OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKSPERIMENTAL HAVO KEMALARINI DAVLAT HISOBIGA OLISH QOIDALARIGA (OʻZR AQ-46) OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-fevralda 1452-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2024-yil 6-dekabrdagi 3371-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalarini (OʻzR AQ-46) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1452-3, 19.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olish qoidalarini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2005-yil 7-yanvardagi 3-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olish qoidalari”ga (OʻzR AQ-46) (2005-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1452) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-yanvar,
12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 49-modda)