Oʻzbekiston Respublikasi
Davarxitektqurilishqoʻmining
1995-yil 28-apreldagi 4-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Davarxitektqurilishqoʻmining
1995-yil 28-apreldagi 4-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vaziri muovini
V.S. Beganov
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vaziri muovini
V.S. Beganov
QURILAYOTGAN KORXONALAR VA BOShQA OBYEKTLAR DIREKSIYALARINI TAʼMINLAB TURISh, ShU JUMLADAN TEXNIK NAZORATI UChUN XARAJATLARNI BELGILASh
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 31-avgustda 166-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yil 2-apreldagi 52-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1783, 02.04.2008-y.) bilan Davlat reyestridan chiqarilgan.
1. Qurilayotgan korxonalar va boshqa obyektlar direksiyalarini taʼminlab turish, shu jumladan texnik nazorati uchun xarajatlarini belgilash tartibi, loyihadagi (ish loyihalaridagi) umumiy moʻljaliy (smeta) hisoblaridagi qurilishning moʻljaliy (smeta) qiymatini belgilashdagi, qurilish moʻljaliy qiymati umumiy moʻljaliy qiymatlarining 1—9 boblariga mos boʻlgan taqdirda quyidagicha miqdorlarda qoʻllaniladi:
|
| |
|
|
| | |
2. Belgilangan tartibda tashkil qilingan birlashgan direksiyalarni taʼminlab turish uchun xarajatlari miqdorlarini, ushbu maqsadlar uchun qurilishning moʻljaliy qiymatlarida koʻzda tutilgan umumiy mablagʻlar miqdorlaridan kelib chiqilgan holda belgilandi.
Umumiy tarmoqlarning bosh quruvchisi boʻlgan — qurilayotgan korxonalar direksiyasini taʼminlab turish uchun xarajatlar miqdorlari korxona-bosh quruvchi va umumobyektlar tarmoqlari qurilish moʻljaliy qiymatlarining yaxlitlangan miqdorlaridan kelib chiqilgan holda belgilanadi.
3. Qurilayotgan korxonalar direksiyalari toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan hollarda, buyurtmachining texnik nazoratini taʼminlab turish uchun xarajatlar qurilish qiymatining umumiy moʻljaliy hisoblarida koʻzda tutilgan xarjlar hisobiga kiritilishi mumkin, bunday holda qurilayotgan korxona direksiyasini taʼminlab turish uchun belgilangan xarjlar miqdorlarini 30 foizga kamaytiriladi.
4. Xarjlar miqdorlari qurilayotgan korxonalar va boshqa obyektlar direksiyalarini, shu jumladan texnik nazoratni ham meʼyoriy xarjlarda belgilangan qurilish olib borilishning barcha muddati davomida taʼminlab turish uchun moʻljallangan.
5. Xarjlar miqdorlarida uskunalar va maxsus ashyolarni montaj qilish va ishlatishga oid qabul qilib olish, saqlash va ixtiyoriga berish bilan bogʻliq xarajatlar inobatga olinmagan. Bu xarajatlar qurilish-montaj ishlari va uskunalarning moʻljaliy (smeta) qiymatlarida koʻzda tutilgan tayyorlash-ombor ishlari xarjlari hisobidan qoplanadi.
6. Xarajatlar miqdorlari 1995-yilning 1-mayidan boshlab qurila boshlaydigan qurilishlar loyihalari umumiy moʻljaliy (smeta) hisoblarida qoʻllaniladi.
Qurilayotgan korxonalar va boshqa obyektlar direksiyalarini (texnik nazoratni) taʼminlab turish uchun xarajatlarning sarf qilinmagan qoldiqlari qayta hisoblanmaydi.