Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 13-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164,165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1351-modda bilan toʻldirilsin:
“1351-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sugʻurta polislarida koʻrsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi toʻgʻrisida mazkur sugʻurta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qonunda belgilangan majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilmasligi, xuddi shuningdek, agar bunday majburiy sugʻurta qilinmaganligi oldindan ayon boʻlsa, transport vositalarini boshqarish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 248-modda:
birinchi qismi “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan toʻldirilsin;
5-bandidagi “135-moddasida” degan soʻzlar “135, 1351-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6 va 7-bandlari “135-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1351-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 256-moddaning:
birinchi qismi “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan toʻldirilsin;
4) 287-moddaning 1 va 4-bandlari “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan toʻldirilsin;
5) 291-modda birinchi qismining “a” bandi “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan toʻldirilsin;
6) 304-moddaning ikkinchi qismi “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar) 934-moddasining uchinchi qismi “qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-aprel,
OʻRQ-156-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 129-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)