OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
QARORI
“OʻZBEKISTON POChTASI” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINING TALAB QILIB OLINGUNChA MAXSUS DEPOZIT HISOBVARAQLARIDAN OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRISh VA ULARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 14-aprelda 1790-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 11-sentabrdagi 41-son, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 9-sentabrdagi 209-MN-son, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-sentabrdagi 21/4-sonli ““Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1790-2, 22.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 339-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladilar:
1. “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-mart,
22-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-mart,
301-V-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-mart,
10-8/719-son
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 10-martdagi 22, 301-V, 10-8/719-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”, “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 29-son, 330-modda) muvofiq “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ deb yuritiladi), uning pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqasi bogʻlamalari, pochtamtlar)ning (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinmalar deb yuritiladi) banklarda ochilgan talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalariga tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraq — istalgan paytda talab qilib olinishi mumkin boʻlgan, pul mablagʻlarini qabul qilish, hisobga kiritish, oʻtkazish va joriy maqsadlar uchun berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan, “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalariga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan ochilgan talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻi;
pensiya hisobvaragʻi — pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun moʻljallangan viloyat, shahar va tuman ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining pul mablagʻlarini qabul qilish, hisobga kiritish, oʻtkazish va berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy boʻlinmalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochiladigan 22610 “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan toʻlaydigan pensiya va ijtimoiy nafaqalar” maxsus depozit hisobvaragʻi;
oʻtkazma hisobvaraq — oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar va davriy nashrlarga obuna boʻyicha moʻljallangan, “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy boʻlinmalariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan ochilgan, 22612 “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining pul oʻtkazmalari va davriy nashrlarga obunasi” maxsus depozit hisobvaragʻi.
3. Oʻtkazma operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
a) jismoniy shaxslardan pul oʻtkazmalarini qabul qilish va jismoniy shaxslarga toʻlash;
b) kommunal va boshqa turdagi xizmatlardan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida jismoniy shaxslardan pul mablagʻlari va boshqa toʻlovlarni qabul qilish hamda ularni maqsadi boʻyicha oʻtkazish;
v) yuridik shaxslardan ijtimoiy ahamiyatga ega pul oʻtkazmalari (ish haqi, moddiy yordam, alimentlar va boshqalar)ni qabul qilish va ularni jismoniy shaxslarga toʻlash.
4. Davriy nashrlarga obuna oʻz ichiga davriy nashrlarga obuna toʻlovi uchun naqd va naqd pulsiz mablagʻlarini qabul qilish, ularni hisobga kiritish va maqsadi boʻyicha oʻtkazish, shuningdek obunachilarga pul mablagʻlarini qaytarishni qamrab oladi.
5. Davriy matbuot nashrlariga obuna boʻlish, oʻtkazma operatsiyalar, shuningdek pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash boʻyicha operatsiyalarini amalga oshirish natijasida “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari oladigan daromadlarga soliq solish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
6. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarida pul oʻtkazmalari, obuna, shuningdek, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash boʻyicha operatsiyalar bilan bogʻliq naqd pul mablagʻlarining kelib tushishi va chiqimini rasmiylashtirish tartibi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining pochta aloqasi boʻyicha ekspluatatsiya korxonalarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” (2000-yil 1-mart, roʻyxat raqami 904 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 5-son) bilan tartibga solinadi.
II. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarini ochish va yopish tartibi
7. Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari xizmat koʻrsatuvchi banklarda talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarini ochadilar.
8. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarini ochish, yopish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek boshqa bankka oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 58, 12/7, 27-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1790-1, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 329-modda)
9. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ arizasi asosida, tarkibiy boʻlinmalar esa — “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning iltimosnomasiga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) muvofiq ochiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 58, 12/7, 27-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1790-1, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 329-modda)
10. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarini ochishda “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan bank hisobvaragʻi shartnomalari tuzadilar.
11. Xizmat koʻrsatuvchi banklarda pochta aloqasining hududiy tashkilotlarining talab qilib olinguncha boshqa maxsus depozit hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, shuningdek, ushbu hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar oʻtkazilishini toʻxtatish (taqiqlash) “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning buyrugʻi asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarni yopish zaruratga koʻra, “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning buyrugʻida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi.
12. Xizmat koʻrsatuvchi banklarda maxsus oʻtkazma hisobvaraqlaridan tashqari, pochta aloqasi obyektlarining talab qilib olinguncha boshqa maxsus depozit hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, ushbu hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar oʻtkazilishini toʻxtatish (taqiqlash) tegishli pochta aloqasi hududiy tashkilotining buyrugʻi asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarining yopilishi, oʻtkazma hisobvaraqlaridan tashqari, tegishli pochta aloqasi hududiy tashkilotining buyrugʻida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi.
13. Xizmat koʻrsatuvchi banklarda pochta aloqasi obyektlari boshqa oʻtkazma hisobvaraqlarini ochish, amaldagi hisobvaraqlarini yopish, operatsiyalar oʻtkazilishini toʻxtatish (taqiqlash) “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning buyrugʻi asosida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻtkazma hisobvaraqlarining yopilishi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning buyrugʻida belgilangan tartibda inventarizatsiya qilinganidan keyin amalga oshiriladi.
III. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarining kelib tushish manbalari va ulardan foydalanish tartibi
14. Oʻtkazma hisobvaraqlariga pul mablagʻlarining kelib tushish manbalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
a) jismoniy va yuridik shaxslardan pul oʻtkazmalarini qabul qilishdan olingan naqd pul mablagʻlari;
b) kommunal hamda boshqa turdagi xizmatlardan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul mablagʻlari hamda boshqa toʻlovlar;
v) davriy nashrlarga obuna boʻlish uchun obunachilardan naqd va/yoki naqd pulsiz shaklda kelib tushgan pul mablagʻlari;
g) “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan pochta toʻlovi davlat belgilari (keyingi oʻrinlarda — PTDB), konvertlar, ochiq xatlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushgan naqd va/yoki naqd pulsiz shaklda kelib tushgan pul mablagʻlari;
d) yuridik shaxslardan ijtimoiy ahamiyatga ega pul oʻtkazmalari (ish haqi, moddiy yordam, alimentlar va boshqalar) toʻlovi uchun naqd yoki naqd pulsiz shaklda olingan pul mablagʻlari;
e) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlash uchun “Oʻzbekiston pochtasi” tarkibiy boʻlinmalarining kassasiga tushgan naqd pullarni farmoyish asosida pochta aloqasi bogʻlamalari va boʻlimlariga taqsimlangan, ilgari toʻlangan pul mablagʻlarini qoplash maqsadida, maxsus pensiya hisobvaragʻidan kelib tushgan naqd pulsiz mablagʻlari;
j) pul oʻtkazmalarining toʻlovi summasi qabul qilingan summadan oshganda yoki pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlovi summasidan oshganda oʻtkazma hisobvaraqlarini toʻldirish uchun “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari oʻtkazma hisobvaraqlaridan kelib tushgan naqd pulsiz mablagʻlari;
z) kurs farqidan koʻrilgan zararni qoplash uchun “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻidan, valyuta oʻtkazma hisobvaraqlaridagi chet el valyutasi qoldiqlarini har oylik qayta baholash natijasida salbiy kurs farqi hosil boʻlganda oʻtkaziladigan pul mablagʻlari;
i) limitdan ortiqcha boʻlgan kassa qoldiqlari koʻrinishidagi naqd pul mablagʻlari.
15. Pensiya hisobvaragʻiga pul mablagʻlarining kelib tushish manbai boʻlib budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining pul mablagʻlari hisoblanadi.
16. Oʻtkazma hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari faqat quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirilishi mumkin:
a) qabul qilingan pul oʻtkazmalarini ularning oluvchisi (adresat)ga yoki joʻnatuvchisiga naqd pul mablagʻlari shaklida bevosita toʻlash uchun;
b) aholidan qabul qilingan kommunal va boshqa toʻlovlarni tegishli korxonalar va tashkilotlarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;
v) “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishdan olgan daromadlarini oʻzlarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;
g) davriy nashrlarga obuna boʻyicha kelib tushgan pul mablagʻlarini nashriyotlar va tahririyatlarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;
d) davriy nashrlarga obuna boʻyicha kelib tushgan pul mablagʻlarini “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Matbuot tarqatuvchi” AK deb yuritiladi) va uning tarkibiy hududiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;
e) davriy nashrlarga obuna boʻyicha kelib tushgan pul mablagʻlarini “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga (viloyatlar ichida va magistral yoʻnalishlar boʻyicha davriy nashrlarni qayta ishlash va tashish uchun) oʻtkazish uchun;
j) davriy nashrlarga obunani tashkil etish boʻyicha xizmatlardan olingan daromadlar sifatida kelib tushgan pul mablagʻlarini “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;
z) jismoniy shaxslar tomonidan ilgari amalga oshirilgan obuna rad etilgan taqdirda, agar obuna ular tomonidan naqd pul mablagʻlari koʻrinishida amalga oshirilgan boʻlsa, obuna summalarini naqd pul mablagʻlari bilan qaytarish uchun;
i) yuridik shaxslar tomonidan ilgari amalga oshirilgan obuna rad etilgan taqdirda, obuna summalarini naqd pulsiz mablagʻlar shaklida qaytarish uchun;
k) pochta aloqasi obyektlari tomonidan qabul qilingan pul oʻtkazmalarining summasi pul oʻtkazmalari boʻyicha toʻlov summasidan (ham naqd pul, ham naqd pulsiz shakllarida) oshib ketgan holda oʻtkazma hisobvaragʻini toʻldirish uchun, hosil boʻlgan ortiqcha summani ular tomonidan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oʻtkazma hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan;
l) pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan qabul qilingan pul oʻtkazmalarining summasi pul oʻtkazmalari boʻyicha toʻlov summasidan (ham naqd, ham naqd pulsiz shakllarida) oshib ketgan holda oʻtkazma hisobvaragʻini toʻldirish uchun, hosil boʻlgan ortiqcha summani ular tomonidan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning maxsus oʻtkazma hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan;
m) “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning valyuta oʻtkazma hisobvaraqlaridagi chet el valyutasi qoldiqlarini har oylik qayta baholash natijasida ijobiy kurs farqi hosil boʻlganda (kursdagi farqdan olingan daromadlar sifatida), “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga.
17. Pensiya hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
a) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni naqd pul mablagʻlari bilan toʻlash uchun;
b) solishtirish dalolatnomalariga muvofiq tegishli summalarni naqd pulsiz shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari hisobvaraqlariga;
(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 58, 12/7, 27-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1790-1, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 329-modda)
v) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlash uchun “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassasiga kelib tushgan naqd pullarini farmoyish asosida pochta aloqasi bogʻlamalari va pochta aloqasi boʻlimlariga taqsimlangan, ilgari toʻlangan pul mablagʻlarini qoplash maqsadida naqd pulsiz shaklda “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining oʻtkazma hisobvaraqlariga. Pochta aloqasi bogʻlamalari va boʻlimlarining kassasiga kelib tushgan naqd pul mablagʻlari hisobidan toʻlangan pensiya va ijtimoiy nafaqa pullariga alohida taqqoslama dalolatnoma boʻlishi lozim.
18. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassalariga kelib tushgan barcha naqd pul mablagʻlari, ularning maqsadidan qatʼi nazar, vaqtincha oʻtkazma mablagʻlarga tegishli boʻlib, birinchi navbatda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni, pul oʻtkazmalarini toʻlash, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun idora qaramogʻidagi pochta aloqasi obyektlariga naqd pul bilan madad berish uchun foydalaniladi.
19. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassalarida pensiya va ijtimoiy nafaqalarni naqd pul mablagʻlari bilan toʻlash, shuningdek, pul oʻtkazmalari operatsiyalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun vaqtincha naqd pul mablagʻlari yetishmagan hollarda, ularga xizmat koʻrsatuvchi banklardagi tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlar doirasida naqd pulda madad oladilar.
20. Kun oxirida “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassalaridagi xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan belgilangan limitdan ortiqcha naqd pul mablagʻlari, “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ oʻz boʻlinmalarining ehtiyojlari uchun oylik ish haqi va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun olingan mablagʻlardan tashqari, tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlariga kirim qilish uchun bankka topshirilishi shart. Ushbu mablagʻlar, qonun hujjatlarida belgilangan muddat tugaganidan soʻng, mazkur boʻlinmalar talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi.
21. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalariga korxonaning ekspluatatsion va boshqa ehtiyojlari uchun talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanish taqiqlanadi.
22. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari tushumlar hisobga olinishining toʻgʻriligi va talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
IV. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini tashkil etish xususiyatlari
23. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining buxgalteriya schyotlari boʻyicha tegishli registrlarda talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarining harakatini va qoldiqlarini roʻyxatga olish maqsadida “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ ishchi schyotlar rejasida koʻzda tutilgan va ushbu schyotlar boʻyicha operatsiyalarni hisobga olish uchun moʻljallangan buxgalteriya schyotlari ochiladi.
24. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar tegishli xizmat koʻrsatuvchi banklarning ushbu hisobvaraqlar boʻyicha koʻchirmalari va ularga ilova qilingan tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar (pul hisob-kitob hujjatlari va boshqalar) asosida “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
25. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining hisob siyosatiga ilova qilinadigan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining ish rejasida, talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarini batafsil hisobga olish maqsadida quyidagi balans schyotlari ochiladi:
a) kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar guruhida (5000) — 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti, 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti;
b) bankdagi maxsus hisobvaraqlarda pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar guruhida (5500) — quyidagi schyotlar: 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq”, 5532 “Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq”, 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining pensiya hisobvaragʻi”;
v) olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar guruhida (6300) — quyidagi schyotlar: 6330 “Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan boʻnaklar”, 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar boʻyicha boʻnaklar”; 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar”, 6341 “Chet el valyutasidagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar”, 6343 “Jismoniy shaxslar va ularning ishonchli shaxslari mablagʻlarini kommunal va boshqa pulli xizmat turlarini koʻrsatuvchi korxonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga oʻtkazish boʻyicha milliy valyutada olingan boʻnaklar”, 6350 “Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash uchun olingan boʻnaklar”.
26. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlari bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari boshqa operatsiyalarining buxgalteriya hisobidan alohida yuritiladi.
V. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining maxsus oʻtkazma hisobvaraqlari bilan bogʻliq boʻlgan davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi
27. Obuna boʻyicha qabul qilingan summalarni “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining maxsus oʻtkazma hisobvaragʻidan nashriyotlar, tahririyatlarning tegishli bank hisobvaraqlari va “Matbuot tarqatuvchi” AKning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazish tegishli shartnomalarda koʻzda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Bunda pochta aloqasi obyektlari mustaqil ravishda mahalliy nashriyotlar bilan shartnomalar, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari mahalliy va viloyat nashriyotlari hamda “Matbuot tarqatuvchi” AKning tarkibiy hududiy boʻlinmalari bilan shartnomalar tuzishlari mumkin, “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ esa, respublika va xorijiy nashriyotlar hamda “Matbuot tarqatuvchi” AK bilan shartnomalar tuzadi. Bitta viloyatning davriy nashrlariga boshqa viloyat obunachilari (foydalanuvchilari) tomonidan obuna amalga oshirilayotgan hollarda, ushbu viloyatlar nashriyotlari bilan obuna boʻyicha shartnomalar “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ bilan tuziladi.
28. Respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha qabul qilingan summalarni pochta aloqasi obyektlarining maxsus oʻtkazma hisobvaragʻidan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tegishli maxsus oʻtkazma hisobvaraqlariga va keyinchalik pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maxsus oʻtkazma hisobvaragʻidan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish tartibi va muddatlari “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning tegishli boshqaruv hujjatlari (buyruq, qaror, farmoyish va shu kabilar) bilan belgilanadi.
29. Maxsus oʻtkazma hisobvaraqlari bilan bogʻliq boʻlgan davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalar pochta aloqasi obyektlarining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) davriy nashrlarga obuna boʻyicha obunachilardan naqd pul mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti va/yoki 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti — davriy nashrning aniq nomi boʻyicha birlamchi hujjatlarga asosan — qabul qilingan naqd pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar boʻyicha boʻnaklar” (rasmiylashtirilgan obuna) schyoti;
b) davriy nashrlar uchun obunachilardan naqd pulsiz mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti — aniq davriy nashrning nomi boʻyicha birlamchi hujjatlarga asosan — kelib tushgan naqdsiz pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 6330 “Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan boʻnaklar” schyoti;
v) davriy nashrlarga obunadan kelib tushgan naqd pul mablagʻlarini tegishli maxsus oʻtkazma hisobvaraqqa oʻtkazish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka topshirish:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti — davriy nashrlarga obuna boʻyicha topshirilgan naqd pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti yoki 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti;
g) pochta aloqasi obyektlariga aniq davriy nashrlarning nomlari boʻyicha obuna uchun rasmiylashtirilgan talabnomalar taqdim etilganda:
debet 6330 “Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar” schyoti;
d) pochta aloqasi obyektlari tomonidan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha buyurtmalarni rasmiylashtirganda:
debet 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obunalar boʻyicha boʻnaklar” schyoti;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — aniq davriy nashrlarning nomlari boʻyicha (mahalliy nashriyotlar davriy nashrlarining narxlari boʻyicha) mahalliy nashriyotlarga pochta aloqasi obyektlari tomonidan rasmiylashtirilgan buyurtmalarga tegishli ulushning umumiy summasiga;
kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti — mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari uchun rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha pochta aloqasi obyektlarining kechiktirilgan daromadlari summasiga (davriy nashrning aniq nomi boʻyicha obuna narxi bilan mahalliy nashriyotlarning narxi oʻrtasidagi farq);
e) pochta aloqasi obyektlari tomonidan viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha buyurtmalar rasmiylashtirilganda:
debet 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar” schyoti;
kredit 6110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
j) davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha mahalliy nashriyot bilan shartnomada kelishilgan miqdorda pochta aloqasi obyektlarining maxsus oʻtkazma hisobvaragʻidan pul mablagʻlari oʻtkazilganda:
debet 4331 “Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan talabnomalar boʻyicha mahalliy nashriyotlarga berilgan boʻnaklar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
z) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha pochta aloqasi obyektlarining maxsus oʻtkazma hisobvaraqlaridan obuna boʻyicha pul mablagʻlarini pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maxsus oʻtkazma hisobvaraqlariga oʻtkazilganda:
debet 6110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha oʻtkazib berilgan pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
i) pochta aloqasi obyektlarining obuna boʻlimi tomonidan tayyorlangan hisob-kitob maʼlumotnomasiga muvofiq, hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari summasiga:
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlari summasiga;
kredit 4331 “Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan talabnomalar boʻyicha mahalliy nashriyotlarga berilgan boʻnaklar” schyoti;
k) hisobot oyi davomida obunachilarga mahalliy nashriyotlarning davriy nashrlarini yetkazib berishdan olingan, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan tan olingan daromadlar summasiga:
debeti 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti.
30. Maxsus oʻtkazma hisobvaraqlari bilan bogʻliq boʻlgan davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalar pochta aloqasining hududiy tashkilotlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) davriy nashrlar uchun obunachilardan naqd pul mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti, 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti — aniq davriy nashr nomi boʻyicha birlamchi hujjatlar asosida qabul qilingan naqd pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar” schyoti;
b) davriy nashrlarga obunachilardan naqd pulsiz mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti — aniq davriy nashr nomi boʻyicha birlamchi hujjatlar asosida kelib tushgan naqd pulsiz mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 6330 “Davriy nashrlar uchun obunachilardan olingan boʻnaklar” schyoti;
v) davriy nashrlarga obunadan kelib tushgan naqd pul mablagʻlarini tegishli maxsus oʻtkazma hisobvaraqqa oʻtkazish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka topshirish:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti — davriy nashrlarga obuna boʻyicha topshirilgan naqd pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti yoki 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti;
g) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha birlamchi hujjatlar asosida pochta aloqasi obyektlaridan buyurtmalar kelib tushganda:
debet 4110 “Pochta aloqasi obyektlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti — obuna narxi boʻyicha viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha buyurtmalar summasiga;
kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar” schyoti;
d) obunachilar tomonidan aniq davriy nashrlar nomlari boʻyicha rasmiylashtirilgan buyurtmalar pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga taqdim etilganda:
debet 6330 “Davriy nashrlarga obunachilardan olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar” schyoti;
e) mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlariga obuna boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan buyurtmalar rasmiylashtirilganda:
debet 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar” schyoti;
kredit 6010 “Etkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — aniq davriy nashrlarning nomlari boʻyicha mahalliy va viloyat nashriyotlariga pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan rasmiylashtirilgan buyurtmalarga toʻgʻri keladigan ulushning umumiy summasiga (mahalliy va viloyat nashriyotlar davriy nashrlarining narxlari boʻyicha);
kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti — mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari kechiktirilgan daromadlari summasiga (davriy nashrning aniq nomi boʻyicha obuna narxi va uning mahalliy hamda viloyat nashriyotlarining narxi oʻrtasidagi farq);
j) respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha “Matbuot tarqatuvchi” AK buyurtmalarini “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ orqali pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan rasmiylashtirilganida:
debet 6331 “Aniq davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha boʻnaklar” schyoti;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining summasiga;
kredit 6110 “Oʻzbekiston pochtasi” OAJga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarini yetkazib berish boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari daromadlari summasini ayirgan holda, respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining obuna narxi va “Matbuot tarqatuvchi” AKning hisob-kitob qilingan narxi oʻrtasidagi farqning umumiy summasiga;
z) pochta aloqasining hududiy tashkilotlari maxsus oʻtkazma hisobvaraqlaridan davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha mahalliy va viloyat nashriyotlari bilan shartnomada kelishilgan miqdorda pul mablagʻlari oʻtkazilganda:
debet 4331 “Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha mahalliy va viloyat nashriyotlariga berilgan boʻnaklar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
i) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha pul mablagʻlari pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan “Matbuot tarqatuvchi” AKga oʻtkazilganda:
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha oʻtkazilgan pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
k) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga obuna boʻyicha pul mablagʻlari pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining maxsus oʻtkazma hisobvaraqlaridan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJga oʻtkazilganda:
debet 6110 “Oʻzbekiston pochtasi” OAJga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarini yetkazib berish boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari daromadlari summasini ayirgan holda, viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlar davriy nashrlarining obuna narxi va “Matbuot tarqatuvchi” AKning hisob-kitob qilingan narxi oʻrtasidagi farqning umumiy summasiga;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
l) pochta aloqasi hududiy tashkilotining obuna boʻlimi tomonidan tayyorlangan hisob-kitob maʼlumotnomasiga muvofiq hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazib berilgan mahalliy va viloyat nashriyotlarining davriy nashrlari summasiga:
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti — hisobot oyi davomida obunachilarga yetkazilgan mahalliy va viloyat nashriyotlari davriy nashrlarining summasiga;
kredit 4331 “Davriy nashrlarga rasmiylashtirilgan buyurtmalar boʻyicha mahalliy nashriyotlarga berilgan boʻnaklar” schyoti;
m) obunachilarga mahalliy, viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlari yetkazib berilgani uchun, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan hisobot oyi davomida tan olingan daromadlar summasiga:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromad” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti.
31. Davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalar “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha magistral tashish va ishlov berish uchun tegishli daromadlar ulushi hisoblanganda — obuna boʻlimi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitob maʼlumotnomasi asosida:
debet 4110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti — viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha magistral tashish (nashr qilingan joydan pochta aloqasining hududiy tashkilotigacha tashib berish) va ishlov berish uchun daromadlar ulushi summasiga;
kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
b) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga rasmiylashtirilgan obuna boʻyicha magistral tashish va ishlov berish uchun daromadlar ulushi summasi pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan kelib tushganda:
debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti;
kredit 4110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
v) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlarini tashish va pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga yetkazib berish uchun, ilgari kechiktirilgan daromadlar hisobidan, tan olingan daromadlar summasiga:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti;
g) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamt tomonidan tegishli daromadlar ulushining summasiga hisob-faktura berilganda:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 6110 “Xalqaro pochtamtga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
d) viloyat, respublika va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamtga tegishli daromadlar ulushi oʻtkazilganda:
debet 6110 “Xalqaro pochtamtga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti.
32. Davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalar Xalqaro pochtamtning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun Xalqaro pochtamt tomonidan oʻziga tegishli daromadlar ulushi tan olinganda, berilgan hisob-fakturalarga muvofiq:
debet 4110 “Oʻzbekiston pochtasi” OAJdan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
krediti 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti;
b) respublika, viloyat va xorijiy nashriyotlarning davriy nashrlariga ishlov berish va ularni pochta aloqasining hududiy tashkilotlarigacha avtotransportda tashib berish uchun berilgan hisob-fakturalar boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” OAJdan Xalqaro pochtamtning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti;
kredit 4110 “Oʻzbekiston pochtasi” OAJdan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti.
VI. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining oʻtkazma hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarining (davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalardan tashqari) buxgalteriya hisobi
33. Oʻtkazma operatsiyalar bilan shugʻullanish huquqiga ega “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining buxgalteriya hisobida oʻtkazma operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi:
a) pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan naqd pul mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti va/yoki 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti — birlamchi hujjatlar asosida jismoniy va yuridik shaxslardan pul oʻtkazmalari boʻyicha qabul qilingan naqd pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 6340 “Qabul qilingan va toʻlangan milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari” schyoti;
b) jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillaridan kommunal hamda boshqa turdagi pulli xizmatlardan foydalanganlik uchun toʻlov, shuningdek, boshqa toʻlovlarni qabul qilish natijasida naqd pul mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti, 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti — birlamchi hujjatlar asosida kommunal va boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatishdan qabul qilingan naqd pul mablagʻlarining umumiy summasiga;
kredit 6343 “Jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillari mablagʻlarini kommunal va boshqa pulli xizmat turlarini koʻrsatuvchi korxonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga oʻtkazish boʻyicha milliy valyutada olingan boʻnaklar” schyoti;
v) PTDB, konvertlar, ochiq xatlar va boshqa xalq isteʼmoli tovarlarini sotishdan naqd pul mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi”, 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti — sotilgan PTDB, konvertlar, ochiq xatlar va boshqa xalq isteʼmoli tovarlarining umumiy summasiga, birlamchi hujjatlar asosida;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” schyoti;
g) pul oʻtkazmalarini joʻnatish uchun yuridik shaxslardan naqdsiz pul mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
d) buxgalteriyaning hisob-kitob maʼlumotnomasiga muvofiq maxsus pensiya hisobvaragʻidan naqd pulsiz mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining pensiya hisobvaragʻi” schyoti;
e) “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalari kassalaridagi naqd pul mablagʻlarining limitdan ortiqcha qoldiqlarini banklarga, tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshirilganda:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti va/yoki 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining pensiya hisobvaragʻi” schyoti;
kredit 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti va/yoki 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassalari” schyoti;
j) pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshganda, oʻtkazma hisobvaragʻini toʻldirish maqsadida, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oʻtkazma hisobvaraqlaridan naqd pulsiz mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 4110 “Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotidan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
z) pochta aloqasi obyektlarining talab qilib olinguncha asosiy hisobvaragʻidan oʻz xodimlariga ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqalar va boshqa toʻlovlarning berilishi uchun naqd pulsiz mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti;
i) qabul qilingan pul oʻtkazmalarini ularning oluvchisi (adresati)ga yoki joʻnatuvchisiga naqd pul mablagʻlari bilan toʻlash:
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 5010 “Pochta aloqasi obyektlarining bosh kassasi” schyoti yoki 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti;
k) qabul qilingan pul oʻtkazmalarini ularning oluvchisi (adresati) yoki joʻnatuvchisining shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan toʻlash;
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
l) kommunal xizmatlar va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatuvchi korxonalar, tashkilotlarning tegishli bank hisobvaraqlariga aholidan ilgari qabul qilingan pul mablagʻlarini oʻtkazish:
debet 6343 “Jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillari mablagʻlarini kommunal va boshqa pulli xizmat turlarini koʻrsatuvchi korxonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga oʻtkazish boʻyicha milliy valyutada olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
m) qabul qilingan pul oʻtkazmalarini yuridik shaxslar (oluvchilar)ning tegishli hisobvaraqlariga toʻlov tartibida oʻtkazish:
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
n) hisob-kitob maʼlumotnomasiga muvofiq foydalanuvchilarga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar summasini, shuningdek, PTDB, konvertlar, ochiq xatlar va boshqa xalq isteʼmoli tovarlarini sotishdan olingan summani oʻzining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish:
debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
o) pochta aloqasi obyektlari tomonidan qabul qilingan pul oʻtkazmalarining ular toʻlovi summasidan oshgan summasini pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oʻtkazma hisobvaraqlariga oʻtkazish;
debet 6110 “Qabul qilingan pul oʻtkazmalarining ular toʻlov summasidan oshgan summasi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
p) pul oʻtkazmalarini toʻlash summasi qabul qilish summasidan oshib ketgan holda, olingan madad puli boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oldidagi qarz qoldigʻi oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 4110 “Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi qabul qilish summasidan oshib ketishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olish uchun hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
r) qabul qilingan pul oʻtkazmalarining ular toʻlovi summasidan oshgan holda pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oʻtkazma hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha ularning qarzdorlik qoldiqlari oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 6110 “Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi toʻlov summasidan oshib ketishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
s) oʻtkazma operatsiyalardan olingan daromadlarning tan olingan summasiga;
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti; 6343 “Jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillari mablagʻlarini kommunal va boshqa pulli xizmat turlarini koʻrsatuvchi korxonalarning tegishli bank hisobvaraqlariga oʻtkazish boʻyicha milliy valyutada olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti.
34. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan summani aniqlash uchun, foydalaniladigan buxgalteriya hisobi registrlari (jurnal-ordyerlar, ularga yordamchi qaydnomalar, kompyuterda bosib chiqarilgan hujjatlar, mashina axborot tashuvchilar va boshqalar) asosida hisob-kitob maʼlumotnomasi tuziladi.
35. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan daromadlarning yakuniy hisob-kitobi, ular boʻyicha barcha maʼlumotlar umumlashtirilganidan keyin birlamchi hujjatlar asosida hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan har oyda amalga oshiriladi.
36. Keragidan ortiqcha boʻlgan summa oʻtkazilganligi aniqlangan hollarda, hosil boʻlgan farq talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha hisobvaraqqa hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan oʻtkaziladi.
37. Oʻtkazma operatsiyalarga doir hisobvaraqlar boʻyicha buxgalteriya hisob-kitoblarini yakuniy solishtirish va toʻgʻrilash hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan har oyda amalga oshirilishi lozim.
38. Oʻtkazma operatsiyalar bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan, ammo oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha hisobot beruvchi kassalarga ega boʻlmagan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari buxgalteriya hisobida oʻtkazma operatsiyalar (davriy nashrlarga obuna boʻyicha operatsiyalardan tashqari) bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalari quyidagicha aks ettiriladi:
a) pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshgan holatda berilgan madad pullari boʻyicha pochta aloqasi obyektlari qarzlarining qoldigʻi hisobot oyi oxirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 6110 “Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasi obyektlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
b) pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun pochta aloqasi obyektlariga madad sifatida oʻtkazma hisobvaragʻidan pul mablagʻlari oʻtkazilganda:
debet 6110 “Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilish summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasi obyektlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
v) pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshgan holatda pochta aloqasi obyektlaridan olingan pul mablagʻlari boʻyicha qarz qoldigʻi hisobot oyi oxirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 4110 “Pul oʻtkazmalari qabul qilingan summasi toʻlov summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasi obyektlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
g) pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshgan holatda pochta aloqasi obyektlaridan oʻtkazma hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 4110 “Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasi obyektlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
d) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti boʻyicha pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshganda madad sifatida olingan pul mablagʻlari boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” OAJdan qarz qoldigʻi hisobot oyi oxirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 4110 “Pul oʻtkazmalarining toʻlovnomasi ularning qabul qilingan summasidan oshishi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” OAJdan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
e) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti boʻyicha pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshgan holatda “Oʻzbekiston pochtasi” OAJdan madad sifatidagi pul mablagʻlari oʻtkazma hisobvaragʻiga kelib tushganda:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 4110 “Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summadan oshishi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” OAJdan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
j) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti boʻyicha pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshgan holatda oʻtkazib berilgan pul mablagʻlari boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ qarzining qoldigʻi hisobot oyi oxirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 6110 “Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” OAJga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
z) butun pochta aloqasining hududiy tashkiloti boʻyicha pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshgan holda oʻtkazma hisobvaraqdan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning oʻtkazma hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilganda:
debet 6110 “Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” OAJga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti.
39. Oʻtkazma operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshgan holda, berilgan madad pul mablagʻlari boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari qarzlarining qoldigʻi hisobot oyi oxirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 6110 “Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
b) pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun oʻtkazma hisobvaragʻidan madad sifatidagi pul mablagʻlari pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga oʻtkazilganda:
debet 6110 “Pul oʻtkazmalarining toʻlov summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga toʻlanadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
v) pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi toʻlov summasidan oshib ketgan holda olingan pul mablagʻlari boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan qarzlari qoldigʻini hisobot oyi oxirida oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 4110 “Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
g) pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshganda pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan oʻtkazma hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 4110 “Pul oʻtkazmalarining qabul qilingan summasi ularning toʻlov summasidan oshishi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
d) qonun hujjatlariga muvofiq daʼvo muddati oʻtgan pochta oʻtkazmalari qoldiqlarining summasi hisobdan chiqarilgan holda:
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 9360 “Kreditorlik va deponent qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar” schyoti;
e) qonun hujjatlariga muvofiq olish uchun daʼvo muddati oʻtgan, daromad hisobiga hisobdan chiqarilgan pul oʻtkazmalari qoldiqlari summasi boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari bilan oʻzaro hisob-kitob qilinganda:
debet 4110 “Pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
j) qonun hujjatlariga muvofiq olish uchun daʼvo muddati oʻtgan pul oʻtkazmalari qoldiqlarining summasi oʻtkazma hisobvaraqdan talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilganda:
debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
z) Oʻzbekiston Respublikasidagi adresatlarga toʻlash uchun chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqqa chet el valyutasidagi pul oʻtkazmalari kelib tushganda:
debet 5532 “Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
i) xorijiy mamlakatlarning pochta maʼmuriyatlari (tashkilotlari)ga chet el valyutasi pul oʻtkazmalari sifatida oʻtkazilganda:
debet 6340 “Milliy valyutadagi pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar” schyoti;
kredit 5532 “Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
k) chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaragʻi oʻzining chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari hisobidan toʻldirilganda:
debet 5532 “Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” schyoti;
l) chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaragʻini toʻldirish uchun oʻzining chet el valyutasidan foydalanish hisobiga talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻini milliy valyuta ekvivalenti bilan toʻldirish va chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqni qayta baholashdan hosil boʻlgan ijobiy kurs farqlarini hisobga oʻtkazish:
debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti;
kredit 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
m) chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqdan oʻzining chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga chet el valyutasi oʻtkazilganda:
debet 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” schyoti;
kredit 5532 “Chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
n) chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqning chet el valyutasidan foydalanilgani uchun milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaragʻini talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻi hisobidan milliy valyuta ekvivalenti bilan toʻldirish, shuningdek, chet el valyutasidagi oʻtkazma hisobvaraqni qayta baholashdan hosil boʻlgan salbiy kurs farqlarini oʻtkazish:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti.
40. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish boʻyicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98-son, 41-son, 2004-57-son, 257-V-son va 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 17-sentabr, roʻyxat raqami 1411 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 37-son, 419-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
VII. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining pensiya hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi
41. Pensiya hisobvaraqlari bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar (pensiya hisobvaraqlari)ga pul mablagʻlarining kelib tushishi:
debet 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining pensiya hisobvaragʻi” schyoti;
kredit 6350 “Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash uchun olingan boʻnaklar” schyoti;
b) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun xizmat koʻrsatuvchi bankdagi tegishli talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraq (pensiya hisobvaraq)laridan olingan naqd pul mablagʻlari summasini kirim qilish:
debet 5010 “Tarkibiy boʻlinmalarning bosh kassasi” schyoti;
kredit 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining pensiya hisobvaragʻi” schyoti;
v) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun pochta aloqasi boʻlimlariga madad puli oʻtkazilishi:
debet 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti;
kredit 5010 “Tarkibiy boʻlinmalarning bosh kassasi” schyoti;
g) pensiya va ijtimoiy nafaqalar toʻlanishi:
debet 6350 “Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash uchun olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 5010 “Tarkibiy boʻlinmalarning bosh kassasi” schyoti va/yoki 5011 “Pochta aloqasi boʻlimlarining operatsion kassasi” schyoti;
d) pochta aloqasi bogʻlamalari va boʻlimlariga farmoyish boʻyicha taqsimlangan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining kassasiga oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha kelib tushgan va pensiya hamda ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun ilgari ishlatilgan pul mablagʻlari oʻrnini toʻldirish maqsadida pensiya hisobvaragʻidan maxsus oʻtkazma hisobvaraqlariga pul mablagʻlari oʻtkazilishi:
debet 5531 “Milliy valyutadagi oʻtkazma hisobvaraq” schyoti;
kredit 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining pensiya hisob-varagʻi” schyoti;
e) solishtirma dalolatnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga taalluqli boʻlgan hisobot davri davomida toʻlanmay qolgan pensiya va ijtimoiy nafaqalar summasi oʻtkazilishi:
(41-bandning “e” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 58, 12/7, 27-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1790-1, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 329-modda)
debet 6350 “Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish va toʻlash uchun olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 5540 “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining pensiya hisobvaragʻi” schyoti.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan belgilangan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash hamda ushbu operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar tartibi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2394, 2012-yil 28-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 40-son, 470-modda) bilan tartibga solinadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 58, 12/7, 27-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1790-1, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 329-modda)
43. Pensiya va ijtimoiy nafaqalarning toʻlanishi bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning tarkibiy boʻlinmalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari bilan solishtirma dalolatnomaga muvofiq hisobot davri mobaynida pensiya va ijtimoiy nafaqalar toʻlovini amalga oshirishdan tan olingan daromadlarni hisoblash:
(43-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 58, 12/7, 27-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1790-1, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 329-modda)
debet 4010 “Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti;
b) pensiya va ijtimoiy nafaqalarni yetkazib berish (toʻlash) boʻyicha xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan pul mablagʻlarining kelib tushishi:
(43-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 58, 12/7, 27-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1790-1, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 329-modda)
debet 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyoti va/yoki 5543 “Mahalliy budjetlar mablagʻlarining pensiya hisobvaragʻi” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” schyoti.
VIII. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar va operatsiyalarning nazoratini oʻtkazish tartibi
44. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy boʻlinmalari oʻzaro hisob-kitoblarni xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochiladigan talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar orqali amalga oshiradilar.
45. Pochta aloqasining hududiy tashkilotlari va “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ oʻrtasida talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar har oyda hisobot sanasida amalga oshiriladi.
46. Oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi obyektlari bilan amalga oshirilgan oʻzaro hisob-kitoblar belgilangan hisobotlarda aks ettiriladi.
47. Pochta aloqasining hududiy tashkilotlari oy davomidagi oʻtkazma pul mablagʻlarining harakatini butun hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.) boʻyicha belgilangan hisobotlarda aks ettiradilar va har oyda “Oʻzbekiston pochtasi” OAJga taqdim etadilar.
48. Pochta aloqasi obyektlarining oʻtkazma hisobvaraqlaridan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari tegishli oʻtkazma hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazish tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar va shu kabilar)da koʻrsatilgan miqdorda amalga oshiriladi.
49. Toʻlangan pul oʻtkazmalari summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega boʻlgan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari ushbu farqning oʻrtacha oylik miqdorida “Oʻzbekiston pochtasi” OAJdan boʻnak oladilar.
50. Toʻlangan pul oʻtkazmalari summasi ularni qabul qilingan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega boʻlgan pochta aloqasi obyektlari ushbu farqning oʻrtacha oylik miqdorida pochta aloqasining hududiy tashkilotlaridan boʻnak oladilar.
51. Qabul qilingan pul oʻtkazmalari summasi ularning toʻlangan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega boʻlgan pochta aloqasining hududiy tashkilotlari ushbu farqning oʻrtacha oylik miqdorida “Oʻzbekiston pochtasi” OAJga boʻnak oʻtkazadilar.
52. Qabul qilingan pul oʻtkazmalari summasi ularning toʻlangan summasidan oshishiga doimiy ravishda ega boʻlgan pochta aloqasi obyektlari ushbu farqning oʻrtacha oylik miqdorida pochta aloqasining hududiy tashkilotlariga boʻnak oʻtkazadilar.
53. Xorijiy davlatlar bilan oʻtkazma operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tomonidan amalga oshiriladi.
54. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ pochta aloqasining hududiy tashkilotlari talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz vaqtida kelib tushishi hamda sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oʻz navbatida, pochta aloqasining hududiy tashkilotlari pochta aloqasi obyektlarining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar boʻyicha pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz vaqtida kelib tushishi hamda sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalarining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarning nazorati “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
IX. Yakuniy qoidalar
55. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 120-modda; 2013-y., 25-son, 329-modda)