14.11.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasining Narkotiklar aylanishini nazorat qilish boʻyicha federal xizmati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

NARKOTIK VOSITALAR, PSIXOTROP MODDALARNING NOQONUNIY AYLANIShIGA QARShI KURAShIShDA HAMKORLIK VA PREKURSORLAR USTIDAN NAZORAT QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasining narkotiklar aylanishini nazorat qilish boʻyicha federal xizmati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalar va psixotrop moddalarning (bundan keyin narkotiklar Yagona konvensiya qoidalarini (narkotik vositalar toʻgʻrisida 1961-yildagi Yagona konvensiyaga tuzatishlar toʻgʻrisida 1972-yildagi Protokolga muvofiq unga kiritilgan tuzatishlar bilan), psixotrop moddalar toʻgʻrisida 1971-yildagi Konvensiya qoidalari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988-yildagi narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 1997-yildagi giyohvand moddalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylantirishga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim qoidalaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz davlatlarining qonunlari va xalqaro majburiyatlariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimning maqsadi — narkotiklarning noqonuniy aylanishiga taʼsirchan toʻsqinlik va prekursorlar ustidan nazorat tashkil qilishda Tomonlarning hamkorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ushbu Bitim asosida oʻz vakolatlari doirasida va oʻz davlatlarining qonunlariga hamda xalqaro majburiyatlariga rioya etgan holda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim jinoyat ishlari boʻyicha berish va huquqiy yordam koʻrsatish masalalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar hamkorligi ushbu Bitim doirasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) narkotiklarning noqonuniy aylanishi yuzaga keltiradigan jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ochishga, prekursorlar ustidan nazoratni kuchaytirishga koʻmaklasha oladigan axborotni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir Tomonning soʻrovi boʻyicha boshqa Tomon tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uyushgan jinoiy guruhlarning narkotiklar noqonuniy aylanishi sohasidagi faoliyatiga barham berishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, zarur hollarda “nazorat ostida yetkazib berish” usullaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ish sohasida tajriba almashish, shu jumladan kengashlar, konferensiya va seminarlar oʻtkazish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) narkotiklar noqonuniy aylanishiga toʻsqinlik qilish va prekursorlar ustidan nazorat qilish masalalari boʻyicha qonun chiqarish va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, ularni ijro qilish amaliyoti toʻgʻrisida materiallar va metodik tavsiyalar almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) moddiy-texnikaviy va konsultativ yordam berish, va shuningdek ekspertizalar oʻtkazishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) narkotiklar noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish va prekursorlar ustidan nazorat qilish muammolari boʻyicha bir-birini qiziqtiradigan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) hamkorlik jarayonida tugʻiladigan masalalar boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish, shu jumladan, ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) kinologik xizmat ishini tashkil qilish boʻyicha tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim Tomonlarga hamkorlikning boshqa bir-biriga maʼqul shakllarini ishlab chiqish va rivojlantirishlarida toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida quyidagilar xususida axborot almashinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Tomon davlati hududida narkotiklar noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq, sodir etishga tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan har qanday jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) narkotiklar noqonuniy ravishda bir Tomonning davlatiga boshqa Tomon davlatidan, shu jumladan, boshqa davlatlar hududi orqali keltirilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) narkotiklarni noqonuniy ravishda bir Tomon davlati hududidan boshqa Tomon davlati hududiga oʻtkazish niyatlari bilan bogʻliq faktlar va voqealar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) narkotiklarning noqonuniy aylanishiga aloqasi bor va faoliyati transmilliy xarakterga ham ega boʻlgan jinoiy guruhlarning tuzilishi, shaxslari, tarkibi, faoliyati yoʻnalishi, boshqarilishi va aloqalarining tashkil qilingani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) narkotiklar noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq boʻlgan jinoiy faoliyatni amalga oshirish shakllari va usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) narkotiklarning noqonuniy aylanishi sohasidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari, undan bir Tomon davlati hududi yoki muassasalaridan boshqa tomon davlati fuqarolari shu maqsadda foydalanishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) narkotiklar yashirishning aniqlangan yangi usullari, va shuningdek ularni topish yoʻllari, ularni yashirin olib oʻtishning marshrutlari va kanallari, noqonuniy aylanishga keltirilayotgan yangi vositalar va moddalar, ularning xususiyatlari va tayyorlash texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) narkotiklar noqonuniy aylanishi uchun foydalaniladigan transport vositalari, yuklar va pochta joʻnatmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bir-birini qiziqtiradigan boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar prekursorlar noqonuniy ravishda yetkazib berilgani, tashib oʻtkazilgani yoki foydalanilganining aniqlangan hollari, shunga oʻxshagan faoliyatni aniqlash va unga barham berish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida bir-birini qiziqtiradigan axborot bilan ham almashinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida koʻmaklashish Tomonlardan birining soʻrovi asosida va uning tashabbusi bilan amalga oshiriladi, unga bir Tomon bunday koʻmaklashish boshqa Tomonni ham qiziqtiradi deb oʻylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrov yozma shaklda yoki texnika vositalaridan foydalanib yuboriladigan matn orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnika vositalaridan foydalanib berilayotganda, va shuningdek, olingan soʻrovning haqiqiyligi yoki mazmuni toʻgʻrisida shubha tugʻilganda soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomondan yozma ravishda tasdiq yuborishni iltimos qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan Tomonning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan Tomonning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovning qisqacha mohiyati va uning asosliligi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovga uning bajarilishini osonlashtirish uchun moʻljallangan hujjatlar, ularning nusxalari yoki hujjatlardan koʻchirmalar, fotografiyalar, audio-video va boshqa materiallar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon soʻrovning tez va mumkin qadar toʻla bajarilishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Zarurat boʻlganda Tomonlarning soʻrov bajarilishini osonlashtiruvchi qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrashga haqlari bor. Agar soʻrovning bajarilishi soʻralayotgan Tomon davlatida olib borilayotgan jinoyat tergovi yoki boshqa ish koʻrishga xalaqit beradigan boʻlsa, uning bajarilishi qoldirilishi yoki soʻrayotgan Tomon bilan kelishilgan holda, maʼlum shartlar bilan bogʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrayotgan Tomon, agar bu uning davlatining qonunlariga xilof boʻlmasa, oʻz davlati hududida soʻrayotgan Tomonning vakolatli vakillariga soʻrov bajarilayotganda ishtirok etish uchun ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrovni bajarish imkoniyati boʻlmaganda yoki rad etilganda soʻralayotgan Tomon darhol soʻrayotgan Tomonni yozma shaklda xabardor qiladi va soʻrov bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi sabablar toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻralayotgan Tomon soʻrov bajarilishi inson huquqlarini buzishga olib kelishi, davlat suvereniteti, xavfsizligi va boshqa muhim manfaatlariga zarar yetkazilishi mumkin deb hisoblasa, soʻrov bajarilishiga toʻla yoki qisman rad javobi berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar axborot yopiq boʻlsa yoki beradigan Tomon axborotning oshkor qilinishini nomaqbul deb hisoblasa, Tomonlar axborotning maxfiyligini taʼminlaydilar. Bu shart zarurat tugʻilganda materiallar, texnika vositalari va uskunalariga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasida olingan maxfiy axborot, shu jumladan, hujjatlar, materiallar, texnika vositalari va uskuna, bu axborotni bergan Tomonning oldindan olingan yozma roziligisiz, uchinchi tomonga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovning maxfiyligini saqlab bajarilish imkoniyati boʻlmaganda, soʻralayotgan Tomon bu haqda soʻrayotgan Tomonga xabar beradi, u soʻrovning bunday shartlar bilan bajarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlarning jismoniy shaxslar toʻgʻrisida olgan axborotlari faqat ushbu Bitimda belgilangan maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Beradigan Tomon bunday maʼlumotlarning toʻgʻriligini, va shuningdek zarurat tugʻilganda, tegishli oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni oʻz vaqtida berishni taʼminlaydi. Bunday axborotni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, saqlash, ishlatish va yoʻq qilish milliy qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim doirasida hamkorlik qilayotganda rus tilidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar boshqa tartibga kelishilgan boʻlmasa, Tomonlar ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik bilan bogʻliq xarajatlarni mustaqil qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarurat tugʻilganda Tomonlar ushbu Bitimdan kelib chiqadigan harakatlarni amalga oshirish uchun birgalikda xarajat qilishlari mumkin, bu har bir alohida holda oʻzaro maqbul kelishuvlar bilan rasmiylashtiriladi. Tomonlarning birgalikdagi xarajatlari boʻyicha majburiyatlari shu kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrayotgan Tomon vakillarining xizmat safarlari soʻralayotgan Tomonning oldindan olingan roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan hamkorlikning amalga oshirilishi jarayonini muhokama qilish va uni yanada takomillashtirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish uchun Tomonlar oʻzarolik asosida qoʻshma amaliy uchrashuvlar, kengashlar, seminarlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchrashuvlar Tomonlar davlatlarining har birida navbati bilan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 2-modda 1-bandining “e”, “j”, “z” kichik bandlarida koʻzda tutilgan hamkorlikni amalga oshirishning aniq shartlari va xususan, uni moliyalash Tomonlar oʻrtasida alohida kelishuvlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning qarori boʻyicha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular alohida protokollar bilan rasmiylashtirilib, ushbu Bitimda belgilangan tartibda kuchga kirgandan keyin, uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan bahsli masalalarni maslahatlashuv va muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim noaniq muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri boshqa Tomondan ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida bildirish xati olgan kundan boshlab uch oy oʻtgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moskva shahrida 2005-yil 14-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 2—4-son)