Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2025 15.04.1999 yildagi 766-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2025
Hujjat 08.04.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEMIR YOʻL TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1006-sonli “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 29-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti (temir yoʻl) — umumiy foydalanishdagi transport turlaridan biri boʻlib, u ishlab chiqarish va ijtimoiy yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni oʻz tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir yoʻllari va transportning boshqa turlari bilan oʻzaro hamkorlikda tashish ehtiyojlarini taʼminlovchi yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iboratdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti korxonasi — temir yoʻl asosiy faoliyatining tuzilmaviy boʻlinmasi boʻlib, bevosita tashish jarayonini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti muassasasi — temir yoʻlning kadrlar tayyorlash, temir yoʻl transporti xodimlariga ijtimoiy-maishiy va madaniy xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlgan tuzilmaviy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti tashkiloti — temir yoʻlning qoʻshimcha yordamchi faoliyatni amalga oshiruvchi va tashish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan tuzilmaviy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl ustavi — qonun hujjatlariga muvofiq temir yoʻlning, temir yoʻl transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning (shu jumladan ular nomidan ish koʻruvchi ekspeditorlik va boshqa tashkilotlarning) huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan normativ hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xizmatlari bozori — yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashuvchi, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi, temir yoʻl transportida tashish bilan bogʻliq qoʻshimcha yordamchi ishlarni hamda boshqa ish turlarini (xizmatlarni) bajaruvchi soha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish jarayoni — yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishga tayyorgarlik koʻrish, uni amalga oshirish va tugallash chogʻida temir yoʻl transporti korxonalari bajaradigan tashkiliy va texnologik jihatdan oʻzaro bogʻliq harakatlar va operatsiyalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — temir yoʻlning poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish, yuklar, bagaj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, manevr ishlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq boʻlgan temir yoʻl bekatlari joylashgan tarmogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk — tashish uchun temir yoʻl transporti korxonasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan, oʻz vaqtida eltib berilishi va saqlanishi uchun temir yoʻl javobgar boʻlgan temir yoʻl tashish obyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi — yoʻl hujjatlariga ega boʻlgan va poyezdda safar qiluvchi fuqaro (jismoniy shaxs);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bagaj — yoʻlovchi olib ketayotgan va safar davomida yoʻlovchilar vagonida uning yonida boʻladigan buyumlar, tovarlar va boshqa moddiy boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk bagaji — yoʻlovchilar va pochta-bagaj poyezdlarida tashiladigan temir yoʻl tashish obyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk joʻnatuvchi (joʻnatuvchi) — oʻz nomidan yoxud yuk yoki yuk bagaji egasi nomidan ish koʻruvchi va tashish hujjatlarida qayd etilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni oluvchi (oluvchi) — yuk yoki yuk bagajini olish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar — muayyan omillar mavjud boʻlganda oʻz xossalari va xususiyatlariga koʻra tashish jarayonida, ortish-tushirish ishlarini bajarish va saqlash chogʻida portlash, yongʻin chiqishiga yoki tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, binolar va inshootlar, boshqa obyektlarning shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti yoki sogʻligʻiga ziyon yetishiga, hayvonlarning nobud boʻlishiga, atrof tabiiy muhitning zararlanishiga sabab boʻlishi ehtimoli bor moddalar, materiallar, buyumlar, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat chiqindilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mintaqa — temir yoʻl transportining tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlar, yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi va elektr taʼminoti qurilmalari, temir yoʻl bekatlari, boshqa binolar, inshootlar va yoʻl qurilmalari, shuningdek ihota daraxtzorlari joylashgan yerlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza zonalari — temir yoʻllardan, elektr taʼminoti va aloqa tarmoqlaridan bir meʼyorda foydalanishni, temir yoʻl transporti inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlarining saqlanishi, mustahkamligi va turgʻunligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari, shuningdek temir yoʻl transporti yerlariga tutash boʻlgan siljuvchi tuproqli yerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Temir yoʻl transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti xizmatlaridan foydalanish chogʻida temir yoʻl transporti korxonalari bilan yuk joʻnatuvchilar, yukni oluvchilar, yoʻlovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Temir yoʻl ustavi bilan ham belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishni tashkil etish tartibi davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan tasdiqlanadigan yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining temir yoʻl transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Temir yoʻl transportida mulkchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish jarayonining uzluksizligini, harakat xavfsizligini va avariya-tiklash ishlari oʻtkazilishini bevosita taʼminlovchi temir yoʻl transporti korxonalari, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va temir yoʻl transportining boshqa mol-mulki mutlaq davlat mulkidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan temir yoʻl transporti mol-mulki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Temir yoʻl transporti korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish jarayonini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan temir yoʻl transporti korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mol-mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mol-mulki asosiy va aylanma mablagʻlardan, shuningdek qiymati oʻz mustaqil balansida koʻrsatiladigan boshqa moddiy boyliklardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mol-mulkidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalariga xoʻjalik yuritish huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mol-mulkni sotish davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bu mol-mulkni ijaraga yoki boshqa usulda egalik qilish uchun bu mol-mulkka davlatning mulk huquqini oʻzgartirmagan holda berish temir yoʻl transporti korxonalari tomonidan davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki boʻlgan harakatdagi sostav va konteynerlarni bu mol-mulkka mulk huquqini oʻzgartirmagan holda sotish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanishga berib qoʻyish, balansdan chiqarish davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan yoki uning topshirigʻiga binoan tegishli temir yoʻl transporti korxonalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatdagi sostav va konteynerlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish, shuningdek temir yoʻl transporti korxonalarining bu mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlarni harakatdagi sostav, konteynerlar olish va ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun sarflashi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Temir yoʻl transporti yerlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti yerlari jumlasiga davlat tomonidan temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga temir yoʻl transporti inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti faoliyatini taʼminlash uchun yerlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti yerlaridan ajratilgan mintaqa doirasida foydalanish tartibi davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Temir yoʻl transportining muhofaza zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi xavfsizligini taʼminlash, shuningdek yer koʻchishi, yer choʻkishi, suv oqizib ketishi, sel olishi va boshqa xavfli taʼsirlarga uchrashi mumkin boʻlgan yerlarda joylashgan temir yoʻllardan hamda temir yoʻl transportining boshqa obyektlaridan bir meʼyorda foydalanish maqsadida muhofaza zonalari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza zonalarini belgilash tartibi, ularning oʻlchamlari, bu maqsad uchun ajratilgan yerlardan foydalanish rejimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Temir yoʻl qatnovlarining turlari va maxsus tashishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl qatnovlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qatnovlar — yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini Oʻzbekiston Respublikasi doirasida tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro qatnovlar — yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar oʻrtasida tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻri aralash qatnovlar — yuklarni yagona transport hujjati boʻyicha transportning har xil turlarida tashish. Toʻgʻri aralash qatnovlar ham ichki, ham xalqaro boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida muhim davlat ehtiyojlarini, shu jumladan mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun yuklarning maxsus turlari tashilishini taʼminlovchi tashishlar maxsus tashishlar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllari jumlasiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mulki boʻlgan va umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar bilan tutashadigan temir yoʻllar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllarining ishlash shart-sharoitlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllarining mulkdorlari va temir yoʻl transporti korxonalari oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Temir yoʻl transportini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportini boshqarish markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi va davlat temir yoʻl transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻlda tashishlarni tashkil etish va bajarish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportining faoliyati masalalari va tashishlarning shartlari boʻyicha normativ hujjatlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportini, shu jumladan idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllarini rivojlantirish va ulardan foydalanishni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻlda tashishlar sohasida tarif siyosatini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportining tashish jarayoni bilan bogʻliq faoliyatiga aralashishga hech kimning haqqi yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat temir yoʻl transportini boshqarish organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Yuklarni tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari, agar joʻnatuvchi yuklarni tashishga nisbatan qoʻyiladigan talablarga rioya qilsa va tashishga temir yoʻl tomonidan oldi olinishi yoki bartaraf etilishi mumkin boʻlmagan holatlar toʻsqinlik qilmasa, yukni tayinlangan joyiga belgilangan muddatlarda tashib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk joʻnatuvchilar va temir yoʻl transporti korxonalari yuklarni muntazam tashishlarni amalga oshirish chogʻida tashish va transport ekspeditsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida uzoq muddatli shartnomalar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida yuklarni tashish yuk joʻnatuvchilarning buyurtmanomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Yuklarni tashish uchun buyurtmanomalarning shakllari, buyurtmalarni berish, bajarish va hisobga olish tartibi, shuningdek temir yoʻl transportida tashiladigan yuklar roʻyxati davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi. Yuklar joʻnatuvchi tomonidan harakat xavfsizligi va yuklarning saqlanishi taʼminlanadigan qilib tashishga tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaji oʻz vaqtida manziliga yetkazilishini, vokzallarda va poyezdlarda yoʻlovchilarning xavfsizligini, ularga xizmat koʻrsatish uchun zarur qulayliklar va sharoitlar yaratilishini, bagaj va yuk bagajining saqlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar poyezdlarning joʻnash va kelish vaqti, yoʻl haqi, bagaj, yuk bagaji tashish haqi, vokzalxonalarda joylashgan temir yoʻl chiptasi kassalari, saqlash kameralarining ish vaqti, yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida vaqtida ishonchli axborot bilan, shuningdek temir yoʻl transporti korxonalari va tashkilotlarining ishi toʻgʻrisidagi boshqa zarur axborot bilan taʼminlanishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida yoʻl chiptalarini sotish tartibi Temir yoʻl ustavi hamda Yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida yoʻl chiptalari yoʻlovchilarga toʻliq qiymatida sotiladi, qonun hujjatlarida imtiyozli yurishi belgilangan fuqarolar bundan mustasno. Imtiyozli yurishni kompensatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi poyezdda oʻzi bilan birga besh yoshgacha boʻlgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish huquqiga ega. Yoʻlovchi bilan birga besh yoshgacha boʻlgan bittadan ortiq bola ketayotgan boʻlsa, ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlari esa chipta toʻliq qiymatining 50 foizi chegirilgan, alohida joy berilgan holda olib yuriladi. Besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bolalarga ham chipta toʻliq qiymatining 50 foizi chegirilgan holda alohida joy beriladi. Temir yoʻl transportida bolalarni tashish boʻyicha bu imtiyozlar temir yoʻl transporti korxonalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar uchun vokzallarda, poyezdlar kutiladigan boshqa joylarda boʻlish hamda poyezdga chiqish, tushish uchun bagaj va yuk bagaji bilan perronlarga oʻtish erkinligi kafolatlanadi. Yoʻlovchilarni kuzatib qoʻyuvchi va kutib oluvchi shaxslar ham vokzalda boʻlish va perronga oʻtish erkinligi huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini temir yoʻl orqali tashish tariflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish tariflari yuk joʻnatuvchilarning hamda yoʻlovchilarning manfaatlari inobatga olingan holda davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin etiladigan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro qatnovda tashish tariflari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bilan bogʻliq qoʻshimcha ishlar va xizmatlar uchun shartnoma asosida haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Temir yoʻl transportining moliyaviy va xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti faoliyatini moliyalash oʻz xoʻjalik faoliyati daromadlari hisobidan va imtiyozli tashishlarga doir xarajatlarni qoplash qismi boʻyicha davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportidagi tashishning barcha turlaridan olinadigan daromadlarni taqsimlash tartibi davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan har bir temir yoʻl transporti korxonasining tashish jarayonidagi aniq ulushini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻllarni, safarbarlik maqsadlariga moʻljallangan obyektlarni, shu jumladan sanoat korxonalari, elektrlashtirish va aloqa obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek temir yoʻl harakatdagi sostavini va maxsus maqsadlarga moʻljallangan yirik mexanizmlarni olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl shoxobcha yoʻllari, toʻxtash manzillari, yuk saroylari va boshqa obyektlarni qurish manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbusiga koʻra hamda ularning mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl tarmoqlari, vokzallar, piyodalar oʻtadigan koʻpriklar va tonnellar, yoʻlovchilar platformalari va temir yoʻl transportining aholiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shahar atrofiga qatnash uchun harakatdagi sostavni olish temir yoʻl mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, shuningdek mahalliy budjet, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportini rivojlantirish vazifalarini hal qilish uchun davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan markazlashtirilgan sugʻurta va zaxira jamgʻarmalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklar va yuk bagajini joʻnatuvchilar va oluvchilarning tashish, yuk operatsiyalari, transport-ekspeditorlik xizmatlari va harakatdagi sostavdan foydalanganlik uchun temir yoʻl transporti korxonalari bilan hisob-kitoblari, shuningdek shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik va temir yoʻlga yetkazilgan zarar uchun jarimalar va penyalar toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari ularga tashish uchun berilgan yuklarni tegishli tashish haqining va tashishga doir boshqa toʻlovlarni taʼminlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar atrofidagi yoʻlovchilar tashishni moliyalash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan yoxud manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Temir yoʻl transporti korxonalarining temir yoʻl transporti obyektlarining mulkdorlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalarining umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga va temir yoʻl transportining boshqa obyektlariga chiqadigan temir yoʻl shoxobcha yoʻllari mulkdorlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari, shuningdek temir yoʻl shoxobcha yoʻllaridan foydalanish va ularga qarashli harakatdagi sostavni umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda ishlatish tartibi va shartlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek shartnomalar bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti obyektlarining mulkdorlari boʻlgan, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga chiquvchi yangi temir yoʻl tarmoqlarini barpo etuvchi, shuningdek harakatdagi sostavni loyihalashtiruvchi va ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar mazkur tarmoqlar va harakatdagi sostavni davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda loyihalashtiradilar va quradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Temir yoʻl transporti xodimlarining mehnatga oid munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti xodimlarining mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bogʻliq boʻlgan temir yoʻl transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti rejimi, dam olish va boshqa mehnat sharoitlari rejimi xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin etiladigan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari poyezdlar harakati bilan bogʻliq hamda mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻriklardan oʻtkazishni tashkil etadi. Shunday vazifalar va ishlar roʻyxati, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Temir yoʻl transporti xodimlari ishining sayyor xususiyati bilan bogʻliq kafolatlar, kompensatsiyalar va ularga beriladigan imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnati sayyor xususiyatli boʻlgan temir yoʻl transporti xodimlariga beriladigan kafolatlar va kompensatsiyalar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti harbiylashtirilgan qoʻriqchi boʻlinmalari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoya kafolatlariga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti xodimlari jamoa shartnomalari yoki tarmoq jamoa kelishuvi bilan belgilanadigan tartibda va shartlarda temir yoʻl transportida har yilgi bepul yurish huquqidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga oʻtkazilgan yoxud mehnatda mayib boʻlish, kasb kasalligi yoki xodimning aybi boʻlmagan sababga koʻra sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan nogironlik pensiyasiga chiqqan temir yoʻl transporti xodimlari uchun temir yoʻl transportida har yilgi bepul yurish huquqi va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlar saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan imtiyozlar temir yoʻl transporti korxonalarining mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Temir yoʻl transportida intizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalarida jamoa mehnat nizolarini hal qilish vositasi sifatida ishni toʻxtatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Temir yoʻl transportida hisoblash-hisobot vaqti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashishlarda bevosita qatnashuvchi temir yoʻl transporti korxonalarida tashish jarayonini markazlashtirilgan holda uzluksiz boshqarishni taʼminlash maqsadida, ularning joylashgan manzilidan qatʼi nazar, mamlakatda amal qiluvchi yagona hisoblash-hisobot vaqti — Toshkent vaqti belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Harakat xavfsizligini taʼminlash, temir yoʻl transporti va boshqa texnika vositalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari yoʻlovchilar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz qatnov, yuklar, bagaj va yuk bagaji tashish shart-sharoitlarini, poyezdlar va temir yoʻl transporti boshqa vositalarining harakat xavfsizligini, shu jumladan manevr ishlari chogʻidagi, tashish jarayoni bilan bogʻliq transport va boshqa texnika vositalaridan foydalanish chogʻidagi xavfsizlikni, shuningdek temir yoʻl transporti xodimlarining mehnati va atrof tabiiy muhit muhofaza qilinishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash ustidan nazorat qiluvchi maxsus tarkibiy boʻlinma, shuningdek temir yoʻlda avariyalar oqibatlarini tugatuvchi avariya-tiklash boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi. Ana shu boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligiga doir asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl bekatlari, vokzallar va temir yoʻlning tashish jarayoni bilan bogʻliq boshqa boʻlinmalari hududlari, poyezdlar harakati amalga oshiriladigan hamda manyovr va yuk ortish, yuk tushirish ishlari bajariladigan yoʻlovchilar platformalari va temir yoʻl tarmoqlari oʻta xavfli zonalar hisoblanadi va zarurat boʻlganda atrofi oʻrab qoʻyiladi. Oʻta xavfli zonalarda fuqarolarning boʻlishi va obyektlarning joylashtirilishi, bunday zonalarda ishlar bajarish, temir yoʻllar orqali yurish va ularni kesib oʻtish qoidalari davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatdagi sostav, shu jumladan harakatdagi maxsus sostav va konteynerlar, temir yoʻllarning yer ustki qurilmalari qismlari hamda temir yoʻl transportiga yetkazib beriladigan boshqa texnika vositalari va mexanizmlar, shuningdek yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar tegishli normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va ekologiya xavfsizligi talablariga mos kelishi lozim.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-apreldagi OʻRQ–31-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti faoliyatida foydalaniladigan texnika vositalari va mexanizmlarni, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-apreldagi OʻRQ–31-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 113-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududida xavfli yuklarni ishlab chiqarish, saqlash, ortish, tashish va tushirish ishlari amalga oshiriladigan obyektlar umumiy foydalanishdagi temir yoʻllardan va inshootlardan ularning xavfsiz ishlashini taʼminlaydigan masofada uzoqlashtirilgan boʻlishi kerak. Umumiy foydalanishdagi yoʻllarning quvurlar, aloqa, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa inshootlar bilan kesishgan joylarida mazkur obyektlardan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va inshootlargacha boʻlgan eng kam masofa, shuningdek temir yoʻllar bilan kesishish va yaqinlashish joylarida bunday obyektlarni qurish va saqlash normalari tegishli davlat boshqaruv organlarining davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan normativ hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarni kesib oʻtuvchi yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan gaz, neft quvurlari va boshqa inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish chogʻida belgilangan normativlarni taʼminlash, shuningdek mazkur inshootlardan foydalanish xavfsizligi uchun ularning egalari javobgar boʻladi. Mazkur inshootlarning egalari harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi avariya holatlari yuzaga kelganligi haqida temir yoʻl transporti korxonasini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl orqali tashilayotgan xavfli va maxsus yuklarning egalari, bunday yuklarni joʻnatuvchilar va oluvchilar ularning tashilishi, ortilishi va tushirilishi xavfsizligini kafolatlashlari, bu yuklarni tashish chogʻida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda avariya holatlarini va avariya oqibatlarini tugatish uchun zarur vositalar va harakatchan boʻlinmalarga ega boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari xavfli va maxsus yuklarni tashish xavfsizligini taʼminlashi hamda bu yuklarni tashish chogʻida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda ularning oqibatlarini tugatishda qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻllarning avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joylari (temir yoʻl kesishuvi joylari) temir yoʻldan texnik foydalanish qoidalari hamda qurilish normalari va qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl kesishuvi joylaridan foydalanish, ularni ochish va yopish tartibi davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti va tashish jarayoni bilan bogʻliq boshqa texnika vositalarining harakat xavfsizligi hamda ulardan foydalanish qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Temir yoʻl transportida yuklar va obyektlarni qoʻriqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl davomida va temir yoʻl bekatlarida yuklarni qoʻriqlash, temir yoʻl transporti obyektlarini qoʻriqlash, shuningdek temir yoʻl transportida yongʻinning oldini olishga qaratilgan ishlarni oʻtkazish, yongʻinga qarshi nazorat va yongʻinlarni bartaraf etish temir yoʻl transporti harbiylashtirilgan qoʻriqchi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportining harbiylashtirilgan qoʻriqchiligi toʻgʻrisidagi nizom hamda qoʻriqlanishi va kuzatib borilishi zarur boʻlgan yuklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bu yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borish tartibi davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatib borish talab etiladigan yuklarni temir yoʻl transporti harbiylashtirilgan qoʻriqchi guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi doirasida kuzatib boradilar. Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini kesib oʻtish chogʻida kuzatib boriladigan yuklarni topshirish tartibi va joyi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportining eng muhim obyektlari va maxsus yuklarni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari boʻlinmalari va davlat boshqaruv organlarining boshqa vakolatli boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday obyektlar va yuklar roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarning ayrim turlarini, shu jumladan qimmatbaho, tez buziladigan va boshqa yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borish butun yoʻl davomida joʻnatuvchi yoki oluvchining kuzatuvchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borish tartibi yuk joʻnatuvchilar (yukni oluvchilar) tomonidan davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi yuk joʻnatuvchilardan (yukni oluvchilardan) avariya holatlari va boshqa favqulodda holatlarning yuzaga kelishi xavfini, shuningdek ularning yuklarini tashish chogʻidagi ehtimol tutilgan zararlarni kamaytiradigan qoʻshimcha choralar koʻrishni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Favqulodda holatlarda temir yoʻl transportining ishlashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari temir yoʻl transporti ishining buzilishiga sabab boʻlgan halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini (shamol hosil qilgan tuproq-qum bosishlari, toshqinlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda holatlarni) bartaraf etish uchun shoshilinch chora-tadbirlar koʻradi. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ular roʻyxati davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadigan moddiy va texnika vositalari zaxirasiga ega boʻlishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof tabiiy muhitga, harakat xavfsizligi va yuklarning saqlanishiga tahdid soluvchi halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlarning oqibatlarini tugatishda temir yoʻl transporti korxonalariga yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yengib boʻlmas kuch taʼsirida, harbiy harakatlar, qamal, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar natijasida yuk, bagaj va yuk bagajini bundan buyon tashish uchun temir yoʻl transporti korxonalarini ushbu yuk, bagaj va yuk bagajini belgilangan manzilga yetkazish yoki tegishli oluvchiga topshirish imkoniyatidan mahrum etadigan toʻsiqlar vujudga kelgan boʻlsa, xuddi shuningdek ushbu sabablarga koʻra yuk, bagaj va yuk bagajini saqlashning eng oxirgi muddatlari oʻtib ketsa, mazkur korxonalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuk, bagaj va yuk bagajini joʻnatuvchilar yoki oluvchilarning topshirigʻiga binoan, shuningdek mazkur topshiriq belgilangan muddatda olinmagan taqdirda esa yuk, bagaj va yuk bagajini topshirishga (realizatsiya qilishga) yoki buning imkoni boʻlmagan taqdirda joʻnatuvchining oʻziga qaytarib yuborishga haqlidir. Bundan topshirilgan (realizatsiya qilingan) yuk, bagaj va yuk bagaji uchun temir yoʻl transporti korxonasi tomonidan olingan summa ushbu korxonaga tegishli boʻlgan summalar chegirib qolingan holda, qiymat haqi toʻlangan taqdirda tashish hujjatlarida koʻrsatilgan oluvchining hisobiga, boshqa barcha hollarda esa joʻnatuvchining hisobiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlari boʻlmagan yuk, bagaj va yuk bagajini realizatsiya qilganlik uchun temir yoʻl transporti korxonasi tomonidan olingan summa davlat temir yoʻl transportini boshqarish organining foydasiga oʻtkaziladi va undan belgilangan manziliga yetib kelmagan yuk, bagaj va yuk bagaji uchun temir yoʻl transporti korxonasi tomonidan toʻlangan mablagʻlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oluvchi (joʻnatuvchi) ushbu summani talab qilib olmagan taqdirda, mablagʻlar daʼvo muddatlari oʻtganidan soʻng davlat budjet hisobiga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Temir yoʻl transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasiga rahbarlik davlat temir yoʻl transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasi boʻyicha tadbirlarni moliyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Yoʻlovchilarni, temir yoʻl transporti xodimlarining ayrim toifalarini, yuklar, bagaj va yuk bagajini sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti yoʻlovchilari (shahar atrofiga qatnovchi yoʻlovchilar bundan mustasno) poyezdda qatnov davrida, ishi sayyor xususiyatli boʻlgan temir yoʻl transporti xodimlari, shuningdek oʻz lavozim vazifalarini hayot uchun xavfli boʻlgan sharoitlarda bajaruvchi xodimlar va harbiylashtirilgan qoʻriqchi boʻlinmalarning xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarish davrida majburiy shaxsiy sugʻurta qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar va temir yoʻl transporti xodimlarining ayrim toifalarini majburiy shaxsiy sugʻurta qilish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida majburiy shaxsiy sugʻurta bilan bir qatorda qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilarni ixtiyoriy shaxsiy sugʻurta qilish, shuningdek yuklar, bagaj va yuk bagajini ixtiyoriy sugʻurta qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Temir yoʻl transporti korxonalarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari yoʻl haqini hamda yuk, bagaj va yuk bagajining tashish haqini toʻlagan va yoʻl hujjatlarini toʻgʻri rasmiylashtirgan yoʻlovchi va yuk joʻnatuvchiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tashishni rad etishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish jarayonini amalga oshiruvchi temir yoʻl transporti korxonalari yoʻlovchi yoki temir yoʻl transporti xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxsning, xuddi shuningdek temir yoʻl transporti faoliyati natijasida jabrlangan shaxsning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari yuklarni tashish chogʻida yuklarni tashish uchun olingan buyurtmanomalarni bajarmaganlik, vagonlarni shoxobcha yoʻllariga keltirib bermaganlik va ularni shoxobcha yoʻllardan olib ketishni kechiktirganlik, yuklarni joʻnatuvchilar va oluvchilarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan ijaraga olingan vagonlar va konteynerlarni oʻzboshimchalik bilan egallaganlik, bu vagonlar va konteynerlarga shikast yetkazganlik yoki ularni yoʻqotganlik uchun Temir yoʻl ustavida belgilangan miqdorlarda jarimalar toʻlash tarzida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari yuklarni tashishda yukni yetkazib berish muddatlarini buzganlik uchun mulkiy javobgarlik bilan bir qatorda tashilayotgan yukning saqlanishini taʼminlamaganlik uchun ham qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda mulkiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti korxonalari atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar uchun hamda temir yoʻl transporti yerlarini lozim darajada saqlamaganlik va ulardan foydalanmaganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Yuk joʻnatuvchilar va yukni oluvchilar, yoʻlovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning temir yoʻl transporti korxonalari oldidagi javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk joʻnatuvchilar va yukni oluvchilar quyidagilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda jarimalar toʻlash tarzida javobgar boʻladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishlar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni taqdim etmaganlik uchun, yuk tashishga berilgan vagonlar, konteynerlardan foydalanmaganlik yoki buyurtmanomada koʻrsatilgan vagonlar, konteynerlarni rad etganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻlga qarashli vagonlar va konteynerlardan ruxsatsiz foydalanganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vagonlar va konteynerlarni yukni ortish, tushirish yoki qayta yuklash paytida belgilangan texnologiya normalaridan ortiqcha kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun, shuningdek ularni yukni ortish, tushirish, qayta yuklash uchun yetkazib berish paytida kuttirib qoʻyish orqali yoki joʻnatuvchiga bogʻliq boʻlgan boshqa sabablarga koʻra kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni eksportga yetkazib berish boʻyicha bojxona, chegara organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan belgilangan talablarni vagonlar va konteynerlarning kechiktirilganligiga sabab boʻlgan tarzda buzganlik uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vagonlar, konteynerlarga koʻtaradigan yukidan ortiqcha yuk ortganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vagonlar va konteynerlarni yuklari tushirilganidan soʻng tozalamaganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl tomonidan berilgan vagonlar yoki konteynerlarga, chiqarib olinadigan tashish moslamalari va oʻrash-joylash vositalariga shikast yetkazganlik yoki ularni yoʻqotganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish taqiqlangan yukni taqdim etganlik yoki tashish chogʻida oʻta ehtiyotkorlik choralari koʻrishni talab etuvchi yukni uning nomi yoki xossalarini notoʻgʻri koʻrsatib taqdim etganlik uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish, harakat xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini, temir yoʻl transportidagi sanitariya-gigiyena va sanitariya-epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganlik, qurilmalar, transport vositalari va ularning ichki jihozlariga shikast yetkazganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportiga uning kommunikatsiyalarini qasddan toʻsib (uzib) qoʻyish yoki temir yoʻl transportining moneliksiz va xavfsiz ishlashiga xalal beruvchi qonunga xilof boshqa xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar temir yoʻl transporti korxonalariga aybdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Talablar va daʼvolarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish boʻyicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yuk joʻnatuvchilar va yukni oluvchilar tegishli temir yoʻl transporti korxonalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda talab va daʼvolar taqdim etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida tashishlar boʻyicha talablar va daʼvolarni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari Temir yoʻl ustavida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
766-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 118-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda; 2011-y., 36-son, 364-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)