10.06.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIRLAShGAN MILLATLAR TAShKILOTI TARAQQIYOT DASTURI va OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi quyida qisqacha BMTTD deb ataluvchi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturini yordam oluvchi mamlakatlarning oʻz iqtisodiy taraqqiyotlarining muhim muammolarini hal etish hamda ularning ijtimoiy taraqqiyoti va hayot darajasini koʻtarishga koʻmaklashish maqsadida, milliy saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash va toʻldirish uchun tuzganligini eʼtiborga olib; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Hukumati BMTTDga oʻz xalqi manfaati yoʻlida yordam uchun talabnoma taqdim etish istagida ekanligini nazarda tutib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida Tomonlar deb ataluvchi Hukumat va BMTTD doʻstona hamkorlik ruhida harakat qilib, ushbu Bitimni tuzdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-modda
Bitim tatbiq etiladigan sohalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim BMTTD va uning ijrochi-muassasalari hukumatga uning taraqqiyot loyihalarini bajarish va BMTTD sarmoyasi asosida bajariladigan loyihalar yuzasidan boʻlgan asosiy shartlarni oʻz ichiga oladi. Uning qoidalari BMTTD tomonidan beriladigan har qanday yordamga, shuningdek mazkur yordamni taqdim etish va ushbu Bitimga muvofiq shu kabi loyihalar boʻyicha hamda ijrochi-muassasalarning tegishli majburiyatlarini batafsilroq belgilash maqsadida Tomonlar ishlab chiqishi mumkin boʻlgan quyidagi loyihalar boʻyicha “hujjatlar” deb ataluvchi loyihalar, boshqa hujjatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. BMTTD ushbu Bitimga muvofiq Hukumat taqdim etgan va BMTTD maʼqullagan talabnomaga javob tarzidagina yordamni amalga oshiradi. Bunday yordam Hukumatga yoki u tayinlashi mumkin boʻlgan yuridik shaxsga beriladi. Uning berilishi va olinishi BMTTD vakolatli idoralarining tegishli va qoʻllaniladigan rezolyutsiyalari va qarorlari asosida belgilanadi, shuningdek BMTTDda zarur fondlar mavjudligiga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-modda
Yordam shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim asosida Hukumatga BMTTD tomonidan beriladigan yordam quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekspert-maslahatchilar va konsultantlar, shu jumladan BMTTD yoki tegishli ijrochi-muassasalar tomonidan tayinlanadigan va ular oldida masʼul boʻlgan alohida shirkatlar va tashkilotlar konsultantlarining xizmatlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tezkor, boshqaruv yoki maʼmuriy vazifalarni Hukumatning fuqaro xizmatchilari yoki Hukumat ushbu Bitimning I-moddasi 2-bandiga muvofiq tanlashi mumkin boʻlgan yuridik shaxslar sifatida bajarish uchun ijrochi-muassasa tayinlaydigan texnik ekspertlar xizmatlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyida koʻngillilar deb ataluvchi Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻngillilari xizmatlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyida mamlakat deb ataluvchi Oʻzbekistonda olish qiyin boʻlgan asbob-uskuna va ashyolardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) seminarlar, kadrlar tayyorlash dasturi, koʻrgazmaviy loyihalar, ekspertlarning ishchi guruhlari va shunga oʻxshash tadbirlarni tashkil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) talabalar va aspirantlarga stipendiyalar berish yoki Hukumat tomonidan tayinlanib, tegishli ijrochi-muassasa tasdiqlagan nomzodlarning umumiy taʼlim yoki kasb tayyorlovini olishlarini taʼminlaydigan shunga oʻxshash tadbirlarga mablagʻ ajratishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Hukumat va BMTTD oʻzaro kelishib olishi mumkin boʻlgan yordamning har qanday turidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yordam koʻrsatish haqidagi talabnoma Hukumat tomonidan BMTTD nomiga ushbu mamlakatdagi BMTTDning vakil-rezidenti (u haqida ushbu moddaning 4a-bandida qayd etiladi) orqali BMTTDning bunday talabnomalar uchun belgilangan shakl va tartibiga muvofiq yuboriladi. Hukumat BMTTDga talabnomani baholash uchun barcha zarur xizmatlarni va, shu jumladan kelgusida sarmoya qoʻyilishi nazarda tutilgan loyihalar boʻyicha faoliyatga nisbatan oʻz niyati haqida barcha tegishli maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. BMTTD maqsadga muvofiq deb qaraladigan tashqi yordamdan foydalanib, yordamni bevosita Hukumatga yoki BMTTD tomonidan loyihani roʻyobga chiqarishda hamda yordamni amalga oshirishda asosiy javobgarlik yuklatiladigan va shu maqsadda mustaqil pudratchi maqomi beriladigan ijrosi-muassasa orqali amalga oshiriladi. Basharti, yordam BMTTD tomonidan bevosita Hukumatga berilsa, ushbu Bitimda ijrochi-muassasaga har qanday murojaat etib, ish koʻrish BMTTDga mansub deb sharhlanishi lozim va matndan boshqa narsa anglanishi hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. a) BMTTDning vakili boʻlish va Dasturga tegishli barcha masalalar boʻyicha Hukumat bilan asosiy aloqa kanali vazifasini bajarish uchun BMTTD mamlakatda vakil-rezident boshchilik qiladigan doimiy missiyaga ega boʻlishi mumkin. Vakil-rezident BMTTD maʼmuriyati nomidan ish koʻrib, mazkur mamlakatda BMTTD mablagʻ bilan taʼminlayotgan Dasturning barcha jihatlariga nisbatan toʻliq javobgar boʻladi va unga deskritsion huquqlar beriladi hamda BMT tizimidagi boshqa tashkilotlarning mamlakatdagi guruhlarining kasb vakolati va Hukumatning tegishli idoralari bilan munosabatlarini eʼtiborga olib, ularning ishiga rahbarlik qiladi. Vakil-rezident Dastur nomidan Hukumatning tegishli idoralari bilan, jumladan tashqi yordamni muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat muassasalari bilan aloqada boʻlib turadi va BMTTD hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqa tegishli Dasturlarining umumiy siyosat masalalari, mezonlari va tartib-qoidalari toʻgʻrisida Hukumatga bildirib turadi. U Hukumatning iltimosiga binoan unga BMTTDning shu mamlakat boʻyicha dasturlarini, loyihalar boʻyicha talabnomalarni, shu mamlakat boʻyicha dastur yuzasidan takliflarni tayyorlashda, loyihaga taklif etilgan oʻzgarishlarni bayon etishda koʻmaklashadi, turli xil ijrochi-muassasa yoki ular oʻz konsultantlari orqali BMTTD berayotgan yordamning barcha turlarini tegishlicha muvofiqlashtirishni taʼminlaydi. Agar Hukumat iltimos qilsa, BMTTDning faoliyatini mamlakatda oʻtkazilayotgan milliy ikki tomonlama va koʻp tomonlama dasturlar bilan muvofiqlashtirishda unga yordam beradi hamda maʼmuriyat yoki ijrochi-muassasa unga yuklaydigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) BMTTDning missiyasi mamlakatda BMTTD oʻzining faoliyatini munosib bajarishi kerak deb hisoblaydigan xodimlar shtatiga ega boʻlishi mumkin. BMTTD vaqti-vaqti bilan missiya xodimlari va ularning oila aʼzolari nomlarini Hukumatga maʼlum qilib turadi va bunday shaxslarning lavozim maqomidagi oʻzgarishlar haqida ham unga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-modda
Loyihalarning amalga oshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumat BMTTD yordam berayotgan oʻzining taraqqiyot loyihalari va tegishli loyiha hujjatlarida qayd etilgan vazifalarni bajarishda masʼul boʻlib qoladi va ushbu Bitim qoidalari va loyiha hujjatlarida alohida aytib oʻtilishi mumkin boʻlgan loyihalarning tarkibiy qismlarini bajaradi. BMTTD Hukumatga ushbu Bitim qoidalari va loyiha hujjatlarining bir qismini tashkil etuvchi ish rejasiga koʻra va loyihaga kelgusida sarmoyalar qoʻyishga oid uning niyatini roʻyobga chiqartirishda koʻmaklashib, Hukumatni qoʻllab-quvvatlash va uning loyihalardagi ishtirokini toʻldirish majburiyatini zimmasiga oladi. Hukumat BMTTD mablagʻ bilan taʼminlaydigan har bir loyiha boʻyicha uning ishtirokida bevosita javobgarlik zimmasida boʻlgan Hukumatning hamkorlik etuvchi muassasasi toʻgʻrisida BMTTDga xabar beradi. Hukumatning oʻz loyihalari uchun umumiy javobgarligi doirasiga tegmay, Tomonlar u yoki bu ijrochi-muassasa zimmasiga u yoki bu loyihani hamkorlik qilayotgan muassasa bilan maslahatlashib va kelishib bajarishida asosiy javobgarlikni yuklash toʻgʻrisida ahdlashib olishlari mumkin; har qanday shu kabi chora, loyihalarni amalga oshirishda javobgarlik Hukumat yoki u tayinlagan yuridik shaxsga oʻtkazilishi haqida loyiha hujjatlarining bir qismini tashkil etuvchi ish rejasi loyihasida, basharti ular tuzilgan boʻlsa bitimlarda, alohida qayd etib oʻtilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukumat muayyan loyiha uchun BMTTD yordamini olish maqsadida zarur yoki maqsadga muvofiq deb bilgan muqaddam oʻz zimmasiga olgan har qanday majburiyat ushbu loyihaga nisbatan BMTTD va ijrochi-muassasaning oʻz majburiyatlarini bajarishda dastlabki shart hisoblanadi. Basharti, yordam ushbu dastlabki majburiyatlar bajarilishiga qadar berila boshlangan boʻlsa, BMTTDning ixtiyoriga qarab, xabar berilmasdan tugatilishi yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. BMTTD tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan biron-bir loyihani bajarishga nisbatan Hukumat va ijrochi-muassasa oʻrtasida erishilishi mumkin boʻlgan har qanday masala yuzasidan kelishuv yoki Hukumat va texnik ekspert oʻrtasidagi kelishuv ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hamkorlik etuvchi muassasa tegishli tarzda va ijrochi-muassasa bilan maslahatlashib, har bir loyihaga rahbarlik etish uchun hamkorlik etuvchi muassasa yuklagan majburiyatlarni bajaradigan shtatli mudirni tayinlaydi. Ijrochi-muassasa tegishli hollarda Hukumat bilan mastlahatlashib, ijrochi-muassasa oldida loyiha darajasida amalga oshirishida ishtirok etishini umumiy tarzda nazorat qiluvchi bosh texnik maslahatchi yoki muvofiqlashtiruvchini tayinlaydi. U ijrochi-muassasaning ekspertlari va boshqa xodimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi va uni muvofiqlashtiradi, Hukumatning ishlab chiqarishdan ajralmagan milliy parallel xodimlarini tayyorlashda masʼul boʻladi. U BMTTD mablagʻ bilan taʼminlaydigan sarmoyalarni, jumladan loyiha uchun taqdim etiladigan asbob-uskunalarni boshqarish va ulardan samarali foydalanishda masʼul boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekspert-maslahatchilar, konsultantlar va koʻngillilar oʻz majburiyatlarini bajarish maqsadida Hukumat, u tayinlaydigan shaxslar yoki idoralar bilan atroflicha mastlahatlashib ish tutadilar va ularning majburiyatlari xarakteri va BMTTD, tegishli ijrochi-muassasa va Hukumat kelishib oladigan yordam xarakterini hisobga olib, maqsadga muvofiq boʻlgan Hukumatning yoʻriqlariga rioya etadilar. Texnik ekspertlar — faqat Hukumat oldida yoki ular yoʻllagan yuridik shaxslar oldida masʼuldirlar va ular faqat Hukumat yoki shunday yuridik shaxsning tasarrufida boʻladilar, lekin ular oʻzlarining xalqaro maqomiga yoki BMTTD yoxud ijrochi-muassasa topshiriqlariga zid boʻlgan biron-bir vazifani bajarishga majbur emaslar. Hukumat har bir texnik ekspert uning xizmatiga kelgan sana uning tegishli ijrochi-muassasa bilan tuzgan shartnomasining haqiqiy sanasiga mos kelishini taʼminlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Stipendiyalar uchun nomzodlar ijrochi-muassasa tomonidan tanlanadi. Stipendiyalar ushbu ijrochi-muassasa yoʻl tutadigan siyosat va amaliyot boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. BMTTD mablagʻ bilan taʼminlaydigan yoki taqdim etadigan texnikaviy yoki oʻzga asbob-uskuna, materiallar, taʼminot ashyo-buyumlari va boshqa mol-mulkka nisbatan egalik huquqi Hukumat va BMTTD kelishib olgan tartibda va shartlarda Hukumatga yoki u tayinlaydigan yuridik shaxsga oʻtkazilmagandagina va shunga qadar BMTTDga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Patent huquqi, mualliflik huquqi va shunga oʻxshash ushbu Bitimga muvofiq BMTTD beradigan yordam natijasi boʻlgan har qanday kashfiyot yoki ishga boʻlgan har qanday huquqlar BMTTDga tegishli boʻladi. Lekin, basharti har bir alohida holda Tomonlar boshqacha kelishib olmagan boʻlsalar, Hukumat mamlakat ichida foydalanish uchun chegirmalarsiz yoki shu kabi toʻlovlarsiz har qanday kashfiyotlar yoki ish natijalaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-modda
Loyihalarga tegishli axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumat BMTTD mablagʻ bilan taʼminlaydigan loyihaning kelgusidagi rivojlanishi istiqboli va uning rentabelligi yoki ushbu Bitim va uning loyiha hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga Hukumat rioya etishiga oid soʻrashi mumkin boʻlgan tegishli maʼruzalar, xaritalar, hisob-kitob varaqalari, yozuvlar, arizalar, hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni BMTTDga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. BMTTD ushbu Bitimga muvofiq amalga oshirilayotgan oʻzining yordam berish faoliyati toʻgʻrisida Hukumatga maʼlum qilib turish majburiyatini zimmasiga oladi. Bitimdagi Tomonlardan har biri BMTTD mablagʻ bilan taʼminlayotgan loyihalarning amalga oshirilishini har qanday vaqtda nazorat etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. BMTTD mablagʻ bilan taʼminlangan loyiha bajarilgandan soʻng uning iltimosiga binoan ushbu loyiha boʻyicha erishilgan natijalar va kelgusida roʻyobga chiqariladigan maqsadlarni yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan naf haqida, shu jumladan uni yoki BMTTD yordamini baholash uchun zarur yoki maqsadga muvofiq maʼlumotlarni Hukumat BMTTDga taqdim etadi, ushbu maqsad uchun BMTTD bilan maslahatlashib turadi va unga mazkur faoliyatni kuzatib turishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaga muvofiq Hukumat BMTTDga taqdim etishi lozim boʻlgan har qanday maʼlumot va materiallar tegishli ijrochi-muassasaning iltimosiga binoan uning ixtiyoriga Hukumat tomonidan taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bitimdagi Tomonlar, lozim hollarda BMTTD mablagʻ bilan taʼminlaydigan loyiha yoki undan olinadigan foydaga doir har qanday maʼlumotni nashr etish toʻgʻrisida bir-birlari bilan mastlahatlashib turadilar. Biroq kelgusida sarmoya bilan taʼminlanishi koʻzda tutilgan har qanday loyihaga oid har qanday maʼlumot, basharti Hukumat BMTTDga yozma ravishda bunday loyihaga nisbatan maʼlumot berishni cheklash toʻgʻrisida murojaat etmaganda yoki shunday iltimos bilan murojaat etadigan paytga qadargina, BMTTD tomonidan iqtidorli sarmoyadorlar ixtiyoriga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-modda
Loyihani amalga oshirishda Hukumatning ishtiroki va badali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimga muvofiq BMTTD mablagʻ bilan taʼminlaydigan loyihalarni amalga oshirishda qatnashish va hamkorlik etish yuzasidan oʻz majburiyatlarini bajarish uchun Hukumat tegishli loyiha hujjatlarida hajmi va xarakteri batafsil belgilangan quyida koʻrsatilganlarni oʻz badali sifatida natura shaklida taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahalliy parallel mutaxassislar va boshqa xodimlar, jumladan bir-biriga oʻxshash texnik ekspertlarning xizmatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkalari, binolar, kadrlarni tayyorlash uchun oʻquv bazalari va mavjud boʻlgan yoki mamlakatda ishlab chiqiladigan infrastrukturaning boshqa tarkibiy qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mavjud boʻlgan yoki mamlakatda ishlab chiqariladigan asbob-uskuna, materiallar va taʼminot ashyo-buyumlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Asbob-uskunalarni yetkazib berish Hukumatga BMTTD beradigan yordamning bir qismini tashkil etadigan barcha hollarda, Hukumat bunday asbob-uskunalarni olib kirishda solinadigan bojni toʻlash, uni portdan loyiha amalga oshiriladigan joygacha tashish, saqlash va shunga oʻxshash xarajatlarini, ularni loyiha joylashgan joyga yetkazgandan keyin sugʻurta qilish, oʻrnatish taʼminlash boʻyicha ham har qanday tasodifiy xarajatlarni koʻtaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shuningdek, Hukumat stajyorlar va stipendiya oluvchilarga stipendiyalar muddati davomida nafaqalar toʻlab turishni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti, ushbu loyiha hujjatlarida koʻzda tutilgan boʻlsa, Hukumat mazkur moddaning 1-bandida sanab oʻtilgan ashyo-buyumlardan biron-biri taqdim etilganligi uchun talab etilgan summalarni loyiha hujjatlari budjetida koʻrsatilgan hajmda BMTTD yoki ijrochi-muassasaga toʻlaydi yoki ularning toʻlashlarini boshqacha tarzda taʼminlaydi va BMTTDga bu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar hisobiga sarflangan barcha mablagʻlar xususida yillik hisobot berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oldingi bandga muvofiq BMTTDga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Kotibi belgilagan hisobga topshiriladi va ularni boshqarish BMTTDning amaldagi moliyaviy qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hukumatning loyiha uchun badalini tashkil etuvchi predmetlar qiymati va ushbu Bitimga muvofiq Hukumat toʻlashi lozim boʻlgan loyiha budjetlarida batafsil koʻrsatilgan har qanday summalar loyiha budjetlarini tayyorlash paytida eng yangi maʼlumotlarga asoslangan hisob-kitob sifatida qaraladi. Kelgusida xarid etiladigan har qanday ashyo-buyumning haqiqiy qiymatini koʻrsatish kerak boʻlgan hollarda, bunday summalarga tuzatishlar kiritilib turilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hukumat har qanday loyiha joylashgan yerda ushbu loyihaning BMTTD va ijrochi-muassasasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotganligini bildiruvchi tegishli belgilar oʻrnatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-modda
Mahalliy valyutada toʻlash lozim boʻlgan Dastur boʻyicha hisoblab chiqilgan xarajatlar va boshqa xarajat moddalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuqoridagi V-moddada koʻrsatilgan badalga qoʻshimcha ravishda Hukumat tegishli loyiha hujjatlarida yoki BMTTD tomonidan uning rahbar organlarining tegishli qarorlariga muvofiq summalarda belgilagan quyida qayd etiladigan mahalliy xarajatlar yoxud xizmatlarni oʻz zimmasiga olib yoki boshqacha tarzda toʻlovlarni taʼminlab, BMTTDga koʻmaklashadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mamlakatdagi loyihalarga yuborilgan ekspert-maslahatchilar va konsultantlarning istiqomat etishlari uchun mahalliy xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahalliy-maʼmuriy va idora xodimlarining, shu jumladan mahalliy kotiblar, ogʻzaki va yozma tarjimonlar xizmatlari hamda shunga monand koʻmaklashuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mamlakat ichida xodimlarni tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) rasmiy maqsadlar uchun pochta joʻnatmalari va elektr aloqasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukumat har bir texnik ekspertga oʻzining fuqarosini ayni shunday texnik ekspert lavozimiga tayinlanganida toʻlaganidek maosh, qoʻshimcha pul yoki mukofot pullarini toʻlaydi. Tegishli ijrochi-muassasa oʻz xizmatchilariga qanday yillik otpuskasi va kasallik tufayli otpuskalar bersa, u ham texnik-ekspertga shunday otpuskalar beradi. Tegishli ijrochi-muassasada oʻz xizmati shartlariga muvofiq vataniga borishga haqli boʻlgan oʻz xodimlariga otpuska berish uchun zarur choralarni koʻradi. Basharti, ijrochi-muassasa zimmasiga texnik-ekspert bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq tovon toʻlashni yuklaydigan holatlarda Hukumat texnik-ekspert xizmatini toʻxtatsa, Hukumat shu kabi holatlarda xizmati toʻxtatiladigan ushbu mamlakat fuqaro xizmatchisiga yoki darajasi jihatidan teng xodimga xizmat tugaganda normal tarzda toʻlanadigan tovonda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukumat quyidagi mahalliy xizmatlarni va binolarni natura bilan taʼminlash majburiyatini oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zarur devon binolari va boshqa binolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) milliy fuqaro xizmatchilariga koʻrsatilganidek xalqaro xodimlar uchun ham tibbiy va kasalxona xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koʻngillilar uchun oddiy, lekin qulay binolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xalqaro xizmatchilar uchun tegishli uy-joy qidirib topishda koʻmaklashishi va teng darajadagi milliy fuqaro xizmatchilariga beriladigan shartlar asosida texnik ekspertlar uchun kvartiralar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hukumat, shuningdek Tomonlar oʻrtasida quyidagi xarajatlar moddalarini toʻlash uchun erishilgan kelishuv boʻyicha belgilangan bir martalik summani har yili BMTTDga toʻlab, uning mamlakatdagi missiyasini xarajatlarida qatnashadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mamlakatda shtab-kvartira sifatida zarur uskunalar va taʼminot buyumlari bilan jihozlangan tegishli idora binolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli mahalliy kotiblar va idora xodimlari, ogʻzaki va yozma tarjimonlar hamda shunga oʻxshash yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vakil-rezident va uning xodimlarini mamlakat ichida rasmiy safarlar uchun transport bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) pochta joʻnatmalari va elektr aloqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vakil-rezident va uning xodimlarini mamlakat ichidagi rasmiy safarlari davrida kundalik toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hukumat yuqoridagi 4-bandda qayd etilganlarni natura shaklida ham taqdim etishga haqli. “b” va “d” bandlarida koʻrsatilganlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning qoidalariga binoan toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari Hukumat tomonidan toʻlanadi va V-moddaning 5-bandiga muvofiq BMTTDning ixtiyoriga kelib tushadi. 2-band qoidalari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-modda
Boshqa manbalardan beriladigan yordam bilan aloqa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti loyihani amalga oshirishda Tomonlardan biri boshqa manbalardan yordam taqdim etsa, Hukumat barcha manbalardan olayotgan yordamni samarali muvofiqlashtirish va undan foydalanish maqsadida Tomonlar oʻzaro va ijrochi-organ bilan maslahatlashib turadilar. Ushbu moddadan Hukumat uchun kelib chiqadigan majburiyatlar uning bilan loyihani amalga oshirishda hamkorlik qiluvchi boshqa yuridik shaxslar bilan tuzishi mumkin boʻlgan biron-bir bitim tomonidan oʻzgartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII-modda
Yordamdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat BMTTD tomonidan beriladigan yordamdan har tomonlama samarali foydalanish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi, bu yordamdan koʻzda tutilgan maqsadlarda foydalanadi. Quyida qayd etilgan qoidalarning qoʻllash doirasini cheklamay, Hukumat loyiha hujjatida koʻzda tutilgan maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun aniq tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX-modda
Imtiyozlar va immunitetlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumat Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda uning organlariga, jumladan BMTTD va ijrochi-muassasa sifatida ish koʻruvchi yordamchi organlarga nisbatan ularning mol-mulklari, fondlari, avuarlari, shuningdek ularning xodimlari, jumladan vakil-prezident va mamlakatdagi BMTTD missiyasining boshqa xodimlariga daxldor holatlarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining imtiyozlar va immunitet toʻgʻrisida Konvensiyasi qoidalarini tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukumat ijrochi-muassasa sifatida ish koʻruvchi har bir ixtisoslashgan muassasaga nisbatan ularning mol-mulki, fondlari va avuarlariga doir holatda hamda uning xodimlariga nisbatan ixtisoslashgan muassasalarning imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisida Konvensiya qoidalarini, shu jumladan ushbu muassasaga nisbatan qoʻllaniladigan Konvensiya ilovasini tatbiq etadi. Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) ijrochi-muassasa sifatida ish tutgan hollarda Hukumat uning mol-mulki, fondlari va avuarlari hamda uning xodimlari va ekspertlariga nisbatan MAGATEning imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisida Bitim qoidalarini tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mamlakatdagi BMTTD missiyasi aʼzolariga oʻz vazifalarini samarali bajarishi uchun lozim boʻlgan qoʻshimcha imtiyozlar va immunitetlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. a) Basharti, Tomonlar aniq loyihalarga aloqador loyiha hujjatlari boʻyicha boshqacha tarzda kelishib olishmasa, Hukumat barcha shaxslarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli ixtisoslashgan muassasasi va MAGATE Birlashgan Millatlar Tashkilotining imtiyozlar va immunitetlarga doir 18 hamda 19-boʻlimlariga yoki ixtisoslashgan muassasalarning shunday Konvensiyasining 18-boʻlimiga yoki MAGATEning imtiyozlar va immunitetlar toʻgʻrisida Bitimiga muvofiq beriladigan imtiyoz va immunitetlarni beradi. Joylarda Hukumatning fuqarolaridan tanlangan, BMTTD, biron-bir ixtisoslashgan muassasa yoki MAGATE xizmatidagi yuqorida qayd etilgan 1 va 2-band qoidalari taʼsiriga tushmaydigan xodimlar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ushbu moddaning oldingi boʻlimlarida zikr etilgan imtiyozlar va immunitetlarga taalluqli huquqiy hujjatlarni qoʻllash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuqorida qayd etilgan 4a-bandida koʻrsatilgan shaxslarning tasarrufida yoki ixtiyorida mavjud boʻlgan biron-bir loyihaga mansub barcha hujjatlar holatlarga qarab, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, tegishli ixtisoslashgan muassasa yoki MAGATEga tegishli hujjatlar sifatida qaraladi va;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) loyiha maqsadlari uchun olib kirilgan mamlakat ichida sotib olingan yoki ijaraga olingan asbob-uskuna, materiallar va taʼminot ashyo-buyumlari holatlariga qarab, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, tegishli ixtisoslashgan muassasa yoki MAGATEning mulki sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Bitimning IX, X va XIII-moddalarida ishlatiladigan “xizmat vazifasini bajarayotgan shaxslar” iborasi texnik xodimlar, koʻngillilar, konsultantlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek ularning xodimlariga nisbatan qoʻllaniladi. U BMTTD tomonidan ijrochi-muassasa sifatida yoki boshqacha tarzda BMTTD tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanayotgan loyihani bajarishda va uning xodimlariga koʻmaklashishda ijrochi-muassasa sifatida BMTTD jalb etadigan Hukumat va nohukumat tashkilotlari yoki shirkatlarini qamrab oladi. Ushbu Bitimning biron-bir qoidasi bunday tashkilotlar yoki shirkatlarga hamda ularning xodimlariga huquqiy hujjatlar asosida beriladigan immunitetlar va yengilliklarni cheklaydigan tarzda sharhlanmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-modda
BMTTD yordami amalga oshirilishida beriladigan imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumat BMTTD, uning ijrochi-idoralari, ekspertlar va ularning xizmatida boʻlgan boshqa shaxslarni ushbu Bitimga muvofiq ado etayotgan majburiyatlariga zid boʻlishi mumkin boʻlgan qarorlar va boshqa huquqiy qoidalarning qoʻllanishi doirasidan chiqarish uchun kerak boʻlgan barcha choralarni koʻradi, tez samarali qoʻllash uchun lozim boʻlishi mumkin boʻlgan shu kabi boshqa imtiyozlarni kafolatlaydi. Xususan, u ularga quyidagi huquq va imtiyozlarni kafolatlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tezlik bilan BMTTD yoki biron-bir ijrochi-muassasada xizmat qilayotgan ekspert va boshqa xodimlarni ishonchli ekanliklarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tezda zarur viza, litsenziya va ruxsatnomalarni bepul tarzda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish joyiga kirish uchun ijozat va hamma zarur imtiyozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) BMTTD yordamini tegishlicha qoʻllash lozim boʻlganda, mamlakat ichida erkin harakatlanish, mamlakatga kirish va chiqib ketish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) eng qulay valyuta kursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) uskunalar, materiallar, taʼminot ashyo-buyumlarini olib kirish va keyinchalik olib chiqishga oid har qanday zarur ruxsatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) BMTTD xodimlari, uning ijrochi-muassasalari yoki ularning xizmatida boʻlgan boshqa shaxslarga tegishli shaxsiy foydalanish yoki isteʼmol uchun va keyinchalik olib chiqib ketiladigan mol-mulkni olib kirishda zarur boʻlgan har qanday ruxsatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “e” va “j” bandlarida qayd etilgan buyumlarni bojxonadan tezlik bilan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga koʻra yordam Oʻzbekiston xalqi va Hukumati foydasini koʻzlab berilishi boisidan Hukumat ushbu Bitimdan kelib chiqadigan operatsiyalarga bogʻliq barcha masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi. U ijrochi-muassasalar, ularning xodimlari va ular xizmatida boʻlgan va boshqa shaxslarga nisbatan uchinchi tomonlar daʼvo qilgan taqdirda, oʻz zimmasiga daʼvolarni koʻrib chiqish masʼuliyatini oladi hamda ularni ushbu Bitimga oid operatsiyalardan kelib chiqadigan talablar yoki boshqa xil majburiyatlarni bajarishdan ozod qiladi. Basharti, Tomonlar va ijrochi-muassasa yuqorida qayd etilgan shaxslarning qoʻpol ehtiyotsizligi yoki qasddan huquqqa xilof harakatlari natijasida talab yoki majburiyat kelib chiqishiga oid kelishib olishgan boʻlsa, yuqorida bayon etilgan qoidalar tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI-modda
Yordamni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti, BMTTD fikricha loyihani muvaffaqiyatli tugatish va uning maqsadiga erishish uchun toʻsqinlik qilayotgan yoki qilishi mumkin boʻlgan holatlar kelib chiqsa, BMTTD yozma tarzda Hukumat va tegishli ijrochi-muassasani ogohlantirib, har qanday loyiha uchun berilayotgan yordamni toʻxtatishi mumkin. BMTTD ushbu xatida yoki keyingi xatida qanday sharoitlarda loyiha uchun oʻz yordamini davom ettirishga tayyorligini bildirishi mumkin. Har qanday bu kabi toʻxtatish uning qayd etgan shartlarini Hukumat qabul qilmaguncha va BMTTD yozma ravishda Hukumat va ijrochi-muassasani yordamini tiklashga tayyor ekanligi haqida bildirmaguncha davom etaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgan har qanday vaziyat u toʻgʻrida hamda Hukumatga BMTTD va ijrochi-muassasa yordamining vaqtincha toʻxtatib qoʻyish haqida xabar berilgandan soʻng 14 kun davom etsa, ushbudan soʻng har qanday vaqtda vaziyat davom etish jarayonida BMTTD Hukumatga va ijrochi muassasaga yuboradigan yozma bildirishi bilan loyihaga yordam berishni toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu modda qoidalari eʼtirof etilgan huquqiy normalar va har qanday boshqa asos boʻyicha mazkur holatlarda BMTTD ixtiyorida boʻladigan boshqa hech qanday huquqlar yoki undirish vositalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. BMTTD va Hukumat oʻrtasida ushbu Bitim natijasida yoki u sababli yuzaga kelgan har qanday nizo muzokaralar yoki tortishuvni boshqacha hal etish usullari bilan hal etilmasa, Tomonlardan biron-birining iltimosiga koʻra u hakamlar muhokamasiga berilishi mumkin. Har bir tomon bir hakamni tayinlaydi. Tomonlar tayinlangan hakamlar muhokama jarayonida raislik etuvchi uchinchi hakamni tayinlaydilar. Basharti hakamlar muhokamasi toʻgʻrisida iltimosdan soʻng 30 kun ichida Tomonlardan biron-biri hakam tayinlanmasa, ikki hakam tayinlangandan keyin 15 kun ichida uchinchi hakam tayinlanmasa, har qanday Tomon Xalqaro sudning raisidan hakam tayinlashni soʻrashi mumkin. Hakamlar muhokamasi tartib-qoidalari hakamlar tomonidan oʻrnatiladi, hakamlik boʻyicha xarajatlar miqdorini hakamlar belgilaydi va ularni nizolashuvchi tomonlar koʻtaradilar. Chiqarilgan hakamlar qarori asoslantirilgan sabablarning bayonotini oʻz ichiga olishi va Tomonlar uni nizo yuzasidan qatʼiy qaror sifatida qabul etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukumat va texnik ekspert oʻrtasida Hukumat xizmatida boʻlgandagi sharoitlarda kelib chiquvchi har qanday nizo Hukumat yoki shu manfaatdor texnik ekspert tomonidan mazkur texnik ekspertning vakili boʻlgan ijrochi-muassasa muhokamasiga berilishi mumkin va tegishli ijrochi-muassasa nizoni hal etishda xayrli xizmatlar vazifasini bajaradi. Basharti nizoni yuqorida qayd etilgan tartibda yoki boshqa har qanday kelishuv uslubida hal etish mumkin boʻlmasa, Tomonlardan biron-birining iltimosiga koʻra masala ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgan qoidalarga muvofiq hakamlik muhokamasiga beriladi va bunda Tomonlardan biron-biri yoki ular tayinlagan hakamlar tomonidan tayinlamagan hakamni doimiy hakamlik sudining Bosh Kotibi tayinlashigina mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII-modda
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim imzolangandan soʻng kuchga kiradi va quyidagi 3-bandga muvofiq toʻxtatilguncha kuchga ega boʻladi. Ushbu Bitim kuchga kirishi bilan BMTTD va uning mamlakatdagi shtab kvartirasi mablagʻlari hisobiga Hukumatga yordam berishga oid ilgari amalda boʻlgan bitimlar bekor qilinadi va uning qoidalari Hukumatga berilayotgan va endilikda bekor qilingan Bitimlar asosida mamlakatda tashkil topgan BMTTD shtab-kvartirasiga kelayotgan har qanday turdagi yordamlarga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga Tomonlar yozma ravishda kelishib olishlari orqali oʻzgarishlar kiritilishi mumkin. Ushbu Bitim qamrab olmagan barcha aloqador masalalarni Tomonlar BMTning tegishli idoralari rezolyutsiyalari va qarorlariga muvofiq hal qiladilar. Har bir Tomon ushbu bandga oid boshqa Tomonning har qanday taklifini har tomonlama ijobiy tarzda inobatga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu bitim biron-bir Tomon boshqa Tomonni bildirish xati bilan ogohlantirgandan soʻng toʻxtatishi mumkin va ushbu bildirish xati olingandan soʻng 60 kun oʻtgach, Bitimning amal qilishi toʻxtaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar ushbu Bitimning IV-moddasiga muvofiq (loyihalarga taalluqli maʼlumotlar) va VIII-moddasiga koʻra (yordamni ishlatish) oʻz zimmalariga olgan majburiyatlar ushbu Bitimning amal qilishi toʻxtagandan soʻng ham kuchda qoladi. Ushbu Bitimning IX-moddasida qayd etilgan (imtiyozlar va immunitetlar), X-moddasida koʻrsatilgan (loyihasini bajarish uchun zarur imtiyozlar) va XII-moddasidagi (nizolarni hal etish) toʻgʻrisida Hukumat oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar BMTTDga, har qanday ijrochi-muassasaga yoki ushbu Bitimga muvofiq ularning xizmatida boʻlgan shaxslarga tegishli xodimlarni chaqirib olish, fondlar va mol-mulkni qaytarib olishni rejali tartibda amalga oshirishga doir qismida Bitimning amal qilish muddati tugagach yoki uning amal qilishi toʻxtatilgach ham kuchda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni tasdiqlash maqsadida quyida imzo chekkan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining va Hukumatning tegishli tarzda tayinlangan vakillari tegishli Tomonlar nomidan ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1993-yil 10-iyun kuni ingliz va oʻzbek tilida, ikki nusxada tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 2—4-son)