18.05.2004 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anglashuv Memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1963-yil 24-apreldagi Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena Konvensiyasiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro suverenitetni hurmat qilish, tenglik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplari asosida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga oʻz sodiqliklarini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar diplomatik pasportlarga ega boʻlgan Tomonlar davlatlari fuqarolariga oʻz davlatlari hududlariga vizasiz kirish va boʻlishga ruxsat berish imkoniyatini oʻrganib chiqadilar hamda qisqa muddatlarda natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz milliy qonun hujjatlari asosida 5 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda Tomonlarning savdo vazirliklari, palatalari va elchixonalari orqali berilgan taklifnomalar yoki tavsifnomalariga asoslanib Tomonlarning ishbilarmon doiralari va investorlariga 6 oygacha boʻlgan muddatga koʻp martalik viza beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar fan, sanʼat va sport sohasida tashrif buyurayotgan Tomonlar davlatlari fuqarolariga paritet asosida bepul viza beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar elchixonalari diplomatik xodimlarining yaqin qarindoshlariga (ota-onalari, farzandlari, aka-ukalari va opa-singillari) bepul viza beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Konsullik masalalari yuzasidan fikr almashish hamda muammolarini hal etish maqsadida ikki vazirlik konsullik boshqarmalarining boshliqlari oʻrtasida navbatma-navbat Tomonlar hududida yiliga bir marta konsullik maslahati oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv Memorandumga Tomonlar oʻzaro kelishuviga koʻra uning ajralmas qismi hisoblangan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritishlari mumkin va ular 8-moddada koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv Memorandum qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan qarama-qarshilik va kelishmovchiliklarni Tomonlarning muzokaralar hamda maslahatlashuvlari orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv Memorandum imzolangan kundan keyin 30 kun oʻtgach kuchga kiradi va Tomonlardan birontasi boshqa Tomondan uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida xabarnoma olgandan keyin 30 kun oʻtgach, amal qilishdan toʻxtaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv Memorandumi Toshkent shahrida xijriy-shamsiy 1383 yil ordbexesht oyining 29 kuni, yaʼni melodiy 2004-yil 18-may kuni ikki nusxada, har biri oʻzbek va fors tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 2-son)