OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
NAQD PUL TUShUMI KELIB TUShIShINING XRONOMETRAJINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-aprelda 1788-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 6-martdagi 2019-13, 300-V-5-sonli “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1788-5, 03.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 280-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-mart,
2008-16-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-mart,
300-V-son
Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16, 300-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 280-son qaroriga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini (bundan buyon — xronometraj) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Soliq toʻlovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj oʻtkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
2. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizatsiya qiladigan yoki xizmatlar koʻrsatadigan soliq toʻlovchi huzurida bevosita tovarlar realizatsiya qilinadigan, xizmatlar koʻrsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan kuzatish va qayd etish orqali oʻtkaziladi.
3. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv oʻtkazishga, soliq toʻlovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq toʻlovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj oʻtkazilayotgan vaqtga doir maʼlumotlarni olish mustasno.
4. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisobotining toʻgʻriligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Xronometraj natijasi soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi.
5. Xronometraj soliq nazorati tadbiri hisoblanadi va Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishish talab etilmaydi. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumot soliq toʻlovchining Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish uchun asos va tadbirga tayyorgarlik koʻrish
6. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan tushum miqdori kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlarning aniqlanishi naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish uchun asos boʻladi.
7. Xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchilar tanlab olingandan soʻng davlat soliq xizmati organining masʼul xodimi tomonidan xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchilar roʻyxati tuziladi va mazkur roʻyxat asosida xronometraj oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq loyihasi tayyorlanadi.
8. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
9. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchi, xronometrajni oʻtkazish joyi va muddati, xronometraj oʻtkaziladigan davr, xronometraj oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga sabab boʻlgan tafovut, shuningdek davlat soliq xizmati organining xronometraj oʻtkazadigan mansabdor shaxslari koʻrsatiladi.
10. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji soliq toʻlovchilarda belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida oʻtkaziladi, ayrim hollarda ushbu tadbir uch ish kuni davomida oʻtkazilishi mumkin.
III. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish davrida amalga oshiriladigan tadbirlar
11. Xronometrajni oʻtkazish jarayoni boshida soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organi masʼul xodimi tomonidan xizmat guvohnomasi koʻrsatilgan holda xronometraj oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishtiriladi hamda buyruq nusxasi soliq toʻlovchiga taqdim etiladi.
12. Davlat soliq xizmati organi xodimi xronometraj boshlangan va tugagan vaqtda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj oʻtkazilayotgan vaqtga doir maʼlumotlarni oladi.
13. Davlat soliq xizmati organi oʻtkazilayotgan xronometraj tadbiri jarayonida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi yoki kvitansiyalar, cheklar va boshqa realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi, soliq toʻlovchi va inkassatsiya xizmati oʻrtasidagi shartnoma mavjudligini koʻzdan kechiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchida kassa qoldigʻi limiti belgilanganligi hamda ushbu belgilangan kassa qoldigʻi limitining amaldagi ijrosi tahlil qilinadi.
15. Xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchining xaridor (isteʼmolchi)lar bilan hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasidan toʻliq foydalanishi yoki kvitansiyalar, cheklar va boshqa realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlarning toʻliq toʻldirilishi oʻrganib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Xaridor (isteʼmolchi)lar bilan hisob-kitob vaqtida nazorat-kassa mashinasi cheki, kvitansiyalar, cheklar va boshqa realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlarning toʻliq toʻldirilishi talab qilinadi hamda kun davomida nazorat-kassa mashinasi cheki, kvitansiyalar, cheklar va boshqa realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlarning amaldagi soni sanoqdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq xizmati organlariga topshirilgan hisobotlarda koʻrsatilgan chakana tovar aylanmasining real chakana tovar aylanmasiga mos kelishi tahlil qilinadi.
18. Xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchining ish yakuni boʻyicha amaldagi kunlik naqd pul tushumlari, nazorat-kassa mashinasining kunlik hisoboti yoki kvitansiyalar, cheklar va boshqa realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar bilan taqqoslanadi hamda davlat soliq xizmati organining masʼul xodimi naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalari yuzasidan ilovadagi jadvalni toʻldiradi va maʼlumotnoma tayyorlab, imzolaydi. Maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Xronometraj natijalari yuzasidan tuzilgan maʼlumotnoma davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosarining koʻrsatmasiga asosan Davlat soliq inspeksiyasining “Qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish” boʻlimi (shoʻbasi)ga topshiriladi va umumlashtirilib, alohida yigʻma jildga tikilib boriladi. Xronometraj natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnomalar maxsus kitobda qayd etib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakuniy qoida
20. Davlat soliq xizmati organining masʼul xodimi tomonidan xronometraj jarayonida savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzgan, naqd pul tushumini bank filiallariga toʻliq topshirmagan, aholi bilan naqd pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasidan foydalanmagan, xaridorlarga (isteʼmolchilarga) kvitansiyalar, cheklar va boshqa realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlarni bermagan hamda naqd pul tushumini yashirgan soliq toʻlovchiga nisbatan belgilangan tartibda qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish maqsadida davlat soliq xizmati organi rahbari nomiga bildirishnoma kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | | | | |
| ___________________________________ soliq toʻlovchi (yoki unga qarashli shoxobcha)da _________________________________________________________ | ||||
| |
(joylashgan manzili, shoxobcha nomi) |
| ||
| 200_ yil “___” ______ da oʻtkazilgan xronometraj toʻgʻrisida | ||||
|
| ||||
| Soliq toʻlovchining ish vaqti ________, tushlik ______, dam olish kuni ____ Xronometraj boshlangan vaqt ________ tugagan vaqt _______ Oʻrnatilgan nazorat-kassa mashinasi rusumi _________________ ____________ | ||||
| | | |
zavod raqami | |
| ____________________________________________________________________ | ||||
|
davlat soliq xizmati organida roʻyxatga olingan sana, raqami | ||||
| Inkassatsiya shartnomasi __________________________ | ||||
| |
(№ va sanasi) |
| | |
| Ixtisoslashishi _________________________________ | ||||
| |
(mahsulot yoki xizmat turi) |
| | |
| | | | | |
| Davlat soliq xizmati organi xodimi |
|
| ||
| |
imzo |
F.I.Sh. | ||
| Soliq toʻlovchi |
_____________________ |
______________________ | ||
| |
imzo |
F.I.Sh. | ||
Keyingi tahrirga qarang.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
______________________________ manzildagi
________________________ nomli soliq toʻlovchida
oʻtkazilgan xronometrajlar toʻgʻrisida maʼlumot
________________________ nomli soliq toʻlovchida
oʻtkazilgan xronometrajlar toʻgʻrisida maʼlumot
| | | | | | | | | | | | | |
| Xronometraj oʻtkazilgan sana, boshlangan va tugallangan vaqti | Xodimlar soni | Naqd pul tushumi boʻyicha oylik belgilangan topshiriq (ming soʻm) | Haqiqatda xronometraj kunigacha topshirilgan summa (ming soʻm) | Xronometraj oʻtkazilgan kundan bir kun oldingi topshirilgan summa (ming soʻm) | Xronometraj kunlari topshirilgan naqd pul summasi (ming soʻm) | Oʻtgan haftaning shu kuni topshirilgan naqd pul summasi (ming soʻm) | Bir kun oldingi tushumga nisbatan farqi (+ yoki –) | Oʻtgan haftaning shu kuniga nisbatan farqi (+ yoki –) | ||||
| rahbar | hisobchi | asosiy ishchi (xizmatchi)lar soni | yordamchi ishchi (xizmatchi)lar | boshqa ishchilar | ||||||||
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| Xronometraj oʻtkazgan xodimlar |
|
| | | | | | | ||||
| | | |
F.I.Sh. |
| | | | | | | ||
| Soliq toʻlovchi | | |
_______________________ |
| | | | | | | ||
| | | |
F.I.Sh. |
| | | | | | | ||
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
________ tuman (shahar)dagi soliq toʻlovchilarda davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan xronometraj natijalarini qayd etish
KITOBI
KITOBI
| T/r | Soliq toʻlovchining nomi va manzili | Xronometraj oʻtkazilgan sana | Xronometraj oʻtkazgan xodimlar familiyasi, ismi, sharifi | Davlat soliq xizmati organi xodimlarining ish joyi | Xronometraj oʻtkazilgan kundagi tushum (ming soʻm) | Bir kun oldingi tushum (ming soʻm) | Farqi | Tekshirish oʻtkazish uchun davlat soliq xizmati organi boshligʻiga kiritilgan bildirishnoma sanasi |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 112-modda; 2010-y., 28-29-son, 250-modda; 2013-y., 11-son, 149-modda; 2015-y., 21-son, 283-modda)