OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ni (OʻzR AQ-92) tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-fevralda 1773-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini takomillashtirish va ularni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar (OʻzR AQ-92) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Mazkur Qoidalar amalga kiritilgan vaqtdan boshlab “Davavianazorat” inspeksiyasi boshligʻining 1999-yil 8-noyabrdagi 163-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvoz ishlarini tashkil etish boʻyicha qoʻllanmani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi X. TROBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-yanvar,
16-son
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 30-yanvardagi 16-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya qoidalari
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”
(OʻzR AQ-92)
(OʻzR AQ-92)
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda), Xalqaro standartlar (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 6-ilovasi), Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may)ga muvofiq uchish ishlarini tashkil etish qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar maqsadida quyidagi asosiy atamalar, qisqartmalar va tushunchalardan foydalaniladi:
AUTOLAND — HKda avtomatik ravishda qoʻndirish tizimi.
CAT II-III — IKAO tomonidan belgilangan qoʻnishga aniq kirishish va qoʻnishlar toifasi.
Keyingi tahrirga qarang.
SVT — gʻarbda ishlab chiqarilgan HKga taʼlim berishning kompyuter dasturi (COMPUTER BASE TRAINING)
ETOPS — ikki gaz turbinali kuch oʻrnatmalari oʻrnatilgan samolyotlarning uzaytirilgan masofali parvozlari.
FAA/JAA — Amerika — Yevropa aviatsiya qoidalari.
KHT “FLITEPRO” — kompyuterlashtirilgan navigatsiya trenajyori.
MNPS — minimal navigatsiya xususiyatlariga talablar.
NAT DOC 001 — Shimoliy Atlantika ustida parvoz qilish uchun yoʻriqnoma materiallari.
RVSM — vertikal eshelonlashning qisqartirilgan minimumi.
SIM-CHECK — uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, parvozlar turiga berilgan ruxsatlar va berilgan minimumlar boʻyicha malakani tasdiqlash uchun trenajyor tekshiruvi.
AGNES — toʻxtab turish joyiga burilish vaqtida HK ekipajiga uzatiladigan yorugʻlik signallari.
ATIS — aerodrom hududida axborotlarni avtomatik uzatish tizimi.
Djeppesen — aeronavigatsiya maʼlumotlarini yetkazib beruvchi firma.
IKAO — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti.
MARSHAL — HKning yerdagi harakatini tartibga soluvchi shaxs.
NOTAM, SNOUTAM — aerodromlar, radio-texnika vositalari, qoʻndirish tizimlari va h. k.lar toʻgʻrisida uchuvchilarga beriladigan maʼlumotlar.
SLPTBNB — Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Sertifikatlashtirish, litsenziyalash hamda parvozlarni taʼminlash va bajarish ustidan nazorat qilish boʻlimi.
Keyingi tahrirga qarang.
SMT (FFS) — samolyotning majmuaviy trenajyori.
CAPTAIN (SRT) — gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning komandiri.
CAPTAIN SUPERVISOR — ikkinchi uchuvchilarga yoʻnalish mashqlarini oʻrgatuvchi, gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning komandiri.
CHECK-CAPTAIN (CH-CPT) — amaldagi uchuvchi guvohnomasiga ega, uchuvchilar tarkibini gʻarbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida toʻliq nazariy, mashqiy parvoz qilish, parvoz tayyorgarligi, tekshirish va ularning parvoziga ruxsat berish huquqiga ega aviatsiya xodimi.
FIRST-OFFICIER (F/O) — qatʼiy minimum boʻyicha ekipaj tarkibiga ikkinchi uchuvchi sifatida mustaqil parvozlarga kiritilgan, gʻarbda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi.
PILOT — FA UTTDga muvofiq ikkinchi uchuvchi boʻlib safga kiritish dasturini oʻtovchi Sharqda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi.
NAVIGATOR (NAV) — gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning shturmani.
AAE — alohida aviaeskadrilya.
ADP — aerodrom dispetcherlik punkti.
AMT (AIP) — aeronavigatsiya maʼlumotlari toʻplami — ichiga uzoq muddatli aeronavigatsiya maʼlumotlarini olgan, davlat tomonidan chiqarilgan yoki ruxsat berilgan nashr.
AMS(F) — Aviatsiya-meteorologiya stansiyasi (fuqaro).
AMX — aviatsiya-muhandislik xizmati.
ATB — aviatsiya-texnika bazasi.
ICHDX — korxonaning ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati.
KTQT — koʻrinishni taqlid qilish tizimi.
“MAI” A/K — “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi.
MAX — muhandislik-aviatsiya xizmati.
MK — Malaka komissiyasi.
MMK — Mahalliy malaka komissiyasi.
MOK — malaka oshirish kurslari.
MMSH — murakkab meteosharoitlar.
MDH — Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi.
OMK — Oliy malaka komissiyasi.
PAQ — Aviakompaniya (aviakorxona)ning parvozlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi.
PXI — aviakompaniya (aviakorxonaning) parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi.
PEQ — Parvoz ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma (FCOM, OM).
PX — parvozlar xavfsizligi.
RUUR — radiomarkerli uzoq uzatish radiostansiyasi.
TKB — tajriba-konstruktorlik byurosi.
TUEK — Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi.
UITE — uchish ishini tashkil etish.
UO — uchuvchilar otryadi.
USB — uchish-sinov boʻlinmasi.
UTTD — uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturi.
UUB — uchuvchilar-uslubiyat boʻlimi.
UUK — uchuvchilar-uslubiyat kengashi.
UUX — uchuvchilar-uslubiyat xonasi.
FA — fuqaro aviatsiyasi.
SHEHM — shaxsiy elektron hisoblash mashinasi.
OʻM — oʻquv markazi.
OʻMM — oʻquv-mashq markazi.
OʻUTD — Oʻquv-uchish tayyorgarlik dasturi.
OʻUTK — oʻquv-uchish tayyorgarlik kursi.
OʻSHKT — oʻzgaruvchan shaffoflikdagi koʻzgular tizimi.
QQB — qaror qabul qilish balandligi.
HK — havo kemasi.
Aviakompaniya (aviakorxona) — muntazam havo transport qatnovini amalga oshiruvchi yoki shu sohada oʻz xizmatlarini taklif qiluvchi har qanday aviatransport korxonasi.
Aviatsiya ishlarini bajarish uchun havo kemasi ekipaji — fuqaro havo kemasi ekipajini, shuningdek “buyurtmachi”ning amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga ega boʻlgan mutaxassislarini oʻz ichiga oluvchi mutaxassislar guruhi.
Aviatsiya xodimlari — faoliyatlari uchishni tashkil qilish, bajarish va taʼminlash, shuningdek havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar.
Aerodrom bosimi (QFE) — uchish-qoʻnish yoʻlagining ishchi ostonasi sathidagi atmosfera bosimi.
Buyruq-boshqaruv tarkib (BBT) — amaldagi parvoz guvohnomasiga ega boʻlmagan va buyruq chiqaruvchi — rahbar lavozimini egallovchi aviatsiya xodimlari.
“Davavianazorat” inspeksiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Dastlabki tayyorgarlik — ekipajning parvoz (parvozlar)ga tayyorgarligining asosiy turi boʻlib, uning jarayonida materiallarni oʻrganish, hujjatlarni tayyorlash va harakatlarni maromiga yetkazish olib boriladi hamda ekipajning parvozga berilgan topshiriqni bajarishga tayyorligi nazorat qilinadi.
Komandir-uchuvchilar tarkibi — amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga, mutaxassislik boʻyicha instruktorlar ishlari boʻyicha ruxsatnomaga ega boʻlgan va boshqaruv (inspektorlik) uchuvchi lavozimini egallovchi aviatsiya xodimlari.
Kuzatuvchi — yoʻnalishda nazorat oʻtkazish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan “Davavianazorat” inspeksiyasining komandir-uchuvchilik tarkibining shaxsi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kuzatuvchi, tekshiruvchidan farqli oʻlaroq, HK komandiri va ekipaj aʼzolarining parvoz xavfsizligini taʼminlash va aviatsiya qoidalariga rioya qilishdagi bevosita masʼuliyatiga sherik boʻlmaydi va uni kamaytirmaydi.
Parvoz oldi tayyorgarligi — ADPga kelish vaqtidan (aviatsiya ishlarida — ishchi aerodromga) parvoz uchun dvigatel (dvigatellar)ning ishga tushirilishigacha boʻlgan operatsiyalarni oʻz ichiga oluvchi, ushbu parvozni bajarishga ekipajni tayyorlash bosqichi.
Tekshiruvchi — ushbu turdagi HKda parvoz qilishga ruxsat etilgan va ekipaj aʼzolari (aʼzosi)ni oʻqitish, tekshirish, kasbiy tayyorlash va oʻzaro harakatlari, shuningdek inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish, HK parvozining xavfsizligini taʼminlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya qilish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan komandir-uchuvchi, instruktorlik tarkibdagi shaxs.
Uchish ishi — parvozga topshiriqni bajarish boʻyicha ekipaj (uchuvchilar tarkibi) tomonidan oʻtkaziladigan ish.
Uchish ishini rejalashtirish — belgilangan muddatlarda uchuvchilar boʻlinmalari aviakorxonalari (aviakompaniyalari)da va HKning ekipajlarida ustuvor, kundalik va tezkor chora-tadbirlarni bajarishning tartibi va samaradorligining ketma-ketligini ishlab chiqish.
Uchish ishini tashkil etish — uchish ishini rejalashtirish va uchuvchilar boʻlinmalari hamda HK ekipajlarini boshqarish, xavfsizlikni taʼminlash, parvozlarning muntazamligi va iqtisodiy samaradorligi boʻyicha chora-tadbirlar tizimi.
Uchish mashqlari — parvoz ishlari tajribasiga ega boʻlish (tiklash) maqsadida uchuvchilar tarkibini oʻqitish jarayoni.
Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibi uchun: BASE TRAINING — aerodrom sharoitlarida; LINE TRAINING — reys sharoitlarida.
Uchishdan keyingi ish — parvozga topshiriqni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan dvigatel (dvigatellar)ning oʻchirilish vaqtidan to barcha operatsiyalar tugatilishigacha HK ekipaji tomonidan bajariladigan ish.
Uchuvchilar-instruktorlik tarkibi — amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasi, mutaxassislik boʻyicha instruktorlik ishlari ruxsatnomasiga ega boʻlgan va instruktor lavozimini (gʻarbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida “CAPTAIN — SUPERVISOR” va “CHECK — CAPTAIN”) egallovchi aviatsiya xodimlari.
Uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish — bilim, amaliy tajriba va ekipaj (ekipaj aʼzolari) qobiliyatlarini va ushbu Qoidalar va FA uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari bilan koʻzda tutilgan muddatlarda aniqlash jarayoni.
Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibi uchun: FINAL CHECK (F/CH) — reys sharoitlarida birinchi mustaqil parvozdan oldin; LINE CHECK (L/CH) reys sharoitlarida.
Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi — uchuvchilar tarkibining uchish ishini bajarish uchun zarur boʻlgan bilim va tajribalarga ega boʻlish, saqlash va takomillashtirish jarayoni.
HK komandiri (HKK) — HKni boshqaruvi va parvoz vaqti davomida uning xavfsizligiga masʼul boʻlgan uchuvchi.
HK ekipaji — havo kemasi komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvi shaxslar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar.
HK ekipajini tuzish — malakaviy, ishchanlik qobiliyatlari hisobga olingan holda ekipaj aʼzolarini tanlash va tayyorlash jarayoni, ekipaj ishida uygʻunlikni inobatga olgan holda hamda belgilangan talablarga muvofiq parvozlarga ruxsat berish.
HKni boshqarish — fazoda harakatlarining trayektoriyasini yoki HKning havodagi vaziyatini saqlash (oʻzgartirish)ga yoʻnaltirilgan uchuvchining harakatlar majmuasi.
Ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlari — maxsus tayyorgarlik va HKning parvoz ekspluatatsiyasi bilan bogʻliq boʻlmagan parvozga topshiriqlarni bajarish vaqtida aniq xizmat majburiyatlarini bajarishga huquq beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan ekipaj aʼzolari (bort kuzatuvchilar, yuk tashuvchi havo kemalarining bortoperatorlari va parvoz topshirigʻiga kiritilgan aviatsiya xodimlarining boshqa shaxslari).
Ekipajda parvozlar muhokamasi — HK komandiri (tekshiruvchi)ning ekipaj aʼzolarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ekipaj ishida chetga chiqishlarni bartaraf qilish va oldini olish maqsadida har bir ekipaj aʼzosining parvozga topshiriqni bajarish sifatining tahlili.
Ekipajning uchuvchilar tarkibi — maxsus tayyorgarlik va ushbu HKning turi va (yoki) uning jihozlari parvoz ekspluatatsiyasiga huquq beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan ekipaj aʼzolari.
Ekspluatant — havo kemalarini ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi yoki ushbu sohada oʻz xizmatlarini taklif etuvchi shaxs, tashkilot yoki korxona.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishini tashkil etish masalalarini tartibga soladi.
Ushbu Qoidalarning talablari barcha komandir-uchuvchilar, uchuvchi-instruktorlar, uchuvchilar tarkibi va HKning bortoperatorlari, shuningdek shu sohaga tegishli boʻlgan boshqa xizmatlarning mansabdor shaxslari va xodimlari uchun majburiy hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakompaniyalari (aviakorxonalari) va uchuvchilar boʻlinmalariga tatbiq etiladi.
3. Uchish ishlarini tashkil etish FA aviakompaniyalari (aviakorxonalari), tashkilotlari va boʻlinmalarining rahbar, komandir-uchuvchilar va uchuvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Uchish ishini tashkil etish masalalari boʻyicha buyruq chiqaruvchi — rahbar, komandirlar, uchuvchilar va havo kemalari komandirlarining majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Mazkur mansabdor shaxslarning uchish ishini tashkil etish masalalari boʻyicha javobgarligi ularning oʻz majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi yoxud ularga berilgan huquqlardan foydalanmasligi oqibatida vujudga keladi.
5. Insonlar hayotini saqlash yoki tabiiy ofatlar bilan bogʻliq boʻlgan uchish ishlarini tashkil etishda uchuvchi boʻlinmalarining komandirlari kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda oʻz zimmalariga shaxsiy javobgarlikni olgan holda ushbu Qoidalar talablaridan chetga chiqish huquqiga egadirlar. Qabul qilingan harakatlar haqida ular zudlik bilan oʻzlarining bevosita rahbarlari va “Davavianazorat” inspeksiyasini xabardor qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Uchish ishini tashkil etish oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
a) uchish ishini rejalashtirish;
b) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi;
v) HK ekipajini tuzish;
g) uchuvchilar tarkibiga parvozlarni bajarishga ruxsat berish;
d) ekipajlarning parvozlarga dastlabki va parvoz oldi tayyorgarligi;
e) uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish;
j) ekipaj tarkibida tekshiruvchi va kuzatuvchilar bilan parvozlarni tashkil etish;
i) parvozlar va uchish ishlarining muhokamasi;
k) parvoz ishini nazorat va tahlil qilish;
l) uchuvchilik-uslubiyat ishi.
7. Uchish ishining yuqori samarasi quyidagilar bilan erishiladi:
a) aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar boʻlinmalarining fan, texnika va amaliy tajriba yutuqlaridan foydalanish asosida uchish ishini tashkil etish shakllari va uslublarining takomillashtirilishi;
b) uchuvchilar tarkibi tomonidan HKning yangi turlari, navigatsiya va qoʻndirish tizimlarining oʻzlashtirilishi;
v) uchuvchilar tarkibining malakasini oshirish va parvozlarga yuqori sifatli tayyorlash;
g) majmuaviy va maxsuslashtirilgan trenajyorlardan samarali foydalanish;
d) parvoz maʼlumotlarining tahlili materiallaridan foydalanish;
e) parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni zamonaviy ravishda ishlab chiqarish va oʻtkazish.
8. FA aviakorxonalar (aviakompaniyalar)da parvozlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va taʼminlashda foydalaniladigan uchish-shtab hujjatlarining shakllari hamda ularni yuritish tartibi “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan holda ekspluatant tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Uchish ishini rejalashtirish
1 §. Asosiy qoidalar
9. Uchish ishini rejalashtirish FA aviakorxonalari (aviakompaniyalari), tashkilotlari va boʻlinmalari ishlarining kelgusida bajariladigan, joriy va tezkor (oylik, sutkalik) rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Uchish ishini rejalashtirish maqsadi boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
a) aviatashishlar va maxsus aviatsiya ishlarida davlat, tijorat tashkilotlari va fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish boʻyicha vazifalarning bajarilishi;
b) parvozlar xavfsizligining yuqori darajasi va muntazamliligini taʼminlash;
v) komandir-uchuvchi, instruktorlar va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligining talab etiladigan darajasini taʼminlash.
11. Ish rejalarini tuzishda quyidagilarga tayanish zarur:
a) aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar boʻlinmalari oldida turuvchi masalalar;
b) Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) va ushbu Qoidalar talablariga;
v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi holatining tahliliga;
g) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga.
2 §. “Davavianazorat” inspeksiyasida uchish ishlarini rejalashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
12. “Davavianazorat” inspeksiyasida quyidagi uchish ishlari rejalari ishlab chiqiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;
b) komandir-uchuvchilar tarkibini (zaruriyat boʻlganda) tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;
v) yoʻnalishlarda (aviayoʻnalishlarda) inspektorlik tekshiruvlarining yillik rejasi;
g) oylik ish rejasi;
d) inspektorlar tarkibining oylik parvoz rejasi.
13. Asosiy chora-tadbirlar yillik rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
a) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishni;
b) uchish ishini tashkil etishni yaxshilash, aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish boʻyicha ishlar yoʻnalishlarini ishlab chiqishni;
v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar boʻlinmalarida inspektorlik tekshiruvlarini.
14. Yoʻnalishlarda (aviayoʻnalishlarda) inspektorlik tekshiruvlarining yillik rejasi Oʻzbekiston Respublikasi FA HKning ekipajlari tomonidan amalga oshiriladigan parvozlarning barcha yoʻnalishlari (aviayoʻnalishlari)ni oʻz ichiga olishi lozim.
15. Oylik ish rejasiga kelgusi oyda amalga oshirish rejalashtirilayotgan uchish faoliyatini tartibga solish va parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha asosiy chora-tadbirlar kiritilishi lozim.
16. Oylik ish rejasiga “Davavianazorat” inspeksiyasi komandir-uchuvchilar tarkibi va inspektorlik tarkibining kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan barcha parvozlari kiritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Rejalarning bajarilishi ustidan nazorat “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3 §. Aviakorxona (aviakompaniya)larning parvozlar xavfsizligi inspeksiyasida uchish ishlarini rejalashtirish
18. Parvozlar xavfsizligi boʻyicha inspeksiyada quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;
b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;
v) oylik ish rejasi;
g) inspektorlik tarkibining oylik parvozlari rejasi.
Rejalar PXI rahbari tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorxona) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
19. Asosiy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
a) uchish ishini tashkil etishni yaxshilash, aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni;
b) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni;
v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha aviakompaniya tarkibiga kiruvchi, aviakompaniyaning uchish xizmati (uchuvchilar majmuasi, uchuvchilar otryadlari) va aviataʼmirlash zavodi uchish-sinov boʻlinmasida inspektorlik tekshiruv oʻtkazishni.
20. Tayyorgarlik, mashq qilish va tekshirish reja-jadvali belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim va inspektorlik tarkibga PXI, aviakompaniya uchish xizmati, majmuasi rahbari, OʻMM direktori va uning UITE boʻyicha oʻrinbosari, “MAI” A/K direktori va uning UITE boʻyicha oʻrinbosarining maʼlumotlarini inobatga olishi lozim.
21. Oylik ish rejasiga parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan kelgusi oyda amalga oshirish moʻljallanayotgan UITE va parvozlar xavfsizligi boʻyicha asosiy chora-tadbirlar kiritilgan boʻlishi lozim.
22. Oylik parvozlar rejasiga kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan inspektorlik tarkibining barcha parvozlari kiritilishi lozim.
23. PXIning rejalarini bajarish ustidan nazorat PXI boshligʻi yoki u tayinlagan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
4 §. Aviakorxona (aviakompaniya)ning uchuvchilar-uslubiyat boʻlimi va uchuvchilar majmuasida uchish ishini rejalashtirish
24. Aviakorxona (aviakompaniya)ning UUB va UMda quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;
b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;
v) oylik ish rejasi;
g) komandir-uchuvchilar tarkibining oylik parvozlari rejasi.
Rejalar UUB va uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) rahbari tomonidan zaruriy mutaxassislar jalb etilgan holda ishlab chiqiladi va yuqori turuvchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
25. Uchuvchilar majmuasining asosiy chora-tadbirlar yillik rejasining loyihasi tasdiqlanishidan oldin aviakorxona (aviakompaniya)ning parvoz-uslubiyat kengashida koʻrib chiqilishi lozim. Asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi quyidagilarni tashkil etish va oʻtkazishni koʻzda tutishi lozim:
a) uchish ishini kuzgi-qishki va bahorgi-yozgi davrlarga tayyorlash boʻyicha komandir-uchuvchilar tarkibi bilan yoʻriqnoma-uslubiy majlislar;
b) uchish ishini tashkil etishni takomillashtirish masalalari boʻyicha uchuvchilar boʻlinmalarining komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi bilan uslubiy majlislar;
v) parvoz taʼlimi uslubiyati masalalari boʻyicha majmuaviy trenajyorlar instruktorlari bilan uslubiy majlislar;
g) uchuvchilar tarkibining aybi bilan vujudga kelgan aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olishga yoʻnaltirilgan profilaktik ishlar masalalari boʻyicha komandir-uchuvchilar tarkibi bilan uslubiy majlislar;
d) kutilayotgan sharoitlar va alohida holatlarda HKni boshqarishning oʻziga xos xususiyatlari va uning tizimlarining ekspluatatsiyasi boʻyicha uchuvchilik-texnik anjumanlar;
e) komandir uchuvchi lavozimlariga tayinlanishi mumkin boʻlgan zaxiradagi xodimlar bilan uslubiy majlislar;
j) uchuvchilar tarkibi aybi bilan vujudga keladigan aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;
z) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi tizimida oʻquv-uslubiy bazani rivojlantirish va kompyuter texnikasidan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar.
26. Komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagilar haqidagi maʼlumotlarni inobatga olishi lozim:
a) boʻlim (guruh) boshliqlari, uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) direksiyasining komandir-uchuvchi va instruktorlar tarkibi, UUB;
b) uchuvchilar otryadlari komandirlari.
27. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi moʻljallanayotgan parvoz va metodik ishlarni tashkil etish boʻyicha asosiy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi lozim.
28. Aviatsiya ishlarida uchuvchilar tarkibi bilan manyovrlar qilish rejasi zaruriyat boʻlganda MAI A/Kning UUBda tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari”ning (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) belgilangan qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
29. Parvozlar rejasi uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) komandir-uchuvchilar tarkibi direksiyasi va UUBning kelgusi oyga barcha parvozlarini oʻz ichiga olishi lozim.
30. Rejalarni bajarish ustidan nazorat uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati), UUB rahbarining yordamchisi yoki u tayinlagan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
5 §. Uchuvchilar otryadi (alohida aviaeskadrilya)da uchish ishini rejalashtirish
31. Uchuvchilar otryadida quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;
b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirish yillik reja-jadvali;
v) bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajni tekshirish reja-jadvali;
g) oylik ish rejasi;
d) komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar otryadi (AAE) instruktorlar tarkibining oylik parvozlari rejasi.
Rejalar uchuvchilar otryadi shtabi rahbari tomonidan zarur boʻlgan mutaxassislar jalb etilgan holda ishlab chiqiladi va uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
32. Asosiy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
a) uchish ishini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish;
b) uchuvchilar-uslubiyat bazasini rivojlantirish va undan uchuvchilar tarkibini kasbiy tayyorlashda foydalanish;
v) aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
g) ish turlariga talab darajasidagi kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan HK ekipajlarining zaruriy sonini tayyorlashni tashkil etish.
33. Tayyorgarlik, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagi shaxslarning maʼlumotlarini inobatga olishi lozim:
a) UITE boʻyicha uchuvchilar otryadi komandirining oʻrinbosari;
b) uchuvchilar otryadining katta aviatsiya mutaxassislari;
v) aviatsiya eskadrilyalari komandirlari (eskadrilyasiz tuzilmadagi aviatsiya zvenolari);
g) uchuvchilar otryadining uchuvchi-instruktorlari (eskadrilyasiz tuzilmada aviatsiya zvenolari).
34. Bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajlarni tekshirish reja-jadvali Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari”da (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) belgilangan talablarga muvofiq shakllantirilishi va aviatsiya ishlarini bajarish davriga tuzilishi lozim.
35. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi moʻljallanayotgan tashkiliy va uchish-uslubiy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi lozim.
36. Parvozlar rejasi komandir-uchuvchilar tarkibi va UO tarkibining kelgusi oyga rejalashtirilayotgan barcha parvozlarini oʻz ichiga olishi lozim.
37. Rejalarni bajarish ustidan nazoratni uchuvchilar otryadi shtabining rahbari amalga oshiradi.
6 §. Aviatsiya eskadrilyasida (eskadrilyasiz aviatsiya zvenosi tuzilmalarida) uchish ishlarini rejalashtirish
38. Aviatsiya eskadrilyasi (zvenosi)da quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;
b) oylik ish rejasi;
v) komandir-uchuvchilar tarkibi va AE (zveno) instruktorlar tarkibining oylik parvozlari rejasi;
g) uchuvchilar tarkibining ishi va dam olishining oylik reja-jadvali.
Rejalar aviatsiya eskadrilyasi (zvenosi) komandiri tomonidan zarur boʻlgan mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqiladi va uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
39. Tayyorgarlik, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagi shaxslarning maʼlumotlarini inobatga olishi lozim:
a) aviatsiya eskadrilyasi komandirining oʻrinbosari;
b) AE (zveno) shturmani;
v) aviatsiya zvenolari komandirlari;
g) uchuvchi-instruktorlar va boshqa mutaxassislikka ega boʻlgan instruktorlar tarkibi;
d) havo kemalari komandirlari va ekipaj aʼzolari.
40. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi moʻljallanayotgan tashkiliy va uchish-uslubiy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi lozim.
41. Parvozlar rejasi komandir-uchuvchilar tarkibi va AE (aviatsiya zvenosi) instruktorlar tarkibining kelgusi oydagi barcha parvozlarini oʻz ichiga olishi lozim.
42. Rejalarni bajarish ustidan nazorat shtab ishlari boʻyicha AE (aviatsiya zvenosi) komandiri yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.
7 §. Uchuvchilar boʻlinmalarida parvozlarni tezkor (sutkalik) rejalashtirish
43. Parvozlarni tezkor rejalashtirish uchuvchilar boʻlinmalari shtablari tomonidan HKning harakatlari roʻyxati, aviatsiya ishlariga topshiriqlar, maxsus reyslarni bajarishga soʻrovlar, mashq qildiruvchi va boshqa parvozlarga asosan amalga oshiriladi.
44. Parvozlar rejalari uchuvchilar boʻlinmalarida tuziladi.
45. Aviatsiya ishlarida parvozlarni tezkor rejalashtirish kelgusi sutkada bajariladigan ishlarga beriladigan soʻrovlarga asosan amalga oshiriladi.
46. Bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajlarni tekshirish uchun rejalashtirilgan uchuvchilar otryadining rahbar va komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzolari aviatsiya ishlari bajariladigan hudud punktlari va tekshiruv muddatlari koʻrsatilgan holda sutkalik rejaga kiritiladilar.
47. Parvozlarning tezkor rejasi uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi va parvozlarni taʼminlovchi barcha xizmatlarga tarqatiladi.
48. Tezkor rejaning bajarilishi va xizmatlarning oʻzaro munosabatlarini tashkil etish ustidan nazoratni aeroportning ICHDX (ADP) amalga oshiradi.
III. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi
1 §. Asosiy qoidalar
49. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi parvozlarning yuqori xavfsizligini taʼminlash, kutilayotgan shart-sharoitlar va alohida holatlarda ekipaj aʼzolarining harakatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishi uchun zarur boʻlgan malakaviy bilim va tajribalarga ega boʻlish, lozim boʻlgan darajada ushlab turish va darajasini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) dastlabki tayyorgarlik;
b) boshqa yangi turdagi HKga qayta tayyorgarlik;
v) malaka oshirish, kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish, avariya jarayonlari va xavfli yuklarni tashish boʻyicha tayyorgarlik;
g) uchuvchilar boʻlinmalarida tayyorgarlik;
d) FA boʻlinmalarida trenajyor boʻyicha tayyorgarlik;
e) FA boʻlinmalarida parvoz tayyorgarligi;
j) mavsumiy tayyorgarlik.
51. Kasbiy tayyorgarlik tasdiqlangan oʻquv rejalari, dasturlari, yoʻriqnomalar, oʻquv-uchish tayyorgarlik kurslari (dasturlari)ga muvofiq oʻtkaziladi va quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
a) har bir taʼlim oluvchining oʻquv jarayonida ongli va faol ishtiroki;
b) yakuniy maqsad boʻlib parvozda kutilayotgan shart-sharoitlar va alohida holatlarda ekipaj aʼzolarining bexato va oʻz vaqtida harakat qilishiga yoʻnaltirilgan bilimlar va amaliy tajribalarga ega boʻlish hisoblangan tayyorgarlik jarayonining ekspluatatsiya yoʻnalishi;
v) taʼlim oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olishga imkon beruvchi SHEHM va boshqa texnik taʼlim vositalaridan foydalangan holda dasturiy taʼlimni qoʻllash;
g) parvozlar xavfsizligining talab darajasini taʼminlovchi olingan malakaviy bilimlar va amaliy tajribalarni lozim boʻlgan darajada ushlab turish maqsadida uchish faoliyati jarayonida ekipaj aʼzolarining muntazam mustaqil taʼlimi.
52. Aviatsiya xodimlarining kasbiy tayyorgarligini oʻtkazishda quyidagilardan foydalaniladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va espluatantlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
b) aviatsiya oʻquv yurtlari va aviakorxona (aviakompaniya)larning uslubiy jihatdan tayyor va tajribali mutaxassislari jalb etilgan holda OʻM (OʻMM) tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari;
Keyingi tahrirga qarang.
v) OʻM (OʻMM)da ishlab chiqilgan va tasdiqlangan uslubiy va oʻquv hujjatlari (leksiyalar konspektlari, oʻquv darsliklari).
53. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uslubiy taʼminlovini oʻquv yurtlari, oʻquv markazlari, uchish-uslubiyat boʻlimlari va uchish-uslubiyat xonalari amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
54. HK komandiri lavozimiga nomzodlar tayyorlashni tashkil etish aviakompaniya (aviakorxona) rahbari tomonidan tasdiqlangan nomzodlarni tanlash va tayyorlash boʻyicha uslubiy tavsiyalarga muvofiq olib boriladi.
55. Kasbiy bilimlar va mohirlik darajasini baholash mezonlari Aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) talablariga muvofiq besh ballik tizim boʻyicha oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2 §. Dastlabki tayyorgarlik
56. Uchish boʻlinmalarida dastlabki tayyorgarlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) nazariy tayyorgarlik;
b) aviatsiya texnikasida amaliy mashgʻulotlar;
v) trenajyorda mashqlarni bajarish;
g) uchish tayyorgarligi.
57. Dastlabki tayyorgarlik aviatsiya xodimlariga guvohnomalarni berishda talab etiladigan talablarni qondiruvchi va FA HK ekipaj aʼzosi sifatida funksional majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan kasbiy bilim va tajribalarni olish va mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi.
58. Dastlabki tayyorgarlik quyidagilar uchun oʻtkaziladi:
a) uchuvchilar — FAning oliy va oʻrta maxsus uchish oʻquv yurtlarida;
Keyingi tahrirga qarang.
b) shturmanlar — FAning oliy va oʻrta maxsus uchish oʻquv yurtlarida, shuningdek shturmanlik fakulteti mavjud boʻlgan oʻquv yurtlarida;
Keyingi tahrirga qarang.
v) bortmuhandislar (bortmexaniklar) — sertifikatlashtirilgan OʻM (OʻMM)da;
g) bortradistlar, uchuvchi-kuzatuvchilar, bortoperatorlar (maxsus ishlarni bajaruvchi), yuk HKning bortoperatorlari — koʻrsatilgan mutaxassislarni tayyorlashga sertifikati mavjud boʻlgan FA OʻM (OʻMM)da maxsus dasturlar boʻyicha.
59. Kursantlarga taʼlim berish FAning uchish oʻquv yurtlarida tashkil etiladi va kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Uchish oʻquv yurtiga nomzodlarni qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan kasbiy tanlov asosida yoshi, bilimi, sogʻligʻi, psixofiziologik tavsiyalar boʻyicha parvoz mutaxassisligiga oʻqitish uchun eng layoqatli nomzodlarni qabul qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Taʼlim jarayoni tasdiqlangan yoki qabul qilingan oʻquv-uchish tayyorgarlik oʻquv rejalari, dasturlari va kurslari asosida oʻtkaziladi.
62. Uchuvchilarga oʻquv yurtini bitirganlik haqidagi belgilangan shakldagi diplom beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Bortmuhandislar (bortmexaniklar), yuk HKning bortoperatorlari, bortradistlar, uchuvchi-kuzatuvchilar va maxsus aviatsiya ishlarini bajaruvchi bortoperatorlarga birlamchi tayyorgarlikning butun kursi tugatilganidan soʻng nazariy va uchish-uslubiy taʼlimining “toʻrt” bahosidan past boʻlmagan baholari bilan OʻM (OʻMM)ning guvohnomasi va “Davavianazorat” inspeksiyasi OMKning taqdimnomasi asosida malaka toifasi berilmasdan mutaxassislik guvohnomasi beriladi. Mutaxassisga malaka toifasi Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) bilan koʻzda tutilgan tartibda, UTTD asosida safga kiritilganidan soʻng beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Malaka toifasiga ega boʻlmagan mutaxassis guvohnomasi uning egasiga stajyor sifatida, FA UTTDga asosan safga kiritish dasturini oʻtaganidan va malaka toifasi berilganidan soʻng ekipaj aʼzosi sifatida (mutaxassisligi boʻyicha) parvozlarni bajarish huquqini beradi.
3 §. Boshqa (yangi) turdagi HKga qayta tayyorlash
65. Uchuvchilar tarkibini qayta tayyorlash boshqa (yangi) turdagi HKda ekipaj aʼzosi sifatida funksional majburiyatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan kasbiy bilim va amaliy tajribalarni olish va mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi.
66. Uchuvchilar tarkibini yangi turdagi HKga qayta oʻqitish tegishli sertifikatiga ega boʻlgan uchish oʻquv yurtlarida, aviatsiya korxonalarida, OʻM (OʻMM)da amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
67. Boshqa (yangi) turdagi HKga qayta tayyorgarlik kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tashkil etiladi va oʻtkaziladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) oʻquv-uslubiy hujjatlarni tayyorlash;
b) oʻqituvchi va instruktorlar tarkibini tayyorlash;
v) oʻquv bazasini tayyorlash;
g) qayta tayyorgarlik uchun nomzodlarni tanlash;
d) oʻquv jarayonini tashkil etish;
e) trenajyorlarda mashgʻulotlarni tashkil etish;
j) uchish tayyorgarligini tashkil etish (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar uchun).
68. PEQ boʻyicha HK ekipaj tarkibida shturmanning mavjud boʻlish zaruriyati koʻzda tutilmagan boʻlsa, bunday hollarda shturmanlarni yakka tartibda havo kemalariga qayta tayyorlash “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan mustaqil qayta tayyorgarlik maxsus dasturiga muvofiq yoʻl qoʻyiladi. Bunday havo kemalariga qayta tayyorlash kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tegishli tartibda sertifikatlashtirilgan OʻM qoshida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Qayta tayyorlash uchun nomzodlarni tanlash oʻz ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
a) nomzodlar tarkibini aniqlash;
b) tibbiy layoqatliligini aniqlash;
v) kasbiy va psixologik tayyorgarligini baholash;
g) taklif etilgan nomzodlarni belgilangan talablarga muvofiqliligini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.
70. Nomzodlarni tanlash va ularni oʻqishga yuborish ekspluatant tomonidan belgilangan talablar va qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
71. Nomzodlar hujjatlari oʻqish boshlanishidan kechiktirilmagan holda OʻM (OʻMM)ga taqdim etilishi lozim. Tanlovdan oʻtmagan va taqdimnomalari tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan uchuvchilar tarkibi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qayta oʻqitish uchun OʻM (OʻMM)ga qabul qilinmaydilar.
72. Yangi (boshqa) turdagi HKga qayta tayyorgarlik tugaganidan soʻng aviamutaxassisga UTTDga muvofiq safga kiritish huquqini beruvchi nazariy va uchish-amaliy taʼlim natijalari koʻrsatilgan qayta oʻqiganlik haqida guvohnoma, Gʻarbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga qayta tayyorgarlik tugaganidan soʻng esa, Gʻarbda ishlab chiqariladigan havo kemalariga qayta oʻqitish kursi “Type rating transition training” boʻyicha (bortradistlar uchun nazariy va mashqiy taʼlim natijalari koʻrsatilgan) nazariy va uchish-amaliy taʼlim boʻyicha tayyorgarligi natijalari koʻrsatilgan guvohnoma beriladi.
73. MDHdan tashqarida Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKga qayta oʻqitishda aviamutaxassisga qayta oʻqitish amalga oshirilgan mamlakatning firmasi (zavodi, OʻMM) namunasidagi guvohnoma (sertifikat) beriladi.
74. Qayta oʻqitish toʻgʻrisidagi hujjatlarni boʻlib-boʻlib rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
a) nazariy tayyorgarlikni tugatganlik haqidagi guvohnoma;
b) OʻUTK (OʻUTD) dasturi asosida trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlikni tugatganligi haqida dalolatnoma;
v) OʻUTK (OʻUTD) dasturi boʻyicha uchish tayyorgarlikni tugatganligi haqida dalolatnoma.
75. Uchish texnikasi, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish yoki amaliy ish boʻyicha 3 (uch) baho, kasbiy fanlarning nazariy tayyorgarligi boʻyicha ikkita yoki undan ortiq 3 (uch) baho olgan tinglovchilar — yangi (boshqa) turdagi HKda parvoz qilishga ruxsat etilmaydilar. Ularni yangi (boshqa) turdagi HKda parvoz qilishiga keyingi tayyorgarligi haqidagi qarorni “Davavianazorat” inspeksiyasining OMK qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Aviatsiya xodimlarining qayta oʻqitilishi quyidagi hollarda asossiz hisoblanadi:
a) Sharqiy flotda:
1) nazariy va trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik tugatilgan vaqtidan OʻUTK (OʻUTD)ga muvofiq uchish mashqlari boshlanishigacha bir yil (bortradistlar va bortoperatorlar uchun esa — safga kiritilganiga qadar) va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa;
2) OʻUTK (OʻUTD)ga muvofiq uchish-amaliy taʼlim tugatilgan vaqtdan FA UTTD boʻyicha safga kiritishning boshigacha bir yil va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa.
b) Gʻarbiy flotda:
1) SVTga muvofiq nazariy tayyorgarlik tugatilgan vaqtdan Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKga qayta oʻqitish kursi “Type rating transition training” (FBS/FFS) asosida trenajyorlar boʻyicha uchish mashqlari boshlanishiga qadar bir yil va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa;
2) SVT va (FBS/FFS) va Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKga qayta oʻqitish kursi “Type rating transition training”ga muvofiq uchish-amaliy taʼlim tugatilgan vaqtdan Gʻarbda ishlab chiqilgan HK UTTD boʻyicha safga kiritilganiga qadar bir yil va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa.
4 §. Malaka oshirish, kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish, avariya jarayonlari va xavfli yuklarni tashish boʻyicha tayyorgarlik
77. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning malakasini oshirish, ularning kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida, lavozimga ilk bor tayinlanayotgan komandir-uchuvchilar va uchuvchi-instruktorlik tarkibi uchun esa uchish va uslubiy ishni tashkil etish ularning bilim va tajribalarini takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladi.
78. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning malakasini oshirish quyidagilar orqali erishiladi:
a) sertifikatlashtirilgan OʻM (OʻMM)larida “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan dasturlar boʻyicha MOKda oʻqishlar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) boshqa turdagi HKga qayta oʻqitish (qayta tayyorlash);
v) toifani oshirish.
79. Malaka oshirish kurslarini oʻtish shartlari, davriyligi va tartibi ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniyaning PAQga kiritiladi. MOKni oʻtagan mutaxassisga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
80. Bir necha turdagi havo kemalarida parvozlarni bajaruvchi uchuvchi mutaxassislar yuqori toifali HK turi yoki ular biror toifasi boʻyicha, agar HK bitta toifada boʻlsa, MOKni oʻtaydilar.
81. Uchuvchilar tarkibini mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash, chet tillarini va xalqaro parvoz qoidalarini oʻrgatish, ilk bor tayinlanadigan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibini metodik tayyorlash, shuningdek havo transportida xavfli yuklarni tashish hamda avariya-qutqaruv ishlari boʻyicha tayyorlash kurslari sertifikatlangan OʻM (OʻMM)larda aviakompaniya (aviakorxona)lardagi uchuvchilar boʻlinmalarining buyurtmalari boʻyicha oʻtkaziladi.
82. OʻM (OʻMM)ning tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan reja-jadvali aviakompaniya (aviakorxona)larga kalendar yili boshlanishidan bir oy oldin boʻlgan muddatdan kechiktirilmagan holda tarqatiladi.
83. Ushbu Qoidalarning 81-bandida koʻrsatilgan tayyorgarliklar boʻyicha uchuvchi mutaxassislar va bortoperatorlarni oʻz vaqtida tayyorgarliklarini tashkillashtirish boʻyicha javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:
a) aviakompaniya (aviakorxona)larda — rahbarning parvoz ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻrinbosariga;
b) uchuvchilar boʻlinmalarida — uchuvchilar otryadi komandirining oʻrinbosariga.
84. Sertifikatlangan OʻM (OʻMM)larda oʻqitishning sifati, SHEHMda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun javobgarlik OʻM (OʻMM) yoki test sinovlari oʻtkazuvchi uchuvchilar boʻlinmasining rahbariga yuklanadi.
85. FA tashkilotlarining sertifikatlangan OʻM (OʻMM)lariga ega boʻlmagan aviakompaniya (aviakorxona)lari shartnoma asosida boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardagi tegishli sertifikatga ega boʻlgan OʻM (OʻMM)larida uchuvchi mutaxassislar va bortoperatorlarni mazkur Qoidalarning 81-bandida koʻrsatilgan tayyorgarlikdan oʻtishlarini taʼminlashlari mumkin.
86. Mutaxassislik, chet tili, xalqaro parvoz qoidalari, xavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha MOKdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar, avariya-qutqaruv tayyorgarligi boʻyicha guvohnoma nusxasi, parvoz guvohnomasini uzaytirish boʻyicha taqdimnoma ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz hujjatlari yigʻmajildida saqlanadi.
Uslubiy tayyorgarlik kurslarini tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar, malaka darajasini oshirish (tasdiqlash) boʻyicha taqdimnomalar uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz hujjatlari yigʻmajildida uning parvoz faoliyati tugaguniga qadar saqlanadi.
87. Malaka darajasini berish, oshirish va tasdiqlash Aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (OʻzR AQ-61) (2004-yil 7-may, roʻyxat raqami 1349)ga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
88. Kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish quyidagi yoʻllar bilan erishiladi:
a) aviakompaniya (aviakorxona)lar, tashkilotlarning uchuvchilar boʻlinmalarida ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan oʻquv rejasi boʻyicha kasbiy va texnik oʻqitish;
b) har qanday bilim tekshiruvlarida SHEHMda test nazorati;
v) SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlar;
g) aerodrom va reys parvozlarida HKdagi mashqlari va tekshiruvlari;
d) uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun Aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may)da belgilangan tartiblarni bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
89. SHEHMda test sinovlarini oʻtkazish natijalari tekshiriluvchining bilimini dastlabki tekshiruvi hisoblanadi va imtihon oluvchilar tomonidan maxsus fanlar boʻyicha baholarni qoʻyishda imtihonlarda malaka toifasini berish (oshirish, tasdiqlash)da, parvozlarga ruxsat berishda, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda, shuningdek OʻM (OʻMM)larida oʻqitishda inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
90. SHEHMda test sinovlarini oʻtkazish kompyuter texnikasi bilan jihozlangan va bunday tekshiruvlar uchun “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan sertifikatlangan uchuvchilar boʻlinmalarida, shuningdek zaruriyat boʻlganda aviakompaniyalar uchuvchilar boʻlinmalarining soʻrovnomalari boʻyicha OʻM (OʻMM)da amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
91. SHEHMda test sinovlarini oʻtkazish tartibi, uning natijalarini rasmiylashtirish va ulardan foydalanish aviakompaniya (aviakorxona), tashkilot, OʻM (OʻMM)ning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
92. Instruktorlik va komandir-uchuvchilar lavozimlariga nomzodlar tanlash va tayyorlashni tashkil etish aviakompaniya (aviakorxona)larda oʻrnatilgan talablarga muvofiq olib boriladi. Komandir-uchuvchi, uchuvchi-instruktorlik lavozimlariga ilk bor tayinlanayotgan aviatsiya xodimlari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha OʻM (OʻMM)da uslubiy tayyorgarlik kurslarini oʻtashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
93. Aviatsiya xodimlari instruktorlar ishiga (shu jumladan shtatdan tashqari) kiritilishidan oldin uslubiy tayyorgarlik kurslarida aniq turdagi HKga qoʻllaniladigan FA UTTDga muvofiq tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim.
94. Ekipaj aʼzolari va bortoperatorlarni avariya ishlari va xavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha tayyorlash avariya sharoiti yoki gʻayrioddiy holat yuzaga kelganda, parvozlar xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan oʻz majburiyatlari va vazifalarini bajarishda kasbiy bilim va amaliy tajribalarini olish, lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida sertifikatlangan OʻM (OʻMM)larida oʻtkaziladi.
95. Havo kemalarining uchish ekipaji aʼzolari va bortoperatorlarning avariya-qutqaruv tayyorgarligi bir yilda bir marta davriyligi bilan, suvda oʻtkazilishi lozim boʻlgan jarayonlar (bundan keyingi matnda — suv tadbirlari deb yuritiladi) boʻyicha esa “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu tayyorgarlikdan oʻtgan uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarga belgilangan namunadagi, amal qilish muddati koʻrsatilgan guvohnomaga ilova beriladi (ushbu tayyorgarlik tugagan sanadan bir yil, suv tadbirlari boʻyicha esa ikki yil). Mazkur tayyorgarlikdan belgilangan muddatlarda oʻtmagan HK uchish ekipaji aʼzolari va bortoperatorlar parvozlarni bajarishga qoʻyilmaydilar.
96. HK ekipaj aʼzolari mahalliy parvozlarni bajarishda suv tadbirlari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtmaydilar.
97. Xavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha uchish ekipaji aʼzolari va bortoperatorlarning tayyorgarligi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha ikki yilda bir marta davriyligi bilan oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassisga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Olingan guvohnoma asosida, aviakorxona boʻlinma rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlangan, amal qilish muddati (tayyorgarlikning tugash sanasidan boshlab ikki yil) koʻrsatilgan guvohnoma-ilova rasmiylashtiriladi. Mazkur tayyorgarlikdan belgilangan muddatlarda oʻtmagan HK uchish ekipaji aʼzolari xavfli yuklarni tashishga qoʻyilmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5 §. Uchuvchilar boʻlinmalarida tayyorgarlik
98. FA boʻlinmalarida uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni tayyorlash quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:
a) ishlab chiqarish sharoitlarida (ixtisosligi boʻyicha) mustaqil ishlash uchun tayyorlash;
b) kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish.
Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni parvozlarga (ishga) tayyorlash, odatda, instruktorlik ishiga ruxsat etilgan bitta shaxs tomonidan oʻtkazilishi lozim.
99. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni mustaqil ishga tayyorlash quyidagilarga boʻlinadi:
a) oʻquv yurtini bitirganidan soʻng tayyorlash yoki boshqa turdagi HKga qayta oʻqitish (safga kiritish);
Keyingi tahrirga qarang.
b) yangi turdagi aviatsiya ishlarini bajarishga tayyorlash;
v) tegishli meteo sharoitlar va sutka vaqtlaridagi parvozlarga, shuningdek HKda yangi oʻrnatilgan uskunalardan foydalanish boʻyicha tayyorlash.
Yuqorida sanab oʻtilgan tayyorgarlik turlari ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari (UTTD) boʻyicha oʻtkaziladi. Dasturlarning oʻtilishi mashq bajarish topshirigʻida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
100. HK komandirlarini safga kiritish shtatdagi uchuvchi-instruktor yoki komandir-uchuvchilar tarkibining aʼzosi tomonidan amalga oshiriladi. Safga kiritish boʻyicha parvozlar, odatda, bitta biriktirilgan ekipaj tarkibida bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
101. Uchish va qoʻnish huquqi olinguniga qadar ikkinchi uchuvchilarni safga kiritish shtatdagi instruktor yoki komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzosi, shuningdek ikkinchi uchuvchilarni safga kiritishga ruxsat etilgan HKning komandiri tomonidan FA UTTDga muvofiq amalga oshiriladi. Gʻarbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida ikkinchi uchuvchilarni safga kiritishni CAPTAIN-SUPERVISOR amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
102. Shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradistlar va bortoperatorlarni safga kiritish, shtatdagi (shtatdan tashqari) instruktor yoki ixtisosligi boʻyicha komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzosi tomonidan UTTDga muvofiq amalga oshiriladi.
103. Ekipaj kabinasida ajratilgan ish joyiga ega boʻlgan HKning bortmuhandislari (bortmexaniklari)ni safga kiritish, shtatdagi bortmuhandis-instruktor yoki ushbu ixtisoslikdagi komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzosi tomonidan amalga oshiriladi.
104. Barcha turdagi tayyorgarliklarda mustaqil ishlashga mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:
a) aviakompaniya (aviakorxona)larda — uchish ishini tashkil etish boʻyicha rahbar oʻrinbosarlariga;
b) uchuvchilar boʻlinmalarida — uchuvchilar boʻlinmalari komandirlariga.
105. Kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) nazariy tayyorgarlik;
b) aviatsiya texnikasida amaliy mashgʻulotlar;
v) trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik;
g) parvoz tayyorgarligi.
106. Nazariy tayyorgarlik mustaqil tayyorgarlik yoki zarurat boʻlganda sinf-guruh mashgʻulotlari shaklida oʻtkaziladi.
107. Mustaqil tayyorgarlik mutaxassislar nazariy tayyorgarligining asosiy shakli hisoblanadi. HK ekipaji aʼzolarining bilimi va kasbiy tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun aviakompaniya (aviakorxona)ning MMK (MK)da suhbatlar, SHEHMda bilimlarning test nazorati va “Davavianazorat” inspeksiyasining OMKda imtihon tekshiruvlari oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
108. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), aviatsiya texnikasidan parvozda foydalanish qoʻllanmasi qoidalarining buzilganligi, shuningdek uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar bilimlarining yetarli emasligi aniqlangan hollarda, ularga yozma javob berilishi lozim boʻlgan aniq savollar shaklida individual topshiriqlar berilishi, SHEHMda bilimlarning test nazoratida tekshirish va topshiriqni bergan komandir-uchuvchilar tarkibi bilan suhbatdan oʻtishlari lozim. Individual topshiriqni oʻz vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz baho olgan uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar parvozlarni bajarishga qoʻyilmaydilar.
109. Sinf-guruh mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun oʻqituvchilar komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibidan tanlanadi va uchuvchilar boʻlinmasi komandirining buyrugʻi bilan butun oʻquv yiliga tasdiqlanadi. Zaruriyat boʻlganda mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun OʻM (OʻMM), ATB, AMS(F), aviatsiya xavfsizlik xizmati, avariya-qutqaruv xizmatlarining oʻqituvchilari ushbu boʻlinmalar rahbarlari bilan kelishilgan holda jalb etilishi mumkin.
110. Aviatsiya-texnika mavzusi boʻyicha mashgʻulotlarni katta bortmuhandislar (bortmexaniklar), bortmuhandis (bortmexanik), uchuvchilar boʻlinmalarining muhandislari (mexaniklari), ATB muhandislari oʻtkazadilar.
111. Mutaxassis-oʻqituvchilar mashgʻulotlar boshlanishidan oldin konspektlarni kelishish uchun katta mutaxassisga (mutaxassisligi boʻyicha) va tasdiqlash uchun UO komandiriga taqdim etishlari lozim. Mashgʻulotlar oʻtkazilganidan soʻng konspektlar nusxalari uchuvchilar boʻlinmasining uchuvchilik-uslubiyat xonasi (sinfi)da qoldirilishi va mashgʻulotlarda ishtirok etmagan uchuvchilar tarkibi aʼzolari va bortoperatorlarning mustaqil tayyorgarligida foydalanilishi lozim.
112. Uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning nazariy taʼlimini tashkil etish, uslubiy taʼminoti va sifati uchun javobgarlik uchuvchilar boʻlinmasi komandirining UITE boʻyicha oʻrinbosariga yuklatiladi.
113. Sinf-guruh mashgʻulotlarining, shuningdek individual topshiriqlarni berish va bajarish hisobi kasbiy tayyorgarlik hisobi boʻyicha jurnalda olib boriladi.
114. Sinf-guruh mashgʻulotlarida ishtirok etmagan uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar uchun mashgʻulotlar mavzusi ularning mustaqil tayyorgarligiga (individual topshiriqlar beriladi) kiritiladi va ularning bilimlari keyinchalik katta mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.
115. Aviatsiya texnikasida amaliy mashgʻulotlar kasbiy taʼlim rejalari boʻyicha oʻtkaziladi. Mashgʻulotlardan oʻtish hisobi kasbiy taʼlim hisob jurnalida olib boriladi. Aviatsiya texnikasida amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va taʼminlash uchun javobgarlik uchish xizmati (boʻlinmasi) rahbariga yuklatiladi.
6 §. Fuqaro aviatsiyasi boʻlinmalarida trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik
116. Uchuvchilar tarkibining trenajyorlar boʻyicha tayyorgarligi ekipaj harakatlarining turli sharoitlar va parvozning alohida holatlarida amaliy tajribalarini olishi, lozim darajada ushlab turishi va takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladi:
a) Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (FFS)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, minimumning berilishi va berilgan minimumning tasdiqlanishi, UTTDga muvofiq minimumni CAT II-III gacha kamaytirilishi, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish va qoʻnishlarni bajarish boʻyicha mashqlar va turli koʻrinishdagi parvozlarga tayyorgarlik uchun SIM CHECK tekshiruvlari oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Sharqda ishlab chiqarilgan HKlarida parvoz qiluvchi uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (SMT)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun tekshirish oʻtkaziladi. MK (OMK) raisining qarori boʻyicha esa malaka berish, oshirish va tasdiqlashda hamda xodimlar aybi bilan yuz bergan aviahodisalardan keyin parvozga ruxsat berishda, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq qoʻnishga kirishish va qoʻnishlarni bajarish boʻyicha minimum mashqlarni bajarish hamda turli koʻrinishdagi parvozlarga va avariya holatlarga tayyorlash;
117. Sharqda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibiga berilgan minimumni tasdiqlash UTTDga muvofiq, “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ruxsat etilgan SMTlarda oʻtkazilishi mumkin. Komissiyaning “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida SMTlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Bu SMTlarda uchuvchilar tarkibiga berilgan minimumni tasdiqlash, mashq qildirish va tekshirish oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
118. SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi FA uchuvchilar tarkibini HK trenajyorlarida mashq qildirish va tekshirishni tashkil qilish boʻyicha hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
119. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik quyidagi turdagi trenajyorlarda amalga oshiriladi:
a) funksional tizimlarining maxsuslashtirilgan trenajyorlarida;
b) ekipaj aʼzolarining maxsuslashtirilgan trenajyorlarida;
v) kabinada oʻtkaziladigan tadbirlar trenajyorlarida;
g) samolyotning majmuaviy trenajyorlarida;
d) parvozning toʻliq taqlidi bilan harakatlanuvchan platformadagi majmuaviy uchuvchilik trenajyorlarida (FFS);
e) parvozning toʻliq taqlidi bilan harakatlanmaydigan platformadagi majmuaviy uchuvchilik trenajyorlarida (FFS);
j) avariya tark etish trenajyorlarida;
z) navigatsiya trenajyorlarida.
120. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tasdiqlagan FA OʻUTK va UTTD dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
121. Egallab turgan lavozimidan va uchish ishi tajribasidan qatʼi nazar, uchuvchilar tarkibining barcha aʼzolari guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun har yilgi tekshiruvdan oʻtishi va har chorakda uch soatdan kam boʻlmagan hajmda majmuaviy trenajyorlarda SMT (FFS) muntazam mashqlarni bajarishi zarur. Mashq qilishdagi uzilishlar 3 oydan oshmasligi lozim (ayrim hollarda ekipaj bazaviy aerodromdan tashqarida boʻlgan hollarda uzilish muddati bir oydan oshishi mumkin). Majmuaviy trenajyorda har chorakdagi mashq qilish hisobiga, agar u har chorak mashq qilish elementlariga ega boʻlgan boʻlsa, trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlikning har qanday turini hisobga olinishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
122. Gʻarbda ishlab chiqarilgan HK ekipajlarining trenajyorlar boʻyicha tayyorgarliklari tegishli turdagi HKlarning UTTDda koʻzda tutilgan muddatlar va hajmlarda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
123. Sharqda ishlab chiqarilgan HK ekipajlarining navigatsiya trenajyorlaridagi mashqlari quyidagicha amalga oshiriladi:
a) “Dvina-2” trenajyorida — Tu-154 HKning uchuvchilari va shturmanlari bilan uch oyda bir martadan kam boʻlmagan holda;
b) “SSHT-70” trenajyorida — An-24, Yak-40 HK uchuvchilari va shturmanlari va 4-toifadagi HK shturmanlari bilan uch oyda bir martadan kam boʻlmagan holda, An-26 HK uchuvchilari va shturmanlari bilan uch oyda bir martadan kam boʻlmagan holda, ekipaj bazaviy aerodromdan tashqarida boʻlgan hollarda bir oy muddatga uzaytiriladi. An-12 HKda — olti oyda bir martadan kam boʻlmagan holda.
Keyingi tahrirga qarang.
124. Aviakompaniya rahbariyatining qarori boʻyicha HKning boshqa turlaridagi havo kemalarining uchuvchi va shturmanlari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq kompyuter-navigatsiya trenajyori KNT “FLITEPRO”da mashqlarni oʻtishlariga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
125. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik uchuvchilar boʻlinmalari komandirlari tomonidan har oyga rejalashtiriladi. Parvozlarning sutkalik rejasida trenajyorga yuborilayotgan ekipajlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
126. Trenajyorda rejali mashqlar va tekshiruvlardan tashqari, uchuvchilar boʻlinmalari komandirlari, aviakompaniya (aviakorxona)lar rahbarlari va “Davavianazorat” inspeksiyasining koʻrsatmalari boʻyicha rejadan tashqari tekshiruvlar tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
127. Ekipaj aʼzolariga uchish kunida, shuningdek zaxirada boʻlgan vaqtlarida trenajyorda mashq qilish yoki tekshirishni rejalashtirish taqiqlanadi.
128. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) parvoz oldi tayyorgarlik;
b) trenajyorda mashq qilish;
v) parvozdan keyingi muhokama.
129. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlikning har qanday turini trenajyorning instruktorlik shtatidagi tarkibi oʻtkazadi. Uchuvchilar tarkibining trenajyorda mashq qilishi va tekshirilishi ushbu turdagi HKda parvoz qilish va ushbu turdagi trenajyorda uchuvchilar tarkibini mashq qildirishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi tomonidan bajarilishiga ruxsat etiladi.
130. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida tegishli turdagi HKning majmuaviy trenajyori mavjud boʻlmaganda, shuningdek uning nosozligi sababli uzoq turib qolishi holatida, trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik shartnoma asosida boshqa davlatlarning aviakompaniya (aviakorxona)larida oʻtkazilishi mumkin yoki “Davavianazorat” inspeksiyasining ruxsati bilan va u tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha HK kabinasida trenaj bilan almashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
131. Ikki turdagi HKda parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi shaxslari, tegishli turdagi trenajyorlarda har chorakdagi mashqlarni ketma-ket almashtirgan holda har bir turda 6 oy davomida bir martadan kam boʻlmagan hisobda oʻtaydilar.
132. Parvozlarga yagona ruxsatnomaga ega boʻlgan Boing-767-300ER va Boing-757-200ER havo kemalarining uchuvchilari uchun trenajyorda mashq qilish bir turli hisoblanadi.
133. Bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi aʼzolari trenajyorlarda quyidagi tartibda mashqlarni oʻtaydilar:
a) I va III choraklarda — HKning oliy turi boʻyicha SMTda, II va IV choraklarda esa — HKning boshqa turlari boʻyicha SMTda (agar parvozlar turli toifadagi havo kemalarida bajarilsa);
b) chorakda bir martadan kam boʻlmagan holda — har qanday SMTda va bir yilda bir martadan kam boʻlmagan holda har bir SMTda (agar parvozlar bir toifadagi havo kemalarida bajarilsa).
134. Belgilangan muddatlarda trenajyorda mashqlarni oʻtamagan yoki qoniqarsiz baho olgan, shuningdek har chorakdagi mashq qilish dasturini toʻliq hajmda bajarmagan shaxslar SMT (FFS)da tegishli mashq qilishni oʻtamaguniga qadar parvozlarni bajarishga qoʻyilmaydilar.
135. Trenajyorlarda mashq qilish sifati uchun javobgarlik trenajyorning tarkibi yoki mashqni oʻtkazgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining aʼzolariga yuklatiladi.
7 §. FA boʻlinmalarida parvoz tayyorgarligi
136. FA boʻlinmalarida parvoz tayyorgarligi parvozning turli sharoitlarida HKni boshqarish va uning tizimlarini ekspluatatsiya qilish tajribalarini lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida bajariladi. Parvozning turli sharoitlarida HKni boshqarish hamda uning tizimlarini ekspluatatsiya qilish tajribalarini lozim boʻlgan darajada ushlab turish va takomillashtirish quyidagilar bilan taʼminlanadi:
a) uchuvchilar tarkibining majmuaviy trenajyorlarda muntazam ravishda mashq qilishlari;
b) HK komandiri tomonidan oʻtgan 3 oy davomida uchtadan kam boʻlmagan avtomatik ravishdagi qoʻnishlar “AUTOLAND” (bunday tizim bilan jihozlangan samolyotlarda), yoki murakkab meteo sharoitlarda HKda uchtadan kam boʻlmagan qoʻnishlar bilan qoʻnishga kirishish, yoki KTQT pardachasi, shuningdek QQB + 30 metrga teng boʻlgan balandlikkacha tekshiruvchi (instruktor) bilan pardacha orqasida shaffof boʻlmagan shtatli pardacha orqasida (yuk HKlarida va HK bortida yoʻlovchilar mavjud boʻlmaganda) bajarish. Kuzgi-qishki (sentabr — fevral) mavsum davrida qoʻnishga kirishishlarning yetishmayotgan soni, bahorgi-yozgi (mart — avgust) mavsum davrida esa MMSHda uchta qoʻnishga kirishishning hammasini HK komandirining minimumi boʻyicha SMT (FFS)da mashq qilishda bajarishga ruxsat etiladi.
HKni boshqarishda mashq qilish va tajribalarni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarish sharoitlarida, bortda yoʻlovchilar bilan HKning shaffof boʻlmagan shtatli pardacha orqasida uchish uzoqda joylashgan radio marker RUURning belgilangan chegarasini oʻtish balandligigacha, lekin 200 metrdan past boʻlmagan balandlikda qoʻnishga kirishishni bajarish ruxsat etiladi. Ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan uslubiyat boʻyicha shaffof boʻlmagan shtatli pardachadan foydalanish faqatgina HKda ekipaj ish joyining birini egallovchi tekshiruvchi (instruktor) bilan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) HK komandiri tomonidan oʻtgan 12 oy ichida HKga berilgan minimumga muvofiq meteo sharoitlarda HKda uchta qoʻnishga kirishishdan kam boʻlmagan yoki KTQT pardachasi orqasida qoʻnishlar bilan bajarilishi;
g) HK komandiri tomonidan oʻtgan 12 oy ichida aerodrom sharoitlarida uchtadan kam boʻlmagan qoʻnishga kirishish va bitta qoʻnish hamda HKK minimumiga muvofiq real meteosharoitlarda, bulutlar balandligi koʻrinish masofasi yoxud OʻSHKTdan foydalangan holda (4-toifali samolyotlarda va barcha toifadagi vertolyotlarda), yoʻnalish boʻyicha HKda (umumiy davomiyligi bir soatdan kam boʻlmagan) ikkitadan kam boʻlmagan parvozni bajarish;
d) oʻtgan 3 oy davomida ishlab chiqarish yoki aerodrom sharoitlarida quyidagilarni bajarish:
HKK uchun — kamida 6 ta uchish va 6 ta qoʻnish;
ikkinchi uchuvchilar uchun (HKK nazorati ostida uchish va qoʻnishni bajarishga ruxsat etilgan) — kamida 3 ta uchish va 3 ta qoʻnish.
137. MMSHda qoʻnishga kirishishlar boʻyicha va berilgan minimumni tasdiqlashga 136-bandda sanab oʻtilgan talablar gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi uchuvchilariga F/O qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
138. MMSHda uchishlar, parvozlar, qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlarning hisob-kitobi mashq qilish topshirigʻi varaqasida olib boriladi.
139. Ishlab chiqarish yoki aerodrom sharoitlarida bajarilgan uchishlar va qoʻnishlarning hisob-kitobi uchuvchilar tarkibining ishi va dam olishi boʻyicha har oygi reja-jadvallarida va mashq qilishning topshiriq varaqalarida olib boriladi.
140. Koʻrinish boʻyicha 500 metrdan past boʻlgan uchish meteominimumiga ega boʻlgan HK (gʻarbda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi (F/O) uning tasdigʻi uchun oʻtgan 12 oy ichida KTQTdan foydalangan holda, koʻrinish boʻyicha 500 metrdan past boʻlgan sharoitda kamida bitta uchishni bajarishi yoki uchish-qoʻnish yoʻlagida — 200 metr koʻrinishiga taqlid qilingan SMT (FFS)da ruxsat etilgan minimumni tasdiqlashi uchun kamida ikkita uchishni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
141. Komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibiga oʻng tomondagi uchuvchi oʻrindigʻidan parvozlarni bajarishda murakkab meteorologik sharoitlarda, shu jumladan minimum boʻyicha bajarilgan qoʻnishlarga kirishishlari hisobga olinadi.
142. Bir nechta turdagi HKlarida parvoz qilishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi shaxslariga quyidagilarni bajarish zarur:
a) ushbu Qoidalarning 136-bandida belgilangan murakkab meteo sharoitlar yoki KTQTdan foydalangan holda, har bir turdagi HKda navbatma-navbat uchta qoʻnishga kirishishni har uch oyda bajarish;
b) har bir turdagi HKda berilgan meteominimum boʻyicha parvozlar huquqini tasdiqlash.
143. Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan trenajyorda (FFS) bajarilgan MMSHda uchishlar, qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlar hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
144. Uchuvchilar tarkibi ob-havoning eng soʻnggi meteominimumlarida parvozlarga mashq qildirish uchun komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtadilar va mashq minimumlari boʻyicha parvozlarga ruxsat etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
145. Ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan MMSHda qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlarni bajarmagan HKning komandirlari, MMSHda yoki KTQT pardachasi orqasida, yoki QQB + 30 metrga teng boʻlgan balandlikkacha shaffof boʻlmagan shtatli pardacha orqasida (yuk HKda va yoʻlovchilar mavjud boʻlmaganda yoʻlovchi samolyotlarida), yoki meteo sharoitlarda majmuaviy trenajyorda tekshiruvchi (instruktor) bilan HK komandirining berilgan minimumigacha muvofiq yetishmayotgan qoʻnishga kirishishlar sonini olguniga qadar, parvozlarni mustaqil bajarishga qoʻyilmaydilar.
146. Ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan meteo sharoitlarda berilgan minimumga muvofiq qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlarni bajarmagan HKning komandirlari, oldin berilgan minimumni “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan kiritilgan SMTda, katta uchuvchi komandir (boshligʻi) nazorati ostida va javobgarligida tasdiqlashlari mumkin. Berilgan minimum boʻyicha parvozlarga huquqni tasdiqlamagan HKK, bir pogʻonaga koʻtarilgan meteominimum boʻyicha, lekin birinchi marta ruxsat etilgan meteominimumidan baland boʻlmagan, agar UTTDda boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, parvozga ruxsat etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
147. Ushbu Qoidalarning 136-bandida belgilangan HKda uchish va qoʻnishning minimal soni bajarilmaganda HKK mustaqil parvozlarni bajarishga va ikkinchi uchuvchi ekipaj tarkibida parvozlarni bajarishga qoʻyilmaydi.
HKKning mustaqil parvozlarga, ikkinchi uchuvchini — ekipaj tarkibida uchish va qoʻnish huquqi bilan parvozlarga ruxsat etilishi, zarur boʻlganda qoʻshimcha parvoz tayyorgarligi hajmini belgilovchi bevosita (yoki yuqori turuvchi) uchuvchi komandir (boshliq) tomonidan bajarilgan navbatdan tashqari uchish tekshiruvi natijalari boʻyicha xulosa asosida amalga oshiriladi.
148. Barcha mutaxassislikdagi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi aʼzosining uchish malakasini lozim boʻlgan darajada ushlab turish uchun HK turidan qatʼi nazar, kamida ikkita parvozni mustaqil ravishda (aerodrom yoki reys sharoitlarida), shu jumladan chap tomondagi oʻrindiqdan kamida bitta va oʻng tomondagi oʻrindiqdan (uchuvchilar uchun) kamida bitta parvozni har oyda bajarishi lozim. Mustaqil parvozlar quyidagi hollarda bajarilgan hisoblanadi:
a) tekshiruvchilar sifatida parvoz topshirigʻiga belgilangan tartibda kiritilgan komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi aʼzolariga (uchuvchilarga), ular uchishdan qoʻnishgacha parvozni mustaqil ravishda bajarganlarida;
b) komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi aʼzolari (uchuvchilarga) topshiriqqa qoʻshilganda va parvozni HKK sifatida bajarganlarida;
v) boshqa mutaxassislar (tekshiruvchilar) uchishdan qoʻnishgacha tekshirilayotgan ekipaj aʼzosining joyini egallaganlarida.
149. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlar bajarilganida — oliy turdagi HKda (yoki toifasi boʻyicha unga teng boʻlgan) bir oyda kamida ikkita mustaqil parvozlar va oʻtgan uch oy ichida boshqa turdagi har bir HKda kamida bitta mustaqil parvoz bajarilishi lozim.
Mustaqil parvozlarning belgilangan normalari bajarilmaganda, barcha mutaxassislikdagi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi ushbu Qoidalarning 247-bandida belgilangan hajmda tayyorgarlikni oʻtishi lozim.
150. Mustaqil ravishda bajarilgan parvozlar (uchuvchi oʻrindigʻi koʻrsatilgan holda) va parvozlar miqdori haqidagi yozuvni komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi reys haqidagi hisobotning yuqori chap burchagida qayd etadilar va shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydilar. Mustaqil parvozlar va parvozlar soni mashq qilish topshirigʻida hisobga olinadi.
151. Uchish malakasini lozim boʻlgan darajada ushlab turish uchun instruktorlar ishiga ruxsati boʻlgan HKKlari, uchuvchilarning oʻng tomondagi oʻrindigʻidan kamida bitta parvozni (aerodrom va reys sharoitlarida) har oyda mustaqil ravishda bajarishlari lozim. Parvozlarning bajarilishi (uchuvchi oʻrindigʻi koʻrsatilgan holda) mashq qilish topshirigʻida hisobga olinadi. Ushbu talab 60 kun davomida bajarilmaganda, HKK uchuvchining oʻng tomondagi oʻrindigʻidan parvozlarni bajarish huquqini yoʻqotadi. Ushbu ruxsatnomani tiklash uchun ishlab chiqarish sharoitlarida tekshiruv parvozi (1 ta uchish va 1 ta qoʻnish) bajariladi.
152. Ekipaj aʼzolarining parvoz tayyorgarligi nazorati va javobgarligi uchuvchilar boʻlinmasi (uchuvchilar otryadi) komandirining uchish ishlari boʻyicha oʻrinbosariga yuklatiladi.
8 §. Mavsumiy tayyorgarlik
153. Uchuvchilar tarkibining mavsumiy tayyorgarligi quyidagi tayyorgarliklarga boʻlinadi:
a) 1-toifadagi samolyotlarda;
b) 2—4-toifadagi samolyotlarda va barcha toifadagi vertolyotlarda.
Keyingi tahrirga qarang.
154. Mavsumiy tayyorgarlik FA aviakompaniya (aviakorxona)lari, tashkilotlari boʻyicha buyruq bilan belgilangan muddatlarda kuz-qish va bahor-yoz davrlarda uchuvchilar boʻlinmalarini parvozlarga tayyorlash boʻyicha tashkiliy-metodik koʻrsatmalarda koʻzda tutilgan tartibda va hajmlarda oʻtkaziladi.
155. Tashkiliy-metodik koʻrsatmalar ushbu Qoidalar talablariga muvofiq ekspluatant tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorxona) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
156. Kuz-qish va bahor-yoz davrlarida parvozlarga nazariy tayyorgarlik har oygi kasbiy taʼlim bilan qoʻshiladi va tasdiqlangan mavzu boʻyicha oʻtkaziladi. Tayyorgarlikning asosiy turi boʻlib, mustaqil tayyorgarlik boʻlishi lozim.
157. Tashkiliy-uslubiy koʻrsatmasida mavjud boʻlgan, kuz-qish va bahor-yoz davrlarda parvozlarning nazariy tayyorgarligi mavzusi uchuvchilar otryadlarining kasbiy taʼlim rejasiga maxsus boʻlim sifatida qoʻshiladi. Individual topshiriqlar mustaqil tayyorgarlik uchun savollar roʻyxatidan tuziladi va zaruriyat boʻlganda tashkiliy uslubiy koʻrsatmasida nazarda tutilgan tartibda uchuvchilar tarkibiga beriladi.
158. 1-toifadagi HK uchuvchilar tarkibi bilan kuz-qish va bahor-yoz davrlariga mavsumiy tayyorgarlik uchish-texnik anjumani hajmlarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
159. 2—4-toifadagi samolyotlarda va vertolyotlarda mavsumiy tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) parvoz tayyorgarligi (4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlarda);
b) uchish-texnik anjumani;
v) mavsumiy davrda parvozlarni bajarishga ruxsat etishdan oldin bilimlarning nazorati.
160. Kuz-qish va bahor-yoz davrlarida parvozlarga ruxsat etish uchun trenajyorlarda maxsus mashq qilish talab etilmaydi. Barcha turdagi HKlari uchuvchilar tarkibining har chorakda mashq qilishi yilning aniq mavsumida parvozlarni bajarish va HK parvoz ekspluatatsiyasining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mavsumiy davrda SMTda amalga oshiriladi.
161. Nazariy tayyorgarlikdan soʻng kelgusida parvozlarni bajarishga ruxsat etishdan oldin 2—4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlar uchuvchilar tarkibining bilimlari nazorati oʻtkaziladi. Bilimlar SHEHMda yoki imtihon biletlari boʻyicha kasbiy taʼlim hisobi jurnalida natijalar rasmiylashtirilgan holda tekshiriladi.
162. Ekipajlar nazariy tayyorgarligining yakuniy bosqichi boʻlib, eng muhim masalalar boʻyicha maʼruzalar qilinadigan, oʻtgan davrlarda UITE tahlili va PX holatlari eshitiladigan, kelgusidagi ishlar boʻyicha tavsiyalar beriladigan uchish-texnik anjumani hisoblanadi.
163. 1—4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi ishtirokidagi uchish-texnik anjumanlar bir yilda ikki marta (kuz-qish davri va bahor-yoz davrlariga tayyorgarlik oxirida) oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
164. Parvoz tayyorgarligi 4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlarni ekspluatatsiya qiluvchi boʻlinmalarda amalga oshiriladi va FA UTTDda nazarda tutilgan hajmda oʻtkaziladi.
165. “Davavianazorat” inspeksiyasining komandir-uchuvchilar tarkibi mavsumiy tayyorgarlikni ekspluatantning uchuvchilar boʻlinmalarining birida oʻtaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
166. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi mavsumiy tayyorgarlikdan toʻliq hajmda uchuvchilar boʻlinmalarida oliy turdagi (toifa boʻyicha teng boʻlgan) HKda oʻtaydilar va boshqa turdagi HKlari boʻyicha uchish-texnik anjumanida qoʻshimcha ravishda ishtirok etadilar, 4-toifadagi samolyotlar va vertolyotlarda parvozlarni bajaruvchilar esa — ushbu turdagi HKlarida parvoz tayyorgarligidan ham oʻtadilar.
167. Instruktorlik tarkibining trenajyordagi mavsumiy tayyorgarligi, ularning HK turlari boʻyicha uchish-texnik anjumanidagi ishtiroki bilan aniqlanadi.
168. Uchuvchilar tarkibini mavsumiy davrda 1-toifadagi samolyotlarda parvozlarga ruxsat etish uchun mavsumiy tayyorgarlik ustunidagi parvozga tayyorligi toʻgʻrisidagi yozuv asos boʻlib hisoblanadi. Uchuvchilar tarkibini mavsumiy davrda 2—4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlarda parvozlarga ruxsat etish toʻgʻrisidagi tegishli yozuv parvoz daftarchalarida uchuvchilar boʻlinmasi komandiri aviakompaniya (aviakorxona), uchuvchilar majmuasi, OʻM (OʻMM) rahbari)ning buyrugʻi asosida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
169. Mavsumiy davrda uchuvchilar tarkibini parvozlarga tayyorlash sifati uchun javobgarlik ekipaj aʼzolarining tayyorgarligi va tayyor boʻlganliklarining nazoratini amalga oshiruvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi aʼzolariga yuklatiladi.
IV. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
170. Guvohnomaning amal qilish muddatining uzaytirilishi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
171. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tibbiy xulosa, bilimlar tekshiruvi, parvoz va trenajyorlar boʻyicha tekshiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi. Bilimlar “Davavianazorat” inspeksiyasining OMK, aviakompaniya (aviakorxona)lar va uchuvchilar otryadlarining MMK (MK)larida, OʻM (OʻMM)da MOKlarda tekshiriladi. Baholar 6 oy davomida haqiqiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
172. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning (bortoperatorlar uchun faqat parvoz tekshiruvlari) parvoz va mashqiy tekshiruvlari ularning ushbu turdagi HKda parvoz qilish uchun berilgan ruxsatnomaga ega boʻlgan bevosita yoki yuqori turuvchi komandirlari (boshliqlari, katta mutaxassislar, ixtisosligi boʻyicha shtatdagi instruktorlar), ularda bunday ruxsatnoma boʻlmaganida esa boshqa uchish boʻlinmalarining (aviakompaniyalar ichida) yuqori turuvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi — aviakompaniya (aviakorxona)ning PXI boshligʻi ruxsati boʻyicha, yoki boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardan — “Davavianazorat” inspeksiyasining ruxsati boʻyicha quyidagi muddatlarda oʻtkazadilar:
Keyingi tahrirga qarang.
a) uchuvchilarni uchish texnikasi (malaka toifasidan qatʼi nazar) — bir turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun olti oyda kamida bir marta, bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa — oliy turdagi HKda olti oyda kamida bir marta va har bir boshqa turdagi HKda bir yilda kamida bir marta;
b) Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruxsatnomaga ega boʻlgan uchuvchilarning har bir turdagi HKda LINE-CHECK hajmidagi uchuvchilik texnikasi va amaliy ish tekshiruvi — kamida olti oyda bir marta, bunda HK turlari navbatma-navbat almashtiriladi;
v) uchuvchilarning samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi (malaka toifasidan qatʼi nazar) — bir turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun — bir yilda kamida bir marta, bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa — oliy turdagi HKda (toifasi boʻyicha teng boʻlgan HKning bittasi) bir yilda kamida bir marta;
g) shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradistlarning amaliy ish — 1-2-toifadagi aviamutaxassislari uchun bir yilda kamida bir marta va 3-toifadagi aviamutaxassislar uchun olti oyda kamida bir marta;
d) bortoperatorlarning amaliy ishlari — bir yilda kamida bir marta (malaka toifasidan qatʼi nazar);
e) uchuvchilar tarkibining barcha mutaxassislari va bortoperatorlari ushbu turdagi HKda parvozlarga (HKK yoki ekipaj aʼzosi sifatida) ruxsat etilgandan soʻng birinchi mehnat yili davomida — malaka toifasidan qatʼi nazar, uch oyda kamida bir marta (ixtisosligi boʻyicha);
j) uchuvchilar tarkibining barcha mutaxassislarini trenajyorlar boʻyicha tekshiruv har bir turdagi HKda bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Komandir-uchuvchilar tarkibi uchun parvoz va trenajyorlar boʻyicha tekshiruvlarni “Davavianazorat” inspeksiyasining OMK tomonidan tayinlangan shaxslar bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Parvoz tekshiruvlari reys (ishlab chiqarish) yoki aerodrom sharoitlarida FA UTTDda koʻzda tutilgan hajmlarda, trenajyorlar boʻyicha tekshiruvlar esa tegishli turdagi HKda SMT (FFS)da UTTDda koʻzda tutilgan hajmlarda bajariladi.
173. Parvoz tekshiruvining natijasi, guvohnomani uning butun amal qilish muddati davomida uzaytirish uchun trenajyorlar boʻyicha tekshiruvlar, bitta turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun 6 oy davomida, bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa oliy (toifasi boʻyicha teng boʻlgan bittasida) turdagi HKda 6 oy davomida hisobga olinadi.
174. Tegishli turdagi HKda parvoz va (yoki) trenajyorlar boʻyicha tekshiruvning amal qilish muddati tugaganidan soʻng, mutaxassis ushbu turdagi HKda parvozlarni mustaqil bajarish huquqini yoʻqotadi.
175. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarga ruxsat etilgan aviatsiya xodimlarining xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha reys sharoitlarida uchish texnikasi, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish va amaliy ishining tekshiruvi HK turlarining birida oʻtkaziladi.
176. Boshqa turdagi HKga qayta oʻqitilgan 1-2-toifadagi uchuvchilar tarkibi shaxslari uchun bunday turdagi HKda birinchi mehnat yili davomida kalendar parvoz tekshiruvlarida va guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirilishida uchish texnikasi, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish va havoda amaliy ish boʻyicha 4 (toʻrt) baho qoʻyilishi mumkin.
177. Guvohnomaning amal qilish muddati oʻz vaqtida uzaytirilishi uchun komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzolari va UO katta mutaxassislari (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) javobgar boʻladilar. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun javobgarlik uchuvchilar boʻlinmalarining komandirlariga yuklatiladi.
178. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish yillik rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
179. Guvohnomani uzaytirish taqdimnomasining baholar varaqasida bilimlar tekshiruvining natijalari qayd etiladi va imtihon qabul qiluvchining (MMK, MK aʼzosi) imzosi bilan tasdiqlanadi, uchish texnikasi, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish, havoda amaliy ish tekshiruvi natijalari — parvoz daftarchasi va Guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida, SMT (FFS)da tekshiruvlar natijalari — mashq qilish topshirigʻi (dalolatnoma) va guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida tasdiqlanadi.
180. OMK (MK, MMK) qarori guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida rasmiylashtiriladi.
181. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv mutaxassisning parvoz daftarchasiga va guvohnomasiga kiritiladi.
182. Guvohnomaning yaroqlilik muddati, TUEK natijalari boʻyicha mutaxassisning parvoz ishiga yaroqlilik muddati bilan aniqlanadi.
183. Bir necha turdagi HKlarida parvozni bajarayotgan komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibining bilimlarini tekshirish HKning oliy turi boʻyicha oʻtkaziladi va qoʻshimcha ravishda boshqa turdagi HKda PEQ boʻyicha bilimlari tekshiriladi, parvoz tekshiruvi esa HKning har bir turida bajariladi (Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruxsatnomaga ega boʻlgan komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibining bilimlar tekshiruvi Boing-767 HK boʻyicha oʻtkaziladi va qoʻshimcha ravishda “Boing-767/757 HKlarining farqlari” kursining bilimlari tekshiriladi).
184. Agar uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasining amal qilish muddati yangi (boshqa) turdagi HKga qayta oʻqish yoki safga kiritish davrida tugagan va boshqa turdagi HKda parvozlar bajarilmayotgan boʻlsa, uchuvchilar tarkibi mutaxassislariga guvohnoma TUEK tibbiy maʼlumotnomasi asosida uzaytiriladi, nazariy bilimlar va parvoz tekshiruvi esa yangi (boshqa) turdagi oʻzlashtirilgan HKda mustaqil parvoz (ish)ga ruxsatnomaning rasmiylashtirilishida bajariladi.
185. Agar guvohnomaning va parvoz tekshiruvining amal qilish muddatlari tugagan boʻlsa, uchuvchilar tarkibi mutaxassisining guvohnomasi TUEK tibbiy maʼlumotnomasi va nazariy bilimlar tekshiruvi natijalari asosida uzaytiriladi. Parvoz tekshiruvi uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasi uzaytirilgandan soʻng bajariladi.
186. Samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasini tekshirish — bu ekipaj aʼzolari (uchuvchi, shturman)ning havo navigatsiyasi sohasining va parvozlarni bajarishning barcha bosqichlaridagi tayyorgarligi boʻyicha bilimlari, koʻnikmalari va mahoratini majmuaviy tekshirish boʻlib, buning natijasida quyidagilar aniqlanadi:
a) kelgusi parvozning bajarilishini tartibga soluvchi asosiy hujjatlar va yoʻriqnomalar talablarini bilish;
b) tayyorgarlikning barcha bosqichlarida va parvozlarni bajarishda (ish texnologiyasi va PEQ talablariga muvofiq) tekshirilayotgan ekipaj aʼzolari (uchuvchi, shturman) harakatlarining ketma-ketligi, toʻgʻriligi va asoslanganligi;
v) belgilangan yoʻnalish boʻyicha samolyot boshqaruvining aniqligi va belgilangan obyektga chiqish aniqligi (aerodrom, qoʻnish maydonchasi, yukni tashish maydonchasi, nazorat moʻljali va boshqalar);
g) parvozning navigatsiya elementlari hisob-kitobini aniqlashning oʻz vaqtidaligi, toʻgʻriligi, aniqligi, tezligi.
Tekshiruv natijasida tekshiruvchi tekshiruvning alohida elementlari boʻyicha baho qoʻyadi.
Samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvining natijalari parvoz va shtab hujjatlarini olib borish talablari hisobga olingan holda, tekshiriluvchi parvoz daftarchasining tegishli boʻlimiga kiritiladi.
187. Sharqda ishlab chiqarilgan HKda komandir-uchuvchilar tarkibi, uchuvchi va shturmanlarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvini shtat birligidagi shturman-instruktor va undan yuqori turuvchi mutaxassislar, “Davavianazorat” inspeksiyasining komandir-uchuvchilar tarkibining esa — “Davavianazorat” inspeksiyasining ruxsati bilan Oʻzbekiston Respublikasi aviakompaniya (aviakorxona)lari komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchi-instruktorlik tarkibining mansabdor shaxslari oʻtkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
188. Sharqda ishlab chiqarilgan HK uchuvchilari, shu jumladan komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchi-instruktorlik tarkibi (uchuvchi)ning samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasini tekshirish quyidagi shaxslar tomonidan bajarilishiga ruxsat beriladi:
a) komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzolari — shturmanlar, tekshiriluvchining malaka toifasidan qatʼi nazar;
b) komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzolari — ushbu Qoidalarning 191, 192-bandlariga muvofiq olingan, tegishli ruxsatnoma va tekshiriluvchi toifasidan past boʻlmagan malakaga ega boʻlgan 3, 4-sinf HK va vertolyot uchuvchilari.
189. Gʻarbda ishlab chiqarilgan HK uchuvchilarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvini reys sharoitlarida, parvoz tekshiruvi (LINE CHECK) jarayonida komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibi (CHECK CAPTAIN) shaxslari bajaradilar.
190. Samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvi, dastlabki tanishtiruv parvozi yoki mashq qilish uchun tekshiruvchilar sifatida parvoz ekipajiga kiritilgan komandir-uchuvchilar tarkibi mansabdor shaxslari va uchuvchilar tarkibi — shturmanlar, HKning bevosita komandiriga boʻysunadilar va quyidagilar uchun javobgar boʻladilar:
a) ekipajning parvoz oldi tayyorgarligi sifati;
b) samolyot yoʻnalishi boʻyicha boshqaruvining aniqligi va bortdagi navigatsiya uskunalarining toʻgʻri ekspluatatsiyasi;
v) parvozda ekipaj tomonidan yoʻnalish boʻyicha moʻljalni saqlash va samoviy hududdan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya qilish;
g) tekshirilayotgan uchuvchi (shturman)ning kasbiy tayyorgarligi darajasi va tajribasining mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqliligini toʻgʻri aniqlash;
d) qoʻyilayotgan baholar va xulosalarning obyektivliligi.
191. Komandir-uchuvchilik tarkibi — 3-toifadagi HK uchuvchilari, komandir-uchuvchilar tarkibi, uchuvchi-instruktorlik va uchuvchilar tarkibi (uchuvchilar) shaxslari samolyotni yoʻnalish boʻylab boshqarish texnikasi boʻyicha tekshiruvidan quyidagilarni oʻtagandan soʻng bajarishga ruxsat etiladilar:
a) UO katta shturmani va undan yuqori lavozimni egallovchi shturman tomonidan havo navigatsiyasi masalalari boʻyicha nazariy bilimlar tekshiruvidan;
b) AE shturmani va undan yuqori boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan parvozda samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarishning amaliy tajribalari tekshiruvidan.
192. Komandir-uchuvchilik tarkibi — 4-toifadagi HK va vertolyotlar uchuvchilari, komandir-uchuvchilar tarkibi, parvoz-instruktorlar va uchuvchilar tarkibi (uchuvchilar) shaxslarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvini amalga oshirishda quyidagilardan oʻtgandan soʻng bajarishga ruxsat etiladilar:
a) UO katta shturmani va undan yuqori lavozimni egallovchi shturman tomonidan havo navigatsiyasi masalalari boʻyicha nazariy bilimlar tekshiruvidan;
b) samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruviga ruxsatnomaga ega boʻlgan yuqori turuvchi komandir-uchuvchilar tarkibi mansabdor shaxsi yoki uchuvchi tomonidan parvozda samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarishning amaliy tajribalarining tekshiruvidan.
193. Nazariy bilimlar tekshiruvini 191 va 192-bandlarga muvofiq oʻtkazish samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvini oʻtkazishga dastlabki qoʻyishda oʻtkaziladi. Bu haqda uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasiga “Havo navigatsiyasi masalalari boʻyicha nazariy bilimlar darajasi ... HKda uchuvchilarning samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasini tekshirishga ruxsat olishga muvofiqdir” yozuvi kiritiladi va tekshiruvchining lavozimi, imzosi, familiyasi koʻrsatiladi.
194. Parvozda samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi amaliy bilimlarining tekshiruv natijalari 191 va 192-bandlarga muvofiq uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasining “Parvoz tekshiruvlari va mashqlari” boʻlimida tegishli ruxsatnoma rasmiylashtiriladi: “…turdagi HK uchuvchilarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvini oʻtkazishga ruxsat etilgan”. Mazkur ruxsatnoma samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasining navbatdan tashqari tekshiruvida tasdiqlanadi.
195. Tekshiruvchi (shturman)ga uchuvchilar kabinasida birga boʻlgan shturman va uchuvchining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvini qoʻshib oʻtkazishga ruxsat etiladi.
196. Shturman tomonidan uchuvchini samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi va bir vaqtning oʻzida, uning uchuvchilik texnikasini (tekshiruvchi uchuvchi tomonidan) tekshirishga ushbu Qoidalarning 268-bandiga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.
197. Parvoz topshirigʻiga muvofiq HK shturmani majburiyatlarini bajaruvchi katta mutaxassis-shturman tomonidan uchuvchilarning samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasining tekshiruvini oʻtkazishga ruxsat etilmaydi.
198. Nomzodlarga 1-toifani berishda samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvini oʻtkazish “Davavianazorat” inspeksiyasi OMK raisining ruxsati bilan UO katta shturmani va undan yuqori turuvchi OMK aʼzolari va uchuvchilar boʻlinmalarining komandir-uchuvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
199. Quyidagi toifalarni berish uchun 4-toifa HKlari va vertolyotlarda komandir nomzodlarining samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi tekshiruvini oʻtkazishga ruxsat etiladi:
a) 1-toifani berish uchun — “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishuv asosida OMK aʼzosi Komandir-uchuvchilik tarkibi uchuvchilari tomonidan, ularda tegishli ruxsatnoma mavjud boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 2-toifani berish uchun — Komandir-uchuvchilik tarkibi uchuvchilari (UO komandiri va undan yuqori) tomonidan, ularda tegishli ruxsatnoma mavjud boʻlganda.
V. Havo kemalari ekipajlarini tuzish
200. HK ekipajlarini tuzish tartibi ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniya (aviakorxona)ning PAQiga kiritiladi. Ekipajning tarkibi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda HKning PEQ bilan aniqlanadi.
201. Boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardan HK ekipajlari (yoki ekipajning alohida aʼzolarini) shartnoma boʻyicha parvozlar uchun jalb etilgan hollarda ularga dastlabki tayyorgarlik va HK PEQ hamda HK ekipaj aʼzolarining oʻzaro harakatlari va ishlash texnologiyasi yoʻriqnomasi boʻyicha bilimining tekshiruvlari oʻtkazilgandan soʻng parvozlarga ruxsat etish tekshiruvi natijalarini baholar varaqasida rasmiylashtirish bilan biriktirilgan uslub boʻyicha UO komandirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
202. HK komandiri parvozga tayyorgarlik sifati, tartib-intizom, oʻz ekipaj aʼzolarining ishini tashkil etish va parvoz topshirigʻining muvaffaqiyatli bajarilishi uchun asosiy va javobgar shaxs hisoblanadi.
VI. Uchuvchilar tarkibiga parvozlarni bajarishga ruxsat berish
1 §. Asosiy talablar
203. Uchuvchilar tarkibini mustaqil parvozlarga ruxsat etish belgilangan tartibda tasdiqlangan UTTD ga muvofiq amalga oshiriladi.
204. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi shaxslarini mustaqil parvozlarga, shuningdek aviatsiya ishlari turlariga dastlabki ruxsat etilishi ularning mashq qilishlari va HK turlari boʻyicha tayyorgarlik dasturlari (UTTD)ga muvofiq tekshiruvdan soʻng amalga oshiriladi.
205. Instruktor (mashq qildiruvchi) xulosasi, shuningdek nazorat-tekshiruv parvozini amalga oshirgan katta komandirning yakuniy xulosasi parvozlarga ruxsat etishga asos boʻlib hisoblanadi.
206. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning mashq qilishlarini taʼminlash tegishli turdagi HKda instruktorlik ishini bajarishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibida aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.
207. Aviakompaniya (aviakorxona)larning komandir-uchuvchilar tarkibida aʼzolari uchtadan koʻp boʻlmagan turdagi HKda parvozlarni bajarishga ruxsat etilishi mumkin.
208. Aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning instruktorlik tarkibidagi shaxslar, HK komandirlari va ekipaj aʼzolari ikkitadan koʻp boʻlmagan turdagi HKda parvozlarni bajarishga ruxsat etilishi mumkin.
209. Ikkita turdagi HKda parvozlarni bajarish quyidagi hollarda ruxsat etiladi:
a) HKK sifatida — yangi turdagi HKda kamida 200 soat va boshqa turdagi (oldin oʻzlashtirilgan) HKda kamida 1000 soat mustaqil parvoz soatlariga ega boʻlganda;
b) ikkinchi uchuvchi, bortmuhandis (bortmexanik) sifatida — har bir turdagi HKda kamida 200 soat parvoz soatlariga ega boʻlganda;
v) shturman, bortradist, bortoperator sifatida — HKning har bir turida parvozlar soatining cheklovlarisiz.
210. Mazkur Qoidaning 207, 208-bandlarida koʻrsatilgan aviatsiya xodimlariga bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajarishga ruxsat etilishi mumkin. Bunda HK turlari toifasi farqi bittadan oshmasligi va asbob-uskunalari (instrumental va displeyli) indikatsiyalari shartlari boʻyicha farqlarga ega boʻlmasligi kerak.
211. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar HK ekipaji tarkibida parvoz topshirigʻini mustaqil bajarishga quyidagi shartlarda ruxsat etilishi mumkin:
a) ularda amaldagi parvoz guvohnomasi mavjud boʻlganda;
b) parvoz topshirigʻida koʻrsatilgan HKda, mutaxassisligi boʻyicha mustaqil ishga ruxsatnomasining mavjudligida;
v) parvoz oldi dam olishning tartibi va davomiyligiga rioya qilganda;
g) ish vaqti normalariga rioya qilganda;
d) mutaxassislik boʻyicha kalendar tekshiruv muddatlariga rioya qilganda;
e) TUEKda tibbiy koʻrikdan oʻtish muddatlari va uchuvchilar otryadi shifokorida koʻrikdan oʻtishga rioya qilganda;
j) ushbu turdagi HKda instruktorlar ishiga (tekshiruvchilar uchun) ruxsatnomaga ega boʻlganda;
z) parvoz topshirigʻida belgilangan maxsus aviatsiya ishlarini bajarishga ruxsatnomaga ega boʻlganda;
i) ushbu turdagi HKda avariya-qutqaruv tayyorgarligini oʻtish (sertifikat mavjud boʻlganda) muddatlariga rioya qilganda;
k) SMT (FFS)da mashqlarni oʻtash muddatlariga rioya qilganda;
l) dastlabki tayyorgarlikdan oʻtish muddatlari va shartlariga rioya qilganda;
m) ushbu Qoidalar talablariga (uchuvchi va shturmanlar uchun) muvofiq trassalar boʻyicha va aerodromlardagi (parvoz topshirigʻiga muvofiq) dastlabki tanishtiruv parvozida;
n) ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq, MMSHda qoʻnishga kirishishlar va qoʻnishlarning (yoʻnalish boʻyicha) zaruriy soni, shuningdek qoʻnishlarni bajarishning (HKKlari va ikkinchi uchuvchilar uchun) minimal soni mavjud boʻlganda;
o) muhokamalarda va kasbiy taʼlim vaqtida material hamda koʻrsatmalarni oʻrganganda (ularning oʻtkazilishida ishtirok etmagan hollarda);
p) berilgan individual topshiriqlarni bajarganda;
r) parvozlar xavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va axborotlarni oʻrganganda.
212. Berilgan minimumni tasdiqlash uchun qoʻnishga kirishishlar boʻyicha talablarga rioya qilinmaganda, HK komandiri (ekipaji) bir pogʻonaga baland boʻlgan minimum boʻyicha mustaqil parvozlarga ruxsat etilishi mumkin.
213. Mustaqil parvozlar va aviatsiya ishlari turlariga ruxsat etishni rejalashtirish, uchuvchilar tarkibini mashq qildirish va tekshirish reja-jadvaliga binoan amalga oshiriladi va oylik hamda sutkalik rejalarni tuzishda inobatga olinadi.
214. Meteominimum pasaytirilganda mustaqil parvozlar, aviatsiya ishlari turlari, kechki parvozlarga tayyorgarlik va ruxsat etish hisobi mashq qilish topshirigʻida rasmiylashtiriladi. Ruxsatnoma UTTD talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
215. Ushbu turdagi HKda parvozlar yoki aviatsiya ishlari turlariga kiritishni tasdiqlash mashq qilish topshirigʻida va parvoz daftarchasining “Parvoz tekshiruvlari” boʻlimida rasmiylashtiriladi. Qaydlar UTTDning namunalariga muvofiq bajariladi.
216. 4-toifadagi samolyotlar va vertolyotlarda sutkalar vaqti va shassi turlari boʻyicha parvozlarga kiritish, bunday turdagi HKda uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
217. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni aniq turdagi HKda instruktorlar ishiga ruxsat etish UTTD talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Instruktorning uchuvchilar tarkibini dastlabki tayyorlash va mashq qildirish huquqini beruvchi malakaviy bahosi “Davavianazorat” inspeksiyasi tarkibidagi OMK tomonidan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
218. Parvozlarga ruxsat etishning shartlariga rioya qilinishi toʻgʻri va rasmiylashtirilishi ustidan javobgarlik quyidagilarga yuklatiladi:
a) UO komandiriga — CHECK-CAPTAIN, AE komandirlari, ularning oʻrinbosarlari va UO (xizmati)ning katta mutaxassislari uchun;
b) AE komandirlariga — aviazveno komandirlari va AE katta mutaxassislari uchun (zvenosiz tuzilmada HK komandirlari uchun);
v) aviazveno komandirlariga (eskadrilyasiz tuzilmada shtatdagi uchuvchiga) — HK komandirlari uchun;
g) UO (xizmati)ning katta mutaxassislariga — ekipaj aʼzolari uchun (mutaxassisligi boʻyicha);
d) HK komandirlariga — ekipaj aʼzolari uchun.
219. Ruxsat etish shartlariga rioya qilish nazorati parvozlarni oylik va sutkalik rejalashtirishni amalga oshirayotgan uchuvchilar tarkibi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
2 §. Uchuvchilar tarkibini parvozlarga ruxsat etish tekshiruvi
220. Uchuvchilar tarkibini parvozlarga ruxsat etish tekshiruvi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) yangi oʻzlashtirilgan HKda birinchi mustaqil parvozdan oldin;
b) birinchi mustaqil parvozdan oldin (aviatsiya ishlari turlari boʻyicha);
v) boshqa murakkabroq meteosharoitlar va sutka vaqtlarida parvozlardan oldin;
g) HKda oldin foydalanilmagan yangi oʻrnatilgan uskuna va tizimlardan foydalanadigan parvozlardan oldin;
d) toifani berish (oshirish) va tasdiqlashda;
e) parvoz tekshiruvining kalendar amal qilish muddati uzaytirilganda.
221. Parvozlarga ruxsat etish tekshiruvining tasdiqlanishi, shuningdek “Davavianazorat” inspeksiyasi, aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning alohida koʻrsatmalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
222. Yangi oʻzlashtirilgan HKdagi parvozlar, aviatsiya ishlari turlari boʻyicha mustaqil parvozlar, minimumni tasdiqlash va berishga ruxsat etish tekshiruvlari HK toifasining UTTDga muvofiq amalga oshiriladi.
223. Parvoz tekshiruvlari UTTD muvofiq komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibidagi shaxslar tomonidan bajariladi.
224. Ikkinchi uchuvchida uchuvchilik texnikasi tekshiruvini biriktirilgan ekipaj tarkibida HKning komandiri bajarishi mumkin, agarda u:
a) ushbu turdagi HKda soʻnggi meteominimum boʻyicha parvozlarga ruxsatga ega boʻlsa;
b) uslubiy tayyorgarlikdan oʻtgan va ushbu turdagi tekshiruvga UO komandirining buyrugʻi bilan ruxsat etilgan boʻlsa.
225. Bir nechta turdagi HKda komandir-uchuvchilar tarkibi instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning parvozida ushbu Qoidalarning 172-bandida nazarda tutilgan kalendar muddatlardagi parvoz tekshiruvlari quyidagilarda oʻtkaziladi:
a) uchuvchilarda — uchuvchilik texnikasi har bir HK turida, samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi esa — oliy turdagi HKda (toifa boʻyicha teng boʻlgan HK turida);
b) ekipajning boshqa aʼzolarida — mutaxassislik boʻyicha har bir HK turida amaliy ishi.
226. Parvoz oʻquv yurtlari yoki boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardan kelgan uchuvchi va shturmanlar mustaqil parvozlarni bajarishdan oldin quyidagi tekshiruvlardan oʻtishlari lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
a) uchuvchilik va samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi (uchuvchilar uchun);
b) samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish texnikasi (shturmanlar uchun).
227. Uchuvchilar otryadi katta bortoperatorini tekshirish UO komandirining ruxsati boʻyicha aynan oʻsha uchuvchilar otryadining bortoperator-instruktori yoki uchuvchilar otryadining katta bortmuhandisi tomonidan oʻtkaziladi.
3 §. Aerodromlar, trassa, mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha dastlabki tanishtiruv parvozlari
228. HK komandirlari va shturmanlarini uchish va yoʻnalish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha aerodromlarga mustaqil parvozlarni bajarishga ruxsat etish, quyidagi dastlabki tanishtiruv parvozidan soʻng amalga oshiriladi:
1) aerodromlarga:
a) togʻli — kamida ikki marta;
b) togʻli emas — kamida bir marta.
2) uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalish boʻyicha:
a) 1, 2, 3-toifali HKdagi parvozlarda — kamida bir marta;
b) 4-toifadagi HK va vertolyotlarda togʻli hududlar ustidagi parvozlarda — kamida ikki marta;
v) 4-toifadagi HK va vertolyotlarda togʻli boʻlmagan hududlar ustidagi parvozlarda — kamida bir marta.
3) MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidan:
a) Sharqda ishlab chiqarilgan HK ekipajining aʼzolari uchun — kamida ikki marta;
b) Gʻarbda ishlab chiqarilgan HK ekipajining aʼzolari uchun — kamida bir marta.
229. Mazkur qoidalarning 228-bandida nazarda tutilgan tanishtiruv parvozlarini qoʻshib oʻtkazishga ruxsat etiladi.
230. Dastlabki tanishtiruv parvozi borish va qaytish yoʻnalishida amalga oshiriladi.
231. Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi uchuvchilari va Sharqda ishlab chiqarilgan HKning bortradistlarini MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga ruxsat etish ushbu Qoidalarning 228-bandida koʻrsatilgan dastlabki tanishtiruv parvozidan soʻng amalga oshiriladi.
232. Dastlabki tanishtiruv parvozi komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzolari yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha (uchuvchi — uchuvchini, shturman — shturmanni) shtatdagi instruktorlar tomonidan amalga oshiriladi.
233. MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi samoviy hududidan tashqari, uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlarga Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKda SAT-II-III minimumi boʻyicha parvozlarga ruxsat etilgan. HK komandirlarining dastlabki tanishtiruv parvozlarni amalga oshirish uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori turuvchi komandir-uchuvchilar tarkibi mansabdor shaxslar (ushbu turdagi HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruxsat etilgan) tomonidan amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
234. Sharqda ishlab chiqarilgan HKda MNPS samoviy hududida va Shimoliy Atlantika ustida shturman va bortradistning dastlabki tanishtiruv parvozini komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzolari va tegishli mutaxassislikka ega boʻlgan instruktorlar (shturman — shturmanni, bortradist — bortradistni) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
235. HK ekipaj aʼzolarining MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustida dastlabki tanishtiruv parvozlarini bajarishga, komandir-uchuvchilar tarkibi shaxslari yoki ushbu Qoidalarning XIII bobi 3 paragrafiga muvofiq tayyorgarlikni oʻtagan va amaldagi dastlabki tanishtiruv parvozi koʻnikmasiga ega boʻlgan shtatdagi instruktorlar ruxsat etiladilar.
236. Aerodromlarga, shuningdek uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz mustaqil parvozlarga ruxsat etish toʻgʻrisidagi qarorni, uchuvchilar otryadi komandiri (shef-uchuvchi) quyidagi sharoitlarda uchuvchi yoki shturmanning tayyorligiga bogʻliq boʻlgan holda qabul qilishi mumkin:
1) togʻli boʻlmagan aerodromlarga va MDH mamlakatlari chegarasida uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha, agarda:
a) HK komandiri — birinchi malaka toifasidagi uchuvchi boʻlsa;
b) HK komandiri — malaka toifasidan qatʼi nazar, havodan tanlangan maydonchalarga qoʻnishlar bilan trassadan tashqaridagi parvozlarga ruxsat etilgan boʻlsa;
v) HK shturmani — birinchi malaka toifasidagi shturman boʻlsa;
2) uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlarga, agarda:
a) ushbu turdagi HKda (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) instruktorlar ishiga ruxsat etilgan, ikkinchi malaka toifasidan past boʻlmagan HK komandiri yoki shturmani boʻlsa;
b) uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha ushbu aerodromlarda, oʻtgan 36 oy mobaynida HK komandiri yoki shturmani 228-bandning talablariga muvofiq aynan oʻsha toifadagi HKda (uchuvchi HKK sifatida) yoki ushbu turdagi HKda HKK va shturmani stajyorlar sifatida parvozlarni bajargan boʻlsalar.
237. Ekspluatant ushbu turdagi HKning barcha komandirlari va shturmanlarining malaka toifasi, egallayotgan lavozimi va ushbu turdagi HKda ish tajribasidan qatʼi nazar, dastlabki tanishtiruv parvozlarni bajarish majburiy hisoblangan maxsus aeroportlar va yoʻnalishlar roʻyxatini ishlab chiqishi va PAQga kiritishi mumkin.
238. Gʻarbda ishlab chiqarilgan HK komandirlari SMT (FFS)da tegishli tayyorgarlikni oʻtganidan soʻng, aerodromlarda mustaqil parvozlarga ruxsatnomani olishlari mumkin. Bunda, HKK ushbu aerodromga kamida 3ta uchish va qoʻnishga kirishishni bajarishi lozim, SMT (FFS) esa ushbu aerodromda mashq qilish uchun sertifikatlashtirilgan boʻlishi lozim. Olingan ruxsatnoma HK komandiri parvoz daftarchasining “Aerodromlarga va trassalar boʻyicha parvozlarga ruxsat etish” boʻlimida “FFS” qoʻshimcha yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
239. Komandir-uchuvchilar tarkibi va shtatdagi (uchuvchilar, shturmanlar) dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz mustaqil parvozlarga, shuningdek ushbu Qoidalarning 232, 233, 234-bandlariga muvofiq aerodromlarda va ular tomonidan avval parvozlar bajarilmagan uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) parvozlarni bajarishga ruxsat etiladilar.
240. Uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha togʻli aerodromlarga, shu jumladan MDHdan tashqaridagi (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) dastlabki tanishtiruv parvozlari, ularni bajarish muddatidan yoki avvalgi parvoz muddatidan (dastlabki tanishtiruv parvozidan soʻng) 36 oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
241. MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi dastlabki tanishtiruv parvozlari, ularni bajarish muddatidan yoki avvalgi parvoz muddatidan (dastlabki tanishtiruv parvozidan soʻng) 24 oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
242. Bajarilgan dastlabki tanishtiruv parvozi haqidagi qayd uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasida, parvozni amalga oshirgan shaxs tomonidan yoziladi. Dastlabki tanishtiruv parvozining mavjudligi, shuningdek ushbu Qoidalarning 240-bandiga muvofiq, uning muddati uzaytirilishiga huquq beruvchi, kelgusi parvoz sanasi jadvalda koʻzda tutiladi.
243. Dastlabki tanishtiruv parvozining muddati tugagan holda, ushbu Qoidalarning 228-bandiga muvofiq, qayta dastlabki tanishtiruv parvozi bajariladi va bu haqda parvoz daftarchasiga qayd qilinadi.
244. Parvozga HKK, shturmanlar va bortradistlarni, ularning dastlabki tanishtiruv parvozlari hisobga olingan holda (shu jumladan, kelgusi/oʻtgan davr uchun parvozlarni bajarish muddatlari hisobga olingan holda), rejalashtirish uchun nazorat va javobgarlik tegishli mutaxassislik boʻyicha uchuvchilar boʻlinmasining komandir-uchuvchilar tarkibiga yuklatiladi.
245. Ayrim hollarda, HK ekipaji bazadan tashqari ish uchun yoʻnaltirilayotgan (shu jumladan, xorijga) boʻlsa, ekipaj bilan toʻliq hajmda dastlabki tayyorgarlik amalga oshirilganidan soʻng, uning tarkibiga dastlabki tanishtiruv parvozlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarni kiritishning imkoni boʻlmaganda, ish joyiga uchish va u yerda parvozlarni bajarishga — dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz ruxsat etiladi, bu haqda uchuvchilar otryadi komandiri (shef-uchuvchi) tomonidan dastlabki tayyorgarlik hisobi jurnalining parvoz topshiriqlari (xizmat belgilari) boʻlimida tegishli yozuv qayd etiladi.
4 §. Parvoz ishida (parvozlarda) uzilishlardan soʻng uchishga ruxsat etish
246. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibi shaxslarining parvoz ishida (parvozlarda) uzilishlardan soʻng parvozga ruxsat etish, ular tomonidan uzilishning davomiyligi, ushbu turdagi HKda parvozlar staji (tajribasi) va mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga bogʻliq boʻlgan holda aniqlanadigan tartiblardan oʻtishlari sharti bilan amalga oshiriladi.
247. Parvoz ishida (parvozlarda) 30 kundan 60 kungacha boʻlgan uzilishlardan keyin parvozlarga ruxsat etish, quyidagilardan soʻng amalga oshiriladi:
a) ushbu davrda oʻzlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy taʼlim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va axborotlarni oʻrganish;
b) dastlabki tayyorgarlik.
Uchuvchilar tarkibi mutaxassisi uchun trenajyorlar boʻyicha va (yoki) uchish tayyorgarlik (tekshiruv)ning zaruriyatini ushbu mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga bevosita javobgar boʻlgan parvoz komandiri (boshligʻi) aniqlaydi.
Tayyorgarlik kasbiy va dastlabki tayyorgarlik jurnallarida hamda mashq qilish topshirigʻida rasmiylashtiriladi.
248. Parvoz ishida (parvozlarda) 60 kundan 90 kungacha boʻlgan uzilishlardan keyin uchishga ruxsat etish, quyidagilardan soʻng amalga oshiriladi:
a) ushbu davrda oʻzlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy taʼlim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va axborotlarni oʻrganish;
b) dastlabki tayyorgarlik;
v) har chorakdagi dastur hajmida SMTda mashqlar (MMSHda qoʻnishga kirishishlar);
g) aerodrom sharoitlarida (kamida uchta qoʻnishga kirishish, ikkita qoʻnish, ulardan bittasi kechasi) yoki ishlab chiqarish parvozlarida (kamida ikkita qoʻnish, ulardan bittasi kechasi) — barcha turdagi HKlari komandirlari va Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi uchuvchilari uchun. Boshqa mutaxassislar (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi uchuvchisi, shturmani, bortmuhandisi, bortmexanigi, bortradisti) uchun uchish mashqlarining zaruriyatini ushbu mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga bevosita javob beruvchi uchuvchi komandiri (boshligʻi) aniqlaydi. (An-2 HKda parvozlar uzilishidan soʻng kechasi oʻtkaziladigan mashqiy parvozlar bajarilmaydi. Aviatsiya-kimyoviy ishlarida parvozlarda uzilishlaridan soʻng komandir-uchuvchilar tarkibi nazorati ostida ishlab chiqarish sharoitlarida 5 ta parvoz bajariladi.) YAK-40, AN-24, IL-114-100 HKlari komandirlari uchun parvoz mashqlari faqat aerodrom sharoitlarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tayyorgarlik kasbiy, dastlabki tayyorgarlik jurnallarida, mashq qilish topshirigʻida rasmiylashtiriladi. Agar uchish mashqlari kalendar muddat boʻyicha parvoz tekshiruvi bilan toʻgʻri kelgan boʻlsa, bunda ijobiy natijalar boʻlganda, uchish mashqlari parvoz daftarchasiga qaydning kiritilishi bilan parvoz tekshiruvi sifatida qabul qilinishi va rasmiylashtirilishi mumkin.
249. Parvoz ishida (parvozlarda) 90 kundan bir yilgacha boʻlgan uzilishlardan keyin parvozlarga kiritish, quyidagilardan soʻng amalga oshiriladi:
a) ushbu davrda oʻzlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy taʼlim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va axborotlarni oʻrganish;
b) amaliy aerodinamika va HK PEQ boʻyicha mustaqil tayyorgarlik (qaytarish) (Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning parvoz xodimlari uchun — SVT);
v) katta mutaxassislar rahbarligida HK konstruksiyalari va parvoz ekspluatatsiyasidagi oʻzgarishlarini oʻrganish;
g) mavsumiy tayyorgarlik;
d) dastlabki tayyorgarlik;
e) SAT II-III yoki avval berilgan minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish bilan SIM CHECK hajmida FFS trenajyorida tekshiruvlar (Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
j) HK komandirlariga berilgan minimumga muvofiq meteosharoitlarda qoʻnishga kirishishlar bilan har chorakdagi dasturlar hajmlarida SMTda mashq qilish (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning parvoz xodimlari uchun);
z) aerodrom sharoitlarida (MMSHda kamida oltita qoʻnishga kirishish va toʻrtta qoʻnish, ulardan ikkitasi kechasi) yoki ishlab chiqarish parvozlarida (MMSHda kamida toʻrtta qoʻnish, ulardan ikkitasi kechasi) (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning komandirlari uchun), ikkinchi uchuvchilari uchun esa — ikkita parvoz (ulardan bittasi kechasi). Boshqa ekipaj aʼzolari uchun (shturman, bortmuhandis, bortmexanik, bortradist) — sutka vaqtidan qatʼi nazar, mutaxassislik boʻyicha instruktor bilan kamida ikkita qoʻnish. (AN-2 HKda parvozlarda uzilishlar boʻlganda mashqiy parvozlar kechasi bajarilmaydi.) Aviatsiya-kimyoviy ishlardagi parvozlarda uzilishlar boʻlganda ishlab chiqarish sharoitlarida 5 ta parvoz Komandir-uchuvchilar tarkibi nazorati ostida bajariladi. Yak-40, An-24, Il-114-100 HK komandirlari uchun uchish mashqlari, faqatgina aerodrom sharoitlarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
i) Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarda reys sharoitlaridagi (LINE CHECK) parvoz tekshiruvida HKK (SRT) uchun — kamida toʻrtta parvoz, ikkinchi uchuvchilar uchun esa — kamida ikkita parvoz.
Keyingi tahrirga qarang.
MMSH mavjud boʻlmagan holda, HK bortida yoʻlovchilar boʻlmaganda, yuk va yoʻlovchi samolyotlarida — koʻrishni taqlid qilish tizimi pardachalaridan, OʻSHKTdan foydalangan holda, shuningdek shtatdagi shaffof boʻlmagan pardacha orqasida QQB + 30 metrga teng boʻlgan balandlikkacha, HK bortida yoʻlovchilar boʻlganda esa — RUUR ning markerlangan chegarasidagi, lekin 200 m dan past boʻlmagan uchib oʻtish balandligigacha, ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan maxsus “Uslubiyot” boʻyicha foydalanish bilan qoʻnishga kirishishlarni bajarish ruxsat etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Tayyorgarlik kasbiy, dastlabki tayyorgarlik jurnallarida, mashq qilish topshirigʻida rasmiylashtiriladi. Agar uchish mashqlari kalendar muddat boʻyicha parvoz tekshiruvi bilan toʻgʻri kelgan boʻlsa, bunda ijobiy natijalar boʻlganda, uchish mashqlari parvoz daftarchasiga qaydning kiritilishi bilan parvoz tekshiruvi sifatida qabul qilinishi va rasmiylashtirilishi mumkin.
250. Ushbu turdagi HKda instruktorlik parvozlarga ruxsat etilgan uchuvchilarning uchish mashqlari (tekshiruvi) xuddi shu hajmda olib boriladi, bu holda, oʻng tomondagi uchuvchi oʻrindigʻidan kamida bitta parvoz bajarilishi lozim. Parvoz taʼlimi boʻyicha bilimi va uslubiyotning qoʻllanilishi qoʻshimcha ravishda baholanadi.
251. Parvoz ishida (parvozlarda) bir yildan besh yilgacha boʻlgan uzilishlardan keyin uchishga ruxsat etish, quyidagilardan soʻng amalga oshiriladi:
a) OʻM (OʻMM)da malaka oshirish kurslarida oʻqishlar;
b) safga kiritishda UTTDning hajmida SMT (FFS)da mashqlar;
v) mavsumiy tayyorgarlik;
g) biriktirilgan instruktor bilan birga ishlab chiqarish parvozlarida uchish mashqlari UTTDga muvofiq, safga kiritish dasturining trassa parvozlari sonining kamida 50% hajmida, boshqa mutaxassislar (ikkinchi uchuvchi, shturman, bortmuhandis, bortradist) uchun esa — aerodrom va ishlab chiqarish sharoitlarida mashq qilishlarning kamida oltita parvoz (qoʻnish) hajmida;
d) UTTDga muvofiq ishlab chiqarish parvozlarida parvoz tekshiruvlari;
e) aviakompaniya (aviakorxona)ning MMK (MK) va “Davavianazorat” inspeksiyasining OMKda malaka toifasini tasdiqlash. Ushbu turdagi HKda parvoz ishining uzilishlarida, agar boshqa turdagi HKda parvoz ishi uzilishlari boʻlmagan boʻlsa — malaka toifasini tasdiqlash talab etilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) hujjatlarning rasmiylashtirilishi:
1) OʻM (OʻMM)da malaka oshirish kurslari tugatilganidan soʻng guvohnoma beriladi;
2) UTTDga muvofiq, uchish mashqlari, trenajyorda mashq qilishlar va tekshiruvlar, mashq qilish topshirigʻida rasmiylashtiriladi;
3) mavsumiy tayyorgarlik mashq qilish topshirigʻida va kasbiy taʼlim jurnalida rasmiylashtiriladi;
4) parvoz tekshiruvi natijalari mashq qilish topshirigʻida va parvoz daftarchasida rasmiylashtiriladi;
5) malaka toifasini tasdiqlash Malakani tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomada rasmiylashtiriladi;
6) parvozlarga ruxsatnoma UO komandirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
252. Agar mutaxassis parvoz ishidan aviakompaniya (aviakorxona) rahbarining buyrugʻi bilan chetlashtirilgan boʻlsa, uzilishning muddatidan qatʼi nazar, quyidagilar rasmiylashtiriladi:
a) uchuvchilar boʻlinmasi komandirining arizasi bilan aviakorxona (aviakompaniya) rahbarining nomiga mutaxassisning bildirishnomasi;
b) lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi taqdimnoma;
v) malakani tasdiqlash toʻgʻrisida taqdimnoma.
Materiallar aviakompaniya (aviakorxona)ning MK (MMK)ga taqdim etiladi.
Masala ijobiy hal qilinganda va aviakompaniya (aviakorxona) rahbarining mutaxassisni parvoz ishiga tiklash haqidagi buyrugʻi chiqqanida, ushbu Qoidalarning 248, 249, 251-bandlariga muvofiq uning parvozlarga ruxsat etilishi, parvoz ishi (parvozlar)da uzilish muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
253. Boshqa turdagi HKda parvozlarda besh yildan ortiq uzilish boʻlganda (agar parvoz ishi uzilmagan boʻlsa), bunday turdagi HKda parvozlarga ruxsatnomani tiklash OʻM (OʻMM)da MOKdan va FA OʻTTDga muvofiq, toʻliq hajmda uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni safga kiritishdan soʻng amalga oshiriladi.
Parvoz ishida besh yildan koʻp muddatga uzilish boʻlganda parvoz va xizmat koʻrsatish xodimlarining mutaxassislari (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradistlar, bortoperatorlar) parvozlarga ruxsatnomani tiklash huquqini yoʻqotadilar. Bunday uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilardan parvoz ishida foydalanish masalasi “Davavianazorat” inspeksiyasining OMK bilan kelishilgan holda yoshga doir oʻrnatilgan talablarga rioya etish bilan hal etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
254. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajarayotgan komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga parvoz ishida yoki yuqori toifadagi HKlarida parvozlarda uzilishlar boʻlganda, ushbu Qoidalarning 247, 248, 249, 252-bandlariga muvofiq bunday turdagi HKda parvozlarga ruxsat etish uzilish muddatiga bogʻliq boʻlgan holda amalga oshiriladi. Boshqa turdagi (toifasi boʻyicha teng yoki quyi boʻlgan) HKlarida parvozlarda uzilishlar boʻlganda:
a) 60 kundan 90 kungacha — parvozlarni davom ettirishdan oldin, ushbu turdagi HKning PEQ dagi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni oʻrganish boʻyicha mustaqil tayyorgarlikni oʻtishlari lozim;
b) 90 kundan bir yilgacha — parvozlarga ruxsat etish, ushbu Qoidalarning 248-bandiga muvofiq;
v) bir yildan besh yilgacha — ushbu Qoidalarning 249-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
255. Aviatsiya ishlari turlari boʻyicha parvozlarda 12 oydan koʻp muddatga uzilishlar boʻlganda, uchuvchilar tarkibining ushbu turdagi aviatsiya ishlari (parvozlar) turlariga ruxsatnomalar oʻz kuchini yoʻqotadi, ruxsatnomalarning tiklanishi UTTDga muvofiq aniq turdagi HKga qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.
256. Yuk HK bortoperatorlarining parvoz ishi (parvozlar) uzilishida parvozlarga ruxsat etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) 60 kundan 90 kungacha uzilish boʻlganda oʻzlashtirish sifati nazorati bilan, ushbu davrda kasbiy taʼlim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va maʼlumotlarni oʻrganish.
Tayyorgarlik tegishli jurnallarda aks ettiriladi:
2) 90 kundan bir yilgacha uzilish boʻlganda, quyidagilardan soʻng:
a) HK PEQ, Ish texnologiyasi boʻyicha yoʻriqnoma, oʻzlashtirish sifati nazorati bilan, ushbu davrda kasbiy taʼlim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi boʻyicha kelgan hujjatlar va maʼlumotlarni mustaqil oʻrganib chiqish;
b) mavsumiy tayyorgarlik;
v) dastlabki tayyorgarlik;
g) HKning yuk kabinasidagi mashqlar;
d) ikkita toʻliq “ortish-tushirish” sikldagi reys sharoitlarida amaliy ishning tekshiruvi.
Tayyorgarlik tegishli jurnallarda, mashq qilish topshirigʻi va bortoperatorning parvoz daftarchasida aks ettiriladi;
3) bir yildan besh yilgacha uzilish boʻlganda quyidagilardan soʻng:
a) OʻM (OʻMM)da MOKlarida oʻqish;
b) HKning yuk kabinasidagi mashqlar;
v) mavsumiy tayyorgarlik;
g) biriktirilgan instruktor bilan FA UTTDga muvofiq safga kiritish dasturining 50 foizigacha hajmidagi reys sharoitlaridagi mashqlar;
d) reys sharoitlaridagi amaliy ishning tekshiruvi.
Tayyorgarlik tegishli jurnallarda, mashq qilish topshirigʻida va bortoperatorning parvoz kitobchasida aks ettiriladi. Parvozlarga ruxsat etish UO komandirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
257. Komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi uchun parvoz ishida (aniq turdagi HKda parvozlarda) bir yildan ortiq uzilishlar boʻlganda, ushbu turdagi HKda instruktorlar ishiga berilgan ruxsatnoma oʻz kuchini yoʻqotadi. Uning tiklanishi uchun UTTDga muvofiq (tegishli mutaxassis uchun dasturning “Instruktorlar ishiga tayyorgarlik” boʻlimi) yerdagi va mashqiy tayyorgarlik hamda nazorat-tekshiruv parvozlari talab etiladi.
Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruxsatnomaga ega boʻlgan komandir-uchuvchilar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibiga, ushbu turdagi HKlaridan bittasida parvozda uzilishlar boʻlganda, parvozlarga yagona ruxsatnoma B-767/757 UTTDga muvofiq tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Dastlabki tayyorgarlik
258. Har bir parvoz oldidan ekipaj puxta tayyorgarlikdan oʻtkazilishi lozim. Egallab turgan lavozimi va ish tajribasidan qatʼi nazar, ekipaj tarkibiga kiruvchi barcha shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq tayyorgarlik va parvozga tayyorligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtishlari lozim.
259. Dastlabki tayyorgarlik — kelgusi parvoz (parvozlar) uchun materiallarni oʻrganish, hujjatlarni tayyorlash, amaliy harakatlarni qayta ishlash va ekipajning tayyorligi nazorati oʻtkaziladigan tayyorgarlikning asosiy turidir.
260. Dastlabki tayyorgarlik oʻtkazilishining tartibi va mazmuni ekspluatant tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorxona)ning PAQiga kiritiladi.
VIII. Ekipaj tarkibiga kiritilgan tekshiruvchi ishtirokidagi parvozlar
1 §. Asosiy talablar
261. Tekshiruvchilarning ekipaj tarkibidagi parvozlari, komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibining, tasdiqlangan parvozlar rejalariga muvofiq va yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar)ning topshiriqlari boʻyicha bajariladi. Tekshiruv (mashq qilish)ning maqsadi parvoz topshirigʻining “oʻquv-mashq topshirigʻi” ustunida yoziladi.
262. Tekshiruvchiga qoʻyilgan talablar, tekshiruvchini ekipaj tarkibiga kiritish, uning javobgarligi, huquq va majburiyatlari, shuningdek parvozlarni bajarish vaqtida ekipaj aʼzolari bilan oʻzaro harakatlari ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniya (aviakorxona)ning PAQiga kiritiladi.
263. Aerodrom sharoitlarida oʻquv va mashq qilish parvozlarini bajarishda tekshiruvchi (mashq qildiruvchi)ning ekipaj aʼzolari bilan oʻzaro xatti-harakatining tartibi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan FA oʻquv parvoz tayyorgarligi kursi, oʻquv parvoz tayyorgarligi dasturi, UTTD va boshqa dasturlar bilan qoʻshimcha ravishda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
264. Mashq qiluvchiga nisbatan quyi lavozimni egallovchi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga kiruvchi shaxs mashq qilish parvozlarini tashkil etish va oʻtkazishda tekshiruvchi boʻlishi mumkin. Mashq qildiruvchiga ham tekshiruvchiga boʻlgan talablar qoʻyiladi.
265. “Davavianazorat” inspeksiyasining ruxsatnomasi boʻyicha tekshiriluvchiga nisbatan quyi lavozimni egallovchi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining aʼzosi tekshiruvchi etib tayinlanishi mumkin. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirishda parvoz daftarchasida ushbu ruxsatnoma koʻrsatib oʻtiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
266. Tekshiruvchiga ishlab chiqarish parvozlarini bajarishda avariya holatni yoki tizimlar, uskuna va jihozlarning toʻxtashini taqlid qilib bajarish taqiqlanadi.
267. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibidagi aʼzo ekipaj tarkibiga tekshiruvchi sifatida kiritilishi uchun quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
a) FA mutaxassisining amaldagi parvoz guvohnomasi;
b) ushbu turdagi HKda instruktorlik ishlariga ruxsatnoma;
v) ushbu turdagi HKda ushbu ishni bajarishga ruxsatnoma;
g) tekshiriluvchi toifasidan past boʻlmagan mutaxassis toifasiga;
d) shaxsiy minimum tekshirilayotgan HKK minimumidan past (minimumni pasaytirishga tekshiruvda), tekshirilayotgan HKK minimumidan past yoki baravar (tekshiruvlarning har qanday boshqa turlarida);
e) aviakompaniya (aviakorxona)ning parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi talablariga muvofiq parvoz oldi dam olishi.
268. Ishlab chiqarish va uslubiy parvozlarni bajaruvchi parvoz ekipaji tarkibiga uchuvchilar tarkibi shaxslaridan bitta tekshiruvchi va bitta instruktor bilan bitta stajyorni kiritish ruxsat etiladi. Ishlab chiqarish zaruriyati boʻlganda Davavianazorat rahbarining ruxsati bilan ekspluatantning komandir-uchuvchilar tarkibi aʼzolaridan turli mutaxassislik boʻyicha ikkita tekshiruvchi HK ekipaji tarkibiga kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
269. Ekspluatantlarning komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi aʼzolariga parvoz topshirigʻini bajarishda yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar) ruxsatisiz bir ekipajdan boshqasiga oʻtish taqiqlanadi.
270. Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy havo yoʻnalishlarida parvozlar bajarilishida, ushbu Qoidalarning 267, 268-bandlari talablariga rioya qilingan holda, ekipaj tarkibiga tekshiruvchini mustaqil ravishda kiritish huquqi quyidagilarga taqdim etiladi:
a) Davavianazoratning komandir-uchuvchilar tarkibiga — Oʻzbekiston Respublikasi FA HKlarining barcha ekipajlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
b) eksplutantlarning komandir-uchuvchilar tarkibiga — bevosita boʻysunuvdagi ekipajlarga.
2 §. “Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik va inspektorlik tarkibining parvozlari
Keyingi tahrirga qarang.
271. “Davavianazorat” inspeksiyasi uchuvchi-inspektorlik tarkibining uchish faoliyati ushbu Qoidalar va “Davavianazorat” inspeksiyasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
272. “Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik tarkibi tomonidan, ekspluatantning HK ekipaji tarkibida parvozlarning bajarilishi quyidagilarni nazarda tutadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) ekspluatatsiya inspeksiyasi, sertifikatlashtirish va doimiy nazorat ishlarining bajarilishi;
b) ekspluatantlarning komandir-uchuvchilar, uchish va xizmat koʻrsatish xodimlarining malaka tekshiruvlari;
v) maxsus parvozlar va ishlar turlarini bajarish — aylanib uchishlar, HKlarini bir joydan ikkinchi joyga oʻtkazish (peregonka), ekipajlarni dastlabki tanishtiruv parvozlari va boshqalar;
g) parvozning turli sharoitlarida, HKni boshqarish va uning tizimlarini ekspluatatsiya qilishdagi tajribalarni, lozim boʻlgan darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladigan mustaqil parvozlar.
273. “Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik tarkibi, ekspluatantning HK ekipajlari tarkibidagi parvozlari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvallar asosida bajariladi. “Davavianazorat” inspeksiyasi uchuvchi-inspektorlik tarkibi “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbariyatining topshiriqlari boʻyicha, avval tasdiqlangan reja-jadvalga qoʻshimcha ravishda ekspluatant HK ekipajlarining parvoz topshirigʻiga kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
274. “Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ekspluatantning HK ekipaji tarkibiga ekspluatantning komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaxslar sonidan tekshiruvchilarning mavjudligidan qatʼi nazar, kiritiladi.
“Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik tarkibi haqidagi yozuvlar parvoz topshirigʻining “uchuvchilar tarkibi” ustunida lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan holda yoziladi. Tekshiruvning maqsadi parvoz topshirigʻida koʻrsatib oʻtiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
275. “Davavianazorat” inspeksiyasi uchuvchi-inspektorlik tarkibining tekshiruvchi sifatidagi parvozlari:
Keyingi tahrirga qarang.
a) “Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik tarkibi shaxslaridan ekipaj tarkibiga kiritilgan tekshiruvchi ekipaj ishini kuzatish uchun oʻz xohishi boʻyicha joyni tanlaydi (mustaqil mashq qilish parvozlarini bajarishdan tashqari, ekipaj aʼzolari ish joyini egallamagan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
b) tekshiruvchi ekipaj tomonidan parvozning bajarilishini, parvoz oldi tayyorgarligining sifati, samolyotni yerda boshqarish uchun belgilangan sxemalarga rioya qilinishi, uchish aedromidan chiqishning bajarilishi, yoʻnalish boʻyicha parvoz, qoʻnish oldi tayyorgarligining sifati, pasayish va qoʻnishga kirishish sxemalariga rioya qilinishi, uchuvchilik texnikasi, amaliy ish, oʻzaro harakatlar va ishlash texnologiyalarining sifatini nazorat qiladi;
v) tekshiruvchi HKni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalarni berishi mumkin, bu holda u berilgan koʻrsatmalar (buyruqlar)ning va parvoz xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qabul qilingan qarorlarining asoslanganligi uchun javobgar boʻladi;
g) “Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik tarkibidagi shaxslardan ekipaj tarkibiga kiritilgan tekshiruvchi mutaxassisligi boʻyicha (uchuvchidan tashqari) HK komandiriga boʻysunadi va oʻzining mutaxassisligi boʻyicha ekipaj tomonidan ishning bajarilishi va parvoz xavfsizligining taʼminlanishi uchun javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
276. “Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ekspluatant ekipajining tarkibiga kiritilishida ushbu Qoidalarning 267-bandi talablariga rioya qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
277. “Davavianazorat” inspeksiyasining barcha mutaxassislikdagi uchuvchi-inspektorlik tarkibiga kiruvchi shaxslarining parvoz malakasini imkon darajasida ushlab turish uchun ushbu Qoidalarning 136-bandi talablariga rioya qilishlari lozim. Ekspluatant ekipajining tarkibiga tekshiruvchi sifatida kiritilgan “Davavianazorat” inspeksiyasining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ishlab chiqarish parvozlarini bajarishda mustaqil mashq qilish maqsadida ekipaj kabinasida (uchuvchilar uchun), HK komandiri yoki ikkinchi uchuvchi joyini egallashi mumkin. Bunda, uchuvchining boshqa oʻrindigʻida ekspluatantning komandir uchuvchi (instruktor)lar tarkibidagi shaxs boʻlishi lozim. Bu holda ekspluatantning komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga, HKni oʻzi boshqarayotganligidan yoki mashq qiluvchi uchuvchiga topshirganligidan qatʼi nazar, parvozning xavf-xatarsiz oʻtishiga shaxsan javobgar boʻlgan tekshiruvchiga nisbatan qoʻllaniladigan talablar qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uchuvchi-inspektorlik tarkibi mustaqil mashq qilishning bajarilishi (uchuvchining qaysi oʻrindigʻidan bajarilganligi koʻrsatiladi) va parvozlar soati toʻgʻrisidagi yozuvni reys haqida hisobotning yuqori chap burchagida amalga oshiradi va shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi.
278. Davlat tomonidan oʻrnatilgan HKning parvozlari xavfsizligini taʼminlovchi qoidalar va normalarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida, ekspluatant tomonidan bajariladigan parvoz yoʻnalishlari boʻyicha “Davavianazorat” inspeksiyasining parvoz ekspluatatsiyasi inspeksiyasi oʻtkaziladi. Parvoz topshirigʻida uchuvchilar kabinasi va yoʻlovchilar saloni (yuk kabinasi)da ekipaj aʼzolarining ishini kuzatish uchun, HK ekipaji tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi “Davavianazorat” inspeksiyasidan kuzatuvchi kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
279. Ekspluatant HK ekipajining parvoz topshirigʻiga “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan kiritiladigan inspektor kuzatuvchi sifatida quyidagilarga rioya qilishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
a) “Davavianazorat” inspeksiyasi inspektorining amaldagi guvohnomasining mavjudligini;
Keyingi tahrirga qarang.
b) tasdiqlangan oylik reja-jadvali yoki inspeksiyani oʻtkazish uchun “Davavianazorat” inspeksiyasining yozma topshirigʻiga ega boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasi FA havo kemalarida ekipaj aʼzolari uchun belgilangan talablarga muvofiq parvoz oldidan yetarlicha dam olgan boʻlishi kerak.
280. Ekipaj aʼzolarining ishini kuzatuvchi parvoz vaqtida HKKga boʻysunishi, ekipajning ishlash texnologiyasini kuzatish uchun oʻz xohishi boʻyicha (ekipaj aʼzolarining ish joyini egallamasdan) joy tanlashi, parvoz ekipaji aʼzolarining majburiyatlarini bajarishga va parvozda hushyorlikka rioya qilishga oʻzining ishtiroki bilan xalaqit bermasligi lozim. Bunda kuzatuvchining javobgarligi HKK va ekipaj aʼzolarining parvoz xavfsizligini taʼminlash va aviatsiya qoidalariga rioya qilish boʻyicha javobgarligi bilan barobar boʻlmaydi hamda kuzatuvchining parvozdagi ishtiroki ularning javobgarligini kamaytirmaydi. Kuzatuvchi parvoz oldi tayyorgarligida ekipaj aʼzolarini mazkur yoʻnalishda inspeksiyaning bajarilish tartibi toʻgʻrisida axborot beradi.
281. Tekshiruvni oʻtkazish paytida “Davavianazorat” inspeksiyasi inspektori (“Davavianazorat” inspeksiyasi inspektorining vakolatlari yuklatilgan ekspluatantning eksperti) Oʻzbekiston Respublikasi FA normativ-huquqiy hujjatlariga va ushbu Qoidalarga tayanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
282. Kuzatuvchi oʻtkazilgan inspeksiya natijalari boʻyicha inspeksiya bayonnomasini rasmiylashtiradi va oʻz navbatida komandir uni imzolaydi, agar nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan boʻlsa, bitta nusxasini parvoz topshirigʻiga ilova qilib qoʻyadi, ikkinchi nusxasini esa SLPTBNBga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Parvozlar muhokamasi
1 §. Asosiy talablar
283. Parvozlar muhokamasi uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi, HK ekipaji va uchuvchilar boʻlinmasi ishining samaradorligi va sifatini oshirishning asosiy omillardan biri boʻlib hisoblanadi.
284. Parvozlar muhokamasi quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
a) parvozlar xavfsizligining holati, muntazamligi va iqtisodiy samaradorligini baholash;
b) HKning har bir ekipaji va umuman uchuvchilar boʻlinmasi ishini baholash;
v) uchuvchilar boʻlinmalari ekipajlari bilan parvozlarni taʼminlovchi boʻlinmalarining oʻzaro harakatlarini baholash;
g) HK ekipaji aʼzolari, komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish;
d) ekipajlar va uchuvchilar boʻlinmalarining uchish ishini, ilgʻor tajribasini umumlashtirish va ommalashtirish;
e) aviatsiya hodisalari, noxush hodisalarning profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
j) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining tashkiliy, tarbiyaviy va uslubiy ishini takomillashtirish.
285. Parvozlar muhokamasida faqatgina uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan masalalar hal etilishi lozim.
286. Parvozlar muhokamasi uning maqsadi va ishtirokchilarning tarkibidan kelib chiqqan holda quyidagilarga boʻlinadi:
a) ekipajda parvozdan keyingi muhokama;
b) boʻlinmada, aviazvenoda, AE da, UO (xizmati) da parvozlar muhokamasi. Uchuvchilar otryadida komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi bilan muhokama hamda ekipajlar bilan umumiy muhokama oʻtkaziladi, muhokamaga parvozlarni taʼminlovchi boshqa xizmatlar, shuningdek trenajyorlarning instruktorlik tarkibi vakillari taklif etiladi;
v) zaruriyat tugʻilganda, boʻlinmaning turli toifadagi xodimlari bilan rejadan tashqari muhokamalar oʻtkaziladi. Rejadan tashqari tahlil, odatda, aviatsiya hodisasi noxush hodisa holatlari va sabablarini tezkor oʻrganish, hamda uning qaytarilishining oldini oladigan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida oʻtkaziladi.
g) uslubiy (yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi) muhokama boʻlinmaning komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining uslubiy tayyorgarligini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
2 §. Parvozlar muhokamasini tashkil etish
287. Parvozlar muhokamasi quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
a) ekipajda parvozdan keyingi muhokama — parvoz topshirigʻi bajarilganidan soʻng, aviatsiya ishlarini bajarayotgan ekipajlar uchun esa — parvoz kuni tugaganidan soʻng;
b) aviazvenoda, AE da — bir oyda kamida bir marta;
v) uchuvchilar otryadida: komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi bilan — bir oyda kamida bir marta, umumiy muhokama — bir oyda bir marta.
288. Rejadan tashqari va uslubiy (yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi) muhokamalar boʻlinma (xizmat) komandirining qarori yoki yuqori turuvchi boshliqning koʻrsatmasi boʻyicha oʻtkaziladi.
289. Boʻlinmada parvozlarning muhokamasi, odatda, uchish-uslubiyat sinfida oʻtkaziladi, uning uskunalari, koʻrgazmali qurollari muhokamaning sifatli va samarali oʻtkazilishiga yordam berishi lozim.
290. Aviatsiya ishlarini bajarish jarayonida, ekipajlarni qayerda joylashganlik shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda, aviazvenoda muhokamani oʻtkazish joyini aviazveno komandiri belgilaydi.
291. Parvozlar muhokamasi tayyorgarligi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan FA ekipajlari va uchuvchilar boʻlinmalarida parvozlar muhokamasini oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarga muvofiq boʻlinmaning komandiri tashkil etadi va ushbu muhokamalarni oʻtkazadi.
292. Uslubiy (yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi) muhokama yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan oʻtkaziladi.
293. Parvozlar muhokamasining mazmuni muhokamada ishtirok etmagan barcha komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibiga yetkazilishi lozim.
Ushbu maqsadlar uchun muhokamaning mazmuni, maxsus jurnal (blanka)ga, shuningdek audio-video texnikaga (u mavjud boʻlgan boʻlinmalarda) yozib qoʻyiladi. Muhokamaning barcha materiallari uchish-uslubiyat sinfida jamlangan boʻlishi lozim.
X. Ekipajda uchish ishlarini tashkil etish
1 §. Asosiy talablar
294. Parvoz topshirigʻini amalga oshirishda ekipajning bajaradigan ishi Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), mazkur Qoidalar va ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan parvozlarning xavfsizligini, muntazamligini taʼminlash va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyati boʻyicha boshqa hujjatlar talablariga muvofiq HK komandiri tomonidan tashkil etiladi.
Ekipajda uchish ishini tashkil etish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) parvoz oldi tayyorgarligi;
b) parvozni bajarish jarayonida ishni tashkil etish;
v) parvozdan keyingi ishlar;
g) parvozdan keyingi muhokamalar.
2 §. Parvoz oldi tayyorgarligini tashkil etish
295. Har bir parvoz oldidan parvoz oldi tayyorgarligi oʻtkazilishi shart. Parvoz oldi tayyorgarligi aviakompaniya (aviakorxona)da tasdiqlangan parvoz oldi tayyorgarligining texnologik jadvallari, HK ekipaji aʼzolarining oʻzaro harakatlari va ishlash texnologiyasi boʻyicha yoʻriqnomalar, HK turini parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi hamda ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar talablariga muvofiq HK komandiri tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
3 §. Parvozda ekipaj ishini tashkil etish
296. HK komandiri ekipajning barcha faoliyatini boshqaradi, HKda intizom va tartibni, parvoz qoidalari va HK ekspluatatsiyasiga rioya etilishini taʼminlaydi.
297. HK komandiri parvozda barcha ekipaj aʼzolarining bajaradigan ishini Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), PEQ, ekipajning oʻzaro harakati va ishlash texnologiyasi boʻyicha yoʻriqnomalari, shuningdek parvozlar xavfsizligi, muntazamligi va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatini taʼminlash boʻyicha boshqa hujjatlar talablariga muvofiq ravishda tashkil etadi. Vizual va radioalmashinuv frazeologiyasining belgilangan qoidalarining bajarilishini taʼminlaydi.
4 §. Ekipajning parvozdan keyingi ishlari
298. Ekipajning parvozdan keyingi ish tartibi HK turini parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi, HK ekipaji aʼzolarining oʻzaro harakatlari va ishlash texnologiyasi boʻyicha yoʻriqnoma, shuningdek parvozlar xavfsizligi, muntazamligini taʼminlash boʻyicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ekspluatant tomonidan belgilanadi.
5 §. Ekipajda parvozdan keyingi muhokama
299. Bajarilgan parvozning tahlili (parvozga tayyorgarlik, uchuvchilik texnikasi, havo navigatsiyasi, HKning ekspluatatsiyasi, ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro harakatlar) va keyingi parvozlardagi chetga chiqishlar va kamchiliklarning oldini oluvchi chora-tadbirlarni aniqlash, parvozdan keyingi muhokamaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
300. Ekipajda parvozlar muhokamasini HK komandiri oʻtkazadi. Ekipaj tarkibida tekshiruvchi boʻlganda, u muhokama oʻtkazilish sifatini baholaydi.
301. Ekipajda parvozdan keyingi muhokama, odatda, parvoz topshirigʻi bajarilganidan soʻng (aviatsiya ishlarida parvoz kuni tugaganidan soʻng) HK kabinasida oʻtkaziladi. HK komandirining qaroriga binoan parvozdan keyingi muhokama keyingi kunga koʻchirilishi va uslubiyat sinfida oʻtkazilishi mumkin.
302. Parvozdan keyingi muhokama ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanmalar bilan belgilangan tartib va hajmlarda oʻtkaziladi.
XI. Uchish ishini tashkil etishning nazorati va tahlili
1 §. Asosiy talablar
303. Ekipajlar, boʻlinmalar, aviakompaniya (aviakorxona)lar, oʻquv yurtlarida tashkil etilishi va taʼminlanishidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash uchish ishi holatini nazorat qilishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uchish ishi holatini nazorat qilish muntazam, obyektiv, maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim va quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
a) uchuvchilar boʻlinmalari, OʻMMning UUB, PX boʻyicha inspeksiya va aviakompaniya (aviakorxona) direksiyasining komandir-uchuvchilar tarkibi;
b) “Davavianazorat” inspeksiyasining komandir-uchuvchilar tarkibi.
Keyingi tahrirga qarang.
304. Uchish ishida chetga chiqishlarga yoʻl qoʻygan yoki yoʻl qoʻyishi mumkin boʻlgan va parvozlar xavfsizligi darajasining pasayishi sabablarini aniqlash uchish ishini tashkil etish tahlilining maqsadi boʻlib hisoblanadi. Uning tahlili maʼlumotlari uchish ishi nazoratining barcha turlari va uchuvchilar boʻlinmalari, aviakompaniya (aviakorxona)lar va “Davavianazorat” inspeksiyasining komandir-uchuvchilar tarkibidagi aʼzolari tomonidan amalga oshiriladigan parvoz axboroti materiallarining tahlilini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
305. Quyidagilar nazorat va tahlil qilinishi lozim:
a) uchish ishini rejalashtirish;
b) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi;
v) HK ekipajlarini tuzish;
g) uchuvchilar tarkibini parvozlarga ruxsat etilishi;
d) ekipajlarning dastlabki va parvoz oldi tayyorgarligi;
e) uchuvchilar tarkibi tekshiruvlari;
j) ekipaj tarkibida tekshiruvchilar bilan parvozlar;
z) parvozlar muhokamasi;
i) uchish-uslubiyat ishi;
k) uchish-shtab hujjatlari.
2 §. Parvoz maʼlumotlarini yigʻish vositalarining maʼlumotlari boʻyicha parvozlarni bajarish sifatining nazorati va tahlili
306. Parvoz maʼlumotlarini yigʻish vositalaridan foydalanish bilan birga bajarilgan parvozlarning tahlili uchuvchilik texnikasi va parvozning turli bosqichlarida ekipajning ishlash texnologiyasidagi xatoliklar va chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida, shuningdek ushbu xatoliklar va chetga chiqishlarning vujudga kelishiga yoʻl qoʻygan sabablarni aniqlash uchun oʻtkaziladi.
U uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va aviatsiya hodisalarining oldini olishga yoʻnaltirilgan.
307. HKning har bir komandiri tomonidan bajarilgan parvozlar tahlili materiallari, HK komandiri guvohnomasining navbatdagi amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi, uning muddati uzaytirilgandan soʻng tahlil materiallari (uchish texnikasi va parvozlar qoidalarining qoʻpol buzilishlari mavjud boʻlmaganda) yoʻq qilinadi.
308. Parvoz axboroti materiallarining nazorati va tahlili muntazam ravishda amalga oshiriladi, bunda, u quyidagicha oʻtkazilishi shart:
a) bir oyda kamida bir marta (HKning har bir komandiri uchun);
b) literli reyslarning bajarilishida;
v) HK komandiri tomonidan malaka tasdiqlanishida va komandir-uchuvchilar, hamda instruktorlik tarkibi tomonidan mashq qilish parvozlarining bajarilishida;
g) HKning maxsus uchishlari bajarilishida;
d) uchuvchilar boʻlinmalarining komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi, shuningdek yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar)ning koʻrsatmalari boʻyicha;
e) Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), HK PEQ va havo harakatini boshqarishning buzilishlari aniqlanganda;
j) HK komandirining talabi boʻyicha (HKning bortjurnalida yozuv bilan).
309. Tahlil uchun boshlangʻich maʼlumot boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
a) parvoz maʼlumotlarini yigʻish vositalari yordamida olinganlar;
b) parvoz hujjatlaridan (parvoz topshirigʻi, shturmanlik bort jurnali va boshqalar);
v) parvoz bosqichlari boʻyicha meteosharoitlar haqida;
g) uchish va qoʻnish aeroportlarida uchish-qoʻnish yoʻlagining holati haqida;
d) ushbu turdagi HKda uchishning oʻziga xos xususiyatlari haqida.
310. Tahlil quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
a) uchuvchilik texnikasi va samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarishning sifati (parvozning tavsiya etiladigan parametrlariga rioya qilish);
b) ekipaj aʼzolarining ishlash texnologiyasiga rioya qilish;
v) HK tizimlarini ekspluatatsiya qilish sifati;
g) radioalmashinuvning belgilangan frazeologik qoidalariga rioya qilish.
311. Tahlil natijasida yoʻl qoʻyilgan xatoliklar va chetga chiqishlarning sabablari aniqlanadi, bajarilgan parvoz boʻyicha yakuniy xulosalar qilinadi hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
312. Tahlil Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), PEQ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlar, shuningdek xavfsizlikka tahdid soluvchi parvoz rejimiga rioya qilishdagi qoʻpol xatoliklarni aniqlashga imkon beradigan hollarda, barcha axborot manbalaridan foydalanib, ushbu ekipaj ishining majmuaviy tekshiruvini oʻtkazish lozim.
313. Ekipajning uchish ishi tahlilini bajaruvchi komandir profilaktik tadbirlar sifatida quyidagilardan foydalanadi:
a) agar xatolik yoki chetga chiqish tasodifiy xarakterga ega boʻlgan boʻlsa va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlmasa, ekipaj aʼzolari bilan individual ravishdagi suhbatlar oʻtkazish;
b) HK komandirlari kengashida HK komandiri (ekipaj aʼzolari)ni eshitish;
v) ekipaj bilan parvozlar bajarilishida chetga chiqishlarga yoʻl qoʻyilgan elementlarni qayta ishlash uchun qoʻshimcha mashqlarni oʻtkazish;
g) tegishli hujjatlardagi talablarni bajarmaganlik oqibatida yuzaga kelgan xatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan individual topshiriqlarni oʻrganish.
314. Parvoz maʼlumotlarini yigʻish vositalaridan olingan maʼlumotlardan foydalanish, xatoliklar va chetga chiqishlar, shuningdek ularning sabablari batafsil, malakaviy, obyektiv tahlil qilinganda, uchish ishining tashkil etilishida barcha kamchiliklar ochilgan boʻlsa, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini taʼminlaydigan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilganda samarali hisoblanadi.
315. Parvoz maʼlumotlarini yigʻish vositalari maʼlumotlaridan foydalangan holda, ekipaj uchish ishi tahlilining natijalari uchish ishi tahlilida uchuvchilar tarkibi boʻlinmasiga yetkazilishi lozim. Bunda, chetga chiqishlar (xatoliklar, kamchiliklar)ning illustratsiya materiallarining koʻrsatilishi va xatoliklar hamda chetga chiqishlarning nazariy asoslanganligi bilan qisqacha taʼrifi beriladi, chetga chiqishlarning keyingi rivojlanishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hodisalar koʻrsatiladi, vujudga kelgan sharoitlarda ekipajning har bir aʼzosi ishiga va ekipajning kasbiy tayyorgarlik sifatiga baho beriladi, shuningdek qabul qilingan profilaktik chora-tadbirlar haqida axborot beriladi.
3 §. Uchish ishini nazorat qilish
316. Uchish ishini nazorat qilishda majmuaviy tarzda quyidagilardan foydalaniladi:
a) uchish ishi rejasi;
b) uchish-shtab hujjatlari;
v) uchish va meteorologik hujjatlar;
g) uchuvchilar tarkibining tekshiruv materiallari;
d) aviakorxona (aviakompaniya) komandir-uchuvchilar tarkibi parvozlarining natijalari;
e) “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan yoʻnalishlar bajarilganda tekshiruv natijalari;
Keyingi tahrirga qarang.
j) parvozlarni taʼminlovchi harakat xizmatlari, MAX va boshqa xizmatlar maʼlumoti;
z) HKning inspektorlik va tanlangan koʻriklari hamda aviatsiya texnikasi ekspluatatsiyasi tahlilining natijalari;
i) parvoz maʼlumotlari, parvoz parametrlari va nutqiy almashinuvni roʻyxatga olishning bortdagi va yerdagi vositalari tahlili materiallari.
317. Uchish ishlari holatini nazorat qilish uchish ishlarining tashkil etilishini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni tahlil qilish maqsadida oʻtkaziladi hamda quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
a) “Davavianazorat” inspeksiyasining inspektorlar tarkibi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning komandir-boshqaruvchi, komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga kiruvchi aʼzolar;
v) uchuvchilar boʻlinmalari va xizmatlarining mavsumiy davrlarda ishga tayyorligining tekshiruvi boʻyicha komissiyalar.
318. Uchish ishini nazorat qilish natijalari boʻyicha quyidagilarni bajarish zarur:
a) tekshirilayotgan uchuvchilar boʻlinmasi, aviakorxonasi (aviakompaniyasi), oʻquv yurtida uchish ishini tashkil etish natijalariga baho berish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) uchuvchilar boʻlinmasi, aviakorxonasi (aviakompaniyasi), oʻquv yurti ustidan rahbarlik qilish darajasini baholash;
Keyingi tahrirga qarang.
v) ishda aniqlangan kamchiliklar va ijobiy taraflarni tahlil qilish;
g) tekshiruv dalolatnomasi (maʼlumotnomasi)ni tuzish, zaruriyat boʻlganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari boʻyicha yozma koʻrsatmalar (taqdimnomalar) berish.
4 §. Uchish ishini tashkil etish tahlilini oʻtkazish
319. Parvozlar xavfsizligi holatining tahlili uchish ishini tashkil etish tahlilining asosiy qismi hisoblanadi va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar asosida UOda, UMda, OʻMMda, aviakompaniya (aviakorxona)larda hamda “Davavianazorat” inspeksiyasida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
320. Tahlilda quyidagilar ifoda etiladi:
a) parvozlar soati boʻyicha maʼlumotlar;
b) mutaxassislar bilan taʼminlanganlik;
v) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish (qayta oʻrgatish, safga kiritish, toifalilik, minimumlar, ishlar turlari va trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik va h. k.);
g) parvozlar tahlilining sifati;
d) rahbariy hujjatlarni oʻrganish;
e) uchuvchilik texnikasining holati, ekipaj tomonidan HKning uchish-texnik ekspluatatsiyasi va uning uskunalarini ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilish;
j) parvoz maʼlumotlaridan foydalanish;
z) maxsus aviatsiya ishlarini bajarishda parvozlarni tashkil etish;
i) ekipajning mehnati va dam olish normalariga rioya qilish;
k) uchish-shtab hujjatlari;
l) xalqaro parvozlarni tashkil etish va bajarish;
m) tahlil etilayotgan davrda uchuvchilar tarkibining faoliyati bilan bogʻliq aviatsiya hodisalari, noxush hodisalarning mavjudligi va tahlili;
n) uchish-uslubiyat ishining holati;
o) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan bajarilgan ish natijalariga baho berish;
p) parvozlar xavfsizligini oshirish boʻyicha rejalashtirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar.
321. Oʻtkazilgan tahlillarning nusxalari UO dan aviakompaniya (aviakorxona)larning uchish xizmati (uchuvchilar majmuasi)ga, aviakompaniyadan “Davavianazorat” inspeksiyasiga nazorat uchun va Oʻzbekiston Respublikasi FAda parvozlar xavfsizligi boʻyicha yigʻma tahlilni tayyorlash uchun yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
322. Tahlil butun komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibida unga taalluqli boʻlgan qismda oʻrganilishi shart.
323. Tahlilni tuzish uchun javobgarlik uchish ishi (parvoz tayyorgarligi)ni tashkil etish boʻyicha komandirlar (boshliqlar) oʻrinbosarlariga yuklatiladi.
XII. Uchish-uslubiyat ishlari
1 §. Asosiy talablar
324. Uchish-uslubiyat ishi uchish ishini tashkil etilishining va parvozlarning bajarilishini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqishga, shuningdek parvozlarning xavfsizlik, muntazamlilik va iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirish maqsadida komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorlangan samarali tizimining yaratilishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ifoda etadi.
325. Uchish-uslubiyat ishlarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
a) parvozlarni bajarishning ratsional uslublarini, muhandislik psixologiyasi va ergonomika talablari asosida HK ekipaji aʼzolarini parvoz taʼlimining samarali uslublari, vositalari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
b) fan, texnika yutuqlari va aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning amaliy ish tajribasi asosida uchish ishini tashkil etishning yanada takomillashgan shakllari va uslublarini yaratish;
v) ekipaj aʼzolarini oʻrgatish va tarbiyalash boʻyicha komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining nazariy bilimlari, amaliy tajribalari va uslubiy mahoratlarini takomillashtirish;
g) uchuvchilar tarkibini oʻrgatish uslubiyatlarini tushunish va foydalanishda umumiylikni belgilash;
d) aviatsiya texnikasining rivojlanishida erishilgan yutuqlar va uning ekspluatatsiyasini amaliy tajribasini hisobga olgan holda, yangi turdagi HK ekspluatatsiyasini oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish tizimini takomillashtirish;
e) aviakorxonalar, aviakompaniyalar, uchuvchilar boʻlinmalari va oʻquv yurtlarining oʻquv-uslubiy bazasini yaratish, taʼmirlash va undan samarali foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
j) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasini baholash vositalari va uslublarini samarali qoʻllash;
z) HK ekspluatatsiyasi tajribasi, uchuvchilar tarkibini oʻrgatish, yangi turdagi parvozlarga, shuningdek yilning mavsumiy davrlaridagi parvozlarga tayyorlash masalalari boʻyicha uchish-uslubiyat va uchish-texnik anjumanlarni oʻtkazish;
i) parvoz eksperimentlarini rejalashtirish va ularga tayyorgarlik koʻrish.
326. Uchish-uslubiyat ishi quyidagilar bilan taʼminlanadi:
a) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining uchuvchilar tarkibi bilan maqsadga yoʻnaltirilgan tashkiliy, uslubiy ishi;
b) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining unga biriktirilgan uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi va intizomining holati uchun shaxsiy javobgarligi;
v) komandir-uchuvchilar, instruktorlik va oʻqituvchilar tarkibining mustaqil mashgʻulotlari va malakani oshirish kurslaridan oʻtish yoʻli bilan tajribasini muntazam ravishda oshirish va uslubiy tayyorgarligini takomillashtirish;
g) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish, ushbu Qoidalar va uchish-uslubiyat ishini tashkil etish, taʼminlash va oʻtkazishni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar talablarini bajarish;
d) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining ish tajribasini ommaviylashtirish.
327. Uchish-uslubiyat ishi, uning barcha bosqichlarida ushbu Qoidalar va FA uchish-uslubiyat ishini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq rejalashtiriladi va tashkil etiladi.
328. Uchish-uslubiyat ishini tashkil etish quyidagilarga yuklatiladi:
a) aviakompaniya (aviakorxona)da (UM da) — UITE boʻyicha rahbari oʻrinbosariga;
b) UO da (alohida AE da) — UITE boʻyicha komandir oʻrinbosariga;
v) oʻquv yurtining uchuvchilar boʻlinmasida — uchish ishini tashkil etish boʻyicha boshliq oʻrinbosariga.
Keyingi tahrirga qarang.
2 §. Uchish-uslubiyat ishlarini rejalashtirish
329. Aviakorxonalar (aviakompaniyalar)da uchish-uslubiyat ishi ustuvor va amaldagi rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
330. Rejalar aviakorxona (aviakompaniya)ni rivojlantirish umumiy rejalarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
331. Uchish-uslubiyat ishi rejalarining loyihalari quyidagilar asosida tuziladi:
a) aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning buyruqlari va koʻrsatmalari;
b) uchish ishini va Oʻzbekiston Respublikasi FAda parvozlar xavfsizligini tashkil etishning tahlili;
v) yangi turdagi HKni, uchuvchilik navigatsiya majmualarining ekspluatatsiyaga kiritilish zaruriyati;
g) fan va texnikaning oxirgi yutuqlari;
d) yetakchi ekipajlar, boʻlinmalar, aviakorxonalar (aviakompaniyalar) va FA oʻquv yurtlarining ish tajribasi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) IKAO standartlari va tavsiya etilayotgan tajribalar;
3 §. Uchish ishini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish
332. Uchish ishini tartibga soluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan barcha darajalarda oʻtkaziladigan uchish-uslubiyat ishining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
333. Oʻzbekiston Respublikasi FAda uchish faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni yaratish oʻz ichiga quyidagi bosqichlarni olishi lozim:
a) mavzuga oid topshiriqlarning ishlab chiqilishi;
b) hujjatning loyihasi (dastlabki material)ni ishlab chiqish va uni aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ga muhokama uchun tarqatish;
v) muhokama natijalarini (ommalashtirilgan materiallar) hisobga olgan holda, hujjat loyihasini ishlab chiqish;
g) hujjatni oʻzaro muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
d) hujjatni nashr etish va uni joriy qilish.
334. Hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan rahbar har bir mavzu boʻyicha masʼul ijrochilarni tayinlaydi, mavzuga oid topshiriqlarni ishlab chiqishni va ishlarning bosqichma-bosqich bajarilish muddatlarini belgilaydi.
335. Hujjatlarning loyihalari (umumlashtirilgan material) “Davavianazorat” inspeksiyasining UUKda koʻrib chiqiladi. Hujjat loyihasining oʻzaro kelishilishi va tasdiqlashga taqdim etilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
336. Hujjatlarda uni joriy qilinishidan maqsad, amal qilish muddati, shuningdek zaruriy tashkiliy chora-tadbirlari koʻrsatiladi va “Davavianazorat” inspeksiyasining buyrugʻi bilan masʼul etib tayinlangan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
337. Hujjatni joriy etish jarayonida uning xarakteri, hajmi va muhimligiga bogʻliq holda, oʻquv yurtida, aviakorxonada (aviakompaniyada), uchuvchilar boʻlinmasida quyidagilar oʻtkaziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) hujjatni komandirlar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibi bilan oʻrganish;
b) hujjatning joriy etilishini tashkil etish va uning ijro etilishi ustidan nazorat uchun masʼul shaxslar tayinlash toʻgʻrisidagi farmoyish hujjatlarini oʻrganish;
v) joriy etilayotgan hujjat talablari bilan vujudga kelgan zaruriyat boʻyicha uchuvchilar tarkibining nazariy, trenajyorlar boʻyicha tayyorgarligi va uchish mashqlari.
338. Aviakorxonalar (aviakompaniyalar), oʻquv yurtlari va uchuvchilar boʻlinmalarida hujjatlarni yanada sifatli va samarali oʻrganish uchun uslubiy materiallar ishlab chiqiladi, texnik vositalardan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4 §. Uchish-uslubiyat ishini amalga oshiruvchi organlar, ularning asosiy vazifalari
339. Aviakompaniya (aviakorxona) uchuvchilar-uslubiyat boʻlimi (UUB)ning asosiy vazifalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
a) aviakompaniya (uchuvchilar majmuasi)ning uchish-uslubiyat boʻlinmalarida uchish-uslubiyat ishini tashkil etish;
b) uchish-uslubiyat ishini tashkil etishni takomillashtirish, uchuvchilar boʻlinmalari ishining ilgʻor tajribalarini ommaviylashtirish va joriy etish;
v) uchuvchilar tarkibining kasbiy taʼlimi, shuningdek MK va MMK faoliyatini uslubiy boshqarish;
g) aviakompaniya (aviakorxona)ga kelayotgan yangi aviatsiya texnikasining oʻzlashtirilishida, tashkiliy-uslubiy chora-tadbirlar;
e) HKning yangi (boshqa) turlariga tayyorlash va qayta tayyorlashda FA uchuvchilar tarkibi tomonidan mashqlar bajarilishi;
j) FA HK uchuvchilari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun (oʻquv parvoz tayyorgarlik kursi, oʻquv parvoz tayyorgarlik dasturi, UTTD) dasturlari hamda uslubiy qoʻllanmalarini ishlab chiqish;
z) parvozlarga mavsumiy tayyorgarlik oʻtkazish uchun uchish-texnika anjumani va uchuvchi xodimlar bilan kasbiy mashgʻulotlarning mavzuga oid rejalarini ishlab chiqish;
i) komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilik tarkibini uchish va uslubiy ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha dastlabki tayyorlash va malakasini oshirish;
k) HKK lavozimiga nomzodlar tayyorlash;
l) komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilik tarkibi bilan uchuvchilar tarkibining (KTS (FFS) va HKda aerodrom va reyslardagi parvozlar boʻyicha tayyorgarlik koʻrish va mashqlarni bajarishning yagona uslubini mukammal oʻrganish boʻyicha seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish;
m) kasbiy mashgʻulotlarni oʻtkazishda uchish boʻlinmalariga yordam koʻrsatish;
n) aerodrom va ishlab chiqarish parvozlarida, shuningdek aviakompaniya (aviakorxona)ning buyurtmalari hamda “Davavianazorat” inspeksiyasining topshirigʻi boʻyicha qatnovlarda va aerodromlar yoʻnalishida bajariladigan dastlabki tanishtirish parvozlarida mashqlarning bajarilishi va aviakompaniya (aviakorxona) uchuvchi xodimlarini tekshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
340. UUK aviakompaniya (aviakorxona) (uchuvchilar majmuasi) rahbarligidagi muhokama organi boʻlib hisoblanadi. UUK ishini uchish ishini tashkil etish boʻyicha rahbarning oʻrinbosari boshqaradi.
341. UUK oʻz faoliyatini quyidagi masalalar muhokama etiladigan yigʻilish va kengashlarni oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshiradi:
a) UITE va PX boʻyicha uchish xizmati (uchuvchilar majmuasi) ishining ustuvor rejalari;
b) uchish ishining tashkil etilishi va bajarilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini amalga joriy etish;
v) aviakompaniya (aviakorxona) (uchuvchilar majmuasi)da uchish ishining tashkil etilishi va bajarilishi masalalari boʻyicha ekspluatant UUBning uslubiy ishlanmalarini joriy etish;
g) uchish-uslubiyat ishining takomillashtirilishi, uchuvchilar boʻlinmalari va ekipajlarning ustuvor ish tajribalarini oʻrganish, ommaviylashtirish va tarqatish;
d) yangi (boshqa) turdagi HKning ekspluatatsiyasini amaliy oʻzlashtirish;
e) UITEni takomillashtirish va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi masalalarida parvoz maʼlumotlarini yigʻish vositalarining materiallaridan foydalanish;
j) mavsumiy davrlarda uchish xizmatini parvozlarga tayyorlash;
z) uchuvchilar tarkibi aybi bilan sodir etilgan aviatsiya hodisalari, noxush hodisalar sabablarini va ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
i) UUBda ishlab chiqilgan uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlarini joriy etish.
342. Aviakompaniya (aviakorxona) (uchuvchilar majmuasi)ning uchuvchilar-uslubiyat xonasi komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilar tarkibi tomonidan uchish-uslubiyat ishlarining amalda bajarilishi boʻyicha asosiy organ hisoblanadi.
343. UUX asosiy vazifasi komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilar tarkibini HK ekipaji aʼzolari bilan uchish-uslubiyat ishlarini tashkil etish va amaliy bajarish, uchuvchilar otryadlarining uchish-uslubiyat sinflaridagi uslubiy ishlarning ilgʻor tajribalarini ommaviylashtirish va tarqatishdir.
344. UUX ishi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorxona) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Uchuvchilar-uslubiyat xonasi haqidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi.
345. UUKga uchish ishini tashkil etish boʻyicha uchuvchilar otryadi komandirining oʻrinbosari rahbarlik qiladi. Quyidagilar uchuvchilar otryadi uchuvchilar-uslubiyat kengashining asosiy vazifalari boʻlib hisoblanadi:
a) uchish ishi, havo harakatini boshqarish, aviatsiya texnikasining uchish-texnik ekspluatatsiyasi, uchuvchilar tarkibini tayyorlash sifatini va parvozlar xavfsizligini oshirishni tashkil etishni yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalarni berish;
b) boʻlinmaning uchuvchilar-uslubiyat sinfi ishini boshqarish;
v) uchuvchilar tarkibi bilan kasbiy taʼlim rejalarini takomillashtirish;
g) aviakompaniya (aviakorxona)larning UUBda ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorxona)larning uchuvchilar otryadlarida joriy etilayotgan ishlash uslubiyotlari, texnologiyalari, yoʻriqnomalarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni berish;
d) uchish-uslubiyat ishini yaxshilash boʻyicha tavsiyalarni berish.
346. Uchuvchilar boʻlinmasining uchuvchilar-uslubiyat sinfi uchuvchilar boʻlinmasining oʻquv-uslubiy bazasi hisoblanadi. Uchuvchilar-uslubiyat sinflari har bir uchuvchilar boʻlinmalarida tashkil etiladi.
Uchuvchilar-uslubiyat sinfining asosiy vazifasi boʻlib, boʻlinmaning komandir-uchuvchilar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibi bilan oʻtkaziladigan barcha mashgʻulotlar turlarining uslubiy taʼminoti hisoblanadi.
347. Uchuvchilar-uslubiyat sinfining ishi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorxona) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan uchuvchilar-uslubiyat sinfi haqidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi.
5 §. Uchish-uslubiyat ishining holatini nazorat qilish
348. Uchish-uslubiyat ishi holatini nazorat qilishning asosiy vazifalari — bu uchish-uslubiyat ishini keyinchalik takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning keyingi tahlili va ishlab chiqilishi maqsadida uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, taʼminlash va oʻtkazishda kamchiliklar va chetga chiqishlarni oʻz vaqtida aniqlashdir.
349. Uchish-uslubiyat ishining holatining nazorat qilinishi muntazam, obyektiv va maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi va uchuvchilar tarkibini tayyorlash va tekshirishning barcha turlarida amalga oshirilishi kerak.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
a) komandir-uchuvchilik tarkibining uchish-uslubiyat ishi samaradorligining asosiy koʻrsatkichi sifatida uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi;
b) boʻlinmalar, oʻquv yurtlari, aviakompaniya (aviakorxona)lar uchuvchilar-uslubiyat kengashlarining ishi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) UUX va sinflarining ishi;
g) parvozlarni bajarish va ularning xavfsizligi sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan uchish-uslubiyat ishida qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligi;
d) parvoz maʼlumotlari vositalarining materiallari bilan ishlash;
e) komandir-uchuvchilar tarkibi tomonidan HK ekipaji aʼzolarining uchuvchilik texnikasi va amaliy ishlari tekshiruvining maʼlumotlari;
j) SMT (FFS)da uchuvchilar tarkibi tekshiruvi va oʻtkazilgan mashqlar maʼlumotlari;
z) muhokamalarni oʻtkazish sifati;
i) aviatsiya hodisalari, noxush hodisalarning oldini olish tahlilidan kelib chiqadigan chora-tadbirlar;
k) oʻquv bazalarining texnik taʼminoti;
l) aviakompaniya (aviakorxona)larning UUBda ishlab chiqilgan uslubiy darsliklar, tavsiyalarini amaliyotga joriy etish;
m) uchuvchilar boʻlinmalarida, oʻquv yurtlarida va aviakorxonalar (aviakompaniyalar)da uchish-uslubiyat ishining yetakchi tajribasining ommaviylashtirish va joriy etish maʼlumotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
n) zaxiradagi xodimlarning komandirlik lavozimlariga tayyorgarlik holati.
6 §. Uslubiy parvozlarni tashkil etish va bajarish
350. Uslubiy parvozlar quyidagi maqsadlarda bajariladi:
a) uchuvchilar tarkibini oʻqitish dasturlari va uslubiyatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
b) parvozlarni tashkil etish va bajarishning ilgʻor tajribalarini joriy etish.
351. Uslubiy parvozlar, bunday parvozlarni bajarishga ruxsat etilgan aviakorxona (aviakompaniya)lar va OʻMMlarining komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
352. Uslubiy parvozlarga tayyorgarlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) uslubiy parvozlarga tayyorgarlikda quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) uslubiy parvozlar dasturi;
b) ularni bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar.
Uslubiy parvozlar dasturi, ularni bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
2) uslubiy parvozlarga tayyorgarlik Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq oʻtkaziladi, bunda qoʻshimcha ravishda quyidagilar oʻrganiladi:
a) uslubiy parvozlarni bajarish boʻyicha dastur va uslubiy koʻrsatmalar;
b) topshiriqni bajarish ketma-ketligi va aniq sharoitlarga bogʻliq boʻlgan holda, uni oʻzgartirish imkoniyati;
v) oʻxshash boʻlgan uslubiy parvozlarning (zaruriyat boʻlganda) bajarilishidan olingan maʼlumotlar;
g) parvoz profili va ushlab turiluvchi rejimlar xarakteristikasi;
d) parvozning turli sharoitlarida ekipaj aʼzolarining oʻzaro xatti-harakatlari tartibi;
e) parvoz davomida ekipaj aʼzolari va parvoz ishtirokchilari hal etishi lozim boʻlgan masalalar roʻyxati;
j) ushbu parvoz uchun HKga qoʻshimcha ravishda oʻrnatiladigan apparatura, uskuna va jihozlar.
353. Uslubiy parvoz uslubiy parvoz dasturiga muvofiq va ularni bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar hamda aviakorxona (aviakompaniya) rahbari tomonidan berilgan parvoz topshirigʻi asosida bajariladi.
354. Uslubiy parvozlar bajarilishda ekipaj zarur boʻlgan axborotlarning roʻyxatga olinishini taʼminlashi lozim. Parvozda dastur bilan koʻzda tutilmagan har qanday holatlar yuzaga kelgan holda, HKning komandiri dasturning bajarilishini toʻxtatishi va parvozning normal rejimini tiklashi lozim.
355. Shartlar parvozning ushbu elementi boʻyicha dasturning talablariga muvofiq boʻlmaganda, HKning komandiri dasturning bajarilishini toʻxtatishi yoki agar bu dasturda belgilangan boʻlsa, parvozlar ketma-ketligini oʻzgartirishi lozim.
XIII. Xalqaro parvozlar bajarilishida uchish ishlarini tashkil etish
1 §. Kasbiy tayyorgarlik
356. Uchuvchilar tarkibi, bortoperatorlar va bortkuzatuvchilarning xalqaro parvozlar uchun dastlabki tayyorgarligi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha OʻMlarida oʻtkaziladi, uning maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) uchuvchilar tarkibini radiotelefon aloqasida foydalanuvchi tilda soʻzlashishga va uni “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) aviatsiya qoidalari, 1 paragraf 2-moddasining talablari darajasida tushunish, aviatsiyaning standartli frazeologiyasi, dispetcherlik ruxsatlari, yerdan va HK sathidan turli maʼlumotlarni qabul qilish, savol va javoblarni toʻgʻri ifoda etishga, shuningdek kartografiya va matn koʻrinishidagi axborotlarni oʻqish va tushunishga oʻrgatish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ekipaj aʼzolarini yerdagi xizmat koʻrsatuvchi personal bilan ingliz tilida soʻzlashishga oʻrgatish;
v) ekipaj aʼzolarini xalqaro meteorologik kodlar va ob-havo haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa materiallardan foydalanishga oʻrgatish;
g) ekipaj aʼzolarini xalqaro havo yoʻnalishlarida parvoz vaqtida radioaloqani olib borishning xususiyatlari bilan tanishtirish;
d) xalqaro parvozlar qoidalari, IKAO standartlarini oʻrganib chiqish;
e) ekipajlarni bojxona qoidalari va chegara nazorati, chet el (xorij) da yurish-turish qoidalari bilan tanishtirish.
357. Agar uchuvchilar tarkibi mutaxassisining nazariy tayyorgarligi tugagan vaqtdan boshlab xorijga stajyorlik parvozlari boshigacha 12 oy va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, uning xalqaro parvozlarni bajarish uchun tayyorgarligi amalga oshmagan hisoblanadi.
358. Xalqaro parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibi (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortradistlar) quyidagi davriylikda “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha sertifikatlashtirilgan OʻM (OʻMM)da chet tillari va xalqaro parvozlar qoidalari boʻyicha malaka oshirish kurslarini oʻtadilar:
a) ishchi darajada (4-daraja) til bilimini namoyish etayotgan shaxslar — uch yilda bir marta;
b) kengaytirilgan (chuqur) darajada (5-daraja) til bilimini namoyish etayotgan shaxslar — olti yilda bir marta.
Keyingi tahrirga qarang.
359. HK sahnida radiotelefon aloqasini olib borishi lozim boʻlgan komandir-uchuvchilik, instruktorlik va uchuvchilar tarkibi, shuningdek shturmanlar, bortradistlar “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish” aviatsiya qoidalari” (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) Aviatsiya qoidalarida belgilangan radiotelefon aloqasida foydalaniladigan tilni bilish darajasini aniqlash maqsadida sertifikatlangan OʻMlarida test sinovlaridan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiotelefon aloqasida foydalaniladigan tilni bilish darajasiga qoʻyilgan baho aviakompaniya (aviakorxona) rahbarining buyrugʻiga muvofiq OʻM tomonidan berilgan sertifikat asosida uchuvchilar tarkibi mutaxassisining guvohnomasiga kiritiladi.
2 §. Xalqaro trassalar boʻyicha parvozlarga tayyorgarlik
360. Xalqaro trassalar boʻyicha parvozlarga tayyorgarlikda qoʻshimcha ravishda quyidagilar oʻrganiladi:
a) aeronavigatsiya axboroti toʻplamlarida nashr etilgan xorij davlatlarining samoviy hududida parvozlar qoidalari va trassalar oʻtadigan mamlakatlar uchun AMT(AIP) va chet el firmalari tomonidan nashr etiladigan boshqa hujjatlar “Djeppesen” va boshqalar) qoidalari;
b) FA Aeronovigatsiya axborotlar markazi nashridagi va xorij nashridagi (odatda, “Djeppesen” firmasining xaritalari) aeronavigatsion va radionavigatsion xaritalar boʻyicha parvozlar yoʻnalishlari;
v) tegishli radionavigatsion xaritalar;
g) chet el radiotexnik vositalari (tizimlari)dan foydalanish tartibi;
d) samoviy hududida parvozlar bajarilayotgan davlatlarning iqlimiy xususiyatlari;
e) NOTAMlar, qorli NOTAMlar (SNOUTAMlar);
j) HK bosib olingan holda, uzatiladigan signallar;
z) “Djeppesen” toʻplamlari va boshqa parvoz hujjatlarida qabul qilingan shartli belgilar;
i) asosiy va zaxira aerodromlarining harfli belgilari (toʻrtta belgili);
k) xorijiy qoʻnish aeroportlarida parvoz hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi;
l) uchib chiqishga qarorni qabul qilish va flayt-plani (uchish rejasi) ni tuzish tartibi;
m) trassa boʻyicha eshelonlashtirish xususiyatlari;
n) radioaloqani olib borish va HK tanish signallarini ishlatish, ATIS maʼlumotlarini olish tartibi qoidalari;
o) perronda va HK turish bekatida uzatiladigan signallar (“Marshal” signallari, “AGNES” chiroqli signallari va boshqalar);
p) xorij aeroportlarida uchish-qoʻnish yoʻlagi, turish joyi va uchish-qoʻnish yoʻlagini markerlash qoidalari;
r) davlat chegarasini uchib oʻtganda chegara chizigʻi, chegaraviy pelenglar va masofalar, davlat chegarasini kesib oʻtish (uchib oʻtish)dan oldin va keyin radioaloqaning yoʻq boʻlishida ekipajning xatti-harakatlari;
s) treklar boʻyicha parvoz qoidalari, uzoq va yaqin navigatsiya tizimlaridan foydalanish usullari;
t) gʻarbda ishlab chiqarilgan ikkita dvigatelli HKlari uchun ETOPS boʻyicha uchib chiqish qarorini qabul qilish qoidalari;
u) havo harakatini boshqarishni (havo harakatini tashkil etish) tashkil etish tizimlari;
f) pasport, sanitar va bojxona nazoratidan oʻtish tartiblari.
3 §. Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga tayyorgarlikning oʻziga xos xususiyatlari (MNPS/ RVSM, NAT)
361. Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarni bajarish uchun tayyorgarlikka xalqaro havo yoʻnalishlarida lozim boʻlgan darajadagi nazariy tayyorgarlik va parvozlar tajribasi, uchuvchilik va samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarishning oliy texnikasiga ega boʻlgan uchuvchilar tarkibi kiritiladi:
a) HK komandirlari — 1-toifa va undan quyi minimumda parvozlarga ruxsatnomaga ega boʻlgan 1-toifali uchuvchilar (2-toifa va undan quyi — Sharqda ishlab chiqarilgan HKlarida);
b) ushbu turdagi HKda 200 soatdan kam boʻlmagan mustaqil parvozlar soatiga ega boʻlgan ikkinchi uchuvchilar, Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKlarida parvozlarni bajaruvchilar esa, shuningdek 2-toifa va undan quyi minimum boʻyicha parvozlarga ruxsatnomaga ega boʻlishlari lozim;
v) ushbu turdagi HKda 500 soatdan kam boʻlmagan mustaqil parvozlar soatiga ega boʻlgan 1-toifali shturmanlar, Shimoliy Atlantika ustidan boshqa turdagi HKda parvozlarga ruxsatnomaga oldin ega boʻlganlarga esa — 200 soatdan kam boʻlmagan holda;
g) ushbu turdagi HKda 500 soatdan kam boʻlmagan mustaqil parvozlar soatiga ega boʻlgan bortradistlar, Shimoliy Atlantika ustidan boshqa turdagi HKda parvozlarga ruxsatnomaga oldin ega boʻlganlarga esa — 200 soatdan kam boʻlmagan holda.
362. Shimoliy Atlantika ustidan treklar boʻyicha parvozlarga tayyorgarlikda va ularni bajarilishida har bir ekspluatant quyidagilar bilan nazarda tutilgan katta masofaga parvozlarni bajarishning standartlashtirilgan tartiblarini bilishi va bajarishi lozim:
a) Shimoliy Atlantika MNPS/RVSMda parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma;
b) parvozlar va havo harakatiga xizmat koʻrsatish qoidalari (Doc. 4444 PANS/ RAC);
v) Shimoliy Atlantika hududi boʻyicha yigʻma yoʻriqnomaviy material (NAT Doc. 001);
g) qoʻshimcha hududiy qoidalar Doc. 7030;
d) joriy NOTAMlar Shimoliy Atlantika hududi davlatlarining AIRlari;
e) FAA va JAA tavsiyalari va sirkulyarlari;
j) “UZBEKISTAN AIRWAYS ETOPS OPERATIONS MANUAL” ETOPS boʻyicha parvozlarni bajarish qoʻllanmasi (gʻarbda ishlab chiqarilgan ikkita dvigatelli HKlari uchun).
363. Uzoq masofadagi parvozlarni bajarishning standartlashtirilgan tartiblaridan foydalangan holda MNPS samoviy hududida parvozlarga tayyorgarliklar oʻtkazilgandan soʻng, shuningdek bunday parvozlarda bir yildan ortiq muddatga uzilishlar boʻlganda, MNPS samoviy hududida parvozlarni bajaruvchi uchuvchilar va shturmanlar, standartlashtirilgan tartiblarni bajarish boʻyicha bilimlar tekshiruvidan oʻtishlari shart. Bilimlar tekshiruvining natijalari mashq qilish topshirigʻida rasmiylashtiriladi.
364. MNPS va/yoki Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga mutaxassisning kiritilishi UO komandirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
365. Har bir tanishtiruv parvozidan oldin ekipaj bilan qoʻshimcha dastlabki tayyorgarlik oʻtkaziladi, uning jarayonida quyidagilar oʻrganilishi zarur:
a) treklar boʻyicha parvozlarda ekipajga metodik tavsiyalar;
b) Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma;
v) IKAO hujjatlari (Shimoliy Atlantika hududi boʻyicha yoʻriqnomaviy va axborot material) NAT Doc. 001;
g) tashkillashtirilgan treklar tizimining tuzilmasi, ularni almashtirish davrlari;
d) treklar tizimida parvozlarga ruxsatni soʻrash va olish tartibi;
e) treklar boʻyicha parvozlarda minimal navigatsiya xarakteristikalari, yon tomondan, uzunasiga va vertikal eshelonlashtirish aniqligi boʻyicha talablar;
j) okean ustida navigatsiya radiotexnika vositalari ishlashining xususiyatlari, ularning joylashuvi va ishlash vaqti;
z) ekipajlarni parvoz, meteorologik va navigatsion hujjatlar, hujjatlarda foydalaniladigan shartli belgilar bilan taʼminlash;
i) HKda oʻrnatilgan navigatsiya vositalarining ishlaridagi chetga chiqish holatlarida ekipajning harakatlari hamda bu vositalarning ishdan chiqish belgilari;
k) trassada ishdan chiqishlarda, treklar tizimida parvozni davom ettirishga yoʻl qoʻymaydigan sharoitlar yuzaga kelganda, ekipajning harakatlari; navigatsiya imkoniyatlarining qisman va toʻliq yoʻqotilishida foydalaniladigan doimiy yoʻnalishlar;
l) MNPS hududida parvoz qilishda RVSM harakatlarida eshelonlashtirish xususiyatlari;
m) HK va ekspluatantlarni 1000 fut vertikal eshelonlashtirish minimumi sharoitlarida parvozga kiritish qoʻllanmasi (Doc. T.17.1.IN-340. ATM);
n) jadvallardan foydalangan holda navigatsion majmuasi uchun trek boʻyicha parvozlar parametrlarining hisob-kitob uslubiyoti (hisob-kitobning minimal vaqti 15 daqiqa);
o) aloqa tartiblari, joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumotlarni uzatish, radioaloqa va frazeologiyani olib borish xususiyatlari;
p) Shimoliy Atlantikada foydalaniladigan aeronavigatsion xaritalar, nuqsonlar hajmi va chiziq xaritalarida samolyotning holatini joylashtirishda ularni hisobga olish tartibi, xaritalarni tayyorlash;
r) Shimoliy Atlantika ustidan HK chetga chiqishlarining xarakterli sabablari, ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;
s) ekipaj aʼzolarining parvoz oldi tayyorgarligi va parvozning bajarilishida oʻzaro harakatlari texnologiyasi;
t) suvga majburiy qoʻnishda ekipajning xatti-harakatlari.
4 §. Moʻljal olish darajasi kam boʻlgan hududlar va suv hududi ustidan parvozlarga tayyorgarlikning oʻziga xos xususiyatlari
366. Oriyentirlik darajasi kam boʻlgan hudud va suvli hudud ustidan parvozlarga dastlabki tayyorgarlik jarayonida quyidagilar oʻrganiladi va tahlil qilinadi:
a) ushbu hududda FA HKlari parvozi uchun ruxsat etilgan yoʻnalishlar;
b) parvozlar hududining iqlimiy xarakteristik xususiyatlari;
v) hududning relyefi va radiolokatsiya moʻljalini olib borish xususiyatlari, xaritada mumkin boʻlgan radiolokatsiya moʻljallarini tanlash;
g) uzoq navigatsiya tizimlari yordamida oriyentirovka (moʻljal) ni olib borish usullari, HKning hisoblangan joylashuvlarni toʻgʻrilash nuqtalarini aniqlash uslublari (navigatsiya uchuvchilik majmuali HKlari uchun);
d) momaqaldiroqlarni aylanib oʻtish tavsiyalari, xavfsizlik chora-tadbirlari;
e) chang va qumli boʻronlar, tropik boʻron va quyunlari hududlari (Hind okeani hududi);
j) yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlar hududlarida samolyotni yoʻnalish boʻyicha boshqarish xususiyatlari;
z) HKni tijorat yuklovi va yoqilgʻi quyilishining optimal variantlari;
i) nostandart tizimlar bilan jihozlangan aerodromlarda, instrumental va vizual qoʻnishga kirishish sxemalarining xususiyatlari;
k) meteosharoitlar toʻsatdan yomonlashgan sharoitlarda ekipajning xatti-harakatlari (momaqaldiroq, quyun, boʻronli boltanka, shamolning qattiq siljishi, chang va qumli toʻfon va h. k.);
l) Afrika va Osiyo mintaqalari trassalari boʻyicha meteo taʼminotning xususiyatlari.
5 §. Togʻli hududlar ustida parvozlarga tayyorgarlik
367. Togʻli hududlar va togʻli aerodromlarda oʻtkaziladigan parvozlarga tayyorgarlikda quyidagilarni inobatga olish zarur:
a) parvoz yoʻnalishidan ikki tomonga 50 kilometrdan kam boʻlmagan radiusda, kabinaning germetizatsiyasi buzilganda yoki dvigatel toʻxtab qolganda (ikkita dvigatelli HKlari uchun) avariya pasayish ehtimolida hudud relyefini oʻrganish (ayrim balandliklar, choʻqqilarning yoʻnalishi, daralar, togʻ vodiylari va ularning oʻzaro joylashuvi);
b) xaritaga belgilangan eng baland choʻqqilarni, chegaraviy pelenglarni kiritish va xavfli meteo hodisalar bilan uchrashish ehtimoliga aylanib oʻtish yoʻnalishlarini belgilash (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);
v) parvoz xaritasida balandlikni oshirish va pasayish uchastkalari uchun hududning profilini chizib olish (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);
g) meteosharoitlar va havoning qattiq koʻtariluvchi va pasayuvchi oqimlari, jala yomgʻirli bulutlar va momaqaldiroqlar, shuningdek uchib chiqish va qoʻnish hududida orografik boltankaning vujudga kelishi mumkinligini tahlil qilish;
d) xaritada majburiy qoʻnish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan joylarni oʻrganish va belgilash (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);
e) dengiz sathidan togʻli aerodromlarning balandligini, ulardan uchib chiqish, balandlikni oshirish, pasayish, qoʻnishga kirishish va qoʻnishni bajarish xususiyatlarini, shuningdek barometrik balandlikni oʻlchagichlardan foydalanish qoidalarini, aerodrom bosimini hisoblash tartibini, bosimni millibardan millimetrga oʻtkazish, qoʻnishga kirishish va qoʻnishda haqiqiy havo tezligining oʻsish hisob-kitobini, sekinlashishning boshidagi tezlik va boshqa cheklovlarni oʻrganish.
368. Dastlabki tayyorgarlik jarayonida ekipaj togʻli aerodromlarda xarakterli aviatsiya hodisalari sabablarini qoʻshimcha ravishda oʻrganishga majbur.
369. Togʻli aerodromga dastlabki tanishtiruv parvozda va uch oydan keyin togʻli hududda ushbu trassa boʻyicha muntazam parvozlar va togʻli aerodromlarga qoʻnish bilan bogʻliq parvozlarda ekipaj trenajyorlarda navbatdagi har chorakdagi mashqlarni togʻli aerodrom sxemasi boʻyicha qoʻnishga kirishishlarni bajarishlari zarur.
XIV. Sinov parvozlarining oʻtkazilishida uchish ishlarini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari
1 §. Umumiy qoidalar
370. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), tarkibida USB boʻlgan ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida sinov parvozlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma va parvoz sinovlarini bajarish dasturi HKning parvoz sinovlari oʻtkazilishida asosiy hujjatlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
371. Sinovlar dasturi parvozlar mazmuni, ularni bajarish uslublari va sharoitlarini belgilaydi.
372. USBda uchish ishining tashkil etilishi ushbu Qoidalar va sinov parvozlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
373. Sinovchi uchuvchilar tarkibining ish vaqti, dam olish vaqti meʼyorlari, shuningdek parvoz vaqti (parvoz soatlari) meʼyorlari USB ning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
374. Parvoz sinovlarining oʻtkazilishiga uchuvchilar tarkibi, shuningdek toʻliq hajmda maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va sinovdan oʻtkazuvchining amaldagi guvohnomasiga ega boʻlgan sinov ishtirokchilari kiritiladi.
375. Alohida holatlarda kapital taʼmirlashdan soʻng HK uchirish dasturi boʻyicha sinovlarni oʻtkazishga USBning instruktor-sinovchisi bilan namunaviy dastur boʻyicha parvozda trenajyorlarda va HK kabinasidagi trenajyorlarda mashq qilishlarni oʻtgan va sinov parvozlariga ruxsatnomani olgan FA ishlab chiqarish boʻlinmalarining uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar kiritiladi. Ruxsatnoma aviataʼmirlash zavodi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, mutaxassisning parvoz daftarchasi va parvoz guvohnomasida bu haqda tegishli yozuv yoziladi.
376. Aviatsiya texnikasini uchirib koʻrib sinovdan oʻtkazish boʻyicha mutaxassis sifatida HK bortida sinov parvozlarini bajarish vaqtida USB uchuvchilar tarkibi va sinov qatnashchilaridan tashqari parvozda ishlab chiqarish boʻlinmalarini komandir-uchuvchilik va uchuvchilar tarkibi boʻlishi mumkin. Ularning ishtiroki sinovni amalga oshirayotgan aviatsiya birlashmasi, FA korxonasi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
2 §. Ekipajni sinov parvozlariga tayyorlash
377. Ekipajni sinov parvozlariga tayyorlash — sinovlar dasturi boʻyicha tayyorgarlik, dastlabki va parvoz oldi tayyorgarlik bosqichlaridan tashkil topgan.
378. Sinov dasturlari boʻyicha tayyorgarlik sinovlar boʻyicha yetakchi muhandis (sinov brigadasining rahbari) va yetakchi uchuvchi-sinovchining rahbarligi ostida oʻtkaziladi. Unga quyidagilar kiradi:
a) sinov maqsadlarini va sinov brigadasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni oʻrganish;
b) sinovdan oʻtkazilayotgan obyektga qoʻyiladigan texnik talablarni oʻrganish;
v) dasturning mazmuni va bajarilish uslubi, uning bajarilish ketma-ketligini oʻrganish;
g) tajriba-konstruktorlik byurosida obyektlar sinovining natijasini oʻrganish;
d) sinov dasturining bajarilishi uchun zarur boʻlgan hisob-kitoblarning bajarilishi va maʼlumotlarning oʻrganilishi;
e) jihozlar va eksperimental uskunalarning adabiyotlarini oʻrganish;
j) xavfsizlik masalalari va avariya holatida HK tashlab ketish vositalarini oʻrganish.
379. Sinovlar dasturi boʻyicha tayyorgarlik hajmi va hajmning murakkablik darajasiga bogʻliq boʻladi va parvoz kunidan bir kun oldin tugatilishi lozim.
380. Sinov brigadasining barcha aʼzolari sinovlar dasturini bajarishga faqatgina uni bajarishga tayyorligi tekshiruvidan soʻng kiritiladilar.
Ekipaj uchuvchilar tarkibining sinov dasturini bajarishga tayyorligini USB boshligʻi (uchish xizmati boʻyicha USB boshligʻining oʻrinbosari) tekshiradi.
381. Har bir parvoz oldidan ekipaj dastlabki tayyorgarlikdan oʻtkazilishi shart. Ekipaj tarkibiga kiruvchi barcha shaxslar, egallab turgan lavozimi va ish tajribasidan qatʼi nazar, parvozga dastlabki tayyorgarlikdan oʻtishlari shart.
382. Dastlabki tayyorgarlik — bu tayyorgarlik jarayonida materiallarni oʻrganish, hujjatlarni tayyorlash, kelgusi parvoz (lar) uchun amaliy harakatlarni yaxshilab oʻrganishdan iborat boʻlgan tayyorgarlikning asosiy turidir.
383. Sinov parvozlariga dastlabki tayyorgarlik parvoz kunidan bir kun oldin ekipaj va sinov ishtirokchilarining toʻliq tarkibida yetakchi muhandis va uchuvchi-sinovchi rahbarligida oʻtkaziladi.
384. Dastlabki tayyorgarlik ekipajning parvozni bajarishga tayyorligi boʻyicha nazorat bilan tugatiladi. Bu nazoratni USB boshligʻi oʻtkazadi.
385. Dasturni bajarish boʻyicha tayyorgarlik tartibi va mazmuni USB tomonidan ishlab chiqiladi.
386. Sinov parvoziga topshiriq USB boshligʻi yoki aviatsiya birlashmasi (aviataʼmirlash korxonasi) rahbarining buyrugʻi boʻyicha bunday huquqqa ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
387. Ekipajning parvoz oldi tayyorgarligi yetakchi uchuvchi-sinovchining rahbarligi ostida, HK turini ekipaj aʼzolarining oʻzaro harakatlari va texnologik ishlari boʻyicha yoʻriqnoma, HK ni parvozda ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasi, USB da tasdiqlangan parvoz oldi texnologik jadvallari va USB da ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarga muvofiq, har bir parvozdan oldin uchib chiqishning rejalashtirilgan vaqtidan 1,5 soat oldin oʻtkaziladi.
XV. Fuqaro aviatsiyasining parvoz oʻquv-mashq markazlarida uchish ishini tashkil etish
1 §. Umumiy qoidalar
388. FA oʻquv yurtlari va Oʻquv-mashq markazlarida parvoz va metodik ishlarning tashkil etilishi Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), ushbu qoidalar talablari, oʻquv parvoz tayyorgarlik kursi, oʻquv parvoz tayyorgarlik dasturi, oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma talablari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu ishni FA Oʻquv-mashq markazlari rahbarlarining parvoz tayyorgarligi va parvoz-metodik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari tashkil etadilar. Ushbu ishni uchish-uslubiyat boʻlimlari amalga oshiradilar.
389. Parvoz taʼlimining hisobotlari, rejalashtirilishi va nazorat qilinishi boʻyicha hujjatlar FA OʻMMlarida belgilangan shakl boʻyicha olib boriladi.
390. Oʻquv parvozlarning bajarilishiga, ishlab chiqarish zaruriyati boʻlganda, bunday ishga ruxsatnomaga ega boʻlgan FA, aviakompaniya (uchuvchilar majmualari) oʻquv-mashq markazlari, UMBning komandir-uchuvchilari va uchuvchilar tarkibi jalb etilishi mumkin.
2 §. Komandir uchuvchilar va instruktorlar tarkibining kasbiy tayyorgarligi
391. OʻMMda komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibning kasbiy tayyorgarligiga quyidagilar kiradi:
a) mustaqil instruktorlik ishiga kiritilishi uchun boshlangʻich tayyorgarlik;
b) ushbu Qoidalarning talab etilayotgan talablariga muvofiq kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va takomillashtirish;
v) malaka oshirish.
392. Instruktorlikka nomzodlarni tanlash ularning nomzodlarini oʻquv yurti pedagogik kengashi (OʻMM)da dastlabki muhokamasi va tasdiqlanishi bilan oʻtkaziladi. Tayyorgarlikni shu maqsadda tayinlangan instruktorlar oʻtkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
393. Bunday mutaxassislarning barchasi uchun mashqiy va tekshiruv parvozlarini instruktor-uchuvchilarni safga kiritish boʻyicha hamda komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining mashqiy parvozlari bilan birga bajarishga ruxsat beriladi.
394. Ishlab chiqarish korxonalaridan instruktorlik ishlariga qabul qilingan uchuvchilarni tayyorlash va safga kiritish instruktor-uchuvchilar uslubiy tayyorlash kurslarini oʻtish majburiyati bilan instruktorlar tarkibini HKning tegishli turlariga tayyorlash dasturi boʻyicha amalga oshiriladi.
395. Uchuvchi-instruktor sifatida mustaqil ishga kiritilish tekshiruvini OʻMM UUBning komandir-uchuvchilar tarkibi oʻtkazadi.
396. Instruktorlik ishiga mutaxassislar OʻMMning uchish-uslubiyat boʻlimi boshligʻining bayonnomasi asosida OʻMM rahbarining buyrugʻi bilan kiritiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 50-modda; 2014-y., 31-son, 391-modda; 2015-y., 41-son, 529-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son; 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)