18.04.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

SUDYALAR MALAKASINI OShIRISh VA SUD-HUQUQ SOHASIDA TAJRIBA ALMAShINUVI BOʻYIChA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida sud-huquq sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida sud-huquq sohasida hamkorlikni mustahkamlash va ushbu sohada tajriba almashishning muhimligiga ishongan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-qism
Tashriflar va tajriba almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misr sud tizimi bilan tanishish, huquqiy masalalarni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish hamda sudlarda ish yuritishni takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Misr Arab Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasidan sudyalarning tashrifini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misr Arab Respublikasi Adliya vazirligi mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan oʻzaro tashriflar Dasturini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misr tomoni, sudlarda ish yuritishning texnikaviy qismini rivojlantirish uchun texnikaviy va yuridik yordamni taqdim etadi, shuningdek bu sohada toʻplangan tajribalarni almashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlarini amalga oshiruvchi vakolatli organlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — Adliya vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misr Arab Respublikasi Hukumati nomidan — Adliya vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-qism
Hujjatlar va axborotlar almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagilarni almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davriy matbaa nashrlari va risolalar, jurnallar, huquqiy tadqiqotlar hamda huquqiy taʼlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudyalarning malaka oshirish kurslari va dasturlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-bob
Anjuman va seminarlar tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar huquq fanining maxsus masalalari va sudlarda ish yuritishni tashkil etish boʻyicha oʻtkaziladigan seminar, uchrashuv va anjumanlar dasturlarini hamda sudlarda ish yuritish sohasida oʻzaro hamkorlik mavzuini birgalikda belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikkala davlat adliya vazirliklari vakillaridan iborat boʻlgan hamda quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan qoʻshma qoʻmitani tashkil etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish va har ikkala Tomonning xarajatlarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim qoidalarini bajarishga toʻsiq boʻladigan barcha muammolarni bartaraf qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudyalar malakasini oshirish va sud-huquq sohasida tajriba almashinuvi sohasida hamkorlik istiqbollarini kengaytirish va munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan aloqalarni mustahkamlash yuzasidan tegishli takliflarni taqdim qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimga har qanday oʻzgartirishlar tomonlarning oʻzaro roziligi asosida kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllashda va talqin qilishda yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida ikki tomonlama muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim bir yil davomida amal qiladi va Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida navbatdagi muddat tugashidan kamida olti oy ilgari diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilmasa, u keyingi bir yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qohira shahrida 2007-yil 18-aprelda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 4-son)