Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TRANSYOʻLQURILISh” DAVLAT KOMPANIYASINING IJRO ETUVChI APPARATI TUZILMASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-fevraldagi 52-sonli “Transyoʻlqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son qarorining 3-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Transyoʻlqurilish” davlat kompaniyasining xodimlarning cheklangan umumiy soni 30 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 26 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-mart,
55-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-martdagi 55-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Transyoʻlqurilish” davlat kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 101-modda)