19.12.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN TURKIYA RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Diplomatik pasport egalari uchun vizalarni oʻzaro bekor qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida doʻstona munosabatlarning yanada rivojlanishiga koʻmaklashish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining haqiqiy diplomatik pasportlarga ega fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga vizasiz kirishlari va birinchi kirgan sanadan boshlab 90 kundan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining haqiqiy diplomatik pasportlarga ega fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida 90 kundan ortiq boʻlish niyatida boʻlsa, bu shaxslar oldindan zarur vizalarni olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vizalar qabul qilayotgan davlatning diplomatik vakolatxonalari tomonidan bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik yoki konsullik vakolatxonalariga yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi xalqaro tashkilotlarga tayinlangan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining haqiqiy diplomatik pasportlarga ega fuqarolari oʻz xizmat faoliyatining butun davri mobaynida vizasiz kirishlari va boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning 1-bandidagi qoidalar yuqorida koʻrsatilgan shaxslarning haqiqiy diplomatik pasportlarga ega boʻlgan va ular bilan birga yashovchi oila aʼzolariga ham daxldordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining haqiqiy diplomatik pasportlarga ega fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlish davrida ushbu Tomonning amaldagi qonun va qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar nomaqbul hisoblangan shaxslarning kirishiga ruxsat berishni rad etish hamda bunday shaxslarning boʻlish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish huquqini oʻzlarida saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning tashqi ishlar vazirliklari ushbu Bitim kuchga kirishidan kamida 30 kun ilgari diplomatik kanallar orqali ushbu Bitim qoidalarida koʻrsatilgan ularning haqiqiy diplomatik pasportlari namunalarini almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan biri oʻz diplomatik pasportlarini oʻzgartirsa, u boshqa Ahdlashuvchi Tomonga diplomatik kanallar orqali yangi pasport namunalarini ularning amalga kirishidan kamida 30 kun ilgari taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri milliy xavfsizlik, jamoat sogʻligʻi yoki jamoat tartibini koʻzlab, ushbu Bitimning amal qilishini davlatning butun hududida yoki maʼlum qismida vaqtincha, butunlay yoki qisman toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomon 15 kun mobaynida diplomatik kanallar orqali xabardor qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning amal qilishini butunlay yoki qisman toʻxtatib qoʻysa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ham bu kabi choralarni koʻrish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra uning ajralmas qismi hisoblangan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritishlari mumkin va ular 9-moddada koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim belgilanmagan muddatga tuzildi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik kanallar orqali Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida rasmiy xabarnomani olgan sanadan boshlab 30 kunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim ikkala Ahdlashuvchi Tomon uning kuchga kirishi uchun oʻz milliy qonunchiligida koʻrsatilgan tartibotlarni bajarganligi toʻgʻrisida soʻnggi xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2003-yil 19-dekabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, turk va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 1-son)