20.03.2006 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnikaviy hamkorlik butun ikki tomonlama munosabatlar kompleksining muhim tarkibiy qismi ekaniga ishonch hosil qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarning internatsionallashtirish sharoitlarida birgalikda harakat qilish zaruratini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining mavjud ilmiy-texnikaviy aloqalarini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday hamkorlik Tomonlar davlatlari xalqlari oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, va shuningdek oʻzaro foydali savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga yordam berishini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Tomonlar davlatlari fan va texnikasini rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab, teng huquqlilik va oʻzaro manfaat tamoyillari asosida ilmiy-texnikaviy hamkorlikka koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik yoʻnalishlari Tomonlar davlatlari manfaatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnikaviy hamkorlik ikki mamlakatning vazirliklari, idoralari, fanlar akademiyalari, ilmiy tashkilotlari (milliy ilmiy markazlar, ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari), oliy oʻquv yurtlari, ayrim olimlari va mutaxassislari tomonidan, ularning vakolatlari doirasida, Tomonlar davlatlari milliy qonun hujjatlariga muvofiq boʻladigan shartnomalar va kontraktlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlikka umumiy rahbarlik va muvofiqlashtirishni Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalar markazi, Qozogʻiston tomonidan — Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur vakolatli organlarning nomlari yoki vazifalari oʻzgarganda Tomonlar diplomatik kanallar orqali oʻz vaqtida xabardor boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar va kontraktlar hamkorlikni amalga oshirish masalalarini, uning iqtisodiy va tashkiliy shartlarini, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hamkorlikning maqsadlari va mazmuni, vazifalari va undan kutilayotgan natijalar, ularning muddatlari va amalga oshirish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻzaro moliyaviy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ilmiy-texnik obyektlardan birgalikda foydalanish tartibi, shuningdek birgalikdagi tadqiqotlar natijalaridan foydalanish va birgalikdagi ilmiy faoliyat davomida olingan intellektual mulk huquqlarini taqsimlash masalalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— nizoli masalalarni hal qilish tartibi va hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslar hamkorlik doirasida zimmalaridagi majburiyatlarini bevosita bajarayotgan vaqtda sheriklarga keltirishi mumkin boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hamkorlikda uchinchi davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar shaxslarining ishtirok etishi, bunday ishtirokni moliyaviy taʼminlash va hamkorlik natijalaridan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— axborotning ishonchliligi va hamkorlik jarayonida bir-biriga beriladigan materiallar va uskunaning sifati uchun masʼuliyatni aniqlab berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— chuqur ilm talab qiladigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni yaratish va oʻzlashtirish boʻyicha qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlarini, loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Tomonlar davlatlarining ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida, oliy oʻquv yurtlarida, texnoparklarida, arxiv, kutubxona va muzeylarida ilmiy ishlar, shu jumladan qoʻshma dala tadqiqotlari va ekspeditsiyalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Tomonlar davlatlari qonun hujjatlari belgilagan tartibda fan-texnika axboroti, hujjatlarini almashish, adabiy va bibliografik nashrlar oʻrtasida kontraktlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qoʻshma seminarlar, ilmiy konferensiyalar va xizmat uchrashuvlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— olimlar va mutaxassislarning malakalarini oshirish, stajirovkalar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ilmiy va ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarning ekspertizasini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik ushbu Bitimning bajarilishini taʼminlovchi boshqa kelishilgan shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan qoʻshma tadqiqotlar shakllarini tanlashda va aniqlashda Tomonlar Tomonlar davlatlarining ilmiy-texnikaviy siyosati ustuvorligiga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari olimlari va mutaxassislarining ish sharoitlari hamkorlik qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida ushbu Bitimning 3 va 4-moddalarida koʻzda tutilgan shartnoma va kontraktlar asosida kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan intellektual mulk huquqlarini, Tomonlar davlatlari milliy qonun hujjatlariga muvofiq, himoya qilishga koʻmaklashadilar. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning aniq masalalari ushbu Bitimning 4-moddasida koʻzda tutilgan shartnomalar va kontraktlardan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomonning hamkorlik qiluvchi tashkilotlari oʻrtasida kelishilgan holda, ushbu Bitim doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy dastur va loyihalarni bajarishda ishtirok etish uchun uchinchi tomonlarning olimlari, texnika ekspertlari, davlat tashkilotlari va korxonalari, va shuningdek xalqaro tashkilotlar mutaxassislari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlarning oʻzlari ishtirok etayotib tuzgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi boʻyicha ushbu Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan ushbu Bitimning ajralmas qismlari hisoblanadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilishda bahs va kelishmovchiliklar paydo boʻlsa, Tomonlar ularni maslahatlashuv va muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim noaniq muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonni Bitimning amalini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilgan sanadan eʼtiboran olti oy oʻtgunga qadar oʻz kuchida qolaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajargani toʻgʻrisida oxirgi yozma xabar olingan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning qoidalari oʻzgarishi yoki toʻxtatilishi ushbu Bitim doirasida tuzilgan va Tomonlar oxiriga yetkazmagan, bevosita shartnomalar bajarilishiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2006-yil 20-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlsa, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 1-son)