20.03.2006 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

XALQARO AVTOMOBIL QATNOVI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari oʻrtasida yoʻlovchi va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish zaruriyatiga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari oʻrtasida avtomobilda yoʻlovchi va yuklarni, shuningdek ularning hududlari orqali tranzit tashishlarni yengillashtirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur masalalarni oʻzaro yordam, hamkorlik va oʻzaro manfaatdorlik asosida tartibga solish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. QOʻLLANISh SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qoidalari Tomonlardan birining davlati hududida roʻyxatga olingan avtotransport vositalarida amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida avtomobilda yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashishlar, ularning hududlari orqali tranzit tashishlar, uchinchi mamlakatlardan/ga tashishlarga qoʻllaniladi.
(1-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirok etayotgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ATAMALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlarida unda qoʻllanilayotgan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Tashuvchi” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining davlati hududida roʻyxatga olingan, milliy qonunchilikka muvofiq haq evaziga yoki oʻz hisobidan yoʻlovchi va yuklarning xalqaro tashishlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxsni anglatadi.
(2-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Avtotransport vositasi” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni tashishda — avtobus, yaʼni yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan hamda haydovchi oʻrindigʻi bilan birga hisoblaganda kamida 9 ta oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni tashishda — yuk tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi, shu jumladan yuk avtomobili, tirkamali yuk avtomobili, shatakchi avtomobil yoki yarim tirkamali shatakchi avtomobilni anglatadi.
(2-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Uchinchi mamlakatlardan/ga tashuvlar” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining davlati hududida roʻyxatdan oʻtgan avtomobil transportida punktlar oʻrtasida amalga oshiriladigan yuklarning tashuvlarni anglatadi, bunda punktlardan biri boshqa Tomon davlati hududida joylashgan va boshqasi — uchinchi mamlakat (ushbu Bitim qatnashchisi boʻlmagan) hududida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ruxsatnoma” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir Tomon davlatining vakolatli organi beradigan va boshqa Tomon davlati hududida roʻyxatdan oʻtgan avtotransport vositasiga ruxsatnomani bergan Tomon davlati hududi boʻylab yoki u orqali oʻtib ketish xuquqini/imkoniyatini beruvchi hujjatni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Maxsus ruxsatnoma” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir Tomon davlatining vakolatli organi beradigan va boshqa Tomon davlati hududida roʻyxatdan oʻtgan avtotransport vositasiga maxsus ruxsatnomani bergan Tomon davlati hududi boʻylab yoki u orqali maxsus toifadagi tashuvlarni amalga oshirish xuquqini/imkoniyatini beruvchi hujjatni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Xavfli yuklar” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvlar, ortish va tushirish ishlari davomida oʻziga xosligi va xususiyatlari tufayli maʼlum bir omillar mavjudligi bilan portlash, yongʻin yoki tashilayotgan yuklar, texnik vositalar, qurilmalar, binolar va inshootlar hamda boshqa obyektlarning buzilishiga, shuningdek odamlarning hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zarar yetkazishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, mahsulotlar, chiqindilarni anglatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Yoʻlovchilarni muntazam tashishlar” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari vakolatli organlari oʻrtasida oldindan kelishilgan yoʻnalishlar, jadval, tariflar, tashuvchi yoʻlovchilarni chiqaradigan va tushiradigan bekatlar boʻyicha amalga oshiriladigan avtobusda yoʻlovchi tashuvlarini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻlovchilarni muntazam tashishlar” atamasi qamroviga kirmaydigan yoʻlovchilarni avtobusda tashishlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Tranzit tashishlar” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining davlati hududi orqali yoʻlovchilar yoki yuklarni tashishni anglatadi, bunda joʻnash va yetib borish manzili mazkur davlat hududidan tashqarida joylashgan boʻladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan 7, 8 va 9-bandlar bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YOʻLOVChI VA YuKLARNI TAShISh
(III bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkala davlat oʻrtasida yuklarni tashish yoki ularning hududlaridan tranzit bilan oʻtish ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon oʻz davlati hududi boʻylab, jumladan tranzit bilan uchinchi davlatga yoʻl olgan boshqa Tomon yuk tashuvchi avtotransport vositalarining oʻtishi uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashuvchiga boshqa Tomon davlati hududida joylashgan ikkita punkt oraligʻida yuklarni tashishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Tomon davlatining tashuvchisi, agar bunga boshqa Tomon vakolatli organining ruxsati olingan boʻlsa, boshqa Tomon davlati hududidan uchinchi davlat hududiga va uchinchi davlat hududidan boshqa Tomon davlati hududiga yuklarni tashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar davlatlari vakolatli organlari ruxsatnoma blankalarini almashtirish tartibini oʻzaro kelishib oladilar. Mazkur blankalarda ruxsatnomani bergan vakolatli organning muhri va masʼul shaxsining imzosi mavjud boʻlishi lozim.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan 3-band bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar yuksiz yoki yuk bilan harakatlanayotgan avtotransport vositasining oʻlchamlari va ogʻirlik parametrlari boshqa Tomon davlati hududida belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlsa, tashuvchi boshqa Tomon vakolatli organining maxsus ruxsatnomasini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfli yuklar va harbiy kontingentlarni tashish, shuningdek Tomonlar davlatlarining hududi boʻylab ularning tranziti tashuv amalga oshirilayotgan hudud davlatining milliy qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoʻlovchilarni muntazam tashishlar Tomonlar davlatlari vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlari oʻrtasida yoki ularning hududlari orqali tranzit tarzda yoʻlovchilarni muntazam tashishlar Tomonlar davlatlari vakolatli organlari tarafidan yoʻnalishning oʻz davlati hududidan oʻtadigan qismiga beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Ruxsatnomalar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari kelishgan tartibda 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muntazam tashishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan bir-biriga beriladi va unda quyidagi maʼlumotlar bayon etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashuvchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yetkazib berish manzillardagi avtovokzallar (avtostansiyalar) koʻrsatilgan qatnov yoʻnalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) harakat jadvali va tariflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tashishlarni amalga oshirishning moʻljallangan muddati va muntazamligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tashuvchi yoʻlovchilarni chiqaradigan va tushiradigan toʻxtash bekatlari, shuningdek chegaradan oʻtish punktlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qoʻshma shartnoma, basharti xizmat bir necha tashuvchilar tomonidan birgalikda koʻrsatilayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlarning vakolatli organlari yoʻlovchilarni muntazam tashishlarni oʻz hududlari orqali tashkil etish tartibini (yozma ravishda) kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlari oʻrtasida yoki ularning hududlari orqali tranzit tarzda yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar Tomonlar davlatlari vakolatli organlari tarafidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi, ushbu moddaning 2-bandida belgilangan tashishlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ruxsatnoma yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar uchun quyidagi hollarda talab etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar yoʻlovchilar guruhi xuddi shu tarkibda ayni avtobusning oʻzida butun yoʻnalish boʻylab tashilayotgan boʻlsa va bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalish avtobus roʻyxatdan oʻtgan Tomon davlati hududida boshlansa va tugasa, yoxud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalish avtobus roʻyxatdan oʻtgan Tomon davlati hududida boshlansa va boshqa Tomon davlatining hududida tugasa, basharti avtobus mazkur boshqa Tomon davlatining hududidan boʻsh qaytsa yoki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobus boshqa Tomon davlati hududiga aynan shu tashuvchi tomonidan ilgari olib borib qoʻyilgan yoʻlovchilar guruhini olib ketish maqsadida boʻsh kirib borsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nosoz avtobus boshqa avtobus bilan almashtirilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning 2-bandi a) kichik bandida nazarda tutilgan tashuvlarni amalga oshirishda, avtobus haydovchisi Tomonlar davlatlari vakolatli organlari tarafidan kelishilgan shakl boʻyicha tuzilgan yoʻlovchilar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoʻlovchilarni har bir nomuntazam tashishga bir marta manzilga borish va qaytishni amalga oshirish huquqini beruvchi alohida ruxsatnoma berilishi lozim.
(5-1 va 5-2-moddalar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimga binoan talab etilayotgan ruxsatnomalar (4-moddaning 2-bandi, 5-moddaning 1-bandi, 5-1 — moddaning 2-bandi, 5-2-moddaning 1-bandi), shuningdek tashuvlarga oid boshqa hujjatlar mazkur Bitimda koʻrsatilgan barcha tashuvlar davomida avtotransport vositasida boʻlishi kerak va Tomonlar davlatlari vakolatli organlari vakillarining talabiga koʻra tekshirish uchun taqdim etilishi lozim.
(6-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashuvlarga oid hujjatlar safar boshlanishidan oldin toʻliq toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomon davlatining tashuvchilari boshqa Tomon davlatining milliy qonun hujjatlariga, shuningdek Tomonlar davlatlari ishtirok etayotgan avtomobil tashuvlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning qoidalariga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan tashuvlar Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlariga muvofiq avtomobilda xalqaro harakatlanish uchun ochiq boʻlgan avtomobil yoʻllari orqali amalga oshirilishi lozim. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari zarur hollarda tashuv yoʻnalishini oʻrnatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashuvchi yoki uning haydovchilari boshqa Tomon davlati hududida amal qilayotgan qonun hujjatlari yoki ushbu Bitim qoidalarini buzgan holda, huquqbuzarlik sodir etilgan davlat hududidagi Tomonning murojaatiga koʻra, avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan hudud Tomoni davlatining vakolatli organlari quyidagi choralardan birini qoʻllashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashuvchini amal qilayotgan qoidalarga rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Bitimga muvofiq tashuvlarni amalga oshirishni vaqtincha man qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) javobgar tashuvchiga ruxsatnomalarni berishni toʻxtatish yoki boshqa Tomon davlatining vakolatli organi ushbu tashuvchini tashuvlardan chetlatgan muddatga berilgan ruxsatnomani olib qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandi “b” kichik bandiga muvofiq chora huquqbuzarlik sodir etilgan hudud Tomoni davlatining vakolatli organi tomonidan bevosita qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ikkala Tomon davlatlarining vakolatli organlari koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar davlatlarining avtotransport vositalari haydovchilari ular boshqarayotgan avtotransport vositasi toifasiga mos milliy yoki xalqaro haydovchilik guvohnomasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1963-yil 8-noyabrda Venada tuzilgan konvensiya talablariga javob beruvchi avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi haqida guvohnomaga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomonlar davlatlarining avtotashuvchilari huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun huquqbuzarlik sodir etilgan hudud davlatining milliy qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimda nazarda tutilgan tashuvlar oʻz davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish ruxsat etilgan tashuvchilar tomonidangina amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashishlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari oʻz davlatining roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk avtomobillari yoki shatakchi avtomobillar Tomonlar davlatlarining roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlgandagina, tirkamalar va yarim tirkamalar boshqa davlatlarning roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning tashuvchilari yoʻlovchi va yuklar tashuvlari amalga oshirilayotgan hudud davlatining harakat qoidalari va boshqa qonunlariga rioya qilishlari lozim.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga muvofiq yoʻlovchi va yuklarni tashish avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash sharti bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi tashuvlarni amalga oshirayotgan har bir avtotransport vositasini oldindan sugʻurtalashi lozim.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda, shuningdek ikkala Tomon ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalarda tartibga solinmagan masalalar har bir Tomon davlatining milliy qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harakat xavfsizligini taʼminlash uchun zamonaviy jihozlangan shovqin darajasi past va chiqayotgan tutunida zararli moddalar kam boʻlganligi bilan farqlanadigan avtotransport vositalaridan foydalanishga Tomonlar koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan choralar ushbu Bitimning 14-moddasiga asosan tashkil etilgan Qoʻshma komissiya tomonidan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimga asosan amalga oshirilayotgan tashuvlarda Tomonlar davlatlari hududiga olib kirilayotgan quyidagilar bojxona toʻlovlari va yigʻimlaridan oʻzaro ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir avtotransport vositasi modeli uchun tayyorlovchi koʻzda tutgan, dvigatellarning taʼminot tizimiga texnologik va konstruktiv jihatdan bogʻlangan standart idishlarda, shuningdek texnologik jihatdan muzlatgich va avtotransport vositalaridagi boshqa qurilmalar bilan bogʻliq qoʻshimcha sigʻimlarda joylashgan yonilgʻi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoʻlovchi va yuklarni tashish davomida foydalanish uchun zarur boʻlgan miqdordagi moylash materiallari;
(12-moddaning 1-bandi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshirayotgan avtotransport vositasini taʼmirlash uchun moʻljallangan ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar.
(12-moddaning 1-bandi “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilmagan ehtiyot qismlar qaytarib olib chiqilishi, almashtirilgan ehtiyot qismlar davlatdan olib chiqilishi yoxud yoʻq qilinishi yoki tegishli Tomon davlati hududida oʻrnatilgan tartibda topshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim doirasida yoʻlovchi va yuklarni tashishni amalga oshirayotgan avtotransport vositalari avtotransport vositalariga egalik qilish yoki undan foydalanish, boshqa Tomon davlatining avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni taʼmirlash bilan bogʻliq yigʻim va toʻlovlardan oʻzaro ozod etiladi, toʻlovli avtomobil yoʻllari, avtomagistrallar, koʻpriklar va tonnellardan foydalanish uchun yigʻim va toʻlovlar, basharti bunday yigʻim va toʻlovlar ushbu davlatning avtotransport vositalaridan undiriladigan boʻlsa, bundan mustasno.
(12-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar, shuningdek ikki mamlakat tashuvchilarini depozit hamda oʻz davlatlarining hududlari boʻylab tranzit bilan tashilayotgan yuklardan olinadigan garov summalaridan Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlariga muvofiq oʻzaro ozod etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chegarani kesib oʻtish bilan bogʻliq chegara, bojxona, sanitariya va veterinariya, shuningdek fitosanitariya nazorati hamda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha nazoratiga nisbatan Tomonlar davlatlari ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllaniladi, ushbu shartnomalarda tartibga solinmagan masalalarni hal etishda har bir Tomon davlatlarining qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hayvonlar, tez buziladigan hamda xavfli yuklarni avtotransport vositasida tashishda chegara, bojxona, sanitariya, veterinariya hamda fitosanitariya nazorati ustuvor tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. QOʻShMA KOMISSIYA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimni bajarish va u bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni muhokama qilish maqsadida Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari vakillari tarkibiga kiradigan Qoʻshma komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshma komissiya majlislari zarur hollarda Tomonlardan birining davlatlari vakolatli organlari taklifiga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshma komissiya, zaruriyat boʻlganda, boshqa vakolatli organlar ishtirokida ushbu Bitim qoidalarini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitimning bajarilish tartibini Ijro Bayonnomasida belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro Bayonnomasi Bitim bilan birga bir vaqtning oʻzida imzolanadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Bitim va ushbu Bitimni qoʻllash toʻgʻrisida Ijro Bayonnomasiga ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblangan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha nizo va kelishmovchiliklarni Tomonlarning Qoʻshma komissiya doirasida oʻtkaziladigan muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab vaqtincha qoʻllaniladi va uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim noaniq muddatga tuziladi va Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni yozma shaklda xabardor etgan kundan 6 oy oʻtgunga qadar oʻz kuchida qolaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2006-yil 20-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 1-son)