning biron-biri ovoz berishda qatnashishda o‘z huquqidan foydalansa, va aksincha. Bundan tashqari, hech bir bunday hukumatlararo tashkilot ovoz berishda qatnashmaydi, agar unga a’zo-davlat, mazkur Shartnomada ishtirok etganda, biron-biri boshqa hukumatlararo tashkilotga a’zo-davlat bo‘lganida, va ushbu hukumatlararo tashkilot ovoz berishda qatnashganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Ko‘pchilik] (a) 14(2) va (3), 16(1)-moddalar, hamda 19(3)-modda qoidalariini hisobga olgan holda Assambleya ovoz berganlarning uchdan ikki qismidagi ko‘pchilik bilan o‘z qarorlarini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kerakli ko‘pchilikka erishilganligini aniqlashda ovoz berishda haqiqatdan berilgan ovozlar inobatga olinadi. Betaraf ovozlar inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Sessiyalar] Assambleya navbatdagi sessiyaga ikki yilda bir marta Bosh direktor chaqirig‘i bilan yig‘iladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) [Jarayon qoidalari] Assambleya o‘z jarayon qoidalarini qabul qiladi, shu hisobda favqulodda sessiyalarni chaqirish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Xalqaro byuro
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Ma’muriy vazifalar] (a) Xalqaro byuro mazkur Shartnomaga taalluqli ma’muriy vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Xususan, Xalqaro byuro yig‘ilishlarni tayyorlaydi, Assambleya kotibiyati va Assambleya ta’sis etishi mumkin bo‘lgan ekspertlar qo‘mitalari va ishchi guruhlar vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Assambleya sessiyalaridan tashqari boshqa yig‘ilishlar] Bosh direktor Assambleya tashkil etgan har qanday qo‘mita va ishchi guruh yig‘ilishlarini chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Assambleya va boshqa yig‘ilishlarda Xalqaro byuroning roli] (a) Bosh direktor va Bosh direktor tomonidan tayinlangan shaxslar Assambleya, Assambleya tomonidan ta’sis etilgan qo‘mitalar va ishchi guruhlarning barcha yig‘ilishlarida ovoz berish huquqisiz qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Bosh direktor va Bosh direktor tomonidan tayinlangan shtat xodimi Assambleyaning va (a) kichik bandida aytib o‘tilgan qo‘mitalar va ishchi guruhlarning exofficio kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Anjumanlar] (a) Xalqaro byuro Assambleya ko‘rsatmasiga muvofiq qayta ko‘rish bo‘yicha har qanday anjumanni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Xalqaro byuro Tashkilotga a’zo-davlatlar, hukumatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan aytib o‘tilgan tayyorlash ishlariga taalluqli masalalar bo‘yicha maslahatlashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Bosh direktor va Bosh direktor tomonidan tayinlangan shaxslar anjumanlardagi muhokamalarda ovoz berish huquqisiz qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Boshqa vazifalar] Xalqaro byuro mazkur Shartnoma bilan bog‘liq unga yuklatilgan har qanday vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Qayta ko‘rib chiqishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Shartnomani qayta ko‘rib chiqish] (2) band qoidalarini hisobga olgan holda mazkur Shartnoma Ahdlashuvchi tomonlarning anjumanida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha anjumanni chaqirish bo‘yicha qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Shartnomaning ayrim qoidalarini qayta ko‘rib chiqish va to‘g‘rilash] 17(2) va (6)-moddaga to‘g‘rilashlar qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha anjuman yoki (3) band qoidalariga muvofiq Assambleya tomonidan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Shartnomaning ayrim qoidalariga Assambleya tomonidan kiritiladigan to‘g‘rilashalar] (a) 17(2) va (6)-moddaga Assambleya tomonidan to‘g‘rilashlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar biron bir Ahdlashuvchi tomon yoki Bosh direktor tomonidan berilishi mumkin. Bunday takliflarni Bosh direktor ularni Assambleyada ko‘rib chiqishdan kamida 6 oy oldin Ahdlashuvchi tomonlarga jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandda ko‘zda tutilgan qoidalarga har qanday to‘g‘rilashlarni qabul qilish ovozlarning ko‘pchilik to‘rtdan uch qismini talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) (a) kichik bandida ko‘zda tutilgan qoidalarga har qanday to‘g‘rilashlar Assambleya ularni qabul qilgan sanaga unga a’zo bo‘lgan Ahdlashuvchi tomonlarning to‘rtdan uch qismidan Bosh direktor tomonidan Ahdlashuvchi tomonlarning konstitutsion jarayonlariga muvofiq yozma bildirishnomalarni qabul qilganidan so‘ng 6 oydan keyin kuchga kiradi. Bunday tarzda qabul qilingan aytib o‘tilgan qoidalarga har qanday to‘g‘rilash barcha Ahdlashuvchi tomonlar uchun to‘g‘rilash kuchga kirgan sanaga majburiydir, ushbu to‘g‘rilashlar keyinroq Ahdlashuvchi tomon bo‘ladigan davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar uchun ham majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Shartnomada ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Davlatlar] Parij konvensiyasiga yoki Tashkilotga a’zo bo‘lgan har qanday davlat va unga nisbatan ushbu davlat idorasi, yoki boshqa davlat idorasi yoki hukumatlararo tashkilot tomonidan patentlar berilishi mumkin bo‘lgan davlat mazkur Shartnomaning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Hukumatlararo tashkilotlar] Har qanday hukumatlararo tashkilot mazkur Shartnoma ishtirokchisi bo‘lishi mumkin, agar ushbu hukumatlararo tashkilotning kamida bitta a’zosi — davlat Parij konvensiyasi yoki Tashkilot a’zosi bo‘lsa, va ushbu hukumatlararo tashkilot uning ichki jarayonlariga muvofiq mazkur Shartnoma a’zo bo‘lishga vakolatlangan bo‘lsa va quyidagilarni ma’lum qilsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) u unga a’zo-davlatlarga nisbatan amal qiluvchi patentlarni berishga vakolatlarga egaligini; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) u mazkur Shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalarga nisbatan vakolatga egaligini, unga a’zo-davlatlar uchun majburiy bo‘lgan tegishli o‘z qonunchiligiga egaligini va u ushbu qonunchilikka muvofiq uning hududida amal qiluvchi patentlarni berish maqsadida hududiy idoraga egaligini yoki vakolatlarni berganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) bandni hisobga olib bunday bayonot ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni topshirayotgan vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Hududiy patent tashkilotlari] Yevropa patent tashkiloti, Yevrosiyo patent tashkiloti va Afrika hududiy sanoat mulki tashkiloti (2)(i) yoki (ii) banddagi bayonotni mazkur Shartnomani qabul qilgan Diplomatik anjumanda amalga oshirish, mazkur Shartnomada hukumatlararo tashkilot sifatida ishtirok etishlari mumkin, agar ratifikatsiya ilish yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni saqlash uchun topshirida uning ichki jarayonlariga muvofiq mazkur Shartnomaning ishtirokchisi bo‘lishga vakolatlanganligini bayonot qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Ratifikatsiya yoki qo‘shilish] (1), (2) yoki (3) bandlarning talablariga javob beruvchi har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot quyidagilarni saqlash uchun topshirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ushbu davlat yoki tashkilot mazkur Shartnomani imzolaganda ratifikatsiya qilishi to‘g‘risidagi hujjat; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ushbu davlat yoki tashkilot mazkur Shartnomani imzolamaganda qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Shartnomaning kuchga kirishi; Ratifikatsiyalar va qo‘shilishlarning kuchga kirish sanasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Mazkur Shartnomaning kuchga kirishi] Mazkur Shartnoma o‘nta davlat Bosh direktorga ratifikatsiya yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlarini topshirgandan so‘ng uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Ratifikatsiyalar va qo‘shilishlarning kuchga kirish sanasi] Mazkur Shartnoma quyidagilarni o‘z qoidalari bilan bog‘laydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) (1) bandda aytib o‘tilgan o‘nta davlat mazkur Shartnoma kuchga kirgan sanadan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) har qanday boshqa davlat o‘zining ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni Bosh direktorga saqlash uchun topshirgandan keyin uch oydan so‘ng, yoki ushbu hujjatda ko‘rsatilgan kechroq sanaga, lekin saqlash uchun topshirilgandan so‘ng olti oydan kechikmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Yevropa patent tashkiloti, Yevrosiyo patent tashkiloti va Afrika hududiy sanoat mulki tashkilotining har birini ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirgandan so‘ng uch oy o‘tgandan keyin, yoki ushbu hujjatda ko‘rsatilgan kechroq sanaga, lekin saqlash uchun topshirilgandan so‘ng olti oydan kechikmasdan, agar bunday hujjat saqlash uchun (1) bandga binoan mazkur Shartnoma kuchga kirgandan keyin, yoki mazkur Shartnoma kuchga kirgandan keyin uch oydan so‘ng, agar saqlash uchun bunday hujjat mazkur Shartnoma kuchga kirishidan oldin topshirilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) mazkur Shartnomaga a’zo bo‘lish huquqiga ega har qanday boshqa hukumatlararo tashkilotni ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirgandan so‘ng uch oy o‘tgandan keyin, yoki ushbu hujjatda ko‘rsatilgan kechroq sanaga, lekin saqlash uchun topshirilgandan so‘ng olti oydan kechikmasdan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Shartnomani mavjud talabnomalar va patentlarga qo‘llash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Tamoyil] (2) bandni hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomani, 5-modda va 6(1) va (2)-modda va ularga aloqador Yo‘riqnoma bundan mustasno, ushbu Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnoma qoidalari bilan 21-moddaga muvofiq bog‘liq bo‘ladigan sanaga ko‘rib chiqilayotgan va ushbu sanaga amal qiladigan patentlarga nisbatan qo‘llaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Jarayonlar] Hech bir Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomani (1) bandda ko‘zda tutilgan talabnomalar va patentlar bo‘yicha ish yuritishga qo‘llashga majbur emas, agar ushbu jarayon 21-moddaga muvofiq mazkur Shartnomaning qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan sanadan oldin boshlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Alohida shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Alohida shart] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot alohida shart sifatida 6(1)-modda qoidalari xalqaro talabnomaga Patent hamkorligi to‘g‘risidagi Shartnomaga muvofiq qo‘llanadigan ixtironing birligiga nisbatan hech bir talabga qo‘llanilmasligini bayonot qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Alohida shartlarni topshirish usuli] Har qanday alohida shart (1) bandga muvofiq bayonot qiluvchi tegishli davlat yoki hukumatlararo tashkilotning mazkur Shartnomani ratifikatsiya qilishi yoki unga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatga ilova qilinadigan bayonotda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Chaqirib olish] (1) bandga muvofiq har qanday alohida shart istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Boshqa alohida shartlarni taqiqlash] (1) bandda ko‘zda tutilgan holatdan tashqari mazkur Shartnomaga boshqa hech qanday alohida shartlar yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Shartnomani denonsatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Bildirishnoma] Har qanday Ahdlashuvchi tomon Bosh direktorga jo‘natiladigan bildirishnoma orqali mazkur Shartnomani denonsatsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Kuchga kirish sanasi] Har qanday denonsatsiya Bosh direktor bildirishnomani olgandan so‘ng bir yildan keyin kuchga kiradi, yoki bildirishnomada ko‘rsatilgan istalgan keyingiroq sanadan kuchga kiradi. Denonsatsiya mazkur Shartnoma denonsatsiyasi kuchga kiruvchi sanaga denonsatsiya qiluvchi Ahdlashuvchi tomonda ko‘rib chiqilayotgan talabnoma yoki amal qilayotgan patentga nisbatan qo‘llanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Shartnoma tillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Haqiqiy matnlar] Mazkur Shartnoma bitta nusxada ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida imzolanadi, faqat ushbu matnlar haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Rasmiy matnlar] (1) bandda aytib o‘tilgan har qanday tildagi rasmiy matn Bosh direktor tomonidan manfaatdor tomonlar bilan maslahatlardan so‘ng tasdiqlanadi. Ushbu band maqsadlari uchun manfaatdor tomon mazkur Shartnomaga a’zo bo‘lgan har qanday davlat yoki 20(1)-moddaga binoan Shartnoma ishtirokchisi bo‘lish huquqiga ega har qanday davlatni anglatadi, bunda gap borayotgan til uning rasmiy tili yoki rasmiy tillardan biri bo‘lsa va Yevropa patent tashkiloti, Yevrosiyo patent tashkiloti va Afrika hududiy sanoat mulki tashkiloti hamda Shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan yoki ishtirokchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa hukumatlararo tashkilot, agar gap borayotgan til uning rasmiy tillaridan biri bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Haqiqiy matnlarning ustuvorligi] Haqiqiy va rasmiy matnlar asosida izohlardan farqli fikrlar mavjudligida haqiqiy matnlar qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Shartnomani imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma 20(1)-moddaga binoan Tashkilotning bosh qarorgohida uni qabul qilgandan so‘ng bir yildan so‘ng Shartnoma ishtirokchisi bo‘lish huquqiga ega har qanday davlat uchun imzolash uchun ochiq hamda Yevropa patent tashkiloti, Yevrosiyo patent tashkiloti va Afrika hududiy sanoat mulki tashkiloti uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Depozitariy; ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Depozitariy] Bosh direktor mazkur Shartnomaning depozitariysidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Ro‘yxatdan o‘tkazish] Bosh direktor mazkur Shartnomani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)