24.11.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN BOLGARIYA RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya-sanitariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bolgariya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish istagidan kelib chiqib, hayvonlarda infeksion kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda oʻz davlatlari hududini epizootiya yuqishidan birgalikda himoya qilish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyani tuzishga qaror qildilar va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar yuqumli kasalliklarning tashuvchilari boʻlishi mumkin boʻlgan tirik hayvonlar, hayvonlardan olingan mahsulotlarni qayta ishlash natijasida tayyorlangan materiallar, hayvonlardan tayyorlangan oziq-ovqatlar, ozuqa va narsalarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilishda ularning davlat hududlarini epizootiyadan himoya qilish uchun oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar nobop zonalar, obyektlar, kasallangan hayvonlar turi va soni, kasalliklarning shakli va kechishi, infeksiyalar tarqalishining taxmin qilinayotgan yoʻllari, qoʻzgʻatuvchi turi, shuningdek kasallikni cheklash va bartaraf qilish uchun koʻrilgan choralarni koʻrsatgan holda Xalqaro epizootiya byurosining (XEB) “A” roʻyxatidagi kasalliklar paydo boʻlishi toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar zooantroponoz kasalliklar paydo boʻlganligi, hayvonlarda yoki hayvonlardan tayyorlangan oziq-ovqatlarda odamlar hamda hayvonlar salomatligi uchun xavfli boʻlgan, kelib chiqishi biologik, kimyoviy boʻlgan moddalar, mexanik aralashmalar mavjudligi toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zarur hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlar hayvonlarda paydo boʻlgan kasalliklarga tashxis qoʻyish borasida bir-birlariga oʻzaro yordam koʻrsatadilar, bu borada oʻrnatilgan xalqaro veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda bakteriya va virus shtammlarni almashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qoidalari quyidagilarga qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) barcha turdagi jonivorlar (jumladan qushlar, moʻynali hayvonlar, laboratoriya, hayvonot bogʻi, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, dengiz jonivorlari, asalarilar, baliqlar va boshqa gidrobiontlar, hayvonlarning homila, cigot, tuxumhujayralari va maniy, inkubatsiya uchun tuxum va urugʻlantirilgan ikra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hayvonlardan tayyorlangan oziq-ovqatlar — goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq, tuxum hamda asalarichilik mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hayvonlardan tayyorlangan materiallar — teri, jun, moʻyna, par, pat, endokrin va oshqozon materiallar, qon, suyak va boshqa turdagi materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hayvonlar uchun ozuqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) veterinariya preparatlari, biologik materiallar va kolleksiyalash uchun hayvonlardan tayyorlangan narsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar hayvonlarni yuqumli va parazit kasalliklarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha muayyan davlatda mavjud boʻlgan yoʻriq va dasturlarni qoʻllashning shart-sharoiti hamda usullari toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar hayvonlar, hayvonlardan olingan oziq-ovqatlar va materiallarni, hayvonlar uchun ozuqalarni, veterinariya preparatlarni, biologik materiallar va kolleksiyalash uchun hayvonlardan tayyorlangan narsalarni olib kirish, olib chiqish hamda tranzit qilishdagi veterinariya-sanitariya talablari, shuningdek katta miqdorda iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan zaharli oziq-ovqatlar, radioaktiv va boshqa moddalar hamda boshqalarga tegishli yuqumli boʻlmagan kasalliklar yuzaga kelganda qoʻllaniladigan choralar toʻgʻrisida axborot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagilarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) veterinariya-meditsina faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ hujjatlar va boshqa maxsus nashrlarni almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) veterinariya-meditsina sohasidagi maxsus uchrashuvlar va yigʻilishlar toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar, shu bilan birga ularda ikkala Ahdlashuvchi Tomon mutaxassislari ishtirok etishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) veterinariya faoliyatini rivojlantirish va yanada mukammallashtirish uchun, veterinarlarning kasbiy malakasini oshirish uchun mutaxassislar almashish, tajriba va bilim almashish orqali veterinariya-meditsina fani, taʼlim va veterinariya xizmatini amaliy tashkil qilish sohasida hamkorlikni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning 4- va 5-moddalarida koʻrsatilgan hujjatlarni almashtirish boʻyicha xarajatlarni yuboruvchi Ahdlashuvchi Tomon qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mutaxassislarni almashish Kelishuvchi Ahdlashuvchi Tomon organlari oʻrtasida kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi. Ushbu holatlarda yoʻl xarajatlarini yuboruvchi Ahdlashuvchi Tomon qoplaydi. Qabul qiluvchi Ahdlashuvchi Tomon esa kundalik va turar joyi xarajatlarini hamda oldindan kelishilgan dasturga muvofiq mamlakat ichidagi safarga chiqish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya doirasida hamkorlikni amalga oshirish uchun rus va ingliz tillarida rasmiylashtirilgan Xalqaro epizootik Byuro (XEB)ning Xalqaro zoosanitariya kodeksi talablari asosida Ahdlashuvchi Tomonlar tomonidan berilgan hamda kelishilgan veterinariya sertifikatlari haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirilayotgan tovar yoki tirik hayvonlar, hayvonlardan tayyorlangan oziq-ovqatlar va materiallar, ozuqa yuklangan alohida transport vositasi chegarada veterinariya koʻrigidan oʻtkazilayotganda u sanitariya va gigiyena talablari jihatidan veterinariya sertifikati talablariga javob bermasligi aniqlansa yoki tovar tashilayotgan transport vositalari tashishning veterinariya talablariga javob bermasa, import qiluvchi davlatning vakolatli organlari eksport qiluvchi vakolatli organlarini xabardor qiladilar hamda amaldagi milliy qonunlariga muvofiq hayvonlarda yuqumli va parazit kasalliklar va odamlarda antropozoonlar tarqalishidan davlat hududini himoya qilish uchun harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlaridan birortasining hududida XEBning “A” roʻyxatida koʻrsatilgan kasalliklar mavjudligi aniqlansa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organini darhol xabardor qilishi va ushbu Konvensiyaning 3-moddasida koʻrsatilgan yuklarni olib chiqishni toʻxtatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlarda belgilangan olib chiqarish tartibi xalqaro qoidalar va tartiblarga muvofiq qaytadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida boshqa aniq va aniq boʻlmagan kasalliklarga nisbatan ushbu Konvensiyaning qoidalari qoʻllanishi mumkin. Har bir holda ushbu Konvensiyaning tarkibiy qismi hisoblanadigan qoʻshimcha bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi masalalar boʻyicha kelishilgan siyosatni oʻtkazish maqsadida maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan barcha bahsli masalalar Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan maslahatlashuv hamda muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Tomonlarning diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabar olingan kundan oʻttiz kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya besh yillik muddatga tuziladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni, tegishli muddat tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali ushbu Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, uning faoliyati oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sofiya shahrida 2003-yil 24-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, bolgar va rus tillarida boʻlgan bir xil maʼnoda tuzildi. Ushbu Konvensiya qoidalarini talqin qilishda qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan holda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 2-son)