04.09.2006 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAXFIY AXBOROTNI OʻZARO HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida siyosiy, harbiy, iqtisodiy, fan va texnika yoki boshqa sohadagi hamkorlik doirasida almashinadigan maxfiy axborotni, shuningdek bunday hamkorlik jarayonida paydo boʻlgan axborotni himoya qilish istagidan kelib chiqadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari milliy qonunlariga muvofiq maxfiy axborotni himoya qilishni taʼminlashda oʻz davlatlari oʻzaro manfaatlarini, shuningdek Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Hukumatlari oʻrtasida davlatlararo sirlarni saqlashni oʻzaro taʼminlash toʻgʻrisida 1993-yil 22-yanvarda tuzilgan Bitimni amalga oshirishda oʻzaro manfaatdorlikni hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda foydalaniladigan atamalar quyidagi maʼnoni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxfiy axborot” — ruxsatsiz tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi xavfsizligiga va/yoki manfaatlariga zarar yetkazadigan, Tomonlar davlatlari milliy qonunlariga muvofiq himoya qilinadigan, ushbu Bitimda oʻrnatilgan tartibda berilgan hamda Tomonlarning hamkorligi jarayonida tashkil topgan barcha turdagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxfiy axborot tarqatuvchi” — moddiy obyektlar, shu jumladan jismoniy maydonda belgi, shakl, signal, texnik yechim va jarayonlar koʻrinishida aks etadigan maxfiy axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxfiylik ustxati” — tarqatuvchidagi maʼlumotning maxfiylik darajasidan dalolat beruvchi, maxfiy axborot tarqatuvchisida yozib qoʻyiladigan va (yoki) unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan rekvizitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxfiy axborotdan foydalanish” — jismoniy shaxsning maxfiy axborotdan foydalanish huquqini rasmiylashtirish tartibi, vakolatli organning esa bunday axborotdan foydalangan holda ishlarni olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxfiy axborotga kirish” — maxfiy axborot va uning qoʻllanishini va undan foydalanishga huquqi boʻlgan jismoniy shaxsga tanishtiruv jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“shartnoma” — Tomonlar vakolatli organlari oʻrtasida tuziladigan, maxfiy axborot berilishi va/yoki hosil qilinishi nazarda tutilishini oʻz ichiga olgan shartnoma yoki kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organ” — Tomonlarning hamkorligi jarayonida hosil boʻlgan va/yoki yuboriluvchi maxfiy axborotlarni berish, qabul qilish, saqlash, himoya qilish va foydalanishda Tomonlar tarafidan vakolatlangan davlat organi yoki tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“muvofiqlashtiruvchi organ” — Tomonlarning ushbu Bitimni tatbiq etish faoliyatini muvofiqlashtirishga javobgar davlat organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Maxfiy axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborot boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqatilishi harbiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, tashqi iqtisodiy, tashqi siyosiy, razvedka, kontrrazvedka, tezkor qidiruv faoliyati va umum qabul qilingan xalqaro huquq normalariga zid boʻlmagan boshqa sohalardagi faoliyatni samarali amalga oshirish maqsadida davlat tomonidan cheklangan, davlat, xizmat va harbiy sirlarni oʻz ichiga oluvchi, davlat himoyasida boʻlgan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborotning tegishli ruxsatsiz tarqatilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga yoki milliy manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zararga qarab quyida oʻrnatilgan tartibda maxfiylik ustxati belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻta muhim” — tarqatilishi tufayli Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga bir yoki bir necha sanab oʻtilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin boʻlgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati sohalariga taalluqli maʼlumotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mutlaqo maxfiy” — tarqatilishi tufayli Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga, davlat organi manfaatlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmogʻiga bir yoki bir necha sanab oʻtilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin boʻlgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati sohalariga taalluqli maʼlumotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxfiy” — tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining manfaatlariga bir yoki bir necha sanab oʻtilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin boʻlgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka yoki tezkor qidiruv faoliyati sohalariga taalluqli maʼlumotlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq “Oʻta muhim”, “Mutlaqo maxfiy” va “Maxfiy” kabi ustxat bilan belgilangan axborot davlat maxfiy hujjatlariga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqatilishi harbiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, tashqi iqtisodiy, tashqi siyosiy, razvedka, kontrrazvedka, tezkor qidiruv faoliyati va umum qabul qilingan xalqaro huquq normalariga qarshi chiqmaydigan boshqa sohalardagi faoliyatni samarali amalga oshirish maqsadida davlat tomonidan cheklanadi, davlat va xizmat sirlarini oʻz ichiga oluvchi, davlat himoyasida boʻlgan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborotning tegishli ruxsatsiz tarqatilishi natijasida Qozogʻiston Respublikasi milliy xavfsizligiga yoki davlat organlari va tashkilotlari manfaatiga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning darajasidan kelib chiqqan holda maxfiy axborot tarqatuvchilariga quyida oʻrnatilgan tartibda maxfiylik ustxati belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻta muhim” — tarqatilishi tufayli Qozogʻiston Respublikasi milliy xavfsizligiga bir yoki bir necha sanab oʻtilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin boʻlgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati sohalaridagi maʼlumotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mutlaqo maxfiy” — tarqatilishi tufayli Qozogʻiston Respublikasi milliy xavfsizligiga, davlat organi manfaatlariga yoki mamlakat iqtisodiyoti tarmogʻiga bir yoki bir necha sanab oʻtilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin boʻlgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati sohalaridagi maʼlumotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxfiy” — eʼlon qilinishi yoki yoʻqolishi davlat organlari va tashkilotlarining harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka yoki tezkor qidiruv sohalaridagi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan, davlat siri tarkibiga kiritilgan, alohida axborot xarakteriga ega boshqa maʼlumotlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻta muhim” va “Mutlaqo maxfiy” ustxatiga ega boʻlgan axborot davlat siri, “Maxfiy” ustxatiga ega boʻlgan axborot xizmat siri hisoblanadi. Qozogʻiston Respublikasining qonunlariga muvofiq davlat va xizmat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar davlat maxfiy hujjatlariga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Maxfiylik darajalarining taqqoslanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻz davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq maxfiylik darajasini quyidagi tartibda taqqoslaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rus tilida‎

Oʻzbekiston Respublikasida‎

Qozogʻizston Respublikasida‎

“Osoboy vajnosti”‎

“Oʻta muhim”
‎“Oʼta muhim” ‎

“Asa matsigzdi”‎

“Sovershenno sekretno”‎

“Oʻta maxfiy”
‎“Oʼta mahfiy” ‎

“Ote kupiya”‎

“Sekretno”‎

“Maxfiy”
‎“Mahfiu” ‎

“Kupiya”‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ushbu moddada taʼkidlangan maxfiylik ustxatlarining, ishlab chiqarilishi, aylanma harakati, eksporti va importi Tomonlar davlatlari milliy qonunlariga muvofiq tartibga solinuvchi, ashyolar, mahsulotlar, Fan va texnikaviy yechimlar va boshqalarga ham tatbiq etilishiga kelishib olishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Maxfiy axborotni himoya qilish boʻyicha choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar quyidagi majburiyatlarni zimmalariga oladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ikkinchi Tomonga berilgan yoki Tomonlarning hamkorligi jarayonida tashkil topgan maxfiy axborotlarni himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) maxfiy axborotni bergan Tomon tarafidan oʻzlashtirilgan maxfiylik ustxatini, oʻsha Tomonning yozma roziligisiz oʻzgartirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) maxfiy axborot bilan muomalada boʻlganda, ushbu Bitimning 3-moddasiga asosan maxfiylik darajasi taqqoslangan holda, Tomonning oʻz maxfiy axborotlarini himoya qilishda qoʻllaniladigan choralari bilan bir xil himoya qilish choralarini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) boshqa Tomonning vakolatli organidan olingan maxfiy axborotdan faqat uni berish doirasida belgilangan maqsadlar uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) bergan Tomonning dastlabki yozma roziligisiz uchinchi tomonga maxfiy axborotga kirish imkoniyatini bermaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxfiy axborotdan foydalanish faqat xizmat vazifalarini bajarish uchun ushbu maxfiy axborotni koʻrib chiqishi zarur boʻlgan shaxslarga, uning berilishi vaqtida belgilangan maqsadlarda, ruxsat beriladi. Maxfiy axborotga kirish uchun ruxsat, undan foydalanish uchun tegishli huquqqa ega shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxfiy axborotdan foydalanish majburiyatlarini batafsil koʻrsatib va uni himoya qilish choralarini belgilab beruvchi maxfiy axborotni himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha talablar Tomonlarning vakolatli organlari tuzgan shartnomalarga kiritilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Maxfiy axborotni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomonning muvofiqlashtiruvchi organi boshqa Tomonning muvofiqlashtiruvchi organidan boshqa Tomon vakolatli organining maxfiy axborotdan foydalanishi uchun tegishli ruxsatga, hamda uning yetarli darajadagi himoyasini tashkil etishda kerakli imkoniyatga ega ekanligi haqida yozma tasdiqni soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxfiy axborotni berish toʻgʻrisidagi qarorni Tomonlar, har bir alohida holatda, har bir Tomon milliy qonunlariga muvofiq qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxfiy axborotning bir davlatdan boshqa davlatga berilishi diplomatik kanallar, feldyeger xizmati yoki harbiy-kuryerlik xizmati orqali, hamda Tomonlar davlatlari milliy qonunlari va Tomonlar aʼzo boʻlgan xalqaro shartnomalari asosida ishlatishga ruxsat etilgan, axborotni kriptografik himoya qiluvchi aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Tegishli vakolatli organ maxfiy axborot olinganligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda taʼkidlab oʻtilgan maxfiy axborot bilan almashishda kriptografik va texnikaviy vositalardan foydalanishning aniq shartlari va tartibi vakolatli organlar tomonidan oʻzaro aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Katta hajmga ega boʻlgan maxfiy axborot tarqatuvchilarini berishda tegishli vakolatli organlar har bir alohida holat yuzasidan ushbu Bitimga asosan tashish yoʻli, yoʻnalishi va kuzatib borish shaklini belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari bunday tashish amalga oshirilishi haqidagi har bir holat toʻgʻrisida oʻzaro tegishli axborotlar bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Maxfiy axborotdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Berilgan maxfiy axborot, uni qabul qilib olishga javobgar boʻlgan vakolatli organ tomonidan qoʻshimcha tarzda, ushbu Bitimning 3-moddasiga muvofiq taqqoslanuvchi maxfiylik ustxati bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiylik ustxatini qoʻyish majburiyati, tarjima, nusxa koʻchirish va koʻpaytirish natijasida, Tomonlar hamkorligi jarayonida hosil boʻlgan maxfiy axborotga tarqaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan maxfiy axborot asosida hosil boʻlgan maxfiy axborotga, berilgan maxfiy axborotning maxfiylik ustxatida belgilangan darajadan past boʻlmagan darajada maxfiylik ustxati qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning hamkorligi jarayonida hosil boʻlgan va/yoki berilgan maxfiy axborot Tomonning oʻz maxfiy axborotlariga qoʻyiluvchi talablar asosida hisobga olinadi va saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxfiy axborotning darajasi maxfiy axborotning egasi boʻlgan davlatning milliy qonunlarida belgilangan tartibda oʻzgartiriladi yoki olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborotning maxfiylik ustxati oʻzgartirilganligi yoki olib tashlanganligi haqida, uni bergan Tomonning vakolatli organi boshqa Tomonning tegishli vakolatli organiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomonning vakolatli organi bunday xabarni olganidan soʻng 30 kun ichida, boshqa Tomonning vakolatli organidan olingan koʻrsatmalarga muvofiq, maxfiy axborot tarqatuvchisidagi maxfiylik ustxatiga oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning hamkorligi jarayonida tashkil topgan maxfiy axborotning maxfiylik darajasi Tomonlar vakolatli organlarining oʻzaro ahdlashuviga muvofiq belgilanadi, oʻzgartiriladi yoki olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxfiy axborot tarqatuvchilari ularni yetkazib bergan Tomon vakolatli organining yozma ravishdagi xabarnomasi asosida qaytariladi yoki yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborot va uni tarqatuvchilarining koʻpaytirilishi ushbu maxfiy axborotni bergan Tomon vakolatli organining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborotning yoʻq qilinishi rasmiylashtiriladi, yoʻq qilish jarayonining oʻzi esa uni qayta tiklanmasligiga kafolat berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborot tarqatuvchilarining qaytarilganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida ularni yetkazib bergan Tomon vakolatli organi yozma xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar vakolatli organlari tarafidan tuziladigan shartnomalarga alohida qism kiritiladi va unda quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil boʻlgan va berilayotgan maxfiy axborot roʻyxati va uning maxfiylik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil boʻlgan va berilayotgan maxfiy axborotni himoya qilishning oʻziga xos xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoli vaziyatlarni hal etish va hosil boʻlgan va berilayotgan maxfiy axborotning ruxsatsiz tarqatilishidan kelib chiqqan zararni qoplash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Muvofiqlashtiruvchi organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning muvofiqlashtiruvchi organi sifatida quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Respublikasida — Qozogʻiston Respublikasi Bosh Vazirining Devonxonasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar hamkorlik ruhidan kelib chiqib, ushbu Bitimni amalga oshirish faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish uchun masʼul etib boshqa davlat organlarini tayinlashlari mumkin, mazkur holat yuzasidan diplomatik kanallar orqali Tomonlar bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muvofiqlashtiruvchi organlar, ushbu Bitimni amalga oshirishda, maxfiy axborotni himoya qilish sohasidagi oʻz davlatlarining tegishli normativ huquqiy aktlari bilan zarur boʻlgan darajada almashadilar va ushbu Bitimga tegishli boʻlgan va unga oʻzgartirishlar kiritishni talab etuvchi oʻz davlatlari qonunlarining oʻzgarganligi haqida bir-birlariga oʻz vaqtida xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimni bajarishda hamkorlikni taʼminlash maqsadida Tomonlar muvofiqlashtiruvchi organlari biron bir tarafning taklifiga binoan oʻzaro maslahatlashuvlarni oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Tashriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomon vakolatli organlari vakillarining tashrifi, ularning boshqa Tomonning maxfiy axborotidan foydalanish huquqiga ega ekanligi koʻzda tutilgan holda, qabul qiluvchi Tomon davlatining milliy qonunlarida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunday tashriflarni amalga oshirish uchun ruxsat ushbu Bitimning 4-modda 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tashrifning amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi murojaatnomani, yuborayotgan Tomon vakolatli organi qabul qilayotgan Tomon vakolatli organiga moʻljallangan tashrifdan kamida 30 kun ilgari yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tashrifning amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi murojaatnoma, qabul qilayotgan Tomon davlatida qabul qilingan tartiblarga muvofiq tuziladi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ vakilining familiyasi va ismi, uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi va pasport raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ vakilining kasbi va lavozimi, u xizmat qilayotgan vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli maxfiylik darajasidagi maxfiy axborotdan foydalanish uchun ruxsatga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moʻljallanayotgan tashrif sanasi va uning davom etishi, kelib koʻrish moʻljallanayotgan vakolatli organlar nomi, tashrif maqsadi va koʻrib chiqilayotgan masalaga tegishli boʻlgan boshqa barcha foydali koʻrsatmalar, hamda tanishib chiqilishi moʻljallanayotgan maxfiy axborotning maxfiylik darajasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillar uchrashishi moʻljallanayotgan shaxslarning lavozimi, ismi va familiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimda koʻrsatilgan holatlar boʻyicha bir Tomon vakolatli organi vakillari boshqa Tomon davlati hududiga tashrif buyurganda, bunday tashrif buyuruvchilar qabul qiluvchi Tomon davlati qonunlari asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Tomon vakolatli organi vakillarining boshqa Tomon maxfiy axborotiga bevosita kirishi qabul qiluvchi Tomon davlati qonunlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimni bajarish mobaynida kelib chiqadigan xarajatlarni, Tomonlar milliy qonunchiligida koʻrsatib oʻtilgan chegaralar doirasida, agar har bir alohida holat uchun boshqa tartib oʻrnatilmagan boʻlsa, mustaqil ravishda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Tillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim boʻyicha rus tilidan foydalanadilar. Boshqa tillarda bajarilgan hujjatlarni bir-birlariga yuborayotganlarida, ularga milliy qonunlar asosida tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasini qoʻshib joʻnatishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda Maxfiy axborotni himoya qilish qoidalarini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim boʻyicha maxfiy axborotni berish yoki ishlatish davomida, uni himoyalash qoidalari buzilgan taqdirda jiddiy oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, yoki olib kelishi mumkin boʻlsa barcha holatlar toʻgʻrisida Tomonlar bir-birlarini zudlik bilan xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar vakolatli organlari ushbu moddaning 1-bandida taʼkidlangan holatlar boʻyicha salbiy asoratlarni yoʻq qilishda, Tomonlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan ziyonni. minimal darajaga keltirishda oʻzaro kelishilgan, kerakli choralarni qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organ xizmat tergovini olib boradi, va aybdor shaxslar buzgʻunchilik sodir boʻlgan hudud davlati qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1-bandida taʼkidlab oʻtilgan holat yuz bergan davlat hududidagi Tomon vakolatli organi oʻz Tomonining muvofiqlashtiruvchi organini va maxfiy axborotni bergan Tomon vakolatli organini buzgʻunchilik, hamda bunday fakt ustidan olib borilgan tergov natijalari va koʻrilgan choralar haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu modda qoidalari shu Bitimga muvofiq olingan maxfiy axborotning obyektiv sabablarga koʻra ruxsatsiz tarqalishiga olib kelgan favqulodda holatlarda ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Bahsli masalalarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllash yoki tatbiq etishda bahsli masalalar yuzaga kelsa, Tomonlar bunday masalalarni maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuvlariga asosan ushbu Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan, alohida bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish hamda toʻldirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Kuchga kirish, amal qilish muddati va toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Tomonlar tarafidan kuchga kirishi uchun barcha ichki protseduralar bajarilganligi haqidagi oxirgi yozma dalolatnoma qabul qilinganidan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuziladi va bir Tomon boshqa Tomondan ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati haqidagi yozma dalolatnomani olgan vaqtdan olti oy oʻtgunga qadar oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimning amal qilishi toʻxtatilsa, Tomonlar hamkorligi mobaynida berilgan yoki hosil boʻlgan maxfiy axborotga nisbatan, uning maxfiylik ustxati olib tashlanmaguniga qadar himoyalash choralari ushbu Bitimning 4-moddasiga binoan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ostona shahrida 2006-yil 4-sentabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini tatbiq etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 1-son)