OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
SOLIQ HISOBOTINING ShAKLLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-yanvarda 1760-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Quyidagi soliq hisobotining shakllari tasdiqlansin:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
aksiz soligʻi boʻyicha 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 6-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 8-ilovaga muvofiq;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha 9-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq boʻyicha 10-ilovaga muvofiq;
yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha 12-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalar boʻyicha 13-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boji boʻyicha 14-ilovaga muvofiq;
yagona soliq toʻlovi boʻyicha 15-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
yagona yer soligʻi boʻyicha 16-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha 17-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
2. 2007-yil uchun soliq va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar 2007-yilda amalda boʻlgan tartib va shakllarda taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
111-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
2007-66-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda; 2011-y., 22-23-son, 238-modda)