02.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1783
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-aprelda 1783-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza qilish natijasi boʻyicha 2008-yil 1-apreldagi xulosaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga va “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2000-yil 19-maydagi 197-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2008-yil 6-martdagi 750/01-12-son xatini inobatga olgan holda, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining quyidagi normativ-huquqiy hujjatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 31-avgustda 166-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Qurilayotgan korxonalar va boshqa obyektlar direksiyalarini taʼminlab turish, shu jumladan texnik nazorati uchun xarajatlarni belgilash tartibi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 23-noyabrda 545-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy holatlar KMK 3.01.04-99” Qurilish meʼyorlari va qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 14-sentabrda 1063-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Davlat budjeti mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarning Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqida mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi mazkur hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 2-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 106-modda)