17.06.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish hamda tenglik, kamsitmaslik va oʻzaro ishonchni qoʻllab-quvvatlash, manfaatlarni hurmat qilishga asoslangan hamkorlikni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirishda oʻzaro manfaatdorliklarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar huquqi toʻgʻrisida 1969-yil 23-maydagi Vena Konvensiyasi qoidalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, shuningdek xizmat koʻrsatish hamda ikki mamlakat jismoniy va yuridik shaxslari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar ushbu Bitim doirasida hamda har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining amaldagi qonunchiligi va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni ragʻbatlantirish va mustahkamlash maqsadida barcha tegishli va lozim boʻlgan choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining amaldagi qonun va qoidalariga muvofiq ikki davlat oʻrtasida oʻzaro foydali savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiradilar hamda bu maqsadda lozim boʻlgan shart-sharoitlarni yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlardan saqlanadi hamda mazkur Bitim doirasida ushbu maqsadni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan saʼy-harakatlarni jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu modda qoidalarini qoʻllash maqsadida lozim boʻlgan choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga muvofiq uchinchi davlatlarga amalga oshirilgan tovarlar eksporti Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida mavjud yoki kelajakda kelishiladigan ahdlashuvlar doirasida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatlarining amaldagi qonun va qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomonga eksport qilinayotgan tovarlarga eksport-import ruxsatnomalarini va tovarlarning kelib chiqishiga oid sertifikatlarni berish maqsadida tegishli choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik mulkchilik va tadbirkorlikning hamkorlik shakllaridan qatʼi nazar, ularning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida asosan shartnomalar tuzish orqali ikkala Ahdlashuvchi Tomon davlatlarining milliy qonunchiligiga hamda xalqaro savdo amaliyoti meʼyorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ularning xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan imzolangan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgar boʻlmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida tovar ayirboshlash va xizmat koʻrsatish ushbu Bitim doirasida hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli organlari tasdiqlagan meʼyorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni qoʻllashda yuzaga keladigan savdo-sotiq boʻyicha toʻlovlar xalqaro bank amaliyotiga muvofiq erkin muomaladagi valyutada yoki Ahdlashuvchi Tomon davlatlarida xorijiy valyutani almashtirish qoidalariga muvofiq shartnoma tomonlarining oʻzaro kelishuviga koʻra har qanday boshqa valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz xoʻjalik yurituvchi subyektlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida oʻtkaziladigan xalqaro yoki maxsus koʻrgazmalardagi ishtirokini ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq, quyidagi tovarlarning import va eksport qilinishida bojxona bojlari va soliqlardan ozod qilishga ruxsat beradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) buyurtmalarni roʻyxatdan oʻtkazish va reklama maqsadlarida tovar namunalari va axborot materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) keyinchalik sotilmasligi sharti bilan doimiy va vaqtinchalik koʻrgazmalar hamda yarmarkalar uchun moʻljallangan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning savdogarlari hamda tijorat kompaniyalari/muassasalariga oʻzida ishlab chiqarilgan tovarlarni namoyish qilish uchun sotish huquqi bilan har yillik koʻrgazma va yarmarkalar oʻtkazishga quyidagi shartlar asosida ruxsat beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— koʻrgazmaning davomiyligi 15 kundan oshmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— savdogarlar hamda tijorat kompaniyalari/muassasalari qabul qilayotgan mamlakatning amaldagi qonunchiligi va qoidalariga rioya qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— namoyish etish uchun moʻljallangan tovarlar turlari va sonini Ahdlashuvchi Tomonlar tasdiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ushbu modda qoidalari sotish huquqini koʻzlagan koʻrgazma yoki yarmarkalar oʻtkazish muddati va davomiyligi xususida Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzgacha kelishib olishlariga toʻsqinlik qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar savdo munosabatlarini kengaytirish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining amaldagi qonun va qoidalariga muvofiq tijorat vizalarini berish hamda tijorat hujjatlarini qonuniylashtirish kabi konsullik masalalarini yengillashtirishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida tovar ayirboshlash, xizmat koʻrsatish va savdo axborotining almashinuvini yengillashtirish hamda rivojlantirish maqsadida har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonga vakolatxona yoki markaz ochishga ruxsat beradi. Ushbu vakolatxona yoki markazning ishchilar soni, jihozlari va boʻlinmalari Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining amaldagi qonunchiligi va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar yaqin va samarali hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash va zarur hollarda, qoʻshma savdo palatalarini tashkil etish, tijorat delegatsiyalarining almashuvi hamda bir-birlarining tovar va savdosi bilan tanishish maqsadida maxsus seminar va anjumanlar oʻtkazish borasida, shuningdek ushbu maqsadlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha oʻzlarining savdo palatalarini ragʻbatlantirishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istalgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududi orqali oʻtadigan tovarlar tranziti Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida tuzilgan maxsus bitim qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining milliy qonunchiliklariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon tadbirkorlari va xoʻjalik subyektlariga oʻz hududlarida sud organlariga murojaat etish borasida teng huquqni taqdim etishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllash va Talqin qilishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha masala va bahslar maslahatlashuvlar yoki doʻstona muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aks holda yuzaga kelgan masalalar ikkala Ahdlashuvchi Tomon davlatlarining amaldagi qonun va qoidalari hamda xalqaro savdo huquqi meʼyorlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun oʻzaro kelishuvga koʻra qaror qabul qiladigan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Qoʻshma hukumatlararo komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari har bir Ahdlashuvchi Tomonning milliy manfaatlarini, jamiyat sogʻligʻini va/yoki hayvonot yoxud oʻsimliklar kasalligini oldini olish bilan bogʻliq har qanday taqiqlash yoki cheklovlarni joriy etishga oid huquqlarini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu Bitimning 19-modda qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim kuchga kirgan kundan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1992-yil 25-noyabrda, hijriy 1371 yil 4 azarda imzolangan savdo Bitimi oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki protseduralarni bajarganligi toʻgʻrisida soʻnggi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil davomida amal qiladi va bu muddat tugagach, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyati haqida har qanday bunday muddat tugagunga qadar kamida 6 oy ilgari diplomatik kanallar orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma xabardor etmagan boʻlsa, u oʻz-oʻzidan navbatdagi bir yillik muddatga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari uning bekor qilinguniga qadar tuzilgan va amalda boʻlgan shartnomalarga nisbatan qoʻllanishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tehron shahrida 2003-yil 17-iyunda, hijriy 1382 yil 27 xoʻrdodda ikki nusxada, har biri oʻzbek, fors va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 1-son)