24.11.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumiy eʼtirof etilgan normalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala Ahdlashuvchi Tomon fuqarolarining shaxsiy va mulkiy huquqlarini teng huquqiy muhofaza qilishni taʼminlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishlari boʻyicha huquqiy hamkorlikni rivojlantipishga muhim ahamiyat berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-Boʻlim. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-Bob. Huquqiy muhofaza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Huquqiy muhofazaning taqdim etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek, uning hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq boʻlgan shaxslar (bundan keyin “fuqarolar” deb ataluvchilar) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz shaxsiy va mulkiy huquqlariga nisbatan ana shu Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari singari huquqiy muhofazadan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik ishlari vakolat doirasiga kiradigan sud, prokuratura va boshqa muassasalarga (bundan keyin “adliya muassasalari” deb ataluvchi) erkin va toʻsiqlarsiz murojaat qilishi, ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi ana shu shartlarda ularda qatnashishlari, iltimosnoma berishlari, daʼvo qoʻzgʻatish va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning qoidalari tegishli tarzda Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida ularning qonunlariga binoan taʼsis etilgan yuridik shaxslarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning maqsadlarida “fuqarolik ishlari” atamasi fuqarolik, oilaviy va savdo (xoʻjalik) ishlarni, hamda fuqaro-huquqiy munosabatlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Boj toʻlash va chiqimlarni qoplashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida sud va notarial boj va chiqimlarni toʻlash, qoplash va garovga qoʻyishdan ozod qilinadilar, shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonning oʻz fuqarolari singari oʻsha shartlar va hajmda bepul yuridik yordamdan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning 1-qismida nazarda tutilgan imtiyozlar aniq ish boʻyicha, shu jumladan, qarorni ijro etish boʻyicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Oilaviy va mulkiy holat toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning 2-moddasida koʻzda tutilgan imtiyozlar toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etgan shaxsning oilaviy va mulkiy holati toʻgʻrisidagi hujjat asosida taqdim etiladi. Ushbu hujjat Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi yoki uning hududida doimiy yashab turgan shaxsga vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar iltimosnoma beruvchi shaxs Ahdlashuvchi Tomonlar hududida turar joyiga ega boʻlmasa, u fuqaro boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilgan hujjatni taqdim etishi yetarli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha, qaror chiqaruvchi adliya muassasasi zarurat tugʻilganda, hujjatni bergan muassasadan qoʻshimcha maʼlumotlarni yoki zarur tushuntirishlarni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-Bob. Huquqiy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik ishlari boʻyicha milliy qonunchilik va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatadilar. Huquqiy yordam koʻrsatish ushbu Shartnomaning 8-moddasiga muvofiq tuzilgan iltimosnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya muassasalari fuqarolik ishlari boʻyicha boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam koʻrsatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Huquqiy yordam hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam milliy qonunchilikda koʻzda tutilgan protsessual va boshqa harakatlarni bajarishni oʻzida mujassam etadi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hujjatlarni tuzish va joʻnatish, tegishli hujjat va materiallarning asli yoki tasdiqlangan nusxasini, shu jumladan, moliyaviy, huquqiy va boshqa hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yozma va/yoki ashyoviy dalillarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) koʻzdan kechirish va tekshiruvni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ekspertiza oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tomonlarni, uchinchi shaxslarni, guvohlarni, ekspertlarni va protsessning boshqa qatnashchilarini soʻroq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sud hujjatlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) fuqarolik ishlari boʻyicha, sud va boshqa adliya muassasalarining qarorlarini, fuqaroviy daʼvo qismidagi jinoiy ishlar boʻyicha hukmlarni tan olish va ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) sud chaqiruv qogʻozi va boshqa hujjatlarni topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar uni bajarish inson huquqlari buzilishiga, davlat suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid boʻlsa, toʻla yoki qisman rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani qondirish rad etilgani toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda, rad etish sababi koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Munosabatlar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan markaziy adliya organlari orqali yoki ushbu Shartnomada qayd etilgan boshqa tartibda munosabatga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma maqsadlarida markaziy adliya organlari boʻlib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolgariya Respublikasi uchun — Bolgariya Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma kuchga kirganidan soʻng bir oy muddat ichida Ahdlashuvchi Tomonlar markaziy adliya organlari toʻgʻrisida maʼlumot, shuningdek manzil va boshqa kerakli axborotni almashadilar. Ushbu maʼlumotga kiritilgan barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz vaqtida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma ravishda joʻnatiladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soʻrayotgan adliya muassasasining nomi va soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) huquqiy yordam soʻralayotgan ishning nomi, iltimos maqsadining bayoni va soʻralayotgan yordamning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tomonlar, daʼvo qiluvchilar, guvohlarining ism va familiyalari, doimiy yashash yoki turar joylari, fuqaroligi, mashgʻuloti, yuridik shaxslar uchun ularning nomi, yuridik adres va/yoki joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 3-bandda koʻrsatilgan shaxslarning vakillari boʻlgan hollarda, ularning ismlari, familiyalari va manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli qonun va boshqa huquqiy aktlarining matn yoki mazmunlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ijro etish uchun soʻralayotgan aniq harakatlarni qoʻllash sabablari va ularning toʻliq yozma ifodasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) soʻralayotgan harakatlar yoki oʻxshash natijalarga olib keluvchi boshqa chora-tadbirlar Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunchiligiga muvofiq qabul qilinishi mumkinligi toʻgʻrisidagi bayonot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) zarur boʻlgan hollarda, qaysi davr mobaynida iltimosnoma bajarilishi kutilayotgan muddatni koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda iltimosnomaga iltimosni bajarilishini yengillashtiruvchi hujjatlar yoki tegishli tartibda tasdiqlangan hujjatlarning nusxalari yo ulardan koʻchirmalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada oluvchining aniq adresi va hujjatlarning nomlari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma soʻrayotgan adliya muassasasining tegishli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va rasmiy muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ijro etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani ijro etishda soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligini qoʻllaydi. Soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosiga koʻra, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini, agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid boʻlmasa, qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻralayotgan adliya muassasasi huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani ijro etishga vakolatli boʻlmasa, u iltimosnomani vakolatli muassasaga joʻnatadi va bu haqda soʻrayotgan adliya muassasasini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosnomasiga binoan soʻralayotgan adliya muassasasi unga va manfaatdor tomonlarga, agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan bunga yoʻl qoʻyiladigan boʻlsa, iltimosni bajarish chogʻida ishtirok etishlari uchun huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani bajarish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalari huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani oʻz vaqtida va toʻliq bajarish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradilar. Iltimos bajarilgandan keyin, adliya muassasasi zarur hollarda, soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosnomasiga koʻra, huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning 6-moddasiga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatish mumkin boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomani va ilova qilingan boshqa hujjatlarni qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Guvoh va ekspertlarni chaqirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zapur boʻlganda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida ish sudda koʻrilayotganda qatnashish uchun zarurat tugʻilsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi guvoh va ekspertlar chaqirtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning guvoh va ekspertga, yoʻlkira va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlish bilan bogʻliq xarajatlar hamda ishdan chalgʻigan kunlari uchun olinmagan ish haqi qoplanadi. Ekspert ekspertiza oʻtkazganligi uchun ham haq olish huquqiga egadir. Chaqiruv qogʻozida chaqirilgan shaxslar qanday toʻlovlarni olishga haqli ekanligi koʻrsatilishi lozim. Bunday shaxslarning iltimoslariga koʻra, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning markaziy adliya organi ularga tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans toʻlaydi. Avans toʻlash soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh va ekspertni chaqirish toʻgʻrisidagi hujjatda kelmaganligi uchun majburlovchi choralarni qoʻllash haqida tahdid boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Immunitet
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning 10-moddasiga muvofiq, chaqirilgan guvoh va/yoki ekspert, oʻzining fuqaroligidan qatʼi nazar, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasidan oʻtgungacha sodir etgan qandaydir xatti-harakat munosabati bilan jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Ushbu shaxslar oʻzlarining koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha koʻrsatmalapi yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari munosabati bilan ham jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, agar ular soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega boʻlishsa-da, ularga bundan buyon ularning bu yerda boʻlishlariga zarurat yoʻqligini xabar qilgan kundan boshlab oʻn besh kun oʻtgungacha ketishmasa, ushbu band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yoʻqotadilar. Ushbu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan oʻziga aloqador boʻlmagan ayb bilan joʻnab keta olmagan vaqt ushbu muddat hisobiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Hujjatlarni topshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv qogʻozlar va boshqa hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon iltimosiga va uning hududida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq topshiriladi, agar topshirilayotgan hujjatlar ushbu Shartnomaning 17-moddasiga muvofiq tasdiqlangan tarjima bilan ilova qilingan boʻlsa. Aks holda, oluvchi ularni ihtiyoriy ravishda qabul qilishga rozi boʻlsa, hujjatlar oluvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatlarni iltimosnomada koʻrsatilgan adres boʻyicha topshirish mumkin boʻlmasa, soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq manzilni aniqlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻradi. Manzilni aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda, soʻralayotgan adliya muassasasi organi soʻrayotgan adliya muassasasini bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlarni unga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning topshirilganligini tasdiqlash soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada topshirilgan vaqti, joyi va usuli, shuningdek, hujjatlar topshirilgan shaxs koʻrsatilishi lozim. Hujjatlarni topshirish tasdiqnomasi soʻrayotgan markaziy organga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan oʻz fuqarolariga hujjatlarni topshirish huquqiga ega. Bunda majburiy tusdagi choralar qoʻllash yoki qoʻllashga tahdid qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Fuqarolik holati haqida hujjatlarni va boshqa hujjatlarni joʻnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari oʻz davlatlari fuqarolarining fuqarolik holatlari haqidagi dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomalar, maʼlumoti, mehnat staji haqida hujjatlarni hamda davlat organlari tomonidan beriladigan shaxsiy yoki mulkiy manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni bevosita bir-birlariga iltimos asosida tarjimasiz va bepul joʻnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar har bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi manfaatdor shaxslarga tarjimasiz bevosita joʻnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Adres va boshqa maʼlumotlarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq, agar fuqarolar huquqlarini amalga oshirish uchun talab qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida yashovchi shaxslarning manzilini aniqlashda bir-biriga oʻzaro yordam beradilar. Bunda soʻrayotgan adliya muassasasi iltimosnomada koʻrsatilgan shaxsning manzilini aniqlashda yordam berishi mumkin boʻlgan oʻzidagi mavjud maʼlumotlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yashaydigan, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarida fuqarolik ishlari boʻyicha mulkiy munosabatlar talablar qoʻyilgan shaxslarning fuqarolik holati, ish joyi yoki mashgʻuloti va daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashda bir-biriga yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-biri bilan ushbu Shartnomaning 7-moddasida koʻrsatilgan markaziy adliya organlari orqali hamda bevosita munosabatga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududidagi muassasa yoki bunga maxsus vakolatlangan shaxs tomonidan ularning vakolati doirasida belgilangan shaklda tayyorlangan yoki tasdiqlangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida hech qanday boshqa maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hujjatlar sifatida qaraladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ham rasmiy hujjatlarning isbotlovchi kuchi bilan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Tillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomani bajarish doirasida bir-biri bilan munosabatlarda rus tilidan yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat tilidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat tillarida yoki boshqa tillarda joʻnatiladigan hujjatlari rus tiliga tarjimasi bilan ilova qilinishlari lozim. Shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa zarur boʻlgan hollarda, rus tilidagi yozma va ogʻzaki tarjimani taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning yozma tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligi va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplashni talab qilmaydi. Agar ushbu Shartnoma boʻyicha boshqa holat nazarda tutilgan boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz hududlarida huquqiy yordam koʻrsatishdan yuzaga keladigan barcha xarajatlarni oʻzlari qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Huquqiy masalalar boʻyicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning markaziy adliya organlari bir-birlariga iltimosnomaga binoan, oʻz davlatlarida amaldagi va amalda boʻlgan qonunchilik hamda uning qoʻllanilishi tajribasi haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek huquqiy masalalari boʻyicha boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-Boʻlim. Qarorlarni eʼtirof qilish va ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Qarorlarni eʼtirof qilish va ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri, ushbu Shartnomada koʻzda tutilgan shartlar asosida, quyidagi qonuniy kuchga ega boʻlgan, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan quyidagi qarorlarni eʼtirof qiladi va ijro etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud va boshqa adliya muassasalarining fuqarolik ishlari boʻyicha qarorlari, shuningdek, shunday ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlari (bundan keyin — “qarorlar”);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jinoiy ishlarni fuqarolik daʼvosiga tegishli qismi boʻyicha sudlarning hukmlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Qarorni eʼtirof qilish va ijro etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorlarni eʼtirof qilish va ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnoma qaror ijro etish lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga beriladi. Iltimosnoma birinchi pogʻonadagi ish boʻyicha qaror chiqargan sudga topshirilishi mumkin. Ushbu sud iltimosnomani ushbu iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarish vakolatiga ega boʻlgan sudga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qaror yoki uning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, qaror qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi kerakligi haqidagi rasmiy hujjat yoki u qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan, agar bu qarorning oʻzidan kelib chiqmasa, hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jarayonda ishtirok etmagan tomonga qapshi qaror chiqarilganligini, belgilangan tartibda va oʻz vaqtida sudga chaqirtirilganligini va kelmaganligi natijalari toʻgʻrisida xabardor boʻlganligi, uning protsessual muomalaga layoqatli emasligi hollari esa belgilangan ravishda aytilganligini bildiruvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hujjat joʻnatilish vaqtida qarorni qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) kelishilgan sudlov ishlari boʻyicha tomonlarning kelishuvini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Qarorlarni eʼtirof qilish va ijro etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning 20-moddasida koʻzda tutilgan qarorlarni eʼtirof qilish va ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar, hududida ijro amalga oshirilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorlarni eʼtirof qilish va ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnomani koʻrib chiqayotgan sud ushbu Shartnomada koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilinganligini belgilash bilan cheklanadi. Shartlarga rioya qilingan hollarda sud qarorni eʼtirof qilish va ijro etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorni eʼtirof qilish va ijro etish tartibi ushbu Shartnoma qoidalariga hamda hududida u amalga oshirilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Sud qarorlarini eʼtirof qilish va ijro etishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning 20-moddasida koʻzda tutilgan qarorlarni eʼtirof qilish yoki ijro etishga ruxsat berishni quyidagi hollarda rad etish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hududida chiqarilgan qaror Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq qonuniy kuchga kirmagan yoki ijro etilmagan boʻlsa, qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi lozim boʻlgan hollar bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) javobgar oʻziga yoki uning vakiliga oʻz vaqtida va tegishli ravishda sudga chaqiruv qogʻozi belgilanganligi sababli jarayonda ishtirok etmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu bahs boʻyicha shu qaror eʼtirof qilinishi va ijro etilishi lozim boʻlgan va shu asosda Ahdlashuvchi Tomon hududida oldin ham qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan yoki uchinchi davlat sudining eʼtirof qilgan qarori boʻlgan yoxud ushbu Ahdlashuvchi Tomon muassasasi tomonidan ushbu ish boʻyicha koʻrib chiqish qoʻzgʻatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Shartnoma qoidalariga asosan, ushbu Shartnomada koʻzda tutilmagan vaziyatlarda esa oʻz hududida qaror tan olinishi va ijro qilishi zarur boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga asosan, ish uning muassasalari istisnoli vakolatiga taalluqli boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) kelishilgan sudlov ishi boʻyicha tomonlarning kelishuvini tasdiqlovchi hujjat boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sud koʻrib chiqayotgan qarorlapni eʼtirof qilish va ijro etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan ijro etish muddati oʻtib ketganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-Boʻlim. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Bahslarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomani talqin qilish yoki qoʻllashda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida bahslar paydo boʻlgan hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlar kelishmovchiliklarni maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal qilishga harakat qiladilar. Zarur boʻlgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar Shartnomani qoʻllanilishini kuzatish va vujudga kelishi mumkin boʻlgan kelishmovchiliklarni hal qiluvchi qoʻshma komissiyani tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirokchilar boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan ularning majburiyat va huquqlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomada tilga olingan masalalar boʻyicha, uning qoidalarini toʻldirish yoki kuchaytirish yo unda oʻrnatilgan tamoyillarni qoʻllanishini yengillashtirish maqsadida, oʻzaro, shu jumladan, idoralararo bitimlar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Qoʻshimcha va oʻzgartishlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaga bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin. Ular ushbu Shartnomaning 27-moddasida koʻzga tutilgan tartibda kuchga kirganidan soʻng uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Kuchga kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashinuvidan soʻng, oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Amal qilish muddati va denonsatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma noaniq muddatga tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilib ushbu Shartnomani denonsatsiya qilishi mumkin. Bu holda Shartnoma mazkur Ahdlashuvchi Tomonning xabarnomasini olgan kundan soʻng olti oy oʻtgandan keyingi oyning birinchi kuni oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Shartnomani qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma u kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sofiya shahrida 2003-yil 24-noyabrda ikki asl nusxada har biri oʻzbek, bolgar va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)