Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2001 15.02.1991 yildagi 229-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2001
Hujjat 02.03.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun foyda (daromad) olishni koʻzlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, ularning huquqlari va masʼuliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Korxona va uning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy shaxs huquqiga ega boʻlgan, mulkchilik huquqi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat koʻrsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz faoliyatini roʻyobga chiqaradigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonaning faoliyati maqsadlarini roʻyobga chiqarishga oʻz mahsuloti, ishlari va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi aʼzolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini taʼminlash yoʻli bilan erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona xoʻjalik faoliyatining har qanday turlarini, agar ular SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlab qoʻyilgan boʻlmasa va korxona Ustavida koʻzda tutilgan maqsadlar va vazifalariga muvofiq kelsa, amalga oshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Korxonaning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qoʻyilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi korxonalar ish olib borishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi, SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalar fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolarning individual (xususiy va shaxsiy) mulkiga asoslangan korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa (shirkat) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari; kooperativlarga qarashli korxonalar, aksiyali jamiyatlarga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, oʻzga xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlariga qarashli korxonalar; jamoat tashkilotlarining korxonalari, diniy tashkilotlarning korxonalari va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkiga asoslangan davlat ittifoq korxonasi, respublika davlat korxonasi, respublikalararo davlat viloyatlararo, viloyat, nohiyalararo, nohiya, shahar davlat korxonasi va korxonalarning boshqa turlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻla yoki ulush qoʻshib ishtirok etishga asoslangan (qoʻshma korxonalar) Ittifoq, respublika mulki, muxtor respublikalar, ajnabiy huquqiy shaxslar, firmalar va davlatlar mulki boʻlgan korxonalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan korxonalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxona ishlovchilar soniga qarab kichik korxonalar jumlasiga kiritilishi mumkin, bunday korxonalarni barpo etish va ular faoliyatining oʻziga xos jihatlari, maqomi, ularni roʻyxatga olish shartlari, shuningdek korxonalarni bu turga kiritish tartibi SSSR Hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti va Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida korxonalarning boshqa turlari, shu jumladan respublikaning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan holda tuzilgan ijara korxonalari ham ish olib borishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Korxonalarning xoʻjalik uyushmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, oʻz huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni ifoda etish maqsadida xoʻjalik uyushmalariga: ittifoqlarga, konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq prinsiplari, hududiy yoki boshqa prinsiplar asosida oʻzga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalarni barpo etish Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlarida belgilangan monopoliyaga qarshi talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Koʻngilli xoʻjalik uyushmalari davlat roʻyxatidan oʻtishi kerak va ularning faoliyati ushbu Qonun bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uyushma, birlashma uni taʼsis etuvchilar tasdiqlaydigan ustav asosida ish olib boradi. Uyushmalar tarkibiga kirgan korxonalar oʻz mustaqilliklarini, huquqiy shaxs huquqlarini saqlab qoladilar va ushbu Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uyushma, birlashma oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, korxonalar esa, taʼsis shartnomasi (ustavda) oʻzga holat koʻzda tutilgan boʻlmasa, uyushma majburiyati yuzasidan javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uyushmaga kirgan korxonalar uyushma tarkibidagi korxonalar oldidagi majburiyatlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq saqlab qolgan holda uning tarkibidan chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uyushma, birlashma unga kirgan korxonalarning qaroriga muvofiq tugatiladi. Uyushma korxonani tugatish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda tugatiladi. Uyushma tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uyushmaning ustaviga muvofiq uning qatnashchilari oʻrtasida taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Korxona toʻgʻrisidagi qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonalarni barpo etish va ularning faoliyati bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda uning asosida chiqariladigan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, ushbu hujjatlarda koʻzda tutilgan hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining qarorlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston ASSRda korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, ularni qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari Qoraqalpogʻiston ASSR qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Faoliyati ishni tashkil etishga va uning xavfsizligiga oshirilgan talablar qoʻyish bilan bogʻliq boʻlgan, texnologiya jarayonlari uzluksiz davom etadigan, shuningdek boshqaruv vazifalarini markazlashtirish zarurati bilan bogʻliq boʻlgan korxonalarning ayrim turlari uchun ushbu Qonunni qoʻllash xususiyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. SSR Ittifoqi, ittifoqdosh va avtonom respublikalar mulki, ajnabiy huquqiy shaxslar va fuqarolarning toʻla yoki ulushbay mulki boʻlgan korxonalarni (qoʻshma korxonalarni) barpo etish va ular faoliyatlarining xususiyatlari SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. KORXONANI BARPO ETISh VA UNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Korxonani barpo etishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona mol-mulk egasi (egalari) yoki u (ular) vakil qilgan idora, korxona, tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq, yo boʻlmasa taʼsis etuvchilar guruhi va ayrim taʼsis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu Qonunda hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda barpo etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy boʻlinmaning shu boʻlinma (boʻlinmalar) mehnat jamoasi tashabbusi bilan ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun korxona mol-mulki egasining (u vakil qilgan idora, korxona va tashkilotning) roziligi boʻlsa va korxona ilgari oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi taʼminlansa, tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonani barpo etish va uning faoliyati uchun yer uchastkasi, boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan hollarda ulardan foydalanishga ruxsatnomani xalq deputatlari tegishli Soveti, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda esa ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlangʻich tashkilot tomonidan ham beriladi. Yer uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini berish rad etilganida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs huquqini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona, agar SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida oʻzgacha tartib koʻzda tutilgan boʻlmasa, korxona joylashgan erdagi xalq deputatlari nohiya, shahar, shahardagi nohiya Soveti ijroiya qoʻmitasi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining yagona davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xabar qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun xalq deputatlari tegishli Soveti ijroiya qoʻmitasiga bu korxonani barpo etish toʻgʻrisidagi qaror, ustav hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti belgilab qoʻyadigan roʻyxat boʻyicha boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona xalq deputatlari tegishli Soveti ijroiya qoʻmitasiga zarur hujjatlar ilova qilinib ariza topshirilgan paytdan booʻlab uzogʻi bilan 30 kunda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonani barpo etishning SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibi buzilganligi, shuningdek taʼsis hujjatlari qonun talablariga mos kelmasligi sabablariga koʻra korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishi mumkin. Korxonani barpo etish maqsadga muvofiq emasligini vaj qilib, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar korxona belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlmasa yoki taʼsis etuvchi korxonani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud korxonani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligini asossiz deb topsa, bu hol korxonani roʻyxatdan oʻtkazmagan xalq deputatlari Soveti ijroiya qoʻmitasining moddiy javobgarligi (sud chiqimlaridan tashqari) sabab boʻladi. Moddiy javobgarlikning miqdori sud tomonidan aniqlanadi va qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun undan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan miqdorda haq olinadi. Olingan mablagʻ xalq deputatlari Soveti ijroiya qoʻmitasi tomonidan korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi nohiya, shahar, shahardagi nohiya budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Shuʼba korxonalar va korxonalarning alohida boʻlinmalarini barpo etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona huquqiy shaxs huquqiga ega boʻlgan shuʼba korxonalar, shuningdek filiallar, vakolatxonalar, boʻlimlar hamda joriy va hisob-kitob raqamlari ochish huquqiga ega boʻlgan boshqa alohida boʻlinmalar tuzish huquqiga ega boʻlib, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday korxonalar va boʻlinmalarni joylashtirish masalasi xalq deputatlari tegishli mahalliy Sovetlari bilan amaldagi qonunlarda korxonalar tuzish uchun belgilangan tartibda kelishib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Faoliyat turlariga litsenziya olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Litsenziya olinishi kerak boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun korxona zarur litsenziyani olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonaning litsenziya olinishi kerak boʻlgan faoliyatiga ruxsat berish va bunday ruxsatni haqiqiy emas deb topish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Vazirlar Kabineti belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Korxona ustavi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona ustav asosida ish olib boradi. Ustavni korxonani taʼsis etuvchi (taʼsis etuvchilar) tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona ustavida quyidagilar belgilab qoʻyiladi: korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi, faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish shartlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan oʻzga qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. KORXONANING MULKDORI VA MOL-MULKI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Korxonaning mulkdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonaning mulkdori (mulkdorlari) oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor (mulkdorlar) oʻz mol-mulkiga nisbatan Qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni qilishga haqli. Ular mol-mulkidan qonunda taqiqlab qoʻyilmagan har qanday xoʻjalik faoliyatini yoki oʻzga faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. Davlat korxona egasining mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona mulkdori (mulkdorlari) oʻzining (oʻzlarining) mulkchilik huquqini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan shartlar asosida va shu shartlar doirasida fuqarolar bilan ularning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Mol-mulkni tashkil etish va undan foydalanish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Asosiy fondlar va oborot mablagʻlari, shuningdek qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etadigan boshqa boyliklar korxona mulkini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va korxona ustaviga muvofiq korxonaning mol-mulki mulkchilik huquqi yoki toʻla xoʻjalik yuritish huquqi asosida unga tegishli boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manbalardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlardan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital mablagʻ va budjetdan dotatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, ionalari, shuningdek meros tariqasida, ayirboshlash va sovgʻa qilish yoʻli bilan oladigan daromadlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan oʻzga manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona oʻziga qarashli mol-mulkni boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga sotish hamda topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanish uchun bepul berish yoki qarzga berishga, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va korxona ustavida oʻzga hollar koʻzda tutilgan boʻlmasa, ularni balans hisobidan chiqarishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar ustavda oʻzga hol koʻzda tutilgan boʻlmasa, korxona ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni fuqarolarga sotishga, bepul berishga, ijaraga berishga haqli, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq fuqaroning mulki boʻla olmaydigan yoki u foydalana olmaydigan ishlab chiqarish vositalari va oʻzga moddiy boyliklar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Tabiat resurslariga egalik qilish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona belgilangan tartibda haq evaziga yer va boshqa tabiat resurslariga egalik qiladi va ulardan foydalanadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona oʻz ishlab chiqarishining tabiiy muhitga salbiy taʼsirini kamaytirishga va bu taʼsirning oʻrnini qoplashga qaratilgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirishi shart. Bunday tadbirlar oʻz mablagʻlari yoki oʻzga manbalar hisobidan pul bilan taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq er, suv, yer osti boyliklari, oʻrmonlar va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish talablari hamda normalariga rioya etilishi uchun javobgardir, shuningdek oʻz faoliyati natijasida yetkazgan zararni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish organlarining xulosasiga koʻra mahsulotni kam olish, ishlar va xizmatlarni kam bajarish bilan bogʻliq zararni toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Korxonaning huquqiy shaxslar va fuqarolar mablagʻini jalb etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qogʻozlar chiqarish hamda sotish yoʻli bilan huquqiy shaxslar va fuqarolarning qoʻshimcha pul mablagʻlarini jalb etish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonaning qimmatli qogʻozlar chiqarish va sotish tartibini, ularning turlari hamda bunday qimmatli qogʻoz egalarining huquqlarini SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Korxona mulkiy huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat korxonaning mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi. Davlatning korxonaga qarashli asosiy fondlarni, oborot mablagʻlarni va boshqa mol-mulkni tortib olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar, huquqiy shaxslar va davlat idoralari tomonidan korxonaning mulkiy huquqlarini buzish natijasida unga yetkazilgan zarar sud yoki davlat hakamligi qaroriga koʻra korxonaga toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. KORXONANI BOShQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Korxonani boshqarishni tashkil etishning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona oʻz ustaviga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi subyekti korxonani bevosita yoki oʻzi vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Mulkdor yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi subyekti yoxud u vakolat bergan idoralar ana shu huquqlarni korxona kengashiga (idorasiga) yo boʻlmasa korxona ustavida koʻzda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini ifoda etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va boʻshatish korxona mulki egasining yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi subyektining huquqi boʻlib, bu huquqni ular bevosita, shuningdek oʻzlari vakil qilgan idoralar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yohud boshqa idoralar orqali amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Korxonaning rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona rahbari lavozimiga yollash (tayinlash, saylash) chogʻida nomzod shaxs bilan bitim (shartnoma, kelishuv) tuziladi, unda korxona rahbarining huquqlari, vazifalari va masʼuliyati, uning moddiy taʼminoti hamda egallab turgan lavozimidan boʻshatish shartlari SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʻzda tutilgan kafolatlarni hisobga olgan holda belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona rahbari korxona faoliyati bilan bogʻliq masalalarni mustaqil hal qiladi, ushbu Qonunda mehnat jamoasi va korxona kengashi umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)ning mutlaq vakolatiga topshirilgan masalalar bundan mustasno, korxona nomidan ishonch qogʻozisiz ish olib boradi, mamlakatdagi va chet eldagi barcha korxonalarda, firmalar va tashkilotlarda shu korxona manfaatlarini himoya qiladi, korxona mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonch qogʻozlari beradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa raqamlar ochadi, mablagʻlarni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, direksiyaning ijroiya apparati shtatlarini tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona rahbari oʻz oʻrinbosarlarini, boshqaruv apparati rahbarlarini va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini mustaqil tayinlaydi va ishdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona rahbari shartnomada yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʻzda tutilgan asoslarga muvofiq shartnoma muddati tugamay turib, egallab turgan lavozimidan boʻshatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Korxona kengashi (boshqaruvi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona kengashi mulkdor korxonani boshqarish sohasidagi oʻz vakolatlarini kengashga topshirgan taqdirda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona kengashi (boshqaruvi)da, korxona ustavida oʻzga hollar koʻzda tutilgan boʻlmasa, korxona mol-mulkining egasi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi subyekti tomonidan tayinlanadigan va shu korxona mehnat jamoasi tomonidan saylab qoʻyiladigan vakillar soni baravar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona kengashi (boshqaruvi)ning huquq va burchlari korxona mol-mulkining egasi yoki u vakolat bergan idoralar tasdiqlaydigan Kengash (boshqaruv) toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. KORXONA XOʻJALIK FAOLIYATINING ASOSLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Korxona oladigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hamma turdagi korxonalarda xoʻjalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy koʻrsatkich foydadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliqlarni va budjetga boshqa toʻlovlarni toʻlashdan keyin korxonada qolgan foyda (sof foyda) toʻla-toʻkis uning tasarrufiga oʻtadi. Korxona, agar ustavda oʻzga hol koʻzda tutilgan boʻlmasa, sof foydani qaysi sohalarga ishlatishni mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sof foydani ishlatish yoʻllarini tanlashga davlat soliqlar, soliq imtiyozlari, shuningdek, iqtisodiy choralar orqali taʼsir koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarida yoki korxona ustavida koʻzda tutilgan hollarda sof foydaning bir qismi korxona mehnat jamoasi aʼzolariga mulk qilib topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Korxona xodimining mehnat daromadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona turidan qatʼi nazar, har bir xodimning mehnat daromadlari korxona ishining pirovard natijalari hisobga olinib, xodimning mehnatga qoʻshgan shaxsiy ulushi bilan belgilanadi, soliqlar bilan tartibga solinadi va eng koʻp miqdori cheklab qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Barcha turdagi korxonalar xodimlari mehnat haqining eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnatga haq toʻlashning shakllari, sistemalari va miqdorini, shuningdek xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Korxona faoliyatini rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, koʻrsatilayotgan xizmatga boʻlgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar bilan xoʻjalik munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik faoliyatining barcha sohalarida korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va fuqarolar bilan munosabatlari shartnoma negiziga quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalar nima haqda shartnoma tuzishni tanlashda, majburiyatlarni, oʻzaro xoʻjalik munosabatlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan boshqa har qanday shartlarni aniqlashda erkindir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona oʻz mahsuloti va mol-mulkini, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmasa, oʻz xohishiga koʻra sotadi, shuningdek oʻz xohishi bilan xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona isteʼmolchining manfaatlarini hamda uning mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatiga qoʻyadigan talablarini hisobga oladi. Isteʼmolchining manfaatlari va huquqlari SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin realizatsiya qilish taqiqlab yoki cheklab qoʻyilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ulgurji savdo, ishlab chiqarishni taʼminlash va mahsulotni sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini oʻrganish, narx-navoning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot asosida oʻz ishlab chiqarishining taʼminotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va oʻz ishlab chiqarishining taʼminotini mustaqil amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bozorga oʻtish davrida davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulot yetkazib berayotgan korxonalarni davlat shu ishlarni bajarish va mahsulotni yetkazib borish uchun moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Narx-navo va narx belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona oʻz mahsulotini, ishlarini, xizmatlarini, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflarda sotadi. Korxona bozorda yakkahokimlik mavqeyini egallagan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Moliya va kredit munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qogʻozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi aʼzolarining, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarning pay va oʻzga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa korxonalarning kreditlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona pul mablagʻlarini saqlash hamda barcha turdagi hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun korxona roʻyxatga olingan joydagi har qanday bankda, boshqa joydagi bankda esa — shu bankning roziligi bilanhisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish haqi toʻlash va budjetga toʻlovlar barcha korxonalar uchun birinchi galdagi toʻlovidir. Hisob-kitoblarning boshqa turlarini korxona kalendar tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona xaridor (isteʼmolchi) ga qarzga olingan mablagʻ uchun foyda toʻlash tartibida qarzga mahsulot yetkazib berishi, ishni bajarishi va xizmat koʻrsatishi mumkin. Bunday savdo bitimlarini rasmiylashtirish uchun korxona xoʻjalik oborotida vekselni qoʻllashi mumkin. Korxona foiz toʻlash sharti bilan boshqa korxonalarga kredit berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxona kredit shartnomalari va hisob-kitob intizomiga rioya etilishi uchun toʻla javobgardir. Hisob-kitob qilish yuzasidan oʻz majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan korxona bank tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilinishi mumkin. Bunday korxonalarga taʼsir oʻtkazish choralari va ularni qoʻllash tartibi banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Kapital qurilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, respublika Hukumati ayrim hudud zonalari boʻyicha belgilaydigan har xil ishlab chiqarish turlarini joylashtirish haqidagi normativ talablarga, qurilish normalari va qoidalariga, kvotalar va litsenziyalarga rioya etgan holda respublika hududida qurilish joyini tanlab olishda erkindir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona qurilish olib borish uchun har qanday sheriklarni tanlab olishda, pudratchi tashkilotlar konkursini tashkil etishda erkindir, zarur hollarda tegishli qonunlarga, tasdiqlab qoʻyilgan qurilish normalari va qoidalariga amal qilib, qidiruv ishlarini olib boradi, qurilish-montaj ishlarini loyihalash va bajarishni oʻzi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hamma hollarda qurilish loyihasi viloyat yoki respublika ekspert idoralari darajasida davlat ekspertizasidan oʻtkazilib, puxtaligi, chidamliligi, rasman tasdiqlangan xavfsizlik qoidalariga, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilganligi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Olingan valyuta korxonaning valyuta balansi hisobiga oʻtkaziladi va undan korxona mustaqil foydalanadi. Korxonaning valyuta tushumidan mazkur korxona oʻz valyuta mablagʻi hisobidan qilgan bevosita valyuta xarajatlari chegirib tashlanganidan soʻng Ittifoq, respublika budjetlariga va mahalliy budjetga valyuta ajratmalari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ittifoq, respublika budjetlariga va mahalliy budjetlarga ajratmalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Korxonaning valyuta mablagʻini oʻzga yoʻl bilan tortib olish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOʻLIM. KORXONANING IJTIMOIY KAFOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Korxonaning ijtimoiy faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy taraqqiyot masalalari, shu jumladan mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish vaqtining uzunligi masalalari, mehnat jamoasi aʼzolari va ular oilalarining dam olish, turmush sharoitlarini va sihat-salomatligini yaxshilash masalalari, korxonaning isteʼmol fondi hisobidan amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sugʻurta kafolatlari masalalari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat jamoasi tomonidan korxonalar maʼmuriyati ishtirokida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona amaldagi qonunlarda belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorda davlat ijtimoiy sugʻurta fondiga va pensiya fondiga pul oʻtkazishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona bu erda ishlovchi barcha xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlashga majbur boʻlib, ularning salomatligiga va mehnat qobiliyatiga yetkazilgan zarar uchun qonunlarda belgilab qoʻyilgan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pensiyaga chiqqunga qadar korxonada mehnat qilgan pensionerlar tibbiy xizmat, uy-joy bilan taʼminlanish, sogʻlomlashtirish va profilaktika muassasalariga yoʻllanmalar olish borasida korxonadagi mavjud imkoniyatlardan, shuningdek jamoaning umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) qaroriga muvofiq boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlardan uning xodimlari bilan baravar foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona xotin-qizlarining mehnat va turmush sharoitini muntazam yaxshilashga, yosh bolali ayollarni ish kuni qisqartirilgan asosan kunduzgi ish bilan taʼminlashga, homilador ayollarni mehnat sharoiti zararsiz yengilroq ishga oʻtkazishga, shuningdek, ayollarga qonunlarda koʻzda tutilgan boshqa imtiyozlarni berishga majburdir. Mehnat sharoiti zararli boʻlgan korxona mehnat jamoasining roziligi bilan xotin-qizlarga yengilroq ish berish uchun sexlar, uchastkalar barpo etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona mehnat jamoasiga xizmat qiladigan va uning tarkibiga kirmaydigan tibbiy muassasalar xodimlarini, bolalar, madaniy-maʼrifiy, sogʻlomlashtirish, oʻquv va sport muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolarning, xalq deputatlarining korxonaga iltimoslari va murojaatlariga doir masalalarni koʻrib chiqish va hal etish faqat korxona maʼmuriyatining vazifasi boʻlib, bu ish fuqarolarning oʻz zimmasiga yuklab qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Korxonaning mehnat jamoasi, uning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻz mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi (bitimi, kelishuvi), shuningdek xodimning korxona bilan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa shakllar asosida qatnashuvchi barcha fuqarolar shu korxonaning mehnat jamoasini tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yigʻilish (konferensiya)dir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Korxona mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona mol-mulkini sotib olish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona maʼmuriyati bilan jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi, bunday shartnoma (bitim) loyihasini koʻrib chiqadi va uni mehnat jamoasi nomidan imzolash uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yoki boshqa organlarga vakolat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona kengashiga vakillar saylaydi (ularni chaqirib oladi), ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tinglaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xodimlari uchun qoʻshimcha otpuskalar, qisqartirilgan ish kuni va ishlab topilgan hamda isteʼmolga sarflanadigan mablagʻlar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlar belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Jamoa shartnomasi (bitimi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa shartnomasi (bitimi) hamma turdagi korxonalarda tuzilishi mumkin va u Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonadagi ishlab chiqarish va mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, jamoaning ijtimoiy taraqqiyoti va jamoa aʼzolarining salomatligi masalalari jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish yoki uni bajarish chogʻida kelishmovchilik chiqqan taqdirda bu kelishmovchilik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOʻLIM. KORXONA VA DAVLAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat korxona huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona xoʻjalik faoliyatini va oʻzga faoliyatni amalga oshirish chogʻida oʻz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaning xoʻjalik faoliyati va oʻzga faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollardan tashqari davlat, jamoat va kooperativ idoralarining aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika va mahalliy davlat hamda jamoat idoralari va ularning mansabdor shaxslari korxonaga daxldor qarorlarni qabul qilish chogʻida va oʻzlarining shu korxona bilan munosabatlarida ushbu Qonun qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari va mansabdor shaxslar oʻzlarining qonunlarda belgilab qoʻyilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga koʻrsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki oʻzga idoralar oʻz vakolatlariga yoki qonun talablariga mos kelmaydigan hujjatni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza bilan sud yoki davlat hakamligiga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki oʻzga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari koʻrsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda koʻzda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan toʻlanishi kerak. Zararni toʻlash toʻgʻrisidagi nizolarni xoʻjalik sudi yoki davlat hakamligi oʻz vakolatlariga muvofiq hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Korxona xoʻjalik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat korxonalarga, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat bozorni rivojlantirishga koʻmaklashadi, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatchining obroʻsini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, ishlab chiqarish kvotalari, sotish va taʼminot bozorlarini boʻlib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar oʻrtasida monopol narx-navoni ushlab turish haqidagi har qanday til biriktirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Aks holda korxona monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qonun asosida, huquqni himoya qiluvchi va moliya organlari orqali raqobat qilish erkinligini taʼminlaydi, isteʼmolchilarni ularning huquqlari kamsitilishidan, xoʻjalik faoliyatining har qanday sohasida monopolizm koʻrinishlaridan muhofaza qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona xoʻjalik oborotiga kiritayotgan buyumlar firma belgisini yoki buyumning ramzini, buyumni taʼriflaydigan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda markirovka qilinishi shart. Oʻzga firma va tovar belgilarini, shuningdek, bir ishlab chiqaruvchining buyumlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning buyumlari bilan chalkashtirib yuborishga (oʻxshatishga) imkon beradigan har qanday maʼlumotlarni oʻzlashtirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu masalalarda chiqqan nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona oʻz ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika hisoboti shakllarini davlat statistika idoralari belgilaydi va u faqat amaliy maʼlumotlarni, shuningdek bunday maʼlumotlar qayerga va qaysi muddatda taqdim etilishini belgilab beradi. Ushbu Qonunda belgilangan tartibni buzgan holda statistika hisobotini taqdim etish, talab qilish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonaning mansabdor shaxslari davlat hisobotini buzib koʻrsatganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan intizomiy va moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Korxonaning tijorat siri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan hamda eʼlon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan davlat siri boʻlmagan maʼlumotlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona faoliyatining turlarini (agar ular haqidagi maʼlumot tijorat siri boʻla olmasa) SSSR Hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti korxonalar atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirishi mumkin boʻlgan boshqa salbiy faoliyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yashirishning oldini olish maqsadida belgilab qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonaning tijorat siri boʻlgan maʼlumotlarni eʼlon qilganlik, bunday maʼlumotlarni saqlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Korxonaning masʼuliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shartnoma majburiyatlarini, kredit hisob-kitob va soliq intizomini, mahsulot sifatiga qoʻyiladigan talablarni, xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilganidek toʻla mulkiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish talablariga amal qilmaslik, uni ifloslantirish va boshqa zararli taʼsirlar oqibatida ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena normalarini hamda korxona xodimlarini, aholining va mahsulot isteʼmol qiluvchilarning salomatligini himoya qilish talablarini buzganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi, shuningdek SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorda jarima toʻlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatdan foydalanish rejimini buzayotgan korxona faoliyati yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tugatilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Korxona faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati mulkdorning tashabbusi bilan va bir yilda koʻpi bilan bir marta taftish qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan korxonalar faoliyatining ayrim jihatlarini tekshirish vazifasi yuklangan soliq va boshqa davlat idoralari bunday tekshiruvlarni zarurat tugʻilganida va qatʼiyan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishlari mumkin. Korxona ana shu idoralarning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan mazkur idoralarning talablarini bajarmaslikka va nazorat sohasiga kirmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barcha turdagi tekshiruvlar va taftishlar korxonaning normal ishlashiga xalaqit bermasligi kerak. Taftishlar va tekshiruvlarning natijalari korxonaga xabar qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Korxonaning davlat boshqaruvi idoralari va xalq deputatlari mahalliy Sovetlari bilan munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonaning davlat boshqaruvi idoralari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari bilan oʻzaro munosabatlari ushbu Qonunga hamda ana shu idoralarining vakolatlarini belgilab beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona xalq deputatlari mahalliy Sovetlari hududni kompleks iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan ishlarda ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona xalq deputatlari mahalliy Sovetining yoki boshqa vakolatli davlat idoralarining qarori bilan shu idoralar mablagʻlari hisobidan mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun maxsus ish joylarini barpo etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari korxonaga qarashli uy-joy va ishlab chiqarish maydonini ayrim obyektlarini tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOʻLIM. KORXONANI TUGATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qoʻshish, boʻlib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni tuzishga vakolatli boʻlgan idoralar qaroriga binoan yoxud sud yoki hakamlikning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish Oʻzbekiston CCRning qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chogʻida ishdan boʻshatilayotgan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona davlat roʻyxati reyestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona boshqa korxona bilan qoʻshilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qoʻshilish natijasida vujudga kelgan korxonaga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qoʻshilishi chogʻida uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qoʻshib olgan korxonaga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona boʻlib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu boʻlib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi korxonalarga boʻlib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chogʻida qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari boʻlib yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib oʻzgartirish chogʻida avvalgi korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Tugatish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona mulkdor yoki u vakolat bergan idora tuzgan, korxona singan taqdirda esa sud yoki hakamlik sudi tuzgan tugatish komissiyasi tomonidan tugatiladi. Ularning qaroriga binoan korxonani uning boshqaruv idorasi tugatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan mulkdor, sud (hakamlik) yoki korxonani barpo etishga vakolatli boʻlgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek qarz berganlarning daʼvo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish eʼlon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora korxona joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning daʼvolarini qabul qilish tartibi va muddati toʻgʻrisida eʼlon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu eʼlon bilan bir qatorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganidan xabardor qilib, ularning daʼvolarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan hisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni egalik qiluvchiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi oʻz aybi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini davlat hakamligi yoki sudi belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Qarz berganlarning daʼvolarini qondirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning daʼvolari ana shu korxonaning mol-mulkidan qondiriladi. Bunda birinchi navbatda budjet oldidagi qarzlar qondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida boʻlgan yerlarni qaytadan tiklash xarajatlari qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daʼvo qilish uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin aniqlangan va qilingan daʼvolar birinchi navbatdagi daʼvolar, aniqlangan daʼvolar, shuningdek, belgilangan muddatda maʼlum qilingan daʼvolar qondirilgandan keyin korxonaning qolgan mol-mulkidan qondiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mol-mulk yetishmaganligi uchun qondirilmagan daʼvolar bekor qilingan deb hisoblanadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olinmagan daʼvolar ham, agar qarz beruvchilar daʼvoni toʻla yoki qisman tan olmaslik toʻgʻrisidagi xabarni olgan kunidan eʼtiboran bir oy muddat ichida oʻz talablari qondirilishi toʻgʻrisida sud yoki davlat hakamligiga daʼvo qilmagan boʻlsalar, bekor qilingan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonani tugatish chogʻida fuqaroning shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar yetganligi yoxud oʻlimi munosabati bilan shu korxonadan undiriladigan vaqtinchalik toʻlovlarga pul ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonani tugatish chogʻida mehnat jamoasi aʼzosining qoʻshgan hissasi qarz berganlarning daʼvolari ustavda koʻzda tutilgan shartlar asosida va tartibda qondirilgandan soʻng unga pul shaklida yoki qimmatli qogʻozlar bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qarz berganlarning va mehnat jamoasi aʼzolarining daʼvolari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkdan mulkdorning koʻrsatmasiga binoan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxona qaytadan tashkil etilganida uning huquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 78-modda; 1993-y., 6-son, 246-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 4-5-son, 126-modda; 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda; 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 9-son, 229-modda)